May 9, 2025

"kapalagim..."

2-qism.

Mele kecha davomida o‘zini tuta olmay, balki Taehyung bilan yolg‘iz suhbatlashish imkoniyatini qidirib yurgan edi. Ammo Taehyung buni bilib turgan bo‘lsa-da, qasddan undan uzoqroq turishga harakat qildi. U Mele bilan ko‘z urishtirmaslikka intilar, lekin ularning o‘rtasida qandaydir qattiq va ko‘rinmas ip borligini har ikkalasi ham his qilardi.

Mele: “Men bunday narsaga rozi emasman,”

dedi o‘ziga-o‘zi past ovozda, mehmonlarning shovqinidan foydalanib.

Taehyung: “Bu o‘zingga bog‘liq emas, bu oilaviy masala,”

uning orqasidan asta yaqinlashib. Uning ovozi sovuq va qat‘iyatli edi.

Mele orqasiga o‘girilib, Taehyungning nigohiga termuldi. Uning nigohida sovuqqonlik bilan birga qandaydir g‘alati tushunish bor edi.

Mele: “Men bunday narsaga rozi emasman,”

dedi o‘ziga-o‘zi past ovozda, mehmonlarning shovqinidan foydalanib.

Mele: “Siz bu qarorga rozi bo‘ldingizmi?” so‘radi, ovozi titrab.

Taehyung: “Bu o‘zingga bog‘liq emas, bu oilaviy masala,”

uning orqasidan asta yaqinlashib. Uning ovozi sovuq va qat‘iyatli edi.

Mele orqasiga o‘girilib, Taehyungning nigohiga termuldi. Uning nigohida sovuqqonlik bilan birga qandaydir g‘alati tushunish bor edi.

Taehyung...

Mele:"Siz bu qarorga rozimisiz?" dedi ovozi titrab.

Taehyung:Mening fikrim muhim emas, hammasi oʼtib ketadi, Qabul qilishga majbursan''dedi xotirjamlik bilan.

Bu so‘zlar Mele uchun oxirgi zarba edi. Uning ichidagi barcha his-tuyg‘ular aralashib, nima qilishni bilmay qoldi. Ziyofat o‘z nihoyasiga yetganida, u o‘z xonasiga qaytdi va ichida yig‘lab yubordi.

Avtor:

Ammo bu faqat boshlanish edi. Hayot unga oldinda qanday sinovlarni tayyorlaganini hali bilmasdi.

•••

Tong yengil shabada bilan uyg‘ondi. Mele deraza yonida o‘tirib, kechagi kechani qayta-qayta yodga oldi. Hamma narsa tush kabi tuyulardi, lekin otasining qat‘iyatli ovozi va mehmonlarning nigohlari haqiqatni inkor qilishga yo‘l qo‘ymas edi.

Mele:“Men Taehyung bilan qanday yashayman?” deb o‘ylardi u o‘zicha.

Uning savollari javobsiz edi. Ammo vaqt kutilmas voqealarni o‘zi bilan olib keladi. Shomga yaqin, otasi uni mehmonxona tomon chaqirdi.

Janob Kan: “Mele, Taehyung bugun seni uchratish uchun keladi. O‘zingni to‘g‘ri tut. Bu sizning birinchi rasmiy uchrashuvingiz,”

Bu gaplardan Melening qo‘llari muzdek bo‘lib ketdi. Taehyung uning uyiga kelayotgan edi! Uning yuragi tez-tez ura boshladi.

Bir soatdan keyin Taehyung ostonada paydo bo‘ldi. U qora kostyumda, toza va chiroyli kiyingan, yuzida esa har doimgidek sovuqqon ifoda bor edi. Mele deraza ortidan uni kuzatarkan, yuragi gursillab ura boshladi. Bu inson unga butunlay begona edi, lekin biror kun uning hayotining bir qismiga aylanishi mumkinligini tasavvur qilish ham qiyin edi.

“Mele, pastga tush, mehmonni kutib olish vaqti,” dedi onasi, muloyim, ammo qat‘iy ohangda.

Mele so‘zsiz pastga tushdi. Yuragi hamon tez-tez urar, lekin tashqi ko‘rinishda o‘zini xotirjam ko‘rsatishga harakat qildi. Zalga kirar ekan, uning nigohi Taehyung bilan to‘qnashdi. Bu nigohda sovuqlik va sirli joziba bor edi.

