๐ฆ๐ฒ๐ป๐๐ถ๐ ๐ต๐ฎ๐๐ผ๐ ๐๐ฒ๐ฟ๐ถ๐ธ๐ฎ๐ฟ๐น๐ถ
Samoda bir-birini quvib o'ynayotgan qushlar galasi hammaning chehrasiga quvonch baxsh etib, inson ko'ngliga huzur bag'ishlaydi. Mana hozir ham erta tongda salqin shabadaga yuzini tutib, shu jonzotlarni maroq ila tomosha qilayotgan bir go'zal qiz shifoxonaning bog'ida o'tiribdi. U bugun birinchi marotaba tongni quyosh bilan kutib oldi. Buni o'zi nima uchunligini bilmaydi lekin qalbidagi xohishni amalga oshirish uchun bugun barcha kayfiyatlarini jamlab yorug' dunyoni qarshiladi. Sochlari shamolga tebranib, uning yuziga beozor urilar va erkalatib silar edi. Hayoti davomida o'tgan shirin va qayg'uli damlarni eslab, yuziga ham tabassum ham ko'zlariga yosh oldi. Hali endigina o'n sakkiz yoshni to'ldirmoqchi bo'lgan bu sohibjamol bu olamda kamdan kam holda ro'y beradigan hastalikka chalingani uchun ko'ngli o'ksib, uch oydan beri davolanayotgan shifoxonaga qarab qo'yardi. Bugungi kun u uchun haddan ziyod o'zgacha va ta'sirli tuyilmoqda. Yoshligidan yurak saratoniga chalingan yosh qizaloq mana shu yoshigacha ham davolanmagan. Bunga sabab bu hastalikning asoratlari unda kech kuzatilishidir. Qiz deyarli hayotdan umidini uzib bo'lgan. Hech qanday yo'l bilan bu kasallikni davosi yo'qligiga ishonib, shunchaki yashashni tanlagan edi. O'ziga yoqqan qo'shiqni eslashi bilan uni shirin xirgoya qilar ekan uzoqdan qo'llarida gul ko'tarib kelayotgan yigitni ko'rib o'rnidan turdi. Uning yoniga kelgan yigit jentelmenlik bilan avval uning qo'llariga gullarni tutib, so'ng oppoq kaftlariga lablarini bosgan holda yengil bo'sa oldi.
Jungkook: hayrli kun.
Nabi: senga ham.
Qizning yuzidagi so'lg'inlikni ko'rsada uning kayfiyatini tushurmaslik uchun qo'lidan kelgancha harakat qilishni maqsad qilgan Jungkook uning qo'lidan tutib, o'zi tomon tortdi.
Nabi: Jungkook senga iltimosim bor
Jungkook: mmm, aytaver munchog'im.
Nabi: kel bugun kunimizni ko'chada o'tkazamiz. Bu shifoxona burchaklari meni yeb tashladi.
Jungkook: lekin Nabi, doktorlar....
Nabi: ularga aytmaymiz. Kel ho'p deya qol. Men uchun.
Qizning mushukcha ko'zlariga va shishib chiroyli turgan lablariga qarab uni hafa qilishni istamagan yigit uning ikkala qo'lidan maxkam ushlab darvoza tomon yetakladi. Yigitining qilmoqchi bo'lgan ishlarini fahmlagan Nabi yuziga keng tabassum olib, kaftlarida turgan qoสปllarni yaxshilab ushladi. Mashina yoniga kelgan juftlikdan yigit uning eshiklarini ochib qizga o'tirishni imo qilar ekan Nabi sevgilisining qo'llariga o'zinikini qo'yib qayta ularni yopdi.
Nabi: bugun bari boshqacha bo'lsin Jungkook. Kel oddiy sevishganlar qatori bo'lamiz bu kun.
*
Jungkook: ayshhh Nabi qara ot, mo'ljalni to'g'ri olsangchi.
Istirohat bog'ida quroldan o'q otib o'yinchoq yutib olmoqchi bo'lgan yigit va qiz hozirda ko'zlagan momiq ayiqchani qo'lga kiritmoqchi edi.
