πππππ π¦π¬π π£ππ’π‘π¬
Samodagi quyosh mana necha kunlar ichidaki bugun birinchi marotaba olamalga o'z yorug'liklarini tuhfa etmoqda. Uning atrofidagi ba'zi bulutlarni inobatga olmasak bugun havo ancha ochiq edi. Kechagi kundan qolgan yomg'ir tomchilari hali hamon gullar va o'simliklar bargida shurdingdek jilovlanib turibdi. Yerning nam hidi esa yoqimli isni atrofga taratib, gullarning ifori bilan qorishmoqda. Sochlarini bir tarafga olib, ko'ylagining zamok qismini o'tkazgan qiz xonadosh qizlarga qaramay xonadan chiqdi. Kecha tundan beri unga begonasirab qarayotgan bu qizlar allaqachon uning e'tiborini torta oldi. Buni oddiy holatga yo'ymoqchi bo'lgan Jehanning barcha tahminlarini atiga birgina so'zlar buzib yubordi. Yani chaqiruv. Yetimxona mudirasi bugun uni erta tongdan o'z xonasiga zudlik bilan kelishini tayinlagan edi. Yuragiga vahima oralatgan qiz kecha bo'lib o'tgan voqeani eslab, qo'rquvdan tanasi muzladi. Agar kecha tunda uning darvozadan chiqib, bir yigit bilan uchrashganini bilib qolishsa, yatimxonadan uni haydashlari aniq va rost. Ko'ngliga g'ashlik oralatgan qiz yetib kelgan xonasining eshigini taqillatganidan so'ng ichkaridan kirishi uchun ruxsat olar ekan sekin kaftida turgan eshik dastasini burab xonaga kirdi. Ichkarida ancha zamonaviy bo'lmasada har holda bor bo'lgan uch kishi uchun ajratilgan divan, uning qarama qarshisida bir javon, xonaning to'ridagi deraza va mana shu oynaning oldidagi katta bir kursi. Atrofida esa to'rtburchak shaklidagi stol. Kursida o'tirgan ayolning bu yerda kim bo'lib ishlashi stol ustiga yozib qo'yilgan. "Mudira Min Yunra". Ichkariga kirgan qizni ko'rishi bilan yonidagi stuldan o'tirishi uchun joy ko'rsatgan ayol undan nigohlarini uzmagan holda qahvasidan simirdi. Sekin va mayda qadamlari bilan stulga omonatgina cho'kkan Jehan aybdor insondek qo'llarini bir-biriga ishqalab, boshini quyi soldi. Uning har doimgi odati. Asabiylashsa yoki nimadandur havotirlanib, hayajonlasa ikki kaftlarini bir-birga ishqalab, tirnog'ining etini tirnaydi. Jim bo'lgan holda qulog'ini yonidagi ayolga tikdi.
Min xonim: Jehan bilasanmi azizam shu kunlarda qadamlaring boshqacha.
Eshitgan so'zlaridan yarq etib ayolning ko'ziga qaragan qizning ko'nglidagi g'ulg'ula yanada kengayib, Yunra xonimga ajablanib qaradi.
Jehan: nima demoqchisiz xonim? Ochiq gapiring.
Min xonim: ochiq gapirishimni istaysanmi? Yaxshi. Kecha tunda bir begona yigitning yoniga chiqqaningni qanday izohlaysan unda Kim xonim? Yarim kechasi nima uchun xonangni tark etting? Soat sakkizdan so'ng yatimxona darvozasidan hatlab ko'chaga chiqish mumkin emasligini menimcha bilar eding shundaymi?
Haligacha mum tushgandek boshini quyi solib o'tirgan qiz barchasini allaqachon tushunib yetdi. Kecha tunda chiqib ketganini mudiraga xonadosh qizlar aytgan. Yarim tunda begona yigit bilan uchrashganini ko'rishgan va buni Min xonimga chaqib berishganini tushunib yetgan edi. Qizni jim turishidan barchasini anglagan mudira ayol stoli ustida turgan qog'ozlarni bir chekkaga yig'ib, unga qayta murojaat qildi.
Min xonim: bugunga qolmay joyingni bo'shatib, bu yerdan daf bo'l! - eshitgan gaplaridan so'ng bo'shashib ketgan qiz tanasiga zil ketgandek yonidagi ayolga ajablanib qaradi. - kechga tomon seni bu yerda ko'rmay.
