July 10

𝐅𝐎𝐑𝐋𝐎𝐑𝐍 | 𝐄𝐏-𝟒

You are my sweetest torment - painful to crave, imposisible to resist.

Tilimdan chiqqan yigitning ismini faqatgina o’zim eshita oldim xolos. Atrof yetarlicha shovqin-suron edi. Ko’zlarimni g’alabasi sabab hammaga jilmayish bilan qarayotgan yigitga qadalib qolgan. Men orqaroqda bo’lganligim uchun u meni ko’rmayotgan bo’lishi mumkin, biroq qizlardan bir nechtasi uning yoniga borgan holda ochiqchasiga suykalanishlarini guvohi bo’layotgan edim. Ter tomchilari oqayotgan uning bo’yniga ro’molchalar tutgan qizlardan faqatgina bittasining qo’lidagini olgan tenggi tomog’ini artdi u. Ortga taralgan sochlardan so’ng o’ziga olib kelingan qadahdagi suyuqlikni ikkilanishsiz bir ko’tarishda bo’shatgan Jimin uni qayta sariq sochli qizning qo’liga topshirdi. Nima u hozirgina alkagol ichdimi? Men turgan joyimda qotgan holda uni va uning atrofidagi odamlarni kuzatayotgan edim. Bir soniya ichida bo’lgan shovqin sabab joyimdan uchib tushar ekanman Jimindan so’ng final chizig’ini bosib o’tgan yigit kiygan shlemini yerga qarata uloqtirgani uchun bir nechta shishaning singan tovushlari eshitildi. Hammaning ana endi diqqat-e’tibori o’sha yerga qaratildi. Motosiklini tepib yutqazganligini tan olishni istamagan sababli bo’lsa kerak kela turib Jiminning yoqasidan olgan ko’yi uning yuziga musht tushurdi. Axir bu!…menga kecha tunda shilqimlik qilgan yigitning o’zginasi emasmi? Ismi adashmasam David edi. Bu xuddi o’sha inson-ku?!
David: sen g’irromlik qilding! So’nggi muyulishda mening motosklimni devor tomonga surib tashamaganingda men g’olib bo’lardim la’nati!!!
Jiminning yoqasidan siltab jaxldan qizarib ketgan yuzini unikiga yaqin olib borgan yigit o’shqirdi. Pastki labini tishlagan holda pastga qarab kulayotgan yigitning ovozi jimjit bo’lib qolgan atrofning sukunatini buzgan bo’lib, barchaning diqqati hozirda maydonda turgan shu ikki insoda edi.
Jimin: maynavozchilikni yig’ishtirib, cho’ntakingga solib qo’y Langford David! Poygada hech qachon g’irromchilik bo’lmaydi ayniqsa, bu moto janggida.
David: lekin sen qoidani buzding. O’sha million wonlar uchun sal qolsa meni o’ldirib yuborishga ham tayyor ekanligingni yuzingdan ham uqub olsa bo’ladi Park Jimin!
Jimin: yo Xudo, ortda qolganing uchun g’azabing kelyaptimi yoki o’sha o’rtaga tikilgan pullarni qo’ldan boy berganliging sabab jaxlga berilyapsanmi? - qarshisidagi yigitni mazah qilgandek uning ko’ziga qaragan holda lab uchida kulgan Jimin bo’ynini biroz unga yaqinlashtirdi. - yoki sendan zo’rroq ekanligim uchun keting yonayotgandur?
David: nima deding?
Yigitning yuziga kelib tushgan yana bir zarbadan so’ng bu safar unga javob qaytargan Jimin ham Davidning yoqasidan changalladi. O’rtada kelib chiqqan o’zaro nizo va jangni tomosha qilib turgan yoshlar ularni ajratish haqida o’ylab ham ko’rishayotgani yo’q. Ba’zilari bu urush nihoyasida kim yutishiga qiziqishsa, ayrimlari qo’lidagi viskini ichgan holatda ulardan yuz burishmoqdalar. Yigit va qizlar ortida turgan Jeyong Jimindan ko’zini uzmay turgan vaqt yerga yiqilgan Daviddan so’ng bu poygani tashkillashtirgan insonning qo’riqchilari ularni bir-biridan ajratishdi. Ikkisining ham yuzi yetarli darajada jarahot olgan. Yerdan ko’tarilgan Langford nafrat to’la ko’zlarini kiyimining yoqasini to’g’irlayotgan yigitga qaratdi. Ularning yoniga yurib kelayotgan erkak qo’riqchilar ushlab turgan Jiminga qarab qo’ygach nigohini uning raqibiga qaratdi.
Mercel: otasining molini talashayotgan bolalardek mushtlashganingiz nimasi?
Har doim moto poygasini tashkillashtirgan va uning asoschisi bo’lgan yoshi elliklar atrofidagi bu fransuz erkak haligina Davidning og’zidan chiqqan so’z sabab unga nigohini burdi.
Mercel: demak, Jimin senga ayyorlik qilgan?
David: ha!
Mercel: Mr. Park, ishonamanki bu jangda g’irromlik qilish butunlayga man etilganini yaxshi bilar edingiz. G’oliblikni qo’lga kiritishga kuchi yetmagan inson qanchalik chiranmasin har doim mag’lub bo’lib kelaveradi dega so’zni hech eshitganmisiz?
Jimin: men hech qachon hech qaysi bir poygada raqibimga tuzoq qo’ymaganman Montero Mercel.
Yonidagi erkakning ko’ziga tik qaragan holda gapirdi u.

