𝐆𝐮𝐧𝐨𝐡𝐤𝐨𝐫𝐥𝐚𝐫 | 𝐞𝐩-𝟐𝟔
Maktabdan qochib tezroq dugonalarining oldiga borishga urunardi. Birdan orqadan tanish ovoz eshitildi.
— Mila… yoki yolg‘onchi malika desammi yoki klubga boradigan maktab o'quvchisi ? — Sunxi to‘xtadi. Yuragi bir lahza hapriqib ketdi. Orqasiga qarasa, qo‘lida ichimlik qutisi bilan Yohan jilmayib turardi.
— Men sizni tanimayman,— dedi Sunxi sovuq ohangda. Lekin yuzida soxta tabassum bor— Adashyabsiz.— Yohan kulib boshini chayqadi.
— Yo‘q, seni aniq taniyman. Shunday gaplar faqat Mila aytishi mumkin. Endi tanimaganlikka olmoqchimisan? — Sunxi yuzini burib, tezroq yurmoqchi bo‘ldi. Ammo oyoqlari chalkashib, qoqilib ketdi. Yiqilayotgan paytda bir lahza hayolida dorammalardagi kabi Yohan uni tutib qolishini tasavvur qildi. Ammo qattiq og'riqni sezdi. Sunxi asfaltga yiqildi. Qo‘llari og‘rib, xijolat bo‘ldi. Yohan esa ustidan kulib yubordi.
— Seni maktab o'quvchisi desam hali bog'cha bolasi ekansanku. — Sunxi unga jahl bilan qaradi.
— Axmoq! Hech bo‘lmasa dramadagidek meni tutib qolishing mumkin edi-ku!— Yohan qoshini ko‘tarib, masxara ohangida gapirdi.
— Ha, keyin ikkovimizning o‘rtamizda sevgi uchquni chaqnashi kerakmidi? Bu hayot, Mila. Bu yerda ssenariy yozilmaydi.
Sunxi o‘rnidan turib, changini qoqib, jahl bilan ortga burilib ketdi.
— Senga gaplashishga ham arzimaysan!
Yohan esa uni ortidan kulib qaradi. Bir ozdan so‘ng yuzidagi tabassumni yashirib bo‘lmay, qadamini tezlatdi va uning ortidan ergashdi.
Sunxi quloqchinini yana taqib, unga e’tibor bermaslikka urinar, lekin yuzidagi qizarish kulgidanmi yoki g‘azabdanmi, o‘zi ham bilmasdi.
Kichkina xonada odamlarning ovozi qattiq yangrar, tinimsiz bahs havoda og‘irlik qilib turardi. Kessy esa yo‘lakdagi stullardan birida jim o‘tirar, qo‘llarini tizzasiga qo‘yib, bo‘layotgan janjalni sokin kuzatardi. Uning ko‘zlari o‘ychan, yuragi esa g‘alati bo‘shliq bilan to‘lgandi.
— Menga donor kerak! Hozir! Sizlar pul olasiz-ku, nega yordam bera olmaysizlar?! — dedi notanish qizning xirillagan, lekin qat’iy ovozi. U xodimlarga tikilib, ko‘zlari yoshdan qizarib ketgandi. — Xodimlardan biri charchoq bilan javob qildi.
— Kechirasiz, lekin bu donor allaqachon boshqa bemorga ajratilgan. U kishi anchadan beri navbat kutyapti.
— Unda men ko‘proq pul to‘layman! Qancha desangiz ham beraman! Menga faqat yashash uchun imkon kerak!— qizning tovushi titrardi, ammo nigohi qat’iy edi.
Shifoxona xodimlari esa yana bosh chayqashdi.
— Qoidalar bor. Biz buni o‘zgartira olmaymiz.
Qiz qo‘llarini musht qildi, lablarini qattiq tishladi. Ammo qarshisidagi odamlarning sovuq javoblari uni devor kabi to‘xtatib qo‘ygandi. Nihoyat u kuchsizlanib, yon tarafdagi stulga o‘tirib qoldi. Ko‘zlari shishib ketgan, nafaslari og‘ir edi. Qiz yon-atrofiga qararkan, yo‘lak chetida o‘tirgan Kessyni ko‘rib qoldi. U asta sekin Kessy tomon yurdi va uning yoniga o‘tirdi.
Bir necha soniya sukut. So‘ng qiz past ovozda gap qildi:
— Nega qarab turdingiz? Ajoyib tomosha boldi, birovning ilochsizligini ko'rib mazza qildingizmi? —Kessy unga o‘girilib qaradi, nigohida chuqur fikr bor edi.
— Men so‘ramoqchiman: nega bu qadar harakat qilyapsan? — Qiz lablarini titratib, jilmayishga harakat qildi.
