February 6, 2025

𝗕𝗟𝗔𝗖𝗞 𝗦𝗬𝗠𝗣𝗛𝗢𝗡𝗬

Your body is hot, but your gaze is cold.

{16 episode}

_3 haftadan so’ng_

Qish fasli bo’lganligi sababli ko’chalardagi chiroqlar kech tushishi bilan yoqilgan. Bir necha kunlardan so’ng qor ham yog’ib qolsa ajab emas. Mehmonxonada o’tirgan qiz qo’lidagi kitobni mutolaa qilar ekan onsa-sonda yuqori qavatga qarab qo’yar edi. Oradan besh daqiqa vaqt o’tganidan keyin zinalardan tushayotgan bolani ko’rdi. Jay mehmonxonani divanlarining birida o’tirgan oyisining yoniga chopqillab borar ekan uning oldiga yetishi bilan o’zi ham divanning bir chetidan joy oldi. Boshini Aeraning tizzasiga qo’ygan ko’yi qo’lidagi ayiqchani o’ynab ancha vaqtgacha jim turdi. Jingalak sochlarida kezayotgan barmoqlarni his qilib esa tabassumini yuzida aks ettirdi.
Jay: oyi shirinlik yeyman.
Erkalanib aytilgan so’zlardan so’ng qiz unga termulib turgan bolaning lo’ppi yanog’idan o’pdi. O’qib bo’lgan sahifasini belgilab o’rnidan qo’zg’alganidan so’ng qo’lidagi kitobni joyiga qo’yib oshxona tomonga yo’naldi. Oshxonaga kiraverishida turgan muzlatkichni ochar ekan undan unchalik masofa uzoqda bo’lmagan bolaga qarab gapirdi.
Aera: Jay o’g’lim, sut ham ichasanmi?
Bolaning tasdiq ma’nosida boshini qimirlatishini ko’rganidan keyin muzlatkichdan sutni olib uni gazga qo’ydi. Uning isigunicha shirinliklarni likopchaga qo’yayotgan qizning o’zi ham undan tatib ko’rdi. Og’ziga yoqmagan mazadan uning yuzi burushib ketar ekan shirinlikni eskirmaganligini tekshirish uchun uning yaroqlik muddatiga qaradi. Hammasi o’z joyida. Shunchaki buni ahamiyatsiz qoldirganidan so’ng u gazdagi isigan sutni o’chirib uni stakanga soldi. Yuziga urulgan bug’ va sutning hidi uning dimog’iga yoqmas ekan sutni oxirigacha idishga solmay kaftini og’ziga berkitib hojatxona tomonga yugurdi. Kirishi bilan ichidagi bor narsani chiqarib hansirab nafas olgan ko’yi kafilga suyanib qoldi. Uning ortidan tez yugurib kelgan bola havotir bilan Aeraga boqib turgan joyida jimib qolgan. Sochlari to’zib ketgan qiz terlashga ulgurgan peshonasiga yopishgan soch tolalarini quloqlari ortiga o’tkazdi. Tinmay titrab tanasi qizib ketar ekan yana bir bor kelayotgan kuchli bosimlikdan so’ng ichidagilarni ag’dardi. Yoshlanib ketgan ko’zlarining atrofi qizarib qolgan. O’zida yengillikni his etib chuqur nafas olib chiqarishni davom ettiraverdi. Nega? Nima uchun bunday bo’lganini u bilmaydi. Balki sut aynigandir? U shunday taxmin bilan qo’lini kafilga tirab o’rnidan turdi. Yuzini muzdek suv bilan yuvib eshik oldida hali hamon havotirli unga boqib turgan ko’zlarni ko’rib bolaning yoniga bordi. Qadamlari ham asta edi uning. Balki holsizlikdandur oyoqlarini asta sekin harakatlantirardi. Bolaning jajji qo’lchasidan tutib ahvolini yaxshi ekanligini aytganidan so’ng ular qayta oshxonaga qaytishdi. Yana ko’ngli aynishidan cho’chigan qiz sutga iloji boricha qaramaslikka harakat qilib uni nari surdi. Aynib qolgan tahmin bilan Jayga uning o’rniga sharbat berib stol atrofiga olib keldi. Shirinliklarni birma-bir tatib ko’rayotgan bolaning sochlaridan silagan qiz qadamlarini zina tomonga yo’latib yuqori qavatga chiqib ketdi. Hali soat endigina to’qqizga yaqinlashib qolganini u telefoniga qarab ko’rar ekan boshi qattiq og’riganiligi bois yuvinib chiqishni xohladi. Yuvinish xonasiga kirgan qiz oynadagi aksiga qarab turar ekan sochlarini yig’ayotganida miyyasiga kelgan o’y uni harakatdan to’xtatdi. Haligina bo’lib o’tgan voqealarni eslab hammasini tahlil qilib chiqdi. U bir necha kundan beri qayd qilayotganini eslab jim qoldi. Oshqozoni og’riyapti yoki noto’g’ri ovqatlanishdan shunday bo’lmoqda deb tahmin qilgan qizning hozir hayoliga kelgan gap barchasi asli bunday emasligiga ikkinalanib qoldi. Boshi aylangani uchun qo’lini devorga qo’yib unga suyanar ekan bora-bora chindan ham o’yi chin bo’lib chiqishidan qo’rqib borardi. Homiladorlik! Tabiiyki u Taehyung bilan turmush qurganidan so’ng bir necha marotaba birga* bo’lishdi. Demak, bu holat kuzatilishi albatta mumkin edi. Tinmay tanasi qaltirab lablarini titrab ketgan qiz qarshisidagi aksiga qarab chuqur nafas chiqardi.
Aera: bo’lishi mumkin emas!

