August 6

𝐅𝐎𝐑𝐋𝐎𝐑𝐍 | 𝐄𝐏-𝟓

You are my sweetest torment - painful to crave, imposisible to resist.

Uchinchi qavatning oq eshigidan kelayotgan musiqa butun boshli binoning tinch muhitini buzmoqda. Skripkaning torlariga har musiqa asbobining tayoqchasini ishqalayotgan qiz ko’zini yana o’sha yozuvga qaratib kuyni bastalayapti. Hayollar tarqoq. O’ylar ko’p. Kecha tundagi ishlar. Qizga birinchi bor yaqinlashgan yigitning yuz tuzulishi-yu, lablariga tegingan barmoqlarni deb o’zida shirin titroqni sezgan Jeyong tanasida seskanishni his etdi. Yigitning aytgan so’zlari…U haqida biroz bo’lsa-da ma’lumot biladi Jimin. Lekin nega kechagi suhbatda Xvan oilasini tilga olmadi yigit? U bilib turib gapirmadimi yoki umuman bu ishlardan behabarmi? Tuni bilan shularni o’ylab chiqqan qiz yelkasining og’rig’iga chidab tishini tishiga bosgan holatga musiqani davom ettirdi. Hayolidagi voqealar sabab yana bir bor noto’g’ri harakatdan so’ng qo’lini skripka toriga barmog’ini tilib olgan qiz yuzini burishtirgan holda musiqa asbobini yelkasidan tushurdi.
Jeyong: la’nati!*
Zardali va jaxl aralash bosh barmog’iga qarab shivirladi u. Stulda o’tirgan holatda uning hakarlarini kuzatayotgan ustoziga ahamiyat ham bermagan qiz sumkasi turgan stol atrofiga yurib uni ochdi. Ancha vaqt nimanidir qidirgan qiz sumkasidan kichik yopishqoq bint (likoplaster) ni olib qo’liga o’rashni boshladi.
- avval yarani spirt bilan artib tashlash kerak.
Jeyong: shart emas.
Sovuq va qo’rqlik bilan chiqqan javobdan keyin yana o’sha skripkani qo’liga olishni istamagan qiz biroz chalg’ishni istab sumkasidan bu safar segaret chiqardi. Uning ahvolini va turishini, harakatlarini birma-bir kuzatayotgan ayol shunchaki biroz tanaffus lozimligini bilib Jeyongga qarshilik qilmadi. Ikki qo’lini ko’ksiga bog’lagan holda tamakini chekayotgan qiz eshikning ochilib yopilishidan so’ng ortiga o’girildi. Kostyum shimda turgan uzun bo’yli kelishgan yigit xonaga razm solish bilan birga qarshisidagi qizga boshdan oyoq tikildi. Qoshlari uyulib hayratda qolgan Jeyong hozirgina uning yoniga tashrif buyurgan Seungga o’qrayib qaradi.
Jeyong: seni bu yerda nima ishing bor?
Seung: men ham seni ko’rganimdan xursandman azizam. Hayrli kun xonim.
Gavdasini yon tomonga burib Lee xonimga tazim qilib qo’ygan yigit yana nigohini qizga qaratdi. Ayol Seungni yaxshi taniydi va u Hanlar oilasining bo’lajak kuyovi ekanligidan ham habardor. Ikkisini yolg’iz qoldirish kerakligini o’ylab biroz ishi borligi haqida gapirgan ayol zum o’tmay xonani tark etdi. Barmoqlariga qistirilgan segaretni so’nggi bor chuqur tortib uni derazadan uloqtirgan qiz sochlarini ortga taradi. Uning qarshisiga yurib kelishni boshlagan yigit ko’z oldida paydo bo’lgan bo’lajak rafiqasining tana shaklini tomosha qilish mobaynida qizning sutdek oq sonida turgan yubkasini ko’rdi. Baland poshnali oyoq kiyimda turgan Jeyong ikki qo’lini ko’ksidan uzmagan holda yigitga tik qarab turaverdi.
Seung: hali hamon tamaki chakyapsanmi? To’qqizinchi sinfda boshlagan eding adashmasam.
Oradagi masofani qisqartirib qizning yuziga yaqin kelib to’xtagan Seung uning ikki yelkasidan ushlab Jeyongni ko’zlariga emas balki tanasiga qaradi. O’zidan bo’yi anchagina past bo’lgan qizning shishib turgan ko’ksidan nigohini uzmagan yigit unga tikilishni davom ettirdi.
Jeyong: balki ko’zingni yo’nalishini o’zgartirarsan?
Yelkasida turgan qo’lni siltalagan qiz ortiga bir qadam tashladi. Lab chetida kulgan yigit uning bu gal yuziga qorachiqlarini burar ekan o’ziga nafrat bilan boqib turgan ko’zlarga duch keldi. Havoda muallaq qolgan kaftlarini pastga tushurgan Seung qoshini qoqib qo’ydi.
Seung: shundoq ham bir kun xotinim bo’lsang, nega bunchalar qarshi bo’laverasan hayronman jonginam.
Jeyong: asl mavzuga o’tsak yaxshi bo’lardi Mr. Xvan. Chunki menda sen uchun ajratiladigan ortiqcha vaqt yo’q! - ko’zlarini tepaga aylantirgan qiz ortiga burulgan holatda skripkasi turgan stol yoniga qaytib bordi. Yetib kelishi bilan ortidagi stolga biroz suyangan holatda ikki qo’lini ko’ksiga bog’ladi u, - nega kelgan eding?
Seung: seni ko’rgim keldi desam ishonasanmi?

