September 10

π—•π—Ÿπ—”π—–π—ž 𝗦𝗬𝗠𝗣𝗛𝗒𝗑𝗬

Qora zulmatga ega bo'lgan tun. Osmondagi bazi bir yulduzlar va oyning xira bulutlar orasidagi yuzi mana shu zulmat bosgan dunyoni oz bo'lsada yoritib turibdi. Shaharning ba'zi bir joylarida esa poygachi mashinalarning yuqori ovozi. Yana ba'zi yerlarda ichkilikdan mast bo'lgan odamlarning so'kinkan tovushlari. Bir g'alamiz oddiy ishdan qaytayotgan fuqaroni talon taroj qilsa, boshqasi balog'at yoshiga yetgan kichkina qizlarni nomusi bilan qo'rqotib pulini shilar edi. Mana shunday qora rangga ega bo'lgan bu dunyodaning
odamlarini ham yuraklari oβ€˜rnida tosh, qalb deb atalmish narsaning ranggi esa shu zulmatdan ham qora edi. Insonlarning ko'p qismi yarim tundan so'ng vaqtlarini klub va ko'chaning allaqaysi qismida maishat qilishardi. Klublarda bir birini tanimay ham o'pishib ketishar, qip yalang'och tanalarini koβ€˜z koβ€˜z qilib maqtayotgan qizlar boyroq erkakni chamalab atrofida o'rmalashardi. Tepadagi xonalarda esa bundanda jirkanch ishlar yuz bermoqda. Vip xonalarning birida tinimsiz ostidagi qizga kirib chiqayotgan yigit uning baqirishiyu alamli qichqirishiga ahamiyat bermay ishini davom ettirar edi. Qancha dumbasidan yegan tarsakilar va ostidagi yirik azoga bardosh bera olmayotgan qiz patelni ikki qo'li bilan g'ijimlab tinmay nolasini qo'yib yuborardi. Shunday ahvolga tushishiga aslida qizning o'zi sababchi. Tanasini yigitga maqtanib mo'may pulni undirib olaman deb o'ylagan edi u. Mana hozir ohirgi zarabani berib, qizning ostiga bo'shanishga jirkangan yigit ularni pastelga to'kdi. So'ng yerdagi shimini qayta keyar ekan cho'ntagidan bir nechta dollor chiqarib yotoqda chalajon ahvolda yotgan qizning tanasiga uloqtirdi.
- ostingga kamida uchta chok tushadi. Bu pullar bilan davolanib qayta yana foxishalik qilishing mumkin.
U gapini tugatgandan so'ng xonadan chiqib zinalardan pastki qavatga tushdi. Tinimsiz o'chib yonayotgan turli ranglardagi chiroqlar uning ko'zini biroz qamashtirdi. Barmendan o'ziga ichkilik xarid qilar ekan yoniga kelib nozlanayotgan qizga kulib qaradi.
- jonginam hozirgina o'zimni qondirib keldim. Kechga qolding. Hech qisi yo'q, bu safar kelsam seni o'zim bilan birga yuqori qavatga olib ketaman.
- gapingizda tursangiz bo'ldi. Sizni kutaman.
Qiz shunday deya yigitning labining chetidagi holidan o'pib bu yerni bir zumda tark etdi. Yigit barmen u hohlagan ichimlikni taxlab bo'lgandan so'ng uni biroz simirar ekan atrodagi qizlarga qarab sekin pichirladi.
- bir gala fohishalar makoni aslida mana shu lanati kulb. Yer yutsin senlarni.
U qo'lidagi ichkiligini ko'targan holatda yaqin oradagi do'stlari o'tirgan stol atrofiga bordi. Kresloga o'tirar ekan yonidagi kelishgan va yoqimtoy yigit unga qarab gapirdi.
Jimin: og'ayni nihoyat qizlardan ortib, bu yerga ham kelding.
Yigit boshini pastga qaratib ichimligidan ichar ekan yana bir yigit tepa qavatdan tushib kelib ularning yoniga joylashdi.
Jin: Kimlarni ko'ryapmiz Jeon Jungkook. Seni bugun pastga tushmasang kerak deb o'ylagandik.
Hozirgina ularga kelib qo'shilgan yigit afintsantga ichkilik olib kelishini aytib, kresloga o'zini tashladi.
Jimin: juda charchagan ko'rinasan. Nima qiz baquvvat ekanmi?
Jungkook unga javob qaytarmay shunchaki kulib qo'ydi. Yigitlar atrofni tomosha qilishar ekan bir birga raqs sahnasini bermay musiqaga monand tebranishayotgan yigit, qizlarni kuzatishdi. Afintsant yigit ichimlik qadahlarini almashtirib berib ketdi.
Jimin: kecha Suriyadan kelgan qurollarning qo'riqchilar omborga olib borishdi. Bu galgi o'lja ancha omadli keldi chog'i qora bozordagi narkotik savdosidan ham mo'may pul ishladik.
Jin: Jiminni gapiga mutloq qo'shilaman. Odam savdosidagi qullar ham hozirda bizga xizmat qilishyapti.
Stol atrofida o'tirgab to'rt do'st g'alabasini nishonlashib qadahdagi ichimliklarni urushtirishdi. Jungkook tizzasidagi qizning sonidan biroz silab bo'ynidan o'pib qo'ydida, qulog'iga pichirladi. Uning qandaydir gapi qizga yoqib tushgan bo'lsa kerak boshini bir ikki silkitib, mamnun o'rnidan turib ketdi.
Taehyung: Bari bir chaqaga qimmat bo'lgan foxishalar.

