𝐄𝐍𝐂𝐇𝐀𝐍𝐓𝐄𝐃 𝐎𝐍𝐄𝐒 𝟐 | 𝐄𝐏-𝟒
Qulog’imga kirgan so’zlardan butun tanam seskanib ketdi. Ikki qorachig’im ham uning lablarida qotib qolgan holda eshitgan gaplarimdan hali hamon hayratda edim. U chindan ham aytayotgan gaplarini o’zi eshityaptimi? Begona erkak yarim tunda nega yonimga kelishi mumkin o’zi? Bora-bora hayolimni yomon o’ylar egallab olar ekan nigohlarimni bazo’r uning ko’zlariga qaratdim. Ko’z aloqamiz birlashgan mahal yuzimga yaqin kelgan yigit sabab ortimdagi eshikka urulib, yo’lim butunlayga berkilganini his qildim. Olayotgan nafasi etimni kuydiradigan darajada qaynoq edi. Haligacha uning so’zlarini tahlil qilishga ulgurmasimdan belimdan tutgan sovuq kaft sabab menga yaqinlashib turgan yigitning ko’ksidan itardim. U uzoqlashishni istamagandek yanada menga yaqinlashdi.
Aera: q..qo’yvoring..
Qo’rqib ketganim uchunmi yoki bu hayajondan bilmayman duduqlanib unga gapirdim. Jimlik. Faqatgina olayotgan nafaslarimiz quloqlarimizga eshitilmoqda. Meni pichirlab aytgan so’zlarim shu qadar past chiqqanini endi anglab yetdim. Uning o’zi eshitdimi? Nimalarni hayol qilishi mumkin? Beixtiyor qorachiqlarim unga qaratilganida hali hamon menga tikilib turgan yigitning ko’zlarini ko’rishi bilan ularni olib qochdim. Boshim butunlay yerga egilgan. Yuzim qarshimdagi Taehyungni ko’ksi tenggi turibdi. Noqulay ahvolga tushib qolganim uchun tipirchilashdan boshqa choram qolmagan edi.
Taehyung: jim tur dedim senga!
Aera: yo hozir qo’yib yuborasiz yoki men..
Taehyung: nima sen? - ikkinchi qo’li bilan iyagimdan maxkam ushlab olgan yigit oramizdagi masofani yanada qisqatirdi. Lablarim shundoq unikiga tegay deb turganida yana o’zimni olib qochishga urundim. - qo’lingdan nima ham kelar edi kichkintoy?
U iyagimdan barmog’ini olib yuzimga tushib turgan sochimni quloqlarim ortiga o’tkazdi. Uning harakatidan oyoq uchimgacha seskanib ketdim. Ko’zlarim uniki bilan bir xillikda harakatga kelgan vaqt menga tikilib turgan yigitning oyog’idan bosib undan qutilishga muvaffaq bo’ldim. Nihoyatda terlab ketganman. Nafas olishim ham notekis. Qo’rqib ketgan edim. Boshini pastga qaratib kulayotgan yigit bosh barmog’i bilan labining bir chekkasini artib boshini, butun gavdasi bilan men tomonga buruldi. Ko’zim yerda yotgan xanjarga tushganidan so’ng uni qanday qilib olishim haqida o’yladim. O’zimni himoya qilishga majburman, bo’lmasa bu telba menga nima qilishini faqatgina o’zi biladi. Biroq nigohim qaratilgan o’sha poldan boshqa kaftga olingan xanjarni ko’rib qarshimda men tomonga kelmoqchi bo’lgan qirolni ko’rdim. Ana endi chindan ham vahmga berildim. Ortimga yurganim sari deraza chetini maxkam ushlab endi nima qilishimni o’ylayapman. Qo’lidagi xanjarning o’tkir tig’ini ushlab lab chetida kulgan yigit bir qoshini ko’targan holda menga qaradi. Bosilgan sassiz qadamlar borgan sari tezlashib kettimi bilmayman faqatgina sezgan narsam ko’z ochib yumgunimcha yuzim tomonga yaqinlashgan yigit birdan xanjarni bo’ynimga tiraganida ko’zlarim kattlashib ketdi. Ming lanat! Nima qilmoqchi u?!
Taehyung: yana ozroq itarilish bo’lsa bu nozik teringda chandiq qolishi mumkin azizam.
Qo’rquvdan yutunib qo’yganimda tomog’imga tiralib turgan xanjarning o’rkir tig’ini shundoq his qildim. U esa bo’ynimda uni yurgizdi.
Aera: jin ursin daf bo’ling bu yerdan.
Taehyung: o’zingga ko’p baho bermayapsanmi qizaloq? Hayoting hattoki qo’limda turganini ko’rsangda ortga chekinmayapsan?
*U miyig’ida kuldi-da, qo’lidagi xanjarni yerga qayta tashladi. Qizning belidan qayta tutgan Taehyung bir harakat bilan o’rinlari almashtirib o’zi deraza yoniga suyandi va qizni bag’riga tortdi. Aera deyarli oyoq uchida turib qolganida uning bo’yi o’zinikiga qaraganda anchagina past ekanini sezgan qirol pastki labini tishlab kuldi. Titrayotgan tana u uchun hozirda anchagina jozibali. Masofa qisqa bo’lgani uchun ham nafaslarning qaynoqligi u uchun o’zgacha. Yigit deraza yonida turgan shamning yorug’ini qo’li bilan ochirganidan so’ng xona butunlay qorong’ulikka cho’kdi.
Oyning yorug’ida ko’rinayotgan qizning ohu ko’zlariga uzoq tikilishni istagan Taehyung qorachiqlarini undan uzmadi. Hirsning toshib kelishi. Ichidagi mahluqqa yengilmaslikka harakat qilayotgan yigit tanasiga tegib turgan kichik jussaning shakli sabab o’zini tiyishda qiynalmoqda. Qizning lablariga qaratilgan ko’zlar. Shishib turgan chiroyli dudoqlarni yana bir bor qiynab o’pishni istayotgan qirol yutunib qo’ydi.