Jeyong: bu mening mashg’ulot joyimgacha kelishingga yetarlicha sabab bo’la olmaydi deb o’ylayman.
Seung: seni aldash oson emasligini bilardim, azizam.
Jeyong: unday bo’lsa bu xatoni qilmaslikka harakat qil!
Manikuyur qilingan tirnoqlariga qarab ensa qotirgan qiz unga hali hamon qarab turgan yigitga boqib qoshini ko’tardi. Xuddiki, ana endi aniq mavzuga o’tishi kerakli haqida gapirgandek. Lab chetida kulgan yigit esa beparvolarcha qadam bosib, xona ichida yurish barobariga tilga kirdi.
Seung: to’yni tezlashtirmoqchiman. Ya’ni musobaqangni kutish uchun menda sabr yo’q. Shu oyning oxiriga to’yni qilsak nima deysan?
Bunday savol va taklifni umuman kutmagan qiz hayron ifoda bilan qaddini ko’tararkan unga ora-orada qarab qo’yayotgan Seungga qoshlarini chimirdi.
Jeyong: sen nimalar deyapsan? To’y musobaqadan so’ng bo’lishi kelishilgan edi menimcha.
Seung: shunday, biroq men buni cho’zmaslikni ma’qul ko’ryapman.
Jeyong: sabab? - endi rostakamiga asabiylashayotgan qiz qo’llarini musht holatga keltirib, unga qarab yurishni boshlagan yigitga tikildi. Shim cho’ntagiga qo’llarini solib yurayotgan Seung unga yaqin kelib to’xtadi.
Seung: aytaylik seni tezroq o’zimniki qilgim kelayotgandir?
Jeyong: to’g’rirog’i, o’zingni qondirging kelayapti.
Seung: ha, sen bilan! - ochiqchasiga savol-javob bo’layotgan bu voqealar qizni asabiylashishiga olib kelsa, bir tomondan Jeyongni yuz o’zgarishlari va jaxli chiqayotgani yigitga xush kelmoqda edi.
Jeyong: atrofingda to’la yengiltak qiz va seni qoniqtiradigan ayollar bor. Shusiz ham shu kungacha ulardan foydalangan bo’lsang, nima endi bokira qizni xohlayapsanmi?
Seung: xotinimni istayapman.
Jeyong: meni bunday atashni bas qil dedim senga!
Ovoz to’ni balandlashgan qizni sezgan yigit uni qanday qilib g’azabga berilayotganini maroq bilan tomosha qilsa, tobora qarshisidagi insonga bo’lgan nafrati ortgan Jeyong hozirning o’zida uning yuziga tupurishga ham tayyor edi. Ko’zlarini qattiq yumib ochayotgan qiz nafasini o’pkasida ushlab turish tenggi o’zini bosishga harakat qilmoqda. Qorachiqlarning to’xtovsiz harakatiga nazar tashlagan Seung labini burgan holatda ortiga o’girildi.
