September 15

𝗘𝗻𝗰𝗵𝗮𝗻𝘁𝗲𝗱 𝗼𝗻𝗲𝘀

{7 episode}

Saroy bog'i. Undagi daraxtlar va atrofni yam-yashil rangi bilan qoplagan maysalar. Yonimdagi chiroyli va turli xil ranglardagi nilufar va moychechak gullari. Uzoq tog'lardagi qorlar bemalol bu yerdan ko'rinadi. Saroy bog'i juda ham tinch va faqatgina osmondan uchib kelib daraxt shoxlariga qo'ngan qushlar atrofni sehrli ovozlari bilan musiqa taratmoqda. Qo'lidagi kitobni varaqlab keyingi betiga o'tdim. Bu o'sha yakunlay olmagan romanim. "Maxluqning atirguli"...men bu asardagi qizga koʻproq achinaman. To'g'ri yigit uni sevar, lekin muhabbat o‘rtasida rahm va mehr bo‘ladi. Biroq bu yigit nima qilyapti? Qizni sevish bilan birga unga azob ham bermoqda. O’ziga bo'ysundirish...romanning oxiri menga hammasidan ham achinarli tugadi. Qiz...u o'ldi. Hayotning berilgan achchiq qismatiga yengilgan qiz o‘zini daryoga otdi. Yigitchi? Maxluqdan umuman farqi yo'q zolim...u oʻzining guliga otgan tosh-u xanjarlarni mana endi ko'zi ko'rdi. Balki qiz ham unga bergan mana shunday "jahannam"dan farqi yo'q olovlaridan sovush uchun o‘zini daryoga otgandir? Yuragi yongan bundan azobdan balki u charchagandur? Yigit ham qiz ketgandan so'ng o‘zini o'ldirdi. Bir vaqtlar qizning bo'ysunishi uchun unga tiragan xarjari bilan o‘zining joniga qast qildi. Qizning yuragini, qalbini o'gritgani uchun xanjarni ham ko'krak qismining chap tomoniga sanchdi. O‘zini daryoga otar ekan ko'zidan chiqqan yoshlari suvlar bilan qorishdi.
"Yoningga ketmoqdaman gulim, bahorim
Sen qo'rqgan xanjarni yurakka sanchib
Mana shu kun tugadi mening hayotim
Ketadurman yoningga seni sog'inib.
Sen cho'kkan suvlarga o'zimni otdim
Seni koʻp qiynadim, bilaman jonim
Gunohimni tan olib uzr so'rayman
Kechirgin ey yorim, mening oftobim.
Cho'kayapman seni tortgan suvlarda
Ko'z oldimga keldi o'sha oy yuzing
Iforingni esladim shirin hayol koʻpida
Qalbimga joylashtirdim seni o'sha go'zal isming.
Ketayapman yoningga go'zalim, bir qiyo boq
Dardlarni, alamlarni butkul unutdim
Shoshmay tur bir marta ko'rayin shu chog'
Ketayapman chunki seni juda sogʻindim"
Yigit oxirgi marta shu so’zlarni aytdi xolos. Qalbdan, chin ming afsusdan sevgilisidan uzr so'radi. U tushunib yetdi. Mana endi sevgisini tan olib, qizning ortidan u ham ketdi. Kitobni so'nggi varog'ini yopib ko'zimdagi yoshlarni artdim. Bu roman xuddi mening hayotimga o'xshaydi. Nima bo'lgan taqdirda ham uning yakuni bunday bo'lmasin. Joyimdan qo'zg'alib saroy ichkarisiga kirmoqchi bo'ldim. Lekin yuragimni yana nimadir chaqgandek o'grib, hozirgina turgan stulimga bir qo'limni tayantirib suyandim. Jin ursin* menga atirgul hozir juda zarur. Bo'lmasa halok bo'laman. Ko'zimning oldi qorong'ulashib o'zimni anglay olmay qoldim. Yerga yon yelkam bilan yiqilganimda esa uzoqdan yugurib kelayotgan xizmatchi qiz ko'zimga ko'rindi. Endi bu safar faqatgina yuragim emas, chap yelkamda tatu tushirilgan joyda ham og'riq turdi. Ming lanat!