Jehan: l..lekin x..x.xonim qanaqasiga? Axir ukam bilan shu sovuqda qayerga boraman. Aybdorman. Tan olaman. Biroq bu yerdan keta olmayman. Iltimos xonim.
Min xonim: gapim tugadi Jehan. Chiqishing mumkin.
Jehan: men hali o'n sakkizga to'lgan emasman. Meni hayday olmaysiz.
Min xonim: menga tahdid qilyapsanmi? Kechgacha ketmasang bilib qo'y, sochingdan burab seni quvib solaman! Kimligimni bilmabsan hali!
O'rnidan jaxl bilan turgan qiz tez-tez qadam tashlab bu xonani tark etdi. Kalidorga chiqqanidan so'ng ko'ziga kelgan yoshlari kipriklaridan dur kabi tomchilab, yanog'ini kuydirar ekan yo'lini davom ettirdi. Havo ancha sovib qolgan va yana yomg'ir yog'ishi aniq. Bunday havoda qayerga borishi va kimdan ham yordam so'rashini bilmay xunob bo'layotgani uchun ancha o'ylanib qoldi.
U bir o'zi bo'lsa-da bu yerdan bir zumda chiqib ketar edi, lekin Jehanning ukasi ham bor. U mana shundan havotirda edi. Yolg'iz ukasini o'ylab, nima qilarini bilmay hayolini ming xil joyga urib ko'rdi. Yordam so'raydigan hech kimi yo'q. Xonasiga kelganidan so'ng bir nechta qizlar unga ayyorona tabassum bilan qarashib, xonadan chiqib ketishar ekan yotog'iga o'tirgan qiz stul ustidagi sumkasini qo'liga oldi. Bor pulini tekshirib ko'rib hattoki ikki kunga ham yetmaydigan mablag'ini ko'rib chuqur xo'rsindi.
Jehan: Xvan amakidan qarz olib tursammi?
Boshini ikki qo'li bilan ushlab sochlariga barmoqlarini kirgazgan qiz hayollar og'ushida anchayin o'ylanib qoldi.
Bir nechta zamonaviy kompyuterga ega bo'lgan xona. Uning oldida esa ikkita stul va xonaning bir burchagida bir divan. Kompyuter qarshisida o'tirib uning ekranidan ko'z uzmayotgan ikki yigitlar tinmay har xilcha fayllarga kirib chiqishayotgan edi. Eshikdan kirib kelgan boshliqni ko'rishlari bilan o'rinlaridan turishar ekan sovuq nigohli yigit kompyuterni oldiga kelib unga chuqur tikildi. Bir qancha fayllarni qarab, kuzatuv kamerasi bor bo'lgan ekranga diqqatini jamladi.
- Cho Niki kecha tunda Seoul shahridan chiqib ketgan. Airportda bor bo'lgan kameralarga ko'ra u yarim tungi reys bilan Germaniya davlatiga parvoz qilgan va bugungi kunning erta tonggi soat to'qqizdan o'ttiz daqiqa o'tganida uning samolyoti qo'ngan.
Taehyung: mana nima uchun shu kungacha dumingni ko'rsatmagan ekansanda tirmizak! Mendan cho'chib oddiy aholi foydalanadigan reysga chiqqansan. - lab chetida kulib qo'ygan yigit gavdasini ko'tarib oldida turgan yigitga qaradi - u bekorga Germaniyaga ketmagan. Bu iflos men bilan o'yin o'ynamoqchi! Qo'riqchilarni ko'paytirib izidan odam qo'ylaring. Mana shu hafta ichida bu tirrancha topilishi shart!
- tushunarli janob.
