That's my girl
Osmondan dona-dona bo'lib tushayotgan mayin qor parchalari. Odamlarning shoshib biror yerga ketishlari. Mashina motorlarining ovozi ko'cha bo'yi yoyilgan. Shinamgina va kirish joyiga qo'yilgan kichkina qo'ngiroqchaga ega bo'lgan kafe. Mana shu kafening deraza tomonida o'tirib yer yuzini burkayotgan oppoq qorlarga va bolalarning qo‘lidagi qorto'plariga qaratgan qiz mayin tabassum qildi. Qo‘lidagi qahvasidan biroz simirar ekan, stol ustida turgan shirinligidan tatib ko'rishni ham unutmasdi.
Jungkook: Aigooo Yein men bilan uchrashishga kelgansanku axir. Nega ikki ko'zing ham derazada?
Qizning qarshisida o'tirgan yigit xuddi yosh boladek nolir ekan sevgilisining bunday gaplarni uning yuziga keng tabassum hadya etdi.
Yein: yaaa Jungkook, bilasanku axir qorli havoni yaxshi ko'raman. Lekin seni undan ham koʻproq.
Yeinning bu gaplari yonidagi yigitga moydek yoqib tushdi. O'zi istagan javobni olgan Jungkook esa sevgilisi tomonidan uzatilgan kichik tort bo'lagini og'ziga soldi.
Jungkook: universitetda hammasi yaxshimi? Baholaring qanday chiqyapti?
Birdan kayfiyatini o'zgartirgan qiz yuziga shirin mushukcha qiyofasini keltirib stol ustiga birinchi ikki qo'lini, undan keyin esa boshi qo'ydi.
Yein: bugungi imtihondan yana yiqildim. Eng yomon ko'rgan fanim axir shu edi. Yana kamiga o'sha ezma chol janob Xvanning darsi. Yaramas bittagina savoliga javob bera olmagandim.
Yein qo'lining ko'rsatgich barmog'ini bir qilib ko‘rsatar ekan Jungkook sekin kelib uning qo'lidan o'pib qo'ydi.
Jungkook: oltincham Hali hammasi yaxshi bo‘ladi.
Yein ham uning gapidan so'ng qayta qahvasini qo'liga olar ekan finjoni bo'sh ekanini payqab atrofdan afintsantni izladi.
Yein: nega afintsantlar ko'rinmaydi?
Jungkook: hozir o'zim senga buyurtma qilib kelaman.
Yein: aneee Sen o'tiraver, men uzim. Pardozimni ham yangilab kelaman.
Stulidan turgan qiz bir necha qadamlardan keyin ko'rinmay ketar ekan stol atrofida qolgan Jungkook telefonini qo'liga oldi. Bir necha daqiqalardan so'ng baland poshnalarini taqillatib uning oldiga kelgan qiz qo'lidagi qog'ozni stol ustiga qo'yib ketdi. Notanish qizning yurganida taralayotgan atir ifori, qora sochlari va egnidagi kiyim istalgan erkakni u tomonga torta oladi. Jungkook bir stol ustidagi qog'ozga va bir undan uchta stol narida o'tirgan qizga qaradi. Hozirgina qiz tashlab ketgan qog'ozni qo'liga olib, uning ichidagi yozuvni o'qir ekan boshini pastga qaratib kulib qo'ydi. Sal vaqt o'tmasdan o’ziga qahva ko'tarib kelgan Yein sevgilisi nimaga kulib o'tirganini tushunmadi.
Yein: tinchlikmi Jungkook? Nima kuydirgan kallaga o'xshab tirjayapsan?
Jungkook kulish barobariga qo'lidagi qog'ozni Yeinga uzatar ekan, uning qo‘lidagi narsani yulib olgudan olgan qiz Jungkookni battar kuldirdi.
Yein: chiroyli yigit agarda yoningizdagi qiz sizni zeriktirayotgan bo'lsa, bugun kechqurun yonimga kelishingiz mumkin. Soheyingiz sizni kutadi.
