ππ¨π‘π’πππ’π₯πππ₯
#GUNOHKORLAR
Vijdon insonning erkinlik va tanlovga boβlgan javobgarligi.
U kim uchundir gunodan saqlovchi,
Kimdir uchun esa gunohlari uchun jazolovchidir.
Menda u yo'q desangiz adashasiz, hatto eng chirkin insonning zulmat bosgan qalbining tubida u bor faqat vijdon o'z vaqtini kutadi.
Ertalab Seulda eng qimmat ko'p qavvatli turar joy binosidagi hashamatli uyning yotoqxonasida kecha yotoqqa qay holatda joylangan bo'lsa shu holatda uxlayotgan qiz boshidagi kuchli og'riq sabab uyg'ondi. Sababi esa ma'lum, me'yoridan ortiq iste'mol qilingan alkogol.
-jin urgur. Yana bu quyosh chiqibdi-qiz alamli tabassum qildi-shunchaki bir gal men uchun chiqmasang edi, balki hamma uchun yaxshi bo'larmidi - qiz bosh og'rig'iga e'tibor qilmadi. Bu uning uchun odatiy tusga kirgan.
Kessy endi atrofga e'tibor qaratdi. Bu uning o'z xonasi emas, lekin notanish ham emas. Xonadagi barcha mebel va jihozlar to'q qoramtir rangda. Javonlarda o'zi uchun tanish yigitning rasmlari, birida oilaviy , birida do'stlari hattoki qiz bilan tushgan rasm turubdi. Kessy Taehyungni bu rasmga tushish uchun qanday majburlganini eslab tabassum qildi. Rasmda har ikkisining sochlarida katta qizlar uchun mo'ljallangan bantikli qistirgich. Yigitga yoqmayotgani yuzidan ma'lum ammo qiz juda ham xursand
Qiz bu yerdan tezroq uyiga ketishi kerak. Aks holda Universitetiga kech qoladi.
Mehmoxona divanida uxlayotgan yigitni oldiga bordi.
-Tae, Tae uyg'on. Hoy Qora shahzoda uyg'onsangchi. - so'zlarning foydasi yo'q. Endi yigitni turta boshladi. Yigit bunga pinaginiyam buzmay uxlaydi. Oxirgi chora stakandagi suv.
-ahhhh Kes bu nima qilganing hamma joyimni rasvo qildingku-Taehyung noliydi. Uni jaxli chiqdi. Ehtimol qizning o'rnida boshqa bo'lganda u nolish bilan cheklanmasdi. Jaxl bilan joyiga yotadi.
-istasang qolganini ham quyushim mumkin - Kessy qolgan suvga ishora qildi. Bu ish unga juda yoqdi.
-mana uyg'ondim - yigit endi butkul tetik ohangda.
-juda soz. Men ketyapman. Ketganimdan so'ng uxlab qolma.
-ha ha - foydasi yo'q eshik yopilishi bilan Taehyung uyquga ketishni istaydi ammo u ham tayyorlanishi kerak. Taehyung kech qolganlari yoqtirmaydi. Endi uyqu ham stakandagi suvga qo'shilib tugadi.
Kessy yopilayotgan lift tomon shoshib yetib keldi liftda faqat bir yigit bor. Qiz unga sovuq nigoh tashlab qo'ydi. Yigit bunga e'tibor bermay Kessyni kuzayishni davom etyapti. Lift so'nggi qavatga yaqinlashmoqda.
-meni tinch qo'y. Ortiq bunday yashashni istamayman- Kessy juda sokin ohangda gapirdi. U bu hayot tarzidan juda ham charchagan edi.
-bu meni emas seni qo'lingda. Tanlov seniki edi- yigit hech qanday reaksiyasiz javob berdi.
Kessy unga biroz qarab turdi. Lift ochilishi bilan bu yerni tark etdi.