Seung: bunday masalani sen bilan haki qilish qiyinligini bilaman jonginam. Kechroq buvang bilan ozroq suhbatimiz bo’ladi chog’i.
Jeyong: men senga mutlaqo qarshi ekanimni aytdim Seung!
Seung: seningcha, shu vaqtgacha fikring yoki xohishing inobatga olingan deb o’ylaysanmi?
Ortiga gavdasini burmagan holda yuzini qizga o’girgan yigit ko’z osti bilan unga nigoh tashladi. Jimlikdan so’ng miyig’ida kulib qo’ygan Seung kostyumining yoqasini to’g’irlagan bo’lib xonadan chiqib ketdi. Yopilgan eshik ovozidan keyin bir necha daqiqa bir nuqtaga qarab qotib qolgan Jeyong eshitgan gaplarini takror va takror hayoliga aylantirmoqda. U ham xuddi yigit bergan savolni o’ziga o’zi berib ko’rdi. Chindan ham shu paytgacha uning xohish va fikri ahamiyatli edimi? Agar bo’lsa ham kim uchun? Dadasidan ajralganidan so’ng uning o’rni o’zi umuman Hanlar oilasida bormi? Bu savol shunchaki bir necha yillardan buyon javobsiz qolgan. Ortidagi skripkaga hissiz qarab turgan Jeyong ko’zidan oqgan yoshni e’tiborsiz qoldirib torlarga barmoqlarini yurgizdi. Skripka chetiga o’yib yozilgan so’zlar va imzo uning qalbini shu qadar titratdiki, qayta-qayta o’qilgan so’zlardan tanasini seskanishini ham sezmadi.
Jeyong: jajji qizingizni mana shunday chiyabo’rilar qo’liga tashlab kettingizmi dada? Birisi pulga mukkasidan ketgan o’ch bo’lsa, yana boshqasi hirsi sabab barcha narsadan kechishga tayyor! U xoh g’urur bo’lsin, xoh insoniylik! Aslida bunday hislatlar ularga begona!
Yuziga oqib tushayotgan yoshlar uning lab bo’yoqlariga qorishdi. Ustozi tez orada yetib kelishini bilgan Jeyong o’rnidan turib, musiqa xonasidan chiqib ketdi. Yo’lak oxirida bor bo’lgan yuvinish xonasiga kirish tenggi eshikni qulflagan qiz rakvinadagi suvni yoqib, aksiga tikildi. Oynada paydo bo’lgan chiroyli sohibjamol. Qiz juda go’zal bo’lishiga qaramay, uning hayotida o’zichalik havasli emas. Suvga yuzini chayayotgan Jeyong haligina yigitning gaplarini eslab yana qiyofasi tundlashdi.

