𝐅𝐎𝐑𝐋𝐎𝐑𝐍 | 𝐄𝐏-𝟑
Yalang oyoqda bezori yigitlar qarshisiga chiqqan qiz ichidagi qo’rquvni ularga sezdirib qo’ymaslik uchun boshini baland ko’targancha turibdi. Barzangi yigitlarning bir nechtasi unga boshdan oyoq qarab chiqar ekan qizning kalta yubkasi va chiroyli yuziga suxlanib qarab qo’yishdi. Devor tomonda turgan Jimin ularning shahvoniy kulishlari bilan birga hirsga to’lib kelayotgan nigohlarini payqagach lablarini qimirlatib shivirlagan holda so’kindi. Umuman aralashishi kerak bo’lmagan vaziyatga tushib qolgan Jeyongni tezroq bu yerdan olib ketish kerakligini sezdi u. Hayolida bu yerdan qanday qutilish yo’lini izlayotgan yigitning nigohi qo’liga temir tayoq ushlab olgan barzangini so’zlaridan so’ng o’sha tomonga qaradi.
- bu kichik xonim kim bo’ldi?
- juda ofatijon ekanmi?
Uning yonida turgan yana boshqa bir qora tanli shaxs yigitning so’zlariga qo’shildi. Yuzlarga olingan jirkanch tabassumlar. O’zi tomonga tashlangan qadamlardan so’ng ortiga biroz tisarilab ketgan Jeyong ko’zlarini devorda turgan Jiminga bir qaratib qo’ydi. Boshqa bezorilar ham qizning tana shakliga qarab pastki lablarini tishlagan holda unga yaqinlashishdi.
- yana bir qadam yaqinlashsang umringni qamoqda chiritaman!
Qo’lini o’ziga qarab yurib kelayotgan yigitga bigiz qilib gapirdi qiz. Bunday quruq tahdidlardan so’ng yaqqol qo’rqayotganini sezdirib qo’ygan Jeyong qo’lida turgan telefonini yoqib politsiya raqami terilgan ekranni ularga ko’rsatdi. Battar kulguga berilgan yigitlardan biri unga yaqin turgani bois qizning mobil telefonini qo’lidan tortib olganida uni yerga qarata uloqtirdi. Singan tovush.
- biroz o’ynashishga nima deysan qizaloq? - Jeyongni atrofida aylangan holda uning quloqlari yonida pichirladi yigit.
Jeyong: daf bo’l!
- xaxa, demak qaysar mushukchaman degin?! - sochlarini silab gapirdi u.
- hoy, David. Sendan so’ng men. Tezroq bu qushchani tatib ko’rmoqchiman. Ishni tezlashtir.
Lab chetida shahvoniy tabbasum qilgan amerikalik yigit tillarang sochlarini ortga taragan holda qarshisidagi qizning tanasi tomon yaqinlashdi. Barmog’i bilan uning soch tolasiga tegar ekan boshini ortga olmoqchi bo’lgan Jeyongni iyagiga chang soldi.
- tshshsh, nega buncha o’zingni olasan?
Jimin: unga tegma! Masalaga qayt. Bu qiz bilan men tanish ham emasman. Begonalarni aralashtirma.
Jiminni gaplaridan so’ng boshini qimirlatib labini burgan yigit yana yonidagi qizning chiroyli yuziga qaradi.
- Mr. Park bilan o’rtangda chindan ham hech nima yo’qmi?
Jeyong ko’zini devor yonidagi yigitga qaratgandan so’ng keskin rad etdi.
Jeyong: yo’q!
- unda nima uchun bu yerga kelganingni maqsadi ayon. Sababi bitta! Ko’cha qizlarini bunday vaqtda faqatgina tungu kapalak vazifasini bajaradi.
*Yonimga yaqinlashayotgan yigitdan qochishni xohlayapman ayni dam. Nigohimni Jiminga qaratganimda uning qo’li musht holatga kelganini ko’rdim. Lekin hamon jim edi. Yuzini hissizlik qoplab olgan. Nega ham uni kuzatib shu yergacha keldim o’zi? Uni himoya qilmoqchi bo’lib men shu bezorilar qarshisiga chiqibman-a?! Aslida o’zim tentakman, jin ursin! Yuzini lablarimgacha olib kelgan yigitni o’zimdan itarganimda belimdan quchib olgan ulkan kaft sabab qichqirishga o’tdim.
Jeyong: qo’yvor iflos!
Qanday qilib tipirchilaganimni va harakat qilib uning yuziga tarsaki tushurganimni bilmayman. Qo’rqib ketganim uchun o’zimni himoya qilishim kerak edi. Ortimga tisarilib ketganimda bu safar shahvat o’rniga yuziga g’azab olgan yigit yana men tomonga yurib kelishni boshladi.
- sen foxisha…
U ham menga qo’lini ko’targanida yuzimni pastga qaratib o’zimni ortga olishga urundim. Biroq men kutgan ish sodir bo’lmadi. O’rniga haligi yigitning ingrash bilan chiqqan so’kingan tovushi va qo’limdan tutgan kaft sabab oyoqlarim qayerlargadir chopib ketayotganini sezdim. Barchasi birdan sodir bo’ldi. Butunlay qora rangga burkanib olgan yigit qo’limni maxkam ushlagan holda meni o’zi bilan birga yugurtirishga majbur qilayotgan edi. Ortimga bir qarab qo’yganimda bizni quvayotgan o’sha amerikalik va koreys aralash yigitlar qo’lidagi temir tayoqlarni o’qtalib chopishayotgandi.