*
Chiroyli jihozlar bilan to'lgan xonada o'tirgan qiz oynadan o'ziga qarab bugungi kun uchun kiyim tanlar edi. U hozirda umuman boshqacha ko'rinishda. Oddiy xizmatkor ko'ylagida kelgan Yona hozirda eng qimmat kiyim va taqinchoqlar bilan bezatilgan. U shahzoda Yoongiga bu narsalar unga kerak emasligini aytgan edi. Biroq shahzoda oʻzining fikrini maqulladi. Endi u oshxonada ishlaydigan xizmatkor emas, tomirida qirollik qoni oqayotgan shahzodaning kanizagi ekanligini unga uqtirdi. Yona juda oddiy qiz. Boshqa bir yerdan majburlab olib kelingan o'n to'qqiz yoshli kichkina qizaloq. Uning bo'yi ham juda kichkina, sochlarim yelka qismidan ancha pastga tushgan, ko‘zlari o'rmondagi kiyikchadek dum dumalaloq, lablari esa gulg'unchadek chiroyli shishib turadi. Oynaga qaragan qiz bo‘yniga taqinchoq taqar ekan eshikdan kirib kelgan ayolni ko'rishi bilan sekin tazim qildi. U bu ayolni tanir edi. Shahzoda Yoongining oyisi Min xonim. Yona uni avval xonasini tozalash uchun borganida ko'rgan. Juda dimog'dor va kekkaykan ayol. Marhum Janob Jeonning bu kanizagi hali ham tirik va shahzodasi Yoongi uchun hamma ishga tayyor. U Jungkookni judalarda yomon ko‘radi.

Oʻzining farzandi emas kundoshining o'g'li taxtga o'tirgani uchun Jungkookni yigirma yoshidan beri yoqtirmaydi. U ko'p bora Yoongiga akasi yaxshi inson emasligini, unga qarshi borib taxtni o'ziga olishni gij-gijladi. Lekin shahzoda har doim oyisining gapiga kirmas, Jungkookni o'z jigaridek yaxshi ko'rishini aytardi. Balki bir kun kelib u ham bu qarorini o'zgartirib, onasining yo'lidan ketar? Bu esa hozircha mavhum.
-demak o'g'limni kanizagi Sen ekansada.
Min xonim Yonaga boshdan oyoq qarab, uning ko'zlariga tik boqdi.
-shahzodaning suyuklisi ekansan yaxshilab bilib qo'y! Sen doimo u tomonda bo'l! Sen uniki ekansan har doim faqat va faqat uni qo'llab quvvatla. Boshqalar bilan umuman ishing bo'lmasin. Doimo sulolamizga sodiq bo'l. Tushundingmi meni?
Yona bu ayoldan bir qarashidanoq cho'chidi. Boshini qimirlatib "ho'p" deb qo'ydi.
-unday bo'lsa yaxshi. Yuraqol men bilan tushlik qilasan.
Min xonim shunday deb Yonani o'zi bilan bu xonadan olib chiqib ketdi.