Hirsi sabab to’yni tezlashtirishga harakat qilmoqchi bo’lgan yigit u uchun jirkanchli inson qiyofasida edi ayni dam. Ko’z oldida Seungni yuzini keltirgan Jeyong oynadagi aksiga qarab zardali pichirladi.
Jeyong: iflos!

*
Bugungi kunini faqatgina tashvish va qo’rquv bilan o’tkizgan qiz yana bir bor simkartasini almashtirdi. Bu oxirgi haftaning o’zida uchinchi bor yangilanish. Telefon ekranini yoqib, undagi internetni tekshirgan qiz universitetdan chiqish mobaynida atrofga alangladi. Uni taqib etayotgan o’sha begona shaxs aklaqachon u bn bir shaharda yashamoqda, bir havodan nafas olyapti. Balki u Jehanning shunchaki yonidadir biroq qiz bundan behabar?! Jeyong ikkinchi dars soati boshlanganidan so’ng mashg’ulotiga ketgan edi va shu bois qiz hozirda mutlaqo yolg’iz. O’zi uchun biriktirilgan mashina yoniga yetib kelar ekan ortidagi o’quv markaziga va ko’chalarga ko’zini yugirtirdi. Mashinaning orqa eshigi qo’riqchi tomonidan yopilgan bo’lib, uni harajatga keltirgan chog’ qo’lida turgan telefonning jiringlashidan bezovtalandi u. Nafas olishi to’xtab qolgan qiz xattoki telefon ekraniga qaray olmadi ham. U mana shunday ahvolga kelib qolgan edi. Qo’rquv tobora tanasini qamrab olayotgan vaqti navbatdagi bildirish uni ekranga qarashga undadi. Yo’q! Bu u emas! Janob Jeondan kelgan habar. Jehan erkakga yana raqam almashtirganini aytganidan so’ng u uchun qaytalagan habar edi bu. Kecha tongda Italiyaga uchib ketgan Janob Jeon ketishidan oldin qiziga ehtiyot bo’lishini tayinlagan edi. U Jungkookga singlisini himoya qilishi kerakligini aytgan bo’lsa-da, yigit bu so’zlarga ahamiyat ham bermasligini yaxshi bilib, qizidan hol-ahvol har doim so’raydi. Ko’ngli biroz bo’lsa ham tinchlangan Jehan dadasiga habar yozish barobariga ko’chalarni kuzatib ketaverdi. Tanish yo’llarning oxiri tugash vaqti mashinaning to’xtashi bilan qiz undan tushdi. Sumkasini yelkasiga ildirgan Jehan uy tomon yurar ekan telefoniga kelgan keyingi habar uni chalg’itdi. Ekranda paydo bo’lgan yana tanish raqamdan so’ng bir joyda qotib qolgan qizning qo’llari, balki butun tanasi titrab ketdi.
Jehan: ming lanat bo’lsin sen ablaxga! Qanday qilib yana meni topib olishing mumkin?!
Kelgan so’nggi habarlarga kirgan qiz saqlanmagan raqamning so’zlarini dona-dona qilib o’qidi.

“ Bilaman azizam, meni ichingda rosa haqorat qilyapsan. Mayli bugun senga bu uchun ruxsat beraman. “

Ortidagi mashinaga bir qarab qo’ygan qiz yana habarni qayta o’qib eshik tomonga yurdi. Asta-sekin bosilayotgan qadamlardan so’ng telefonidan ovoz kelishidan u nigohini ekranga qaratdi.

“ Biroq sen qiz biroz haddingdan oshyapsan. Jaxlimni chiqarsang nima bo’lishini hech kim bilmasa ham sen bilasan menimcha shundaymi, kichkintoy?! Habarimga javob yozmaysan bilaman, biroq bosayotgan qadamingga ehtiyot bo’lgin, chunki istalgan soniyada yo’q bo’lib qolishing mumkin.”

Uyining kirish eshigi yoniga yetib kelgan Jehan uning dastasini burab ichkariga qadam tashladi. Qayta yopish barobariga u so’nggi habarni o’qir ekan ko’zlari maksimal darajada kattalashib, kaftidagi telefonni maxkam ushladi.

“ kalta yupka senga har doim yarashgan mushukcham. Biroq bu go’zallikdan faqatgina men zavqlanishim kerak.”

