πππππ π¦π¬π π£ππ’π‘π¬
Uning aytgan so'zlari yuragimni bir chertib o'tdi. Nega aynan sevgini tanladi u? Chiroqlarning yorqin ranglaridan ko'zlarim qamashsada qarshimda o'tirgan yigit mendan ko'z uzmay tikilib turganini ilg'adim. Ortga yo'l yo'q. Bunga rozilik bildirib ham bo'ldim. Avval birinchi qadahga ichkilik solgan yigit keyingisini ham birpasda to'ldirib yonimga surdi. Chindan ham hozir shu zaharni ichamanmi nima? Mendan oldin ichkilikka qo'l uzatgan Jungkook qadahini menikiga urib qo'yib jaranglatgan holda qorachiqlarini mendan uzmay bir zumda uni bo'shatdi. Bo'sh qolgan idish qayta stoldan joy egallar ekan endigi navbat meniki ekanligi sezib istar istamas ichkilikka qo'l uzatdim. Balki tez ichib yuborsam hech narsani sezmasman. Kaftlarim orasida turgan idishdagi suyuqlikni xuddi Jungkookdek tez og'zimga soldim. Jin ursin! Buncha achchiq bu! Qanday qilib uni stolga zarb bilan qo'yganim va yonboshga qarab yutalganimni bilmayman. Bu zaharni o'zginasi-ku! Bog'zim achib bir soniya ichida tanam qizib ketdi. Menga qarab kulayotgan yigitni ko'rishim bilan jahlim chiqdi. Ming lanat! Nima uchun ham bu bellashuvga rozi bo'ldim? Unga hech narsa qilgani yo'q, har kuni bunaqa viskilarni ichib yurganmi nima? Yana qo'liga ichkilikni olgan yigit avval o'zining va so'ng mening qadahimni to'ldirdi. Kiprik qoqmay birpasta yana idishini bo'shatgan yigitni ko'rib og'zim ochilib qolgani aniq. Endigi navbat yana menga. Ko'zlarimni stolda to'la turgan qadahga qaratib, istamay yuzimni chetga burdim. Qarshimdagi stulda o'tirgan yigitning kulgusi esa qonimni qaynatyotgan edi.
Jungkook: mushukcham tan ol yutqazding.
Taslim bo'lish? Hech qachon! Unga o'lim nigohlarimni tikkan holda o'sha zaharni ichish uchun o'zimni majburlab idishni bo'shatdim. U yana to'ldirdi. Shu asnoda beshta, oltita va yettinchi idishdagi suyuklikni ham ikkilanmay ichdim. Endi qandaydur uning ta'mi o'tkir emasdek tuyuldi, aksincha, qandaydir yana ichgim kelaverayotgan edi. Boshim nuqul aylanar, tanam isib ketayotgan edi. Xuddiki ichimda lava otilib chiqadigandek. Ustkiyimimni yechib stul ustiga qo'ydim. Ko'zlarim yumulib ketayotgan nuqul ular suzulyapti. Ko'zlarim behostan qarshimdagi insonga tushdi. Bir qo'lini stolga suyab olgan holda kaftlari ichiga yuzini olgan. Menga qaragan holda jimgina turgan edi. Qo'limni ichkilikka olib borganimda u meni to'xtatdi.
Jungkook: bo'ldi, boshqa ichma. Sen yutding qaysar qiz.
Albattada! Men hech qachon yutqazmayman ham. Yuzimga keng tabassum olib ikki qo'limni ham osmonga ko'tardim. Xuddiki men uni yutganimni hamma ko'rsin deb. Lekin baribir ichkilikni qadahimga soldim. Bu safar o'rnidan turgan Jungkook meni yonimga stolni aylanib o'tib, oldimdagi stulga joylashdi. Qo'limda turgan idishni yulqib olgandek mendan tortib olganida esa jaxlim chiqib ketdi.
Jehan: bering. Bu meniki.
Jungkook: ko'p ichib yubording Jehan!
Qizni qo'lidan majburlab idishni olgan yigit atrofga nazar tashlagan holda qayta unga yuzlandi.
Jungkook: ketamiz. O'tirgan stulingdan jilma! Men hozir kelaman.