— Chunki men yashashni istayman. —Kessy jim qoldi. So‘ng qiziqib so‘radi.
— Nima uchun? Yashashning nima ma’nosi bor?
— Chunki men hali tugamagan hikoyaman. Men hali ham orzularimni ko‘rishni, hayotimni to‘liq yashashni xohlayman. O'lishim kerak ekan deb o'lib ketavermayman. Men bar bir yashashim kerak men hali ko'p narsani ko'rishga ulgurmadim. Nega endi men O'lishim kerak. Hech qanday og'ir gunoh qilmagan bo'lsam. Men yashashni istayman — Bu so‘zlar Kessyni chuqur o‘yga toldirdi.
— Men bilan yur.
Ikkalasi birga xodim oldiga bordi. Kessy qat’iyat bilan gapirdi.
— men Hwan Kessyman. Donor men uchun ajratilgandi. Lekin men undan voz kechaman. Uni unga bering.
Xodim hayratda unga qaradi.
— Siz jiddiy gapiryapsizmi? Ishonchingiz komilmi? — Kessyning ovozi sovuq, ammo qat’iy edi.
— Ha. Men qaror qildim.
Bu gapdan qizning ko‘zlari kattalashib ketdi. Ichida esa pichirladi.
“U kim? Nega bunday qilyapti? Bu odam mening qismatimga aralashmoqda. Nima u yashashni istamaydimi. Duch kelgan insonga o'zi orzu qib kutgan yurakni beryabdi. Inson zotiga tushunish mushkul. Nima bo'lgan taqdirda ham.... Men unga hech qachon unuta olmaydigan qarzdorman…”
Hujjatlar rasmiylashtirilgach, qiz Kessyga yuzlandi. Uning ovozi titrardi, ko‘zlarida esa minnatdorlik porlardi.
— Rahmat. Bu yordamingizni men hech qachon unutmayman.
Qiz asta sekin yo‘lakdan chiqib ketdi.
Kessy esa o‘tirgan joyida qolib, uning ortidan jim kuzatdi. Uning ichida g‘alati bo‘shliq va savollar girdobi charx urardi.
“Yashashni istash… Men yashashni hech qachon bu qiz kabi istaydi olmadim. Balki shuning uchun men unga hayot berdim. Balki… yashashni istaydigan odamlar yashashga ko‘proq haqli bo‘lgani uchun.”
Kessy ko‘zlarini yumib, chuqur xo‘rsindi.
Deraza yonidan quyosh nurlari oqib kirardi. Xona ichida pushti va havorang bezaklar, mayda o‘yinchoqlar, devorga ilingan yulduzchalar xonani iliqlik bilan to‘ldirardi. Suna tug‘ilajak farzandi uchun mehr bilan xona bezatar, har bir qo‘g‘irchoqni, har bir rangli lenta parchasi bilan bolajonini allaqachon bag‘riga bosgandek his qilardi.
Shu payt telefoniga xabar keldi. Ustidan changini artib, xabarni ochdi. Ko‘zlari birdaniga chaqnadi. Xabar Kessydan edi.
“Men bolalarni dunyoga keltiraman.”
Sunaning yuragi hapqirib ketdi. Lablariga quvonchli tabassum yoyildi. U asta qo‘llarini qorniga qo‘ydi, so‘ng shoshilib yugurib chiqib ketdi.
— Jin! Jin — deya xonaga chopib kirdi.
Jin stol yonida nimadir yozayotgan edi. Hayrat bilan unga qaradi.
— Nima bo‘ldi, Suna? —Suna nafasini rostlab, jilmaydi.
— “Kessy… U homilador ! Yana egizak. Bilasizmi u avval abort qildirmoqchi edi. Ammo fikri o'zgardi. U ham bolalarni dunyoga keltiradi! — Jinning ko‘zlari kattalashdi. U beixtiyor chuqur o‘ylab qoldi, yuzida biroz havotir ham paydo bo‘ldi. Ammo Sunaning ko‘zlaridagi baxtni ko‘rib, u ham jilmaydi.
— Bu… katta yangilik. Men faqat umid qilaman, u ham baxtli bo‘lsin. Suna jilmayib, qo‘llarini qorniga qo‘ydi.
— Bizning farzandimiz ularning bolalari bilan yonma-yon o‘sadi. Tasavvur qilsang… ular birga kulishadi, o‘ynashadi. — Jin yoniga kelib, uning qo‘llarini ushladi.
— Ha, Sunam. Bizning farzandimiz bu uyga yorug‘lik olib kiradi. U hayotimizni to‘ldiradi. — Suna kulimsirab ko‘zlariga qaradi.