Boshini qimirlatib hech narsa deyishni istamagan fransuz kishi qadamlarini Davidning motosikli tomoniga olib borib uni zimdan kuzatdi. Biroz motosikl ranggi o’chib, qirilib qolgan joyini ko’rganidan so’ng qoshlari chimirilgan Marcel o’lim nigohlarini Jiminga qaratdi.
Marcel: demak, bu qirilish o’zidan o’zi paydo bo’lgan shundaymi Janob Park?!
Jimin ham erkak turgan joyga yurib borarkan bir yigitning yonidan o’tishida uning ayyor kulgu ovozini aniq eshita oldi u. Motosikl chetini qirilishi xuddiki devorga ataylab tiraganini ko’rsatib bermoqda. Hayrat bilan birga asabiy tishlarini g’ichirlatgan yigit qarshisida turgan Manteroga qaradi.
Jimin: bu mening ishim emas!
Marcel: lekin bular boshqa narsani ko’rsatib bermoqda, ya’ni poygada sen chindan ham David uchun chog’ qazigansan!
Jimin: ming lanat* qaydan bilasiz balki uning o’zi motosikl chetini qirgandir? Poygada g’olib bo’lishimni bila turib bu ishni qilgan u va mana hozir menga tuhmat qilmoqda!
Erkak ko’zini Jimindan uzib, ulardan uncha uzoqda bo’lmagan yigitga qaradi. Atrof sukunatga to’la. Faqatgina og’ir nafas olayotgan yigitning asabiy tishlarini g’ichirlatishi eshitilyapti. Yoshlarning hammasi esa Manteroni keyingi so’zi nima bo’lishiga qiziqishmoqda.
Marcel: guvoh bormi? Ya’ni bu ishni sen qilmaganligingni ko’rgan biror shaxs bormi?
Jimin ko’zlarini og’ir yumib ochdi. Aftidan Marcel unga emas Davidga ishonmoqda ko’proq. Labi yuzigacha cho’zilgan amerikalik yigit chap qoshini barmog’i bilan ishqalagan holda mag’rurona boshini ko’tardi.
Jimin: qanaqa isbot haqida gapiryapsiz? Poygada men va bu lanatidan boshqa hech kim qatnashmagan ekanligini bilasiz menimcha?!
Marcel: men dalilga ishonaman yigitcha. Agar chindan ham aybdor emasligingni isbot qila olsang bemalol jang uchun tikilgan pullarni olib ketishing mumkin. Ungacha esa boshqa poygada seni ko’rmay!
Jimin: nima?
Taajjubda qolgan Jiminni yoniga kelgan ikki barzangi yigitlar uning ikki tomonidan ushlab jang maydonidan olib ketishmoqchi bo’lishdi. Hamma atrofni jim bo’lib kuzatayotgan vaqt oyog’ini tinmay qimirlatayotgan qiz nimadir qilib bo’lsa-da, yigitga yordam berishni istadi. Qadam tashlashi oldin kechagi ro’y bergan voqeani qayta eslagan Jeyong Jiminning aytgan har bir so’zini yodga oldi. Hech qachon qanday vaziyat bo’lmasin u yigitga yordam bermasligi va ishlariga aralashmasligini aytgan edi. Ikki yo’l o’rtasida qolgan qiz ortiga qadam tashlamoqchi edi toki o’rtada urush boshlamagunicha. Bir o’zi bir nechta qo’riqchilarga qarshi turgan holda mushtlashayotgan yigit uni oldinga qadam tashlashga undadi.
Jeyong: men guvohman.
Sukunat cho’kkan hududda birdan paydo bo’lgan qiz bolaning mayin ovozi sabab barcha nigohlar poyga yo’lidan ancha narida turgan Jeyongga qaratildi. Bir qo’lini ko’targan holatda butun tomoshabinlarga qarayotgan qiz noqulay vaziyatda bo’lsa-da, lablarini qimtib hayajonlanayotganini sezdirmadi. Eshitgan ovozi ancha tanish tuyilgan bo’lib, Jimin yuzini ortiga o’girmay ko’zlarini yumib xo’rsindi. Uning yonidagi erkak qizni boshdan oyoq analiz qilib, kimligini tekshirsa, bir chekkada turgan shahvatga to’la juft qorachiqlar ularga qarab yurib kelayotgan tanaga suqlanib tikildi.
David: yana o’sha jonon..
Qulog’iga kirgan so’zdan so’ng tund qiyofada yigitni tilka pora qilishga tayyor Jimin o’zini arang bosdi. U hozirda ayni dam qizdan havotirda. U qanday va nima uchun yana o’zi bilmagan ishlarga aralashayotgani yigitni tobora asabiylashtirayotgan edi. Sokin atrofni buzgan qiz bolaning baland poshnali oyoq kiyimi bir necha daqiqalarda to’xtagan mahal hammaning nigohi poyga yo’lagida turgan insonlarga qaratildi.
Jeyong: men bu poyga yakunlanishidan oldin ularni kuzatgan edim. Hech qanday salbiy harakatlar bo’lgani yo’q. - yonidagi yigitga qaramay gapirdi qiz. Uning nigohi faqatgina qarshisida turgan fransuz erkakga qaratilgan edi. Kiprik qoqmay aytilgan so’zlardan so’ng ko’z qirini Jiminga burib qo’ygan qiz tezda yana undan qochishga kirishdi.
Marcel: shunday qilib Jimin aybsiz, shundaymi?
Jeyong: ha!