*
Tungi shahar. Har xil rangdagi chiroqlar klub ichini yoritar ekan atrofdagi odamlarning yuzlarini gohida yoritib ko’zni olar edi. Bir-biriga sahnani bermay tinmay raqs tushayotgan yigit va qizlarni tomosha qilayotgan yigit qo’lidagi qadahning ichidagi viskidan simirib qo’yardi. Uning yonidan joy olgan ikki erkak unga tinmay gapirar ya’ni hisobot topshirayotgan edi. Oyog’ini chalishtirib unga gapirayotgan yigitning qulog’i ularda bo’lsada ko’zi atrofdagi insonlarda edi. Yonida olib kelgan sumka ichidan bir nechta hujjatni olib stolga tashlagan erkakni ilg’ashi bilan nigohlarini qarshisidagi qo’riqchilarga qaratgan Jungkook qo’lidagi qadahni shishali stol ustiga qo’ydi. U qo’liga uch to’rt jild bo’lib o’ralgan qog’ozlarga ko’z yugurtirib chiqar ekan hech narsani chetda qoldirmay unga gapirayotgan erkakni ham birdek eshitib turibdi.
- biz bilan qurol savdosini kelishgan janob Chxve shartnomani buzmagan holda bugun tongda barcha qurolni topshirdi. Hozirda ular omborda.
Boshini shunchaki qimirlab qo’ygan Jungkook qo’lidagi qog’ozlarni joyiga qo’yib erkakga keyingi mavzu haqida gapirishiga imo qildi. Hammasini tushungan qo’riqchi keyingi sumkani ochib uni Jungkookning oldiga qo’ydi. Qora dori! Sumkaning ichi to’la narkomanlik mahsuloti bilan to’la edi. Qo’lini sumkaning ichi tomon yo’latgan yigit kaftlariga bir nechta qadoqdagi qora dorini ushlab uni joyiga qayta qo’ydi. Jungkook ikki qo’riqchiga ketishi mumkinligini aytganidan so’ng qo’liga yarimlab qolgan ichimligini oldi. U zimdan qizlar va yosh yigitlarni kuzatdi. Oradan daqiqalar o’tishi bilan uning qo’llari titray boshladi. Ko’zlari qisilib tanasi olov misoli qizib ketar ekan boshini changallab og’riq o’tib ketishini kutdi. Bo’lmayapti! Ancha vaqtdan buyon istemol qilib kelayotgan qora doriga u o’rganib qolgan edi. Qulog’ida ostida kuchli chiyyilash eshitilar ekan barmoqlari qaltirib bazo’r cho’ntakidagi dorini oldi. Uni og’ziga solganidan so’ng ikki boshini ushlab sochlarini siqimlab o’tirdi. Besh minutdan so’ng biroz o’zida yengillik sezib mast odamdek ko’z oldi xira bo’lib ketdi. Ko’zini bir ochib yumdi-da qadahini yana viski bilan to’ldirdi. U shu o’tirishda bir shishani tugatib mast bo’lishga ham ulgurgan edi. Har doimgidek tungi kapalak kechasi ovlash uchun kezib yurgandek yigitning yonidagi stolga emas aksincha tizzasidan joy olgan qiz uning bo’ynidan quchib o’zicha ovlagan o’ljasi mast ekanligini sezib jilmaydi. Jungkook bo’yniga o’ralib uni quchib turgan qizga qarab qoshini chimirar ekan tizzasida o’tirgan qizning lablarini bo’ynida his qilib ko’zini yumdi. Ataylab yigitni hirsini qo’zg’atmoqchi bo’lgan qiz ham maqsadiga erishish uchun nafasi yigitning quloqlari orasida chiqardi. Necha oydan beri aloqa*da bo’lmagan yigit ayol nafasini sezishi bilan o’zida taranglikni sezdi. Qiz uning ko’ksiga qo’lini qo’yib kiyim tugmalari orasiga barmog’ini suqdi va yigitning yalang terisini siladi. Labining pastki qismini tishlagan yigit qizning belidan qo’lini aylantirgan holda o’ziga yanada yaqin tortdi. Oyog’ini ikki yonga ochgan qiz uning tizzasiga yaxshilab o’rnashib olar ekan u Jungkookning bo’ynidan ushlab lablariga yaqinlashdi. Belini silayotgan ulkan kaftlarni sezishi bilan jirkanch tabassum qilgan qiz yigitning lablariga yopishdi. Biroq Jungkook uni o’zidan itarib yuborar ekan yerga orqasi bilan yiqilgan qiz jaxl bilan tepasida turgan yigitga qaradi. Qattiq nafas olib chiqarayotgan yigit jirkanch yuz ifodasida yerga o’tirib qolgan qizga ijirg’anib qaradi. Qo’liga kurtkasini olar ekan qadamlarini ko’cha tomonga yo’latdi. Toki klub eshigiga yetib borgunicha bir nechta buzuq* qizlar uning tanasiga teginib yoki sirli qarashlar bilan lablarini tishlaganini u ko’rib turdi. Shovqinga to’la bo’lgan joydan chiqqan yigit mashinasiga borib o’tirar ekan hali hamon uning havo yutishi bosilmagan edi.
Jungkook: ming lanat!
Musht qilib mashina ro’lini urgan yigit oxiri unga boshini qo’ydi. Hayollarini va qolaversa yuragini zabt etishga erishgan bir qiz uning o’ylari, ko’z oldida turgandek aks etar ekan haligina yuz bergan qizning bo’sasi ham aynan shuning uchun buzulgan edi.