Eshikning qattiq yopilishi. Egniga qaragan Jehan qora rangdagi yubkasiga boqib telefon ekranini o’chirdi. Boshi va asablari yetarlicha charchagan qiz o’zining xonasiga borishni istab zinalar tomon ketar ekan keng zalning kreslo, divanlarida o’tirgan holatda ahloqsiz harakatlar qilayotgan akasi va begona qizni ko’rib qichqirdi u.
Jehan: EY XUDOYIM!!!
Yuzini kaftlari bilan to’sgan qiz ortiga o’girilib pichirlagan holatda so’kindi. Eshikdan kirib kelgan Jehanni endi payqagan yigit ustidagi qizni sekin ortidan* siladi. Jungkook divanga o’zini tashlagan ko’yi tizzasidan o’tirgan qizning sonidan silab, lablarini tinch qo’ymay o’payotgan edi. U Jehanga bir ko’z qirini tashlab ishidan chalg’ishni hayoliga ham keltirmadi. Faqatgina ichkiyimda bo’lgan sariq sochli qiz bo’saga uni ko’mayotgan yigitning tugnalarini oxirigacha yechib, keng ko’ksini qo’li bilan siladi. Ortining* ulkan kaft ichida ezilishi va ko’kraklaridagi achishishlardan rohatlanayotgan qiz behayo ovozlarni chiqarayotgan mahal Jehan ortiq bu yerda qolishni istamay yuqori qavatga yugurdi.

Chiqib ketishidan oldin ularga nigohini tashlab akasining ustida hoziroq jinsiy aloqa qilishga tayyor turgan qizga ham, Jungkookga ham jirkanib qaradi. Janob Jeon ketganidan foydalangan yigit uyiga begona ko’cha qizlarini olib kelishi albatta uning jaxlini chiqargan edi. Xonasiga kira sola eshikni qattiq berkitgan Jehan sumkasini chetga uloqtirib, sochlarini siqimladi. Ertalabdan boshlangan qo’rquv boyagina yanada ortgan bo’lsa, hozirgi yuz bergan voqea bugungi kun uchun yetarlicha og’ir edi u uchun. Hech qachon bunaqa ahloqsiz vaziyat ustiga kelmagan yoki hayotida bunday voqealarga duch kelmagan qiz o’zini ancha yo’qotib qo’ydi.
Jehan: uyatsiz, tarbiyasizlar!
Zardali ohangda pichirladi u. Sochlarini tepaga yig’ib, kiyimini almashtirishni xohlagan Jehan o’zi uhun yengil bo’lgan futbolka va shimni javonidan oldi. Soat kechki sakkizga yaqinlashgan. Quyoshning ham botish mahali. Qo’lidagi kiyimlarni yotoqqa qo’ygan ko’yi koftasining tugmalarini yechdi u. Oxirigacha yechilgan koftadan so’ng telefonga etiborini qaratgan qiz yangi kelgan yana bir habarni o’qishga kirishdi.

“ Hali hamon o’sha-o’shasan Jehanim. Qomatingni shakli ham o’zgarmagan. Kel, shu kiyimlardan halos bo’l va menga o’sha sog’ingan tanamni ko’rsat! “

Qo’rquv va taajjub bilan xona ichiga alangalagan qiz tashqari tarafga qaralgan derazasi yoniga borib uni avval yopdi va so’ng parda bilan berkitdi. Chuqur-chuqur va og’ir nafas olayotgani sabab u bir zum joyida qotib qoldi. Ana endi o’sha begona raqamga javob qaytarish uchun telefoniga yozmoqchi bo’lgan Jehan eshikning ochilishi sabab joyidan sapchib tushdi. Eshik yonida paydo bo’lgan baland bo’yli inson shunchaki unga tikilib turgan edi. Haligina mana shu odamga jirkanib qaragan qiz mana hozir ham undan yuz o’girdi. Avval nigohini uning qo’lidagi telefonga va keyin qizning butun tanasini ko’zdan kechirgan Jungkook eshikni ortidan berkitdi.