Marcel: buni qanday isbot qila olasiz?
Jeyong: ko’chaning muyulishida men bor edim va hammasiga guvoh bo’ldim.
Marcel: u yerda nima qilayotgan edingiz unda?
Jeyong: shunchaki tamaki chekdim, nima mumkin emasmidi?
Qizga yaqinlashgan sari undan segaret hidining kelib turishidan keyin erkak ortiga bir qadam tashladi. O’ziga qarata qisilib boqayotgan qorachiqlardan yanada jazavaga tushgan qiz atrofdagi odamlarga ham bir nazar tashlab yana Manteroga tikildi.
Jeyong: yo Xudoyim, jinni bo’lish mumkin! Bu Seoul shahri! Har bir ko’chada kamera bor, istasangiz tekshiring.
Qat’iy aytilgan so’zlardan so’ng asabiy tishlarini g’ichirlatayotgan yigit hali hamon qizni kerak bo’lsa hoziroq ostiga olishga tayyor turgan och nigohli Langfordga qaratdi. Erkak qizni sinchiklab tekshirish ko’yi uning titrayotgan tanasi va tik boqayotgan ko’zlariga qarab chiqdi. Mantero Jiminni ushlab turgan ikki qo’riqchiga qarashi bilan yigitdan uzoqlashgan barzangilarni sezib yengil nafas chiqardi qiz.
Marcel: bunga xojat yo’q..siz aslida kimsiz kichik xonim. Menga shu haqida ma’lumot bera olasizmi? - u sof koreys tilida gapirdi. Endi gapirishidan oldin kaftlariga tekkan barmoqlardan seskanib ketgan Jeyong ko’zlarini kattalashtirib yonidagi yigitga qaradi.
Jimin: u men bilan. Mening qiz sherigim.
Marcel: oh, bu rostmi xonim?
Qiz o’ziga berilgan savolga chalg’ib uning qo’lidan tutib turgan yigitdan nigohlarini qochirdi.
Jeyong: h..ha, shunday.
Marcel: tushunarli.
So’nggi bor Jeyongga qarab tabassum qilgan erkak uning yonidagi Jiminga bir ko’z qirini tashlab bu yerni tark etdi. Yurish barobariga suvga tushgan mushukdek ich-etini g’azab bilan yeyayotgan yigitni ko’rgan erkak Davidning yelkasiga shapatillagan holda lab uchida kuldi.
Marcel: yosh qizga chuv tushding Langford. Haqiqatni menimcha, o’zing ham yaxshi
bilasan.
Tishlari g’ichirlagan yigit boshqa sharmandali holatga tushmaslik uchun o’zini bosgan holda poyga maydonini u ham tark etdi. Sovrin sifatida g’olib insonga keltirilgan bir sumka yigitning oyog’i ostiga tashlandi. Keng maydonda yolg’iz qolgan yigit va qiz hali hamon joyidan jilmay turishibdi. Lablarini qimtib Jiminga ko’z qirini tashlab quyayotgan qiz keyingi nigohlarini birlashgan qo’llar qaratdi. Shirin titroq uning ko’ksini bir silab o’tganida og’ir nafas olayotgan yigitning keyingi yo’g’on ovozi atrofga jarangladi.
Jimin: o’tir!