Yigit yopilayotgan lift ichida qizni ketishini kuzatdi
Odatiy o'rta hol koreys oilasining uyi. Uy yonida ancha vaqtdan beri yigit sevgan qizi chiqishini kutmoqda. Hech bir yigit kutishni yoqtirmagani kabi bu ham u yomon ko'rgan ishlardan biri. Kutishdan zerikib atrofga e'tiborini qaratadi.
-oppa, oppa bilaman jaxlingiz chiqyabdi. Siz kutishni yoqtirmaysiz. Ayniqsa qizlarni. Ammo men boshqa qizlardek emasmen. Men siz sevgan qizman. Shunday ekan jaxldan qizarmang. Ha aytishingiz shartmas biz kech qolyapmiz shundey ekan tezroq mashinani haydang aks holda meni professor Lee bugun nonushta sifatida yeydi. U kech qolganlarni yoqtirmaydi. Ayniqsa meni. Hayronman qachon uni arpasini xom o'rgan edim-qiz gapirish barobarida mashinaga o'tirdi. Ammo yigit hali ham joyida hayratdan qotib qolgan ko'yi turar edi-oppa axir haydasangizchi men kech qolebman. Sizni yana qancha kutishim kerak. bu ketishda yarim tun bo'ladi chog'i. - qizni gapdan to'xtatib bo'lmaydi.
Sojun hali ham joyida turar ekan qizning bu qilig'iga jaxl qilishi kerakmi yo kulishi bilmaydi. Ammo bu qiz shu jihati bilan ajralib turadi . U doim aybsiz bo'lgan. Barcha ayb o'zgalarda go'yo.Ammo u shu sababli qizni sevadi qiz anchayin sofdil. U ko'p gapiradi. Lekin unda hech qanday yomonlik yo'q . Faqat ko'p gapirishi Sojunni ba'zida charchatadi.
-ey Xudo menga sabr ber- hali mashinada bo'ladigan voqealarni oldindan bilib pichirladi. Sojun mashinaga o'tirib hayday boshladi.
-nihoyat oppa siz
-hoy bas qilsangchi qulog'imni portlata yozding. Buncha ko'p gapirasana. Sojun senga qanday chidaydi.
-Aaaa.. Sen qayerdan paydo bo'la qolding judayam qo'rqib ketdim. Nima osmondan tushdingmi.-qiz orqada birdan kelgan ovoz sababli qo'rqib ketdi va yana vaysay ketdi
-bo'ldi qilsangchi. Sojun bunga qanday chidaysan. Seni o'rningda bo'lganimdan allaqachon uni tashlab ketgan bo'lar edim.
-nima voy sen ahhmoq nima deding. Seni shu gaping uchun mashinadan tush sen bilan ketishni istamayman.
-nima kim ahmoq. sendan so'rab tushamanmi bu do'stimning mashinasi. Shunday ekan o'zing tush. Seni qancha kutdik. Go'zallik tanloviga tayyorgarlik ko'rishga ketadigan vaqtgacha kutdik. Seni o'rningda hatto yalmog'iz ham go'zal malika bo'lib chiqqan bo'lardi. Ammo qurbaqa malikaga duch keldik. Essiz shuncha kutganimiz.
-nima dediding oppa biron narsa desangizchi. Ayting hoziroq mashinadan tushsin. Hoy sen o'zi oynaga qaraganmisan shrek...
-shrek! bunisi oshib tushdi qurbaqa malika seni hozir..
- BAS QILING. - nihoyat yigit bu shovqindan asabiylashib baqirdi-ikkingiz ham jim keting bu meni mashinam kim qolish qolmasligini o'zim hal qilaman.
Soyu Sunxoni mashinasi buzilgan ustiga ustak men garovda yutqazdim shu bois unga bugun haydovchilik qilaman.
-oppa axir β Sunxo mamnun jilmayib Soyuga qoshini uchirib quydi.
- jim. Sunxo Soyu meni sevgan qizim agar u bilan birga ketishni istamasang taxida ket.
-ajab bopti
-Sojun sen axir...