— Men uni allaqachon hayotining ajralmas bo'lagiga aylantirganman Jin. Hali tug‘ilmasidan ham, men uni mehr bilan o‘rab qo‘yganman. — Jin uning peshonasidan o‘pib, sekin Dedi.
— Biz uni birga tarbiyalaymiz. Uni himoya qilamiz. U bizning kelajagimiz bo‘ladi.
Xona ichini faqat ularning shirin suhbati, kelajak haqidagi orzulari va quvonchli kulgilari to‘ldirib yubordi.
Kessy o‘ychancha o‘tirarkan, orqasidan qadam tovushlari eshitildi. Yon tomondan keskin ovoz yangradi.
Kessy sekin boshini ko‘tardi. Qarshisida oq xalatdagi An Suho turardi. Uning ko‘zlari g‘azabdan chaqnab, yuzida jiddiylik aks etgandi.
— Men eshitgan gap rostmi?! — dedi Suho sovuq ohangda.
— Qaysi gap?— Kessy sokin qarab qo‘ydi.
— Sen donordan voz kechibsan. O‘zing uchun topilgan imkoniyatni boshqa birovga beribsan! — Kessy yuzida beparvolikka o‘xshash nim tabassum paydo bo‘ldi.
— Ha. Men shunday qildim. — Suho stolga urayotgandek qo‘lini havoda silkib yubordi:
— Sen o‘zingni o‘ylamaysanmi?! Shuncha vaqt davomida sen uchun donor qidirildi, shuncha kuch sarflandi. Sen esa bir zumda ‘yo‘q’ deb chiqib ketasanmi?! Hammasi shunchalik osonmi. — Kessy nigohini derazaga qaratib, past ovozda dedi.
— Menga emas, yashashni istaydigan odamga kerak u donor. Men kabi tirik murdaga emas.
— Sen ham yashashing kerak! — Suho tovushini ko‘tardi. — Sening hayoting ham ahamiyatli! Nega o‘zingni bu qadar qadrsiz deb bilasan?!
Kessy uning ko‘zlariga qaradi.
— Chunki men yashashni istamayman, Oppa. Men uchun hayot bu jazoga o‘xshaydi. Lekin u qiz… u yashashni xohlaydi. Men esa unga to‘siq bo‘la olmayman. Ustiga ustak
men farzandimni dunyoga keltirishni istayman. Siz va akam men uchun juda ko'p harakat qildingiz buning uchun rahmat biroq ilojim yo'q.
Suho chuqur xo‘rsindi. U qattiq jahli chiqqan bo‘lsa-da, Kessyning so‘zlarida o‘zini yo‘qotdi. Nigohi yumshab, ammo baribir og‘ir ohangda gap qildi.
— demak hammasi bola uchun. Atigi bir necha soat oldin hammasiga rozi eding shu vaqt ichida nima o'zgardi. Kim seni bunga majbur qildi. Menga aslo onalik hissi haqida da'vo qilma. Chunki bolani tug'ishni istamasligingni ikkimiz ham bilamiz.
— hih — Kessy sekin tabassum qildi — homila egizak ekan. Qanday qilib ikki jonni o'ldiray shundan keyin yashay olamanmi. Qarorim qat'iy o'lsam ham Bu Bolalar dunyoga keladi. Ehtimol men ularga onalik qilolmasman biroq bu safar qotil bo'lmayman. Unga (Taehyung) va'dani ham bajaraman. Shu da mendagi aybdorlik hissi biroz kamayar.
— Kess — Suho asabiylashdi. — senga mos yurakni topish uchun 2 yil vaqt ketdi. Na dorilarini icha olding. Agar hozir operatsiyadan voz kechsang na yurak dorilaringni na tinchlantiruvchilarni icha olasan Har qanday holatda ham homilador ayol uchun bu dorilar mumkin emas.
— bilaman.
— bilasan.... Yaxshi.. Unda keyin nima bo'lishini aytay i sen hatto bu bolalarni dunyoga keltira olmaysan. Yo yuraging urushdan to'xtaydi yoki aqldan ozib o'z joninga qasd qilasan. Sen ikki jon uchun kurashayabsan biroq men muqarar kelajakni bilib turib qanday qilib uch joni o'limiga ko'z yumay. Bunaqasi ketmaydi hoziroq akang bilan gaplashaman. Shuncha payt erkaligingni kotarganim YETAR. — Suho jaxl bilan devorni urib ketarkan. Kessy uni qarshisiga chiqib tiz cho'kdi. Yo'lakdagi barcha bu tomoshaga hayron qolar. Suho bo'lsa ilochsizlikdan tiz chokkancha yig'layotgan Kessyni ko'rib Nima qilishni bilmasdi.