Menga shilqimlik qilgan David ismli yigitga nigohim tushganida uning boshida oqayotgan qonni ko’rib seskanib ketdim. Buni Jimin qildimi?
Jimin: tezroq yugur!
Ortga qarab hayol surib qolgan ko’rinaman kaftimni ushlab olgan yigit qo’limni bir siltalab o’ylarimdan meni olib chiqdi. Vaziyat jiddiy ekanligiga amin bo’lib men ham uning qo’llarini yaxshilab ushlab oldim. Bor kuchim bilan yugurishni davom etyapman. Jinnilikka o’xshaydi. Chindan ham yana men u bilan birga bezorilardan qutilish uchun yugurmoqdaman. Nega yana bunday uchrashuv? Boshqa vaziyat emas, ayni tunda…yana bizni taqib etayotgan yigitlardan qochayapmiz?! Oyoqlarim yalang bo’lgani uchun tovonimga botib ketgan toshlarga ahamiyat ham bermay u bilan tengma-teng qadam tashlayotgan edim. Jimin meni yana qayergadir olib ketayapti…lekin bu hozircha menga noma’lum. Chunki bu xattoki o’tgan safar kelgan ko’chalarimiz ham emas edi. Ortimizdan kelayotgan erkak tovushlari bora-bora pasayotgan mahal u meni bir bino ichiga tortib ketdi. Atrof qorong’u bo’lganligi uchun bu yerlarni yaxshi taniy olmadim. Kirgan binomiz tashlandiq ekanini sezyapman. Yoki hali qurib bitilmagan imorat edi bu. Binoning birinchi qavatidagi allaqaysi xonaga o’zi bilan meni kirgazgan yigit tanamni devorga suyab, bir kaftini lablarimga bosdi. O’zi esa xona ichidagi hali oynasi ham yo’q bo’lgan derazaga qarab turgan mahal ikkimiz ham faqatgina hansirab nafas olayotgan edik. U ham men ham jim edim. Sinchklab atrofni chamalayotgan Jimin hammasi joyida ekanligini sezdimi bilmayman nigohini menga qaratdi. Oyning xira shulasidan ko’rinayotgan juft qorachiqlar. Uning tiniqligidan xattoki aksimni ham ko’ra olayotgan edim. Jin ursin! Nega oramizdagi masofa bu qadar qisqa bo’lsa-da, bir-birimizdan haligacha ajralmayapmiz? Tiniq yuz, qoshining chekkasidagi biroz yorilish, shishgan lab va mana shu labning pastki qismidagi yara…u shunaqa ko’p kimlar bilandir muammoga uchraydimi? Hansirab olayotgan nafasi yanog’imga urulib oyoq uchimgacha seskantirib tashlagan vaqtda kipriklarimni pir-piratib, yumib ochdim. Shundan so’ng sekinlik bilan lablarimdan kaftini olgan Jimin ko’zlarimga tikilgancha qolaverdi. Yana bir necha soniya va mendan uzoqlashgan yigit. U ust-boshini qoqib, sochlarini tartibga keltirdi. Men ham o’zimni biroz to’g’irlash maqsadida sochlarimni yig’ib oldim. Kiyimim yoqasini tartibga keltirdim.
Jimin: nega meni ta’qib qilib yuribsan? - ancha vaqtdan so’ng gapirdi u. Men ham o’zimga qaratilgan ko’zlarga termulgan holda avval qanday javob berishin haqida o’yladim.
Jeyong: sizni kuzatyapti deb kim aytdi? Men shunchaki o’sha ko’chadan o’tib ketayotgan edim va sizni ko’rib qoldim.
Jimin: unda nega aralashding? Ahmoqlar deb nima uchun o’zingdan o’zing ularni haqoratlaysan?
Jeyong: jimgina ketishim kerakmidi nima?
Jimin: ha! Bunday qiziqish va tez qaror qabul qilganliging sabab sen ham muammo aralashyapsan! Ming la’nat ular seni yuzingni ko’rdi.
Yonidagi temir idishni oyog’i bilan tepgan yigit sochlarini ortga tarab, nimalarnidir shivirlab so’kayotganini sezdim.
Jeyong: menga baribir..hech kimdan qo’rqmayman. Shu vaqtgacha barchaga yetarlicha o’rnini bildirib qo’yganman va bundan so’ng…
Jimin: o’chir ovozingni! - birdan baqirib yuborgan yigitning tund va daxshatli qorachiqlari menga qaratildi. Turgan joyimdan bir sakrab tushdim uning baland ovozi sabab. Yonimga shiddat bilan kelib oramizdagi masofani yana maksimal darajada qisqartirdi. - kibrli xonimcha bo’lish bu yerda o’tmaydi. Nimalarga aralashib qolayotganingni xattoki tasavvur ham qila olmaysan.
Yuzimga yuzini yaqinlashtirgan Jimin ko’rsatgich barmog’ini bigiz qilib menga gapirdi. U nega bunchalik qo’pol bo’lishi mumkin? Har bir aytayotgan so’zi sovuq va nafrat sachrab turgandek edi. Uning gaplarini tushunmadim ham. Qanaqadir muammoga aralashish va aytgan bosimli so’zlariga chindan ham tushunmagan edim.
Jeyong: men sizga yordam berdim. Agar bormaganimda o’sha bezorilar sizni temir tayoqlari bilan o’ldirib yuborishar edi.
Jimin: senga nima? Umuman, nega o’zing bilmagan ishlarga aralashasan?
Jeyong: bu odamiychilikka kiradi janob Park. Har holda men menga qilingan yaxshilik uchun kimnidir urshib tashlamayman, unga tahdid qilib!
Jimin: yordam? Men sendan buni so’ramagan edim. Sen aslida vaziyatni yanada chigallashtirding!