U boshini ko’tarib mashina oynasini o’ziga qaratib salfetka bilan lablarini artib tashladi. Har salfetkani lablari ustida yurguzganida og’zidan haqoratli so’zlarni chiqarar ekan oxiri uni mashina oynasidan uloqtirib yubordi.

*
Yuvinish xonasidan hali ham chiqmagan qiz sochlarini quritib bo’lgan edi. Qo’llari ushlab turgan homiladorlik testini u sal oldin o’tkazdi. Bir necha soniya ichida yuz berishi mumkin bo’lgan narsa uni cho’chitib qo’ydi. Yuvinish xonaning ichidagi oynadan o’z aksiga qarab turgan qizning qo’llari qaltirar, lablari esa tinmay titrar edi. Uning nigohi qayta kaftlari orasida turgan testga qaratdi. Oradan soniya vaqt o’tmasidan bir chiziq oldida paydo bo’lgan yana bitta qizil chiziqni ko’rishi bilan tanasi muzlab ketdi. Kipriklari qimirlamay ko’z qorachig’ini o’sha ikki chiziqqa tikib turar ekan oyoqlari bo’shashib holsiz yerga cho’kdi. U bunday voqeadan sevinsinmi yoki yo’q? U bilmay qoldi. Tushunmay qolgan edi hech nimani. Endi nima qiladi bu o’y ham uni hayolini qamrab oldi. Ko’zlariga kelgan yosh sevinchdanmi yoki qo’rquvdan? U bu narsaga tayyor emas edi ya’ni Taehyungdan homilador bo’lishni u avval hayoliga ketirmagan ham edi. Qaltirayotgan barmoqlaridan tushib ketgan test natijasi yerga tushdi. Bir nuqtaga termulib qolgan qizni bir o’y hayolini egallab olgan edi. Buni Taehyungga qanday qilib aytishi!? U bolani qabul qiladimi yoki yo’q? Jaydan boshqa farzandni u qabul qilmasachi? Yoki umuman buni xohlamasa? Aera ko’zidan oqgan yoshlarni ham sezmay qorachiqlarini qorin qismiga qaratdi. Kaftlarini qorniga qo’yishi bilan yig’lab yuborar ekan endi nima qilishni bilmay qoldi. U ayta olmaydi. Taehyungga bu haqida aytsa bolani oldirib tashlashini haqidagi gap uning miyyasidan o’tib butun tanasini seskantirdi. Tezda qo’liga olgan testga yana bir bor qarar ekan o’rnidan turib ko’z yoshlarini artdi. Orqasidagi oynaga qarab qizarib ketishga ulgurgan ko’z atrofi va burunchasi ko’rishi bilan rakvina oldiga borib sovuq suvni ochib yuzini yuvdi. Qo’lidagi test natijasiga tikilayotganida uning ko’zlari nogahon oyna aksidan unga qarab turgan yigitni ko’rishi bilan qorachiqlarini kattalshib ketdi. Tezda kafti ichiga olib yashirgan narsasini yengini ichiga tiqar ekan ortiga o’girilib uni deyarli yutib yuborishga tayyor turgan yigitning sovuq nigohlariga duch keldi.