*
_Timeskip_

Tun kabi qora saman otini saroyga kiraverishda to'xtatgan qirol undan sakrab tushib saroy ichiga kirdi. Kiraverishda hamma joyga qarab chiqqan Jungkookning yoniga chopqillab bir xizmatchi yigit keldi. Uning ko'zlarida tashvish va havotir bor.
Jungkook: nima bo'ldi? Nima balo ortingdan it quvdimi?
-qirolim. Kanizagingiz J.j...jehan xonim tushga yaqin hushlaridan ketdilar.
Jungkook: ming lanat
Xuddi daxshatli xabar eshitgandek yonidagi yigitni ham turtib yugurgan qirol zinalardan tezda yuqori qavatga chiqib ketdi. Bir necha soniya ichida kerakli eshikka yetib kelgandan so'ng uni tezda ochdi. Yotoqda koʻzlari yumuq holda yotgan qiz. Uning tepasida esa bir necha xizmatchilar va saroy bosh tabibi. Jungkookni koʻrishi bilan hammasi birdek tazim qilar ekan qirol ularni chetga surib o'zi Jehanni yoniga o'tirdi. Xuddi o'sha ko'rinish. Qizning og'riqdan qoshlari chimirilib, qattiq qattiq nafas olyapti.
Jungkook: unga nima bo'ldi?
-tushga yaqin hushlaridan ketdilar qirolim. Haligacha ko'zlarini ochgani yo'q.
Jungkook: nega menga xabar bermadingiz? Nega ot choptirib menga aytmadingiz?
Jungkookning baland baqirishlari butun saroy bo'ylab tarqaldi. Xizmatkor va tabiblar boshi egib turishar ekan hozir o'ziga javob bera olmasligini bilgan qirol tishiga tishini qo'yib, jahldan ko'zlarini yumdi.
Jungkook: hamma xonadan chiqsin. Yo'qollaring ko'zimdan.
Birma bir xonadan chiqib ketgan xizmatchilar eshikni yopib ketishdi. Jungkook o'rnidan turib nima qilari bilmay boshini changalladi. Birdan hayoliga kelgan o'ydan jonlanib qo'lini cho'ntagiga soldi. Qizil atirgul yaprog'i...
Jungkook: axxx Jehan...sendan arzimagan bitta bo'sa so'ragan edim.
U qayta qizning yoniga o'tirdi. Jehanning yelkasidagi tatusini sekin bosh barmog'i bilan silab uning lablari tomon egildi. O'zining sovuq lablarini qizniki bilan birlashtirar ekan qaynoq taft uning yuragini yondirdi.
Jungkook: juda qaynoqsan.
Qizning tepa va pastki lablarini galma galdan o'pgan Jungkook necha kunlardan beri ola olaman lazzatni his qilib, qizga yanada egilib bo'yin qismiga qo'l urdi. Atirgulning shirin ifori qizdan taralar ekan battar taranglashgan Jungkook lablarini uning bo'yniga ko‘chirdi. Oʻzining siyohrang dog'chasini uning tanasiga muhrlab, ustidan o'pib qo'ydi. Barmoqlari orasidagi yaproqni qizning kaftiga bosar ekan Jehanda ro'y berayotgan o'zgarishlarni tekshirdi. Yotoqda yotgan qiz endi hansiramay bir tekisda nafas olmoqda. Uning kapalak va oy rasmi tushurilgan tatusi ham sekin asta qizg'ish rangini o'z holiga qaytardi.
Jungkook: umid qilamanki tonggacha uxlamaysan! Yarim kechada qarshingda turgan insondan cho'chimasang bo'ldi malagim.

*
Ko'zlarimni qorong'ulikdan xalos qilib ularning bir tekis ochdim. Yumshoq va keng yotoqdaman. Oxirgi marta eslagan narsam xizmatchi qiz ismimni aytib men tomonga yugurgani edi. Xonaga razm soldim. O'zimga ajratilgan qirollik xonasi. Xona derazasi ochiq bo‘lganligi uchun shamolning odamga yoqadigan mayinidan o'rnimdan sekin turdim. Xonamda bir dona sham ham yo'q edi. Mislsiz bir zulmat.

