ππ‘ππππ‘π§ππ π’π‘ππ¦
Jimman. Ko'zlarim hamon uning nigohlari orasida. Bejo ko'zlari menga termulgani sayin bog'zimga tiqilib turgan narsa yanada qisilib, nafas olishimni to'sib qo'yayotgan edi. Menga havotir bilan boqib turgan bu ko'zlar...nega? Nima uchun ham hayotimga kirdingiz Jungkook? Nega ham qalbimni sizga ochdim? Bergan zulmlarizga qaramasdan qanday qilib bu ko'nglim siz tomon talpinib qoldi o'zi? Sizdan nafratlanaman. Lekin shu bilan birga yoqtiraman ham. Ming lanat barchasiga! Qo'llarim orasida turgan kaftlarimni ko'zlarim ilishi bilan yuragim shirin o'ynoqilab ketdi. Chindan ham vujudimda bir jon bor. Men yoqtirgan odamdan. Lekin....uni tug'ilishi istamayman. Qanaqa insonman men? Qanday qilib bu o'yga hayolim boryapti o'zi? Biroq ilojisizman. Sehr bilan tug'ilgan bola bu eng katta og'ir azob. Menga bo'lsa ham mayli. Bu bilan eng ko'p azon ko'radigan shu jajji farzandim bo'lmaydimi axir? Ko'zlarimdan oqayotgan yoshlarim yuzimdan oqib tushayotganida atrofga yoyilgan olov so'nayotganini bildim. Bora-bora bu lovullab yonayotgan uchqunlardan asar ham qolmadi. Endi tanam qizimayapti. Aksincha, muzlab ketayotgandekman. Boshim yerga egilgan bo'lganligi sabab ko'zlarim yonimda paydo bo'lgan erkak kishining oyoq kiyimlarini ko'rdi. Yanog'imdan ushlagan qaynoq kaftlarni deb yuzimni u tomonga qaratdim. Oy yorug'ligida ko'rinib turgan uning yuzi va ko'zlari menga qaratilgan edi. Havotir va achinish bilan boqib turgan qorachiqlarga ko'zlarim qadalib qoldi. Bosh barmog'i bilan yuzimni siypalagan yigit yanog'imdan oqqan yoshlarni artib tashladi. Bir qo'lini kaftlarim ostida turgan qornimga qo'yishi bilan tanam seskanib ketdi. Boshqacha hissiyot bilan o'zimni ortga olganimni u ham sezdi menimcha quloqlarim yonida sekin shivirladi.
Jungkook: shshsh...
Nafasimni qo'yib yuborganimda ko'zlarim uning qorachiqlari qornim tomonga qaratilganini ko'rdi. Tanamning o'sha qismini biroz silagandek bo'lgan Jungkookning lablarida kichik tabassum paydo bo'lganini payqadim. Biroz muddatdan so'ng qayta men tomon boqar ekan yanog'imni lablari bilan erkalagandek ularni yuzimga bosdi.
Jungkook: hammasi joyida....tinchlan.
Negadir uning mana shu so'zlaridan so'ng yuragimda yanada og'irliklar turyapti. Negadir ko'nglim g'ash. Yuragim bu katta xatolik ekanligini aytmoqda. Jungkook ko'zlarini menga qayta qaratganda ko'zlarim yana yoshlandi. Ikki kaftlari orasiga yuzimni olishi bilan esa yana yig'lab yubordim.
Jehan: Jungkook...hech narsa yaxshi emas...tushunyapsizmi hech narsa joyida ham emas. Men...men uni dunyoga keltirsam hamma narsa ostun ustun bo'lib ketadi. Birgina xato...eshityapsizmi mana shu qilayotgan xatoyim uchun barchasi barbod bo'ladi. Men..men o'zimni jonimga achinmayman. Halok bo'lib, o'lib ketsam ham mayli. Lekin...bola...sehrdan yaralgan bola uzoq yashamaydi Jungkook. Bu uning qoniga o'tib ketadi. U ham Heyidek qiynalib yig'lab chiqadi yoki biror bir tana qismi nogiron bo'lib tug'iladi. Men qanday chidayman bunga??? - bir zumda meni bag'riga tortgan Jungkook yelkam va belimdan qo'llarini aylantirdi. Sochlarim orasiga barmoqlarini kirgazganida battar yig'lab yubordim. - chiday olmayman Jungkook...bolam ham sehr bilan tug'ilishini xohlamayman. Azob ko'rishini istamayman axir...keyin hammasi kech bo'ladi. Men Heyini qutqararman biroq farzandimni keyin kim qutqaradi bu lanatdan??? Buning iloji yo'q. Uni butun umr shu joduda yuradimi nimaaa? Nima bo'ladi axirrr???