Jeyong: yo Xudo, bu yigitni aytayotgan gaplarini qaranglar?! Shunda ham o’zini aytgan so’zini ma’qullaydi. Bu nimasi?!
Uning aytgan gaplaridan asabiylashib gap bilan ham bu yigitni fikridan qaytarib bo’lmasligiga yana bir bor amin bo’ldim. Men qandaydir yo’l bilan bo’lsa-da, undan uzr so’rash yoki tashakkur kutgan edim. Hafsala bilan boshini yerga qaratib, ikki qo’lini ko’ksiga bog’lagan holda asabiylikdan oyog’imni tez-tez qimirlatdim. U har bir harakatini kuzatayotganini sezib turibman. Buni payqash qiyin emas edi. Ko’zimni bir unga qaratib olganimda hech qanday o’zgarishsiz hali hamon menga hissiz boqib turgan Jiminni ko’rib bu yerdan tezroq ketishni xohladim. Biroq qorong’ulik sabab oyoq ostini ham ko’ra olmayapman. Yiqilib ketishdan qo’rqib avaylab qadam tashlab ko’rdim. Atrofda to’la taxta va qandaydir temir uskunalar bor edi. Sement hidi anqib turibdi. Yana bir qadamdan so’ng tovonim qirrasi o’tkir bo’lgan temirga tegib ketdi. Og’riqdan yuzim burushib biroz ingraganimda menga qarab yurib kelayotgan insonga ko’zim tushdi. U hech nima demay qo’limdan tutdi-yu, xona ichida olib chiqib ketdi. Bu joylarni u anchagina yaxshi biladi. Buni shunday qorong’ulikda ham umuman adashmay xonadan chiqib olganimizdan so’ng bildim. Tashqarida ba’zi chiroqlar yoniq bo’lgani bois ana endi ko’chalar ko’rinayapti.
Jeyong: sizga endi yordam berib bo’pman! Hech qanday rahmat ham eshitmadim.
Jimin: chunki bunga arzigulik hech narsa qilmading.
Jeyong: bezorilar…
Jimin: ularni o’zim ham tinchita olar edim.
Hech gapdan qolgisi kelmaydi-ya?! Hech bo’lmasa qiz bola deb bir marotaba yon bossa bo’lar edi. Qo’llarim hamon ko’ksimda edi. Boyagina kelgan yo’limizga termulib shu yerda yana ortga qaytishimni o’yladim. Buvam meni aniq o’ldiradi.
Jimin: boshqa hech qachon menga qanaqa vaziyatda bo’lsam ham yordam berma. Va yana mening ishlarimga aralashma. Bo’lmasa buning oxiri sen uchun yaxshi yakun topmasligiga kafolat beraman!
Qulog’imga kirgan shu so’zlardan so’ng u ham men ham o’z yo’limizdan kettik.
*
Universitetning bog’i. Peshin bo’lishiga qaramay ba’zi student yigit va qizlar ana endi o’qishlariga kelishayotgan edi. Bir-biriga tinmay qanday brendli kiyim harid qilgani va sevgan yigiti bilan qanday kecha o’tkizganini hech uyalmay pichirlab aytishayotgan qizlarni kuzatib o’tirgan Jehan ijirg’anib ulardan yuzini o’girdi. Yana bir necha daqiqa vaqtdan so’ng auditoriya kirib kelgan dugonasiga ko’zi tushgan mahal yengil nafas chiqarib yonidagi bo’sh stulga o’tdi. Eshikdan kirib kelgan qiz yo’l-yo’lakay ba’zi qizlar bilan ko’rishib Jehanning joyidan o’rin topdi.
Jehan: nega bunchalik kech qolding? Buvang ketayotganingda taziringni bergani aniq.
Jeyong: asti qo’yma. Kechasi yaxshi uxlay olmaganim uchun boshim yorilib ketay deyapti.
Jehan: tinchlikmi?
Jeyong: hozircha ha…o’qituvchi kirmadimi?
Jehan: halicha yo’q..
Telefoniga bir nazar tashlab qo’ygan qiz erta tongda kelgan xabarlarga yana bir bor ko’z tashlab qo’yib xo’rsindi. O’tkizib yuborilgan chaqiruvlar. Ismini ham eshitishni istamagan odamidan har kuni xabar va qo’ng’iroqlarni qarshi olayotgan qiz telefonini qayta o’chirib butunlay boshini stolga qo’ydi. Uni kuzatib turgan Jehan dugonasiga qanchalik qiyinligini tushungan holda ham uning yelkasiga qo’lini qo’yib siladi. Uning bunday harakatlariga erib ketadigan Jeyong yuziga nim tabassum olib ko’zlarini yumdi. O’zi xoxlamagan insonga turmush qurish albatta achinarli holat. Jehan hali bunday vaziyatga duch kelmagan bo’lsa-da, shunday ahvolga tushib qolishdan cho’chir edi. Uning hozirgi hayotida chunki yetarlicha muammo bor. Ikkala qizning ham aslida yashayotgan umri havas qiladigan darajada emas. Boylik, shon-shuhrat bilan odam baxtli bo’lmasligini mana shu hodisalardan so’ng ham bilsa bo’ladi. Jehan bilan Jeyong mana shu universitetda bir-birlarini tanishdi. Faqatgina zodagon oilaning farzandlari uchun biriktirilgan bunday ta’lim muassasida qizning bo’lajak turmush o’rtog’i Xvan Seung ham o’qib, allaqachon bitirgan. Asosan bu universitetni homiysi Xvan va Jeonlar oilasi. Qizning buvasi yanada o’zining qudratini oshirish va hamkorlik uchun ham Seungni otasi Janob Xvan bilan quda bo’lishni kelishgan. Janob Jeon esa o’g’lini ham shu yerda o’qitgani uchun o’gay bo’lsa-da, Jehanni ham shu joyda ta’lim olishini xohladi.