Nabi: jim bo'lib tur Jungkook! Diqqatimni jamlay olmayapman.
Oxirgi quroldagi o'qi bilan uchinchi idishni ham yiqitgan qiz shodligidan baqirib yonidagi yigitning bo'ynidan quchib oldi.
Nabi: yutdim. Yutdim. G'olib bo'ldim Jungkook!
*
Jungkook: hamma qizlarning qo'lida shu. Nima senga ham yoqadimi? Qanday yeysilar buni?
Yigit sevgilisining qo'lidagi pushti rangga ega bo'lgan paxtaqandni uyer buyeriga qarab yuzini burdi.
Nabi: sen avval yeb ko'r. Keyin meni aytdi dersan, juda shirin. Tatib ko'r bir.
U yigitining og'ziga paxtaqandidan ozgina olib yedirib qo'yar ekan uning ta'mini sezib qoshlari ko'tarilgan Jungkook qizning qo'lidagi shirinlikni o'z qo'llariga oldi.
Jungkook: chindan ham zo'r ekan.
Nabi: hoy, bu meniku edi. Bor o'zingga boshqa sotib ol.
Nabi: o'zi velosiped haydaganmisan?
Jungkook: nima bunga ishonmaysanmi?
Juftlik uchun ajratilgan oldi va orqasida o'rindiqlari bor bo'lgan velosipedni ushlab olgan qiz yonidagi yigitgan qoshlarini chimirib qaradi.
Nabi: bilmasam. Avval ko'rmagan edim. Agar meni yiqitsang dabdalangni chiqaraman bilib qo'y.
Jungkook: havotir olma munchog'im. Qani o'tir.
Ikkisiga o'z joylarini egallaganidan so'ng bosh o'rindiqqa joylashgan yigit uning pedallarini aylantirib, yo'lak bo'ylab haydab ketdi.
Uzoqdan botmoqchi bo'layotgan quyosh shafaqqa o'zining qizg'ish ranglarini baxshida etib, osmonni chiroyli manzaraga aylantirib bo'lgan. Dengiz yonida sevgilisining bag'riga suyanib kunning kech bo'lishini tomosha qilayotgan qiz yuragiga sanchib kelayotgan og'riqni sezishi bilan lablariga achchiq jilmayish oldi. Umri tugab borayotganini his qilar ekan kaftlarida turgan qoสปllarni yanada qattiqroq ushlab, ortidagi yigitning jismiga suyandi.
Nabi: Jungkook......
Jungkook: mmm.
Nabi: men moychechaklarni yaxshi ko'rishimni bilasan to'g'rimi?
Jungkook: shunday shirinim.
Qizning tomog'iga qattiq narsa tiqilgandek juda og'ir yutunar ekan ko'zidan chiqmoqchi bo'lgan yoshlarni yanog'idan oqizdi.
Nabi: qabrimga faqat o'sha gullarni olib kel ho'pmi?
Jungkook: Nabi.....iltimos bunaqa gaplarni gapirma. Men ularni seni qab.. - yigit gapidan to'xtalib, chuqur nafas chiqargan holda davom ettirdi - ularni qo'llaringga tutishni afzal ko'raman.
Yuragiga kelayotgan kuchli og'riqni yigitiga sezdirishni xohlamagan go'zal uzoqda deyarli yo'q bo'lib ketgan quyoshga qarab gapirdi.
Nabi: men dunyoda yo'q bo'lganimdan so'ng boshqa qizni sevasan shundaymi?
Jungkook: yo'q!......aslo bunday bo'lmaydi. Sen yashaysan Nabi.
Yigit gapini tugatib bo'lganidan so'ng sevgilisini yanada bag'riga bosar ekan qalbidagi kemtiklik yuzga chiqib uning ham ko'zlarini yoshlatdi. Yigitining so'zlaridan biroz jim bo'lib qolgan qiz mana bugun aynan shu yerda, sevgilisi bilan tanishgan, to'lqinlari mavj urib turgan dengizning sohilida tanishgan kunini eslab belidan aylantirilgan qo'llarga qarab shirin jilmaydi.
