October 16

𝗘𝗻𝗰𝗵𝗮𝗻𝘁𝗲𝗱 𝗼𝗻𝗲𝘀

{10 episode}

Ketma ketlik bilan bir birlarini ustiga yiqilgan yigit va qiz hozirgi ishdan biroz karaxt ahvolga tushushar ekan Jungkook Jehanning yelkasidan qattiq ushlab ko'ksiga maxkam bosib turar edi. Qattiq hansirab nafas olib chiqargan yigit avval Jehanni quchog'idan bo'shatmagan holda turg'azib so'ng o'zi qaddini ko'tardi. Jungkook uning ikki yelkasidan ushlab ko'zlariga tikilgan holda qizning har bir joyiga qarab chiqdi.
Jungkook: bu nima qilganing Jee?
Qizni hech qayeri hattoki tirnalmaginini ko'rgan yigit chuqur nafas olib uning yanog'larini kaftlari orasiga oldi. Ko'zlaridagi qo'rquv va notinch qorachiqlar bir zum tindirgan Jungkook Jehanni bag'riga bosdi. Ikki qo'lini uning nozik va kichkina tanasiga aylantirar ekan sochlaridan kelayotgan shirin ifordan chuqur hidladi.
*Hech narsani tushunmayapman. Bir necha kun va soatlar oldin yuragi vaxshiylikka to'la yigit nahotki hozirda boshqa inson? Men undan koyish, urshish, jahl, zo'ravonlik va qahr kutgan edim. Lekin uning hozirgi ishlari... U birinchi marta meni boshqa nom bilan atadi. "Jee". Doim "malagim" yoki "go'zalim" deb murojaat qiladigan bu yigit nega birdan bunday nom va yumshoq munosabatga o'tib qoldi? Sen o'zi qanday insonsan Jungkook? Vaxshiy insonmi, maxluqmi yoki qarshimda turgan oddiy bir yigit? Uning ovozi shunchalar mayin va erkalab aralash chiqdiki, bir zum o'zimni yo'qotib qo'ydim. Meni bag'riga singdirib yuborgudek quchib turgan yigitdan rostakamiga hayratlandim. Yuzini menikiga yaqin keltirgan holda ko'zlarini yumdi. Chuqur nafas olib chiqardi, burni menikiga tegib turibdi. Oramizdagi masofa yaqin.
Jungkook: boshqa bunday qilma o'tinaman.
Nima? U mendan iltimos qilyaptimi Tushunmayapman. U pishirlab bu so'zlarini aytar ekan kipriklari hamon birlashtirib turar edi. Meni aslida shu ahvolga solib, jonimga qasd qilishimga sabab bo'lgan uning ahmoqona ishlari emasmi? Tanamni toptagani, asira qilib saroyida ushlab turgani, boysunishga majbur qilayotgan shu zolim emasmidi?
Jehan: uddalay olmadim.
U sekin ko'zlarini ochib yuzimga qarab qoldi. Yanog'imdagi kaftlariga qo'limni bosib sekin ularni pastga tushirdim. Ko'zimga kelayotgan yoshlari chiqarmaslik uchun lablarimni tishlab harchand urunmay ular kiptiklarimdan dur kabi oqib tushaverdi.
Jehan: yana qo'limdan hech narsa kelmadi.
Jungkook: Jehan....
Jehan: gapirmang iltimos...qarang qanchalar ojiz bo'lib qoldim men. Na o'zimni himoya qila olaman, na bu sehrdan qutulaman va na dugonamni hayotga qaytara olaman. Men qanaqa insonga aylandim? Shunchalar ojizlik ruhimni qamrab oldimi? O'lishgacha urunib ko'rdim lekin qarang bu ham qo'limdan kelmadi. Asta sekinlik bilan ortimga qadam bosib undan uzoqlashdim. Xonam qorong'u va faqatgina oyning yorug'ligi uchun qarshimda turgan qirolning yuzini ko'ra olyapman. Menga qolsa mana shu oy yo'q bo'lib ketsin va men uni qayta ko'rmay.
Jungkook: Jehan...
Jehan: Jungkook uxlamoqchiman. Yaxshisi xonangizga borib siz ham dam oling.
