September 23

𝗕𝗹𝗮𝗰𝗸 𝘀𝘆𝗺𝗽𝗵𝗼𝗻𝘆

{2 episode}

Osmondagi quyosh sekin astalik bilan qizaribgina tog'lar ortiga yashironmoqda. Samodagi qushlarning ham soni biroz kamaygan. Shaharni yoritish uchun esa ko'chadagi chiroqlarning barchasi ishga tushdi. Mana endi hayotning eng qizigan qismi boshlandi. Kimdirlar mana shu vaqt ko'chalarda aish ishrat qilishsa, ba'zilar uyidagi oila a'zolarini boqish uchun tinimsiz ishlashar edi. Kafeda ertalabdan beri tik oyoqda yurib, mijozlarga xizmat ko'rsatgan qiz allaqachon quyosh botib, kech kirganini payqadi. U hozir oxirgi mijoziga qahva olib borsa bo'ldi. Uning ish vaqti tugaydi. Bo'yniga osilgan fartuk ilgichini yechar ekan, egniga ustki kiyimini kiyib kafedan chiqdi. Ko'chaning biroz sovuq harorati bor. Chunki hozir kuzning oktabr oyi. Hademay bir ikki kunlarda yomg'ir yog'ib qolsa ham ajab emas. U ustki kiyimining kistasiga bir qo'lini soldi va ikkinchi qo'li bilan telefonidan har doimgidek ishi, oyisining aperatsiyasini qiladigan tajribali doktorlani izladi. U allaqachon shifokorlar topgan. Lekin aperatsiya uchun kerakli mablag'ni hali beri yig'a olmadi. Oyisining aperatsiyasi chet elda qilinadi. Shuning uchun ham qiz erta-yu kech ishda. Niki unga yordam bermoqchi bo'ldi. Hattoki o'zi shifokorlar topib Aeraga buni taklif qildi. Biroq Aerachi? U Nikini shunchaki do'st sifatida ko‘radi va bunga rozi bo'la olmadi. Qolaversa, yaqin oralarda yigitning sevgi izhori qizni yanada qiyin vaziyatga soldi. Ko'cha bo'ylab ketayotgan qiz ortidan kuzatayotgan ikki barzangi yigitlarni haligacha payqagani yo'q. Uning hayollari hozirda o'y mavjud. Sekin kelib qizning og'zini qo'li bilan yopgan yigit uni hech ikkilanishsiz mashinaga bosdirib ketdi. Begona mashinaga tushib qolgan Aera qanchalik chiranib, baqirmasin uning matorini tovushi va yeldek uchishi qizning ovozini qoplab ketardi.
Aera: qo'yvorlaring meni
Ikki qo'lini ham yon tarafdan ushlab olgan yigitlar va mashinani boshqarayotgan barzangi o'n daqiqaga qolmasidan uni katta villaning qarshisida to'xtashdi. Qizning qo'rquvi yanada ortar ekan bu safar u yalinishni boshladi.
Aera: iltimos akajon qo'yib yuboring.
Mashinaning ichidan siltalatib olingan qiz ikki yigitning qo'l ostida zinalardan yuqoriladida villaning eshigidan kirib ketishdi. Aera ovozini boricha baqirar ekan atrofda, butun boshli binoning ichida hech kim yo'qligi uni battar cho'chitardi. Binoning birinchi qavatidagi eshikka kirgan yigitlar qizni polga irg'itib yuborishdi. Aeraning sochlari uning yuzini to'sib qo'yar ekan atrofning qorong'uligidan qizning vahimasini orttirardi. Eshik orttdan yopildi. Atrof jimjit. Xonada Aeraning hansirab nafas olishi va yig'lagani bois ora-orada burnini biroz tortib qo'yishi eshitildi. Ulkan yotoqning yonidagi tumbaning ustida turgan tungi chiroq yonar ekan birinchi navbatda o'sha yotoqga suyanib qizni boshdan oyoq kuzatgan yigit ko‘zga tashlandi. U shunchaki Aeraning yuzini sinchiklab tekshirar va qaddi-qomatiga navbat yetganda pastki labini tishlab qo'yardi.

