April 9

San'at haqida savollar:

1. 19-asrda tug'ilgan bu rassom 20 yil davomida Parij operasiga abonement sotib olgan.

Savol: Qaysi rassom?

Javob: Edgar Dega

Izoh: uning ko'pgina rasmlarida balerinalarni ko'rishimiz mumkin.

2. Gollivudning “Oltin xonim” filmida 1862-yilda tug‘ilgan qaysi rassom tilga olingan?

Javob: Gustav Klimt

Izoh: U rasmlarida odatda oltinrangdan foydalanadi. Ushbu filmdagi asosiy voqealar "Adel-Blox Bauer" kartinasi haqida.

3. Afsonaga ko'ra, Jovannining bu asari u saqlanadigan joylarda yong'inga sabab bo'ladi.

Savol: Qaysi asar?

Javob: "Yigʻlayotgan bolakay"

4. Agar siz kartinada boʻyalgan excel katakchalarini koʻrsangiz, asar unga tegishli boʻladi. Kimga?

Javob: Pit Mondrian

5. Agar hamma, shu jumladan ayollar ham Vladimir Putinga o‘xshasa, rasm unga tegishli. Kimga?

Javob: Yan Van Eyk

6. Milodiy 79-yildagi voqea tasvirlangan bu kartina 1833-yilda Rimda ko'rgazmaga qo'yilgan. Qaysi kartina?

Javob: "Pompeyning soʻnggi kuni"

7. Uzoq vaqt tik turgan keksa onani chizishning iloji bo'lmagani uchun rassom oxir-oqibat uning o'tirganini tasvirlaydi.

Savol: Qaysi kartina haqida gap ketmoqda?

Javob: "Uistlerning onasi"

8. Qashgʻar xoni yevropalik sayyohni oʻldirib, uning bosh suyagini boshqa oʻldirilganlarning bosh suyagi ustiga qoʻygani haqidagi afsonani qaysi rus oʻqib qoladi?

Javob: Vasiliy Vereshagin

9. Tim Byortonning "Katta koʻzlar" filmi kim haqida?

Javob: Magraret Kin
Izoh: personajlarni katta koʻz bilan tasvirlagan rassom.

10. Ushbu kartinani amerikalik qo'shiqchi Stiv Gudmanning albomi muqovasida ko'rish mumkin. Farq shundaki, Stivning o'zi vannada yotibdi. Qaysi asar?

Javob: "Maratning oʻlimi"

11. Coldplayning "Viva la Vida" albomining muqovasida Ejen tomonidan yaratilgan ushbu rasmni ko'rishimiz mumkin. Qaysi?

Javob: "Xalqni yetaklayotgan ozodlik"

12. Bu choy kompaniyasi reklama afishalaridan birida Dalining "Xotira abadiyligi" dan ilhomlangan. Qaysi kompaniya?

Javob: Lipton

13. Bu Amerika kompaniyasi oʻz logosini yaratishda Xokusayning Kanagavasidan ilhomlanishgan. Qaysi kompaniya?

Javob: Quiksilver

14. Pushti koʻylakdagi bola tasvirlangan bu 19-asr rasmida yana barglar va pichoq ham bor. Qaysi asar?

Javob: "Qizaloq shaftolilar bilan"

15. "Afina maktabi" asarining o'ng qismida BU INSON tasvirlangan, u yerga geometrik figuralar chizib, atrofidagilarga nimanidir tushuntiryapti. Kim?

Javob: Evklid

Izoh: Geometriya otasi

16. "Afina maktabi" asarida bu inson yarim yalang'och holda zinapoyada yotgan holda tasvirlangan. Oʻzining "uychasi" da emas. Kim?

Javob: Diogen

17. "Inception" filmidagi zinalar, geometrik figuralar uning asarlariga ishoradir. Kimning?

Javob: Maurits Esher

18. "Arnolfini portreti" kartinasida bu hayvon er-xotinning o'rtasida tasvirlangan. Qaysi hayvon?

Javob: It

Izoh Sadoqat ramzi boʻlganligi uchun er-xotin oʻrtasida turibdi.

19. Savol muallifi bu rassomning imzosini ko'rib hammasi yaxshi deb o'yladi. Qaysi rassom?

Javob: Oskar Kokoshka)

20. Yopilish xavfi ostida turgan klubning eshigiga “Mobil sevishganlar” graffitisi chizib ketilgandan soʻng, klub boyib ketadi. Qaysi shahardagi klub?

Javob: Bristol

Izoh: Benksi Bristollik.

21. Uning 1566-yildagi "Advokat" kartinasida advokatning yuzida o'yilgan tovuq va o'lik baliqni ko'rish mumkin. Kimning?

Javob: Juzeppe Archimboldo

22. Hammaning e’tibori qo‘lida sumkachasini ko‘tarib, yerga qarab turgan maktab o‘quvchisida, suyukli iti uning ustiga otilgan. Qaysi asar?

Javob: "Yana ikki"

23. Ispaniyada chiqadigan bisonte sigaretlari logosida u yerdagi rasmlardan birini koʻrish mumkin. Qayerdagi?

Javob: Altamir gʻori

24. Uning mashhur rasmida hayvondagi 9 ta o'q rassomning Aztek kalendarining 9-kunida tug'ilganligini ko'rsatadi. Kimning?

Javob: Frida Kalo