Yotoq yoniga borib unga joylashdim. Ko'rpani ustimga tashlab uni xonadan chiqib ketishini kutib o'tirar ekanman bosh barmog'ini ko'zini oldiga olib borib artganini ko'rdim. Nima? Jungkook...u yig'ladimi? Lekin nima uchun? Ko'zini mendan berkitgan holda ortiga o'girildi-yu, eshik dastasini ochishdan oldin so'nggi bor menga qaradi. U chindan yig'lagan ekan. Buni biroz qizargan ko'zlaridan bildim.
Jungkook: mayli Jehan, yaxshi dam ol.

Erta tongdan qo'rquv bilan uyg'ongan qiz nonushta ham qilmay saroy bog'idagi soy yoniga bordi. Kechagi bo'lib o'tgan ishlar va gaplardan yurak bag'ri ezilib ketar ekan o'zini qo'yarga joy topa olmay qo'lidagi kichkina shishachaga qarab uyerdan buyerga yuraverdi. Kaftlari orasida turgan bu shishachaning ichidagi suyuqlikdan shunchalar havotir olar ekan uni hech kim ko'rib qolmasligi uchun o'zi bilan olib yurishga majbur bo'layotgan edi. Yona soyda suzib yurgan oqqushlarga qarar ekan kecha Min xonim aytgan gaplarini halichaga tahlil qilib, qanaqa yo'l tutishni bilmay sochlarini qattiq qisdi.
_Fleshback_
Min xonim: odam o'ldirasan.
Eshitgan gaplaridan karaxt ahvolga kelib qolgan qiz joyidan bir qalqib qo'yar ekan hozirgina daxshatli so'zlarni aytgan ayolga uzoq vaqt termulib qoldi. Min xonim bo'lsa Yonada yuz bergan o'zgarishlarni qahvasini ichib tomosha qildi va gapini davom ettirdi.
Min xonim: bilaman hayratga tushding lekin bu ishni qilishing shart.
Yona: lekin xonim qanaqasiga..
Min xonim: gapimni eshit - qizning hatto og'zini ochishiga ham ruxsat bermagan ayol oʻtirgan stulidan turib uning yoniga kelishni boshladi - o'g'limni sevasan shundaymi? Unda u uchun bir odamni yo'q qilasan azizam.
Qadamlarini yotog'i yonida turgan tumbaning ichidan kichkina shishachani olgan ayol qayta uning yoniga keldi. Yonaning kaftlariga uni tutqazib qizning ko'zlariga chuqur tikildi.
Min xonim: bu shishaning ichidagi zahar senga ishingni tezroq tugatishingga yordam beradi. Ikki kundan so'ng saroyda katta bazm bo'ladi. Qirol Jungkook qo'shni davlatdagi qirol bilan sulh tuzish uchun bu bazmni qilishga farmon bergan. Bu ikki saltanatni yuksalishi uchun qurilayotgan ittifoq. Bazmda juda ko'p inson ishtirok etadi. Vaziri azamdan tortib oddiy xizmatchigacha. Albatta qo'shni saltanatning odamlari ham tashrif buyurishadi. Sen esa bu shishadagi suyuqlikni bazmda alohida stol ajratilgan bir qadahga qo'shasan. Qirol Jeon Jungkook qadahiga.
Tanasiga chumoli o'rmalagandek seskanib ketgan qiz zaxarhandalik bilan kulib turgan ayolga qaradi. Min xonim uning yonidan ketib bundan bir necha soniya oldin turgan stuliga qayta o'tirdi.
Yona: lekin xonim....buni qanday qilaman va nima uchun... Bu...bu qo'limdan kelmaydi.
Min xonim: qo'lingdan keladi Yona. Sababini esa man senga aytaman. O'g'lim Yoongi taxtga o'tirishi uchun avval bu saltanatga hukmronlik qilayotgan insondan qutulishim shart! U yo'q bo'lsa albatta mening farzandim qirol bo'ladi. Sen havotir olma. Qo'lga tushmaysan. Bazmda uch yuzga yaqin inson bo'ladi. Qolaversa, Jungkook o'lgan taqdirda ham bu ishni qolganlar sendan ko'rishmaydi. Buning barchasini qo'shni saltanatning bo'yniga yuklaymiz. "ular ittifoq tuzish uchun emas qirol Jungkookni o'ldirish uchun mamlakatimizga tashtif buyurgan va shu yo'sinda bizning saltanatga ega chiqishmoqchi" degan shu so'zni ishlatsak bo'lgani. Bizning Nargeno qirolligimiz ularning davlatidan kuchli. Kerak bo'lsa, ularning ham qirolini yo'q qila olamiz.
