May 10, 2025

𝐁𝐋𝐀𝐂𝐊 𝐒𝐘𝐌𝐏𝐇𝐎𝐍𝐘 | 𝐅𝐈𝐍𝐀𝐋

Your body is hot, but your gaze is cold.

𝟐𝟔-𝐄𝐩𝐢𝐬𝐨𝐝𝐞

Qo’rg’on eshigidan zarb bilan chiqqan yigit ortda qolgan va xushidan allaqachon ayrilgan erkakni haqoratli so’zlar bilan la’natlagan holda qon bo’lgan mushtini siltalab, shimiga artib tashladi. Qadamlarini tez-tez harakatga keltirib avval uyning bog’idan va so’ng ko’chaga chiqqan Jungkook mashinalar qatoridan o’zinikini topib uning oldiga bordi. Kelishi bilan avval u o’zining old o’rindig’iga o’tirishdan oldin unga yon tomonda bo’lgan eshikni ochdi. Lekin u kutgan inson mashina o’rindig’ida emas. Yuz tuzulishi yanada o’zgarib, qoshlarini chimirgan yigit mashinaning orqa o’rindiqlarini ham ko’zdan kechirdi. Topa opmaganidan so’ng qizning ismini atrofga qarab chaqirgan Jungkook mashinasiga joylashdi. Bundan bir soat avval kelgan yo’ldan qayta u ketar ekan qizni shu yo’llarda ketayotganini tahmin qildi. Biroq uning hayoliga kelgan o’y yigitni yanada sarosimaga solishga qodir bo’ldi. Yetarlicha dushmanga ega bo’lgan mafia azosi va haligina yuz bergan ko’ngilsiz voqea sabab u mashinani tezroq haydashga kirishdi. Osmon bulut. Havo yetarlicha sovuq. Ko’chaning so’nggiga yetganida chap muyulishga burulgan yigit undan o’ttiz metrcha uzoqlikda yurib ketayotgan qizni ko’rishi bilan og’ir nafas chiqardi. Ko’zlarini bir ochib yumgan Jungkook hayolidagi yomon o’ylarni nari surgan holda yo’lini davom ettirdi. Ikki qo’lini ko’ksiga bog’lagan ko’yi tez-tez qadam tashlab ketayotgan Jehan hozirda kiygan libosining yupqaligidan va ustki kiyimini yigitning mashinasida unutib qoldirgani uchun o’ziga-o’zi bir nimalar deb shivirlab ketmoqda. Ko’cha chiroqlari yorug’ligi sabab u hozircha qo’rqgani yo’q. Biroq ortidan kelib bosilgan tormoz va mashinaning baland signal ovozi sabab yurayotgan joyidan uchib tushgan qiz boshini yonga burdi. Mashina ro’lidan qo’lini olmagan holda tund qiyofa bilan qizga tikilib turgan yigit “o’tir” degan ma’noda unga qarab turaverdi. Lekin bir necha soniya ichida xattoki kiprigini ham qimirlatmagan Jehan nigohlarini undan uzgan holda yo’lini davom ettirdi. Uning bunday harakatlari Jungkookni yanada asabiylashtirar, g’azabini ko’rsatmaslik uchun esa tishini tishiga bosib yana jim bo’ldi. Mashinani yana harakatga keltirdi u. Qizning qadamlari bilan o’lchanib yurayotgan mashina daqiqa o’tmasidan tezlashdi.
Jungkook: o’tirmaysanmi?
Mashina derazasini tushurib, salon ichidan baland va yo’g’on ovozda gapirdi yigit. Yurishdan to’xtagan ko’yi ko’zlarini yumib xo’rsingan Jehan ikki qo’lini beliga qo’yib, u tomonga butun gavdasi bilan buruldi. Ikkisiyam bir-biriga jim holda tikilib turibdi. Yigit o’lim nigohlari undan uzmas ekan qiz ham qorachiqlarini unga tikib turaverdi.
Jungkook: savolimni yana qaytarishim kerakmi?
Jehan: avval jaxlingizdan tushing!
Jungkook: hoziroq mashinaga aqlli qiz bo’lib o’tirasan, yoki qachondir, baribir uyga borganingda, bu tunni oxiri yaxshilik bilan tugamasligiga o’zim kafolat beraman. - ko’rsatgich barmog’ini qizga bigiz qilib gapirdi u.

*Nigohlarimni yana bir bor undan uzdim. Jin ursin hammasini! Bugungi kunim ham rasvo bo’ldi va tun ham shunaqa noqulaylik bilan o’tmasa bo’lgani. Bilaman hozir uning jaxli chiqqan va hali beri bu g’azab bosilmaydi. Ketmoqchi bo’lgan ko’cha tomonga bir necha soniya tikilganimdan so’ng hafsala bilan mashina eshigini ochdim. Lekin uning yonidagu o’rindiqqa o’tirganim yo’q. Mashinaning orqa eshigini ochib, unga omonatgina cho’kdim. Qo’llarim hamon ko’ksimda. Ko’zlarimni esa deraza tomondan uzganim yo’q. Qo’l va oyog’im qaltirayotgan bo’lsa-da, buni unga sezdirmaslikka harakat qilmoqdaman. Ming lanat nega u mashinani harakatga keltirmayapti? Oxiri mening ham sabrim tugab qorachiqlarimni unga qaratdim. Mashinaning tepa qismida joylashgan oynadan menga tikilib turgan qora nigohlar shu qadar qo’rqinchli ediki, oyoq uchimgacha uvushib ketganim rost. Hozirda undan chindan ham qo’rqyapman. Biroq buni sezdirmasligim shart. U o’zini boshqarishi kerak. Jaxlini jilovlay olmaydigan to’nka!
Jehan: haydamaysizmi endi?
Achchiq bilan gapirganimdan so’ng u yana bir necha soniya o’sha holicha menga termuldi. Nega bunchalar sovuq bu qarash?