-Shrek sen
-qurbaqa malika...
-JIM BO'LING!!! agar jim ketmasangiz o'zim yolg'iz ketaman shundey ekan jim keting yoki PIYODA KETINGLAR BEMALOL JANJALASHIB- Sojun nihoyat portladi. Soyu ham Sunxo ham Sojunni jaxli chiqqanini ko'rib jim ketishga qaror qilishdi
-azizim Kessy kecha uyga yana kelmadi. Bilasizmi men undan juda xavotirdaman. Axir yosh qiz bo'lsa. Bunday yurish u uchun faqat zarar. Ustiga ustak oilamiz sha'niga ham to'g'ri kelmaydi. Yana - qiz atay ertalabki nonushta vaqti shu gaplarni gapirar ekan erining sovuq nigohiga duch kelib indamay qo'ya qoldi.
Jin Kessyni joyiga nigoh ham tashlamadi. U allaqachon singlisini taqib qilishdan kechalari uni uyga kelmasligidan daydib yurishidan bezoriliklaridan charchagan. Singlisi go'yo shu yo'l bilan e'tiborni o'ziga tortmoqchidek ko'rinadi. U singlisini bu ishlariga etibor qaratishni hohlamaydi ammo bunday befarqlikni davom etsa tarix takrorlanishi mumkin.
-bu nimaning hidi- Suna yoqimsiz birdan paydo bo'lgan alkogol hiddan bezovtalandi.
Tabiiyki bu Hid Jinga ham yoqmadi.
-ana bizni erkatoy malika- Suna atayin zinalardan shoshib chiqayotgan qizga ishora qildi. Shu yo'l bilan erining e'tiborini singlisiga qaratdi.
-To'xta va Bu yoqqa kel. - buyruq ohangi yetarlicha va baland. zinalardan yuqorilayotgan qiz esa istamasada buyruqni bajarishga majbur. Undan kuchli alkogol hidi kelmoqda. Bu esa Jinga yoqmaydi.
- senga savol beraman hech qanday bahonalarsiz javob ber. Kecha tunda qayerda kim bilan eding nega uyga kelmading- yigit qat'iy ohangda so'rab. Singlisini javobini kuta boshladi.
Pov/Suna
Qayerda bo'lgani hididan ma'lumku. Bu qiz kim bilandir yurganiga ishonish qiyin. Kimdir bunga yaqinlashsa darrov kasofati uradiku. Bu erkatoy malika emas aksincha" kasofatlar malikasi" deb to'g'ri aytgan rahmatli qaynotam. Jingayam hayronman bu qizni allaqachon uydan haydashi kerak edi. Hattko kecha uyga kelmaganiga uyalganiyam yoq tavba qo'rquv ham bunga begona.
-kim bilan nima qilishim sizni qiziqtiryaptimi, qayerda bo'lganim ma'lumku nega bilib turib so'rayverasiz. Yoki meni bu yurishim buyuk Hwan Jinning obro'siga ta'sir qilishidan havotirdamisiz hih - qiz biroz tabassum bilan mag'rur holatda- yoki mehribon aka ro'lidamisiz, rostini aytay bu obraz sizga juda yarashibdi ayniqsa
- Kessy bu qanday muomala sen akang bilan gaplashyabsan, u sendan xavotirda axir...
-hoy suv ilon ovozingni o'chir. Men sen va eringga ......
-charss
Ikki qiz ham to'xtab qoldi. Jinning oxirgi nuqtasiga yetdi. Suna bundan biroz qo'rqdi lekin tarsaki tushgan Kessyga qarab ayyorona tabassum qildi. Qiz yuziga tushgan tarsaki zarbidan yuziga og'riq yugurdi. Ammo u yig'lab yuzini tutmadi. U hali ham mag'rur turardi.