Jungkook: aytgancha, o'tgan hafta qora dori omborkim o'g'rilikga tushgan ekan? Bildingizlarmi?
Jungkook bu savolini Jimin bilan Jinga bergan edi. Jimin sekiniga qo'lidagi vino solingan idishni stol ustiga qoβ€˜yar ekan yonidagi gazakdan birini olib og'ziga soldi.
Jimin: Har doimgi bir takasaltang. Bu tirrancha juda ko'p biz bilan o'ralashyapti. Bir yog'lik qilish kerak.
Taehyung: nozik tomoni topildimi?
Jimin: aslini olib qaraganda menimcha ha. Bundan bir necha kun oldin olingan mana bu suratlarga qara.
Stol ustiga tushgan rasmda hozir yigitlar aytayotgan yigitni va uning yonidagi qizni ko'rishdi. Qiz oddiy kiyimda yigit bilan ko'chaning boshidan yurib kelib, bir do'konga yolg'iz kirib ketayotgani tasvirlangan.
Jimin: Nikining yonidagi qizning ismi Aera. Yiye Aera. Yolg'iz oyisi bilan turadi. Oyisi bundan besh oy ilgari yuragidan hasta bo'lib yiqilib qolgan va hozirda uning ikki oyog'i ishlamaydi. Qiz ertalabdan kechgacha kuchik bir kafexonada ishlab tirikchilik qiladi. Balki Niki unga yordam berar, balki uning sevgilisidir bu hozircha mavhum. Hech qaysi universitetda o'qimaydi. Maktabni bitirishi bilan ishlashni boshlagan. Taehyung qiz bor yo'gi yigirma yoshda.
Taehyung qizning yuzini yaxshilab sinchiklab tekshirar ekan yuzida shahvoniy tabassum aks attirib sekin pichirladi.
Taehyung: o'zi bilmagan holda maxluqlar o'rmoniga kirib qolgan hurkak bir ohu.

Qushlarning chig'irlashi va bir birlarini ortidan quvlab o'ynashlari erta tong otganidan darak berar edi. Yetimxonani xonalarining birida hali hamon ko'rpasiga o'ranib uxlayotgan qiz kecha biroz toliqqani uchun ko'zlarini ochishni istamas, shirin tushidan vos kechishni istmagandek yanada ko'rpaning ichiga kirib ketardi. Qushlar ham uni uyg'otib yubormaslik uchun mana shu xonaga kelganida ovozlarini pasaytirib uchib o'tishardi. Hayot o'zi shunaqa...oddiygina hayvon ham insondanda mahribon bo'ladi. O'zi ularni hayvon deb ham atash notoβ€˜gβ€˜ri. Mana shu jonzotlardek ham bo'la olmagan insonlar bu dunyoda son sanoqsiz. Xona eshigi shartta ochib kirgan ayol hali ham yotog'ida pishillab uxlayotgan qizga qarata baqira ketdi.
- Sen nega hali ham turmading? Uyg'on deyapman senga Jehan!
Yotog'idan sapchib turgan qiz tepasida tulkidanda ayyor, tilidan ilondek zahar tomib turadigan yetimxona mudirini ko'rib aybdorona yuzini pastga qaratdi.
Jehan: uzr so'rayman Min xonim. Kecha ishdan kech qaytgan edim. Shuning uchun biroz uxlab qolibman.
- bular menga umuman qiziq emas. Tezda yuvinib chiqda ishingga jo'na.
Xonadan gaplarini tugatib chiqib ketgan mudiraning orqasidan qarab qolgan Jehan yotgan o'rnini to'g'irlab, yuvinish xonasiga kirib ketdi. Boshqa xonadosh qizlar allaqachon uyg'onishgani uchun bu safar u navbat kutmadi. Endigina o'n yetti yoshni to'ldirgan qiz hozirdan o'zini kelajagiga tayyorlanish uchun ishlashni boshlagan. O'ninchi sinfni tamomlagandan so'ng uni maktabga borishini taqiqlashdi. Qiz shunda ham ortga chekinmay dam olish kunlarini kutubxonalarda o'tkazardi. Yetimxonada ahvol har doim shunaqa. Hech kim bu yerda bolalarni boshini silamaydi. Jehanga bu kerak ham emas. Ishlab topgan oyligini teng yarmini hozir unga javrab ketgan mudiraga beradi. Bo'lmasa u ko'chaga chiqishi ham amri mahol. Jehan bu yerda ukasi bilan yashaydi. Faqat uning ukasi o'g'il bolalar binosida. Yoshligida Ota onasidan ayrilgan bu bolalarning hayoti ammasining yelkasiga tushdi. Hayot mana shunaqa insonlar bilanda shavqatsiz. Hattoki jigaridan qolgan omonatlarini ham u asray olmadi. Shu zahoti ikkisini ham yetimxona eshigi tagiga tashlab ketdi. Jehan o'sha yomg'irli kunda ukasi bilan sovuqqotib turgan yetimxonaning darvosini hali hamon unutmaydi. Unuta olmaydi.