Hozirgacha qanday qilib undan ko’z uzmay turganimga hayronman rosti. U oxiri ko’z aloqasini uzib, mashinani o’t oldirdi.
Jungkook: sen qiz bilan boshqacha gaplashishni vaqti kelibdi. Erkalanib ketting indamagan sarim.
U ikkinchi gaplarini pichirlab aytdi. Shu ikki og’iz so’z sabab o’tirgan o’rindig’imni maxkam ushladim. Oxiri bahayr bo’lsa bo’lgani edi. Biz yurishni boshladik. Jungkookni hech qachon bu qadar qo’rqinchli ahvolda ko’rmagan edim. Xattoki Jackka ham bunchalik jaxl qilmagan edi. Lekin hozirgi bo’lgan voqea…ko’zim uning qo’liga tushdi. Mashina ro’lini mohirlik bilan boshqarib ketayotgan mushti qonab ketgan. Qon nafaqat uning qo’lida, kostyumlariga ham tekkan ekan. Hayolimga o’sha jirkanch yuz ifodasi bilan menga tegajoqlik qilgan erkakning qon bo’lib ketgan og’iz-burni keldi. U meni ham urmaydi shundaymi? Ichimdagi qo’rquv yanada oshib, o’zimni o’rindiqqa yaxshilab suyadim. Mashinaning deraza tomoniga deyarli yopishib qolay degan darajadaman, xuddiki Jungkookdan uzoqlashgandek bo’lib unga bir nazar tashlab qo’ydim. U esa ko’zini yo’ldan uzmay mashinani boshqaryapti. Men ham yuzimni undan uzib, ko’chalarni tomosha qilib ketishni boshladim. Menga anchagina tanish bo’lgan bino uzoqdan ko’rinish berganidan so’ng biroz yengil nafas chiqardim. Lekin mashina bino tomonga burulmadi. Jungkook chap tarafga ro’lni burganidan so’ng qorong’u ko’chaga kirdik. Jin ursin atrofda chiroq ham yo’qmi? Ko’rinishidan tashlandiq joydek tuyulgan bu ko’cha va yonimdagi yigitning harakatlari meni qo’rqityapti. Oxiri mashina to’xtadi. Endi nima bo’ladi? U meni uradimi yoki shu yerga tashlab ketadimi?
Jehan: Jungkook?
U gaplarimni oxirigicha eshitmay turib mashinadan avval o’zi tushdi. Men tomondagi eshikni ochganida qo’rquv bilan o’zimni olib qochdim. Boshqa tarafdan tushib ketmoqchi bo’lganimda u belimdan ushlab harakatimni chekladi. Nima qilmoqchi u? Tipirchilagan vaqtim ikki oyog’imni ushlab o’ziga meni tortgan yigit orqa o’rindiqqa man bilan birga joylashish ko’yi mashina eshiklarini qulfladi. Yanada vahimaga tushib qoldim. Tezda yon tomonga o’zimni urib, mashina derazasiga tanamni suyadim. Ikki qo’lim yon tomonimda. Hansiragan holda og’ir-og’ir havoni o’pkamga yutyapman. U esa shu qadar menga teshib yuborgudek qarayotgan ediki, atrof qorong’u bo’lganligi uchun uning yuzi yanada qo’rqinchli ko’rinayotgan edi. Tund yuzini saqlab qolgan holda tovonimdan tortgan yigit meni o’ziga yaqinlashtirganida ikki kaftimni bir qo’liga siqimladi. Ko’zlarini mendan uzmay bo’sh qo’li bilan kiyim tugmasini yechayotganida yana tipirchilashni boshladim.
Jehan: Jungkook, nima qilyapsiz?
U bir ikkita tugmani bo’shatib, yoqasini to’g’irladi va oldini ochdi. U menga yaqinlashgani sari o’zimni ortga olaverdim. Oxirgi manzil va tanam mashina derazasiga tiraldi. Qarshimdagi insonning ko’ziga qarashga botina olmay undan nigohimni uzdim. Lekin boshimni egganim sari yuzini menikiga yaqinlashtirgan yigitning issiq nafasi yanog’imni kuydirdi. Nega u bunchalar xavfli? Har bir harakati qo’rqinchli. Nima uchun bunchalar undan qo’rqyapman.
Jungkook: tanla Jehan…yo so’zlarim bilan izmimga kirasan, yoki qiladigan amalim bilan*!
Qo’rqinchli vishillash. Jimman. Hech narsani aytishga botina olmayotgan edim. Nega ham o’sha bazmga bordim o’zi? Yo’limni butunlayga to’sib qo’ygan Jungkook barmoqlarini iyagimga olib kelib, ko’zlarimga qaradi.
Jungkook: kutyapman…
Hayajonga to’lib, titrab ketganim sari u butun jussamni tanasi bilan qoplab olishga tirishayotgan edi. Sukutni saqlab turaverdim. Terimni kuydiradigan darajadagi qaynoq nafas yuzimga urulavergani sari u oramizdagi masofani qisqartirayotganini sezdim. Yig’lab berishga ham tayyorman. Atayin emas, chindan ham qo’rqganim uchun. U o’zini avval bunday tutmagan edi hech. Boshimni yana pastga egayotganimda qanday qilib tanamning oldi qismi derazada yopishgani va qo’limni ortga qayirib, menga yopishgan yigitning harakatini anglay olmadim. Chap qo’lim mashinaga tiralgan, ikkinchisi esa belimga botirilib o’zga kaftlarga asira bo’lgan edi. Tez-tez nafas olayotganim uchun deraza bug’lanib ketdi.