Taehyung: yana bir bo’sa…?
Shivirlab aytilgan so’zlardan so’ng yigitning niyatini tushungan qiz yuzini olib qochdi undan.
Aera: haddingizdan oshyapsiz.
Taehyung: o’zim xohlagan narsamni olaman baribir.
Yigitning qorachig’iga tikilib turgan qiz ko’zi deraza ortidagi o’rmonga qaratar ekan ko’rgan narsasidan so’ng endi u ham jilmaydi. Oddiy kulish emas. Uning ham tabassumi ana endi ayyorlik va ishonchlik bilan paydo bo’ldi. Derazadan nigohini uzib u o’zini erkin tutib yigitga o’zi yaqinlashdi. Lablari yoniga dudoqlarini o’z ixtiyori bilan olib kelgan qizning harakatiga guvoh bo’lgan Taehyungning qoshlari hayronlikdan chimirildi. Hozirgina qo’rqib, tanasi titrayotgan qiz ayni paytda erkinlikni bir meyorda o’zida saqlab turibdi. U yigitning kiyim yoqasidan ushlab bo’ynini siladi. Shundoq ham hirsga berilib ketgan yigit esa uning ortidan tutib Aeraning keyingi harakatlari kutdi. Yigitning labiga yaqin borgan qiz ozroq masofani saqladi-da yigitning qorachiqlariga tikildi.
Aera: shunga aminmisiz?
Berilgan savolni qirol tushunmadi. Haligacha lab chetida jilmayotgan qiz uning bo’ynini silar, issiq nafasini atayin yigitni yuziga urayotgan edi.
Aera: xohishimga qarshi xattoki yuzimga teksangiz ham joningizni ortingizdagi hayvon sug’urib oladi.
Uning so’zlariga tushunmagan Taehyung shunchaki hayronlik bilan qoshlarini chimirar ekan haligina Aeraning ko’zlari derazaga qaratilganini eslab u ham yuzini ortga burdi. Deraza tashqarisida turgan bayahbat yo’lbars. U yigit va qizga qarab turibdi. Irrilashi endi quloqqa chalingan vaqti Taehyung yana nigohini qizga burdi. Qirolga tashlanishga ham tayyor turgan hayvon qizning qo’l ishorisi bilam joyida to’xtab turibdi. Yigitni hayron qoldirgan narsa nega u Aeraga bo’ysunmoqda?!
Taehyung: kimsan o’zi?
Asabiylik va jaxldan chiqqan qo’rs so’z. U ham bo’layotgan voqeani tushunmaslikdan va qizning qilgan harakatidan g’azabga berilgan yigit unga nafrat bilan qaradi. Lekin qiz aksincha. U yigitni mazax qilmoqda edi.
Aera: namuncha jaxlingiz chiqmasa? Yoki ayyorlik qilganim uchun mendan hafa bo’ldingizmi? - Yolg’ondan labini shishirib erkalik qilgan qiz yigitga yaqin borgan ko’yi kulgu bilan shivirladi - yoki qo’rqitib yubordimmi Qirol Kim Taehyung?
Gapirish tenggi uning chalg’iganidan foydalangan qiz yigitning shim cho’ntagida turgan taqinchog’ini qo’lga kirib birdan undan uzoqlashdi. Aera allaqachon buni sezgan edi ya’ni o’ziga kerakli bo’lgan narsa yigitning cho’ntagida ekanligi va shuning uchun ham uni olish bahonasida yigitga tulkilik qildi. Kaftida turgan taqinchog’iga kulib qaragan qiz keyingi soniya ko’zlarini yigitga qaradi. Hafsala bilan kulib boshini pastga qaratgan qirol chap qoshini barmog’i bilan ishqaladi. Osonlik bilan hozir u qizdan pand yedi. Undan nechchi yosh kichkina bo’lgan qizdan aldangani uchun asabiylashib kuldi. Uni hozirni o’zida adabini berib o’zining hukmiga o’tkizib qo’ya olar edi, hech bo’lmasa yonida qilichi bo’lganida. Chunki ortida uni g’ajishga tayyor turgan yirtqich hayvon bor. Bu gal yutqazganini tan olgan yigit qizga qaradi. Ikki qo’lini ko’ksiga bog’lab xonaning bir chetiga yurib borgan Aera omonatgina stulga cho’kdi. Taehyung borgan sari asabiylashyapti. Ayniqsa, xuddiki uning ustidan atayin mazahlagandek kulayotgan qizning tabassumi ichidagi olovni yondirayotgan edi.
Taehyung: qanday qilib bu iflos hayvon senga bosh egyapti?
Aera: tilingizga ehtiyot bo’lishingizni aytar edim. Chunki o’sha “iflos” deb atayotgan jonivoringiz sizni bir urinish bilan qirolligingizga yakun yasashi mumkin.
Taehyung: jodugarmisan yoki la’natlangan qiz?
Aera: sizningcha jodugarga o’xshayapmanmi? - qiz o’zining chiroyi ishongan holda gapirdi.
Taehyung: unda kimsan? O’rmondagi kiyiklar ham senga quloq solishgan edi. Endi esa bu!
Aera: siz meni kimligimga qiziqmay qo’ya qoling. Chunki buning oxiri siz uchun ham men uchun ham yaxshilik bilan tugamaydi.
Taehyung: nega?
Aera: savollaringiz ko’payib ketmadimi? Ketish vaqtingiz bo’ldi qirol Kim Taehyung. Marhamat qilib bu yerni tark etsangiz.
Taehyung: hoy menga qara oyimcha…
Aera: yaqinlashmang!