Jehan: nega ularga qarshi chiqa olmaysan Jeyong? Seungni yoqtirmaysan…hech bo’lmasi u bilan kelishib bu nikohni to’xtatsangchi?
Xo’rsingan holda ko’zlarini ochgan qiz qaddini ko’targan bo’lib bir nuqtaga qaragancha so’zladi.
Jeyong: urunib ko’rdim Jee…Seung bu to’yga qarshilik bildirmasligini ochiq oydin aytgan menga. Buvam hali bo’lishga ulgurmagan to’y uchun meni shunchalik siquvga olyapti. Endi o’zing o’yla…bu nikohni buzishga asl sababchi men ekanligimni bilsa qanday ahvolga meni solishini o’ylab ko’r, - lablarini qimtib dugonasidan yuzini burgan Jeyong derazaga qarab gapini davom ettirdi - hayotimni do’zaxga aylantiradi. Seung bilan oramizni buzsamda buvam meni albatta boshqa bir boyning arzandasiga beradi. Ular uchun mashhurlik va obro’-e’tibor inson hayotidan ko’ra muhimroq. Kimningdir ko’ngliga qarash esa sariq chaqadek gap.
Ikki qiz ham jim qoldi. Turli dunyoda yashayotgan bo’lishsa-da, ikkisining ham umri boshqa birovlarning qo’lida. Qo’liga telefonini olib asarini qolgan joyidan yozmoqchi bo’lgan qiz avval biroz rasmli hikoya o’qish uchun saytlarga kirdi. O’ziga yoqqan asarini topganidan so’ng ekranida chiqqan chizilgan yigitning rasmiga qarab jilmaygan qiz pastki labini tishlab uni mutolaa qilishni boshladi. Har bir ko’z yugurtirayotgan voqealari u uchun yanada qiziq tuyular, ekrandagi yigit va qizning o’rtasida bo’layotgan hodisalarni esa sevib o’qiyotgan edi. Dugonasining telefon ekraniga ko’z tashlab qo’ygan qiz xiringlab kulgancha uning biqinidan chimchiladi. Jeyong: hali ham ularni o’qishni tashlamadingmi?
Jehan: men allaqachon bularga bog’lanib bo’lganman. Hayotimning bir qismi desam ham bo’ladi. Boshqa olam va turli hodisalar.
Jeyong: xuddi shunday janrdagi romanni o’qib ko’rsangchi. Ko’zingni charchatyapsan.
Jehan: bu kitobdagidan farq qiladi Jeyong. Umuman. Qorong’u romantikali romanni o’qib ko’rishga urundim. Menga ba’zilarni yoqgan bo’lsa-da, ular buchalik meni o’ziga tortmagan, - telefon ekranida paydo bo’lgan rasmli asarni ko’rsatdi qiz unga. - qolaversa, so’nggi ishlardan so’ng men ular uchun ko’p vaqt ham ajrata olmayapman.
Jeyong: senmi? Jehan kechqurun soat ikkida ham internetda o’tirgan eding.
Jehan: m..men shunchaki uyg’onib ketgan edim va biroz ijtimoiy tarmoqlarga kirdim. Bularni o’qiganim yo’q.
Tez-tez gapirib tashlagan qiz o’zini ochiq oydin ko’rsatib qo’ygandek stol ustidagi narsalarni o’zicha to’g’irladi. Yolg’on gapirishni umuman eplay olmaydigan dugonasini kuzatib turgan qiz lablarini qimtib kulgusini bildirmaslikka harakat qilgan ko’yi boshini pastga qaratdi. Telefonini o’chirib qolgan davomini keyinroq o’qishni rejalashtirdi. Biroq unga kelgan keyingi habarni ochib ko’rgan Jehan yuzini tezda o’zgartirdi. O’qituvchi audotoriyaga kirishi bilan hamma birdan o’rnidan turib tazim qilishar ekan hali hamon o’tirgan stolida qotib qolgan qizga Jeyong hayrat bilan qaradi. Tezda stuliga o’tirgan qiz dugonasining telefonini qo’liga olib so’nggi habarni o’qib ko’rdi. Ko’zlari kattalashib ketgan mahal Jehan tomonga taajjub va qo’rquv bilan qarab jim qoldi.
Jehan: ming la’nat….u yana Seoulga qaytdi, - qo’rquv bilan shivirladi u.
Jeyong: sen uni qora ro’yxatga kirgiz nomerini.
Jehan: shu bilan meni topolmaydi deb o’ylasanmi? U hayvonni o’zi! Jahannamda yonib kul bulgur nega yana qaytdi? Qanday qilib???
Boshini ushlab turli o’ylarga ketgan qizning ko’z oldiga bir yil oldingi voqealar kelaverdi. Achinarli va qo’rqinchli o’tmish…
*
Qo’rquv va ming o’y bilan universitetdan chiqqan qiz o’ziga biriktirilgan mashinani darvoza yonida kutib oldi. Har yerga alanglayotgan vaqti u telefoniga qarab qo’yish bilan birga mashinaga chiqdi. Haydovchi avtomobilni harakatga keltirib universitetdan uzoqlashish tenggi uni katta yo’l tomonga burdi. Asabiylashgani uchun tirnoq etini shilib tashlagan qiz so’nggi bor kelgan habarlarni qayta-qayta o’qib chiqdi. Kontaktda mavjud bo’lmagan raqamdan kelgan habarlar ketma-ketligi va ularning hech qaysi biriga javob bermagan qiz. Har bir yozuvda bor bo’lgan tahdid va qo’rqitishlar. Ahloqsiz so’zlar bilan yozilgan habarlarning hammasi javobsiz qolgan. Jehan yetmishga yaqin bo’lgan raqamlarni qora ro’yhatdan qayta ko’rib chiqdi. Har begona raqamdan kelgan chaqiruvlarni bloklagan qiz yana boshqasiga duch keldi. U umuman kutmagan vaziyat tez orada sodir bo’lishi mumkin. Qiz mana shunday havotirda.