Taehyung: nimani yashiryapsan?
Uni nimadur yashirganini sezgandek bo’lgan yigit qizning yengi tomon imo qilar ekan Aera tomon qadamini tashlab kelishni boshladi. Jazavaga tushib qolgan qiz qorachiqlarini har joyga alanglatib nima qilishni bilmay qoldi. O’zi tomon yurib kelayotgan yigitdan qochish uchun u ham ortiga qadam tashlar ekan yelkasi sovuq kafilga urulganidan so’ng joyiga qotib qoldi. Yoniga kelib ko’zlari qisib unga zimdan boqayotgan yigitning ko’zlaridan qutila olmay lablarini qimtirdi.
Aera: m..en hech na..rsani…
Taehyung: yig’ladingmi?
Ikki kaftini qizning yanog’iga qo’ygan yigitning qoshlari chimirilib bir chiziqqa kelar ekan qarshisidagi rafiqasini hali hamon qizarib turgan ko’zlariga qarab qoldi. Sal oldingi qo’rqinchli nigohlarni endi boshqacha qarashlar egallab oldi. Xuddiki ayolini hafa bo’lishini xohlamaydigan erkakdek edi uning qarashlari.
Taehyung: kimdir hafa qildimi Aera? Nega yig’lagan eding?
Yanog’idan oqib tushgan ko’z yosh qarshisidagi yigit tomonidan yuziga singib ketar ekan u o’zida biroz yengillikni sezdi. Taehyung hech narsani bilmadi. Ushlab turgan nafasini chiqaragan qiz kipriklarini namlatgan yoshlarni artib tashladi.
Aera: hech kim hafa qilmadi….shunchaki oyimni sog’indim.
Gapni burushga harakat qilgan Aera tezroq bu yerdan chiqib ketishga urunardi. Lekin buning iloji yo’q. Ikki qo’li va butun gavdasi bilan qizni o’rab olgan yigit bunga qarshilik qilib turar edi. Taehyung uning ko’zlariga yana bir necha soniya tikilganidan so’ng avval labini qizning chap ko’ziga va so’ng o’ng ko’ziga bosdi.
Taehyung: ertaga oying bilan gaplashasan. Boshqa yig’lama….kelishdikmi?
Yigitdan umuman bunaqa javob kutmagan Aera shunchaki boshini qimirlatib qo’yar ekan uning tasdiq manosini tushungan Taehyung qizning yanog’larini erkalab qo’ydi. So’ng qizni kaftlaridan ushlab yuvinish xonasidan olib chiqar ekan yotoqxonaga o’tdi. Avval o’zining yechgan kostyumini xona ichidagi divanga qo’yib, so’ng tepa qismidagi ko’ylagining bir ikkita tugmasini yechdi.