Bosilgan ikki qadam so’ng yigit yana joyida to’xtadi. Hurmatsizlik qilingani uchunmi yoki qizning bunday pisandsizlikdek chiqqan gaplaridan keyin butunlay g’azabga berilgan yigit o’zini tutib tura olmadi. Ortidagi yo’lbarsning yana bir irrilashi va qizning ko’tarilgan kafti.
Aera: o’n daqiqa vaqt beraman. Uyimdan hoziroq qorangizni o’chirasiz, yo’qsa u sizni o’ldiradi, - qiz deraza tomonga bir qarab oldi. - bergan vaqtim ichida o’rmondan chiqib ketmasangiz izingizdan yo’lbars ketadi.
Deraza ortidagi hayvonni o’ldirish uchun xattoki yigitning yonida hozir o’q va yoylari ham yo’q edi. Oti bilan birga o’sha daraxt yonida qolgan. Hozir shunchaki ketmoqchi bo’lgan Taehyung eshik dastasini ushlab ortiga oxirgu bor o’girildi. Stulda o’tirgan qizga nafrat bilan tikilib qo’rqinchli va tahdidli vishilladi.
Taehyung: keyingi uchrashuvimiz sen uchun yaxshi bo’lasligiga o’zim kafolat beraman. Bu tun sen uchun oxirgi tinch uyquying bo’lsin!
*
Soat tungi ikkidan o’tgan. Qorong’u kecha. To’lin oy. Esayotgan mayin shabada. Derazadan kirayotgan shamol pardalarni silkitish bilan birga o’zining salqin oqimini xona divanida o’tirgan yigit tomongacha olib kelyapti. Chap kaftini peshonasiga qo’yib chuqur o’yga tolgan yigit bir nuqtaga qaragancha uzoq vaqtdan buyon shu holicha o’tiribdi. Joyidan jilgani yo’q. Qimir ham etmadi. Hayolini egallab olgan bugun voqealar ketma-ketligini birma-bir eslab chiqyapti. Necha yillardan beri izlayotgan, umuman bu dunyoda yo’q deb o’ylagan qiz bugun uning qarshisiga chiqdi. Ko’zlar tutashgandi. Faqatgina qizning o’zi emas, uning ikki farzandi ham hali tirik edi. Jungkook o’sha bir lahzani o’ylamaslikka o’zini to’xtata olmayapti. Uning qo’lidan tutgan jajji qo’lchalar. Qizining kulishi-yu, o’g’lining qarashlari uning qalbida qolib ketdi. Ayniqsa, qizning so’nggi gaplari…Jehan unga ochiqchasiga barchasi tugaganini aytdi. Lekin nega? Nima uchun? Jungkook mana shu o’tgan vaqt ichida yetarlicha azob ko’rmadimi? Jehan uni kechirmagan edimi? O’sha so’nggi bir kun. Hayotlaridan o’tgan baxtli bir kuni qizning yodidan chiqqan bo’lsa? Sevgisini unga izhor qilgani, kechirganligini harakat va so’zlar bilan Jehan unga isbot qilmagan edimi? Yigit ming urinmasin qizning bu harakatini va eng asosiysi qanday qilib uni tirik qolganini tushunmayotgan edi. U sehrdan qutildimi? Lekin nega Jungkookning yoniga shu vaqtdan buyon qaytmayapti va nima sababdan u bugun ham qirolni rad qildi? Hech bir savoliga javob topa olmagan qirol qattiq xo’rsinib o’rnidan turdi. Deraza yoniga borib saroy tashqarisiga va o’rmon taragga uzoq tikilgan Jungkook sinchkilab uni tekshirdi. U yo’lni eslab qolgan. Majburligi uchun u Jehanni yonidan bugun kunduzi ketdi. Lekin hozir yana qizni qanchalik ko’rishni xohlayotganini faqatgina Jungkookning o’zi biladi. Tongda bo’lgan voqealar va qizning so’zlari uni yanada o’rmonga tikilishga undayverdi.
“Jehan: ismimga egalik ma’nosini qo’shib aytmang Jungkook. Siz bilan men bundan uch yarim yil ilgari ayrilishganmiz. Men uchun siz hech kimsiz va siz uchun ham men begona shaxs bo’lib qolaveraman”
“Jehan: yolg’on. Hammasi. Barchasi yolg’ondan iborat. Jungkook bizning kitob sahifamizga so’nggi nuqta qo’yilgan. U boshqa yozilmaydi”
Yodga olingan haqiqat! Achchiq lekin barchasi rost! So’nggi bor o’rmonning yo’liga qaragan Jungkook divanda turgan qirollik kiyimini kiydi-da, xonadan chiqib ketdi.
Jungkook: bunday bo’lmaydi. Yo’l qo’ymayman. Barchasi bunday tugamasligi kerak.
Zinalardan tushaverishda o’ziga-o’zi pichirladi u. Saroy jimjit. Pastki qavatga tushib bo’lganidan so’ng saroyning eshidan tashqariga chiqqan Jungkook qadamlarini otxona tomonga burib o’zining qora tulporining arqonini yechdi. Bir urinish bilan u otiga minga holda jilovni o’rmon tomonga qaratdi. Yeldek uchib borayotgan tulporning taqasining yerga urilishi va hansirashi sokin tunni buzyapti. U o’rmonning ichkarisiga kiraverib borar ekan ana endi faqatgina atrofga yorug’lik berayotgan narsa oyning o’zi edi. Hech narsaga qaramay tezroq ko’zlargan manziliga yetib borishni istayotgan qirol eslab qolishga harakat qilgan yo’llaridan otini yetakladi. Yana bir bahaybat majnuntol daraxti yonidan burulgan yigit kunduzi ko’rgan o’sha tanish uyga ko’zi tushdi. Yo’lni to’g’ri topib kelganidan sevindi u. Jungkook yetib kelganidan so’ng otining tezligini pasaytirib uni iloji boricha uzoqroqqa bog’lab qo’qmoqchi bo’ldi. Tulpordan tushgan qirol qadamlarini to’g’ri o’sha uy tomonga olib keldi. Eshik yonida turib taqillatish zarur yoki yo’qigi haqida o’yladi. So’ng eshikni ozroq ichkariga itargan edi uni ochilishidan qoshlari chimirildi.