*Qo’limni qo’yib yubormagan holda meni motosikl yoniga olib kelgan yigit boyagina o’zi yechgan shlemni menga tutqazdi. Ikkilanish bilan uni olganimda qarshimdagi yigit yerda yotgan sumkani yelkasiga ilganini ko’rdim. Og’ir shlemni boshimga kiyar ekanman motosiklga kelib joylashgan yigitning ortidan men ham unga mindim. Qo’limni uning belidan aylantirishga qandaydir iymanib turibman. Bu juda noqulay edi men uchun. Jim turganim sari u ham sukutni tanlab motosiklni haydamadi. Nima qilishni bilmayapman jin ursin!
Jimin: meni maxkam ushlab ol. Yo’qsa, yiqilib tushasan.
Uning og’zidan chiqqan so’zlardan so’nggida beixtiyor qo’llarim o’zidan o’zi uning belidan aylandi. Ancha baquvvat bo’lgan tana va unga yaqinlashganimda sezgan keng gavdasi hayolimni qochirdi. Harakatga kelgan motosikldan avval poyga yo’lagini tark etib, so’ng katta trassaga chiqdi. Atrof suv quygandek jimjit. Qorong’u atmosferaga ega bo’lgan sokin Seoul shahrida tungi chiroqlar yonilgan. Bu yer shaharning bir chetimi bilmayman, mashinalar umuman yo’q edi. Faqatgina uzun va katta yo’l, chiroqlar. Salqin havo motosiklning yurishi barobariga yanada sovuqlashdi. Sochlarimni o’ynayotgan shamolni his qilganimda tezlikni oshirgan yigit uning belidan yanada qattiqroq qisishga meni undadi. Haqiqiy adrenalin! Motosikldan chiqayotgan ovoz uning tezligiga qarab balandlashmoqda. Ustiga faqatgina qora futbolka kiyib olgan yigitning kiyimi shamolda hilpiraganida kaftim uning ko’ksining shaklini allaqachon o’rganishga ulgurdi. Ming lanat! Men nima qilyapman o’zi? Kaftim orasida turgan kubiksimon bo’laklarni his qilib ikki qo’limni ham bir-biriga maxkamladim.

Shunaqa holatda🌚

Biroq ularni hali hamon sezyapman. Biz yana o’n besh daqiqalar ichida motosiklda yurdik. Oxiri borib to’xtalgan manzilimiz yana o’sha qurub-bitishga ulgurmagan eski imorat bo’ldi. U nega bu yerga yana keldi, yo’q umuman nega bu xarobaga har doim kelaveradi? Motosikl to’xtaganidan so’ng u avval o’zi tushib so’ng menga qaradi. Tabiiyki bunday baland joydan yolg’iz o’zim tusha olmas edim. Shlemni yechib, uni bir chetga qo’ydim. Ikki qo’lini ingichka belimga qo’yib meni o’ziga qarata tortgan Jimin bir zumda oyoqlarimni yerga tegishiga sababchi bo’ldi. Yuzimga yaqin turgan qorachiqlar tunda yanada qorong’ulashgan yoki menga shunday tuyulmoqdami? U tezda belimdan qo’lini olib, ichkariga yurib ketishni boshladi. Nega hech narsa demadi? Men ham beixtiyor uning ortidan ergashdim. Zax bo’lgan imorat ichiga kirib borar ekanman atrofda yoyilib yotgan temir simlar va beton toshlarni ko’rdim. Ehtiyotkorlik bilan ulardan o’tganimda ko’zim bir eshikni ochib unga kirib ketgan yigitni ko’rdi. Jimin eshikni ochiq qoldirdi, demak men ham kirishim mumkin. O’sha xona oldiga kelganimda egniga qora rangdagi maykani kiygan yigitni ko’rar ekanman u qachon va qanday qilib bunchalik tez kiyimini alishtirganiga hayron bo’ldim. Xona ichkarisiga qadam tashlagan vaqtim divanga qo’lidagi sumkani uloqtirgan Jimin unchalik ham zamonaviy bo’lmagan kichik muzlatgichdan ichkilik oldi. Qo’liga olgan ikki shisha alkagolni ko’rib lablarimni qimtidim. U esa menga qarab yurgan ko’yi ikkisidan birini menga uzatdi. Avval ichkilik ichib ko’rgan bo’lsam-da, buni hammadan yashirar edim. Tomog’im qurib ketganligi bois menga taklif etilgan shishani indamay kaftimga oldim.
Jeyong: raxmat.
Minnatdorchilik bildirib, shishani ochganimda alkagolning o’tkir hidi dimog’imgacha uruldi. Og’zimga olib kelib, bir qultum yutganimni bilaman, u juda achchiq edi. Muzdek va o’tkir tami qandaydir yoqimli ham tuyular ekan ikkinchi marta uni yana ko’tardim. Xonaning bir chetida joylashgan divanga o’zini tashlagan yigit oyog’ini chalishtirish tenggi menga tikilmoqda. Jin ursin* noqulay ahvolga tushdimmi nima? Nega bunchalik o’yib yuborgudek qarayapti? O’tirgan kreslomga qulayroq joylashib unga iloji boricha qaramaslikka tirishmoqdaman. Terlagani uchunmi ochiq bo’lgan yelkasining mushaklari oyning yorug’ligidan yaltirab ko’rinmoqda edi ayni dam. Nimalarni hayol surayotganimni bilib o’zimni o’zim ichimda la’natladim.
Jimin: yana…yana menga yordam berding. Bunday qilmasligingni o’tgan galgi uchrashuvda aytgan edim shekilli?!