Oyning yorug'ligi faqatgina ochiq turgan derazadan tushib turibdi. Shamoldan pardalar bir maromda tebranmoqda. Yuragimdagi og'riq yo'qolgan, yelkamdagi tatuyim ham endi qizib achishmayapti. Oyoqlarimning qadamini maydalatib derazaning yoniga keldim. Uzoqdagi o'rmondan eski qasrimni ko'rdim. Ana o'sha yerga hozir shu qadar borishni istaymanki, bu dard, o’ziga tobe qildirish, zo'ravonlik, bu lanat....hamma hammasidan xalos bo'lishni hohlayman. Deraza yonidagi aksimga qaradim. Bu nimasi? Bo'ynimdagi dog'? Lanati buni u qilgan bo'lishi kerak! Bu bilan nimani isbotlamoqchi tushunmayapman! Balki bu yerdan qochib ketarman. Lekin u yana ortimdan boradi. Buni bilaman. Lekin qanday qilib bu jahannamdan qutulish mumkin? Bo'ynimga urilgan issiq nafas va belimdan o'ralgan qo'llardan seskanib boshimni ortimga burmoqchi bo'ldim. Lekin ishimni uddalay olmayapman. Bu kimligini allaqachon bildim, sezdim. Uning o'sha ifori, mushakdor qo'lidagi tatusi va keng yelkasi meni tanamni bir zumda qoplab oldi. Belimdagi baquvvat qo'llar meni o’ziga yanada tortar ekan ulardan halos bo'lishni istab qo'llarimni harakatga keltirdim.
Jungkook: tipirchilama

Uning qat'iy buyrug'idan so'ng nafas olishim keskin o'zgarib ko'zlarimni yumdim. Sal o'tmasdan
bo'ynimga qo'yilgan uning boshi koʻtarildi va o‘rnini xo'l lablar bilan almashtirdi. Jin ursin! Bo'ynimda va yelkalarimda uning bo'salarini sezganim sari boshqacha ahvolga tushmoqdaman. Bir ikki o'pich yuqoriga lablarini harakatlantirgan Jungkook ularni qulog'im yoniga qo'yib, qattiq botirishi bilan ko'zlarimni mahkam yumdim.
Jungkook: bu dog' ketkanidan so'ng o'rniga boshqasini muhrlayman.
U bo'ynimdagi siyohrang dog'chani qo'li bilan silab, qulog'imga shivirlar ekan ko'zlarimni keskin ochib uni o'zimdan itardim. Lekin chap qo'limdan ushlab meni devor bilan mixlagan yigit ko'zlarimga uzoq vaqt tikildi. Uning oy nuridan yorishgan yuzi, meni ko'zimni to'xtovsiz taqib etayotgan qorachiqlari, kiprik, qoshlar va lablari...unga endi yaxshilab etibor bermagan ekanman labining pastki qismining tagida kichkina holchasi bor ekan. Bir qo'lini ortimdagi devorga suyadi va boshqa qo'li bilan belidan ushlab o’ziga tortdi. O'zimni olmoqchi edim lekin belimda turgan kaft uni siqimlar ekan joyimda tosh qotdirishga majbur etdi.
Jungkook: arzimagan bir dona bo'sani deb sal qolsa o'lib ketarding.
Jehan: men sizga avval ham bu gaplarni aytgan edim. Ko'ksimga qilich tirab bu shartingizni aytganingizda ham men o'limni tanlar edim Qirol Jungkook!
Jungkook: seni mana shu qaysarligingni sevaman Jehan...yovvoyi yorg'ani qo'lga o'rgatish qanchalar maroqli bo'lsa seni mana shunday qaysarliging bilan o'zimniki qilish shunchalar totli. Boshqalardan ajralib turgan tarafing ham aynan shunda.

