𝐆𝐔𝐍𝐎𝐇𝐊𝐎𝐑𝐋𝐀𝐑 | 𝐄𝐏-𝟏𝟕
Taehyung katta qadamlar bilan tomdan chiqqan ondayoq tom eshigini yopib unga suyanib chuqur nafas oldi. Ammo qarshisida unga qiziquvchan nigoh bilan uni kuzatib turgan Jiminni ko'rgach jaxldan yuzi burishdi shunda ham indamadi. Birinchi bo'lib Jimin gap boshladi.
— Nazarimda juda keskin suhbat qurdingiz qallig'im bilan. Nima haqida gaplashdingiz
— juda qiziqsang "qallig'ingdan" buni so'rab ol
— shundey qilgan bo'lardim ammo bilasanku u juda kam gap bu esa ba'zida asabni o'ynaydi. — Taehyung uni gapiga e'tibor bermagandek sigarani olib chekishni boshladi. U bu yerdan ketib Jimin bilan suhbatdan qochishi mumkin edi ammo u bu ma'nosiz suhbatdan qochish orqali ojiz ko'rinishni istamadi. Jimin bo'lsa atay Taehyungning jaxlini chiqarmoqchi edi. Shu bois juda ham sokin ohangda gapirardi.
— bilasanmi men uni sevmayman, men unga faqatgina azob beraman. Men chindan ham telbaman. Sevgilingga men bilan qiyin bo'ladi. — Taehyung sigarani yerga otdiyu Jiminning yoqasiga yopishdi.
—ovozingni o'chir. Kesni bilagidagi ko'karish seni ishingmi
— ko'karibdimi. Men kecha u bilan muloyimroq boldim deb o'ylagan edim — Jimin o'zining telbanamo tabassumini ko'rsatdi. Taehyungning g'azabdan bo'yinidagi tomirlar chiqa boshladi.
— agar unga yana bir bor qo'lingni tekissang seni o'ldiraman.
— hozir kim sifatida uni himoya qilyabsan shartnomali do'stimi yoki uni sevgan yigit aytgancha axir endi begonlarsizku — Taehyung bir so'z deyolmadi. Shunchaki Jiminni turtib o'zidan uzoqlashtirdi. Unga Alam qilardi endi Kessy uchun begonaligi zinalardan pastga tusharkan Jimin uni shundayligicha qo'yib yuborolmadi.— senga imkon beraman. Kech bolmasidan hozir borib uni qo'lidan tut majburlab bo'lsada o'zing bilan birga uzoqlarga olib ket. — Taehyung ayni damda shusiz ham shunday qilishni istaydi hatto shart sifatida shuni aytmoqchi bo'ldi biroq agar shunday qilsa singlisiga eng katta adolatsizlikni qilgan bo'lardi.
Kim ham o'z qondoshining qotili bilan birga yashay oladi.
— allaqachon kech bo'ldi.
— Sen sevgi ko'chasiga qadam qo'yding Bu ko'chaning ko'plab qoidalari bor ammo uning yagona qonuniyati mavjud. Sevgining qonuniyati — Ketgan qaytadi, kelgan ketolmaydi.
— Adashding. Men bu ko'chada emasman.- Taehyung indamay ketdi. Jimin bo'lsa uning ortidan qarab turar edi.
— hih.... Sen bu ko'chaga allaqachon kirib bo'lgansan. Sevgi ko'chasi bu gunohkorlarning manzili.
( ehtimol sizga jarayon juda oddiy ko'rinishi mumkin. Tae shunchaki hammasini unutib Kessyni qo'lidan tutisa muammo hal bo'lishi mumkin. Ammo ularning o'rniga o'zingizni rosmanasiga tasavvur qilib ko'ring. Biri vijdon azobida bo'lsa boshqasi ikki o't orasida. Har qanday holatda ham ikki o't orasida qolgandan ko'ra ketish menimcha eng yaxshi yechim)
Jimin tom eshigini ocharkan Tom chekkasida o'tirgan Kessyning nigohlari uzoqlarga qadalgan ammo hayoli butkul boshqa joyda edi. Jimin uni yolg'iz qoldirish kerak degan xulosaga keldi
Kessy cherkov tomining chetida o'tirar, oyoqlari bo'shliq ustida osilgan, osmon esa bulutlar bilan to'lib turgan edi. Yuragi og‘ir edi, xuddi yuragida gapirib bo‘lmaydigan og‘ir so‘zlar ko‘milib yotgandek.