Jehan: qanday qilib bunchalik tez qutulishi mumkin?
Boshining og’rig’iga chiday olmay ularni qo’li bilan siqqan qiz mashinaning derazasi tomonga yuzini burdi. Quyoshning botish mahali ham allaqachon o’tib ketgan. Ko’chaning chiroqlari yongan vaqti ularning mashinasi uyning darvozasidan kirdi. Iloji boricha tezroq xonasiga kirib dam olishni istagan qiz eshikdan kirish oldi ko’rgan tanish avtomobil afsuski hali hamon uyning ichida edi. Nafratlangan insoning yuz tuzilishi uning hayoliga kelib yuzini burushtirgan Jehan qora rangdagi poygachilar mashinasiga tund qiyofa bilan boqdi.
Jehan: jin ursin, nega u bunchalik erta qaytdi?
Hafsala bilan eshikni ochib kirgan qiz uni ortidan berkitish tenggi atrofga nazar tashladi. Hech kim yo’q. Jimjitlik ichiga cho’kkan sokin uy ichini ko’rganidan so’ng u yengil nafas chiqardi. Baland poshnali oyoq kiyim qadamlarni bosgan mahal ovoz chiqarib qizning oyoqlarini zinalar tomonga yetakladi. Uchinchi qavaqtga chiqqan Jehan o’zining xonasiga kirib ketishidan oldin uning eshigidan ancha uzoqda bo’lgan xonadan chiqqan yigitni ko’rdi u. Telefonda kim bilandur gaplashayotgan yigit qiz uyga qaytganligini ko’rar ekan xonasiga kirib ketishga shoshilgan Jehanga qo’li bilan “to’xta” ishorasini qildi. O’zi esa telefonda hali hamon suhbatdoshi bilan gaplashayapti. Uning qo’l harakatidan so’ng ushlagan eshik dastasida barmoqlari qotib qolgan qiz shunchaki yigitni kuzatdi. Jungkook hali hamon qo’ng’iroqni yakunlash istagi yo’qmi yoki oyog’i toliga uchundir sabri yetmagan qiz uning gapini ahamiyatsiz qoldirib xonasiga kirib ketdi. Aytgan so’ziga parvo qilmayotgan Jehanni ko’rib g’azabga berilgan yigit telefon ortidagi insonga keyinroq yana qayta qilishini aytishi bilan uni o’chirib, qizning xonasi tomon qadam tashladi. Xonaga kirishi bilan avval sumkasini stol ustiga qo’ygan Jehan charchoqdan og’rigan bo’ynini uqalar ekan yotoqgan o’tirishidan oldin shiddat bilan ochilgan eshikni deb joyidan sapchib turdi. Qoshlari bir chiziqqa kelib unga tund qarash bilan tikilayotgan Jungkookni ko’rgan qizni yuzi o’zgardi.
Jehan: nega ruxsatimsiz xonamga kiryapsiz?
Jungkook: nima? - kulgu va asabiylikdan kuldi u. O’tirgan o’rnidan turgan qiz unga tik qarash bilan boqib turar ekan yigitning qadamlari to’g’ri yotoq yoniga qarab buruldi.
Jehan: nima uchun eshikni taqillatmay kirdingiz dedim sizga Mr. Jeon?!
Jungkook: o’zimni uyimga ruxsat so’rab kiramanmi?
Jehan: bu mening xududim. Men uchun biriktirilgan shaxsiy xona. Hech kim bu yerga ruxsatimsiz kirishga haqli emas.
So’nggi yana bir qadam va qizning yuziga yaqin kelgan yigit. Birinchi bor u Jehanga bu darajada yaqin turushi. Bo’yi deyarli o’zining yelka qismidan kelgan qizning boshiga qarab lab chetida kulgan yigit biroz qaddini egdi. Qoshlari uyulib, ortiga qadam tashlagan Jehan esa unga qarab turgan yigitga birdek tik boqdi.
Jungkook: men uchun bu ahamiyatsiz. Istagan ishimni xohlagan vaqtim bajaraman, - u qizni boshdan oyoq tekshirib chiqganidan so’ng yana ko’zlarni tutashtirdi. - nega to’xta deb imo qilganimda gapimga kirmading?
Jehan: bunga majburmanmi?
Bir-birining ketidan tinmay ta’qib etayotgan qorachiqlarning ikkisidan ham ayni damda nafrat va g’azab chaqnab turibdi.
Jungkook qat’iy turgan qizning ko’zlariga qiziqish bilan qaradi. Hech qanday qiz avval unga bu darajada yaqin turib tik boqmagan va eng asosiysi so’zsiz izmini bajargan. Biroq hozirda qarshisida turgan qiz nahotki unda cho’chimayapti? Asli Jungkookni qanday inson ekanigini bilmaydimi yoki butunlayga unga qarshi turish uchun harakat qilyaptimi? Ko’zlari qisilib yuzini uning yuziga egkan yigit bir qo’lini yotoq burchagiga tiragan holda qaddini egdi. U bilan tenggi ortiga tisarilgan qiz yotoqqa o’tirib qolgan vaqti ikki qo’li bilan tayanib qoldi. Bir-biriga tik qarab turgan nigohlar va olinayotgan nafas.