Aera Taehyung undan uzoqlashganini ko’rishi bilan yengiga yashirgan testni olib javon ichidagi kiyimlar orasiga yashirdi. Yigit unga qayrilib qaraganda u o’zini xuddi tungi kiyim tanlagandek tutdi. Taehyung uning yoniga kelib ikki qo’lini beliga tirab rafiqasini kuzatar ekan lab chetida jilmayib qizga murojaat qildi.
Taehyung: qizil ranglisi senga yarashadi. Tungi kiyim ham uning ichidan kiyiladigani ham*
Qo’llari harakatdan to’xtab qolgan qizning ikki yanog’i qizarib ketar ekan eshitgan gaplaridan so’ng u chuqur yutunib shu holatida qoldi. Sovuq barmoqlar uning kaftiga tegishi bilan yonida boyagina yigit aytgan qizil rangli tungi kiyimni olayotgan Taehyungni ko’rdi. Aera ko’zlarini undan olib qochib tezda yigitning qo’lidagini olmoqchi edi lekin ortiga qadam bosgan Taehyung qizga sirli nazar tashlab qo’ydi.
Taehyung: buni men amalga oshirsam qarshi bo’lmaysanmi? Ya’ni kiyimingni o’zim almashtirishingga yordam beraman.
Yigit uning javob qaytarishidan oldin bilagidan ushlab yotoq tomonga olib bordi. Ulkan oynaga qarab ikkisi ham aksilariga tikilishar ekan hali hamon hech nima demagan qiz uni asirga olgan ko’zlardan qocha olmadi. Qizning avval kiyimining orqa zamogini yechgan yigit sekinlik bilan uni yerga tashlar ekan qizdan nigohlarini uzmagan holda lablarini uning yalang yelkasiga bosdi. Bo’ynini qisib u tomonga qaragan qiz ochiq holdagi oldini yashirish uchun yotoq ustidagi kiyimni qo’liga oldi. Biroq undan buni ham olib qo’yishga erishgan Taehyung qizning ko’zlariga qarab turib tungi kiyimni unga xuddi yosh bolaga kiydirib qo’ygandek avval o’ng keyin esa chap qo’lini kiyimdan o’tkazib kiydirdi. Boshini yerga qaratib turgan Aera unga qarashga uyalib ko’zlarini yigitning ko’ksiga qaratib turibdi. Taehyung unga tungi kiyimning halatini kiydirmadi, shunchaki qizni ortidagi oyna tomonga burib bellaridan qo’lini aylantirdi. Yuzini esa uning bo’yniga ko’mdi.
Taehyung: bilaman Aera mendan nafratlanasan. - quloqlariga kirgan gapdan ko’zlarini oynaga tikkan qiz unga qarab turgan qorachiqlarni ko’rdi. - balki bu nafratingni umuman men uchun tugab bitmas, o’rnini sevgi egallamas…lekin men bu hislaring o’zgarishini istardim…chindan xohlayman.
Yigit gaplarini tugatib chuqur xo’rsinib qo’ydi. Aera esa o’zidan qochgan qorachiqlarni quvib unga ergashdi. Lekin Taehyungni ko’zlari endi unga qaratilmagan. Aksincha pastda edi. O’tgan safargi voqea va suhbatdan so’ng yigitning munosabati o’zgarib qolgan edi. Albatta Aeraga nisbatan ancha muloyim bo’ldi u. Yigit tomon qaragan qiz uning ko’zlariga boqib yana bir savolni hayolidan o’tkazdi. Balki unga yangilikni aytar? Nima qilsin balki u umuman qiz kutgandek harakat qilmas?!
Aera: Taehyung…
Taehyung: tshshsh…
Qizni lablarini barmoqlari bilan to’sgan yigit bir necha soniya ichida uni o’zining lablari bilan almashtirdi. Uzoq davom etmagan bo’sa daqiqalarga ham bormay tugar ekan qizning kaftidan qayta ushlagan yigit uni yotoqqa sekin yotqizib, uning ortidan o’zi joylashdi. Belidan aylangan qo’l va qornidan ushlab o’ziga tortgan ulkan kaftni sezgan Aera ko’zlarini shunchaki yumdi.

