November 12

π—˜π—‘π—–π—›π—”π—‘π—§π—˜π—— π—’π—‘π—˜π—¦

Maxluqqa tikansiz atirgul bo'lgan malak qissasi...

{13 episode}

2 haftadan so'ng.

Quyoshning zarrin nurlari "Nargeno" saltanatining bag'riga o'z iliqliklarini ulashar ekan samoda bir-biri bilan o'ynashishni istagan qushlar galasi uning ustida charx urmoqda edi. Saroy bog'ining soy tarafida o'tirgan sohibjamol yuzini mayin shabadaga tutib, yerda unib chiqqan chuchmomalar va nilufarlardan gulchambar to'qish bilan band edi. Nozik qo'llarida xuddi raqs tushyotgandek harakat qilib, bir-biriga o'ralayotgan gullar uning barmoqlariga ozorsiz tegib o'tardi. Garchi kaftlaridagi nastarinlar yordamida ish qilayotgan qizning hayollari allaqachon boshqa joylarda. Uning bu saroyga kelganiga yaqinda sal kam uch oy bo'ladi. Mana shu kunlar, haftalar ichida u nima qila oldi va nimalarga duchor bo'ldi? Bo'lib o'tgan so'nggi ishlardan so'ng anchayin o'zgarib qolgan va qizga nisbatan sovuqqonlikni yanada oshirgan qirol deyarli kunduzi, hattoki kechalari ham uni bezovta qilmay qo'ydi. Bu Jehan uchun ozmuncha bo'lsa ham tinchlik bersa-da, qalbining biror yomon ish bo'lishini aniq his qilar edi. Oxirgi bo'lgan xira voqealardan keyin Jungkook undan ko'p gumonsiraydigan bo'lib qoldi. Har qadamiga odam qo'yib, qizni battar qistovga olar va unga kim taom olib boryotganini, kim bilan suhbatlashganini va qaysi vaqtda xonasidan chiqayotganini ham bilib turishi u uchun shart edi. Hattoki mana shu kunlar ichida u bir nechta saroy ishchilarini mamlakatdan quvdi. Ba'zilarini esa zindonga tashlashga farmon berdi. Nima uchun? Barchasi arzimagan ishlarni deb bo'lib o'tdi. Saroy ichida mish-mish bo'lib borayotgan gaplarga ko'ra, Jungkook har tun birinchi kanizagi ya'ni Hesu bilan birga to'shakka kirayotgan emish. Bu ayni haqiqat. Saroy ishlari va boshqa joriyasi bilan Jehanning yoniga kam kelayotgani ham rost edi. Lekin qizga bu qanchalik qiziq? U tezroq jodudan halos bo'lish va shu saroydan ketishni istaydi-ku! Uning kunlar ichida uch marotaba yuragi huruj qildi. Uch marta o'limdan qaytdi. Atirgullar yo'q bo'lib ketganligi sabab, kundan kunga so'lib borayotgan malak avvalgidek emas. Anchayin ozg'inlab, jimirlab turadigan qizil g'unchadek lablari qurib qolgan edi. Tayyor bo'lgan gulchambarni boshiga omonatgina taqqan qiz ana endi asl malikalardek ko'rinib turibdi. Hayollarini jamlab olishga uringan qiz nigohlarini bog'dagi soyga qaratib, unda suzib yurgan oqqushlarni ko'rishi bilan nim tabassum qildi. Unga yoqadigan ajoyib mavjudotlar. Uzoqdan bog'ning daraxtlari orasidan yurib kelayotgan yigitni ko'rib yuragi ortga tortib keldi. U kelishi bilan qaddini ko'tarib, stuldan turgan qiz yoniga kelib turgan yigitning ko'zlariga qarab qoldi. Yigit avval uning boshida chiroyli bo'lib turgan gulchambarga va so'ng uning yuziga qaradi. Quyoshning iliq nurlari uning kipriklari va silliq terisini jimirlatib ko'rsatar ekan Jungkook beixtiyor kaftlarini uning yanog'iga qo'ydi. Ancha vaqtdan buyon qalbidagi sohibjamolni chindan ham qumsaganini sezgan yigit bosh barmog'i bilan uning yanog'ini siladi. Jehan sal oldin turgan stulidan ko'ylagining belbog'ini olib qayta yigitga boqdi. Jungkook egilib yerda o'tlar orasida o'sib turgan nilufarni uzdi va U gulni kaftlariga olar ekan yorining sochlariga taqish maqsadida avval qizning quloqlari oldidagi soch tolalarini olib so'ng uni Jehanning o'ng qulog'i ortiga taqib qo'ydi. Bu ko'zlari, bu kamon qoshlar va g'unchadek qizil dudoqlarni ko'rgan qirol lablarini uning peshonasiga bosdi. Anchadan beri bunday yaqinlikni his etmagan qizning tanasi seskanib ketar ekan ko'ylagining chetini maxkam ushlab olgan edi. O'zi istamaygina undan ajralgan yigit qayta qizning ko'zlariga termuldi. Ikkisi ham jim. Faqatgina ko'zlar suhbatlashayotgan bir-birini ta'qib qilmoqda. Oxiri qorachiqlarini yigitdan uzgan Jehan yerga qarab qoldi.
Jungkook: bugun ovga ketyapman. Xohlasang birga boramiz?
Qiz boshini yonga burib "yo'q" qo'yganidan so'ng uning qarorini yaxshi tushungan yigit indamay qo'ya qoldi.