Ayol iflos ishlari ish berayotgandek shayton sifat bo'lib kulimsiragan sari Yonaning yuragidagi qo'rquv ortib borar edi.
Yona: xonim...keling shu ishni menga buyurmang. Men...m..men shazodani og'lingiz uchun hamma narsaga tayyorman. Lekin odam bolasini o'ldira olmayman. Tushuning meni.... - qiz ko'zidagi yoshlarni chiqarib ayolning oyoqlarini ostiga o'zini tashlar ekan uning ko'ylagi etagini ushlab o'tinch bilan tikildi. - qulingiz, cho'ringiz bo'lay xonim menga bu ishni buyurmang. O'tinaman sizdan.
Min xonim uning qo'llarini etagidan siltab olib tashlar ekan iblis nigohga to'la ko'zlarini va zahar so'zlarini unga yana sochdi.
Min xonim: menga qara sen yalangoyoq. Meni gaplarimni shu paytgacha hamma bajarib kelgan. Sen kim bo'libsanki, gapimga qarshi borsang?! O'g'limni suyuklisi bo'lding, egningda qimmatbaho ko'ylak va taqinchoqlar. Yana nima kerak senga? Agar aytgan ishimni bajarmasang va hozirgi bo'lgan gaplarni birovga churq etsang bilib qo'y...bu saroydan o'liging chiqadi. Bir dona aytgan so'zim so'zsiz bajariladi. Shu vaqtcha og'lim gapimni ikki qilmagan. Kerak bo'lsa uning qo'llarida o'lim topasan.
_comeback_

Qo'llarini bir-birga qovushtirib nima qilarini bilmay yurgan Yona Min xonim aytgan so'zlarini qayta esladi-yu, qo'lida turgan shishachani maxkam siqimladi. U undan uzoqda bog'ning narigi tomonida maysalar ustiga oʻtirgan qizni ko'rishi bilan vijdonidagi azob yanada og'irlashdi. Bog'da kitob mutolaa qilayotgan Jehan boshqa varoqlarga o'tib, ko'zini romandan uzgani yo'q. Egnida har doimgidek chiroyli oq libos. Sochlari esa yoyilgan holda mayin havo shabadasiga bir maromda tebranib erkalanmoqda. Yona qirolning qadahiga zahar solib uning o'lishiga sabab bo'lishini va yaqindagina tanishib do'st bo'lgan qizni "beva" qoldirib, azoblanishini ko'z oldiga keltirdi-yu o'zidan nafratlanib ketdi. Oldinda ikki yo'l bor. Qirol Jungkookni zaharlab Min xonim tarafga o'tish yoki bo'lmasa oʻzining hayotidan vos kechish. Unga bu ishlarni buyurgan ayol albatta so‘zining ustidan chiqadi. U Yonani bir zumda bu hayotdan yo'q qilib yuborishga kuchi yetadi. Yoki og'liga uni yomon ko'rsatib, saroydan quvdirishi mumkin. Qolaversa, Yoongi unga singlisini topishini aytgan edi. Yona Emeryni hayolida tasvirlar ekan bunday chirkin ishni bajara olmasa uni qayta ko'ra olmasligi miyyasiga o'rnashib qoldi. Yona sevgan insonining qahridan va vos kechishidan qo'rqib bog'ning yam-yashil maysalari ustida oʻtirgan qizga qarata pichirladi.
Yona: kechiringlar.....

*
Ulkan saroy ichkarisi. Uning har bir devorlariga ilingan qirolning salovatli rasmlari va me'morning ajoyib san'ati bilan ishlangan naqshlar. Katta zalning boshida turgan taxt esa hamma narsadan ham ustunvorlik bilan saroyni ko'rkamlashtirib turibdi. Qirol mana shu zalning eshikaridan shahdam qadam bilan kirib kelarkan bu taxtga o'tirish barobarida juda koʻp xotiralarni yodga oldi. Otasining o'limidan so'ng qirol bo'lgan Jungkook bu saltanatni qayta bitkazib o'zini Nargeno mamlakating egasi ekanligini bildirish uchun ozmuncha qiyinchilik ko'rmadi. Uning atrofida o'ralashib yurgan chiyabo'ri va sotqinlar shu qadar ko'p ediki, hattoki u o'zining yaqinlaridan ham gumonsiraydigan bo'lib qolgan edi. Qanchadan qancha vazirlar va ulamolarning qilgan sotqinliklari, janglarda yovga yon bosgan qo'rqoq askarlar va bir nechta oltin va zumratlar uchun uning o'limiga ham rozi bo'ladigan saroy odamlari. Qirol shu yoshigacha yettita o'limdan tirik qoldi. Yoydan otilgan o'qlar, ayovsiz boshlarni kesgan qonli qilichlar, ilon zahridan ham kuchli bo'lgan suyuqliklar...u juda koʻp yaqinlarini yo'qotdi. Bolaligidan tortib to ulg'aygunicha...yomon xotiralar doimo uning xamrohi bo'lgan.