Uning ikki yelkasidan mushtlaganimdan so'ng ho'ngrab yig'lab yubordim. Bu safar men ham uning yelkasidan qo'llarimni o'raganimdan keyin keng ko'ksiga yuzimni ko'mdim. Jungkook nuqul sochlarimdan silab lablarini quloqlarim bo'yinlarimga bosar, meni o'rab turgan qo'llari esa sira bo'shalmayotgan edi. Bir necha daqiqa ikkimiz ham shu holatda turdik.
Jungkook: hammasi yaxshi bo'ladi. Ishon menga.
U yelkamdan ushlagan holda belimdan ushlab meni kelin usulida ko'tarib oldi. Negadir qarshilik qilmadim. Bunga xohishim ham yo'q. Holsizlanib ketyapman. Ko'zlarim nuqul achishardi. Qo'lim uning kiyimining yoqa qismidan qattiq ushlab olganini endi sezibman. Qachon va qanday qilib ushlab oldim bilmayman.
Yuzimni uning ko'ksiga qo'ygan holda jimgina ketdim. U zinalardan yuqorilab to'g'ri o'zining xonasiga ketayotganini ko'rdim. Eshik avval oyog'i yordamida ochgan qirol uni xuddi shi usul bilan yopdi. Meni keng yotoqqa qo'yar ekan tumbada turgan billur idishdagi suvdan qadahga solib ichirdi. Yostiqqa boshimni qo'yishim bilan u ustimni ko'rpa bilan yopdi. Yotoqni aylanib o'tar ekan yonimga joylashgan yigit belimdan o'zining ulkan kaftlarini qo'ygan holda tanasini o'zimniki tomon tortdi. Issiq havosi terimni qizitar ekan ko'zlarimni yumushimdan oldin ham uning so'zlarini eshitdim.
Jungkook: hammasi yaxshi Jehanim.
*
Deraza yonida turibman. Saroyning bog'i tomonda yuzim. Xonamga kirayotgan muzdek shamol derazaning pardalarini silkatar, u bilan birga qo'shib meni sochlarimni ham erkalardi. Osmonda bulut. Balki yomg'ir ham yog'ar? Ko'zlarim saroy bog'ining o'rtasida turgan odamlarni ko'rdi. Detarli bir soatdan buyon ularni kuzatyapman. Qirol Jungkookning oyoqlari ostida tizzasini yerga berib o'tirgan qiz. To'zib ketgan sochlari va bir chetlari yirtilgan kiyimi mening ikki kun oldingi holatimdek. Yuzining bir qismi deyarli ko'karib qolgan. Ularning atrofida bir qancha soqchilar. Negadir unga achindim. Chindan ham Hesuga rahmim keldi. Ayol sifatida uni tushunishim tabiiy hol. U ham sevgan edi. Sevgisi uchun ham balki yolg'on gapirgandir?! Jungkook hech qachon kechirmaydi uni. Hayollarimni qizning yuziga bor kuchi bilan tarsaki tushurgan qirol bo'lib yubordi. Negadir uning bu tarsakisi Hesuni emas balki menga tekkandek bo'ldi. U bir nimalar deb qizning sochlaridan ushlab tortdi. Bilaman hozir qilgan gunohi ishi uchun Jungkook undan hisob so'rayapti. Bir necha daqiqalar ichida qizning biqiniga kirgan xanjarni ko'rib joyimda qotib qoldim. U...Jungkook...u Hesuni o'ldirib yubordi. Tanasi yerga qulagan qiz va uning qorin qismidan oqayotgan qizil qonni ko'rishim bilan ko'nglim aynib ketdi. Ko'zimga to'planib ketgan yoshlarim sabab atrofni xira ko'ra boshladim. Yiqilib ketmaslik uchun qo'lim bilan derazaning bir chetini ushlab tanamni unga suyadim. Ko'zlarim