U lablarimga bosh barmog'ini qo'yib sekin ularni siladi. Nega bunaqa harakatlar qiladi jin ursin? Lablarimga sekin yaqinlashar ekan yuzimni chetga burdim. Halicha aqlimni yo'qotganim yo'q. Jungkook chuqur nafas chiqarib boshini pastga egib oldi. U hozir juda ham asabiylashyapti yoki bo'lmasa telbadek qizishyapti.
Jehan: qoching
U hamon jim edi. Men esa sekin yonidan o'tib ketib yotoq tomon uxlash uchun yurdim. Endi o'tiraman deganimda men bilan birga o‘zini to'shakka yiqitgan yigit soniyalar ichida ustimga chiqib oldi. Qo'rqganimdan biroz chinqirib yubordim. Ikki qo'limni bir kaftiga olgan Jungkook keyingi qo'lini yuzimga qo'ydi.
Jungkook: bu kecha men istagandek o'tadi.
Lablarimga birdan hujumga o'tgan yigit meni seskantirib yubordi. Bo'sa olish barobariga lablarimni ham o'pib ham tishlar ekan yuzimda kezgan sovuq barmoqlar ko'ylagimga chang solishni boshladi.

Jehan: qo'yib yuboring.
Chinqirib bazo'r bir qo'limni chiqarib uni yelkasidan itarar ekanman allaqachon ko'krak qismimni ochgan qo'llar ularni qattiq ezdi. Jon holatda baqirib yig'lab yubordim. Jungkook lablarini ko'kragimga tushurib ularni g'ajiy boshladi. Haqiqiy maxluq! Qornimgacha ochilgan ko'ylakni oxirigacha yirtib ularni yerga otib tashladi. Mana endi qarshimda haqiqiy telbani ko'ryapman. Faqatgina ich kiyimda qolgan tanamni pastel bilan yopmoqchi boldim.

Lekin egnidagi faqatgina tepa qismini yechgan Jungkook qayta yonimga joylashdi. Uning silliq tanasi, qo'lining yelka qismigacha chizdirilgan tatusi va qorin boshlig'idagi bulochkadek presslarini ko'rib bo'shashib ketdim. Ustimga chiqib tepa ichkiyimimning bog'ichiga qo'l uzatishi bilan o'zimga kelib o'rnimdan turmoqchi bo'ldim. Biroq ustimdagi yigit shunchalar o'gir va po'latdek qo'llari meni asirga olar ekan qochish uchun joy topolmadim. U bu gal qo'pollashib ketdi. Ko'krakgimni va qorin qismimga ketma ket lablarini bosib tishlar ekan xuddi bir yirtqichga yem bo'layotgandek his qildim o'zimni. So'ng kaftlarini ularga bosib qayta lablarimga yopishgan Jungkook ularni ham qonatib tishlab tashladi. Qancha chiranmay, baqirmay foydasi yo'q! So'ng o'zini ustimga tashlab qaynoq nafasini qulog'im yoniga keltirdi. Boshini yuzim tomon burar ekan ko'zimdan oqgan yoshlarni barmog'i bilan artib, ko'zimning ustidan o'pib qo'ydi. Ustimdan tushmagan holda biroz menga qarab yotdi. Men esa bu maxluqni yuziga qarashni ham istamayman. Sekin o'rnidan qozg'alib tish izlari bilan ko'kartirib tashlagan tanamga qarab shahvoniy tarzda jilmaydi.
Jungkook: endi har bir tuning mana shunday o'tadi. Seni o'zimniki qilmagunimcha tanangga muhrimni qoldiraveraman va bilki bu degani sen abadul abad menikisan Jehanim.

*
Erta tong. Osmonda bugun bulutlar juda koʻp. Uzoqdan esa mana shu oq bulutlarning o'rniga qora chaqmoq chaqadigan momaqaldirog' yelib kelmoqda. Saldan keyin turib yomg'ir yog'sa ham ajab emas. Derazaning yonida o'tirgan qiz uzoqdagi o'rmonga termulgancha qarab o'tiribdi. U bir uzoqdagi qirlarga tikilsa bir oynadan kechagi vaxshiylikdan ko'karib ketgan tanasiga qarardi. Uning har bir yerida tish izlari va dumaloq holga kelgan dog'chalarga to'lib ketgan. Labining bir cheti ozroq yorilgan. Kecha unga juda qattiq zolimlik qilgan yigitdan hozirda shu qadar nafratlanayotgan ediki, undan qutilish uchun hattoki mana shu baland minoradan sakrashga ham tayyor. Lekin u bunday qila olmaydi. Uning ham qo'llari, ham oyoqlari hozirda kishanlangan. Shunchaki o'lib keta olmaydi. Jehanning dugonasi...u Heyiga bergan vadasini ustidan chiqishi va dugonasini qutqarishi shart va bunga majbur. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Jungkook...u qirol saroyiga kelganidan beri zulmat bilan birga yashamoqda. U o'ziga yo'l tanlay olmas ekan maxluqqa tikansiz atirgul bo'lgan malak bo'lib qolaveradi.