Jungkook: nega u kechasi eshikni qulflamagan?
Hayronlik va vahm bilan ichkariga kirgan yigit nim qorong’u xonaga ko’zi tushdi. Xona o’rtasida divan va bir necha stullar bor. Xona ichiga ulangan yana bir eshikni ko’rib o’sha tomonga yurishni boshladi u. Hayolida ming xil o’y! Tongdagi hodisalardan so’ng uni bezovtalik endi har doim taqib etadi. Yana bir bor ochilgan ruxsatsiz eshik.
Jungkook bir deraza va yotoq, tumba, kichik divan, javondan iborat bo’lgan xonani ko’rdi. Yotoqda uxlab yotgan qiz. O’zini bo’sh tashlavorgan yigit ancha vaqtdan buyon mana shu hodisalarni kutgan edi. O’zi sevgan qizning yana bir shirin bo’lib osoyishta uxlashi. Jehanni yonida pishillab uxlayotgan jajji egizaklar. Yigit yotoq tomonga yurib bu voqealar yana tush bo’lmasligini ichida o’tinib so’radi. Lekin hozirgi daqiqalarning hammasi haqiqat. U farzandlariga yon tomoni bilan qarab uxlayotgan qizning yoniga keldi. Jehanning ko’zlariga tushib turgan sochlarini yuzidan oldi u. Chunki u bilar edi, Jehan uxlayotgan vaqti har doim mana shu soch tolalari sabab g’inshib uyg’onib ketishi mumkin. Qorong’u bo’lishiga qaramay chiroyini yaqqol ko’rsatib bergan qizning yuzi tomon egilgan yigit uning uzun qayrilib turgan kipriklariga qaradi. Chiroyli yurakchasimon dudoqlar…
Jungkook: uxlaginingda yanada go’zal ko’rinasan, - qizning yuziga qarab turar ekan uning yanoqlaridan silab gapirdi qirol - yoqimtoy va chiroyli. Hech o’zgarmapsan Jee, hali hamon men tanigan o’sha mitti qizaloqsan.
U tizzasi bilan polga cho’kib, qizning peshomasidan siladi. Sochlaridan hidladi. O’sha yoqimli ifor. Atirgullarning ifori undan yaqqol taralmoqda.
Jungkook: iforing hali hamon yodimda ekan, - nim tabassum qilgan yigit uning yuziga egilib yanog’idan bo’sa oldi. Lablaridagi qaynoqlikni sezganida o’zini ortga olgan qirolning yuzi o’zgardi - nega bunchalik issiqsan?
Shivirlab aytilgan so’zlaridan so’ng qizga qarab turgan yigit uning ko’zlari ochilishidan so’ng birdan Jehanning og’zini kafti bilan berkitdi. Kattalashib ketgan ko’zlarga yaqin turgan yigit qizni qo’rqqanidan chinqirib yuborishini bilgan holda kaftini maxkam bosdi. Qorong’uda ko’ringan o’ziga tanish yuz egasidan so’ng hayron ifoda bilan Jungkookka qaragan Jehan hali hamon betartib nafasini bosa olmayotgan edi. Tez-tez o’pkasi olinayotgan havoni yutayotgan Jehan labiga barmog’ini qo’ygan yigitni ko’rdi. Qizga jim bo’lishini ta’kidlagan Jungkook qo’lini sekin undan oldi. Qo’rqitib yuborgani uchun jaxl bilan Jungkookka qaragan qiz keyingi navbatda yotoqda uxlab yotgan Hanni va Jihoonga qaradi. Qizning jaxl qilishi chindan ham sog’ingan yigit unga qarab kulib qo’ydi.
Jehan: bu yerda nima qilyapsiz?
Jungkook: sizlarni ko’rgim keldi.
Jehan: yarim kechasimi?
Yotoqdan qaddini ko’targan qiz hayron va asabiy Jungkookka qaradi. Qiz gavdasini ko’tarishi bilan oldi juda ochiq bo’lgan tungi kiyimga ko’zi tushgan yigit nigohini o’sha tomonga qaratdi. Yigitning qorachiqlari qayerga qaratilganini bilgan Jehan tungi kiyimning harir halati bilan oldini yopdi. Uning bu harakatidan so’ng qizning yuziga qayta qaragan qirol unga biroz yaqinlashdi. Nega u bunchalar ochiq bo’lgan tungi kiyim kiyganini tushunmagan yigit qizni siquvga olmoqchi edi toki qizning o’zi unga murojaat qilmagunicha.
Jehan: keting…
Qo’qqisdan aytilgan so’zdan keyin qizni hozir siquvga olish faqatgina Jungkook uchun qiyin vaziyatni yaratishni tushunib, qirol Jehanning yuzidan tutdi.
Jehan: nima qilyapsiz?
Yanog’iga tekkan sovuq kaftlardan joyidan sapchib ketgan qiz oldini yanada maxkam yopib, yotoqqa suyanib qoldi. U bu teginishni yoqtirmadimi yoki Jungkookdan qo’rqdimi? Taajjubdan qolgan yigit unga bunchalik tez teginmaslikni hayolan o’ylab shunchaki qizdan ozroq uzoqlashdi.
Jungkook: qo’rqitib yuborgan bo’lsam kechir.
Jehan: keting Jungkook.
Jungkook: nega bunchalik haydamasang.
Jehan: yarim kechasi bu yerda nima qilasiz?
