March 4

"Osmondagi bolalar 2"

Trilogiyaning 1-qismini deyarli hamma koʻrgan. Kuzatishlarim natijasida koʻpchilik 2-qismini koʻrmagan yoki yomonlagan bo'lib chiqadi.

Maktab davrida koʻrganimda ancha zerikarli tuyulgan kino. Endi qayta koʻrdim. Ulgʻaygandagi hissiyotlar boshqacha.

Osmondagi bolalar ham ulgʻayishgan. Hamdam armiyadan qaytyapti, Xurshid jarrohlikka oʻqiyapti, Javohir sport bilan band, Baxtiyor esa offisda ishlayapti.

Filmdan kadr. "Umr" deb nomladim.

Ayriliq.

Film boshidanoq rejissor toʻrtovlonning hayotidagi ayriliqlarni tasvirlagan. Baxtiyor bobosidan ajralish arafasida, Xurshid esa rejissyor dadasidan. Hamdamning otasi jinnixonada, Javohir esa yaqinda qamoqqa tushadi.

Filmdan kadr. Qamoqxonadagi epizod.

Aynan shu qamoqxonadagi epizod e'tiborimni tortdi.

– Nargiz, senga shunaqa toʻy kerakmidi?
– Agar bilsang, men dunyodagi eng baxtli qizman.

Filmdan kadr.

Hamdamning otasi vafot etdi. Ushbu epizodda Baxtiyor ochiq-oydin gapirishga qaror qiladi va doʻstlaridan Lolani sevish-sevmasligini soʻrab oladi. Hamdamning ikkilanibroq bergan javobidan soʻng, birga Londonga borishni taklif qiladi.

Filmdan kadr. Jahongir Qosimov kameosi.

Hamdam Londonga borish uchun mablagʻi yoʻq edi. Shu paytda unga taklif tushadi. Filmning birinchi qismida "Qorda qolgan qaldirgʻoch" asari haqidagi syujet esingizda boʻlsa kerak. Hamdamga shu asar ssenariysini sotishni taklif qilishadi.

London. Filmdan kadr.

Ikkovlon Londonda koʻrishishadi. Lola kimni tanlasa oʻshaniki deb kelishib olishadi va keyin doʻst boʻlib qolishni ham ta'kidlab oʻtishadi.

London. Lolaning uyi. Filmdan kadr.

Filmdagi tub burilishlardan biri shu yerda yuz beradi. Lola endi unashtirilgan. Kech edi. Baxtiyor bunga chiday olmaydi va qadah koʻtaradi: "Lola, mana shu qadahni, ering bilan tezroq ajrashib, Toshkentga qaytishing uchun ichaman".

London. Filmdan kadr.

Baxtiyor Hamdamni quchib yigʻlaydi va quyidagi soʻzlarni aytadi:

"Seni tanlagandayam alam qilmasdi".

Baxtiyor mashina ta'mirlash ustaxonasiga ishga kiradi. U yerda Lolaning otasini koʻrib qoladi. Va uning ajrashganini biladi. Darhol uni uyiga boradi va turmushga chiqishni taklif qiladi. Farzandiga yaxshi ota bo'lishini aytadi. Lola ko'nmaydi. Ustiga-ustak bobosi ham qazo qiladi.

Barcha doʻstlari oʻz baxtini topadi.

Film soʻngida Lola uning orqasidan keladi va ismini aytadi...

Qolgani barchangizga ayon bo'lsa kerak. Ular oila qurishadi.

3-qismidagi bir epizod menga juda yoqqan. Baxtiyorga ichish taklifi berilganida, u men tashlaganman, oxirgi marta Londonda ichganman deydi. Muhabbat...

Film soundtracki uchun Sevara Nazarxonga rahmat aytish darkor.