U qo’limni qattiq qisib turgani uchun og’riqdan ingrab yubordim. Bo’ynimga tiralgan iyak tanamni seskantirib yubordi. Quloqlarim oldidagi shivirlash…
Jungkook: aqldan ozdirish uchun yetarlicha jozibadorsan kichkintoy…lekin bilasanmi, bu go’zallikdan faqatgina men telbaga aylanish mumkin. Boshqasi emas! - yanada mashina derazasiga meni tirab, qo’limni maxkam siqimladi - qimirlamasang o’zingga yaxshi.
U bir qo’lini kaftimdan oldi. Nafas olishni unutgandek o’pkamdagi havoni chiqarishga ham qo’rqib qoldim. U barmoqlarini kaftimdan boshlab bilagimgacha yurgizib keldi. Bo’ynimdan to’g’ri pastga qarata yo’nalgan sovuq kaft sochlarimni oldimga tashladi. Ochiq bo’lgan yelkam va bellarimda barmoqlarni harakatlanayotganini sezdim.
Jungkook: mana bu haqiqiy san’at asari! Ingichka bel, sutdek oq tana va shirin ifor - bu gaplarni quloqlarim yonida aytdi. Kiyimimning ochiq joyidan tanamni oldi qismiga qo’l suqqan yigitdan o’zimdan itarishga harakat qildim - tipirchilama!
Buyruq ohangida yana gapirdi u. Qornimga tekkan kaftni sezib chuqur nafas oldim. Yuqorilashga tirishgan barmoqlar ko’kragimga kelganida ortimdagi yigitning miyig’idagi kulgu ovozini eshitdim. Ichkiyimim* ustidan ezilgan ko’kragim saba og’riqdan ingraganimda u bunga qasdlashgandek yana ishini davom ettirdi.
Jungkook: men ko’proq amalda hamma narsani isbotlashni yoqtiraman…va hozir ham sendan ko’p narsani xohlashim mumkin.
Jehan: Jungkook chegaradan chiqyapsiz.
Jungkook: tshshsh, bizda hech qachon chegara bo’lmagan kichkintoy. Men uchun yotoq har doim qulay bo’lgan. Biroq mashinada ham aloqa qilishni sinab ko’rsam bo’ladi.
Uning bu gaplari shu qadar yuragimga vahm soldiki, yana tipirchilashni boshladim. Lekin u yana qo’limni siqimladi. Bu safar yig’lab yubordim. Ikki yelkam uchib hiqillashim salonda eshitilar ekan u bo’ynimdan o’pib yana so’zini davom ettirdi.
Jungkook: meni g’azabim, sabrim va rashkim bilan aslo o’ynashma Jehan! Yo’qsa uning olovida men, natijasidan esa sen azob chekasan!
U shu gaplarini tugatib, meni qo’yib yubordi. Yig’lasam nega har doim shunday qilarkin bu menga qiziq. Ya’ni u alanga misoli yonib turgan bo’lsa-da oddiy ko’z yoshim uchun suv quygandek jimiydi. Yoninga o’tirgan holda shimidan segaret qutisini olgan yigit ulardan birisini lablariga olib bordi. Men esa o’zimni to’g’irlab ko’zyoshlarimni artib tashladim. Ora-oradan menga shunchaki qarab, yondirgich bilan segaretni tutatgan Jungkook uni chuqur tortgan holda mashina saloniga pufladi. Bir zumda segaret hidini dimog’imda his qildim. Aqldan ozish mumkin bu hid nega bunchalik menga yoqadi? Chuqur-chuqur nafas olayotganimni Jungkook sezdi shekilli miyig’ida kulgan ovozini eshitdim. U yana bir marta shunday chuqur segaretni tortib, tutunni og’zidan chiqardi. Men esa unga tikilib turaverdim. Uchinchi marotaba tortganidan so’ng bo’ynimni ushlab o’ziga meni kuch bilan tortgan yigit lablarimizni birlashtirdi. Segaret tutuni uning o’gzidan menikiga o’tar ekan dimog’im achishib, ko’zlarim yoshlanib ketdi. Lekin baribir yoqimli. U chap qo’li yordamida yelkamni ushlab lablarimdan o’pishni davom ettirdi. Ularni so’rib, tishlaganida labimni qimtidim. U bo’sani tugatib mendan uzoqlashdi. Lekin yuzlarimiz bir-biriga yaqin turibdi. Ko’zlarimga tikilayotgan yigitimni nega birdan kulib yuborganiga ajablandim.
Jungkook: Yo Xudo, Jehan chindan ham qo’zichoqqa o’xshar ekansan.
U kulib, mashina derazasidan tugab qolgan segaretini chuqur tortganidan so’ng uloqtirdi. Kesatishini bilar edim. Yaramas! Bekorga xiringlab kulmagan ekan. Menga qayta qarab, sochlarimni quloqlarim ortiga o’tkazgan Jungkookka tikildim.
Jehan: bu qo’zichoqni qo’lidan nimalar kelishini bilmaysiz Janob Jeon.
U yana osmonga qarab kulib yubordi. So’ng kaftini sonimga qo’yib bir ikki oyog’imni yengil urib qo’yganida shahvoniy tarzda pichirladi.
Jungkook: shayton qiz! Bilaman, bir necha marta amin bo’ldim. - u yuzim tomonga yaqin kelar ekan men ham uning kiyim yoqasidan tutgan bo’ldim. - va yana o’sha sho’x qizning harakatlarini xohlayman.
Lab chetida jilmaygan holda lablarimizni o’zim birlashtirdim. Birdan u ham bo’saga javob berib ketdi.

Ikki qo’limni uning bo’yniga bosgan holda o’zimga yaqinlashtirar ekanman belimdan ushlab meni tizzasiga o’tkazgan yigit bo’sani chuqurlashtirdi. Og’zimga kirgan uzun va yo’g’on yil tanglayimgacha kelib, nafasimni to’sish bilan birga qitig’imni ham keltirdi. Ortimni ezayotgan kaftlarni sezishim bilan undan ajraldim. Tolib ketgan lablarimni so’nggi bor qattiq tishlab tortgan Jungkook bo’yninga yuzini ko’mib sochlarimdan hidladi. Quloqlarim yoniga kelgan lablar beozorlik bilan ularni tishlar ekan men ham yigitim ham bir varakaga kulib yubordik. Hozirgina tortishib, meni qo’rqitgan Jungkook shumi? Ishonish qiyin.