Yoyiq turgan qora rangli jilovli sochlar, inson tanasini yanada chiroyli qilib ko'rsatadigan ko'ylak kiyib olgan qiz uyidan chiqishidan oldin oyisining dorilarini tumbaning ustiga qo'yib, uning yuzidan o'ptida uydan chiqib ketdi. Uning yuzi xuddi tiniq soydagi suvdek maftunkor, lablari asalari qo'nib yuradigan atirgulning rangidek qizil, qoshlari yoydek qayrilgan, ko'zlari esa o'rmonda yashaydigan ohuning ko'zlaridek chiroyli. Qiz yo'lak bo'ylab ketar ekan uzoqda qora rangli BMW mashinasini ko'rishi bilan yurishdan to'xtadi.

Mashinaning ichidagi yigit qizni ko'rishi bilan undan tushar ekan uzoqdagi qizga qarab qo'l silkidi. Qiz bu bolaga hech tushuna olmaydi. U yigitning qilgan sevgi izxoriga necha marotaba rad javobini bersada har kuni mana shu ko'chaning boshida turgan qora mashinaga ko'zi tushar edi.
Niki: Aeraaaaa
Yigit uning ismini baqirib aytar ekan atrofga biroz hijolatli boqqan qiz yo'lini davom ettirdi. Aera Niki bilan avvaldan tanish edi. U ishlayotgan kafeda tanishib qolgan edi ular. Birinchi oddiy do'stlikdan boshlangan bu hodisa yigitning sevgisi bilan tugadi. Aera uni do'st deb bilgani uchun ham Nikini odob bilan rad etdi. Unga bo'lgan hislati faqat do'stlik va undan nari o'tmasligini oddiygina qilib tushuntirdi. Lekin yigit maqsadidan qaytmagan ko'rinadi.

Niki: salom shirinpaxta
Aera: hoy meni unday atama deb senga yana necha marotaba takrorlay?
Niki: lekin chindan ham juda shirinsan va sen yoqtirgan shirinlik ham aynan mana shu shirinpaxtadir.
Yigit mashina eshigini o'chib bir nechta maxsus paketga o'ralgan shirinpaxtalarni olib qizga tutqazdi.
Aera: rahmat
Niki: seni kafegacha kuzatib qo'ysam nima deysan?
Aera: bilasanmi Nik men bugun piyoda yurishni hohladim. Shunga sen....
Niki: demak bugun tongi sayrni birgalikda qilar ekanmiz shirinim. Qani olg'a.
Yigit mashinasini qulflab uning kalitini shimining cho'ntagiga soldi. So'ng Aeraga "ketdik" ishorasini qilib qizdan avval o'zi yo'lga tushib ketdi. Orqada qolib ketgan qiz bo'lsa, qo'lidagi shirinlikka qarab biroz tabassum qildida, oldinlab ketayotgan yigitning ortidan ergashdi.