- men senga savol berdim. Javob ber-tishlari orasidan vishshiladi Jin
-yaxshi javob kerakmi sizga marhamat. Kecha tungi klubda Tae bilan birga edim. Kechasi uni kvartirasida qoldik. Menimcha yetarlicha javob berdim. Ko'nglingiz to'lgan bo'lsa men tayyorlanishim kerak aks holda kech qolaman. - gapini yakunlab zinalar orqali xonasi tomon yo'l oldi. Kessy tarsaki yegani yoki akasidan qo'rqqani uchun emas shunchaki bu suhbatni davom ettirishni istamagani uchun javob berdi.
- uni ham o'z botqog'inga tortmoqchimisan. - Jin.
Zinalardan chiqayotgan qiz bir on to'xtadi. Ammo indamay yo'lini davom etdi.
- azizim bu qiz..
- hoziroq joyinga o'tir . - Suna Jinni jaxlini ko'rib indamay joyiga o'tirdi. Jin esa Kessyni ortidan qarab qoldi.
Jin singlisiga zo'ravonlik qiladigan yoki meros uchun undan qutulishni istaydigan aka emas. Ularning bu kabi sovuq munosabati uchun yetrlicha sabab bor, Jin Kessyga nisbatan nafratni yoki mehrni his qilmayd Unda faqat singlisi uchun javobgarlik hissi va o'tmish qaytalanishiga nisbatan qo'rquv mavjud. U buni oldini olishni istaydi. Otasiga bergan vadasi tufayli. Ehtimol unda akalik hissi oz bo'lsada mavjuddir.
Aka singil munosabatlari juda ham chigal.
Koreyaning ko'plab boy oilalari o'qiydigan Seul Milliy Universiteti. Bu universitet kim uchundir butun umrlik orzu kim uchundir vaqt o'tkazish uchun joy xolos. Universitet binosi yoniga qimmatbaho mashina kelib to'xtadi
- nihoyat yetib keldik. Seni bu vaysashinga ortiq chidashimga hojat qolmadi. qanchalik baxtli ekanligimni tasavvur qlolmaysan.- Sunxo mashinadan tushaturib xuddi 4 soatlik ma'ruzadan chiqqan o'quvchidek gapirdi.
-balki seni basharanga chidab kelganim uchun menga rahmat aytarsana-mashinadan tushishi bilan ular yana tortisha boshladi.
- hoy ikkingiz ham bas qiling.sizlarga chidashga holim qolmadi. soyu tezroq darsinga bor .
- oppa meni haydayapsizmi menda nima ayb. Hammasiga mana bu shrek aybdor
-qurbaqa malika seni bir balo qilib quymasimdan avval bu yerdan daf bo'l
-seni men.....
- Soyu hozir darsinga bormasang anovi professoring jazolaydi. u kemasdan xonanga kira qol
- voy esim qursin . oppa seni sevaman.Boshqa qizlarga qarama aks holda seni o'ldirishimga to'g'ri keladi. Manavidanam uzoqroq yur
- nima. iloyo o'sha professoring seni yaxshilab jazolasin . Butun universitetni tozalasang ham hech narsa qilmaydi
-niyating ham o'zingga o'xshagan sovuq . Xayr oppa- qiz shoshgancha darsga yugurdi
-unga qanday chidaysan hayronman. Chavrayverib to'xtamaydi. Xuddi o'zimni professor Choini ma'ruzasida o'tirgandek his qildim.
-kimnidir sevib qolsang o'shanda meni tushunasan. Sunxo Soyu bilan kelishishga harakat qiling u men uchun qadrli.
-menku harakat qilaman. Lekin anavi qurbaqa malika...-Sunxo do'stining chimiralgan qoshlarini ko'rib - sen nima deasang shu do'stim. Aytgancha Tae hali kemadimi
- u yoqqa qara- qora Ferrariga ishora qildi. Undan anchayin kelishgan Universitetning eng mashhur yigiti tushdi. Qizlarning barchasi unga mahliyo ammo bu unga qiziqmas.