Jungkook: sening nimang bunchalar odamni o’ziga tortadiki, barcha sotqin odamlarim meni o'limimni xohlaydi?
Qirol taxtni bir chetini ushlab unga qarata shivirlar ekan eshikdan kirib kelgan ikki soqchining qurshovidagi bir erkakni uning poyiga tiz cho'ktirildi.

Katta hurmatga sazovor bo'lgan bu inson hozirda o'zidan ancha kichkina bo'lgan inson qarshisida tiz cho'kib o'tiribdi. Jungkook bir vaqtlar bu vaziriga shunchalar ishonch bildirgan ediki, hatto unga shu mamlakatidan alohida yer va ulush ajratib bergan edi. Odamning ko'zi hech to'ymasligi mana shu ishlardan so'ng yanada ochiq ayon bo'ldi. Qirol xazinasiga o'grilikka tushish uchun odam yollagan bu inson oʻzining hamrohi tomonidan tutib berildi. O'g'irlangan xazinani teng yarmidan bo'lishishga rozi bo’lmagani uchun unga xiyonat qilgan shaxs bu fitnani kelib qirolga allaqachon yetkazgan.
Jungkook: xiyonat ustiga xiyonat to'g'rimi vazir Lee?
Taxtidan turib sekin qadamlar bilan ularning yoniga kelgan yigit tiz cho'kib o'tirgan "sotqin" vazirining qarshisida to'xtadi.
Jungkook: tushgan ahvolingizga qarang-a? Shunday ulug' saltanat qiroliniga qanday qilib xiyonat qilishingiz mumkin? Kulguli tarafini aytaymi? Siz ishongan odam oyog'ingizga bolta urdi. Xuddi siz kabi.
-qirolim....poyingizga bosh uray. O'tinaman meni kechiring.
Jungkook: afv etish? Vazir Lee qachondir men kimnidir kechirganimni yoki xatosini to'g'irlash uchun imkon berganimni ko'rganmisiz? - qo'rquvga to'lgan nigohlarini qirolga tikkan erkak qilgan gunohi uchun harchand tavba qilmasin uning aybini oqlash o'ta mushkul ish edi. Jungkook qayta taxtiga o'tirar ekan soqchilarga ishora qilishi bilan ikki barzangi yigit vazirni qayta turgazdi.
Jungkook: o'g'rilarga qanday jazo berishimni bilasizlar. Eng og'ir qiynoq senga bo'lsin sotqin.
O'g'rilar uchun qo‘llaniladigan jazo avval ularni ikki qo'lini chopib, so'ng qolgan tanasi bilan birga yoqish edi. Vazir bunday og'ir o'lim topishini kutmagani bois har qancha dodlab yolvormasin qirol uni kechirmadi. Ular chiqib ketishganidan so'ng boshqa bir xizmatchi yigit kirib qirolga tazim qilar ekan ertangi bazm uchun kelayotgan qo'shni saltanatdagi qirolni qanday kutib olishni u bilan maslahatlashdi. Quyosh deyarli botib qolayotganini ko'rgan Jungkook uning yorug'ligiga uzoq vaqt termulib turdi. Saroy bog'ida o'tirib mitti qushcha bilan xuddi gaplashayotgandek kulayotgan qiz uning etiborini tortdi. Jungkook avval uning kulishini hech qachon ko'rmagan. Faqat ko'zidan oqadigan marjon yoshlarni va yuzidagi mayuslikni ko'rgani uchun ham uning bunday shodon kulishi qandaydir o'zgacha tuyuldi u uchun. Uzoq vaqt termulib qayta Jehanga oshiq bo'lgan Jungkook lablariga nim tabassum oldi.