Jehan: hoziroq xonamdan chiqing! - yigitning yotoqqa tiralgan chap qo’liga qaragan holda unga murojaat qildi qiz.
Jungkook: o’zingga qiyin muhit yaratayotganingni nahotki sezmayapsan? So’nggi nuqtaga keltirishta majbur qilma meni…oqibati sen uchun yaxshilik bilan tugamaydi.
Jehan: siz va sizning xohish, tahdid va sabringiz men uchun qiziq deb o’ylaysizmi?
Boshini pastga qarata kulgan yigitning ovozi butun xona ichida tarqaldi. Shundoq kichik jussaning ustida deyarli turib qolgan ulkan tana unga yanada egildi. Miyig’ida kulgan ko’yi uning so’zlari, qolaversa uning o’zini pisand qilmayotgan qizning yotoqda turgan qo’liga tegindi u. Kaftiga tegkan barmoqlardan seskanib ketgan qiz qaltirayotgan oyoqlarini oshkor qilib quymaslik uchun jimlikni saqlab turdi. Uning qo’lida harakatlangan sovuq barmoqlar qizning bilagigacha yetib keldi. Yelkasidan o’tayotgan o’ynoqi qo’l qizning yeng qismiga kelganida biroz muddatga to’xtadi. Oq koftasi ichidan kiyilgan ichkiyim shundoq yigitning ko’zini oldi. O’sha tomonga ko’zlari qisilib qaragan Jungkook yutungan vaqti o’zida hirs uyg’onganligini sezdi. U ichidagi xohish to’lib kelayotgan mahal og’ir nafas olishni boshlab qizning ko’krak qismiga qaradi. Balog’at yoshidan o’tgan qizning to’lishgan ko’ksi sabab hirsiga berilib ketayotgan yigit qo’lini Jehanning bo’yniga olib bordi. O’zini yo’qotib qo’yishga oz fursat qolganida hayoliga kelgan narsa sabab birdan joyida to’xtagan Jungkook qarshisida turgan qorachiqlarga qaradi. Ko’zini yumib olgan qizning qo’rqayotganligi ochiq oydin namoyon bo’ldi. Titrayotgan lablar. U bunday qila olmaydi. Qizning nomusi bilan o’ynasha olmasligini yaxshi bilar edi. Bu nafaqat Jehanning nomusi balki butun “Jeon” familiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishini bilgan Jungkook shunchaki jim bo’ldi. Nima bo’lganda ham qiz uning o’gay singlisi. Qon bitta bo’lmasa-da, Janob Jeon uni butun mamlakatga “qizim” deb tanishtirgan. Asabiylikdan Jungkook qo’li turgan qizning bo’ynini qattiq qisdi. Nafas olishga qiynalayotgan Jehan ko’zlarini qayta ochib indamay turar ekan yigitning ko’zi yanada g’azabdan qizarib ketdi. Hech bo’lmasa unga qiz qo’yib yuborishini yolvorishi, yig’lashini kutyapti. Lekin uning mana shu xohishi ham boshqa tomondan bajarilmas, mutlaqo teskari harakat qilayotgan edi qiz. Sukut saqlab, og’riqqa chidayotgan qizning yuziga yanada egilgan yigit uning quloqlari tomonga borib qo’rqinchli shivirladi.
Jungkook: mana shu oilada yashayotganing uchun shukur qil! Chunki dadamning qarori sabab hali hamon yashab kelmoqdasan. Lekin esingdan chiqarma,- bir soniya sukut saqlab lablarini Jehanning qulog’iga botirdi u. - mabodo ichimdagi asl Jungkookni uyg’otsang, hayoting butkul o’zgarib ketadi. Men bilan yuzma-yuz kelganing uchun o’zingni la’natlaysan.
Siltalab qizni tomog’ini qo’yib yuborgan yigit uni yotoqqa itargan holda eshik tomonga qarab ketdi. Ko’zlari kattlashib ketgan qiz chuqur nafas olish tenggi holsiz bo’lib qolgan ko’zlari bilan Jungkookga qaradi. Yotoqda tinmay yutalib, havo yutishga qiynalib qolgan qizni sezgan yigit esa xonadan chiqish oldi so’nggi bor unga nigohini burdi. Bir qo’lini ko’ksiga qo’yib hansirab qolgan Jehan uning o’sha tund qorachig’i bilan qayta uchrashdi.
Jungkook: dadam erta tongda Amerikaga ketadi. Shunday ekan ana endi butunlay yolg’iz qolganingni anglab yet!