hamon ularda. Jonsiz tana va uning tepasida turgan qirolda edi. Men undan qizni hech bo'lmasa zindonga tashlashini kutgan edim. Biroq u...turgan xonam derazasi tomon qaragan yigitning nigohlari meni qo'rqitib yubordi. Tezda o'zimni devor panasiga yashirdim. Yuragim tez-tez urib, nafasimni tezlashtirib yubordi. Qo'llarim nuqul qaltiraganligi sabab ularni ko'ksimga bosib kaftlarimni yaxshilab bir-biriga o'radim. Yotoq yonida turgan tumbaning ustidagi suvdan ichdimmi yoki yo'q bilmayman. Qo'llarim qaltiraganligi uchun bazo'r uni ko'tara oldim. Oradan daqiqa o'tmasdan xona eshikgining ochilgan ovozi sababli ortimga o'girildim. Jin ursin! Haligina bir qizni narigi dunyoga yuborgan yigit hozirda qarshimda turibdi. Nega bunchalar qo'rqyapman? Qaltirab turgan tanamni ko'rib menga boshqacha nigoh bilan boqqan yigitning qorachiqlaridan halos bo'lish uchun yuzimni chetga burib, devor tomonga yelkam yopishib qoldi. Qadamlarini sekin asta mening yonimga yo'latgan yigit ko'zlarimdan ko'zlarini uzmay yurib keldi. Avval titrab turgan lablarimga qaragandan so'ng, qorachig'ini ko'zlarimga qadadi. Meniki ham unikida. Nafas olishim buzulgan. Uning ko'zlariga qanchalik uzoq vaqt qarab tursam, miyyamda bo'lib o'tgan ishlar qaytalanyapti. Kipriklarimni birlashtirib yuzimni chetga burdim. Qayta-qayta yerga jonsiz tanasi qulagan Hesu ko'z oldimdan ketmayapti.
Jungkook: Jehan?...
Sovuq barmoqlar yanog'imga tegishi bilan ilon chaqqandek turgan joyimdan uchib tushdim. Ko'zlarimni ochganimda yuzim tomonga egilib turgan yigitni ko'rdim.
Jungkook: yaxshimisan?
Jehan: yaqinlashmang.
O'zimni chetga olib undan nari ketdim. Hech narsaga tushunmay menga qarab turgan yigit ketayotganimda bilagimdan ushladi. Yurayotgan yo'limdan to'xtab ortimga o'girildim.
Jungkook: nima bo'ldi?
Ko'zlarimdan nigohini uzmay so'zlagan yigit kaftlari orasiga olgan bilagimni yaxshiroq ushlab oldi.
Jehan: siz...uni..
Qolgan jumlani ayta olmadim.
Titrab ketgan lablarimdan boshqa so'z chiqmadi. Negadur yanog'larim namlanar, bilagimni ushlab olgan qo'l esa bo'shalmayotgan edi.
Jungkook: barchasi uchun javob berdi. Senga va menga qilgan iflosliklari uchun tovon to'ladi u. Yolg'oni uchun qolaversa, senga qilgan tuhmati uchun badal to'lashi shart edi va buni amalga oshirdim. Men hech qachon menga va meniki bo'lgan insonga qilingan nohaqlikka shunchaki qarab turmayman.
Jehan: lekin u ham ayol edi Jungkook. Sevar edi sizni...
Jungkook: tupurdim bunaqa ayolning o'ziga ham chirkin sevgisiga ham. U senga nimalar qilmadi Jehan? Tuhmat qildi, ko'z yoshingga sabachi bo'ldi, meni aldadi. Nega unga rahim qilib o'tirishim kerak?
Jehan: lekin Hesu ham ikkinchi imkonga loyiq edi. Hech bo'lmasa zindon...
Jungkook: uni xarom ismini tilingga olma!!! Unga oson o'lim berganim uchun shukur qilishi kerak aslida.