Jungkook: men…men Hanni va Jihoonni ko’rgani keldim. Nima mumkin emasmi?
Qizning bergan savoliga hayolidagi gapni tez-tez gapirib tashladi u. Yotoqdan turgan Jungkook uni aylanib o’tganidan so’ng pishillab uxlab yotgan mittivoylarga qaradi. Bu ular kutgan bolalar. Qiz yoki o’g’illigi haqida tortishishgan, Jehanning homladorlik davrida qilgan qiliqlari-yu, injiq harakatlarini esladi yigit. Mana ularda hozir egizaklar bor. Yotoqqa egilgan Jungkook avval qizining peshinasidan o’pib, so’ng og’lining sochlaridan siladi. Otalik mehrini u ayni damda sezmoqda. Boshqacha shirin his-tuyg’u.
Nechchi yildan so’ng endi ko’rayotgan farzandlariga uzoq vaqt termulib turgan yigit ikkisining ham jajji kaftchalariga lablarini bosdi. Kichkina chaqaloqlardan keladigan yoqimli hid uning atrofini qoplab olar ekan bog’ziga tiqilgan narsani yutishga qiynaldi u. Qaddini ko’targab Jungkook ularga yana bir bor qarab nim jilmayib, nigohlarini deraza yonida turgan qizga qaratdi. Qomatini yopib turgan tungi kiyimning harir halati bir meyorda shamol sabab tebranyapti. Yigitning yonigacha kelgan uning ifori. Qadam bosib Jehan tomonga yaqinlashayotgan qirol undan ko’z uzmay kelmoqda. Ikki qo’lini ko’ksiga bog’lab tashqarini kuzatib turgab qiz ortiga kelib to’xtagan inson tanasini sezdi. Beliga tekkan kaftkar sabab joyidan sapchib ketgan Jehan ortidagi yigitga qaradi. Masofani keskin qisqartirgan qirol uning yuzi tomon yaqin kelgan ko’yi qarshisida qo’rquvdan to’xtovsiz harakat qilayotgan qorachiqlarga tikildi. Nafas olish taribi buzulgan qizning ko’ksi tebrangan mahal Jungkook uning havoda muallaq titrayotgan kaftlariga qaradi.
Jungkook: qo’rqyapsanmi? - past tovush bilan aytilgan bu shivirlash xonaning sukutini buzdi. Yana bir qadamdan so’ng devorga jussasi tiralgan qiz yuzini boshqa tomonga burdi.
Jehan: Hanni va Jihoonni ko’rib bo’lgan bo’lsangiz, endi keting..
Jungkook: Jee, nega bunchalik o’zingni olib qochyapsan? Bizning o’rtamizda bo’lgan barcha muammolar hal qilingan edi menimcha.
Jehan: eslashni istamayman.
Jungkook: lekin eslashing shart! Muhim! O’sha oxirgi uchrashuvimiz…biz baxtli edik-ku?!
Jehan: lekin barchasi o’zgardi…Jungkook bu haqida gapirishni istamayman, iltimos keting…
Jungkook: lekin..
Yigitning so’zi og’zida qolib ketdi. Birdan chinqirib yig’lab yuborgan bolaning tovushi sabab uni nari surib yotoqga o’zini otgan qiz tezda Jihoonni qo’liga oldi. Jungkook derazaning yonida turgan holda hech narsani tushunmay karaxt ahvolda qolar ekan xona bo’ylab yurayotgan qiz farzandini qo’lida tebratish bilan band edi. Bolaning chinqirib yig’lashini vahima bilan kuzatib turgan yigit keyingi soniyada tezda Jehan tomonga bordi.
Jungkook: nega u bunchalar qattiq yig’layapti.
Uning gapi to’g’ri edi. Jihoon oddiy bolalar va chaqaloqlardek yig’layotgani yo’q. Xuddi uning tanasini tinmay kimdir urgandek bo’lib, istmalab yig’layotgan edi. Har xil so’zlarni o’g’lining qulog’iga shivirlab tinmay lablarini harakatlantirayotgan Jehan o’zining yelkasidagi achishga ham ahamiyat bermadi. Oldidagi yigitning aytayotgan gaplariga va savollariga ahamiyat bermayotgan qiz o’g’lini tebratib, tezroq ko’ndirishga harakat qilayotgan edi. Bora-bora ovozi pastlashib, faqat hiqillab qolgan Jihoon o’ksib-o’ksib nafas olayotgan edi. Jehan yuzini ortiga burib yotoqda hali hamon uxlayotgan qizini ko’rib xotirjam ko’z yumdi. Qizning ko’ksiga boshini qo’ygan holda yana uyqusini davom ettirayotgan bola tinchidi. Yanog’idan oqayotgan yoshlarni yigitdan yashirish uchun yuzini pastga qaratayotgan qiz o’g’lining sochlaridan silab, peshonasidan o’payotgan edi.
Jungkook: menga ber.
Ikki qo’lini ham Jihoonni olish uchun cho’zgan qirol nigohini hali hamon qizning qizarib ketgan ko’zlariga qaratayotgan edi. Jehan jim turgan bo’lsa-da, hansirab nafas olayotgani yaqqol quloqqa eshitilayotgan edi. Biroz vaqt sukut saqlab turgan qiz keyingi galda Jungkookka qaradi. Muloyimlik bilan sekin qizning qo’lidan tutgan yigit Jihoonni sekin uning qo’lidan oldi. Istma qilib yotgan bolaning qaynoq tanasini his qilgan qirol uni maxkam bag’riga bosdi. Bolani yiqitib qo’yishdan yoki qo’lidan tushurvorishdan qo’rqqan Jungkook uni ehtiyotkorlik deraza yoniga olib bordi. Salqin shabada ta’siri qaynoq tanani sovutishga urundi. O’g’lining yelkasidan silash ko’yi ko’z qiri bilan Jehanni kuzatayotgan yigit hali hamon nimalar sodir bo’layotganini tushunmayotgan edi. Ko’zyoshlarini artib, kiyimini to’g’irlagan qiz Jungkookning yoniga bordi. Jehan shu paytgacha ikki farzandini ham hech kimga hech qachon ishonmagan. Hattoki o’rmonga yoki biror bir qo’shnining uyiga chiqsa ham, u doim bolalarini o’zi bilan birga olib olardi. Chunki mana shu ikki bola u uchun hayotiga aylanib bo’lgan uning.