*

Muzlatkichni ochib undan yangi sutni olgan qiz gaz plitaga idishni qo’ygan holda uni isitishni boshladi. Qovurilgan go’sht va tuxumni ham dasturxon atrofiga qo’yar ekan kattalashib borayotgan qornini ushlab jilmaydi. Mikroto’lqinli pech tayyor bo’lgan shirinliklarni aytish uchun ovoz chiqargan ko’yi qizil chirog’ini o’chirib Aerani ogohlantirdi. Issiq tayyor bo’lgan pechenyelarni idishga solib stol atrofiga qo’ydi u. Hali erta tong bo’lganligi sababli uyda faqatgina u uyg’oq edi. Soat tonggi yettiga yaqinlashib qolgan. Taehyung va Jayga bugun u o’zi nonushta tayyorlashga qaror qilgan edi. Aslida, Aera ora-orada bunday erta uyg’onadi. Kechagi tun*da yigit uni homilador bo’lgani uchun ham unchalik qiynab qo’ygani yo’q. Shuning uchun ham qadam bosishi yaxshi va tetik. Achchiqroq bo’lgan qahvani stol atrofiga olib kelgan qiz zinalardan tushayotgan qadam tovushlarini eshitib, oshxonadan chiqdi. Taehyung uyg’ongan degan tahminga kelib, yuziga tabassum olgan Aera o’zi kutgan odam emasligini ko’rdi. Qo’lidagi jamadon bilan zinalardan sekinlik bilan tushayotgan Minju iloji boricha hech kimni uyg’otib yubormaslikka harakat qilib, ehtiyotkorlik bilan qadam yashlayapti. Pastki qavatga tushganidan so’ng unga termulib turgan bir juft ohu ko’zlarni u ko’rar ekan Aeraga u murojaat qildi.
Minji: ohh, uyg’otib yubordimmi?
Qizning ikki ko’zi ham Minji ushlab turgan jamadonda edi. Aera uning savolini eshitmadi ham. Shunchaki qizning qo’lidagi yukka qarab turibdi.
Aera: qayergadur ketyapsanmi?
Nihoyat boshini ko’tarib savol berdi u. Lablarini qimtib, ko’zini bir qo’lidagi jamadonga qaratgan qiz boshini tasdiq ma’nosida qimirlatdi.
Minji: ha, shunaqa.
Aera: nega?
Minji: bu hamma uchun yaxshi bo’ladi deb o’ylayman. Qolaversa, o’qishim boshlanadi va men tezroq yana chet elga qaytib ketishim zarur. Bu yerga kelishimdan maqsad Jayni olib ketish edi. Biroq men bilmagan voqea va haqiqatlar ko’p ekan.
O’rtada yoqimsiz sukunat cho’kdi. Ikki qizning ham boshi yerga qaratilgan. Aera fartugining ipini o’ynasa, Minji allanimalarni hayol qilib, bir nuqtadan ko’zini uzmay o’tirgan edi. Telefoniga kelgan habardan so’ng hayollarini tartibga keltirgan qiz shoshayotganini tushundi.
Minji: ketishim kerak. Bo’lmasa reysimga kech qolaman.
Aera: bu haqida Taehyung biladimi?
Minji: ha, albatta. Unga kecha oqshom aytgan edim. Biroq Jayga indamadim. Unga o’zing tushuntirishga urunib ko’r.
Qiz telefonini shimining cho’ntagiga solib, jamadonini yana ko’tardi. Uyning chiqish eshigi tomon harakatlanib u ketar ekan yetib kelganidan so’ng eshik dastasini buradi. Lekin ochgani yo’q. U ichidagi gapni ortidagi qizga aytishi zarur. Boshida kelganida uni haqorat qilganlarini eslab, pastki labini tishladi u. Sekinlik bilan u Aera tomonga o’girildi. Undan ko’z uzmay turgan qizni ko’rib esa og’ir nafasini chiqardi va Aeraga qayta qaradi.
Minji: Aera…Jayga g’amxo’rlik qil. Yaxshi ona bo’lishingga ishonaman.
Aera jim. U umuman bunaqa so’zlarni Minjidan kutgan emas edi. Unga qiziq narsa nega u bunchalik tez ketishi. Faqatgina o’qishi sabab bo’la olmaydi. Qolaversa, uning hozirgi aytgan gaplari chin samimiylikdan chiqqaniga qiz ishondi. U birinchi marotaba har doim g’azab va nafrat bilan tikiladigan qorachiqlarda soflikni ko’rdi. Boshini tasdiq ma’nosida qimirlatib qo’ygan qizni ko’rgan Minji endi ortiga o’girilib eshikdan chiqib ketdi.

Aera ham qadamlarini o’sha tomonga yo’naltitar ekan ochiq qolgan eshikdan u qo’rg’on darvozasidan chiqib ketayotgan qizni ko’rib shunchaki jim qoldi.

*

-BIR YILDAN SO’NG-

_Yaponiya_

Atrof oppoq qor. Samoda quyosh bo’lishiga qaramay bu mamlakatning “Hokuriko” mintaqasida doimo qor bo’ladi. Mana hozir ham aprel oyi bo’lishiga qaramay bu yerlarda deyarli 30-40 santimetrlik qalinlikdagi qorlar mavjud. Sayohatchilar uchun mo’ljallangan tog’ning hududi va bir nechta juftlik, oilali shaxslar hozirda vaqtini chog’ o’tkazishmoqda. Egniga qalin kurtka kiyib olgan qiz telefonining oynasiga qaragan holda sochlarini to’girladi. Bosh kiyimini kiyganidan so’ng, ayollar kiyinish xonasidan chiqqan Jehan atrofdagi qorni ko’rib ochiqchasiga hayratini ko’rsatib turibdi. Turli xil millatdagi odamlar. Koreys, yapon, xitoy va hattoki amerikaliklar ham ayni qorning mavsumi bo’lganida bu yerga kelishgan. Xavfsizliklar kuchli bo’lganligi uchun ham oilali insonlar farzandlari bilan tashrif buyurishgan edi. Atrofni kuzatib, o’ziga tanish bo’lgan yigit va uning oldidagi bolani ko’rgan qiz ularning oldiga yurishni boshladi. Har bir bosayotgan qadamini sekinlik bilan bajarayotgan Jehan toyib, yiqilishdan qo’rqgan holda asta-sekin ularning yoniga borib oldi. Yetib kelishi bilan uning belidan tutib qolgan yigit sevgilisining o’rganishiga hali vaqt borligini sezdi.
Jungkook: ehtiyot bo’l.
Jehan: rahmat.
Yiqilib ketishidan saqlab qolgan yigit tabassum bilan javob qaytargan qiz ham uning belidan quchdi. Ikkisini tomosha qilayotgan Sojun bir opasiga va bir qizning yonidagi Jungkookka qarab opasini qo’lidan ushladi. Muzdek barmoqchalarni his qilgan Jehan ukasiga nigohini burgan mahal yigit ham unga qaradi. Qovog’ini uyib, qoshlarini chimirgan bola opasini qo’lidan tortib o’zining yoniga o’tkazayotganida Jungkook chaqqonlik bilan qizning belidan qayta ushlab qoldi. Qiz ham yigit ham hech narsani tushunmay unga tikilishib turar ekan qoshlarini chimirdi Jungkook.
Sojun: opa, yonimga o’ting. - Jehanga buyruq ohangida gapirdi u.
Jungkook: nega o’tishi kerak ekan?