U ikki yelkamdan qattiq ushlab olib ko'zlarimga juda qo'rqinchli nigoh bilan tikildi. Bu qorachiqlar...har safar ularga qaraganimda bezovtalikni his qilaman.
Jehan: siz loyiqmisiz ikkinchi imkonga? O'zingizga shu savolni bering Jungkook! Hesu qanday gunoh qilgan bo'lsa barchasiga siz ham sherik bo'ldingiz. To'g'ri u sizga yolg'on gapirdi. Bola to'g'risida. Biroq men haqimda ham chin so'zlamaganidan nega menga emas, unga ishondingiz?
U jimib qoldi. Uyulib turgan qoshlari bir chiziqqa kelib, yelkamda turgan qattiq qo'llar biroz bo'shashdi. Haqiqat mana shunaqa bo'ladi Jeon Jungkook! Sizni qanchalik yaxshi ko'rmay, nafratim undanda kuchli. Bu so'zlarni qanchalik qiyinchilik bilan aytmay, yuragim, qalbim ezilmasin biroq bo'lib o'tgan ishlardan so'ng hayollarimda boshqa narsa qolmadi. Chindan ham charchadim. Uning qo'lini yelkamdan olib tashladim. Bu ko'zlarga men boshqacha hissiyot bilan boqishni istardim. Chindan ham unga mehr bilan qarashni xoxlayman. Lekin mana shu ko'ksimga turgan bir xira boshlig' meni bunga unday olmaydi, qaytaradi barchasidan. Boshqa uning ko'zlariga qarashni istamayman. Yuzimni chetga burib, qadamlarimni eshik tomonga yo'latdim. Bu yerni tark etar ekanman xonadan g'oyib bo'lishimdan oldin uning o'rtasida qotib turgan yigitning chuqur xo'rsinganini eshitdim.
Keng xona. Xona ichidagi divanda o'tirgan Yona va uning yonidan joy olgan kichik qizaloq. U qo'lidagi iplar yordamida ularni harakatga keltirib, bir-birining ketidan ular ekan oq rangga ega bo'lgan to'quv buyumlaridan chiroyli nimcha hosil bo'layotgan edi. Deyarli, bitkazishga ulgurgan narsasini oldida o'tirgan singlisining egniga kiydirib ko'rdi va xuddi qizaloqning jussasiga mos kelayotganini bilganidan so'ng uni oxirgacha bitkazishni istadi. Tillarangdagi sochlari chiroyli o'ram bo'lib turgan Emery o'zi va opasi uchun gullardan gulchambar yasash uchun astoydil harakat qilayotgan edi. Yona singlisining sochlaridan silab, u uchun atab to'qiyotgan nimchasi yanada chiroyli bo'lishini xoxlagan holda divan yonida turgan tumbadan marjon donalarini oldi. Avval birinchisi va so'ng qolganlarini ketma-ketlik bilan ipdan o'tkazar ekan bir zumda gul shaklidagi marjonlar nimchada bezak bo'lib turdi. Eshikdan kirgan xizmatchi qiz ularning maroqli o'tayotgan vaqtini buzur ekan shahzodaning onasi ya'ni Min xonim Yonani chaqirganini aytishi bilan qaytib xonani tark etdi. Yuragiga vahima oralatgan qiz bu ayol undan yana nimani so'rashini bilmay o'rnidan turdi. Singlisining yuzidan o'pib, bir necha daqiqa ichida qaytishini aytar ekan xonada uni yolg'iz qoldirdi. Saroy yo'laklaridan yurib borar ekan hozirda duch kelishini bilgan insondan havotirlanib o'z oyoqlarini o'sha ko'rishni istamaydigan ayolning xonasiga burdi. Yetib kelgan xonasining eshigi yonida birpas jimib turar ekan ahiyri o'zida kuch to'plab, naqshli eshikni taqillatdi. Kirishi uchun ruxsat olar ekan ochilgan eshikdan to'g'ri xonaga kirdi. Har doimgidek stulda shoxona kiyimlar bilan o'tirgan ayol qo'lidagi qahvasini ichish bilan band edi. Kirib kelgan qizni ko'rishi bilan yuzida tabassum aks ettirib, qo'lidagi finjonini stol ustiga qo'ydi. Sekin qadamlari bilan uning yoniga yurib borgan Yona avval ta'zim qilib, so'ng yuzini unikiga qaratdi.