Jungkook: qaytganimda oqshom bo'ladi. Birga kechlik qilamiz.
Bu safar tasdiq ma’nosida boshini silkib qo'ygan qizni ko'rishi bilan bundan xursand bo'lgan yigit uning yanog'idan mayinlik bilan o'pib qo'ydi. Jehanning yonida uzoqlashib bu yerdan ketgan Jungkook uzoqda turgan otiga minib qolgan saroy askarlari bilan saroydan chiqib ketdi.

*

Saroy ichiga kirgan qiz zinalardan chiqaverishida to'xtab oshxona tomon yurishni boshladi. Ko'ngli aynigani bois o'zi uchun limonli suv taxlashni xohlab, saroy oshxonasiga kirdi. Xizmatchilar qancha o'zlari bu ishni qilishni aytishmasin, har doim qaysarlik qiladigan qiz bu safar ham aytganini qildi. Qo'lida qadahga solingan sharbat bilan qayta zinalardan yuqorilagan Jehan o'ziga kerakli qavatga kelishi bilan uning qarshisiga boshqa qiz paydo bo'ldi. Avval ham shu qiz bilan tortishgani va bu Jungkookning kanizagi bo'lgan Hesu undan kechirim so'raganini eslab qizning yonidan o'tib ketmoqchi bo'ldi. Lekin uning bilagidan ushlagan begona qollarni ko'rishi bilan hayratlanib u tomonga qaradi.
Hesu: qayerga ketyapsan?
Jehan: nima?
Hesu: qayerga ketyapsan dedim....o'zi nima bor bu yerda senga?
Yana muammo chiqishini xohlamagan qiz shunchaki jim bo'lishni tanlab yonidagi qizga qarab turaverdi.
Hesu: yaxshisi bu saroydan ket! Balki, shunda senga rahm qilgan holda tinch qo'yarman seni?! Qirol shundoq ham senga bo'lgan qizig'ishi so'ndi. U har kechasi chunki meni yonimda.
Jehan uning ko'ziga qarab turib "gaping tugadimi" degandek ma'noda boqib uning yonidan o'tib ketmoqchi edi. Lekin bilagiga botirilgan tirnoqlarni deb qoshlari chimirilar ekan avval qo'liga so'ng qarshisidagi Hesuga qaradi.

Hesu: meni gapimni yaxshilab eshit yalangoyoq! Daf bo'l bu mamlakatdan. Yoki yo'q qilib yuboraman seni.
Jehan: qo'lingdan kelganini qil menga desa. Qiroling shu lanati saroyga qafaslab tashlamaganida bu yerda bir soniya ham qolmas edim. So'ng tilingni bajar! Sen aslida meni qo'limdan nima kelishi bilmaysan! ( olov hosil qila oladilaku endi bu oypariπŸ˜‚ shuni aytepti. That's my girlll dgan qo'shiq joyidanπŸ˜†)
Qo'lini qizdan yulqib chiqargan Jehan qadamlarini tezlatib o'ziga tegishli bo'lgan xonaga kirib ketdi. Xonaga kirishi bilan asabiy qo'lidagi idishni stolga qo'ygan qiz beliga ikki qo'lini tirab, uyer buyerga yurishni boshladi. Chorasiz ahvolda qolganligi sababli qo'lida atirguli yo'qligi unga alam qilib ketayotgan edi. Sal turib tinchlanganidan keyin qadahdagi sharbatidan simirar ekan yana oshqozoni ag'darilishidan yuzini burishtirdi.
Jehan: ming lanat! Nima balo bo'ldi menga a? Kecha yoqmagan narsa yeganim aniq!
Qadahini stolga qayta qo'ygan qiz uning yonida turgan kitobni yana varoqlash uchun stulga cho'kdi. Birma-bir o'qigan va izlanishlardan umuman foyda topa olmayotganligi uchun mingdan ziyod varog'i bor bo'lgan kitobni yopib, boshini stul suyanchig'iga tashladi.