Jungkook: kulishing shunchalar chiroyliki, kapalak ko'rsa umri uzayadi.

*
Deraza yonida o'tirib uzoq vaqt o'yga cho'mdim. Ko'p narsalarni o'yladim...Juda koʻp. Xotiralar va chigal savollarni. Albatta hayolimda dugonam Heyi. Qanday chiroyli hayotda yashab yurgan vaqtlarimni birma-bir esladim. O'ylab qarasam yoshgina qizaloq bo'lgan vaqtimda ham ancha qaysar va sho'x bo'lgan ekanman. Heyi bilan ko'p tortishib har doim gapimni aytib, qilaman degan ishimni qilgan ekanman. Bir voqea esimga tushdi. Qishlog'imizda bir kichkina soycha bor edi. Unchalik chuqur ham emas va uzun ham. Uzunligi ikki metrcha bor edi. Undan o'tish uchun ko'prik yasalgan edi. Kuchli momaqaldiroqdan so'ng u ko'prik buzildi. Heyi soyni aylanib o'tamiz deganda unga qarshilik qilib sakrab o'tishni taklif qildim. Lekin u qo'limdan bu ish kelmasligini aytib ustimdan rosa kulgan edi yaramas. Men esa unga uddalay olishimni aytib urinib ko'rdim. Jin ursin! Qanchalar ahmoq bo'lganman!? O'zimdan ham uzun soydan qanday qilib sakramoqchi bo'lganman tavba? Soyni ichiga yiqilib hamma joyimni loy va nam qilgan edim. Narigi tomonga yetishim uchun ozgina joy qolgan edi. O'sha kuni Heyi ustimdan kun bo'yi kulib yurdi.
Axxx Jehan shunaqa ham bo'lasanmi? Lekin mana shunday kunlarni xotirlab biroz ko'nglimga xursandchilik qo'sha olaman. Heyi yoshligida ham topishmoqlarni va jumboqli savollarni yaxshi ko'rar edi. Shuning uchun ham menga bu so'zlarni aytgan. Lekin men haligacha ularga javob topa olmadim.
U bergan savollarni miyyamda takrorlab osmonga qaradim.
"Oʻzing juda goʻzalsan lek yuzingda dogʻ
Xaritadan yurasan huddiki bir bogʻ
Eslatadi uni senga bitta hashorat
Adashib ham ketardik esingdami bu holat"
Millionlab ulduzlar va bitta yorug' oy. Oyni juda yaxshi ko'raman. U dunyoni yoritib, zulmatli hayotga nur bag'ishlay oladi. Heyi bilan doimo kechqurun mana shu oyning ostida tiniqib uxlar edik. U menga oy yoqishini bilar edi. Oyning yuzida qanchalik dog'lar ko'p bo'lmasin u baribir nurli va chiroyli....to'xtachi.... "O'zing juda go'zalsan lek yuzingda dog'." axir....
Jehan: bu "oy"

Aytgan so'zlari va jumboqli gapning boshini topgan qiz hayrat bilan samodagi oyga tikilar ekan hursandchiligi ichiga sig'may qo'llari bilan og'zini berkirdi. Ko'zlari porlab xonani ichida yurayotgan qiz lablariga uzun tabassum olar ekan eshikdan kirgan odamni ko'rganda ham bu kulgusi to'xtamadi. Xonaga kirgan yigit nega bunchalik qizning kulushiga sabab bo'lgan voqeani bilish uchun u tomonga yaqinlashdi. Lekin u so'rashidan oldin qizning o'zi javrab ketdi.
Jehan: Jungkook ishonasizmi men topdim. Yo Hudoyim. Men Heyi aytgan birinchi qatordagi so’zlarni topdim. Bu "oy" ekan.
Jehan gapirishi barobariga bolalarcha harakat qilib gohi sakrab gohi kulgusini keng yoyar ekan avval uni bunchalik hursand bo'lganini ko'rmagan yigit esa uni uzoq vaqt tomosha qildi. Axiyri bir joyda to'xtab, tungi kiyimda ekanligi va yonidagi qirolni endi payqagan qiz sekin u tomonga buruldi. Jungkook uni jimib qolganini ko'rdi-yu sekin qadamlarini bosib qizga yaqinlashdi. Ortiga chekinayotgan qiz qayerga yurishini ko'rayotgani yo'q. Faqatgina yigitning ko'zlariga chuqur tikilib ortiga qadam bosmoqda.