*
Mashg’ulotimdan chiqqanimda faqatgina tezroq uyga yetib olishni xohladim. Binoning darvozasida turgan men uchun biriktilgan mashinaga chiqib skripkani o’rindiqqa qarata uloqtirdim. Jonimga tegib ketdi bu musiqa! Tezroq o’sha la’nati bellashuv kelsa-yu, men bu sinovlardan qutilay. Tolib ketgan qo’lim va yelkamni uqalab atrofni tomosha qilib ketyapman. Seung bugungi tongdan so’ng boshqa menga qo’ng’iroq ham qilgani yo’q va habar ham hozircha kelmadi. Demak u allaqachon samalyotga chiqqan. Balki yetib ham kelgandur. Mashg’ulotimdan chiqishimni kutib turmagani uchun ham shukur. Uning yuzini ko’rishni istamayman. G’alati, lekin u mening bo’lajak turmush o’rtog’im…yana shu nikoh esimga tushishi bilan sumkamdan uzukni olib uni nomsiz barmog’imga taqib oldim. Har kuni shu ahvol. Uydan chiqishim bilan uni yashiraman, va oqshom tushishi bilan buvamning kesatiq gaplaridan nari bo’lish uchun ham yana bu uzuk barmog’imni egallaydi. Yara bo’lib ketgan qo’lim…skripkaning torlari juda ham qattiq tortilganligi uchun ba’zan ehtiyotkorsizligimni deb barmoqlarimni kesib olaman unda. Nafratdan paydo bo’lgan yaralar. Eski xotira va o’tmish. Hayol og’ushiga ketmoqchi bo’layotgan mahal telefonimga kelgan habar sabab uning ekranini yoqib, meni kim eslaganligiga qiziqdim. Yoqimsiz habar yoqimsiz insondan! Koreyaga yetib kelganini menga habar tarzda yuborgan o’sha Mr. Xvanning so’zlari e’tiborsiz qoldirib, unga javoban yozmadim ham. Tezroq uyga yetib olsam-u, bu kechgi ovqat boshlanib bu kun yakunlansa! Darvozadan kirgan mashina qo’rg’on eshigi yonida to’xtaganidan so’ng undan tushdim. Uyning ichkarisiga kirganimda mehmonxonada buvam bemalol qahva ichib o’tirganini ko’rdim. Akam ham uning yonida. Zinalardan tushayotgan oyimni ko’rishim bilan hamma allaqachon tayyor bo’lganiga guvoh bo’ldim. Boshimni biroz egib buvamga ta’zim qilganimda u menga yarim soat vaqtim borligini aytdi. Itoatkor qizdek hammasini tushunganim haqida gapirib xonamga chiqib ketdim. Yengil dushdan so’ng egnimga allaqachon tayyorlanib qo’yilgan libosni kiyar ekanman biroz yuzimga upa surib lab bo’yig’i bilan dudog’imga ishlov berdim. Xonamdan chiqib pastki qavatga tushganimda buvam o’tirgan divanidan turib eshik tomonga qarab yo’naldi. Shaxsiy mashinalarga chiqib kechlik uchun bron qilingan restoranga ketdik. Qo’l oyog’im tinmay qaltirayotgan edi. Yana bir noqulaylik. Yana o’sha insonni yuzini ko’rib, u va uning oilasi bilan bir dasturxon atrofida o’tirishga majburman. Ko’zlarimni ko’chaga qaratib tungi Seoulni tomosha qilib ketdim. Bormoqchi bo’lgan joyimizning masofasi anchagina qisqarib qolganini sezib titrayotgan oyog’imni maxkam ushladim. Qaltiramasligim va hayajonlanmasligim kerak. Bu shunchaki kechlik Jeyong, uzog’i borsa bir soatda tugaydi. O’zimga o’zim dalda berib chuqur nafas olib chiqardim. To’xtagan mashinadan so’ng undan qo’riqchining ko’maki bilan tushib restoranning eshigiga qarab yurdik. Avval buvam, akam, oyim va men kirib borganimizda chindan ham bu yer besh yulduzli restoran ekanligiga amin bo’ldim. Hashamatli, juda ham! Haddan tashqari boylikka berilgan insonlarning yaratgan binosi. Ikkinchi qavatga chiqqanimizda butun zalda faqatgina bezatilgan yetti kishilik joyga ko’zim tushdi. Janob Xvan, Xvan xonim va ularning o’g’li Xvan Seung…Jin ursin! Ular tomonga yurishni boshlaganimda allaqachon bir-biri bilan ko’rishayotgan “qudalarga” nigohimni qaratdim.
- yana sizni ko’rib turganimdan xursandman Janob Han.
- men ham Janob Xvan.
Buvamning yelkasiga qoqib menga qaragan erkakka ta’zim qilib salom berdim. Va shu bilan birga oyim bilan ko’rishayotgan ayolga ham. Yonimga kelib menga qarab tirjayotgan yigit qo’limni ushlab kaftimni o’pganidan tezda qo’limni undan yulib oldim.
Seung: hali hamon shunday yovvoyisan.
Lab chetida kulib gapirayotgan yigitni o’ldirib qo’yishga ham tayyor edim ayni damda. Seung kelishgan yigit bo’lsa-da, menga qandaydir baribir uning yuzi yoqimsiz bo’lib ko’rinaveradi. Balki majburan unga unashtirgani uchunmi uni yoqtirmasman, yoki umuman boshqa masaladir bu?!
Hammamiz bir dasturxon atrofiga o’tirganimizda afintsant yigitlar taomlarni stolga tortishdi. Yonimdan joy olgan Seungni ko’rib qorachig’imni ko’zim tepasida aylantirib, xo’rsindim. Bu ishimni buvam kuzatib turgan bo’lsa-da, parvo qilmadim. Uyga borganimda aniq tanbeh eshitaman. Ikki “quda” bir-biri bilan biznes va yana allambalolar haqida suhbatni boshlab yuborishdi. Biznes, kompaniyaga reja kelganida gapga bu safar akam ham qo’shildi. Bir bo’lak go’shtni likopchada o’ynagancha hayol surib o’tiribman. Zerikarli va foydasiz uchrashuv! Barmoqlarimga tekkan kaft sabab joyimdan uchib tushib qo’limni tortib oldim.
Seung: hech bo’lmasa ushlay olarman qo’lingdan?!
Indamay shubchaki jim turaverdim. To’g’risi, u bilan suhbatlashish ham yoqmaydi menga. Sukut saqlab o’tirganimda bu gal belimdan ushlagan kaftlar butun tanamni seskantirib tashladi.