Hozir ham u Jungkookni qo’lidan bolasini olgisi keldi, biroq bunga uning haqqi yo’q. Chunki yigit uning otasi. Farzandlari ota mehrini ko’rmay uch yil yashashdi. Endi qiz bunga to’sqinlik qilmoqchi emas.
Jungkook: Jihoonga nima bo’lgan? Nega birdan yig’lab yubordi? Yana uxlayotgan joyida?!
Chuqur xo’rsinib qo’ygan qiz yelkasiga qo’lini qo’yib, biroz shu yerini yelpidi.
Jehan: sehr uning tanasida bor.
Tezda yuzini qizga qaratgan Jungkook taajjubdan qotib qoldi. Yuziga hech qanday o’zgarish kiritmagan qiz esa ko’zlarini tashqariga qaratgan holda gapini davom ettirdi.
Jehan: tug’ilganidan buyon shunday. Har kechasi yig’lab uyg’onadi. Uning tanasida sehr bilan birga yana nimadur bor Jungkook…lekin bilmayapman. O’sha narsa farzandimni har kechasi azob chekishiga majburlayapti.
Jungkook: davosi yo’qmi?
So’z o’rniga qiz boshini yonga qarata tebratishi unga javob bo’ldi. Xo’rsinib qo’ygan sevgilisi tomon bir qadam yaqinlashgan yigit unga yana savol berdi.
Jungkook: jumboqchi? Xuddi sendek uning ham tanasini sehrdan qutilishi uchun birorta jumboq yoki savollar bo’lishi kerak emasmi?
Jehan: Jihoon va Hannini dunyoga keltirganimda oldimda hech kim yo’q edi. Heyidan bo’lak…tug’ruq juda ham qiyin bo’ldi…sehr bilan birga tug’ilgan bola chindan ham bu dunyoda tinch yashamasligiga men o’sha vaqtdan buyon amin bo’lib kelyapman. Ba’zi parilar bilan qayta ko’rishdim. Jihoondagi sehr hech qachon ketmasligini aytdi ular. Balki yoshi o’smirlik davridan o’tganidan so’ng sehr uning tanasidan ketishi mumkindir, lekin bu aniq emas.
Qizga bir muncha vaqt qarab turgan yigit qo’lidagi bolani yotoqqa sekinlik bilan yotqizdi-da, nigohini kichkina qizchaga burdi.
Jungkook: Hannichi? Uning tanasida ham sehr bormi? - u yana qayta derazaning yoniga bordi.
Jehan: yo’q….Hannida hali bunday vaziyatlarga duch kelmadim. U oddiy bolalardek. Bunday kechqurun qo’rquvdan yig’lashlar va og’riqlar unda yo’q.
Boshini pastga qarata hammasini tushundim degan ma’noda qimirlatgan yigit qizga ko’z qirini tashladi. Hissizlik bilan bir nuqtaga uzoq vaqtdan buyon termulib qolgan Jehan xattoki kiprik qoqmay jimidi. Hayolida qanday o’ylar borligini uning yonidagi yigit bilmaydi. Jungkook borgan sari ichidagi hissoyotlariga yengilmoqda. Yonida turgan qiz u uchun hayotidagi yagona sevgan ayoli edi va bir necha yillar oldin uni yo’qotdi. Ammo hozir o’sha qiz uning qarshisida. Uni qanchalar sog’ingani esa yigitning o’ziga ayon. Jungkook nigohi uning qo’liga qaratganidan so’ng beixtiyor ulardan tutdi. Sapchib tushgan qiz kaftini tortib olmoqchi edi, biroq har doimgidek kuchli tomon bu safar ham qizni mag’lub qildi. Jehanni ikki kaftidan tutgan yigit uni o’ziga qaratib yuziga termuldi. Mana u o’sha sog’ingan ko’zlar. U sevgan uzun kipriklar va qirmizi dudoqlar. Qizga yanada yaqinlashishni istagan qirol uni devorga tiradi. Kaftdan silanib toki yelkagacha borgan sovuq barmoqlar. Eti jimirlab ketgani uchun bunday harakatlar qizga ancha begona bo’lib qolgan edi.
Jungkook: senchi Jee?….sen hali ham o’sha sehrlangan qizmisan?
Yigitning ko’zlariga qarab hissizlikni saqlab qolgan qiz unga buni aytish kerakmi yoki yo’qligini avval o’ylagan bo’ldi.
Jehan: ha! Men yana o’sha sehrga butun umr bog’lanib qolgan qizman va shuni bildimki, hech qachon bu jodudan qutila olmayman. Bu meni hayotimning la’nati va bu la’nat farzandimga ham urgan.
Jungkook: lekin Jehan qandaydir yo’l…
Qizning ikki yelkasidan qattiqroq tutgan yigit uning ingrashidan so’ng tezda qo’lini tortib oldi. U Jehanga teginganida issiq haroratni sezdi va hozir ham qorachog’i qizning tatu tushirilgan yelkasida. Chap yelkasini ushlab yigitdan nari ketgan qiz xona ichidagi divan tomonga bordi. Uning yonida turgan tumba ustidagi kitobni divan ustiga tashladi-da, shamni yoqdi. Hech narsa bo’lmagandek divanga omonatgina cho’kkan qiz kitobni qo’liga olib uni mutolaa qilishni boshladi. Qirol esa uni shunchaki kuzatib turmoqda. Jungkook qancha unga yaqin bo’lishni istasa, Jehan xuddiki unda atayin uzoqlashmoqchidek tuyuldi unga ayni dam.