Yerga qaratilgan boshimni ko’tarib menga qaratilgan nigohlarga tengma-teng boqdim.
Jeyong: bu yordam emas, men shunchaki ko’rganimni aytdim. Sizning o’rningizda boshqa bir kishi bo’lganida ham men shu ishni qilar edim.
Jimin: yana meni kuzatdingmi?
Jeyong: yo’q. Sizni kuzatishdan boshqa qiladigan ishim yo’qmi meni?
Jimin: o’tgan galgi to’qnashuvdan keyin albatta shunday deb hisoblayman.
Jeyong: ovora bo’lasiz. Shunchaki kechki ovqatni tashkillashtirgan Han oilasidan biroz uzoqda bo’lishni istadim. Ya’ni menga bunday jinnicha uchrashuvlar yoqmaydi.
Unga aytishni xohlamadim. Seung haqida Jiminga aytishni istamayman, o’zi u jin urgur Xvanni hech kim aytmayman ham. Ichayotgan alkagolimni yana qo’limga olganimda uning yana achchiq tami lablarimda qoldi. Bundan ko’ra ming marta segaretim yaxshi edi. Qo’limdagi shishani kreslo yonida turgan tumbaning ustiga qo’yib, sumkamdan segaret qutusini chiqardim. Uni yoqishdan oldin yonimdagi yigitga qarar ekanman chekish mumkin ekani haqida beparvo qo’l siltagan Jiminni ko’rib unga ham taklif qildim. Biroq u buni rad qildi. Hech narsa demay, uni lablarimga olib kelib, tamakidan o’zim xohlagan qoniqishni olishni boshladim. Men bog’langan yagona narsa aynan shu.
Jimin: qachondan buyon chekasan?
Qo’qqisdan berilgan savoldan so’ng nigohimni unga qaratdim.
Jeyong: to’qqizinchi sinfdan buyon.
Jimin: oilang bunga qarshilik qilishmaydimi?