Nabi: sevasan.....meni unutasan
Jungkook: Nabi unday...
Nabi: gapimni bo'lma iltimos.....yaxshi ko'rasan sevgilim. To'g'ri, hozirda qalbingni asl egasi mendirman, biroq yillar o'tgandan so'ng hayotingga yana bir qiz kirib keladi. Boshida uni qabul qila olmaysan lekin kun o'tgan sayin ko'ngling unga bog'lanib borayotganini o'zing tushunmay qolasan. Vaqt o'tadi. Bora-bora u bilan meni taqqoslashtirasan. Yana meni qumsarsan biroq.....-chuqur nafas olib, yanog'idagi yoshni artib tashlagan qiz gapini davom ettirdi. - lekin, o'sha baxtli qiz qayta biz qila olmagan ishlarni sen bilan birga amalga oshiradi.
Jungkook: unday dema.....menga sensiz hayot zerikarli tentak qiz....
Yurak bag'ri ezilib ketgan yigit sevgilisiga taqdir bergan bunday og'ir yukni imkoni bo'lganda o'zi o'z bo'yniga olishni shunchalar istar ediki, hayotning shavqatsiz o'yinini deb bunday masalada ojizlik qilayotgani alam qilar edi. Hayoti deyarli tugab borayotganini sezgan go'zal bir farishta kaftlariga oshiq yorining qo'llarini olib sekin asta ko'zlarini yumdi.
Nabi: Jungkook.....sendan oxirgi iltimosim......birga yaratgan qo'shig'imizni aytib ber. Yuragim uzulayotganda ham faqat sen bilan bo'lishni istayman. Bu so'nggisi bo'lsin. O'tinaman.
Allaqachon ko'zlari qizarib ketgan yigit uning shirin ifor kelib turadigab sochlaridan chuqur hidlab, nafasi biroz rostladi. Birga o'tgan yoqimli damlarini ko'z oldiga keltirib ikki yurak birlashtirishga sabab bo'lgan musiqani jarangli ovozlaridan chiqardi.
Nal su chi nun gu de ye yo tun gu mok so ri
Ne i ru mul han bon man do bul lo ju se yo
O ro bo rin no ul a re mom cho so it ji man
Gu de hyang he han go rum sik go ro gal le yo
Still With You
O du un bang jom yong ha na op shi
ik su ke ji myon an dwe nun de gu ge to ik su ke
Na ji ma gi dul li nun i e o kon so ri
i go ra do op su myon na jong mal mu no jil got ga ta
Ham ke ut go, ham ke ul go
i dan su nan gam jong du ri ne gen jon bu yon na bwa
On je ju mil ka da si gu del
Ma ja han da myon nu nul go mal hal le yo bo go si pos so yo
~
*Mana yana bugun seni yo'qlab keldim. Sensizlikda qolganimga 1 yil bo'ldi bu kun. Esingdami oxirgi quyosh botmoqchi bo'lgan oqshom...oxirgi bor men sen uchun aytgan qo'shiq. Sevgimizni deb yaralgan, ikkimizning hayotimizga to'la bo'lgan musiqa. Bilasanmi, sen ketganingdan so'ng bu kuyni men qayta ijro etmadim. Sen hayotimdan ketganingdan so'ng bu qo'shiqning notalari o'ldi. Qaytib jaranglay olmadi. Sen har doim yodimdasan. Har soniya, har daqiqa va har kun qayta jamoling ko'zimga ko'rinmoqda. Aldoqchi.....meni unatasan degan eding esingdami? Bu gaplaring ham yolg'on ekan. Seni unuta olmadim Nabi....qalbimga shu qadar qattiq joy olgan ekansanki, harchand urinmay seni yuragimdan chiqara olmadim. O'n sakkiz yoshida vafot etgan sevgilim.....hayotining eng gullagan lahzasida ochilmagan checheklari qayta so'lgan go'zal farishtam.....dunyoga sig'maydigan keng kulgichlaring butun umr mening hayotimda sokin musiqa bo'lib yangrasin....bo'lmadi. Hech kim va hech narsa sen kabi bo'la olmadi. Sensiz hayot zerikarli ekan.