Ortiga og'irilib o'sha yerdagi divanga o'tirgan yigitning yoniga bir nechta hujjatlar kelganidan so'ng ularni birma-bir qarab chiqdi. Stolda turgan o'tkir ichimlikdan simirar ekan qadahini joyiga qo'ymagan holda ba'zi qog'ozlarni ko'rib chiqdi. Qora dori bilan shug'ullanayotgan va ayni vaqtda avj olgan bu savdo unga anchagina boylik olib kelmoqda. Qolaversa, bittagina bu soha emas, biznes va xususiy yer-mulk, xususan kazino, klub va ba'zi mehmonxonalar uning yuksalishiga foyda qo'sha oldi. Mafialar qiroli bo'lgan bu yigit istalgan insonini bir urunishda yo'q qila oladi va u bilan o'chakishgan odam haligacha tirik qolgan emas. U bilan boshidan "quvlashmachoq" o'yinini astoydil rohat bilan o'ynayotgan yigit qo'lga tushgan edi lekin keyinchalik changaldan qochgan bu tirmizakni o'ldirishga endi chinakamiga qastlashgan Taehyung dushmanining har qadamidan habardor bo'lib turibdi. Oddiygina dushmanlikdan katta olovli alangaga aylangan taqdir unga ulkan sovg'ani hadya etdi. O'rmonda adashib qolgan ohu. U qizni qanday qilib yoqtirganini bilmaydi. Agarda bu yoqtirish bo'lsa? Farzandi uchun ona bo'lgan bu qizga u kundan kunga bog'lanib, o'rganmoqda. Tun-u kun hayoliga o'rnashib qolgan bu sohibjamol uning ichiga boshqacha hissiyot o'tini yoqib, toki qizni ko'rmagunicha ich etini jizg'anak qilib kuydiradi. Divanda o'tirgan ko'yi qog'ozlarni bir burchakka nari surib qo'ygan yigit hayollarining egasi bo'lgan qizning siymosini eslab, lablarini tili yordamidan ho'llab qo'ydi. Ko'zlari shahvoniy bo'lib ko'z qorachig'i kengayar ekan kipriklarini birlashtirib boshini divan ortiga tashladi.
Taehyung: hurkak ohucham meni.
*
Quyosh endigina shafaqqa o'z yog'dularini sochib, orom olish uchun sekin botar ekan samoda parvoz qilayotgan qushlarning soni ham kamayib qolgan edi. Ukasining jajji qo'lchasini ushlab yetimxona darvozasi yoniga yurayotgan qiz hech qanday ilojini topa olmay, bu yerni butunlay tark etayotgandi. Kichkina qadamchalarini bosib, opasining kaftini maxkam ushlab olgan Sojun qo'lidagi ayiqchasini bag'riga qattiq bosib olgan. Darvozadan chiqaverishida so'nggi bor nigohini ulardan biroz uzoq bo'lgan binolarga qarab hayolga ketdi. Bundan yetti yil avvalgi bolalik davrini esladi u. Huddi shunday yomg'irli havoda uch yashar ukachasining qo'lidan ushlab turgan o'n yasharli kichkina qizaloqni esladi. Ammasi tomonidan tashlab ketilgan murg'ak ikki opa-ukalarni. Qadamlarini katta yo'l tomon burgan qiz barcha xotiralarni shu yerga tashlab ketib, qadamlarini ko'cha bo'ylab yurgizishni boshladi. U hozirda yordam so'rab boradigan yagona odami bu Janob Xvan. Undan boshqa tanish yaqini ham yo'q aslida. Bir oylik maoshini oldindan olib, boshpana uchun to'lov qilishni o'yladi va keyinchalik ham bu qarzni uzib qaytarishni ma'qul ko'rdi. Ko'chani kechqurun yoritish maqsadida ishlaydigan chiroqlar ham mana endi ishga tushishni boshladi. Ko'chaning ikki tomonidan o'tayotgan mashinalarning birisi u tomonga boshqasi esa orqa tarafga qarab harakatlanmoqda. Piyodalar yo'lida ketayotgan qiz ukasining kichkina kaftchasi muzlab qolganini sezib ularni lablari orasiga olib kelib isitdi. Qaddini ko'tarib, uzoqdagi mashina ular tomonga kelayotganini ko'rganidan so'ng esa hayratlandi. O'sha mashina raqami, ranggi va brendi. "1997 JK" Ularga yetmasi to'xtagan bu avtomobil eshigini ochib undan tushgan yigitni ko'rishi bilan esa joyida to'xtadi. Tez-tez qadamlar bilan opa-ukaning yoniga kelgan yigit avval ularning ikkisiga va so'ng qizning qo'lidagi sumkaga qarab taajjublandi.
Jungkook: Jehan? Nima bo'ldi?
Ularning oldiga kelib, opasining ismini aytayotgan bu begona yigitga qarab hech narsani tushunmayotgan Sojun goh Jungkookka goh kaftlarida turgan qo'l egasiga qarab qo'yardi. Qizning ko'zlari atrofi qizargani va burunchasi pushti rangga kirganini ko'rgan yigit uning muzlab qolgan ikki yanog'ini issiq kaftlari ichiga olar ekan uning kipriklaridan oqib tushgan yoshni sezishi bilan qoshlari bir chiziqqa tutashdi.