*Ortimdan eshitilgan eshikning yopilish ovozidan so’ng u xonamdan chiqib ketdi degan tahminga keldim. Biroq qadam tovushlari…begona va og’ir oyoq bosilishi. Qoshlarimni chimirib yelkam uzra o’girilar ekanman mem tomonga qarab yurib kelayotgan yigitdan hayratlandim. U yana xonamga ijozatimsiz kirdimi? Tund qiyofaga ega bo’lgan yuzi jiddiylashgani sari beixtiyor oyoqlarim ortga qadam tashladi.
Jehan: bu yerda nima ishingiz bor?
Chindan ham uning xonamda qanday ishi bo’lishi mumkin? Meni ko’rishga ko’zi ham yo’q bo’lgan bu yigit nega har kechga yaqin qarshimda paydo bo’laveradi o’zi? G’alati his etimni seskantirganida u menga yaqinlashib qolganini sezdim. Devorga urulgan tanamdan so’ng yuzimgacha yaqin kelgan Jungkook ko’zlarimdan nigohini uzmadi. Borgan sari menga teshib yuborgudek qarayotgan yigitdan uzoqlashishga urunib, kaftimdagi telefonni qattiq qisdim. Ikkimiz ham jimmiz. Ko’zlar aloqasi bog’lanib o’zaro suhbat qurayotganida yalang belimdan aylangan ulkan qaynoq kaft his etib turgan o’rnimdan sapchib ketdim.
Jehan: nima qilyapsiz?
O’zimni yanada devorga qisish barobariga unga sapchib gapirdim. So’zlarimdan so’ng lab uchida kulgan yigit nigohini ko’zlarimdan to’g’ri ko’ksimga qaratdi. Labini tishlab, qattiq nafas chiqargan Jungkookning harakatini meni ajablantirganida, boshimni pastga egib tanamga qaradim. Ming lanat bo’lsin! Kiyimimni oxirigacha alishtira olmagan edim-ku?! Nega shu vaqtgacha bu his qilmadim? U xattoki yonimga kelgunicha jim turganimni o’zi bir daxshat edi! Tezda koftamni oldini yopib, ichkiyimda qolgan ko’kragimni undan berkitdim.
Jehan: daf bo’ling xonamdan!
So’zlarimdan so’ng miyig’ida kulayotgan yigitdan battar jaxlim chiqayotgan edi. Yonidan o’tib ketmoqchi bo’lganimda bilagimdan ushlagan qo’l sabab joyimga qayta keldim. Ammo men ham u o’ylayotgan sodda va nimani buyurishsa indamay bo’ysunadigan qiz emasman. Olayotgan nafasimiz oramizdagi masofa haroratini yanada isitib tashlar ekan yana bir bor barcha kuchim bilan uning changalidan halos bo’lishga tirishdim. Bu gal shunchaki devorga tanam tegmadi, butun jussam unga yopishib qolgudek kuch bilan yonimdagi yigit meni burchakka tiradi.
Jehan: aqldan ozganmisiz?
Jungkook: nega tipirchilayapsan?