U bilan ko’proq suhbat qurishni yigit hozir shu qadar xohlayotgan ediki, gapni nimadan boshlashni ham bilmadi. Ko’zi xona bo’ylab yurg’izib chiqqan yigit ana endi deraza yonida turgan stol ustidagu gullarga ahamiyat berdi. Oq rangdagi atirgullar. Jungkookning tomog’iga nimadir tiqilib qolgandek og’ir yutundi. Har doim o’sha kunni eslatadi bu gullar unga. Jehandan ayrilgan kechasini. Lekin bu gullar va rang ularni soflik va sevgisi ediku?! Hozir Jehan shu yerda, lekin nega haki hamon ular birga emas?
Jungkook: oq atirgullar….sen o’sha kundan buyon shu gullarga oshiqsan shundaymi? - birinchi bor unga bunday gullarni berganida qizning qandau xursand bo’lgani eslagan Jungkook jilmaygan holda atirgul barglarini siladi.
Jehan: bularni Heyi olib kelgan, bu uning sevgan gullari.
Ahamiyatsizdek gapirdi qiz boshini kitobdan uzmasdan.
Jungkook: unda bularni olib ketaman, dugonangni uyida tursin.
Jehan: hoy, Jungkook! Qo’ying hoziroq joyiga.
Gullarni guldondan bo’shatayotgan yigitni ko’rib past ammo tahdidli gapirdi u. Qizning bunday qiliqlari uni har doim kuldirib kelgan va mana hozir ham labini tishlab kulayotgan qirol unga deyarli qo’lidagi kitobni otishga ham tayyor turgan Jehanga qaradi. Ikki qo’lini havoga ko’tirib jimman degandek qizga qarab qo’ygan yigit shunchaki u tomonga qadam tashladi.
Jehan: ketadigan vaqtingiz bo’ldi menimcha.
Jungkook: men bu qizni deb yarim tunda havfli o’rmondan kelsam-u, bu qaysar meni uyidan haydayni?!
Jehan: ajab qilibman bildingizmi? Qani keting.
Qo’yar qo’ymasga yigitni eshik tomon olib ketayotgan qiz eshik dastasini burab Jungkookni tashqariga chiqardi.
Jungkook: yo Xudo?! Meni chindan ham qorong’u o’rmonda bir o’zimni tashlab qo’yasanmi? Yovvoyi hayvon kelsa nima qilaman?
Jehan: qanday kelgan bo’lsangiz shunday ketasiz! Bu yerlarda yirtqich hayvonkar yo’q. Havfsiz joy bo’lgani uchun ham haligacha yashab kelyapman.
Qizni hozir gap bilan yengib bo’lmasligini va uning qanday qaysarligini yaxshigina bilgan Jungkook yana bir bor unga yon bosishga ko’ndi.
Jungkook: yaxshi, hozir ketaman lekin erta tongda qaytib kelganimda men bilan birga saroyga qaytasan. “Nargeno” saltanatiga.
Jehan: bu haqida siz bilan gaplashgan edik shekilli?!
Jungkook: u gaplarni unut. Tongda olib ketaman.
Indamay turgan qizni yanog’idan tezlikda o’lib olgan Jungkook lablariga tabassumni olgan holda oti bog’langan majnuntol daraxti tomonga qarata ketdi.
*
Kechadan buyon hayollarim tarqoq. Nima qilishni bilmayotgan insondek qayerga o’tirsam ham tursam ham ko’nglim notinchlikni sezavergandek. U bilan oxirgi suhbatimiz yaxshi o’tmadi albatta, ammo men uning nimasidan bunchalik qo’rqishim mumkin? Uni deyarli tanimayman ham. Ikki marota ko’rib turgan insonim kechasi uyimga kelgan holda meni o’ziniki qilish maqsadi ekanini aytgani nimasi?! Odam aqliga sig’maydi bu. Uning bunday bezbetligiga men ham javob qaytarish kerak edi va shunday qildim ham. Ayyorlik qilishim shart edi, yo’qsa aslo taqinchog’imni undan ola olmas edim. Agar u mening hayotim aslida qanday ekanligini bilsa,…o’shanda ham shundayligicha qoladimi? Umrim davomida ilk bor begona yigitni deb qo’rquvni his qildim kecha. Uning aytgan gaplari va qarashlari har qanday insonni etini seskantirar edi axir. Shunchalar qo’rqganim uchunmi yoki karaxt ahvolga kelganim sababmi bilmayman, u meni kecha o’pib olganini birinchi sezmadim ham. Barchasi tez sodir bo’lib o’tgandek tuyildi va hozir ham bu bo’sa tez-tez aylanib o’tib ketayotgan kasetadek ko’z oldimda paydo bo’layotgan edi. Mening tinchligim yo’qoldi jin ursin! Uning oxirgi bor aytib ketgan gaplari…oxirgi tinch uyquying degani nimasi yana?! Bu bilan nimani aytmoqchi bo’ldi? Yoki kecha chindan ham oshirib yubordimmi? Ming xil hayollarga boryapman. Hammasini unutishim kerak.
Aera: Uning qo’lidan hech nima kelmaydi havotir olmasangchi Aera! Qaltirama!