Sojun: chunki u mening opam. Men bilan birga yurishlari zarur. Siz esa - bola qiz va Jungkookni orasini qo’li bilan biroz ochib, opasini yoniga tortdi. - kamida ikki metr opamdan uzoq turing.
Lablarini shishirib, qarshisidagi yigitga yov qarash qildi u. Hech narsani tushunmay qolgan juftliklardan xuddi boladek qoshlarini chimirgan Jungkook ham Jehanni qo’lidan ushladi.
Jungkook: Jee man bilan yuradi.
Sojun: yo’q, men bilan. Opamni oldiga yaqinlashmang.
Jungkook: nima uchun ekan?
Sojun: chunki u meniki.
Jungkook: xaxaxa, kech qolibsan zumrasha, opang allaqachon meniki bo’lib bo’lgan.
Yonidagi yigitning aytgan so’zlaridan so’ng uning biqinidan chimchilab olgan Jehan lablarini keng yoygan holda Jungkookka “bas qil” degan ma’noda boqdi. Ukalarga xos rashki sabab yanada yoqimtoy bo’lib ko’rinayotgan Sojun ko’rsatgich va o’rta barmog’ini avval o’zining ko’ziga va so’ng Jungkook qaratib o’qraygan holda boshqa bolalar davrasiga kirib ketdi. Qorda turgan qiz va yigit uni yo’q bo’lib ketishini kuzatishar ekan chet ellik bolalar bilan chalg’igan Sojunni ko’rishgani keyin Jehan yonidagi yigitni yelkasidan shapatildi.
Jehan: yosh bolaga aytayotgan gapingizni qarang. Meniki bo’lib bo’lgan emish?!
Jungkook: uni o’zi birinchi boshladi. Seni mendan uzoqlashtirmoqchi bu ukang.
Jehan: u sizdan nechchi yosh kichkina Jungkook? Yosh bola bilan teng bo’lasiz-a?
Jungkook: ukalarga yarashadigan rashkini pochchasiga qilmasin, mayli begona yigitlarga qilsa men unga qo’shilaman.
Qizning yelkasiga bir qo’lini tashlagan yigit uni o’ziga tortdi. Lablarini keng yoyib, ikki qoshini Jehanga uchirib qo’yar ekan qiz bo’ynidagi og’ir qo’lni kaftlari bilan olib tashladi.
Jehan: pochchasi deyishga shoshilmayapsizmi Janob Jeon? Men hali sizga rozilik bermadim.
Jungkook: rozi bo’lmas emish?! Menga turmushga chiqmasang nega senga yaqinlashishimga bemalol ruxsat beryapsan?

Ayyorlik bilan berilgan savoldan so’ng labining pastki qismini tishlagan qiz boshini pastga qaratdi. Aytgan so’zlaridan so’ng shahvoniy tabassum qilgan Jungkook hech kim ularga qaramayotganiga ishonich hosil qilib qizning ortidan* yengil tarsakiladi. Joyidan uchib tushgan qiz tez-tez atrofga alanglab yigitning qo’liga mushtladi. Qilgan ishidan va qizning harakatidan osmonga qarab kulib yuborgan Jungkook uni qattiq quchdi. Javoban uning ham belidan qo’lini aylantirgan Jehan yigit bilan birga yo’lini davom ettirar ekan muzda konki uchish uchun ular kattakon yerning o’ziga kelishdi. Bir nechta juftlik va xattoki yosh bolalar ham muzda erkin muz konkisida harakatlanishyapti. Qizning oyoq o’lchamini bilgan yigit unga shu stullardan biriga o’tirib turishini aytgan holda o’ziga va sevgilisiga konkilarni olib kelish uchun ketdi.