Janob Kan: “Xush kelibsiz, janob Kim,” dedi samimiy ohangda, Taehyungning qo‘lini siqib.

Taehyung: "Bugungi uchrashuvni intiqlik bilan kutgan edim,” lekin uning ovozida hech qanday hissiyot sezilmadi.

Song xonim: “Bu mening qizim Mele. U hali yosh, lekin juda mas‘uliyatli va dono qiz,”.

Mele bu gaplardan qizarib ketdi.“Salom,” dedi Mele past ovozda, Taehyungga bosh irg‘ab.

Mele

Taehyung unga bir nazar tashlab, boshini egdi. “Salom,” dedi u qisqagina, lekin bu so‘zlarda uning o‘ziga xos sovuq ohang bor edi.

Janob Kan mehmonlarni o‘z xonasiga taklif qildi, lekin Taehyung Melega ishora qilib:

Taehyung:“Agar imkon bo‘lsa, men Mele bilan o‘zim gaplashsam yaxshi bo‘lardi,” dedi.

Bu gapdan Mele battar noqulaylikni his qildi. Otasi esa bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qildi.

Janob Kan: “Albatta, qizimni bog‘da kuzatib yurishingiz mumkin. U ham sizni yaxshiroq tanib olishi kerak"

Taehyung Melega qarab, yumshoqgina ishora qildi: “Yur.”

Bog‘ga chiqishganida, havoda bahor shabadasi sezilib, atrof jimjit edi. Mele nima deyishni bilmay, jim yurardi. Taehyung esa atrofga nazar solib, xotirjam qadam tashlardi. U birinchi bo‘lib gap boshladi:

Taehyung: “Bu unashtiruv haqida nima deb o‘ylaysan?”

Mele: “Menimcha, bu juda tez qabul qilingan qaror. Men tayyor emasman,” dedi ko‘zlarini yerga tikkancha.

Taehyung boshini qimirlatib qo‘ydi.

Taehyung: “Hamma narsa tayyorlik masalasi emas. Ba‘zan hayot bizni shunday vaziyatlarga qo‘yadiki, qabul qilishdan boshqa choramiz qolmaydi,” sovuqqonlik bilan.

Mele: “Lekin men bu qarorda o‘zimni hisobga olgan deb o‘ylamayman,”

Taehyung: “To‘g‘ri. Bu qaror oilalarning manfaatlari uchun qabul qilingan. Lekin bu bizni tushunmaslikka majbur qilmaydi. Har ikkalamiz uchun ham o‘z qoidalarimiz bo‘lishi mumkin,”

Mele: “Qoidalar?” so‘radi hayron bo‘lib.

Taehyung: “Ha. Bu unashtiruv bizning xohishimizga zid bo‘lsa ham, kelajakda o‘zimizga qulay yo‘l topa olishimiz kerak. Va shuni yodda tut, Mele, men hech qachon hech kimni majburlamayman,” qat‘iyat bilan.

Bu gaplardan Mele biroz taskin topdi, lekin baribir bu insonning harakatlari va so‘zlari uning uchun tushunarsiz edi. Bu uchrashuv Mele uchun yangi savollar va yana ko‘proq noaniqliklarni keltirib chiqardi.

Ularning muloqoti qisqa davom etdi, lekin bu suhbat ularning kelgusi munosabatlari uchun muhim bir asos bo‘lib qolishi aniq edi. Taehyung ketar ekan, yana sovuqqon nigohi bilan Melega qarab:

Taehyung: “Seni yana uchrataman. O‘sha vaqtgacha bu haqda o‘ylab ko‘r” dedi.

Mele jim qoldi. Uning ichida ham hayajon, ham xavotir bor edi. Taehyung bilan o‘zaro tushunishga erishish qiyin bo‘lsa-da, u bu inson bilan hayotini qanday yo‘lga solishni hali tasavvur qilolmas edi. Ammo bir narsa aniq edi: bu uchrashuv ularning taqdirini yana bir qadam oldinga siljitdi.

2-qism tugadi.

«Xato va kamchiliklar uchun uzur».