Yigit uning oldidan ketgan ko'yi odamlar orasiga kirib ko'rinmay ketar ekan boshini stol ustiga qo'yib ko'zlarini yumgan qiz hayollar og'ushiga ketayotgan edi. Baland musiqa ta'sirida biroz g'inshigan Jehan boshini qayta ko'tarar ekan uning bilagidan ushlab olgan begona qo'lni deb yuzini ortga burdi. Avval uzun qo'lni ko'rganidan so'ng keyingi nigohini barmoqlarga qarardi. Umuman notanish. Bu Jungkook emas. Uning qo'lida tatusi bor lekin hozir uning yoniga kelgan yigitda esa bu san'at asari yo'q edi. Jehan bu safar ko'zlarini yaxshilab ochib uning tepasida turgan malla sochli yigitni ko'rdi.
- sheriging yo'q menimcha jonginam.
Jehan unga ahamiyat bermay yuzini qayta oldinga burar ekan uning qo'lidan ushlab o'rnidan turg'azgan yigit bir zumda qizning belidan qo'lini aylantirib oldi. Bir daqiqa ichida o'zini o'zga quchoqda va qadamlari katta kulb o'rtasidagi raqs maydonida ko'rar ekan uni quchib turgan yigitni bor kuchi bilan itardi. Hech qanday uning mushti yonidagi yigitga ta'sir ham ko'rsatmas ekan boshi nuqul aylanishi unga pand berib qo'yayotgan edi.
Malla sochli yigit ikkinchi qo'lini ham uning belidan aylantirib o'ziga yanada tortar ekan avval u qizning sochlariga yuzini ko'mib so'ng bo'yin qismiga o'tdi. Teriga chuqur kirgan tish va og'riqni sezgan qiz uni yelkasiga urib dod solar ekan bir necha soniyada begona yigitning quchog'idan chiqqani va o'zini yerga yiqilganini ko'rdi. Ko'zlarini arang ochib atrofga qarar ekan g'ira-shira bo'lib ko'rinayotgan voqelar keyingi galda aniq tasvirlandi. Haligina unga hira pashshadek yopishib olgan yigitni yerga yotqizgan holda unga tinmay musht tushurayotgan Jungkookni ko'rdi u. Malla sochli yigitni og'zi burni qon bo'lib ketgan va allaqachon hushini yo'qotib bo'lgan bo'lsada, haligacha uni do'pposlayotgan yigit vaxshiyni o'zginasi bo'lib ko'rinayotgan edi. Klub soqchilari kelib Jungkookni uning ustidan olish uchun qanchalik chiranishmasin yerda hushsiz yotgan yigitni yoqasidan ushlab olgan Jungkook sira ham urishdan to'xtamagan edi.
Jungkook: O'LDIRAMAN BU IFLOSNI!
Ko'zining ichi qonga to'lgan yigitning jag' suyagi chiqib, peshonasidagi tomirlar bo'rtib chiqib ketgan edi. Ahiyri besh kishi bilan zo'rg'a uni yerdan turg'azib olishar ekan vaxshiylikka to'lgan ko'zlarini Jungkook bu safar yerda o'tirib hech narsani tushunmay qolgan qizga qaratdi. O'ziga qaratilgan nigohlardan cho'chib tushgan qiz uning oldiga kelayotgan yigitdan qo'rqib ortiga tisarildi. Jungkook qadamlarini tezlashtirib uning bilaganidan siqimlab olgan holda qizni siltab joyidan yulqib oldi. Og'riqdan ko'zlarini chirt yumgan qizni sudrab klubdan olib chiqqan yigit avval mashinasiga qizni uloqtirib so'ng o'zi ro'l qismiga joylashdi. Mushti qon bo'lib ketgan qo'li bilan mashina ro'lini qattiq qisib olgan yigit yo'ldan ko'z uzmagan holda avtomobilini yanada tezlatdi. Yetib kelgan manzili umuman boshqaligi sezgan Jehanni qo'rquv o'rab olar ekan allaqachon ichgan ichkilikgini ta'siri ketganini payqadi. Faqatgina boshi qattiq og'rir, miyyasi chayqalib ko'z oldi aylanib ketar edi. Qizni qanday qilib mashinaga solgan bo'lsa xuddi shunday uni yulqib undan tushirgan yigit qarshisidagi binoga qarab yurib ketdi. Kiraverishidayoq hammaning nigohi ularga qaratilar ekan hech kimga e'tibor qilmagan yigit qadamini lift tomonga burdi. Lift eshigi ochilishi bilan qiz bilan o'zini uning ichiga tiqar ekan o'ziga kerakli raqamni bosib eshik yopilishini kutdi. Sukunat. Faqatgina Jungkookning olayotgan hansirash nafasi va dir-dir titrayotgan Jehanning tanasigina atrofga yoyilyapti. Qizning ko'zlari qon tomib turgan yigitning mushtiga qaratilar ekan o'zi bilmay chinqirib yubordi.