Yein qo'lida ushlab turgan qog'ozni ovozi bilan o'qir ekan gaplarni oxirida yozilgan telefon raqamini ko'rib qog'ozni ikki kafti orasiga bukladi. Jungkookga yeb yuborgudek qaragandan so'ng qo'lida g'ijimlanib yotgan qog'ozni ko'rsatib "kim berdi?" degandek qaradi. Jungkook ulardan uncha uzoqda o'tirmagan qora sochli qizga ko'zi bilan imo qilib ko'rsatdi.
Yein: hozir u qizni dabdalasini chiqarib kelay keyin sen bilan shug'ullanaman Janob Jungkook.
Yein o'rnidan turib ko'ziga jodugar bo'lib ko'rinayotgan qizning yoniga bordi. Sohe tepasiga kelib turgan qizga g'alati qarar ekan Yein sekin uning yuzi tomon engashdi.
Yein: jonginam menimcha siz adashib bu qog'ozni sevgilimga berib qo'yibsiz. Mayli hech qisi yo'q, hamma ham adashadi. Lekin bu safar hatto ko'zingiz ko'r bo'lsa ham aslo adashmang.
Yein qayta qaddini ko'tarib uzoqlashmoqchi edi ortidagi qizni ovozlarini uni to'xtatdi.
Sohe: men adashmagan edim. Kim bilsin balki o'sha sevgilingiz erta indin meniki bo'lar.
Bu gaplardan so'ng battar jazavaga tushgan Yein ortiga sekin qayrildi. Tishini tishiga qo'yib yuziga tabassum olar ekan qizni boshining orqasidagi sochlaridan biroz siladi.
Yein: ismingiz Sohe edi. Shundaymi?
Birdan qo'lidagi sochlarni g'ijimlagan qiz Sohening baqirishiga sabab bo'ldi. Kafeda o'tirgan barcha ular tomon qarar ekan Jungkook endi o'rnidan turmoqchi edihamki Yein qo'li bilan kelma ishorasini qildi.
Yein: menga qara hoy yalmog'iz. Yana bir marta shu yigitni oldida o'rmalashayotganingni ko'rsam bilib qo'y....mana shu uzun tirnoqlarim bilan ko'zingni o'yib olaman. Tushundingmi meni!
Yein qo'lini uning sochlaridan olib hozirgina ushlagan joyini sekin silab qo'ydi.
Yein: aqlli qizga o'xshaysan shirinim. Shuning uchun qadamingni o'ylab bos.
Yein qayta kelib stuliga o'tirar ekan Jungkookning kulgusi uning yana asabini qo'zgatdi.
Jungkook: mening yomon sevgilim. Axxx Yein juda yomonsan. Barchaning yonida uni sochidan tortingaa
Yein: ovozingni o'chir Jungkook.
Jungkook: to'g'risida sevgilim
Yein:O'zi hamma aybni senga to'nkashim kerak edi. Men kelmasimdan oldin uning adabini berib qo'ymaysanmi?
Jungkook: kechirasan lekin ayol kishiga qo'l ko'tara olmayman.
Yein: lekin men kerak bo'lsa erkaklarni ham ura olaman. Ana shunaqa ideal va tez qizman.
Qizning bu gaplaridan so'ng yuziga shahvoniy tabbasum olgan yigit bo'ynini u tomonga cho'zdi.
Jungkook: yotoqda ham shunaqa ideal va tez qiz bo'lsang... Ana shu haqida ham o'ylab ko'r.
Yein uning gaplaridan so'ng ko'zlarini hayrat bilan ochib, boshini biroz chayqadi.
Yein: Jungkook Sen mendan ham yomonsan
Jungkook ko'zini Yeinga qisib qo'yib qayta shirinligiga qo'l uzatdi. Yein bo'lsa hozirgina tazirini barib qo‘ygan qizni ko'chaga soch turmagini to'girlab chiqib ketayotganini maroq bilan kuzatdi.