Aera: kimsiz?
Qo'rquvga to'lgan nigohlar bilan yigitga qaragan qiz bir qadam ortiga siljidi. Chiroqning yorug'iga yuzlarining deyarli har bir yeri ko'rinayotgan yigit lablarida ayyarona tabbasum o'ynatdi va yotoqdan turdi.
Taehyung: demak Yiye Aeraman degin. Nikining jazmani.
Aera: nimalar deyapsiz? Meni qayerdan bilasiz?
Yigit qanchalar sekin qadamlari bilan qizga yaqin kelsa, Aera shunchalar o‘zini ortga tashlab yurib borar edi. Oxirgi qadam va eshik...qattiq nafas olib chiqarayotgan qiz eshik dastasini ushlab o’ziga tortib ko'rdi. Qulf...xona eshigi tashqarisidan qulflangan. Uni bunday harakatini kuzatib miyig'ida kulib qo'ygan Taehyung so'nggi qadamini uning qarshisida to'xtatdi. Ikkisining ham issiq nafaslari bir-birini yuzlariga urilar ekan noqulaylikdan nima qilishni bilmagan qiz boshini o'nga burdi. Taehyung barmoqlari yordamida uning iyagidan ushlab o’ziga qaratar ekan qizga yanada yaqin egildi.
Taehyung: tirrancha Nikining shunday chiroyli qushchasi borligini bilmaganimga qoyilman.
Aera uning qo‘lini siltalab yuzidan olar ekan yigitni biroz ko'ksidan itardi.

Aera: nima uchun bu yerdaman? Nima istaysiz mendan o'zi?
Taehyung: sendanmi?- u Aeradan uzoqlashar ekan xonadagi kursiga borib o'tirdi.- arzimagan narsa....menga turmushga chiqasan.
Aera: nima?
Eshitgan gaplaridan hayratga tushgan qiz tentak insonga qaragandek yigitga qarar ekan keyingi galda Taehyungning ovozi yana xonada jarangladi.
Taehyung: eshitmagan bo'lsang qaytarishim mumkin. Menga turmushga chiqishingni hohlayman.
Aera: siz aqldan ozganmisiz? Men hoziroq bu yerdan ketishni istayman. Oching eshikni.- sabr kosasi to'lgan qiz baqirib ortidagi eshikni urar ekan kresloda o'tirgan yigit o'rnidan turib uning qarshisiga keldi.
Taehyung: yoki o'sha tirmizakni o'ynashi bo'lish senga yoqadimi? Qancha to'laydi senga? Narxingni ayt!
Kutilmagan holatda yuzi chap tomonga yo‘nalishi yigitning g'azabini keltirdi. Qizning urgan tarsakisidan jahlini yuqorida darajasiga chiqgan Taehyung o‘zini bosish maqsadida qo'llarini musht holatga keltirdi.
Aera: men pul uchun birovning tagida yotadigan foxisha emasman. Bunday gaplarni borib o'zingni onang va singlingga aytasan iflos!
Taehyung endi chidab tura olmadi. Ulkan kaftini qizning bo'yniga qadar ekan ko'zlaridagi olovli uchqunlar bilan shivirladi.
Taehyung: menga qara. Kimningdir o'ynashi bo'lasanmi yoki jazmani yoki bo'lmasa umuman bir aqlli qiz. Menga buni farqi yo'q. Uqdingmi! Eshitishimcha onang kasal ekan - Taehyung bunday gaplaridan so'ng Aera uning ko'zlariga tik qaradi - davolata olmay sarson sargardon bo'lib yurganingni ham bilaman.
Aera ko'zlariga quyulib kelayotgan yoshlarni qanchalik yashirmasin, uning kipriklari ustida miltirab turgan tomchilar uni sotib qo'yardi. Taehyung qo'lini qizning bo'ynidan olib ortiga o'girildi.
Taehyung: senga sulh taklif qilaman. Men onangni qayta oyoqda yurishiga kafillik bera olaman. Sen esa.....shunchaki menga rafiqa bo'lasan.
Aera: hech qachon
Taehyung: tez qaror qilma ohucham. Buni uzoq vaqt o'yla. Lekin juda uzoq ham emas. Men kutishni yoqtirmayman.
Gaplarini tugatgan yigit telefoni orqali eshikni ochishni buyurdi. Qulfning ochilish ovozi. Aera ortiga o'girilib eshik dastasini ushlar ekan so'nggi bor ko'z qirini qadahiga viski quyayotgan yigitga qaratib tezda bu xonadan, butun boshli villadan chiqib ketdi. Chirkinlikga to'lgan mafialar hayotiga kirib qolgan qizni sezgan yigit qadahidagi ichkilikdan simirdi.
Taehyung: daxshatli hayotimga allaqachon kirib bo'lding Yiye Aera.