Pov/Jehan
Hayotimni butkul o’zgartirgan narsa nahotki mening oddiy qo’rquvim bo’lgan bo’lsa? O’sha kecha. Bezori qizlardan qochib, begona mashinaga o’tirganimda hayot tarzim bu qadar o’zgarib ketishiga hozirda kimdir aytsa ham ishonmas edim. Oddiy bo’lmagan edi albatta bizning uchrashuv. Shunchaki birinchi marotaba ko’rgan bu insonim keyinchalik ham men bilan birga yashashini boshida bilmagan edim. Bu xattoki hayolimda ham yo’q edi. Uzundan uzun yomg’irli tunlarda ham u meni ko’rish uchun yetim xona ostonasiga kelganini yaxshi eslayman. Nega va nima uchunligini bilmayman-ku, men ham doim u kelsa yoniga oshiqishni istar edim. Chindan ham u har meni ko’rgani kelganida ichimdagi hissiyotlar jumbushga kelib, yuragimni tez urdirishiga sabab bo’lar edi. Har doim yonimda va menga yordam bergan ham aynan u bo’ldi! Faqatgina Jungkook! Yetimxonadan ukam bilan ketganimizda u ham u menga qo’l cho’zdi. U uchun shunchaki ko’cha qizi yoki oddiy inson emasligimni bod takrorladi. Men ham unga bora-bora ko’ngil qo’ydim va bundan afsuslanmayman ham. To’gri, bir ikkita xira voqealar boshqalarning hayotida bo’lgani kabi bizning ham kunlarimizda uchradi. Lekin biz bir-birimizni eshitdik. Yordam berdik, tushuntirdik, uddaladik. Men uning yonida doimo kichkina qizaloqman. Buni tan olishni istamasam ham lekin sezib turaman. Shuning uchun ham Jungkook ko’p erkalik qilsam indamaydi. Yetarlicha xohishimni bajaradi va men ham unga shunday munosabatda bo’laman. Men uning menga bo’lgan sevgisiga ishonaman va bu kun o’tgani sari o’sib bormoqda. Ko’ngilsiz voqealar. Xattoki undan hafa bo’lib ketganimda ham u menga hammasini tushuntirdi. Ishonishni istamagan vaqtim bir ilojini qilib hamma muammoni hal qildi. Bir vaqtlar menga jo’natilgan suratlar va video tasvirlarda men Jungkookni xiyonatda ayblaganim rost. Meni uchratishdan oldin bo’lgan bu voqealarni men davom etyapti deb o’ylagan edim. Hammasi hal bo’ldi lekin. O’sha qiz, menga suratlarni jo’natgan qizning o’zi buni tan oldi keyinchalik. Vaholangki, Jungkook uni bunga majburlagan. Haqiqatni aytishga. Hammasi hozirda bizda yaxshi ketyapti. Bundan bir oy oldin u menga turmush qurish taklifini berdi. Hozirda o’n to’qqiz yosh bo’lganim uchun men unga yana biroz kutishni aytdim. Lekin hech chiday olmayotgan sevgilim bir hafta oldin yana bu taklifni berdi menga. Unda o’zgarish katta. Jungkook o’tgan bir yil mobayniga qora doriga qarshi davolandi. Bu u uchun, biz uchun qiyin kechgan bo’lsa-da, buni ham uddalashga erishdik. U endi bunday narsalarni istemol qilmayapti. Va’dasi turdi. Shuning uchun qolgan hayotimni u bilan birga yana davom ettirishga albatta rozi bo’laman. Lekin yana biroz kuttirsam hech narsa qilmaydi. Atrofdagi qorlarni tomosha qilayotganimda yonimga qayta kelgan yigitga boshimni ko’tarib qaradim. U yerga bir tizzasini qo’ygan holatda oyoqlarimga qo’yar qo’ymasga muz konkisini kiydirdi. Avval muzda uchib ko’rgan edim va u ham Jungkook bilan birga Seoulda bo’lgan edi. Lekin erkin harakat qila olmayman beribir. Jungkook bir qo’lini yelkamdan o’tkazib, ikkinchisi bilan qo’llarimni tutdi. Ulkan va keng muz maydonchasiga tushganimizda uning kaftini maxkam ushlab oldim. Birga muz uchishni boshlar ekanmiz yanog’imda qoldirgan uning o’pichi butun tanamni istirib yubordi.

Uning bag’ri ham issiq. Tafti qaynoq. Men endi chindan ham usiz hayotimni tasavvur qila olmayman. Bu mening, bizning hikoyamizning boshlanishi va u hali uzoq davom etadi.

*
-KOREYA_SEOUL-

Dengizga qarab cho’kib ketayotgan Quyosh shafaqga qizg’ish nurlarini qoldirgan holda bugungi kunni yakunlamoqda. Mavjlanib bir-biriga urilayotgan to’lqinlar ustida chag’alak va dengiz qushlarning sanog’i yo’qdek. Sohil bo’yi. Qumga chizilib kelayotgan suv oqimi ketidan yana boshqa to’lqin oqib kelmoqda. Birinchisi va ikkinchisi. Shu yo’sinda chiroyli tabiat mo’jizasi hosil bo’ladi. Qo’llariga oyoq kiyimlarini olib, oyoq yalang qumda yurayotgan juftlik bir-birining qo’llarini tutgan holatda bir soatdan buyon jim ketishyapti. Ora-orada yigit qizning lablarini yoyib kulishiga sababchi bo’lar, turli hazillar va hikoyalar bilan uning kayfiyatini ko’tarar edi. Bir joyga to’xtab, ikkisi han butun gavdalarini va yuzlarini uzoqda yo’q bo’lib ketayotgan quyoshga tikishdi. Qiz o’sha qaragan ko’yi ko’zini uzoqdagi ufqdan uzmay turar ekan yonidagi Aeraga ora-orada qarab qo’yayotgan Taehyung sevgilisining husniga yana bir bor tan berdi. Chiroyli qoshlar, lablar, oppoq yuz va unga eng yoqadigan yuzidagi qismi ohudek ko’zlar. Uzun qayrilib turgan kipriklarini har bir qoqishigacha oshiqqa aylanib bo’lgan edi u. Labini yoyib, yuzini pastga qaratgan Taehyung qo’liga yaqin turgan rafiqasining barmoqlarini tutdi. Nozik va sekinlik bilan. Faqatgina barmoqlar. Kaftlariga tekkan qaynoq o’zga taftni sezgan qiz yuzini shunda ham dengizdan uzmagan ko’yi mayin jilmaydi. Aeraning chap yanog’i shishgani ko’rgan yigit ham lablarini qimtib tabassum qildi.
Aera: quyoshning botishi chiroyli-ya~
Taehyung: sendek.
Oradagi jimlik bir necha soniya o’tganidan so’ng qiz yana gaplarini davom ettirdi.
Aera: dengiz ham chiroyli.
Taehyung: senchalik emas.
Aera: mavjlanib urayotgan to’lqinlar va ularning quloqga yoqadigan ovozlari ham yoqimli.
Taehyung: xuddi sendek.
Aera: dengiz ustida uchayotgan chag’alaklar ham yetarlicha go’zallikka ega.
Taehyung: sening yoningda ularning chiroyi hech narsa bo’lib qolaveradi.
Lablarini yanada yoyib, kulib yuborgan qiz yonidagi yigitning bilagiga yengil tarsakiladi. Qizning xursand qila olganidan yana bir ish qilgani uchun uning ham kayfiyati ko’tarildi.
Aera: telbasiz Taehyung.
Taehyung: seni deb.
Yuzlari uyatdan qizarib ketgan qiz yonidagi yigitning bu safar yelkasi bilan turtdi. Yaqinlashgan mahal qizning yelkasidan ushlab olgan Taehyung rafiqasini bag’riga maxkam bosgan ko’yi lablarini uning peshonasiga qo’ydi. Yana nigohlar dengizga qaratildi. Quyosh yo’q bo’lib ketishga ulgurgan, faqatgina undan qolgan qizg’ish izlar bor edi.