Jehan: hoziroq qo’lingizni torting!
Undan halos bo’lishga urunganim sari bilagimdagi kaft yanada qattiqlashib borayotgan edi. O’ynoqilik bilan boqayotgan bu ko’zlarda nima yashirin o’zi? Qahr, g’azab yoki hirs? Jin ursin barchasini!
Jungkook: nega bunchalik tanang qaltirayapti? Yoki mendan qo’rqasanmi?
Jehan: hech qachon!
Hammasidan hayratlanarlisi nega u xonamga kelgani edi? Maqsadi nima? Qimirlashga va yurishga yo’l ham qolmadi menda. Sal qimirlasam ham tanam unikiga tegardi. O’zimni iloji boricha bosib, nafasimni bir tekisda olishni boshladim. Oradan soniya o’tmasida qo’limda turgan telefonning jiringlagan ovozi meni sergaklantirdi. Kecha tunda bo’lgan voqeadan so’ng uning yonida to’g’risi telefonimni ko’rsatishdan cho’chidim. Buni qo’rquv deb ham bo’lmaydi, biroq nimadir unga buni ko’rsatishga meni unamasdi. Tinch xonada jarang sochgan telefon tovushi sabab Jungkook ko’zlarining yo’nalishini o’sha tomonga ko’chirdi.
Jungkook: seni har tunda yo’qlaydigan o’sha inson kim ekan?
U qo’lini kaftimdagi narsaga uzatganida ortimga uni yashirdim. Albatta bu harakatimdan so’ng qoshlarini biroz chimirgan yigit yanada menga yaqinlashdi.
Jehan: avval ham aytganman va yana aytishim mumkin. Mening hayotim bilan qiziqmay va aralashmang Mr. Jeon! - gaplarimdan so’ng lab uchida kulib qo’ygan yigit bosh barmog’i bilan lablarimga tekkanidan undan jirkangandek o’zimdan siltalab tashladim, - o’ynashizning xarom tanasiga tekkan qo’lingiz bilan meni bulg’amang!
Qoshini uchirib, pastki labini tishlab kulayotgan bu telbaning nigohi nega bunchalik o’zgarib borayotganini tushunmayotgan edim. Jaxli chiqdimi? Boshimni tik tutib endi undan qutildim deganimda iyagimdan changallab olgan kaft yuzimga yaqin turgan yigitnikiga meni majburlab yaqinlashtirdi.
Jungkook: haddingdan oshmayapsanmi qizaloq? Tilingga ehtiyot bo’lmayapsan.
Jehan: sizningcha bunga majburmanmi?
Jungkook: ha! Majbursan! Ayni mening yonimda doim boshingni egishga majbursan Jehan!
Jehan: yoshingiz mendan ancha katta bo’lsa-da, hech bir gapni tushunmaydigan yosh bolaga o’xsharkansiz. Men bir gapni boshqa qaytarmayman! Majbur emasman hech…
Iyagimda turgan barmoq labimga kelib uni shu qadar qattiq bosdiki og’riqdan qanday ingrab yuborganimni bilmayman. Ikki qo’lim uning ko’ksida qotib qolgandek harakatlantira olmadim ham ularni. Qarshimdagi yigitning ko’zlari qisilib, o’lim nigohi bilan menga qarashi tobora qo’rquvimni oshirayotganini sezyapman.
Jungkook: tiling o’sib qolgan bo’lsa bir necha usul bilan uni kaltalatishni juda ham yaxshi usullarini bilaman Kim xonim. Yana bir bor menga shunday tik qarash bilan gapirsang yoki menga qarshi borsang…- quloqlarim yoniga lablarini keltirgan yigit issiq nafasi bilan etimni kuydirgan holda pichirladi, - o’sha suhbatning oxiri sen uchun yaxshi tugamasligiga kafolat beraman!
Tanamni seskantiradigan darajada chiqqan bo’g’iq va past to’ndagi ovoz sohibi mendan uzoqlashgan bo’lib lablarimga bir necha soniya tikildi. Bosh barmog’i bilan qattiq bosgan joyini sekin silar ekan butunlay mendan uzoqlashib telefonimga yana ko’zini tashladi. Biroq hech so’zsiz tez-tez qadam bosib, xonadan chiqib ketgan Jungkookning ortidan qarab qoldim. Nega u menga bu qadar ko’p tahdid qiladi? Meni yoqtirmasligini bilaman, va shuning uchun ham uning men bilan ishi bo’lmasligi kerak emasmi? Telefonimga qarab o’sha insonning yuz ifodasini ko’z oldimga keltirdim. Hayotim davomida eng ko’o nafratlangan odamim! Xattoki Jungkookdan battar jinim suynaydi u ablaxni! Yotog’im yonidagi oynaga qarab ahvolimni kuzatar ekanman bilagimdagi ko’karish etiborimni tortdi.