Jehan: Jungkook qo'lingiz...
Qiz uning kaftini ushlagan edihamki, o'ziga qaratilgan bu qorachiqlardan qo'rqib nafasi ortga qaytib ketdi. Lift eshigi ochilishi bilan qizni bilagidan ushlab o'sha qavatdagi xonalarning biriga olib kirar ekan eshikni ichkaridan qulflagan holda kalitni qayergadur otib yubordi. Berkitilgan eshikni payqashi bilan yanada jazavaga tushib qolgan qiz ortiga qadam tashlagan edihamki, uni o'ziga qattiq tortgan yigit jaxl bilan o'shqida ketdi.
Jungkook: BIR SONIYA! ATIGA BIR SONIYA YOLG'IZ QOLDIRGAN EDIM SENI!!
Qizning ikki yelkasidan siltab uni itarib yuborgan yigit jaxlini bosish uchun avval shishali stol ustidagi buyumlarni va keyin o'sha oynali stolni tepib sindirdi. Quloqlarini qo'li bilan berkitib olgan qizning tanasi tinmay qaltirar ekan qayta ikki bilagidan ushlagan qo'llardan qo'rqib boshini ko'tardi.
Jungkook: Agar ko'rib qo'lmaganimda nima bo'lar edi bilasanmi? BESH DAQIQA ICHIDA O'ZINGNI YOTOQDA KO'RAR EDING! TANANG QAYERDAGI AXLATLAR TOMONIDAN YANCHILIB KETAR EDI! Tushunyapsanmi??? O'sha klubdan foxisha bo'lib chiqarding!
Jehan: nega meni tashlab ketdingiz? Shuncha narsani bilar ekansiz nega yolg'iz qoldirib ketasiz?!
Yigit bilan tengma teng baqirgan qiz ham o'zini bosa olmay yigitning ko'ksidan itarib tashladi. Asabi taranglashib ketgan yigit oldidagi qizga ziyon yetkazib qo'yishdan o'zini tiyib oyog'i bilan stulni tepib tashladi. Ikkisi ham hansirab nafas olishar ekan yigit chap qo'shini ishqalargan holda ko'zlarini qizga tikdi.
Kutilmaganda uning nigohlari qizning bo'ynidagi mitti dog'chani ko'rishi bilan ko'zlari kattalashib ketar ekan tezda Jehanning oldiga tushib turgan sochlarini ortiga olib tashladi. Qizning bo'ynida qolgan kichik siyohrang o'rin uni g'azabi toshirtirib yubordi.
Jungkook: ming lanat!
U qizning qo'lidan qayta ushlab yo'lini yuvinish xonasi tomonga burar ekan eshikdan kira turib qizni suv tagiga o'tkazdi. Muzdek suvni ochib uning o'sha bo'yni tomoniga suvni yo'naltirdi. Xuddi bu dog' suv bilan yuvilib ketadigandek qizning bo'ynini ishqalar ekan og'zidan haqoratli so'zlar chaqarib g'azabini hech bosa olmayotgan edi. Jehanning tepa qismidagi kiyimi allaqachon shallabbo bo'lgan, bo'ynidagi achishish esa ortib borar edi. Yigit suvni o'chirishi bilan uni boshqa xonaga olib chiqdi. O'sha yerdan sochiq olib qizni bo'ynini artar ekan endigi safar yig'lab yuborgan Jehan yigitni o'zidan itarmoqda edi.
Jungkook: fuck*! Nimaga ketmaydi bu?!
Jehan: og'rityapsiz.
Jungkook: o'sha maraz bo'yningni tishlaganida og'rig'iga chidagansanku. Endi bunga ham chida!