Xonaning eshigi taqillaganidan so'ng kechagi zulimlarni yashirishgan uringan qiz ustiga uzun tungi xalatini kiydi. Xonaning eshigi taqilladi. Demak kelgan Jungkook yoki bo'lmasa Hesu emas. Jehan sekin qadamlar bilan borib uni ochar ekan chiroyli bir qizni ko'rib jilmaydi. U avval bu qizni saroyda ko'rmagan. Kelgan qizni xonasiga taklif qilar ekan o'zi sal oldin o'tirgan stolini tartibga keltirdi.
Jehan: aybga buyurmang xonam biroz tartibsiz edi.
Yona: kech qisi yo'q. Ovora bo’lmang.
Yona stolning usti to'la kitob va allaqanday bitiklarni ko‘rar ekan ulardan birga qo'l uzatdi. Jehan narsalarini tartiblab qizni stullarning biriga taklif qildi.
Jehan: avval sizni ko'rmagan ekanman saroyda.
Yona: men shahzoda Yoongining kanizagi Kang Yonaman. Siz menimcha qirol Jungkookni sevimli kanizagi bo'lsangiz kerak.
Jehan alamli tabbasumi bilan boshini silkitar ekan lablarini tishlab boshini pastga qaratdi.
Yona: siz haqingizda saroyda mish-mish yuribdi shuni bilasizmi?
Jehan: mish-mish? Men haqimdami?
Yona: albattada. Kecha qirol Jungkook kelishi bilan sizning yoningizga kirib ketgan butun saroyga tarqaldi. Keyin har kuni sizni yoniga chaqirishi esa qirolning birinchi kanizagi Hesuga alam qilayotgan emish. Hesu siz kelishingizdan oldin qirolning suyuklisi bo'lgan ekan. Lekin qirol Jungkook aynan o'zi sizni bu saroyga olib kelishi uni ichida alamli o't yoqibdi emish. Mening qulog'imga shu so’zlar chalindi.
Jehan shunchaki bosh chayqab qo'ydi. Yona bo'lsa gapni boshqa joyga burib uni kayfiyatini ko'tarishga urindi.
Yona: aytgancha Jehan yoshingiz nechida?
Jehan: kelayotgan bahor faslida o'n to'qqizni to'ldiraman.
Yona: mendan bir yoshga kichkina ekansiz. Mayli, yuring men sizga saroy bog'ini ko'rsataman.
Jehan kuni deyarli o'sha yerda o'tsada buni Yonaga sezdirmay shunchaki uning taklifiga rozi bo'ldi. Egniga boshqa kiyim kiyish uchun garderobiga kirar ekan birinchi navbatda hozirgacha sochlarni bilan yashirgan dog'larni endi pardoz bilan yopishga urindi. Tanlagan kiyimini kiyar ekan sochlarini bir tekisdan yoyib oxirgi bor oynaga qardiyu bir zumda Yona bilan bu xonani tark etdi.

~

(hahhhh Jungkook bilan Jehanning hot tunini oqimoqchi boldizlami yorobun😂 mana sanga dB ffni o‘rtasida keskin burvordimaaa Hali ulgurasizla ulani ham oqiwga. Jeekook Hali uzoq davom etadi🙂‍↔️🎀) Jehan sizlarni sevadi angels

Yoqimli mutolaa
By: Jehan🦋