— oppa sizni o'z akamdek ko'raman. Bu hayotda men uchun eng ko'p kurashgan siz va otangiz. Mehnatingizni qadrlayman. Biroq o'ylab ko'ring shusiz ham men har kun aqldan ozyabman.Sanha u meni tark etdi - Suho ko'zlari kattalashib ketdi. Bu Kessyni ahvolini yanada og'irlashganidan dalolat edi. — me kechasi daxshatli tushlar ko'rmayapman aksincha ular o'ngimda. Har olgan nafasimda o'lishni istagi kuchlilik qilyabdi biroq qo'limga pichoqni olgan onim aynan vujudimdagi go'daklar qotiliga aylanish qorquvi o'lim istagidan ustunlik qiladi..... Agar siz aytgandek qilsam keyin nima bo'ladi.. Siz menga muqarar kelajakni aytdingiz.. Ammo sizni aytganingizni qilsam mne bilgan Kelajak zulmat qichqiriq, qon men bu bilan na yashay olaman na o'la olaman. Iltimos oppa menga yordam bering farzandlarini eson omon dunyoga keltirishimga imkon bering iltimos.
— Kessy
— agar rad etsangiz izimni ham topolmaydigan qilib yashinaman. Ming azob bilan bo'lsada bu bolalarni dunyoga keltiraman. Kerak bo'lsa ko'chada o'lishga ham tayyorman. Ammo yana bir bor qotil bo'lmayman. — Kessy hamon yerda tuz cho'kkancha o'tirardi.
Pov/ Suho
Nima qilishim kerak agar u o'lsa dadamni yuziga qanday qarayman. Men uni saqlab qolishga dadamga so'z berganman. Biroq qarshimdagi men kabi ilojsiz qizni ko'rib ham uni o'zimdan itara olmayman. Qay yo'ldan bormay bu qiz yakun bir xil. Ming la'nat aytaman bunday taqdirga. Agar bu dunyoda adolat bo'lsa bu qiz qilgan gunohlari uchun eng og'ir shaklda tovon to'lamoqda.
— senga yordam beraman. Qanday bilmadim u sizlarni hayotingizni saqlab qolaman.
—oppa
—men ketishim kerak — Suho qizga qaramay tezda yurib ketdi. Kessy shifoxonani asta tark etarkan telefonida anchayin eski biroq tanish raqamga qo'ng'iroq qildi. Biroz muddatdan so'ng qo'ng'iroq ortidan javob keldi. Yigit quvnoq ohangda gapirardi.
— Amanay bu senmi
— Salom Ayanakoji
— Ahvolning joyidami — Shu ikki so'z Kessyni butun dunyosi uchun yetarli oxirgi nuqta bo'ldi
— yo'q joyida emas. Men juda charchadim. Menga yordaming kerak buni faqat sen qila olasan. Ayanakoji iltimos menga yordam ber
— Amanay o'zingni bos men senga albatta yordam beraman. Hozir tinchlanib hammasini bir boshidan tushuntir.
Soya qoplagan katta mehmonxona. Soyu qo‘lida choy finjoni bilan Na xonim yonida o‘tirarkan, ko‘zlarini yerga qadab.
— Na xonim… men bir narsani so‘ramoqchiman, — dedi sekin. — Nega har doim Janob Yangning yagona merosxo‘ri sifatida faqat Sunxoning nomi tilga olinadi? Axir, Sunxi ham bor-ku…
Na xonimning qo‘llari biroz qaltirab ketdi, ammo javob bera olmadi. Shu payt eshik ortidan chiqib kelgan Sujin suhbatni eshitib qolganini bildirdi.
— Buning sababi oddiy, — dedi u, muloyim, ammo sovuqqina ohangda. — Yanglar boyligi faqat Sunxoga tegishli emas. U boylik boshqa qarindoshlarga ham taalluqli. Sojun ular orasida asosiy davogar mol mulk allaqachon unga tegishli buni qog'ozda isbotlash uchun ular bilan biroz tortishish kerak. Ko'p pul doim tashvish keltiradi. Men esa qizimni bu mol-davlat tortishuviga aralashishini istamaydi. —Soyu beixtiyor unga qaradi. Sujin esa davom etdi— Sunxi uchun esa mening ota-onamdan qoladigan meros yetarli. Vaqti kelib Sunxo Sunxiga o'z ulushini berishiga ishonaman. Shuning uchun bu masalada qarshilik qilmayman. Ammo o'sha payt sen qarshilik qilishga urunsang men ham jim turmayman.
Kecha qorong‘usi. Shahar chiroqlari yo‘lni yonma-yon yoritib turardi. Jimin rulda jim o‘tirarkan, yonida sukutda ketayotgan Kessyga yonma-yon qaradi. Bir muddat jimlikni buzdi.