*
O'zining xonasida o'tirgan qiz qo'liga kashtachilik uchun mo'ljallangan to'quv buyumlarini olib, rang-barang iplardan narsa to'qiyotgan edi. O'zining egniga yarashib, uni yana go'zal qilib turgan soch turmagi har doimgidek a'lo. Barmoqlarini harakatga keltirishi bilan birga hayollaridagi bo'lib o'tgan hodisalarni eslagan qizning miyyasiga savollar kelar edi. Yoongining onasi nega bunchalar Jungkookni o'ldirish payida? O'zining o'g'li qirol bo'lishi uchunmi? Inson bolasi davlat, mol-mulk uchun nahotki odam bolasini o'ldira olsa? Yona mana shunday hayollar og'ushida. Jahon qiroli bo'lgan Jeon Jungkookning vajohatidan va hattoki uning ismidan ham cho'chiydigan kishilar ko'p. Lekin ilondek insonni qo'ynida yotib, joyi kelganida biror yeridan chaqib oladigan zolimlar ham yo'q emas. Shahzodaning onasi qachon bo'lmasin kundoshining farzandini yo'q qilib, o'zining o'g'lini taxtga o'tirishni astoydil xohlaydi. To'g'ri, hozirgi vaqtlarda bunday odamlar yiqilib balki, chekinishar biroq erta yoki indin qo'li baland kelib maqsadlariga erishsa nima bo'ladi? Yoongi hozirda akasi tarafdir lekin kun kelib onasining chirkin ishlariga o'tib, uning ifloslik yo'liga og'sa keyingi hayot qay tarzda o'tadi. Yoshligidan shuncha o'limdan tirik qolgan yigit balki jigarining qo'lidan halok bo'lishini hech o'ylamagan va har qachon Jungkook ukasiga ishonadi. Shuning uchun ham uni hech narsadan cheklamagan ham. Shahzoda faqatgina davlat uchun farmon chiqara olmaydi va qolgan hamma narsada uning haq va huquqlari mavjud. Lekin och ko'z hech qachon to'ymaydi deyishganidek Yoongining volidasi ham saroyga va shuncha tilloga ochko'zlik qilmoqda edi. Hammasini o'ylab chiqqan Yonaning tarqoq o'ylarini eshikdan kirib kelgan yigit buzdi. Sevgan insonini ko'rgan qiz stulidan turib to yigit uning yoniga kelgunicha tazim bajo keltirar ekan shahzoda qizning ikki yelkasidan ushlaganidan so'ng qayta qaddini ko'tardi. Uning ochiq yelkasidan ushlab kaftlarigacha barmoqlarini olib kelgan yigit nozik barmoqlar orasiga o'zinikini kirgazdi. Uning kaftini lablariga olib kelib, jentelmenlardek o'pib qo'yib, qayta qizning ko'zlariga boqdi.
Yoongi: senga bir xabarim bor moychechagim. Ya'ni yangilik balki sovg'a?
Qizni qo'lidan tutib yotoq tomon olib borgan yigit avval o'zi so'ng qizni o'tirkizdi. Yona porlab turgan ko'zlari bilan unga qarab turar ekan shahzodaning keyingi gaplariga quloq soldi.
Yoongi: singling.....Emeryni topdim Yona.
Avval taajjublanib qolgan qiz hech narsa demay yigitga tikilib turar ekan endi uyqudan uyg'ongan insondek ko'zlarini qattiq yumib ochdi.