Qarshisidagi qizning yig'layotganiga ham ahamiyat bermagan yigit ishini davom ettirdi. Oxiri bor kuchi bilan o'zini yigitdan ajratgan qiz achishayotgan bo'ynini ushlab undan uzoqlashdi. Chuqur nafas chiqarib qattiq xo'rsingan yigit biroz tinchlanib uning yoniga qayta bordi. Ohistalik bilan uning ikki yanog'idan ushlar ekan peshonasini qizniki bilan birlashtirdi.
Jungkook: hech kim....eshityapsanmi hech kim bu tanaga teginish tugul nigohi ham tushmaydi. Bu ishni qilgan odamni kekirdagidan o'zim otaman. Istasam ikkilanishsiz tanasini bo'lakka bo'lib tashlayman. Sening yuraging, bu tanang, bu husning va sening o'zing menga tegishli. Berchasi meniki!
Jimgina yigitning barcha gaplarini tinglagan qiz indamaygina ko'zlarini undan olib qochdi. Undan bir necha santimetr uzoqlikda bo'lgan dudoqlarga chiday olmay lablarini bosgan yigit bir qo'lini qizning belidan aylatirib uni ortiga yurgazdi. Yotoq tomonga kelganida bo'sani uzmagan holda qiz bilan birga unga qular ekan tinimsiz harakat qilayotgan lablari asiraga aylangan lablarni shimish bilan band edi. Haligina qiz yig'ilgani uchun ko'z yoshlari uning kipriklarida qolgani va yig'laganida yanada qizarib turadigan lablari yigitning hirsini battar qo'zg'atardi. Qizning tanglayigacha kirgan yo'g'on til uning og'iz boshlig'ini o'rganib chiqar ekan tinimsiz olingan bo'sa sababli nafas olishi qiyimlashib borar edi. Qiz kafti bilan yigitning yelkasidan urib uni turg'azmoqchi bo'lgani sari uning ustidagi gigant tana yanada yopishib borayotgandek tuyulardi. Jungkookning bir kafti uning boyagina xo'l bo'lgan kiyimining yengini yechayotganida bunday ish uning miyyasiga tokdek urildi. Yigit esa uning lablarini bo'shatib o'zinikini avval qizning yanog'idan o'pib so'ng bo'yniga kelganida to'xtadi. Avval haligi dog' ustidan bosh barmog'ini yuragazib so'ng sekingina o'sha joyidan o'pib qo'ydi. Bunday hatakatlarni qizning tanasini seskantirib yuborib o'zini yanada yomon ahvolga solib qo'yayotgan edi. Tanasidan olingan tinimsiz o'pichlar soni ortib borar ekan ustidagi yigitning taranglashganini sezib, ichidagi qo'rquv ham ortdi. Jungkook uning kiyimiga chang solib yechayotganida Jehanning kafti uni bu yo'ldan qaytarishga urdindi. Jim bo'lib qolgan yigit boshini pastelga qo'ygan holda chuqur xo'rsinar ekan keyin yuzini qizning yanog'iga keltirgan holda ularni mayinlik bilan erkaladi. Terisiga urilgan qaynoq nafasdan hansirab havo yutayotgan qiz ichidan toshib kelayotgan yig'ini qanchalik tashqariga chiqarmaslikka urinmasin ko'zlari uni sotib qo'ydi. Ketma-ketlikdagi bo'sadan so'ng lablarida xo'l tomchini sezgan yigit boshini ko'tarib qizga qarar ekan Jehan bu safar undan qochish uchun butun gavdasi bilan yon tomonga o'girildi. Jungkook esa hali hamon uni jussasi ustida.
Pov/Jungkook
Bu qiz meni aqldan ozdiradi bir kun. Unga tegingan o'sha marazdan shu qadar o'ldirgim keldiki, ko'z oldimni qora tuman qoblab olgan edi. Unga jaxl qildim tan olaman. Lekin ich-ichimdan toshib kelgan o'tashni bosa olmadim ham.
Shuning uchun hozir yig'layotgandir? Piqillab yuzini to'sgan holda yotoqqa ko'z yoshlarini quyayotgan sevgilim tomomga yanada yaqin egildim. Sochlariga qo'llarimni olib borganimda negadir u mendan qochdi. Xuddiki ovchiga tutulishdan qo'rqqan qushcha kabi. Uning bo'yni tomon egilganimda har doimgi ifordan telba bo'la yozdim. Meni har doim mast qiladigan atirgul gulining hidi keladi undan. Narkotikni qabul qilgandek uning sochini chuqur hidladim. Haligacha ovozini bazor chiqarib yig'layotgan qiz men tomonga qaramadi ham. Lablarimni sekin avval bo'yniga bosganimda negadir tanasi seskanib ketib yanada teparoqqa surilganini sezdim. Hammasi ayon.