*

Bugungi ish vaqtim oldingilariga qaraganda biroz cho'zilib ketdi. Yangi mahsulotlar kelgani uchun ularni eskilari bilan almashtirib, qatorlarga joylashtirib chiqdim. Soat ham yarim tunga yaqinlashib qolmoqchi. Qoravul yetimxona darvozasidan kirgazsa bo'ldi edi. Kech qolib ketganim uchun hali mudiradan ham gap eshitaman. Ukam allaqachon uxlab qolgan bo'lsa kerak. Balki mendan havotirlanib kutib o'tirgandir bilmayman. Oxirgi ichimliklar rastasini taxlab yengil nafas chiqardim. Nihoyat belimga o'ralgan fartuk bog'ichlarini yechdim. Ustki kiyimimni kiyganimdan so'ng bu do'kon egasiga ketayotganimni aytib eshik tomon yo'naldim. Lekin Xvan amaki meni to'xtatib qoldi. U shu do'kon egasi.
- Jehan qizalog'im mana bu shirinliklarni ol.
U menga bir qutichadagi to'la shirinliklarni uzatar ekan bu mehribon insonning yaxshiligiga yana bir bor amin bo'ldim.
Jehan: qo'ysangizchi amaki.
- ol, olaqol qizim. Sojunga olib borasan. Unga bular yoqadi. Uyalma. Seni o'z qizimdek yaxshi ko'raman.
Tortinibgina uning qo‘lidan qutichani olib minnatdorchilik bildirdim. Dunyoda mana shunday yaxshi insonlar ham bor. Bugun ishdan oyligimni oldim. Endi Sojunga yangi oyoq kiyim olib bera olaman. Do'kon eshigidan chiqib yo'lak bo'ylab yurishni boshladim. Havo anchagina sovib qolgan ekan. Atrofda hech kim yo'q. Lekin uzoqdan kelayotgan yana o'sha qizlar. Jin ursin. Bular meni tinch qo'yishadimi o'zi? Maktab davridan menga zo'ravonlik qiladigan bu qizlarni shunchalar yomon ko'ramanki, hatto maktabga bormay turib ham bulardan qutila olmadim. Ular har kuni mana shu vaqt ishdan chiqayotganimda yo'limni to'sishadi. Ba'zi vaqtlar meni turtishsa, ba'zi kezlar pulimni olib qo'yishardi.

Asta sekin ortga qadam tashladim. Ular ham meni tomonga yurishni tezlatishdi. Yo'q...bugun ular bilan yuzma yuz kela olmayman. Hozir bor pulimni olib qo'yishsa, ukamga oyoq kiyim ololmayman. Ortimga o'girildimu to'xtamay yugurib ketdim. Ortimdan ismimni baqirib yugirayotgan qizlarni sezdim. Yordamga chaqiray desam atrofda hech kim yo'q. Yo'nalishimni katta ko'cha tamon burdim. Duch kelgan birinchi mashinaga o'zimni otib ichiga joylashdim.
Jehan: tezroq haydang.
Uzoqdan yugurib kelayotgan qizlar yaqin qolganidan havotirlanib yonimdagi yigitga qaradim.
- hoy jinnimisan? Pul ishlamoqchi bo'lsang ana klubga kir.
Jehan: tezroq haydasangizchi.
Havotirlanib mashina oynasidan ko'cha tarafga qaradim. Yonimdagi yigit ham o'sha tomonga qarab, mashinani yurgazdi. Nima? U meni ahvolimni tushundi chog'i. Atrofni changitgan mashina o'qdek uchib ketdi.
- ulardan nimanidir o'margandingmi? Nima uchun ortingdan yugurishayotgan edi? Mashinani boshqarayotgan yigitga qaradim. Birinchi navbatda uning tatirovka tushurilgan qo'li meni jalb qildi.
Jehan: ko'zingizga ogʻri bo'lib ko'rinayapmanmi? Ular bezori qizlar.
U bu safar indamadi. Uch to'rt ko'cha o'tib ketganimizdan so'ng unga to'xtashini aytdim.
Jehan: shu yerda to'xtatsangiz bo'ladi. Rahmat
- mashinaga o'tirdingmi endi uni o'zim to'xtatmagunimcha jim ket!
Jehan: nima? To'xtating hoziroq.