Taehyung: juda ham chiroylisan Aeram. Faqatgina yuzing va ko’rinishing emas, qalbing, toza yuraging va boshqalardan ajralib turadigan mitti ko’ngling go’zal. Kechiruvchan sodda qizsan. Senga qilingan yaxshilikni shunchaki jim qabul qilmaysan, undan ikki barovar tuhfani hadya etasan insonga. Yomonliklarga ko’z yumasan. Bilaman unutmaysan, lekin oson kechirasan. - yigit boshini yerga qaratib, qumlarga oyog’i bilan ishlov berdi. Aera ham jim. Uning gaplarini tinglashni istamoqda. - men nima uchun baxtliman bilasanmi? Mana shu kichkina yuragingga kira olganim uchun. Shu mitti qalbingni mahv etganim uchun xursandman. O’zgasiga emas menga atalganing uchun ham hayotdan minnatdorman.
Boshini burib qizga qaragan yigit uning ohu ko’zlariga tikilib, burnidan chimchib qo’ydi.
Taehyung: ayniqsa shu ko’zlarni deb oshiq-u telba deb atash mumkin meni.
Bu safar qiz ham nigohlarini pastga qaratib kuldi. Keyingi galda qizning belidan tutib uning qo’llarini o’zining yelkasiga o’tkazgan Taehyung qizni sohil va dengiz tutashgan joyda raqsga tortdi.
Aera: Taehyung…shu yerdami?
Taehyung: nima qilibdi?
Aera: musiqa yo’q-ku?
Taehyung: to’lqinlarning sadosi yetmaydimi senga?
Qizni yanada o’ziga tortib tebranishni boshlagan yigitga bir necha soniya ichida qiz ham jo’r bo’ldi. Qarshisida unga yaqin turgan qorachiqlarga tikilayotgan Taehyung yanada mana shu go’zallikka g’arq bo’lish uchun Aeraning yuzi tomonga yaqinlashdi. Ovozini chiqarmasdan bir kuyni xirgoya qilayotgan erining bo’ynidan maxkamroq quchib borayotgan Aera belidan tutib turgan qo’llarga ishongan holda orqasiga tayandi.

Uzun sochlari suvga tegmasligi uchun yoniga olgan qiz uni tutib turgan yigitga tikildi. Qizning qaddini ko’targan Taehyung ataylab uni suvga tashlab yuborgandek qilib bir silkitganida yigitning bo’ynidan qattiq ushlab olgan qiz deyarli unga chirmashib olgandek ko’rinar edi. Aeraning qanday qo’rqgani va harakatidan osmonga qarab kulib yuborgan Taehyung qizni yana bir marotaba shunday qildi. Yana maxkamroq ushlangan yigitning kiyim yoqadi.
Taehyung: ering hech qayerga ketayotgani yo’q Aera, nega bunchalik qattiq ushlab turibsan meni?
Aera: yaramas!
Uning yoqasidan qo’lini olgan qiz yigitdan biroz uzoqlashgan holda dengizga qarab biroz egildi. Taehyung uning keyingi harakatini kutyapti. Ikki qorachiq bir-biridan uzulmay oradan soniyalarni o’tkazar ekan kaftiga olgan suvni yigitning yuziga qarata sepgan Aera qiqirlab kulgan bo’lib, ortiga chopib ketdi. Suvda yugurish qiyin bo’lsa-da, bir-birining ketidan quvayotgan juftlik kaftlariga olgan suvlar bilan kiyim-boshlarini xo’l qilish bilan band edi. Taehyung yetib olmasligi uchun ortiga ora-orada qarab quyayotgan Aera yaqin qolgan yigitdan hayiqib sohil tomonga yugurdi. Qumga oyog’i tegishi bilan belidan ushlab, o’zini o’zga qo’llar ustida ko’rgan qiz tipirchilashni boshladi. Qayta suvga burulgan yigit xuddiki uni mana shunday holatda suvga tashlab yuborgudek harakat qilar ekan ham baqirib ham qiqirlab kulayotgan qiz uning kiyimidan kaftlariga qattiq qisib oldi.
Aera: meni suvga uloqtirsangiz, sizni o’zim bilan tortib ketaman.
Taehyung: vay shayton qiz-e?!
Boshini ortga tashlab kulgan qiz yigitni ishini qildirmaslik yo’lini topgani uchun atayin uning yelkasiga qoqib qo’ydi.
Aera: tushuring.
Taehyung: yo’q.
Aera: nega?
Taehyung: shartimni bajarsang, o’ylab ko’rishim mumkin.
Aera: o’ylab ko’rishi mumkin emish?! - yigit uni dengiz tomonga tanasini yaqinlashtirdi. - Taehyung dedim.
Taehyung: men suzishni bilaman Aera.
Endi so’z bilan qizning yo’lini yopib qo’ygan yigit haligina kulishdan to’xtamagan qizning lablari jimib qolganini ko’rib lab chetida jilmaydi.