Jehan: men haligi....
Uning oyog'i yotoqqa tekkanida boshqa joylarga alanglab, yuzigacha yaqin kelgan odamdan uzoqlashmoqchi bo'ldi. Jungkook ataylab uni yotoqqa olib kelgan edi. Qizning yanog'iga kaftlarini bosib bosh barmog'i bilan lablarini silar ekan ularga egilgan holda sekin pichirladi.
Jungkook: tabassuming chiroyli ekan.....seni doimo shunday ko'rishni istayman. Ko'zlari yigitning qorachiqlariga qayta qadagan qiz ularga uzoq termuldi. Jungkook uning harir xalatini yechib olar ekan qizni o'zi bilan birga yotoqqa yotqizdi. Oʻzining ham ustki kiyimini yechib yalang ko'ksini qizning tanasiga birlashtirdi. Asiraga aylangan Jehan endi o’ziga kelib o'rnidan turmoqchi bo'ldi lekin belidan aylantirilib quchgan baquvvat qo'llar bunga yo'l qo'ymadi.
Jungkook: bugun shunchaki sen bilan uxlamoqchiman. Iltimos, jim yot.
Harakatdan to'xtagan qizni sezgan qirol uni yanada o’ziga tortib, sochlariga yuzini ko'mgan holda ko'zlarini yumdi. Jehan ancha vaqtgacha uxlay olmadi. Miyyasidagi bir savolni Jungkookka bersinmi yoki yo'q buni bilmayotgan edi. Bo'ynida turgan yuz uning etini kuydirib nafas olar ekan oxiri chiday olmay yigitga sekin shivirlab murojaat qildi.
Jehan: Jungkook....
Jungkook: Mmm...
Hali u uxlamaganini bilgan Jehan ko'zlarini bir osmondagi oyga qaratdi va qayta belidagi qo'llarga.
Jehan: kecha nima uchun ko'zlaringiz yoshlandi?
Kipriklarini bir-biridan ajratgan yigit qattiq xo'rsinar ekan bir necha daqiqa jim yotdi. Qiz savolini bemanilikka yo'yib lablarini tishlar ekan kozlarini yumdi.
Jehan: aytishingiz shart emas. Men shunchaki...
Jungkook: seni deraza yonida turib o'z joningga qasd qilmoqchi bo'lganliging menga....opamni eslatdi. - Jehan u tomonga qaramoqchi bo'lgan edi lekin yuragi betlamay shu holicha yotib uning gaplariga quloq soldi. - olti yoshga to'lganimda o'n bir yoshli opam derazadan pastga tushib ketib halok bo'lgan. U ham xuddi shunday balandlikda edi. Men o'sha kuni bir jigarimdan ayrildim. Seni deraza yonida ko'rganimda esa hayolimga yana bolalikdagi opam keldi va seni yo'qotishim.
Jehan uning gaplarini eshitib bo'lganidan so'ng lablarida qaynoqlik sezar ekan yigitning ho'l o'pichlari uni joyida mixladi. Jungkook undan uzoq bo'sa olib bo'lganidan sekin yuziga tabassum olar ekan qayta qizning ortiga joylashib uni yanada maxkam quchdi. Hozirgina bo'lgan ishlardan ikki yanog'i qip-qizil olma tusiga kirib qizarib ketgan qiz uyalibgina kipriklarini birlashtirdi. Bir necha daqiqadan so'ng ko'zi biroz iligan qizning qulog'i ostida yigitning ovozi va issiq nafasi eshitildi.
Jungkook: izlayotgan savolingni birinchi javobini topganing uchun sen uchun hursandman.

~~~~

Hosh yorobun yoqimli mutolaa.
Endi gapimni aytay wu yerigacha oqidizla endi qolganini ham oqing. Fanficni pmsi 700+. Lekin man silardan har doimgidek reaksiyani sorayverib sorayverib bazor yigdirepman. Unday emasda endi guysss. Agar 230+ reaskiya bilan kop fikr kemasa fanficni muzlataman. Bitta fanficni bemalol yozardim manam keyin. Agar yiga olmasezla man yubileydan keyin new ff bowlamoqchiman. Albatta buni to'xtatib. Enchantedchilar yigib tawelaci bir qani.

Yoqimli mutolaa
Author: Jehan🦢