Yona: chaqirtirgan ekansiz.
- to'g'ri, seni yo'qlagim keldi. Gaplashmaganimizga ham ancha vaqt bo'ldi shundaymi azizim?
Qizga qarab qoshini ko'tarib qo'ygan ayol negadir bu safar Yonani o'tirishiga taklif qilmadi. Qiz ham turgan joyida jim bo'lar ekan tezroq bu yerdan ketishni istar edi. Ayol o'tirgan stoliga qulayroq joylashib olib qo'llarini tizzalariga qo'yar ekan Yona bunday harakatlarni tushunib, biror bir falokatli ishdan qo'rqishni allaqachon boshlagan edi.
- bilasanmi menga yana yordaming kerak, aslida buni yordam emas shunchaki ish deb bajarishing kerak aslida. - uning yuzida iblisona tabassum paydo bo'lar ekan qarshisida turgan qizga qaragan holda so'zini davom ettirdi. - qirolni yo'q qilish kerak.
Eshitgan so'zlaridan yuragi ortga tortgan qiz bir muddat nafas olishni ham unutib qo'ydi. U ayolning og'zidan mana shu so'zlar chiqishidan qo'rqqan edi. Yana chirkin ish va og'ir gunoh. Avval bir amallab qutulib qolgan edi lekin bu safar nima qiladi? Bu tulkidek makkor ayolning yonidagi u oddiygina qushdek.
- Jeon Jungkookning joni shu qadar qattiki nechchinchi marotaba ham urunmay uni yo'q qila olmadim. Zahardan qanday qilib tirik qolgani hozirchalik menga mavhum. Balki uni ichmagandur yoki dovdur xizmatchilar qadahni almashtirib boshqaga bergandir bularning barchasi endi menga qiziq ham emas. Endi yangi reja bilan ish qilamiz azizim.
U o'rnidan turish bilan birga stol ustida turgan narsani qo'llari orasiga oldi. Yonaning yoniga kelib turar ekan kaftidagi buyumni o'rab turgan xaltachani ochdi.
- mana bu bilan qirolni yo'q qilasan.
Ayolning qo'lida turgan o'tkir xanjar ko'rgan qiz hech narsani miyyasi qabul qilmay qoldi. Ikki ko'zi ham Min xonimning qo'lidagi xanjarga qadalib qoldi. Ayolning shaytonsifat kulgusi kengayar ekan bir qo'li bilan Yonaning kaftini ushlab o'tkir buyumni uning qo'llariga tutqazdi. Xuddiki shu xanjar uning qo'lini kesgandek bo'lib tuyular ekan qanday qilib uni tashlab yuborganini sezmay qoldi. Xuddiki uning mana shu havotirli qo'rquvidan rohat olgandek lab chetida kulgan ayol undan ko'zlarini uzmadi.
- yarim tunda qirol uyquda ekanligida uning xonasiga kirasan. Jungkookni yaxshi bilaman. U kechasi qattiq uyquda bo'ladi. Sekin kirib bu xanjarni uning yuragiga qadaysan. Tezroq o'lishi uchun uch to'rt marta xanjarni tanasiga kiritsang bo'lgani. Hech narsadan havotir olma. Qo'lga tushmaysan. Barchasini uning haligi joriyasiga to'nkab tashlaymiz tamom - ayolning oxirgi aytgan so'zlaridan so'ng yarq etib unga qaragan Yona hayratdan qotib qoldi. - ismi nima ediya? Haaa Jehan. Kim Jehan. Eshitishim bo'yicha u bu saroyga o'zi xoxlab kelmagan ya'ni Jungkook uni majburlab ushlab turibdi. Qoyil, hammasi silliq kechadigan bo'ldi. Qirolning sevimli joriyasi uni o'z qo'llari bilan o'ldirdi sababi esa hammaga ma'lum. Qiz undan nafratlanadi. Men shu so'zni saroy bo'ylab tarqatsam bo'lgani. Ko'z ochib yumguncha qirolning sevimligi ham uning ortidan ketadi. Jungkookdan keyin bu saroyda meni va o'g'limni gapi o'tadi. Hammasi hal bo'ladi.