- Agar jim bo'lmasang, haligi qizlarga olib borib beraman seni!- keyingi gaplaridan biroz qo'rqib shunchaki jim bo'ldim - qayerda yashaysan? Olib borib qo'yaman.
Jehan: Seoul bolalar yetimxonasiga.
Gaplarimdan so'ng bir necha soniya menga qaragan yigit boshdan oyoq meni kuzatdi. Nigohlarini qayta yo'liga qaratar ekan mashina ro'lini ushlagan qo'li bilan uni mohirona boshqarib ketdi. Yetimxona darvozasiga yetmasdanoq unga to'xtashini aytdim. U ham bu safar gapimga ko'ndi. Bugungi ishlagan oyligimdan bir necha pul chiqarib unga uzatdim.
- pulga muhtoj odamdek ko'rinyapmanmi senga?
Jehan: bu shunchaki minnatdorchilikga edi. Rahmat olib kelib qo'yganingiz uchun.
Qo'limdagi pullarni mashina o'rindig'iga qo'yib o'zim undan tushdim. Mashinadan uzoqlashar ekanman uning eshigini ochilib yopilishi va o'sha yigitning tomoq qirishini eshitdim.

-hoy...- uning ovozidan so'ng ortimga o'girildim - isming nima?
Jehan: nima uchun so'rayapsiz?
- shunchaki - u yurib kelib biroz oldin mashinaning o'rindig'iga tashlagan pullarni qo'limga tutqazdi. - meniki Jungkook
Ko'chaning chiroqlari yordamida uning yuz tuzilishini endi aniq ko'rdim. Qoshining bir chekkasida kichik temircha qadalgan. Xuddi shunday metall buyumi uning labida ham bor. Quloqlari teshilgan.
Jehan: ismim Jehan - men ham unga shunchaki ismimni aytdim.
Jungkook: demak, Jehan degin? Mayli miss fairy yana uchrashguncha.
U menga bir ko'zini qisib sal avval tushgan mashinasiga qayta joylashdi. Uni yurgazishidan oldin bir ikki signal chalar ekan qo'lini mashina derazasidan chiqarib silkidi. Kulrang rangdagi sportchilar mashinasini ketishidan oldin uning raqamiga ko'zim tushdi.
Jehan: "1997JK"....

*

Erta tonggacha ko'zlariga uyqu olmagan qiz mana hozir ish vaqtida mudrab, ora sirada esnab qo'yardi. Uning qiladigan asosiy ishi mijozlarga xizmat ko'rsatish. Kafening kiraverishida ilingan kichkina sariq rangdagi qo'ngiroqcha yangi mijoz kelganini anglatar edi. Aera qo'liga menuni va buyurtma qilgan insonning narsasini yozib olish uchun kichkina daftarchasini olib sal oldin kafe eshigidan kirgan mijozga xizmat ko'rsatish uchun ketdi.
Aera: nima buyurtma qilasiz janob?
Qiz daftardan ko'zini uzib mijozga qarar ekan uning sal oldingi tabbasum yuzini havotir va hayrat qamrab oldi. Bu o'sha. Kecha uni ogʻrilarcha o'z villasiga olib kelgan va sulh tuzishni taklif qilgan yigit. Taehyung Aeraga ko'zidagi yonib turgan uchqunlar bilan qara ekan, uning qirmizi lablariga va tanasiga uzoq tikildi.
Taehyung: hattoki oddiy ishchi kiyimida ham shahvoniy ko'rinarkansan jonginam.
Aera: nim uchun bu yerga keldingiz?
Taehyung: bu yer kafe va men o'zimga qahva buyurtma qilmoqchiman. - qiz buyurtmani yigitdan olib ortiga o'girilar ekan uning keyingi gaplariga ko'z yumdi - qahvani sen qilsang ham mayli. Achchiqroq bo'lsin