— Yana bu yerda o‘tiribsan, — dedi tanish, ammo begona ohang. Kessy ortiga o‘girilmasa-da, kimligini darrov tanidi.
Sanha — xayolining, xotiralarining, ehtimol, o‘zining qorong‘u soyasi.
— Sanha… — dedi u past, charchagan ovozda. — Bilaman, sen bu yerda bo'lmasliging kerak.
— Shunday deb o‘ylaysanmi? Ammo har safar yiqilsang, men boraman. Har safar unutsang, men eslataman. Har safar yolg‘iz qolsang, men kelaman. Chunki sen meni yaratding, Kessy.
— Men seni yaratmaganman, — qattiqroq ohangda dedi Kessy, lekin ko‘zlari jimjimador osmonni tark etmadi. — Sen... sen shunchaki men o‘ylagan yolg‘onlar yig‘indisisan.
— Yolg‘onlar ba’zida haqiqatdan kuchli bo‘ladi. Chunki ular sening ichingda tug‘iladi. Sen haqiqatdan qochganingda, men sen bilan birga yuraman.
Kessy chuqur nafas oldi. Havo sovuq, ammo bu sovuqlik unga yoqardi — yuragidagi og‘riqni his qilmaslik uchun bir lahzalik muzdek parcha.
— Bilasanmi, Sanha… men hayotimni ko‘p marta o‘zgartirmoqchi bo‘ldim. Yaxshi odam bo‘lishga harakat qildim. Ammo har gal o‘sha kunlarga qaytdim. Bolaligimdagi qorong‘u xonalar, qo'limdagi kishanlar, eshik ortidagi qichqiriqlar... onamning qadam tovushi, har bir tashqaridagi sokinlik ortidagi vahima.
Sanha sokin turgancha unga qaradi, go‘yo u Kessyning yuragiga ko‘z tikayotgandek.
— Seni hech kim kechirmagan, shundaymi?
— Ha… — dedi Kessy. — Hatto men ham o‘zimni kechirolmadim.
— Shuning uchun ham meni yo‘q qilolmaysan. Chunki men seni eslatib turaman: sen kim eding, sen nimalarni boshdan kechirding. — Kessy ko‘zlarini yumdi. Lablaridagi titroq, yuragidagi og‘riq endi bo‘g‘iziga chiqayotgan edi.
— Menga tinchlik kerak, Sanha. Men endi yashagim kelmayapti, lekin o‘lishni ham istamayman.
— Chunki sen hali sevishni unutmagansan, — ohangida mayinlik bor edi Sanhaning. — Yuragingda sevgi hali ham bor, ammo bu sevgiga nafrat aralashib ketgan. Shuning uchun sen bu yerga — tomga chiqding. Bu yer ikki dunyo o‘rtasi. Yashash va o‘lish orasidagi chegara.
Kessy nigohini uzoqlikka qadadi.
— Men bu yerda kutdim. Balki kimdir meni tushunar, deb. Balki kimdir kelib, “hammasi o‘tib ketadi,” der. Ammo u meni tark etdi. Bilasanmi ketar chog'ida u ham menga boshqalar kabi o'z hukmini o'qidi. "Shunchaki yashashni davom et". Ular uchun yashash oson biroq bu men uchun jazo. Nega hech ular meni tushuna olishmaydi.
Sanha sekin Kessy yoniga o'tirib, yelkasi bilan unga suyandi. Bu suyanish issiqlik emas, balki og‘riq olib keluvchi xotiraday edi.
— Chunki seni tushunadigan yagona inson... bu men edim. Men seni bo‘laklaringdan yasaldim. Har bir ko‘z yoshing, har bir “kechir” deya aytilmagan so‘zingdan iboratman. Kessy, men — sening soyangman.
— Demak, sen yo‘qsan, — dedi Kessy ko‘zlarini ochib. — Men shunchaki... yolg‘izman.
Sanha jilmaydi.
— Ha, yolg‘izsan. Ammo men ishonaman qachonlardir bu yolg'izlik,.. Men seni tark etaman. O'shanda sen har doimgidanda baxtliroq bo'lasan.
Kessy chuqur nafas oldi. Endi nigohlarida nimadir o‘zgargan edi. Og‘riq hali ham bor edi, ammo u bilan birga tushuncha, qabul qilish hissi ham bor edi.