Titrab ketayotgan qo’llarimga urib o’zimni tinchlantirishga harakat qilyapman. Chalg’ish maqsadida oshxona tomonga o’tib nimadurlar tayyorlashga kirishdim. Mevalarni to’g’rab ularni likopchaga joylashtirdim. Bu uyda men sakkiz yoshimdan buyon yolg’iz yashayman. Ota-onamni aytgan so’nggi so’zlari hali hamon qulog’im ostidan ketmaydi. Men ular majburiyatni o’z bo’ynimga olishga qasam ichganman va shuning uchun ham bu o’rmonning hayvonlari men uchun qadrli. Ayniqsa, kiyiklar…likopchani qo’limga olib uydan chiqdim. Uyimning orqasida bog’ joylashgan. Har kuni bu yerga men uchun qadrli bo’lgan qushlar yoniga kelaman. “Quetzal” qushi (Pharomachrus mocinno) ko’rishidan juda ham chiroyli bo’lgan bu qushni men shu qadar yaxshi ko’ramanki, uch yildan buyon har kuni uyim yoniga kelganini ko’rsam ko’zim quvonadi. Mana hozir ham meni ko’rishi bilan daraxtdan uchib kelib qo’limga qo’ndi. Yashil va qizil rangdagi patlari doimo meni lol qoldirgan. Juda chiroyli. Bu qushning tabiatan ancha yovvoyi bo’lib hammaga ham o’rganavermaydi. Ular asrlikda yashay olmasligi uchun ham uni uyga olib kirmayman. Tez nobud bo’lishi mumkin. Uning patlarini silab biroz don berdim.
Atrofni tomosha qilib likopchadagi mevalarga qo’l uzatgan vaqtim yirtqich hayvonning o’kirishi sabab joyimdan sapchib turdim. Daraxtga qo’ngan barcha qushlar turli tomonga tarqab uchib ketishganidan so’ng ovoz kelgan tarafga qarab yugurdim. Men o’ylagan narsa bo’lmasin o’tinib so’rayman.
*Yetib kelishi bilan qarshisidagi manzarini ko’rgan qiz ikki kaftini bilan og’zini yopib yerga o’tirib qoldi. Zo’rg’a nafas olayotgan yo’lbars qorniga sanchilgan qilich va bo’yniga tekkan o’qlar sabab asta-sekin ko’zini yumayotgan edi. Nafas olishni ham unutgan qiz haligacha karaxt ahvolda jim turibdi. Qizni ko’rishi bilan otidan tushgan yigit soqchilarga yerda yotgan yo’lbarsni yaxshilab ushlab turishni buyurgan holda Aeraning yoniga yaqinlashdi. Yetib kelganidan so’ng u qizning ikki yelkasidan ushlab o’rnidan turg’azmoqchi bo’lganida chinqiriq ovozi butun o’rmonga tarqaldi.
Aera: teginma menga! NEGA UNI O’LDIRASAN!!!
Biroq qizning chinqirishi-yu, so’zlariga ahamiyat ham bermagan yigit uni sudrab uy ichiga olib kirib ketdi. Jonsiz yotgan yo’lbarsaga otilayotgan qiz uni changallab olgan haqiqiy maxluqdan qutilishga qanchalik harakat qilmasin, bu ishni u uddalay olmadi. Uy ichiga kirib eshikni yopgan yigit qizni yerga qarata uloqtirdi. To’zib ketgan sochlarini orqaga tashlab o’rnidan turgan qiz yigitning yuziga o’zini boshqara olmay tarsaki tortdi. Yuzi yonga qarab qolgan yigitning asab tolalari oxirigacha uzilib bo’ldi. Bilagidan ushlab qizni devorga tiragan yigit unga tund qiyofa bilan qaradi.
Taehyung: kechagi muomilangga javob bu!
Aera: uni nega o’ldirasiz? Unda nima ayb edi?
Taehyung: uning aybi senga bo’ysunib menga qarshi borganligi!
Aera: maraz!
Qizning bo’ynidan bo’g’gan kaft uni devorga boshini bosdi. Tirnoqlari bilan yigitning kaftini shilab tashlagan qiz qancha harakat qilmasin uning changalidan halos bo’la olmadi. Tund qiyofasi bilan jaxlga tobora berilayotgan qirol uni qisib borayotgan edi.
Aera: kechani o’zida seni yo’q qilishim kerak ekan!
Taehyung: afsus azizam, kech qolding.
Aera: iflos!
Taehyung: tilingga ehtiyot bo’l! Har bir aytgan so’zing uchun javob berishingni o’yla xonimcha!
Qizning qizarib ketgan yuzini ko’rganidan so’ng uni siltalab qo’yib yuborgan yigit yerga qulagan Aerani ko’rdi. Tez-tez hansirab nafas olayotgan qizning sochlari yana kaft ichiga olindi. Uni majburlab xonaga olib kirib ketayotgan Taehyung ikkinchi bor qizni yerga uloqtirdi. Og’riqdan ingrab yuborgan Aera eshikni qulflayotgan yigitni ko’rishi bilan ortiga tisarildi. Qo’liga kichik xanjarni olgan yigit qiz tomonga yurib kelib tig’ni qizarib ketgan bo’yniga tiradi. Ko’zlari allaqachon yoshlanishga urungan Aeraga tikilgan yigit iblisona jilmaydi.
Taehyung: vaxshiy qirol ekanligimni isbotlashimni istaysanmi azizam?
Tig’ni uning bo’ynida harakatga keltirdi u. Nafasini o’pkasida ushlab turgan qiz qarshisidagi qorachiqlarga tik qarab o’zini sotib qo’yishni istamadi. Mard va qo’rquvsiz turgan ohu ko’zlarga qarab turgan yigit lab chetida tabassum qilib xanjarni uning bo’ynidan oldi. Qadam tashlab derazani ham yopgan Taehyung ustidagi qirollik kiyimining yoqasini bo’shatib yerdagi qizga qaradi.
Taehyung: boshqa yo’l bilan senga kim ekanimni ko’rsataman hozir - qizning bilagidan maxkam ushlagan yigit uni bu safar yotoqqa uloqtirib iyagidan siqdi. - kechasi ishing uchun badal to’lash vaqting keldi Aeram!