-ketdikmi
-kettik
- u kelmadimi - Sojun Taehyungni gapini tushundi
-yo'q
-tushunarli- Taehyung atrofga ko'z yugurtirdi. Kes hali kelmagan ammo bu kelmaydi degani emas.
-og'ayni buncha kech qolding 2 soatdan beri seni kutamiz- Sunxo doimgidek ikki do'stini yelkasiga osildi. Sojun uni gapiga ensa qotirib qo'ydi. Taehyung uni gapiga kulib qo'ydi.
-Sunxo sen qizlarga o'xshab qolyabsan
-og'ayni bu nima deganing- Sunxo tushunmay so'radi
-Bu deganim qizlarga o'xshab Sojun bilan menga osilishni bas qil.
-ahaaaa Taehyung to'g'ri aytding boya ko'rganingda edi meni hatto Soyudan rashk qildi- ikki do'st Sunxoni ustidan baravar kulib bir biriga besh tashladi
-sen ikkoving meni ahmoq qilyapsanlarmi. Endi ikkoving bilanam gaplashmayman - Sunxo arazlab tez yura boshladi
-aytimku qizlarga o'xshaydi deb hoziram qizlarga o'xshab arazlebdi.
-ha haa
-ha haa
- voy yaramaslar- 3 do'st hazil bilan darsga kirishdi.
Har bir joyning o'z egasi bo'lgani kabi bu yerning egalari bu 3 yigit edi. Ular bu davlatdagi haqiqiy dominant oila merosxo'rlari.
Hashamatli qo'rg'onda ovqatlanayotgan uchlik bir biriga gapirmasdan sukunatda ovqatlanishyapti. Ular buni istamaydi. Ular uchun sukunat maqul. Yoshi kattaroq ayol yosh qizga uylangan ukasiga oldida hayosizlarcha mamnunu ovqatlanayotgan qizga qarata yoqimsiz nazar tashlaydi. U bu yerdan o'z uyiga ketishni istaydi ammo qarshisidagi qizga ishonch yo'q. U ketishi bilan ukasini jiyanlariga qarshi qayrashi mumkin. Ammo bu sukunatni buzadigan inson topiladi.
-salom barchaga- sukunatni buzgan ovozga qaragan insonlarning 2 tasi xursand biri esa biroz asabiy.
Ularning qarshisida airabortdan hozir kelgani ko'rinishidan malum yigit tabassum qilib turardi.
-o'g'lim
-Jimin-ayol jiyanini ko'rganidan baxtiyor. Ko'zida yosh bilan bag'riga bosadi.
Hamma o'z joyini egallagach
-Jimin seni juda sog'indim. Nega kelishingni xabar qilmading otang bilan kutvolardik
-Ammajon surpriz qilgim keldi. Ammo bu sizni yig'layotganini ko'rib biroz xafa bo'ldim.
-qo'ysangchi o'g'lim quvonganimdan yig'ladim. 3 yil korishmadik axir. Akang seni olib kelish uchun ketgan edi. Aytgancha bo'lajak kelinoyingni ko'rdingmi
-albatta Ammajon. Qiz juda chiroyli
-Jimin
-ha Dada
-kelganingdan albatta xursandman. Ammo akang bilan birga qaytishingni kutgandik. Biror muammo bo'ldimi
-yo'q albatta. Shunchaki men bilan ularga noqulay deb o'ylayman. Shu bois yosh juftlikni qoldirib kelaverdim. Bu yerda ba'zi ishlarim ham bor-yigit tabassum bilan gapirdi. - aytgancha salom Jennie biroz o'zgaripsan- yigit hech qanday reaksiyasiz gapirdi.
-salom. Sen esa umuman o'zgarmabsan.-qiz yigitga soxta tabassum bilan gapirdi.
-adashasan men butkul o'zgardim. Endi hech narsa avvalgidek bo'lmaydi. Qarshingda avvalgi jimin yo'q-yigit gaplarini shunday aytdiki barcha unga hayron qarashdi. - qarshingda mutlaqo yangi, hech kim bilmaydigan Park Jimin..