— Yashash... — dedi u ohista. — Men yana urinib ko'rishim kerakmi, har safar mag'lub bolamanku. Sen ham ketasan, to‘g‘rimi?
Sanha sekin bosh irg‘adi. — Men o'sha vaqtga qadar doim yoningda bo‘laman. Faqat meni unutmaslik uchun emas, balki o‘zingni eslab turishing uchun.
Sanha asta o'rnidan turdi va tomni tark etdi.
Kessy tomda yolg‘iz qoldi. Ammo bu safar — o‘zini birinchi bor o‘zi bilan yolg‘iz deb his qildi.
Sekin-asta o'ladi,
Sayohat qilmaydigan,
kitob o‘qimaydigan,
musiqa tinglamaydigan,
o‘zida uyg‘unlik topa olmaydigan odam.
Sekin-asta o'ladi,
O‘ziga ishonchini yo‘qotgan,
Boshqalar unga ko'maklashishiga qo'ymaydigan odam.
Asta-sekin o'ladi
Muhabbatni o'ldiradigan,
Kunlarini doim omadsizlik yoki tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘irdan
shikoyat qilish bilan o‘tkazadigan odam.
Asta-sekin o'ladi,
Rejalarini hatto boshlamasdan tark etadigan,
O‘zi bilmagan narsalar haqida savol bermaydigan
va o‘zi biladigan narsalar haqida so‘ralganda javob bermaydigan odam.
Sekin-asta o'ladi
Odat quligа aylanib,
Har kuni bir xil yo‘ldan yuradigan,
Yo‘nalishini o‘zgartirmaydigan,
Kiyim rangini o‘zgartirishga jur’at etmaydigan,
Notanish insonlar bilan suhbatlashmaydigan odam.
...
Keling, kichik dozadagi o‘limlardan qochaylik,
har doim esda tutaylikki, tirik bo‘lish
uzoq, katta kuch talab qiladigan
oddiy nafas olishdan iborat.
Bugun yashang!
Bugun tavakkal qiling!
bugun bajaring!
Asta-sekin o‘lmang!
O‘zingizga baxtli bo‘lishni man etmang!
To‘y davom etmoqda. Kuyov Sunxo zal bo‘ylab yurarkan, Taehyung uni yon tomonga, orqa bog‘ga chorlaydi. Oq chiroqlar ostida, soya ichida suhbat boshlanadi.
— qochib ketasan deb o'ylagandim — Ikki do'stning ham yuzida nim ammo alamli tabassum. Taehyungning gapiga Sunxo kuldi.
— rosti ertalab shu fikrni hayolimdan otkazdim. Hatto bilet ham sotib oldim. Ammo bilasanmi men uni tashlab ketolmasdim. Bu gunohlarga to'la dunyo u uchun haddan tashqari shavqatsiz.
— Soyu va Sojunni bolasini nazarda tutyabsanmi. — Sunxoning jag'i qisildi.
— Og'ayni barchamiz kelishganmiz. Jay Minhyuk, Soyu, sen, men nima bo'lishidan qat'iy nazar u mening farzandim. Sojun haqida gap bo'lishi mumkin emas. Hatto Soyu ham u bolaga da'vo qilolmaydi. U boladan voz kechib o'zi va bolani o'ldirmoqchi bo'lgan on bu bola Meniki bo'lib bo'lgan. Men uni hech kimga berib qo'ymayman. Sojun qaytgan payt istasa Soyu u bilan ketishi mumkin ammo mening bolam men bilan qoladi. Uni hech kimga berib qo'ymayman. — Sunxo Taehyungning ko'zlariga tik boqdi — Taehyung aslo mening farzandim va Sojunni bir biriga bog'lay ko'rma. U faqatgina Yang Sunxoning mening farzandim — Taehyung Sunxoni yuzidagi qat'iy nigoh va ohangdan uni naqadar jiddiy ekanligi ayniqsa doim uni "og'ayni" deydigan do'sti uni ismi bilan chaqirganidan ham bilish mumkin edi.
— birgina shu uchun hozir Sojundan nafratlanyapsanmi
— Yo'q. Men undan hech qachon nafratlanmayman. I Har qanday holatda ham mening do'stim bo'lib qoladi. Agar majbur bo'lmaganda u bizni tashlab ketmasdi hatto bola haqida ham bilmaydi. Faqat undan jaxlim chiqyabdi. Shunchaki biz bilan,.. Do'stlari bilan muammoni hal qilishi mumkin ediku. — Sunxo J
Biroz sukut saqladi. — bola... Sojunning Soyuga nisbatan qilgan qilmishini oqlay olmayman. Ammo bu bola u men uchun juda muhim— nihoyat Taehyung bu to'y tomoshasi boshlangandan beri uni qiziqtirayotgan savolni berdi.