Jeyong: tarbiyasizlik qilma! - pichirlab aytilgan so’zlarimni faqatgina men va u eshitayotgan edi.
Seung: bo’lajak rafiqamsan Jeyong…bu shunchaki teginish edi. Yana ko’ylaging ustidan. Yalang tanangni silasam qanday ahvolga tushishing men uchun qiziq.
Uning yana shunday ahloqsiz gaplariga chidashni istamay ko’zimni yumdim. Agar imkonim bo’lganida edi uning yuziga hoziroq tarsaki tushurgan bo’lardim. Kaftimda turgan sanchiqini qisib hamma narsani unutmoqchi edim toki uning barmoqlari yana belimda harakatga kelmagunicha.
Jeyong: tort qo’lingni, - shivirlab aytilgan zaharxanda so’zimdan so’ng uning miyig’ida kulishi asab tolalarimni uzib tashlayotgan edi.
Seung: juda tannoz va o’zini har doim olib qochadigan qizsan Jeyong, shuni bilasanmi?
Jeyong: qo’lingni yig’ishtir dedim senga! - hali hamon tanamda turgan kaftidan ijirg’anib qaddimni tik tutdim.
Seung: qo’lim hali etaging tagidan kirgani ham yo’q, nega bunchalik titrayapsan? - chindan ham sabrim tugayapti. Bu iflosni qanday odamligini bilganim uchun ham undan doim jirkanaman! - bunday seskanish va hali eshitmagan ingrash tovushing yotoqxona, tunda, yonimda men uchun qilinsa bu albatta meni xursand qiladi. Shularga tayyormisan xotinjon?
Pastlashgan qo’l ortimni* ezmoqchi bo’lgani qanday qilib o’rnimdan turib ketganimni bilmayman. Hammaning ko’zi menga qaratilgan edi. Shulardan biri yonimda o’tirgan Seungni ham. U bunday keskin harakatimni kutmagan ko’rinadi shunchaki menga tikilib qoldi. Ularga yoqimli ishtaha tilab, yuvinish xonasiga chiqib ketishimni aytanimdan so’ng stoldan uzoqlashdim. Zaldan chiqib ketishimdan oldin ikki juft ko’zlar men tomonga qaratilgan edi. Ulardan birisi Seung bo’lsa, boshqasi buvamniki bo’ldi. Zinalardan tushib tezroq bu diqqinafas joydan chiqishga urundim. Yuvunish xonasiga emas, eshik tomonga yurib ko’chaga chiqmoqchi edim. Nihoyat! Toza va biroz yomg’irning yog’ishidan darak berayotgan bulutlarga qarab chuqur nafas olib, chiqardim. Qo’l telefonimga qaraganimda soat tungi to’qqizdan o’ttiz besh daqiqa o’tganiga guvoh bo’ldim. Saldan so’ng buvamlar ham turishsa kerak, qayta restoranga yana kirishni xohlamayotgan edim. Balki ularni mashinada yoki ko’chada kutib turganim ma’quldir? Anavi yoqimsizni ko’rgim yo’q. Yurib ketayotganimda qanday qilib ko’chaga kelib qolganimni ham bilmayman. Daraxtlar panasida o’tirib segaretimni sumkamdan chiqardim. Menga ayni damda kerak bo’ladigan narsa bu - tamaki! Yondirgich bilan uni tutatib, o’tkir tutunni o’pkamga yutdim. Daraxtga suyanib atrofni kuzatayotganimda uzoqdan eshitilayotgan motosikllarning ovozi daqiqa o’tmasi balandlashdi. Nigohlarimni yonimdan tezlik bilan o’tib ketgan ikki motosiklga qaratganimda ulardan biridagi yigit menga juda ham tanish ko’rindi. Shoshma! Bu uning o’zginasiku?! O’sha motosikl ortiga yozilgan raqam… “PJM95” Yo Xudo chindan ham bu umi? Ikkita motosikl burulgan ko’cha tomonga qarab yugurdim. Nega va nima uchun yana bu yigitning ortidan ketayotganimni bilmayman. Xattoki bu chindan ham u ekanligiga shubxa bilan qarayotgan bo’lsam?! Jinnilik! Gurullab ovoz chiqarayotgan motosiklning baland tovushi ketidan bir nechta qizlar va yigitlarning baqiriq tovushlarini eshitdim.
Yanada ichkariroq kirganimda keng maydonda yig’ilgan ellikga yaqin yoshlar qarshisiga kelib qoldim. Bir nechta qizlarning ortida turar ekanman hammasi yutgan insonning qarshilab olgandek qarsak va fushtak chalishayotgan edi. Nima bu poygami? Final chizig’idan biroz narida to’xtagan yigit shlemini yechib uni motosikl o’rindig’iga qo’yganida, kulgan holatda yigit va qizlar tomonga qaradi. Endi chinakamiga hayratda edim. Sen o’zi kimsan? Chindan ham sir-asrorga to’la inson!
Jeyong: Jimin?!
- xo’sh, sendan uzoq turmasam nima qila olasan qizaloq?! - tashlangan keyingi bir qadam va oramizdagi masofa yanada qisqardi.
*
- bu yerga tunda kelish uchun juda ham yoshsan Han xonim - devorga tiralgan tanam sabab ortimga qadam tashlashim cheklangan edi.
*
- marazsiz! Inson qiyofasidagi shayton! - so’zlarimdan so’ng lab chetida kulgan yigit yanada meni devorda qisib borayotgan edi. Bilagimni ushlagan kaft esa qattiqlashganini sezdim.