Jungkook: nega har doim seni o'pganimda yig'laysan Jehanim?
U jim bo'lib qoldi. Men haq ekanman. Kaftlarimni uning yuziga olib kelib nigohlarini menga qaratishiga undadim. Yig'idan ko'zlarining yon atroflari qizargan, burni ham pushti rangga kirib, alvondek lablari yanada qizargan edi. Men uni mana shu holida o'pishni istayman. Aynan yig'lagan vaqtidan tinmay bo'sani xohlayman undan. Biroz to'zigan sochlari va yanada qizargan lablari yoqadi menga. U tomonga qayta egilganimda yuzini olib qochdi. Kichkina burunchasini tortib qo'yib, ko'zlarini bejo yon tomonga qaratdi. Shumtaka qiz! Uning tanasi ustida o'tirganim uchun negadir bu safar men ham g'alati bo'ldim. Ko'ksimga botib turgan uning yetilishga ulgurgan ko'krak*kini sezganim sari taranglashib borayotganimni his qilyapman. Qizligi*ning oldida turibman. Agar yana besh daqiqa shu turishda yotsam aniq o'zimga javob bera olmayman. Men uni majburlashni istamayman va hali tayyor emasligini ham bilaman. Uyolganidan ikki yanog'i qizargan sevgilimni yuzidan o'pib qaddimni ko'tardim. Yotoqdan tushganimdan so'ng u ham tez o'rnidan turdi. Kiyimining zamogini o'ynab yuzini pastga qaratib olganini ko'rdim. Ketishimiz kerak. Jehan bu yerda qolmasligini yaxshi bilaman. Eshikdan chiqishimdan oldin unga oxirgi bor qarab oldim.
Jungkook: ustki kiyimingni ol. Ketamiz.
*
Yalang tanasi bilan yuvinish xonasining devoriga suyanib turgan yigit qo'lidagi telefonda uzoq muddat suhbatdoshi bilan xabarlashdi. So'ng, qo'l telefoni jiringlagani sabab u kutayotgan habarlardan umid qilib unga javob berdi. Telefon ortidan boshqa bir erkak kishining yo'g'on ovozi kelar ekan bu buyruqni itoat qilish bilan barobar chiqdi.
- janob biz uni topdik.
O'zi kutayotgan savolni javobi bunchalik tez va oson topilishidan yuziga iblisona keng tabassum olgan yigit yuvinish xonasidagi oynaga qaragan holda nam sochlarini ortga taradi.
Taehyung: juda soz. Yashash manzili va telefon raqaminichi?
- yashaydigan joyi hozirda noma'lum. Biroq uning telefon raqamini topdik. Uni sizga yuboraman.
Taehyung: uning qadamini har kuni tekshirilyaptimi?
- shubhasiz. U kecha Kim xonimning onasi davolanayotgan shifoxonaga bordi. Qo'riqchilar kuchaytirilgan. Tashvishlanishga asos yo'q. Kuchli nazorat ostida u rafiqangizni onasining yoniga kira olmadi.
Taehyung: yaxshi.
Yigit qo'ng'iroqni yakunlaganidan so'ng uning telefoniga daqiqa o'tmasidan habar bo'lib raqamlar keldi. Qo'lini beliga qo'ygan holda raqamlarni yodlab olar ekan lablaridagi kulgu yanada keng yoyildi.
Taehyung: sen tirranchani tez orada burningni yerga shunday ishqalayki, joning kaftlatim orasida turadi hali.
Telefonini yuvinish xonasining javoniga qo'ygan yigit oynaga qarab sochlarini biroz to'g'irlagan bo'ldi. Jim bo'lish bilan o'rtaga sukunat cho'mar ekan eshikni kutilmaganda ochgan qizni oynadan ko'rib ortiga o'girildi. O'zi bilmagan holda ko'rishi kerak bo'lmagan voqeaga kirib qolgan qiz bir muddat qarshisidagi kiyimsiz turgan yigitga tikilib qoldi. Oyoq qo'li ishlamay miyyasi karaxt ahvolga kelar ekan yigitning tomoq qirib kulishi uni tok urgandek sergaklantirdi. Ko'zlari kattalashib ketgan Aera tezda hozirgina ochgan eshigini qayta yopar ekan xona ichiga kirishi bilan yuzlarini pishgan olma kabi qizarib ketdi.