Yona: n..nima?
Yoongi: singling Emery. Uni topa oldim Yonam.
Tezra ko'zidagi yoshlarni chiqargan qiz o'zini yigitning bag'riga otildi. Qo'llarini uning bo'ynidan o'tkazib olib yum yig'layotgan Yona ko'zlarini qattiq yumib oldi. Shahzoda ham uning belidan maxkam ushlab quchog'iga tortar ekan shirin ifor kelib turgan sochlariga yuzini ko'mdi. Qo'llari bo'shishib ketgan Yona qayta yigitga qarab qo'llaridan tutdi.
Yona: q..qanday qilib? Singlimni qanday topdingiz Yoongi? U hozir qayerda?
Yoongi: izlanishga yuborgan insonlarimdan biri qaytib keldi. Sen aytgan mamlakatga ya'ni "Daroye" saltanatining har bir qishloq va shahriga odam jo'natgan edim va sal oldin ulardan biri qaytib keldi. Aytganingdek qishlog'ingda sen tariflagan o'sha qizchani topishgan ekan. Ota-onasi yo'q va uch oy oldin opasidan ham ajralgan bu qizchaning ma'lumoti yuz foiz taxminlarimni to'g'ri chiqardi. Sochlari tillarangda bo'lgan huddi senga o'xshagan jajji qizaloqni. Endi uni olib kelishlarini kutsak bo'ldi.
Yona: rahmat sizga Yoongi....chindan ham juda minnatdorman.
Uning ko'zlaridan oqib tushayotgan yoshlarni ko'rgan shahzoda barmoqlari bilan ularni qizning yanog'iga singdirib tashladi. Boqib turgan chiroyli ko'zlar, qoshlar va nim pushti lablarga to'xtagan yigit yuziga keng tabbasum oldi.

Yoongi: rahmat bilan qutulib qola olmaysan. Menga ham tuhfa ber.
Yigitning ko'zlari allaqachon o'zining dudoqlariga qaratilganini sezgan Yona uning gaplarini tushunib yetgan holda shazodaning ko'ylagi yoqasidan ushlab shartta o'ziga tortdi. Ho'l lablarni o'zinikiga bo'sgan qiz bo'sani o'zi boshlashini istab yigitning lablarini o'pishni boshladi. Bo'saga jo'r bo'lgan shahzoda uning belidan mahkam quchib, qizning lablari bilan o'ynashishni davom ettirdi. Tilini og'iz boshlig'iga kirib o'zga til bilan qastlashgan yigit bo'sa uzmasdan qizni yotoqqa yotkizdi. Bir qo'lini uning kiyim yengiga olib borar ekan ularni qizning yelkasidan tushirib, narigisiga barmoqlarini yurgizdi. Bu safar kiyimlardan halos bo'lishga yordam berishni istagan qiz yigitning kiyimini tugmalarini bo'shatib, yalang ko'ksiga qo'lini suqdi.

*

*
Kech tushdi. Buni yo'q bo'lib ketayotgan quyosh yorug'idan va osmonda o'z jilosini aks ettirayotgan yorqin yulduzdan bilaman. Dushdan chiqqanimdan so'ng sochlarimni qurutish maqsadida derazadan kirayotgan shamolga ularni tutdim. Qo'limga soch tarog'ini olib ularni bir tekisda taradim. Uzun sochlarim bu safar ham ancha o'sibdi. Bo'yim esa o'sha o'sha. Hech o'smadi. Bir zumda mayin shabbodaga qurigan sochlarim endigina chiqmoqchi bo'lgan oyning yorug'ida chiroyli ko'rindi. Egnimga kiygan ko'ylagini bu gal o'zimga boshqacha yoqdi. Har doimgidek emas, aksincha, chiroyli tuyuldi menga. Kechlikni bugun qirol dasturxonida qilishimizni eslab tezda sochlarimni yig'ib oldim. Oqshom allaqachan bo'ldi. Menimcha, Jungkook ham kelgan bo'lsa kerak. Xonamdan chiqib pastga tushishni boshladim. Shu zinalarga kelganimda peshinga yaqin yuz bergan voqelarni eslab yana ko'nglim xira bo'ldi. Men bikan tortishgan qizni esladim. Boyagina xizmatchidan eshitgan edim. Sal oldin ahvoli yomonlashgani uchun saroy tabibining yoniga olib borishgan ekan. Keng zalning eng katta xonasi bo'lgan eshikka qadam tashlab u yerga kirdim. Uzun stol atrofida yolg'iz Jungkookning o'zi o'tirgan edi. Bugun birinchi marotaba u meni kechki ovqatga chaqirdi. Shu vaqtgacha doimo yolg'iz o'zim o'tirar edim. Uning yonidagi stulga o'tirganimda xizmatchilar taomlarni dasturxonga olib kelishdi. Negadir hech nima yegim yo'q. Lekin bo'lib o'tgan ishlardan so'ng undan yanada hayiqishni boshlaganman. Nega teshib yuborgudek qaraydi menga? Uning qorachiqlaridan qochish maqsadida yonimda turgan qadahdagi sharbatdan simirdim. Uning ko'zlari esa menda. Zinalardan tushayotgan qiz biz tomonga kelayotganini ko'rib hayratlandim. U ham biz bilan o'tiradimi? U negadir stulga emas aksincha, yonimdagi yigitning qo'llaridan ushlab bir qo'li bilan stolga tayanganini ko'rdim. Bu nimalar qilyapti? Ahamiyat bermoqchi emasdim, biroq uning erkalanib aytgan gaplari meni taajjublantirib qo'ydi.
Hesu: qirolim ota bo'lishga tayyormisiz?