— Kessy… shifoxona hovlisida uxlab qolibsan. Nega? — dedi ohista.
Kessy ko‘zlarini derazaga qadadi. Qorong‘ilikda ko‘rinmas, ammo yuzida charchoq aks etgandi.
— Shunchaki… — dedi qisqa qilib, jilmayishga urinib. — O‘zim ham bilmayman.
Jimin ko‘proq savol bermadi, ammo nigohi unda qoldi. Mashina yo‘l bo‘ylab sekin harakatlanar ekan, Kessy asta tilga kirdi.
— Qornim ochib ketdi, — dedi past ovozda.Jimin birdan yoniga qaradi.
— Restoranga kiramizmi? — Kessy boshini chayqadi.
— Istamayman.
Shu payt Jimin qarshidan kichik do‘konni ko‘rib qoldi. To‘satdan to‘xtadi.
— Kutib tur, — dedi qisqa qilib.
Kessy esa bir zum unga qarab qoldi.
— menga kimpap va anor sharbati Yana... Yana istalgan shirinlik.
Jimin jilmaydi, so‘ng do‘konga kirib ketdi. Oradan ko‘p o‘tmay, ikki paket bilan qaytdi: biri Kessyga atabkimpap, shirinlik va sharbat, ikkinchisi esa o‘zi uchun yegulik bilan to‘lgan. U paketni Kessyga uzatarkan, Kessy ko‘zlarini unga qadab, ohista gapirdi.
— Jimin… jarlikka boraylik.
Jimin bir zum hayron bo‘lib unga qaradi. Yo‘l bo‘yida jimlik cho‘kdi. U sekin mashinani o‘sha tomonga burarkan, yuragiga g‘alati xavotir aralash hissiyot kirib kelayotganini his qildi.
Mashina to‘xtadi. Osmonda yulduzlar asta chiqmoqda, pastdan dengiz to‘lqinlarining ovozi eshitiladi. Shamol biroz sovuq, ammo havoda g‘alati bir sokinlik bor.
Kessy mashinadan tushib, jarlik chetiga yurdi. Jimin qo‘lidagi paketni olib, unga ergashdi. Ular jarlik chetida, tosh ustiga yonma-yon o'tirishdi. Kessy anor sharbatini ichib, uzoqqa tikildi. Nigohi chuqur, go‘yo osmon va dengiz oralig‘ida o‘zini izlayotgandek.
— Ba’zan o‘ylayman, — dedi u past ovozda, — odam yashash uchun qancha sabab topishi kerak?.. Men esa... hali birortasini topa olmayapman.
Jimin unga qaradi, ammo darrov javob bermadi. Bir necha soniyadan so‘ng asta Dedi.
— Balki... sababni izlamaslik kerakdir. Ba’zan odamning o‘zi sabab bo‘lib qoladi. — Kessy kulimsirab, yelkasini qisdi:
— Juda chiroyli aytyapsan. Lekin bu real hayotda unchalik ishlamaydi. — Jimin esa jiddiy bo‘lib qarab turdi. — bilasanmi insonlar qilgan gunohlari uchun doim jazolangan men ham shunday. Kimdir men chekkan azoblar haqida bilsa menga achinishi hayotni adolatsizlik qilganlikda ayblashib mumkin biroq u xato qilgan bo'ladi.... Men qilgan gunohlarimuchun eng munosib tarzda jazo olyabman. Hatto hozir menda ikki mukofot bor. — Kessy biroz kuldi. Jimin ehtimol undan nima qilgani nega bu darajada azob chekayotgan haqida so'rashi mumkin edi. Biroq u jim turgancha qarshisidagi qizni tinglashni istadi. Chunki ayni damda bu qiz yillar davomida to'plangan istirop haqida gapirardi. — ...... bu jarlik men uchun juda ham qadrli. Bilasanmi nega?.
— nega ?
— hayotim mobaynida 2 ta muhim tanlov bo'ldi biroq ikkisini ham men tanlamadi. Birini shu jarlik ikkinchisini u( Taehyung) tanladi. Bu jarlik ilk tanlovni qilgan. Men hayot va o'lim o'rtasida doim adashardim. Yashashim kerakmi yo aksi bilmasdi..
Qachonlardir men juda ko'p bor o'z jonimga qasd qilardim. Takror.. Takror... takror.. Ammo har safar tirik qolardim. Bazida kimdir qutqarardi bazida o'zim qo'rqoqlik qilardim. Ilk marta shu jarlikdan o'zimni tashlamoqchi edim ammo qo'rqdim o'shanda juda ham yashashni istagandim... keyin.. keyin esa .. dori ichdim . Yana tomirimni kesdim, mashina tagiga tashladim, binodan sakradim, har xil usulni sinadim. VA bir kuni juda charchadim. Shu jarlikka keldim va qaror qildim. Agar jarlikdan yiqilib o'lsam barchasidan qutulaman agar tirik qolsam Nima bo'lishidan qat'iy nazar ajalning o'zi yonimga kelmagunga qadar yashayman dedim. So'ngra..