Jeyong: ularni men bilan ishlari yo’q. Buvam ba’zida tergab turmasalar, tamaki uchun hech qachon oilam menga tanbeh berishmagan, - u hech narsa demadi. Ikki yildan ziyod men bu segaretlarga o’rganib bo’lganman. Ko’zlarimni undan uzib polda yotgan sumkaga qaratdim - siz shuncha pulni nima qilasiz? Ya’ni yutgan sovriningiz adashmasam pul edi.
Jimin: juda qiziquvchan qizsan Jeyong, shuni bilasanmi?
Uning aytgan so’zlaridan ko’zlari moshdek ochilib ketdi. O’tirgan divanidan turgan yigit qadam bosib yonimga kelar ekan kreslo chetini maxkam siqib unga savol berdim.
Jeyong: ismimni bilasizmi?
Jimin: bu bizning birinchi uchrashuvimiz emas. 18yoshli universitet talabasi bo’lgan Hanlar oilasining yagona qiz farzandi.
Uning gaplarini eshitib chindan ham taajjub ostida qolib ketdim. Men va mening oilam haqida u qaydan bilishi mumkin? Hayolda qolganimda yuzimga yaqinlashgan Jimin qaddini egib ko’zlarimga tikildi. Nafas olishim to’xtab qolgudek o’pkamdagi havoni chiqarishga qiynalganimda qo’rquvni tanamda his qildim. Bu yigitdan chindan hayiqganimga ishongim kelmayotgan edi.
Jimin: gaplarimdan hayratlandingmi? Yuzing oqarib ketganidan qo’rqding degan tushunchani sezyapman lekin.
U yanada menga egildi. Tilim aylanmay qoldi. Nima deyishni ham bilmayotgan edim.
Jeyong: aslida men sizni kuzatyapmanmi yoki siz meni?
Jimin: bu shunchaki qiziqish edi mittivoy. Haqiqiy kuzatuv nima ekanligini hali bilmaysan.
Lablarimga nigohini olib o’tgan yigitning barmoqlarini ularda sezdim. Kaftimdan olingan segaret donasiga qaraganimda Jimin uni allaqachon yerga tashlab oyoqlari bilan ezg’ilaganini ko’rdim. U nega bunday qildi? Qorachiqlarimni unga qaratar ekanman erkak kishining atir hidini bog’zimgacha his qildim.
Jimin: shu bilan birga aslida kim ekanligimni ham tushunganing yo’q. - yanog’imni silagan uning bosh barmog’i labimning pastki qismiga qattiqroq teginib iyagimni ushladi, - seni ogohlantiraman kichkintoy…yana shu uchrashuvlar davom etsa, uning natijasi albatta ikkimizdan birimizga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Jeyong: bu bilan nima demoqchisiz? Nimaga shama qilayotganingizni tushunmadim Mr. Park?!
Boshini pastga qaratib kulayotgan yigitning ovozi borgan sari asab tolalarimni uzayotgan edi. Nega u bunday gaplarni aytyapti? Buning hammasi mastlikdanmi?
Jimin: qiziquvchansan Jeyong. Juda ham. Mana shu qiziqishlar ortidan keladigan voqealarni o’ylab aytayotgan gaplarim senga anchagina tegishli. Chunki men bir marta uchrashgan qiz bola bilan qayta ko’rishmayman. Lekin sen….har qadamimda ko’zlarimiz to’qnashyapti. Bu tabiiy hol emasligi uchun ham gaplarimni yaxshilab o’ylab ko’r.
Yanog’imni silagan kaftini yuzimdan olgan yigit mendan nigohini uzmay qayta divaniga o’tirdi. Nima bo’lganini xatto anglay olmayapman ham. U juda sirli, gaplarini esa tushunib bo’lmas edi. Negadir vaqt o’tgan sari bu yerdagi bosim menga noqulay bo’lib o’rnimdan turdim. Jiminga yana bir bor ichkilik uchun tashakkur bildirar ekanman sumkamni olib xonadan otilib chiqdim. Tez-tez yurganim uchun ortimga bir necha marotoba qaradim ham. O’zim anglay olmayapman, nega undan qo’rqyapman o’zi? Yoki bu cho’chish emasmidi? Binodan chiqqanimdan so’ng baland imoratga so’nggi bor qaradim.
Jeyong: sen chindan ham sir-asrorga to’la insonsan Park Jimin!

*
Soat tungi 02:23. Allaqachon yarim tun. Havo bugun biroz salqin bo’lganligi bois derazasini ochib quygan qiz xonasiga shabadani kirgizyapti. Yotoqda ko’rpaning ostida telefon ekranining yorug’i devorga tushib turibdi. Internet tarmoqlariga kirgan qiz ancha oldin o’qimoqchi bo’lgan rasmli hikoyasini topishga urunar ekan bir necha kanallarda a’zo bo’lib yana qidirishda davom etdi. U soatga gohida qarab qo’yar, hali beri uxlashni hayoliga ham keltirmay izlayotgan narsasini topishga harakat qildi. Ahiyra o’ziga kerakli bo’lgan rasmli hikoyani ko’rganidan keyin o’sha kanalga so’rov yuborib, biroz kutdi. U ancha vaqt sevib kelayotgan va kutgan asari vanihoyat chiqqanidan sevindi. Ko’rpasini ochib salqin havoni yuziga urgan qiz xonasi anchagina sovub ketganini sezib o’rnidan turdi. Ochiq qolgan derazasini yopar ekan ichish uchun suv olib kelishni o’ylab xonasidan chiqdi. Avval atrofni tekshirgan Jehan qavatda hech kim yo’qligini sezgach, zinalardan pastladi. Oshxona tomonga qarab yurayotganida telefoniga kelgan o’tkizilgan qo’ng’iroq uning e’tiborini tortar ekan notanish raqam unga mana shu tun yuborgan habarning ketma-ket bu uchinchisi edi. Chuqur xo’rsingan qiz bunga ahamiyat bermay telefonining chekkasini bosib, uni o’chirdi. Oshxonaga kirgan Jehan stakanga suv olib uni ichish tenggi ochilgan eshikni eshitdi u. Ortiga qarab qadam tovushlarini sezganida qo’rquv uning tanasiga o’rmaladi. Qoshlari chimirilib kim kechasi kelishi mumkin ekanini bilmay u kaftidagi stakanni joyiga qo’yib, o’rniga tovani oldi. Yana yurib kelayotgan chalkash qadamlar qizni sergaklantirib, qo’lidagi oshxona buyumini qattiqroq ushlashga majburladi. Kutilmaganda eshikdan kirib kelgan yigit oshxonaning chirog’ini yoqar ekan qo’lidagi tovani baland ko’targan Jehan tanish bo’lgan yuzdagi insonni ko’rib nafasini ichiga qaytib ketdi. Jungkook boshiga kelib tushishga bir soniya qolgan qizning qo’lidagi oshxona anjomiga qarab qoshlarini chimirdi.
Jungkook: nima qilyapsan?
Jehan: shunaqa ham odamni yuragini yorasizmi? Ovoz chiqarib kelsangiz bo’lmasmidi? - hansirash to’nda gapirdi u.
Jungkook: bu uyda faqatgina sen yashamaysan.
Jehan: yarim kechasi qayerdan kelishingiz mumkin?
Jungkook: senga nima?
Qizning savolini ahamiyatsiz qoldirgan yigit beparvolarcha yurib kelib muzlatkichdan suv olib ichdi. Jehan unga endi e’tibor bergan bo’ldi. Yigitning harakatlari avvalgidek emas. U biroz tik oyoqda tura olmay, chalkashib ketayotgan edi. Spirtli ichimlikning o’tkir hidi qizning oldigacha kelganida u yuzini boshqa tomonga burdi.
Jungkook: o’zing yarim kechasi bu yerda nima qilyapsan?
Jehan: sizga nima?
Tengma-teng xuddi udek javob qaytargan qizni ko’rib lab uchida kulgan yigit gavdasini ko’tardi. Shunda Jehanning ko’zi uning ko’ksiga qaratilar ekan faqatgina jensi kostyumning o’zida bo’lgan yigit ichidan hech narsa kiymaganiga guvoh bo’ldi. Uning ikki shishgan ko’krak qismi va keng mushaklari yaqqol kiyimidan bilinib turibdi. Avval uni hech bunday ahvolda ko’rmagan qiz og’ir yutunib Jungkookning ko’ziga qarashga botina olmadi. Olib qochayotgan qorachiqlarni sezgan yigit ko’zlarini qisgan holda qizga yaqinlashar ekan ortga tashlangan qadamlardan so’ng u yanada oldinga harakatlanishni xohladi.

