Inkuzart
Abdurahmon 1988-yilda tugʻilgan, Chilonzorda yashaydi.
"Men mahalliy Benksi emasman"
Men street-art bilan shug'ullana boshlaganimda, Benksi haqida bilmasdim. Unga o'xshatishlarini yoqtirmayman, chunki unga o'xshashga harakat qilmayman. Lekin uning ishlarini hurmat qilaman"
Abdurahmon institutga kirishi kerak bo‘lgan paytda rassomchilikka o‘qimasligini tushunib yetgan. U Benkov yoki Behzod nomidagi institutlarga kirishni istagan, ammo buning uchun hatto harakat ham qilmagan.
Keyinchalik esa Toshkent temiryo‘l muhandislik institutining qurilish fakultetiga oʻqishga kiradi. 2011-yilda o‘qishni tugatib, muhandis-geodezist bo‘lib ishga kiradi va hozirda binolar va landshaftning o‘qlari va koordinatalarini hisoblaydi, topografik suratga olish ishlarini olib boradi.
“Qilayotgan ishimning barchasi menga yoqadi. Agar meni bitta xonaga 10 yilga qamab qo‘yishsayu, qo‘limga kitob, gitara va pianino berilsa, menga boshqa hech narsa kerak bo‘lmaydi. Menga umuman hech narsa kerak emas”.
– Abdurahmon
2017-yilda Abdurahmonning singlisi unga bir nechta graffiti asarlarni yuboradi va o‘zini yangi sohada sinab ko‘rish taklifini beradi. O‘shanda strit-art uning sohasi emasligini aytadi.
Oradan 3 yil oʻtdi. 2020. Pandemiya. Izolyatsiya. Bir kuni Abdurahmon ko‘chada non ko‘tarib ketayotib, atrofni zerikish bilan kuzatadi va suvoqlangan devorga qarab, “Nega chizmasligim kerak ekan?” — deb xayolidan o‘tkazadi.
Shundan keyin uning yaratgan dastlabki ishlari:
Mikelanjeloning "Odamning yaratilishi" asariga parodiya tarzida chizilgan va bu bilan odamlarni niqob taqishga undaydigan graffiti.
"Odamlar mening ishlarim fonida suratga tusha boshladilar, ommaviy axborot vositalari “bomba”li yangiliklarida “O, O‘zbekistonda mahalliy Benksi paydo bo‘ldi” deya yoza boshladilar"
Inkuzartning "Bolalar kuni"ga atab yaratgan graffitisi.
“Har doim karantinni chizishning nima keragi bor deb o‘yladim. Bolalar hamma narsani pushti ranglarda ko‘rishadiku. Bolalar dunyoni qutqaradilar, bolalar koronavirusni to‘xtatadilar. “Bugun bizning kunimiz: koronavirus, ket!”
Rassomning barcha chizganlaridan 20 tasi o'chirib tashlangan. Chusovitina rasmi qayta ishlangan va rassom endi buni o'zining ishi deb hisoblamaydi.
Rassomning oʻchirib yuborilgan birinchi kartinasi. Inkuzart bu graffitini benzin narxi oshishiga nisbatan chizgan edi.
Oʻchirib yuborilgan asarlardan biri. Rassom buni GM monopoliyasiga bagʻishlagan.
Oʻzgaritirilgan asar. Chapda originali. Oʻngda ba'zi bir "ma'naviyatchilarimiz" tomonidan tahrirlangan graffiti. Oksanaga yubka qoʻshib, bayroqni oʻzgartirishgan.
Oksana ushbu graffitining fonida.
Kvartiram oldida Inkuzartni shunaqa graffitisi bor edi. Eng qizigʻi Abdurahmon bu rasmni "Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi" muassasasi atrofiga chizgan)
Baribir oldiga archa ekib qoʻyishibdi.
Xoʻsh, Inkuzart soʻzi nimani anglatadi?
Ink - siyoh, uz - Oʻzbekiston, art - san'at. Oʻzbekistonda siyoh san'ati.
Logotipdagi tungi kapalakning ma'nosi nima?
"Logotipda yorug'likka intiladigan tungi kapalak aks etgan. Ko'cha san'ati meni jalb qiladigan yorug'likdir. Rasm chizadigan vaqtim esa tunda bo'ladi"
Rassomning ilhomi kitoblar, odamlar, musiqa. U musiqani juda yaxshi koʻradi, rok, rep tinglaydi. Sevimli ijrochilari Limp Bizkit, XXXTentacion, yana qozoq repini yaxshi ko'radi. Kitoblardan asosan rus klassiklasi va Abdulla Qodiriy ijodini oʻqiydi.
Rassom quyidagi filmlarni tavsiya qiladi:
"Interstellar" va "Leonardo da Vinchi" (badiiy film). Birinchi film ko'p narsalarga qarashlaringizni o'zgartiradi. Ikkinchi filmni bolaligimda ko'rganman, menga juda yoqqan.