Ulardan bir ko'cha narida turgan qora mashinaning ichidagi yigit qizning uyidan chiqib ketishi va Niki bilan uchrashuviga qadar bo'lgan barcha voqelarni kuzatib turdi. Ko'chaning burulish joyiga kelganidan so'ng Aera va yonidagi yigit ko'rinmay ketar ekan, mashinaning qora oynalari qayta koΚ»tarildi.
Taehyung: demak Yiye Aera....tirrancha Niki seni nozik tomoning shu sohibjamol ekanda?
Yuzidagi hech qanday o'zgarishsiz qo'l telefonini cho'ntagidan olgan yigit kerakli raqamni terdi.
Taehyung: Jimin mana shu haftaning o'zida qizni uyimda ko'ray

*

Quyosh allaqachon o'rnini oyga bo'shatib bergan. Osmondagi qushlar ham hozirda o'z inlarida, bolalarini qanoti ostiga olib o'tiribdi. Yetimxona darvozasidan kirgan qiz bugungi ishidan juda charchagani uchun tezroq yotoqxonasiga borishni hohlaydi. Lekin oldin ukasiga olib kelgan shirinliklarini berishi kerak. U juda mehribon opa. Ukam yoshligidan o'ksinmasin, Ota-onamiz yo'qligi unga salbiy ta'sir koβ€˜rsatmasin deb u bir vaqtda ham opa ham Ota ona. O'g'il bolalar binosiga kirganidan so'ng ukasi yotgan xonani topgan qiz eshikni sekin ochib ichkariga kirdi. Uning kichkina ukasi o'zining o'rtog'i bilan o'yinchoq mashinalarni birga o'ynashayotgan edi.
Sojun: opajoooon
Eshikdan Jehanni koβ€˜rgan kichkina bola uning oldiga yugurib keldi. Bir birlarini bag'riga bosishar ekan Jehan unga qo'lidagi shirinliklarni tutqazdi.
Jehan: do'stingga ham ber ho'pmi?
Kichkina Sojun boshini "ho'p" deb silkitgandan so'ng opasiga erkalik qilishni boshladi.
Sojun: opa, opajon yuring men bilan o'ynang.
Jehan: bilasanmi Sojun. Bugun ishda biroz toliqqan edim. Ertaga o'ynasak bo'ladimi?
Sojun to'qqiz yosh bo'lishiga qaramay ko'p narsaga aqli yetadigan bo'lib qolgan edi. Bu yerdagi barcha bolalar tez voyaga yetishadi. Hayot qiyinchligi ularni shunday qilib qo'ygan. Sojun opasini ishlashini ham biladi. Shuning uchun hozir erkalik qilishni vaqti emasligini bilib "mayli" deb qo'ya qoldi. Jehan ukasining lo'ppi yuzlaridan o'pib, o'zining xonasiga ketdi.
*

Kattakon qasrga o'xshagan uyning darvozalaridan kirgan yigit mashinasidan tushdida, uning kalitlarini qo'riqchilarga topshirib o'zi uyning ichki qismiga qarab yurib ketdi. Bugungi kunidan charchagani bois Taehyung birinchi navbatda xonasiga kirib, dush qabul qilishni hohladi. Lekin tepa qavatdan tushib kelayotgan xizmatchi ayolni ko'rdiyu bari o'ylarini bir chetga surdi.
Taehyung: Park xonim Jay uxladimi.
- Jay biroz oldin uxlagan edi janob. Sizni kutmoqchi edi lekin uyqu ilitgan ko'rinadi, yostiqqa bosh qoyishi bilan uxlab qoldi

Taehyung: yaxshi, Ketishingiz mumkin.
Xizmatchi ayol ketganidan so'ng yuqori qavatga chiqgan yigit qadamlarini o'zining emas, o'g'lining xonasi tomon burdi. Eshikni sekin ochib kirgan Taehyung yotoqda uxlab yotgan to'rt yoshlar atrofidagi o'g'lini ko'rib biroz tabassum qildi. Unga yaqin kelib jingalak sochlaridan biroz silab, peshonasidan o'pib qo'ydi. O'g'lining mitti qo'lchalaridan ushlab yuziga yaqin olib kelib hidladi. Mitti farzandining ifori unga shunchalar yoqadi. Taehyung aslida qanchalik havfli inson bo'lmasin, o'g'lining yonida har doim mehribon ota boβ€˜la oladi. U bir daqiqaga ko'zlarini yumdi. Jay bilan o'tgan umrlarini birma bir esladi. Ba'zi bir qora o'tmishlar....Jayning oyisi Mari. Taehyung har doim shu ayolning ismini, yuz ko'rinishini, qaddi qomatini va u bilan o'tgan umrini eslasa ham Maridan ham o'tmishidan jirkanib ketadi. Qo'llarini musht holga keltirgan Taehyung ko'zlaridagi nafrat o't yoqgan uchqunlar bilan shivirladi.
Taehyung: tagipast foxisha.