Tipa wunaqa🌚

Yuzim pastga qaratilgan. Qarshimda turgan yigitning ko’zlariga to’qnash kelishni istamay atayin boshimni quyi egsamda bu nega men tomonga bunchalik bosdirib kelayotgani qiziq. Nigohim pastda bo’lganligi uchun uning tanasidan ajralib turgan bo’laklarni ko’rib nafas olishdan to’xtab qoldim. Yo Xudo! Men erkak kishining yalang tanasini birinchi marotaba ko’rib turushim edi. Tezroq bu yerdan ketishni istab qadam tashlamoqchi edimhamki, devorga tirilgan tanam sabab yurish endi imkonsiz bo’ldi. Ko’zlarimni asabiylikdan yumib oxiri uning qorachiqlariga qarashga majbur bo’ldim.
Jehan: masofasini saqlagan holda, yo’limdan qoching!
Gaplarimdan so’ng lab uchida kulgan yigit yanada yuzimga yaqinlashib gapirdi.
Jungkook: xo’sh, sendan uzoq turmasam nima qila olasan qizaloq?!
Tashlangan keyingi bir qadam va oramizdagi masofa yanada qisqardi. Endi alkagol hidi chindan ham o’tkirligini sezdim.

Lablarimni qimtab menga tik qaragan yigit tikilar ekanman borgan sari asab tolalarim uzilib, jaxlim chiqib ketayotgan edi. Nega uning oldida men qo’rqishim kerak? Qanaqa harakterim borligini hali bilmas ekansiz janob Jeon! Boshimni tik ko’targan holda o’rtamizdagi yaqinlikni men ham qisqartirdim.
Jehan: hoziroq yo’limdan qochasiz!
Jungkook: unday qilmasamchi?
Jehan: unda men ham o’zimga javob bermayman!
Tugatgan so’zlarimdan so’ng osmonga qarab kulib yuborgan yigitning bu qilig’i sabab ana endi chindan ham asabiylashdim. Nima u hozir meni ustimdan kulyaptimi? U bir qo’lini devorga suyagan ko’yi qaddini yanada egdi.
Jungkook: bu bilan menga ziyon yetkiza olishingga ishora qilmoqchimisan? Qanday qilib? Ikki yanog’ing qizarib ketganligiga qaraganda hozir mendan uyalyapsanmi? Nimaga? - yuzim qachon qizarganini ham bilmayman. Jin ursin nega aynan uning yonida bunday bo’ladi? Menga qaratilgan nigohini tanasiga ko’chirgan Jungkook jensi kostyumi ichidan ko’rinayotgan yalang tanasiga qarab so’ng lab chetida jilmaydi - istasang qulayroq muhit yaratib bera olishim mumkin senga.
Bu bilan u nima demoqchi ekanini tushunmadim biroq mendan biroz uzoqlashgan yigit butunlay egnidagi kostyukni yechib tashladi. Ming lanat! Bu nimasi?!