— So'ngra..
— Mana qarshingda turibman. Oyoq qo'lim sindi biroq tirik edim.
Ikkisi yana jim Kessy Jiminga o'tmish xotiralarini yodiga solardi.
— Bu hayotda yashash ham bir jazo Kessy. Men bir vaqtlar bir masum qizni zo'rladim. Yetmaganiga rasmlarini tarqatib ham yubordim. So'ngra hech narsa bo'lmagandek Amerikaga ketdim. Qizning aybi meni rad ekanida edi. Ammo hozir jazosini olyabman men chekkan azob u chekkan azoblar oldida albatta yengil. — Jimin jarlik tomon boqadi. Kessy ham esladi unutgan xotirasini.
—Men maktab zo'ravoni bo'lganman. Men baxtsiz bo'lganim uchun boshqalarga ham shuni tilardim. Shu bois maktabda qizlarni sochini kesdim, urdim kaltakladim, zinadan itarib yubordim. Hatto bir qizni bir umrga nogiron bo'lishiga sababchi bo'ldim lekin hech qachon qilmishlarim uchun afsuslanmadim. Aksincha ko'prog'ini xohladim. Maktabda Doim quvnoq yigit bilan uchrashib yuradim. Men bir savol qiynardi Nega u bunchalik baxtli. Men uni baxtsiz qilishim kerak.. Shu o'ylar bilan uni ojiz tomoni ko'zi ojiz onasini bilganimdan so'ng butun maktab oldida uni g'ururini chil parchin qildim. O'sha payt u menga kulib qaradi va " Hwan Kessy sen hech qachon baxt nimaligini bilmagansan. Tilagim ham shu. Baxtni his qilishing mumkin biroq unga ega chiqa olmaysan. Sen uchun afsusdaman" Bir haqiqat bor edi uning so'zlarida.
— afsusdamisan
— bilmayman — ikkisi ham jim. jarlik hayot va o'lim o'rtasi edi.
Pov/ Jimin
Dilim bo'lgan edi bitta yorga zor
Sujin orqa bog'ni kuzatib turarkan oldiga Sunxo kelib turdi.
— menda biron ishingiz bormi.
— bugun bobongni sog'lig'i yomonlashdi. Doktorlar uzog'i 2 oy umri qolgan deyishyabdi.
— tushunarli
— hademay Yanglar oilasida katta kurash boshlanadi. Otang qanchalik ustun bo'lmasin o'z jigarlariga qarshi bormaydi, shu sababli bu kurash sen va Sunxi uchun oson bo'lmaydi. Bobong merosini nabiralariga bo'lgan. Bu tortishuv sen.. Ayniqsa Sunxi uchun yomon. U aktsiyalarning eng ko'p qismini oladi. Yana hali yosh va g'o'r bu oqimda u suza olmaydi.
— havotirlanmang hammasi joyida bo'ladi.
— men va'damda turib Soyu va tug'ilajak farzandingni g'amxo'rlik qilyabman Sen ham vadangda turishing kerak.
— sizni tushunaman. Qizingiz uchun havotirdasiz biroq u meni ham singlim. So'z beraman Sunxi bu kurashda ishtirok etmaydi. Uni har tomonlama himoya qilaman.
Ofisda yengil jazz musiqasi past ovozda eshitilib turardi. Stol ustida qog‘ozlar tarqalgan, oynadan esa shahar chiroqlari ko‘rinardi. Jimin divanda cho‘zilib o‘tirgan, yonida esa uning yaqin do'sti Minho bilan qahva ichib turardi.
— Bugun g‘alati ko‘rinyapsan. Nimani o‘ylab qolding? — Jimin biroz jim qoldi, keyin chuqur nafas olib.
— Haruni unutishga qaror qildim.
— Unutishga?.. Shu qadar osonmi? —Jimin jilmayib, boshini chayqatdi.
— Oson emas. Lekin men hayotimni o‘tmishga bog‘lab qo‘yib yasholmayman. Endi Kessy bilan yangi hayot boshlamoqchiman.
— Kessy?.. Demak, uni sevib qoldingmi?
— Albatta yo'q. Men sevgisiz ham baxtli bo'lmoqchiman. Hayot sevgidan iborat emas unda ishonch, mehr muhabbat kabi tuyg'ular bor.