Jungkook: Nega yig'lading va hamon ko'zingda yosh turibdi? Qayerga ketyapsan? Nima bo'ldi o'zi?
Sojun: opam ikkimiz u yerdan ketdik.
Qizning o'rniga javob bergan Sojunga nigohlarini qaratgan yigit ular yetimxonadan ketishganini anglab bo'lgan edi. Qayta Jehanga qaraganidan so'ng uning yanog'idagi yoshni bosh barmog'i bilan artib tashlab, ko'zlari oldidagi sochlarni qulog'i ortiga o'tkazib qo'ydi.
Jungkook: kimdir hafa qildimi? ayt!
Jehan: kecha tunda... ko'chaga chiqqanim uchun men bilan ukamni haydashdi. - yigitning qo'lini yuzidan olib tashlagan qiz burnini tortib qo'yar ekan ko'zini kaftlari bilan artdi. - yordam so'rab boradigan odamim Janob Xvan. O'sha yerga ketyapman.
Qizning bu galgi gapidan so'ng unga sovuq qarashlari bilan tikilgan yigit keskin qizni javobidan norozilik bildirdi.
Jungkook: hech qanaqa Janob Xvaningni yoniga bormaysan!
Jehan: lekin Jungkook, boshqa yordam beradigan insonim yo'q. Qolaversa, ilojim...
Jungkook: menchi Jehan? Hech men haqimda ham o'ylab ko'rdingmi?
Jim bo'lib qolgan qiz uning qorachiqlaridan qutulish uchun ko'zlarini boshqa yerlarga olib qochdi. Chuqur xo'rsingan yigit esa uning qo'lida turgan sumkani yulib olar ekan ortiga o'girilib mashinasi tomon ketdi. Mashina eshigi ochib avval sumkani qo'yib so'ng uncha uzoqda turmagan qizga qarab "o'tir" degandek imo qildi.
Jehan: lekin Jungkook.....men o'zim uddalay olaman. Ya'ni yordam...
Jungkook: hoy qiz sen bir narsani tushun! - qayta ular tomon yurib kelgan yigit qizning ikki yelkasidan tutib uning ko'zlariga tik boqdi. - men bor ekanman boshqa birovdan yordam hech qachon so'rama! Qolaversa, bu voqealarga men aybdorman! Ukangni o'ylasangchi!
Qo'lini ushlab turgan bolachaga nigohlari qaratgan qiz endi ikkilanib qolgan edi.
Jungkook bolaning bo'yi qator egilib uning sovub qolgan kaftlarini o'zinikiga olar ekan jilmayib u tomonga qaradi.
Jungkook: isming Sojun to'g'rimi? Opangga ayt shu yerda qaysarligini qilmasin.
Endi Jehanga pastdan qarab turgan Jungkookka yonidagi bola ham qo'shildi. Bu ikkisiga qarab turib, yuzini yonga burgan qiz esa og'ir xo'rsinib qo'ydi.
Jungkook: qani ketdik Sojun. - Bolaning qo'lini qizdan olgan yigit mashinasi tomon ketishar ekan Sojunni o'tirg'izib qayta Jehanning yoniga keldi. - yuraqol.
Yelkasidan ushlab olgan yigitga bir zum qarab turgan qiz bir muddat jim bo'lib qolib, so'ng yo'lini yonidagi yigit bilan birga davom ettirdi.
*
Kechga tomon Jay bilan birga maroqli vaqt o'tkazdim. Birga o'ynadik, unga dars qilishiga ko'maklashdim. Kechki ovqatdan so'ng ertak aytib bergan holda uni uyquga ketishini kuzatdim. To'g'risi boshida bu bolani qabul qila olmayman deb o'ylagan edim. Biroq bunday farishtani qanday qilib ko'ksidan itara olishim mumkin? Menga har "oyi" deb murojaat qilganida ko'nglimda ajib bir hissiyot uyg'onib, hali chinakamiga "ona" bo'lib ko'rmagan bo'lsamda, bunday yoqimlilikni men his eta olaman. U uxlaganidan so'ng o'z xonamga keldim. Ya'ni "erim" ikkimizning xonamizga. Soat allaqachon tungi o'n birdan oshgan. Kech bo'lsa-da yuvinishni ma'qul ko'rib, dushga kirib ketdim.