Qulog'imga kirgan bu so'zlardan birgina men emas, yonimda o'tirgan yigit ham hayratlandi. Avvaligi jim turgan Jungkook keyingi harakati stuldan turib qizning ikki qo'lidan ushlab olganini ko'rdim.
Jungkook: bu rostmi?
Eshikdan qayta kirib kelgan tabibchi ayol yonimizga kelganida sekin tazim etib quvonchga to'la ko'zlarini qarshisidagi juftlikka tikdi.
- qirolim Hesu xonim homiladorlar. Bolaning mavjud bo'lishi bir haftadan oshgan. Otalik muborak bo'lsin.
Qarshisidagi qizni bu gal bag'riga bosgan yigitni ko'rib bog'zimga tiqilib kelayotgan narsani bazo'r yutdim. Boshqa bu yerda qolishni istamayman. Chindan ham xohlamayman. Stuldan qanday turganimni bilmayman. Ularga yoqimli ishtaha tilagan holda tez-tez yurib bu xonadan chiqib ketdim. Zinalardan ko'tarilganimda oyog'im chalqanlashib bora-bora yiqilib tushayotgandek qadamlarimni og'ir bosdim. Yetib kelgan xonamga kirishim bilan eshikni tezda yopar ekanman miyyam yorilib ketayotgandek bo'lib og'rir edi. Bir tomondan esa yuragimda yana sanchish turyapman. Qulog'im oldida aytilgan so'zlarni esa unuta olmayapman. Qayta qayta kaseta misoli aylanayotgan gaplar boshimni nayza o'qi bilan teshib yuborgudek azob berayotgan edi. "Otalik muborak bo'lsin qirolim" nega bunchalik tasirlanyapman o'zi? Nima uchun? Nega bu gaplardan so'ng yuragim bu qadar og'ridi? Menga desa yana o'nta kanizagining qornida bola bo'lmaydimi? Nega bunchalar o'zingni yeb bitiryapsan Jehan? Qo'llarimni qulog'imga qattiq bosib meni tinch qo'ymayotgan tovushlardan qutilishga urindim. Bo'lmayapti! Jin ursin o'chirlaring!!! Bo'ldi...o'tib ketdi. Lekin eshikning qayta ochilishidam yuzimni o'sha tomonga burdim. Maxluq. Sen men uchun har doim maxluq, vaxshiy inson bo'lib qolaverasan. Endi nima qiladi yonimga kelib? Suyunchi oladimi? Borib o'sha joriyang bilan o'tirmaysanmi?
Jungkook: Jehan....
Unga "gapirma" degandek ishora qilib bu safar uning yoniga o'zim bordim. Bu yerda qolishimdan nima naf o'zi? Jungkookning boshqa joriyasi bor qolaversa, yaqinda farzandli ham bo'ladi. To'g'rimi? Bu yerda o'zi kimman? Ketaman. Nima qilaman bu saroyda? Jim bo'lib uning yoniga borganimda ko'zlarimga qarab qolgan yigitga tik boqib og'zimdan kelayotgan jumlalarni aytdim.
Jehan: men ketay....o'zga yoringiz, Hesu bilan qoling Jungkook.

~
Yoqimli mutolaa
Bilaman bu safar ancha kutib qoldingizlar menimcha. Buning uchun afsusdaman. Fanficim manimcha eskirdi yoki qizig'i qolmadi shundaymi? Bora bora tushib borayotgan aktivni koryapman. Restda bolganligim uchundir balki fikrlar kam va ffni sorayotganlarning soni kamaygan. Lekin man fanficimni toxtata olmayman. Qaytganimda bu ffgim tugagan boladi. Maqsadim buni tezroq tugatib boshqa hikoya boshlash. Mayli angels boshqa bu masalada sizlarga murojaat qilmayman. Shunchaki maroqli mutolaa tilagan holda sizlarga fanfic ulashni davom ettiraman🫠
Author: Jehan