Aera: jin ursin, qanaqa shart?
Taehyung: qani eringni bo’salar bilan siyla-chi.
Shunchaki yigitga qarab turavergan qiz uning niyati jiddiligini va gapidan qaytmasligini tushunganidan so’ng hafsala bilan atrofga qaradi. Ular deyarli sohilda unchalik uzoqlikda bo’lishmasa ham atrofda hozircha odam hisobi yo’q edi. Yana bir bor sohilga ko’z yugurtirgan Aera nigohlarini qayta yigitga qaratdi. Uning qorachiqlaridan bir zum bo’lsa-da nazarini qochirmagan Taehyung birinchi qadamni bosish uchun qizga biroz egildi. Tezroq bu ishni tugatishni istagan Aera erining bo’ynidan ushlab o’ziga tortar ekan lablariga tekkan xo’llikdan eti jimirlab ketdi. Qayta uzoqlashish uchun u gavdasini ortga tortgan edihamki, bu harakatga to’sqinlik qilgan yigit bo’sani davom ettiraverdi. Tili bilan uning og’iz bo’shlig’iga kirgan yigit tishlari yordamida uning dudoqlarini erkalab chuqurroq o’pishishni istadi.
Jay: ommaaa~
Sohil tomonga yugurib kelayotgan bolakayning ovozi ularga eahitilishi bilan Aera tezda yigitni itardi. Suvga yiqilishiga bir bahya qolganida uning bilagidan tutib qolgan yigit ham nigohini sohio tomonga qaratdi. Kalta va kichkina oyoqchalari bilan dengiz tomonga yugurib kelayotgan bola oyisi va dadasi tomonga intildi. Aera va Taehyung ham suvdan chiqish uchun sohilga qarab yurdi. Yetib kelishi bilan oyisining belidan quchib olgan Jay yuzini tepaga qaratib Aeraga tabassum qildi. Uning jingalak sochlaridan silab so’ng o’pib qo’ygan qizni ko’rgan yigit ikki qo’lini beliga qo’yib xo’rsindi.
Taehyung: Jay nega har doim oyingga birinchi kelasan-a?
Aera: chunki u mening o’g’lim.
Ona bolaning ikkisi ham yigit tomonga qarab kulib turishar ekan hayratda qolgan Taehyung qadamlarini sohil yonida turgan stol stullar tomonga burdi.
Taehyung: qani mening qizim? Ha-eun qizalog’im~
Ularning hammasi dengiz tomondan uzoqlashishdi. Oyisining kaftini tutib u bilan birga yurayotgan Jay unga har xil narsalarni aytib Aeraning kayfiyatini ko’tarib ketayotgan edi. Stol atrofida turgan bolalar arg’imchog’ida uxlab yotgan besh oylik mitti qizalog’ni ko’rdi ular.

Taehyung: dadasining yagonasi.
Kichkina qizaloqni u qo’liga oldi. Erkalatib chaqaloqning yuz-ko’zidan o’par ekan otalarcha mehrini ko’rgan har qanday inson ularga havas bilan qarasa arzir edi.

Pov/Aera
Qachonlardir bir inson kelib menga hayotim mana shu tarzda o’tishini aytganida bunga ishonmas edim. Hayotimdagi voqealar bir kitobga o’xshaydi. Unutib bo’lmaydigan va ishonish qiyin bo’lgan hikoyadek. Yordamga muhtoj bo’lib, mendan foydalanishni ko’zlagan yigit nahotki hozir men uchun telbaga aylanishga tayyor? Hayotimda juda ko’p o’zgarishlar bo’ldi. Ham azob ham shirin xotiralar. U bilan men o’zgacha tanishdik. Umuman boshqacha. Kechasi tinch ko’chadan uning qo’riqchilari tomonidan o’g’irlanib ketganim va o’sha binodagi birinchi suhbatimiz. Uning menga bergan taklifi-yu, qo’ygan shartining bari boshqacha. Rad etilishiga qaramay uyim ostonasiga bir necha merta kelgan va xattoki kechqurunlari mehmonimga aylangan yigitmi shu? Meni boshqasiga berib yuborishdan qo’rqib, ortimdan yurgan bolani avval kuzatgan va so’ng butunlay yo’q qilgan inson. Bilaman, Taehyung menga vaqtini yetarlicha azoblar berdi. Majburlab o’ziniki qildi, keyin farzandiga ona bo’lishim uchun turli tahdidlarni qildi. Bo’lar bo’lmasga rashk qilib, hamma narsada meni aybladi. Ayb izladi. Faqatgina o’zining gaplarini o’tkazish uchun bosimlarni ham qildi. Lekin undan minnatdor bo’ladigan narsam bu oyimning hayotlarini saqlab qolishga yordam berganligi bo’ldi. Oyim jarrohlik operatsiyasidan muvaffaqiyatli o’tdi. Davolandi chet elda. Bunday olti oy oldin oyim Koreya qaytib keldilar. Hammasi ularda yaxshi va men bundan hotirjam bo’ldim. Vaqt o’tgani sari oilamiz davrasi kengaydi. Bizda yangi qizaloq bor. Ha-eun. Mitti qizalog’im bizning hayotimizga yanada yorug’lik olib keldi. U tug’ilganidan so’ng Taehyung umuman o’zgardi. Avvalgidek emas. Har doim shu qizi bilan ovora va u xattoki Jayga ham bunchalik ko’p vaqt ajratmaydi. Qizimizga ismni ham aynan u qo’ydi. “Baxt” va “Hayot in’omi” chindan ham Ha-eun bizga umrning hadyasi bo’ldi. Baxt olib keldi. Taehyung va mening sevgimiz mevasi bo’ldi u. Hayotimdagi o’zgarishlardan mamnunman va shuni aniq qilib ayta olamanki bizning sevgimiz ana endi boshlandi va bu hali uzoq vaqt davom etadi.

~

Bugun men mana shu yerda aynan shu bugun hikoyamni yakunlashga qaror qildim. Balki sizlar bunday yakunni kutgandirsiz yoki umuman aksi lekin men shunday tugatishni istadim. Deyarli 9 oy davom etgan bu fanficimga men shu qadar bog’lanib qolgan ekanmanki, uning bugungi qismida ko’p his-tuyg’uni tuydim. Men hikoyam ichida chindan ham yashadim va uning har bir voqeasini yodimni chiqarmayman. Har bir obraz his qilgan tuyguni tuyib, yiglagan va ko’z yosh to’kadigan sahnasidan men ham ulardek bir tuyguni his qildim. Girls, fanficimni yakunlab borar ekanman men bilan mana shu hikoya davomida birga bo’lgan har bir insonga tashakkur bildiraman. Qo’llab-quvvatlashlariz ortidan men mana shu bugun voqealar ortidan so’nggi nuqtani qo’ydim. Barchangizga rahmat. Hikoya davomida ro’y bergan voqealar haqida qisqacha bo’lsada o’z fikringizni kutib qolaman yorobun💗

THE END

Author: Kim Jehan Titania
#JH_DRG