Bunchalik chirkin ishni eshitgan Yona birinchi o'rinda yonidagi ayoldan va mana shu saroydan ketmay bunaqa voqealarga aralashib olgan o'zini lanatladi. Uning yanog'idan oqayotgan yoshlarni ko'rgan Min xonim yanada kular ekan barcha o'ylagan ishlari amalga oshishiga chindan ham ishongan edi.
- xullas buni olib ishingni boshla jonginam. Bugundan qolmasin.
Ayol oyog'i bilan yerda yotgan xanjarni uning yoniga tepib yubordi. O'zi esa yuzidagi tabassumi bilan ortiga burular ekan quloqlariga kirgan ovozni deb qayta qiz tomonga o'g'irldi.
Yona: men bunday qilmayman.
Avvaliga hayratlangan ayol keyingi galda uning yoniga keldi.
- nima deding? Qilmayman? Tiling chiqib qoldimi seni? Men aytgan ishimni bajarmaydigan kimsan sen?
Yona: men bunday iflos ishingizni qilmayman. Meni aslo sherik qilmang. Bunaqa chirkinliklar faqatgina sizning qo'lingizdan keladi, lekin meni emas. Men bunday qilmayman ya'ni Qirol Jeon Jungkookka hech qanday ziyon yetkazadigan ishni qilmayman.
- bu gaplaring qanchalik qimmatga tushishini nahotki sezmayapsan? Birgina so'zim bilan seni yo'q qilishga qodirman yalangoyoq. O'g'limga aytgan so'zim kifoya, bir kechada o'liging chiqadi bu saroydan.
Yona: menga farqi yo'q. Boshqa bunday gunoh ishga qo'shilmayman. Shahzodaga nima deyishingiz bilan ishim yo'q.
Ortiga o'girilib tezlik bilan xonadan chiqib ketgan Yona saroy yo'lagiga qayta chiqdi. U balki chindan Yoongidan ayrilar, ishonchidan, sevgisidan, o'zidan. Biroq bu masala chindan ham ro'yobga chiqadimi? Shahzoda uni jonidan ortiq yaxshi ko'radi. Barcha ishonchlari ham faqat unga. U xattoki yori uchun qizning singlisi ham topib berdi. Endi bo'lmagan va aytilgan oddiy so'zlar sabab nahotki yigit undan kecha olsa? Bu umuman haqiqatga yaqin emas. Yona biladi. Yoongi unga bir vujudi bilan ishonadi va sevadi. Shuning uchun ham u kelasi bo'ladigan ishlar yaxshi tomonga o'zgarishini his qilib turibdi.
Oynadagi aksimga qaragan holda xo'l sochlarimni sochiq bilan qurutishga kirishdim. Bugun men uchun yangi xona ajratildi. Hayolimda ming xil o'y. Ertalabdan beri negadir yuragim boshqacha. Ko'zlarimni xonamning ochiq derazasidan kirib, atrofga yorug'lik taratayotgan oyga qaradim. Xira bo'lib nur sochayotgan kemtik oy. Yuzlarida dog' bo'lsa-da chiroyini yo'qotmagan. Egnimga kiygan tungi kiyimni harir halatining bog'ichini bog'lab, o'rnimdan turdim. Derazadan nigohlarim saroy bog'iga tushushi bilan tongdagi jonsiz qizning tanasi ko'z oldimdan ketmayapti. Har eslaganimda qo'rquvdan tanam qaltirar, meni ham bir kun arzimagan xatoyim uchun yo'q qilishga kelmoqchi bo'lgan Qirol hayolimga o'rnashib qoldi. Kundan kunga bu yerdan ketishni istayapman. Chindan ham uning yonida qolishni xoxlamayman. Eski qasrimni sog'indim. O'sha yer men uchun ancha havfsiz edi. Barchasini unutib, uxlashni istayman. Yotoq yoniga kelib ko'rpani ochayotganimda eshikni taqillagan ovozini eshitdim. Yarim kechasi kim bo'lishi mumkin? Qadamlarimni eshik tomon yo'latib uni ochdim. Ko'zlarimga ishonmayman. Qarshimdagi yigit birinchi marotaba xonam eshigini taqillatganiga hayron qoldim. U hech qachon bunday qilmas edi. U hech narsa demay shunchaki xonaga kirib eshikni qayta yopdi. Avval biroz muddat eshik tomonga qarab xo'rsinganini sezdim va so'ng men tomonga tanasini burdi. Ko'zlarimga termulib men tomon yurar ekan men ham ortga qadam bosib boraverdim. Qorong'u xonada faqatgina oyning nuri bor edi. O'sha ham xira. Deyarli zulmat bo'lsa-da uning qorachiqlarini aniq ko'rayapman. Yonimga yaqin kelgan yigit bosh barmog'i bilan yanog'imni ushlab ko'zlarimga uzoq termuldi.