— qachon ketmoqchisiz. — Jimin oynadan tashqariga qaradi, so‘ng sokin, lekin qat’iy ohangda gapirdi
— Akam qamoqdan chiqqach, hammasi tugaydi. Men Kessyni olib, Koreyadan ketaman. Biz boshqa joyda, boshqacha hayot boshlaymiz. Baxtli bo‘lamiz... hech kim bizga halaqit bermaydi.
Minho qahvasidan bir ho‘plab, unga sinovchan qarab qo‘ydi.
— Jimin, baxtni qayerda emas, kim bilan ekaning belgilaydi. Agar Kessy sening tanloving bo‘lsa — ortga qaramay yur. — Jimin labida mayin tabassum bilan boshini qimirlatdi.
— Shunday qilaman. Endi men uchun faqat u bor.
Ofisda jimlik cho‘kdi. Tashqarida shahar hayoti davom etardi, ammo Jimin uchun go‘yo hammasi bitta qarorga — Kessy bilan yangi hayot boshlash istagiga borib taqalardi.
Deraza tashqarisidan yomg‘ir tomchilari ohista oynaga urilib turardi. Xona ichida esa sokinlik. Stol ustida turli xil dorilar qutisi yoyilib yotar, Kessy esa kursida o‘tirib, ularni jim kuzatardi. Qon bosimi dori, og‘riq qoldiruvchi, uxlatadigan… bir-biridan farq qilmaydigan rangli kapsulalar. Ehtimol ular endi axlat qutisidan joy olar. Uning ko‘zlarida charchoq, labida esa biror so‘z chiqmasdi.
Shu payt eshik ohista ochildi. Haru kirib keldi. Uning ko‘zlarida odatdagi sho‘xlik yo‘q edi, yuzida g‘alati bir jiddiylik bor edi.
Kessy boshini ko‘tarmasdan
— Nega kelding? — Haru biroz sukutdan so‘ng, bir nafasda gapirdi.
— Kechir meni.
Kessy hayratdan unga qarab qoldi.
— Kechir? Nima uchun?..
Haru jilmayishga harakat qildi, ammo ko‘zlarida qayg‘u jilvalanib turardi.
— Chunki men hammasini tushunib yetdim. Men... baxtli bo‘lishni istayman. — Kessy biroz qotib qoldi, so‘ngra pichirlab
— Bu nima deganing?.. — Haru ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.
— Baxt hech qachon to‘lovsiz bo‘lmaydi, Kessy. Uning evaziga hamisha nimanidir yo‘qotasan.
Shu so‘zlardan so‘ng u ortga burildi. Og‘ir qadamlar bilan eshikka bordi. Kessy esa uni to‘xtatmoqchi bo‘ldi.
— Haru! To‘xta! Bu nimani anglatadi?
Ammo Haru eshikni yopib chiqib ketdi. Xona yana sokinlikka cho‘mdi. Kessy dorilar qutisiga qarab, pichirladi.
— Bu bilan nima demoqchi bo'ldi...
Qamoqxona – maxsus uchrashuv xonasi.
Sokin, sovuq devorlar orasida Jimin akasi Junho oldiga o‘tiradi. Jimin yuzida ishonchli tabassum bor, ammo ko‘zlarida xavotir aralash charchoq seziladi.
— Aka, men barchasini hal qilaman. Sizni qamoqdan chiqarish yo‘li bor. Ishoning Menga. Buni kimdir uyushtirib sizni tuzoqqa tushurgan Kim bo'lmasin men uni topaman. Endi hammasi yaxshi bo‘ladi. - Junho jim. U qog‘oz kabi oq yuzini pastga qaratib, chuqur o‘yga cho‘mgan. Qo‘llari stol ustida qattiq qisilgan.
— Nega jimsiz? Menga ishonsangiz bo‘ldi. Men sizdan hech qachon yuz o‘girmayman. Bu yerdan chiqqaningizda avvalgidek Baxtli oila bo'lamiz. — Junho og‘ir nafas olib, boshini sekin ko‘taradi. Uning nigohlari og‘riq va pushaymon bilan to‘la.
— Jimin… men sendan kechirim so'ramoqchi man. Meni kechir - Jimin hayron bo‘lib, yuziga qaraydi.
— Kechirim? Nega? Nima uchun aka? — Junho lablarini qaltiratib, vazminlik bilan davom etadi:
— Chunki… men sening baxtingni tortib oldim. Afsuski haqiqatni kech bildim. - Jiminning yuragi qattiq urib ketadi.
— Nima deganingiz Bu? - Junho ko‘zlarini qisib, xo'rsinadi.