* Jin ursin! Shunaqa holatda ham kirib qolamanmi? Yuvinish uchun kirgan odam eshikni qulflamaydimi axir? Ming lanat! Nima deb o'yladi u? Yana jimgina kuzatib turishing nimasi edi ahmoq qiz? Uyolib ketyapman. Hozir chiqsa qay yuz bilan qarayman? Endi xonadan chiqib ketmoqchi edim. Maqsadim uning ko'ziga ko'rinmaslik. Sharmanda! Biroq eshikka yetmasimdan ortimdan kelgan yo'g'on tovushdan ismimni aytilishini eshitib joyimda qotib qoldim. Ortimga o'girilish bilan eshikdan mo'ralab turgan yigitni yuzini ko'rdim.
Taehyung: sochiqni uzatvor.
Nigohlarim u barmog'i bilan ko'rsatgan divanga qarab uning ustida turgan sochiqni oldim. Yuvinish xonasida turgan holda eshikdan boshini chiqarib, sochiq uzatib yuborishimni aytgan yigitga qarab u aytgandek o'sha tomonga yurdim. Yuzimni o'girgan holda qo'limdagi narsani unga uzatar ekanman bilagimdan ushlagan ho'l barmoqlar egasi meni vannaga qarab tortib ketdi. Hech narsani anglay olmay muvozanatni yo'qotgan holda uning yalang ko'ksiga yuzim tegib ketdi. Qarshimdagi yigit meni muzdek vanna devoriga tirab, bo'ynini men tomon cho'zdi. Qancha vaqt uning ko'zlariga qarab qolganimni bilmayman, lekin qo'limga tomga suv tomchilaridan so'nggina kaftlarim uning kiyimsiz ikki ko'ksida turganini sezib nafasim ichimga qaytib ketdi. Kaftlarimni o'z qo'llariga olgan yigit esa ularni pastlatib kubik bo'laklariga o'xshagan qattiq narsaga olib borib tekkizdi.
Taehyung: sen bularni ushla!
Hansirab nafas olganim sari ko'ksim yuqori va pastga tushib bormoqda. Mendan nigohlarini uzmagan yigit o'ynoqi ko'zlarini avval ko'ksimga va so'ng hali hamon uning tanasidan ajralib turgan olti qatorli qismiga qaratdi. Jin ursin! Haligacha u yerda qo'limni olmaganimga hayronman. Kaftlarimni jon holatda uning tanasidan tortib olib o'zimni chetga olmoqchi bo'ldim. Lekin ikkila yo'limni ham to'sib turgan qo'llarni deb bir joydan jila olmadim. Menga ko'zlarini bog'lagani yigitni miyig'ida kulishi esa sabrimni sinayotgan edi.
Taehyung: nima uchun haligacha uyolib, mana bu yuzing qizarib turibdi ohucham? Ko'rmagan nima qolgan yana?
Uning bergan savollaridan yanada asabiylashayapman.
Jin ursin hammasini! Nega ham kirgan edima xonaga? Undan qochish uchun yo'limni to'sib turgan qo'lidan ushlab uni nari surdim. U birinchi marotaba qarshilik qilmay yo'l berdi. Yuvinish xonasidan chiqishim bilan bor nafasimni chiqarib terlab ketganimni sezdim. U meni har doim shunday hayajonga soladi. Xonadagi oynaga qaraganimni hozirgina chiqqan eshigimdan Taehyung ham chiqdi. Tepa qismida kiyim yo'q, pastki qismida esa oddiy tizzasigacha bo'lgan shim bor edi (shortik). Ko'zim uniki bilan tutashmasligi uchun o'zimni bir nimalar qilib chalg'itdim. Xona kursisiga o'tirgan yigit meni kuzatyotganini bilaman. Nimq qilyapman o'zi? Bu xonadan chiqsang-chi Aera! Qadamlarimni sekinlik bilan xonadan chiqish uchun yo'naltirganimda ortimdan kelgan tomoq qirishi e'tiborimni tortdi.