*
Telefonimning jiringlashidan uyg’onib ketdim. Tinmay qo’ng’iroq bo’layotgan raqamni ko’rib hayron bo’ldim. Yarim kechasi nima ishi bor bo’lishi mumkin menda? Qong’iroqqa javob berishga ulgurmasimdan u o’chib qoldi. Soatga qaradim. Tungi ikkidan qirq besh daqiqa o’tmoqda. Jinnimi bu yigit yarim kechasi qo’g’iroq qiladi? Tomog’im qahrab ketgani uchun yotog’im yonidagi tumbaning ustida turgan stakandagi suvdan ichdim. Yana telefon jiringlashi. Bu safar ekranning yashil qismini surib telefonimni quloqlarim oldiga olib keldim.
Jehan: yarim kechasi tushingizga kirgan edimmi Jungkook?
Jungkook: eshikni och
Jehan: nima?
Jungkook: eshik oldida turibman ochasanmi?
Tentak! Telba! Qo’ng’iroq yakunlaganidan so’ng yotoqdan turib tungi kiyimimni harir halatini egnimga ildim. Xonamdan chiqqanimdan so’ng Sojunni uyg’otib yubormaslik uchun uning eshigi oldidan sekin o’tib qadamlarimni tezlatdim. Tun yarmida kelgan bu yigitni nima ishi borligini bilmay eshikni ochdim. Qarshimda turgan yigitdan o‘tkir spirtlik ichimlik hidi dimog'imgacha uruldi. Nima u mastmi? Meni ko'rishi bilan ko'zlarini tanamga ko'chirar ekan tungi libosimni harir halatini ko'krak qismini biroz yopdim. Qilgan harakatlarimni kuzatib lab chetida kulgan Jungkook xona eshigini yopib ichkariga kirdi.
Jungkook: meni uyalchang Jehanim.
Bu nimasi? U mast bo’lishga allaqachon ulgurganku? U meni boshdan oyoq kuzatib labining pastki qismini tishladi. Jin ursin! Nega bunday qiladi. Ikki ko’zi ham old qismimga qaratilganini bilib qo’llarimni ko’ksimga aylantirib oldim. Qilgan ishimdan kulib yuborgan yigit esa yanog’imdan ushlab chimchiladi. O’zi esa qo’lini bo’ynining ortiga qo’yib tepaga qarab kuldi. Aniq telba bu yigit!