*
Nim qorong’u ko’cha. Yomg’ir tomchilari daraxt barglariga qo’nib, mayda-mayda shudringlarni ko’cha chiroqlari yoritib turibdi. Yomg’ir allaqachon tingan. Faqatgina atrofda uning yoqinli hidi ufurib turibdi xolos. Biroz loy bo’lgan yo’llar hozirda yurishga biroz qiynalayotgan qizga to’sqinlik qilayotgan edi. Qo’lidagi brendli kichik sumkachasini avaylab ushlab, yuzini jiyirgancha loyli yo’ldan yurgan qiz ahiyra ko’zlagan manziliga yetib kelishini sezgan mahal osmonga qarata og’ir nafas chiqardi. U avval ortiga o’girilib, atrofda hech kim yo’qligiga ishonch hosil qilganidan so’ng qadamlarini hali bitib ulgurmagan imorat yo’liga burdi. Xuddi biror narsani o’marish uchun kelgan o’g’ridek har joyga alanglab chiqqan Jeyong hech bino ichida yo’qligini tahmin qilib chuqur xo’rsindi. Jimjitlik ichida yoqilgan yondirgich ovozidan keyin sigaret donasini lablariga olib borgan qiz uni biroz tortib, so’ng tutunini havoga chiqardi.
Jimin: yana segaret chekyapsanmi?
Qo’rquv bilan ortiga o’girilgan qiz tezda barmoqlari turgan segaretni yerga tashlab undan deyarli uch metr narida turgan yigitga tikildi. Qorong’u xonalardan bazo’r ko’rinayotgan yigitning yuzi daqiqa o’tmasidan tiniqlashdi. Ortiga qadam tashlagan qiz bir soniya oldin umuman yo’q joydan paydo bo’lgan yigitni ko’rib taajjubga tusharkan, yelkasi devorga urulishi bilan harakatdan to’xtadi. Jeyongning yoniga kelib, yuzini qiznikiga yaqinlashtirgan Jimin qayta vishilladi.
Jimin: bu yerga tunda kelish uchun juda yoshsan Han xonim!
Oy yorug’ida ko’rinayotgan jigarrang ko’zlar. Keng mushak va ko’ksiga tarang turgan qora mayka, yigitning bilak kuchlari shundoq ko’rinib turibdi. Bo’yidan ancha baland bo’lgan Jiminga qarab turgan qiz unga bunchalik yaqin turgan insondan noqulay bo’lib qorachiqlarini olib qochishga urundi. Yana bir oldinga bosilgan qadamdan so’ng alkagol hidini sezgan Jeyong boshini ko’tarib Jiminga tikildi. Ko’zlari biroz qizarib, o’zini unchalik ham anglay olmayotgan yigit devorga bir qo’lini qo’yib, ikkinchisi bilan uning belidan quchdi. Teginish sabab joyidan qalqib ketgan qiz uning ko’ksiga urulganida sojuning o’tkir hidini dimog’igacha his qildi.
Jimin: bir narsa qilmoqchiman, ijozat berasanmi? - qizning lablariga qarab shivirladi u. Oradagi masofa qisqarar ekan nafas olishni ham unutgan qiz o’pkasiga havoni ushlab turganicha qoldi.

::Keyingi qismda::

*
- marazsiz! Inson qiyofasidagi shayton! - so’zlarimdan so’ng lab chetida kulgan yigit yanada meni devorda qisib borayotgan edi. Bilagimni ushlagan kaft esa qattiqlashganini sezdim.

~
Yoqimli mutolaa~
Author: Kim Jehan Titania
#JH_DRG