Taehyung: oldimga kel.
U divanda o'tirgan ko'yi yoniga meni imlab chaqirar ekan oyoqlarim o'z-o'zidan o'sha tomon yo'naldi. Uning har bir gapi menga buyruq singari tuyiladi. Balki shuning uchundir hech qanday o'yga tolmasdan u tomonga yuraman? Taehyungni qarshisiga kelganimda u haligina unga uzatgan sochig'imni qayta menga tutkazdi. Nima uchun bunday qilganini bilmayman. Qo'llarim orasida turgan oq rangdagi momiq sochiqqa qarar ekan belimdan aylangan qo'llarni bir zum anglay olmadim.
Taehyung: sochlarimni shu sochiq bilan quritib qo'y.
Ana endi nima qilishni bilmay qolgan edim. Uning qo'li xipcha pelimni qattiqroq ushlab yanada meni o'ziga tortayotgandek tuyulayotgan edi. Bu safar ham uning aytganini qilib bazo'r ikki qo'limni o'rtasiga uning boshini kirgazib nam sochlariga sochiqni bosdim. Ko'zlarini mendan uzmay yuzimga termulib turgan yigitga iloji boricha qaramaslikka harakat qilyapman. Ora oradan birga tutashgan nigohlarimiz o'rtamizdagi havoni isitib yuborgudek tuyulyapti. Jin ursin egniga nimadur kiyib chiqsa bo'lmaydimi?! Qorachiqlarim nuqul uning yalang va keng gavdasiga tushaveryapti. Shunda ham jim bo'lib ishimni davom ettirdim. Belimda turgan qo'lini sipantirib sonlarim oldiga keltirganidan so'ng to'xtadi. Birdan kuch bilan menj o'ziga tortar ekan qane qilib uning ustiga o'tirib qolganimni bilmayman. Ikki oyog'im orasini ochib meni o'zining tanasiga yaqinlashtirar ekan oyoqlarimni belidan aylantirdi. Ming lanat! Shundaygina ostim oldida turgan toshdek narsa*...jin ursin barini! Qo'llarim harakatdan to'xtaganida uning pichirlab aytgan so'zlarini eshitdim.
Taehyung: davom etaver.
Ikkilanish bilan uning sochlarini qurutishda davom etdim. Bo'yin tomonimga yuzini yo'latgan yigit avval qaynoq nafasini qo'yib yubordi va issiq havoning ketidan jismimni seskantiradigan o'pichlarni his etdim. Tishimni tishimga bosgan holda indamas ekanman nuqul bu yerda ketishni istayotgan edim. U bir qo'lini sonim tomondan yuragazib ko'ksimgacha olib keldi. Kutilmaganda kaftlar orasida ezilgan ko'kragimni azobidan chinqirib yuborib uning ustidan turishga urudim. Lekin uning metandek kuchli qo'llari belimni shu darajada maxkam ushlab olgan ediki, xattoki joyimdan jilolmadim ham. Ko'zlarimni unga qaratganimda shahvatdan yonib turgan qorachiqlarni ko'rdim. Unga qarshim bilan birdan lablarimga yopishgan o'zga lablarni sezdim. Avval tepa labimni shimgan yigit keyingi galda pastkisini ham tinch qo'ymay ularni harakatlantirdi. Uning yelkasiga qo'limni qo'yib qancha itarmay uni uzoqlashtira olmadim. Tanglayimgacha kirgan til nafasimni bog'zimga tiqiltirib qo'ydi. Lablarimni qattiq tishlab tortgan yigit men bilan birga o'zini divandan turgazdi. Bo'sani uzmay qadam tashlar ekan uning qadamlari yotoq tomonga burulganini bildim. Bundan keyingi sodir bo'ladigan voqealar esa meni qo'rquvga soldi.
~
Imloviy xatolarga uchragan bo'lsangiz uzrπ«
Guys silardan soraydigan narsam aktivni tuwurmezla! Bu nimasiyaaa ff boshidagi aktiv qani? Bowidagi stikla 200ga yaqn borardi hozir 120 dan kotarilmayaptiku?! Ffni qacon cqiwi bu sizlaga bog'liq buni bilasla. Manga mativ har bir fikr va aktiv!