— Jimin, sen bilan Haru… siz bir-biringizni sevgansiz to'g'rimi. Men esa… orangizga qo‘shildim. Sizlarning yo‘lingizga kirdim. Sizlarni baxtsiz qildim. Aniqrog'i senga o'zim bilmay azob berdim. Ukajon. - Jiminning ko‘zlari keng ochiladi, lablari titradi.
— Aka… bu rost emas! Men… - Junho uni gapini tugatishga qo‘ymaydi, qattiq ohangda.
— Men Haru bilan ajrashaman. Sizning sevgilingizga qarshi emasman. Agar sen va Haru birga bo‘lsangiz, men qarshi chiqmay man. Sen baxtli bo'lsang men bundan faqat xursand. Qamoqqa kelsak endi menga buning ahamaniyati yo'q. Chunki bu hayotda hech narsa men uchun sendan ustun emas.
Jimin hushini yig‘ishga harakat qiladi, tushuntirmoqchi bo‘ladi.
— Aka, meni eshiting, bu shunchaki… - Ammo Junho birdan oyoqqa turadi, nazoratchiga ishora qiladi.
— Uchrashuv tugadi. - Jimin o‘rnidan turib, qo‘llarini uzatadi.
— Aka, to‘xtang! Meni eshiting! Iltimos Akajon ketmang.
Kechqurun. Yorug‘lik xira. Kessy divanda o‘tirib, telefoniga tikilgancha qandaydir xabarni o‘qiydi. Ko‘zlari charchoqdan qizarib, barmoqlari asta titrab turadi.
Shu payt eshik qattiq ochilib, Jimin g‘azab bilan ichkariga kiradi. U yuzidan achchiq va dard aralash g‘azab oqib turardi.
— Nima qilyapsan yana?! - U Kessyning qo‘lidagi telefonni qattiq tortib olib, devorga uloqtiradi. Telefon chil-chil bo‘lib sinadi. Kessy hayrat va qo‘rquv bilan.
— Jimin… nima bo‘ldi? Nega bunday qilyapsan? - Jimin qattiq nafas olib, Kessyga tikildi.
— Akam! U menga hammasini aytdi! Haru bilan bo‘lganimni u qayerdan bildi? Kim aytdi, ha? Sen!- Kessy boshini chayqadi
— Yo‘q! Men emasman! Men bunday qilmaganman! - Jiminning ovozi o‘tkirlashadi, nigohi qonli g‘azab bilan to‘ldi.
— Yolg‘onchi! Buni sendan boshqa kim aytishi mumkin. Shu yo'l bilan. Qasd olyabsanmi. Sen axir kimningdir baxtini ko'rolmaysan-ku. - Kessy ko‘zlari yoshga to‘ldi oxiri baqirdi.
— HA MEN SHUNDAYMAN. AMMO HECH QACHON QILGAN ISHIMDAN TONMAGANMAN. SENGA MEN AKANGGA HECH NARSA AYTMADIM DEDIM. JIN URSIN SENI O'SHA HARUYINGNI HAM. IKKINGIZ BILAN HAM ISHI YO..... - Ammo Jimin uning gapini tugatishga imkon bermaydi. G‘azabidan qattiq silkitib yuboradi, so‘ng yuziga kuchli zarba tushiradi. Kessy yiqilmaslik uchun devorga suyanadi, ammo Jimin yana qo‘llarini ko'taradi. Uning qahridan qattiq musht va tepishlar yog‘iladi.
— Kessy dod solmaydi, faqat qornini qo‘llari bilan to‘sib himoya qilmoqchi bo‘ladi. Har bir zarbada u shunchaki o‘zini bukib, tug‘ilmagan bolasini himoya qilardi.
— Iltimos… to‘xta… men…homi...
Ammo Jimin quloq solmaydi. Uning so'zlari yakuniga yetishiga imkon bermadi. Uning ko‘zlari g‘azabdan ko‘r bo‘lgan, zarbalar ketma-ket tushadi: Yelkasiga, orqasiga, yoniga, hatto uning qo‘llarini qornidan tortib olib, yana zarba berishga urinar, biroq Kessy g'ujunak bo'lib olib farzandlarini himoya qilishga intiladi. Yuzidan qon aralash yosh oqmoqda. Jimin g'azabi bosilmaguncha uni kaltakladi.
Bir zumda xonadagi jimjitlikni faqat Kessyning xirillagan nafasi va Jiminning og‘ir qadam tovushlari bosadi.
Shu payt shiftning bir burchagida mayda chiroq yaltiraydi. Kamera asta yonib turadi. Bu holat boshidan oxirigacha muxrlanmoqda. Jimin bundan bexabar, g‘azabini chiqarib bo‘lib, xonani tark etadi.
Kessy esa pol ustida qornini quchoqlab, titrab qoladi.