Jungkook: Ohh mening bahorim, go'zal malagim
Ishqingni yondim men o'tash misoli
Sochlaring tolasi taralgan zamon
Ohimni chekdim men uyoqda har on
Ko'zlaringni durlari qamashtirar quyoshni
Yuzingdagi nurlardan hasad qildirar oyni
Tolalaring yupqaligi ingichkadir bitikdan
Beling qildek go'zal bo'lib ingichkadir tolangdan.
Sen bir malak misoli, men olam podshosiman
Qirolman lek, bilmam sira nechun boshim egarman
Hajringda yongan bu ko'ngil, kulganingda soviydi
Mendan nigoh uzgan zamon yana qalbim og'riydi
Ishqing ila qiynama meni yorim, hayot borlig'im
Xohla baqir, xohla ur lek ko'zlarimdan qochma
Sof dilingga bog'landi meni bu toshdek ko'nglim
Istasam ham qocholmayman seni bundah ishqingdan
Bazan berdim senga azob, qiynadim bir necha bora
Uzr aytdim qancha takror, xato qilganda o'sha zahol
Og'ir botgan bu gunohim yaraladi qalbingni
Sevgilim, kechiraqol sening oddiy yoringni.
Bu....uning og'zidan chiqqan hozirgi jumlalar. Tushim bo'lishi mumkinmi? Lekin qachon uyquga yotdim? Qarshimda turgan yigit bu safar yanog'larimni o'pib, ikki kaftlariga yuzimni oldi. Negadir uning aytgan so'zlaridan ta'sirlandim. Juda ham boshqacha tuyg'u yuragimni qamrab oldi.
Jungkook: kechir..sen uchun nima yaxshi bo'lsa shuni qilaman. Istaganingni so'ra.
Jimman. Nima dey? Bu yerdan ketgim kelayotganini aytaymi? U ko'zlarimga birinchi marotaba lablaridagi nim tabassum bilan tikilib qaradi.
Jehan: Jungkook...menga ozodlik bering. O'z qasrimga qaytay.
Uning kulib turgan lablari birdan tekis yoyildi. Ko'zlarimga qaragan holda indamay turar ekan boshini pastga qaratib bir muddat sukut saqladi. Nima uchun aytgan so'zlarimdan men bunchalik hafa bo'lyapman? Bu nima? U xo'rsinish bilan birga chuqur nafas oldi. Ko'zlarini qayta qorachiqlarimga qaratganidan undagi jimirlab turgan yoshlarni ko'rdim. Jungkook....u yig'layapti?! Nega axir? Ko'zlari ichida yosh quyulib kelgan lekin uni tashqari chiqarishni istamayotgandek labining pastini tishlaganini ko'rdim.
Jungkook: mayli, qaysi yo'l sen uchun muhim bo'lsa o'sha tomon yur. Seni qo'yib yuboraman.
U lablarim tomon egilib bir necha soniya ulardan bo'sa oldi. So'ng lablarini peshonam tomonga yo'latib, sochlarimni chuqur hidlagan holda ularni o'par ekan sekin kaftlarim turgan qo'lini qoyib yubordi. Ortiga qadam tashlab mendan ko'z uzmay eshik yonigacha bordi. Xonani tark etishidan oldin esa uning ko'zidan oqqan yoshni payqagan edim.
~
Imloviy xatolarga uchragan bo'lsangiz uzr.
Yoqimli mutolaa
Author: Jehan