Ko’zlarizni uzib uzib qarela!

Qarshimdagi yigitning yalang tanasi shundoq menga yaqin turgan edi. Kiprik qimirlatishga ham jim qolib sukutni saqlab turgan edim. Uning bunday harakatini umuman kutmagan rost. Shu sababli ham taajjubda qolganimni ko’rib u menga qayta egildi.
Jungkook: endi bu sen uchun noqulay emasmi?
Quloqlarimga kirgan so’zdan so’nggina boshimni ko’tarib bo’yi mendan anchagina baland bo’lgan yigitning yuziga qaradim.
Jehan: uyatsiz! Qoching yo’limdan!
Jungkook: shoshma, sen hozir yalang ko’ksimni ko’rib turib meni uyatsizga chiqaryapsanmi? O’zingni endi erkak kishining tanasini ko’rgandek tutma.
Jim edim. Uning qanday fikrlashi menga umuman qiziq emas. Hozir aytayotgan gaplarini ham ahamiyatsiz qoldirishni istab shunchaki ketmoqchiman. Hech qanday emotsiyasiz unga tikilib turar ekanman kulayotgan lablari birdan jimib qoldi uning. Qoshlari uyulib devorga qo’lini tiragan vaqti menga ham hayrat ham jiddiy ohangda gapirdi u.
Jungkook: chindanmi? Yigit kishining tanasini 18ga kirib hali hech ko’rmaganmisan?
Og’ir yutunib nima deyishni ham bilmadim. U bilan gap talashishni istamadim to’g’risi. Sukut ichida qolgan atmosferani telefonimning jiringlashi buzdi. Yangi habar kelganligi haqidagi tovush butun oshxonga eshitildi. Mendan oldin Jungkook telefonni qo’liga olar ekan bu yana o’sha insondan kelmaganligiga o’tinib uning qo’lidan telefonimni yulib oldim. Bunday keskin harakatimdan qoshlari yanada uyulgan yigit men tomonga yaqinlashdi. Telefon ekranini yoqganimda, ming afsuslar bo’lsinki yana men istamagan raqamdan o’tkizib yuborilgan chaqiruvni ko’rdim. Bu meni tinch qo’yadimi o’zi yoki yo’qmi? Yuziga tundlikmi saqlagan holda yonimga yaqinlashgan yigitning qorachiqlari telefonimga qaratilganini ko’rib uni o’chirdim. Tezroq bu yerdan ketishga chog’langan vaqtim eshikka qarab yurar ekanman bilagimdan changallab olgan kaft meni joyimdan to’xtatdi.
Jungkook: kimdan habar keldi?
Jehan: tushunmadim? Sizga buning nima ahamiyati bor?
Jungkook: yarim kechasi kimdan qo’ng’iroq kelishi mumkin senga Jehan?!
U birinchi bor ismimni aytdi. Chindan ham hayratdaman. U ilk bor menga ismim bilan murojaat qilganidan taajjubda edim. Bu tushmi? Qarshimdagi Jeon Jungkook nahotki shu inson? Uning o’lim nigohlari va chimirilgan qoshlarini ko’rib o’pkamdagi havoni chiqarib yubordim. Yana bir telefonimni jiringlashi sabab qo’limni siltalagan edim undan qutulishga muvaffaqat bo’ldim. Ekranda ko’ringan habardan so’ng tishlarim orasida so’kinib menga emas aksincha telefonimga qarayotgan yigitga ko’zim tushdi.
Jungkook: menga ber telefonni!
Jehan: hech qachon! Men sizning hayotingizga aralashmaganim uchun siz ham menikiga qiziqmay qo’ya qoling janob Jeon!
Unga tez-tez gapirib tashlab, oshxonadan chiqib ketdim. Zinalardan yuqoriga chiqar ekanman eshik tomondan kelgan haqoratli so’zlat ketma-ketligini sabab tezroq xonamga yetib kelishni istadim. Kirishim bilan eshikni maxkam yopib, hozirgina ro’y bergan hodisalarni o’ylaganimda qandaydir titroqni sezdim. Telefonim ekranini qayta yoqar ekanman meni bunday ahvolga solishga majbur qilgan habar va uni jo’natgan insonni la’natladim.

::Keyingi qismda::

- bu yerga tunda kelish uchun juda ham yoshsan Han xonim - devorga tiralgan tanam sabab ortimga qadam tashlashim cheklangan edi.
*
- marazsiz! Inson qiyofasidagi shayton! - so’zlarimdan so’ng lab chetida kulgan yigit yanada meni devorda qisib borayotgan edi. Bilagimni ushlagan kaft esa qattiqlashganini sezdim.

~
Yoqimli mutolaa~
Author: Kim Jehan Titania