Mendan nari ketib u keng zaldagi divanga borib o’tirdi. Yechgan kostyumini yerga tashlab boshini divanga suyaganini ko’rdim. Men ham beixtiyor qadamlarimni u o’tirgan joyga yo’naltirar ekanman menga qarab turgan Jungkookdan sal uzoqroqda o’tirdim. Nega buncha teshib yuborgudek qaraydi u? Yo’q, umuman nega bu vaqt keganini hayronman ochig’i?!
Jehan: soat deyarli tungi uch bo’lyapti Jungkook. Mastligingizga qaraganda klubda bo’lgansiz shundaymi?
Jungkook: yo’qmi deyman?
Jehan: nima?
Jungkook: kiymaganmisan?
Uning imo qilgan narsani tanamning tepa qismi ekan. Ko’zlarim kattalashib old qismimga qaradim. Ming lanat! Uxlashimdan oldim yechgan edim. Ahmoq! Aytgan gapi…jinni bo’lish mumkin. Ikki yanog’im qizarib ketgani aniq. O’rnimdan qanday turganimni bilmayman. Qadamlarni xonam tomonga yo’latib ichkariga otilib kirdim. Eshikni yopmoqchi bo’lganimda mendan keyin xonaga kirishga ulgurgan yigit eshik yonida turib uni qulfladi. Nima qilmoqchi bo’lyapti o’zi?
Jungkook: menimcha hozir u bizga kerak emas.
Nima? Nimani nazarda tutayapsiz o’zi Jungkook? Ortimga qadam bosmasimdan oldin u tezda yonimga kelib belimdan ushlab oldi. Ikki qo’li bilan belimdan ushlab ko’tarib olar ekan yotoqga meni qo’yib o’zi ustimga joylashdi.

*Mast bo’lsada har doim o’zini boshqara oladigan yigit qizning tanasiga og’irligini tashlamagan holda uning ustiga chiqib oldi. Avval barmoqlari bilan qizning yuzlarini silab chiqar ekan soniyalar o’tmasi u qizning dudoqlariga yopishdi. Galma gal chanqoqlik bilan so’rib tortayotgan lablarni tishkari orasida biroz qiynab qo’ydi. Tilini qizning og’iz bo’shlig’iga kiritib uni kovlar ekan kaftlari bilan Jehanning qolgan tana qismlarini erkalab chiqishni ham unutmayotgan edi. Havo yutishga qiynalgan qiz qo’lini musht qilib tugib yigitning yelka va qo’llariga urar ekan oxiri o’zi bu bo’sani to’xtatgan yigit uning bo’ynilariga lablarini botirdi. Tishlarini qizning yelka suyagiga keltirib terisini biroz tishlaganida quloqlariga chalingan ingroq tovushi uni yanada hirslantirayotgan edi. Jungkook uning tungi kiyimini yuqoriga ko’tarayotganida qiz uning qo’llari tutib qoldi. Tinmay boshini qimirlatib uning ko’zlariga qarar ekan ortiga qaytishni yoqtirmagan yigit uning kiyimini yuqoriga ko’tardi. Hali hamon u qoldirgan izlar* qizning tanasida turgan edi. Bir ikkita yuqolib ketishga ulgurmoqchi bo’lgan siyohrang dog’chalar sarg’imtir bo’lib qolgan.

Jungkook o’zining muhrini unga tegishli bo’lgan qizning tanasida ko’rganidan sevinib lablarini sekinlik bilan ularga bosdi. Seskanib, jismi titrab ketgan qiz qo’llarini yigitning bo’yniga qo’ygan holda unga tirnoqlarini botirdi. Avaylab o’payotgandek harakat qilgan Jungkook uning ko’krak shari*ni avval tili bilan xo’llab, so’ng biroz tishlari orasida tortdi. Ingroq tovushidan so’ng yovvoyilashib ketishdan o’zini tiygan yigit uning kiyimini qayta tushirib yig’lashga shay turgan ko’zlarga boqdi. Jehan ham aynan shu yo’l bilan uni to’xtatmoqchi edi. Ya’ni yig’i bilan. Lablari keng cho’zilgan yigit uning lablaridan qayta erkalab qo’ydi. So’ng o’zi ham qizning oldiga joylashar ekan uni o’zi tomonga tortib ko’rpaga qo’l uzatdi.
Jungkook: bugun shu yerda tunayman. - u qiz va o’zining ustidan ko’rpani o’tkazib qayta qizning quloqlari orasiga shivirladi - sen bilan.

~

Yoqimli mutolaa
Author: Kim Jehan Titania
#JH_DRG