Bu ahmoqni gaplariga javob qaytarmay qahva tayyorlashni aytish uchun kafe oahxonasiga o'tdim. Buyutmani ishchi qizlarga berar ekanman bular ham o'lganni ustiga chiqib tepgandek ishlari shundog'am ko'pligi va o'zim tayyorlashimni aytishdi. Bu qahva tayyorlash men uchun hech narsa emas. Avvalari shu ishni o'zim ham bajarar edim. Qahva tayyorlaydigan uskunaning yoniga borib qahva donolarini maydalab unga soldim. Bir necha daqiqaga qolmay tayyor bo'lgan achchiq qahvani patnisga qo'ydim. Bu axmoqqa shahar solishni o'zi uvolligini anglab unga qand qo'shmadim. Buyurtmasini stol ustiga qo‘yar ekanman ketish uchun endi shaylangan edimhamki, qo'limdan ushlab qarshisidagi stolga o'tirg'izib qo‘ygan yigitdan hayratga tushdim.
Aera: hoy men ishlayapman. Bu nima qilganingiz?
Taehyung: joyingdan jilsang stol tagidagi qurolning o'qi to'g'ri ostingga kiradi - ko'zlarim hayratdan kattalashib sekin stol tagiga qaradim. Shundoqqina oyog'im yonida haqiqiy qurol turibdi. Qarshimdagi yigitning esa sal oldingi nigohlari iblisino chekraga aylangandi. Bu yigit ruhiy xastami?
Aera: telbamisiz?
Taehyung: menga qara! Men Sen bilan mushuk sichqon o'ynamayman. Tushundingmi! Hazil qiladigan odatim yo'q. Aytgan gaplarimni pisand qilmaydigan darajada emassan azizam. Kimligimni yaxshi bilmaysan ham! Shunaqangi ishlar qilamanki, meni ismimni eshitsang ko‘z oldingga shayton keladigan bo'lib qoladi. - u ko'zlarimga tikilgan holda stulga yelkasi bilan suyandi. - senga yaxshigina taklif berdim. Nahotki onangni davolanishini istamasang? Yoki shu tovuq katagidek kafeda ishlab topgan pullaring bilan onangni qayta oyoqqa turg'azmoqchimasan? Bu bilan faqatgina sening vaqting va onangni umri o'tib boradi. Shuni mana bu miyyang o'ylab ko'ryaptimi? Men onangni davolash uchun ortig'i bilan pul bera olaman. Menga turmushga chiqsang bo'lgani!
Yigit gaplarini tugatib qizni qayta skaner qilar ekan Aerani o'yga cho'mganini ko'rib yuzida ayyarona tabassum keltirdi. Qahvasidan ho'plab ichar ekan shimining cho'ntagidan bir nechta dollar chiqarib stol ustiga tashladi.
Taehyung:senga yana ozroq vaqt beraman. Yaxshilab o'ylab ko'r. Qahvaga shahar solmasang ham shirin chiqibdi. Albatta sen tayyorlaganing uchun. Uchrashguncha go'zalim.
Kafeda chiqib ketgan yigitning orqasidan qarab qolgan qiz ko'ziga kelgan yoshlarini qo'li bilan artib, sal oldin yigit tashlab ketgan pullarga nafrat bilan qaradi.

*

3kundan so'ng

Bugun dam olish kuni bo'lganligi uchun kunimni oyim bilan birga uyda o'tkazdim. Kech tushushi arafasida esa ko'cha boshidagi do'kondan shaftolili sharbat va shaftoli mevasini olib kelib xonamga kirdim. Ko‘z oldimga boyagina ko'rgan uning ko'chani boshidagi qora rangli mashinasi keldi va battar qo'rqishni boshladim. To'g'ri hozir xonamdaman. Lekin.... Lekin u yana erta tonggacha shu yerda tursachi? Deyarli uni oxirgi marotaba ko'rganimdan keyin har kuni uyimning yonida meni poylaydi. Kecha yarim tunda kimdir xonamga kirganini sezgan edim. Balki bu o'shadir? Biroq qanaqasiga? U bunchalikka bormasa kerak? Yoki bu uning qo‘lidan keladimi? Aslida kim o'zi u? Xona derazasi yonidagi qandaydir sharpa o'tganini sezib ortimga o'girildim. Hech kim yo'q. Atrof shu qadar jimjitki faqat nafas olayotgan tuvushimni eshitayapman. Qulog'im yonida chiqarilayotgan issiq nafasni his qildim. Xonamni erkak kishi ishlatadigan atir hidi burkab oldi. Men ham nafas olishni to'xtatib ortimga o'girildim. Ming lanat!
-Shsh tinchlan, ohucham...

Yoqimli mutolaa
By: Kim Jehan🎀