Iliq suvdan chiqqanimdan so'ng ho'l sochlarimni yoyib, egnimga vanna halatini o'radim. Xonaga qaytganimda soat millari o'n ikkiga yaqinlashgan edi. Lekin u hali ham kelmapti. Juda soz. Tinchgina uxlaydigan bo'ldim. Sochlarimni quritish uchun avval fendan foydalanib, so'ng ularni taradim. Oynadagi aksimga qaraganimdan so'ng javondan tungi kiyimni olishimda chiroqning ochishini ko'rib joyimda qotib qoldim. Eshikning ochilib, yopilishi....men hamon joyimdan jilmasdim va ortimda men tomon yurib kelayotgan qadam tovushlarini aniq sezib turardim. U keldi. Javonda kiyim olish uchun qolib ketgan qo'limga issiq kaftlar tegishi bilan seskanib ketdim.
Taehyung: senga qizil rang yarashadi. Shunisini kiy.
Tungi kiyimlar ichidan olcha ranggidek qizil bo'lgan kiyimni olgan yigit meni o'zi tomon qaratdi. Uni oyning yorug'ida aks etgan ko'zlariga qarab bu qorachiqlar qanchalik sovuq ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim. Istar istamas undan kiyimni olmoqchi bo'lganimda bunga qarshilik qilgan yigit egnimdagi vanna halatining belbog'iga qo'l uzatdi. Jon holatda o'zimni ortga olmoqchi bo'lib, undan qochishga harakat qilganimda esa halat yoqasidan qattiq qisib olgan yigit meni o'ziga yanada yaqinlashtirdi.
Taehyung: kiyim almashtirishingga o'zim yordamlashaman. Tipirchilama!
Na harakat qila olaman va na bir so'z tilimdan chiqadi. Uning ko'zlariga qarab turgan holda o'zimni bo'sh qo'yvordim. Tanam tinmay qaltirar, bu derazasdan kirayotgan shamolga emas, aksincha, qarshimdagi yigitning sovuq nigohlaridan titrayapti. Ko'zlarimdan qorachiqlarini uzmagan yigit sekin halat belbog'inimga qo'l uzatganida uning ulkan mushakli bilagidan tutib o'zimni yana ortga oldim.
Aera: iltimos......teginmang.
Gaplarimni tez aytib bo'lganimdan so'ng u men tomonga shu qadar vajohatli qarab turar ediki, bu qora tundek daxshatli ko'zlardan qochish uchun yuvinish xonasiga qayta kirib ketdi. Oynadagi aksimga qarar ekanman ikki yanog'im qiz-qizil bo'lib, hattoki bo'ynimdan jimirlab turgan ter tomchilarini ko'rdim. Jin ursin! Undan shu darajada qo'rqamanmi nima? Egnimdagi halatni qo'limdagi tungi ko'ylakda almashtirdim. Sonimdan keladigan bu bir parcha matoga qarab peshonamga qo'limni qo'ydim. Atayin shuni tanladimi? Qo'limda turgan yana bir harir halatga qarab uni ham ustimga tashladim. U uxlab qolgan bo'lsin o'tinaman! Eshikdan sekin mo'ralab xonaga qaradim. Hamon chiroq o'chiq turar yotoqda oyog'ini chalishtirib o'tirgan yigit esa qo'lidagi telefon bilan band edi. Qadamlarimni maydalatib yotoq tomon bordim. Unga o'tirganimda esa ortimdagi yigit qo'l telefonini o'chirdi. Ko'rpani ichiga kirib unga qaramasdan yotganim ko'yi ko'zimni yumdim. Yotoqning qimirlashi va yonimga egilgan yigitning atrini sezdim. Sovuq barmoqlar ochiq turgan yelkamga tegishi bilan tanamda uchmagan tuk qolmadi. Ko'zlarim hali hamon ochganim yo'q. Bo'ynim tekkan lablardan seskanib ko'zlarimni moshdek ochib yubordim.
Aera:Taehyung!......uxlamoqchiman.
Taehyung: uxlayver.
Lablari bilan olinayotgan bo'salari bo'ynim, yelkam, oxiri esa yanog'larimga mayingina tekindi. Lablarimga tekkan namlikdan esa kipriklarimni ochganimda tepamda turgan yigitdan cho'chib tushdim. Kaftlarini yanog'imga qo'yib dudoqlarimni galma-galdan shimib o'payotgan yigitning ko'ksidan itarganimda ham mendan ajralmadi. Ularni qattiq tishlab tortganidan keyin ko'zlarimga qorachiqlarini o'rnatdi. Yuzimni undan olib qochib ko'zlarimni qayta yumdim. Ortimdan o'tib, belimdan baquvvat qo'llarini aylantirgan yigit meni o'ziga maxkamroq tortdi. Uning issiq nafas olib chiqarishi qanchalik tanamni kuydirmasin o'zimni tinchlantirib uyquga ketishga harakat qildim.
*
Mashinadan tushganimizda kattakon binoga kirib ketdik. Ukam qo'limni ushlab olgan ko'yi ortimdan yuradi. Men esa bizdan oldindagi yigitdan. Liftga chiqib kerakli qavatga kelganimizdan so'ng xonalardan biriga kelib to'xtadik. Uni ochgan yigit avval Sojun bilan meni so'ngra o'zi eshikni ortimizdan yopib xonaga kirdi. Ulkan keng zaliga ega bo'lgan uyning o'rtasida divan va stullar, uning to'g'risida esa butun shaharni tomosha qilish uchun qo'yilgan baland derazalar o'rnatilgan edi.
Jungkook: agar biroz bo'lsa-da qaysarlik qilmasdan oyoq tirab turib olmaganingizda Jehan xonim o'z uyimga ketar edik. Bu shaxsiy kvartiram. Hamma sharoitlari bor. Bu yerga ko'p kelmas edim ochog'i. Menimcha, endi kunim shu yerda o'tsa kerak.
Menga yaqin kelib qoshini uchirib qo'ygan yigitdan nogihimni divanlardan biriga o'tirgan ukamga qaradim. Charchadi menimcha.
Jehan: Jungkook....yordamingiz uchun minnatdorman. Bir shart bilangina uyingizda qolaman.
Jungkook: obbo? Sen qiz....ho'p qanaqa shart?
Jehan: birovga og'irligim tushishini istamayman. Men ham ukam ham buni xohlamaymiz. Ishlab bu uyni oylik to'lovini beraman.
Jungkook: Jehan! Sen men uchun shunchaki oddiy ko'chadagi qiz emassan. Bu qanaqa gap bo'ldi?
Jehan: agar ko'nmasangiz hoziroq bu yerda ketaman. - burulmoqchi bo'lganimda ikki yelkamdan ushlab qayta joyimga mixlagan yigit yerga qarab uxx tortganidan so'ng ko'zlarimga yana tikildi. - ho'p...yaxshi. Keyin yana gaplashib ko'ramiz. Endi esa men kettim. Ertaga kelaman.
U eshikka yana burulib qadamlarini tashladi. Kuzatib qo'yish uchun beixtiyor men unga ergashdim. Eshikdan chiqmasidan belimdan ushlab meni tezda devorga tiragan yigit divanlarda o'tirgan ukamga qarab qo'ydi. Sojun bizni ko'ra olmasligiga amin bo'lganidan so'ng esa lablarimga tezda yopishgan yigit bir qo'limni kaftlari orasiga olib ularni yuqoriga ko'tardi. Dudoqlarimdan shimib o'payotgan yigit tilini og'iz boshlig'imga kiritganidan so'ng uni tanglayimgacha olib bordi. Chuqur tortib, lablarimni tishlaganda biroz ingradim. Nafas olishim qiyinlashib, kislorod yetmasligidan tipirchilab qo'limni bo'shatishga harakat qildim. Mendan ajralgan yigit oxirgi bor lablarimni qattiq so'rib ularni tishlari orasidan halos qildi. Entikib-entikib nafas olar ekanman ko'zim yoniga tushgan sochlarni qulog'im ortiga o'tkazgan Jungkook cho'ntagidan telefon chiqarib, qo'limga tutkazdi.
Jungkook: bu meniki. Ertaga senga boshqa olib kelgunimcha foydalanib tur. Eshikni hech kimga ochma. Bu eng asosiysi. Men ertaga kelganimda bu telefonga qo'ng'iroq qilib eshikni ochishingni aytaman. Boshqa hattoki bu yerda ishlaydigan inson kelsa ham eshikni ochma. Tushunding-a meni? - uning gaplarini tasdiqlab boshimni silkitganimdan so'ng u bu safar yanog'imni lablarini bilan erkaladi. - ketdim.
Eshikdan chiqib ketganidan so'ng uni u aytgandek qilib yaxshilab berkitdim. Bir qo'limdagi telefonga va ukam tomonga qarab qo'yar ekanman, lablarimdagi qaynoqlik hali hamon mavjud edi.