— Sen barchasini bola uchun qilyapsan, Soyuni isnoddan asrab qolish yoki Sojunni do'sti bo'lganing uchun emas aynan shu bolani o'zingniki qilish uchun. Savol tug'iladi... Nima uchun u bolani bunchalik o'zingniki qilishga intilyapsan. — Taehyung o'tkir nigohlarini Sunxoga qaratdi.
— Sen buni afsusuki tushuna olmaysan
Pov/Sunxo
Nima uchunmi. Bu ko'rinib turgan haqiqat ku men yana bir Yang Sunxo yoki Hwan Kessy bo'lishini istamayman. "Men ota onamning bir kechalik ko'ngil xushligiman" "Nega meni bu dunyoga keltirishadi" "Men orzu qilib kutilgan emas balki kutilmagan va istalmagan farzandman" "Men Gunohkor sifatida tug'ildim shu tarzda yashashim kerak" "koshkidi tug'ilmaganimda" Shu kabi o'ylar bilan yashash qanchalik og'irligini bilsangda edi ehtimol sen ham bu bolaga otalik qilishni istab qolarding. Men va Kessy bu dunyoga gunohkor sifatida tug'ildik. Ota onamizning gunohimning mevasi sifatida.
Onalarimiz tug'ilgan onimizdayoq bizdan voz kechgan otalarimiz toki tug'ilmagunimizga qadar biz haqimizda bilmagan. Men ham u ham bolaligimizdayoq qarindoshlarimiz tomonidan gunoh mevasiga chiqarildik. GUNOHKOR. Ularning haqoratlari juda og'riqli edi.
Men bu bolaga otalik qilaman u hech qachon Sunxo yoki Kessy bo'lib o'smaydi.
Taehyung sokin, ammo ko‘zlarida beqarorlik:
— Men senga savol beraman, Sunxo. Halol javob ber.
Sunxo bosh irg‘adi
Taehyung bir lahza sukutdan keyin:
— Sen bilan Kessy o‘rtasida nima bor?
Sunxo ko‘zlarini qisib, chetga qaraydi — Qiziq savol. Nega aynan hozir bu haqida so‘rayapsan?
— yashirishga urunma o'rtangizda qandaydir bog'liqlik bor men bu haqida bilaman. Chunki men ikkingizni birga ko‘rganimda... bu na sevgi, na do‘stlik. Bu nimadir boshqa. Chunki u haqida mendan ko'proq bilasan va sizning sokin suhbatlaringiz ayniqsa kasalxona bog'idagi xatti harakatlaringizni ko'rdim Va sen... unga boqqaningda nimanidir yashirasan. Bu nima?
Sunxo nafas chiqaradi, chuqur.
— Bizning munosabatimiz sen o‘ylagandek emas. O‘rtamizda hech qanaqangi sevgi yo‘q.
— Unda nima bor? - Sunxo bir muddat jim turadi, so‘ng sal jilmayadi, ammo ko‘zlarida og‘riq.
— Hamdardlik. Biz bir-birimizning yaralarimizni bilamiz. Boshqalar ko‘rmaydigan qora joylarimizni. Kessy bilan men... so‘zsiz tushunamiz bir-birimizni. Ammo bu sevgi emas.
— nega bu haqida men bilmayman nega aynan sen uning qorong'u tomonini bilasan.
Sunxo qattiq ohangda, ammo yumshoq intonatsiya bilan.
— Chunki biz bir-birimizni yo‘qotib qo‘ygan odamlar emasmiz. Biz bir-birimizni topib, saqlab qolganmiz. Bu — ehtimol, sevgi emas, lekin... oddiy do‘stlik ham emas.
— Demak... sizni bog‘lab turgan nimadir bor, lekin uni nomlay olmaysan?
— Chunki ba'zi bog'liqliklarni nomlab bo'lmaydi, Og'ayni. Ba'zida bir odam seni hayotda tushuna oladigan yagona inson bo‘lishi mumkin. Kessy men uchun shunday. U bo‘lmasa, balki bugun men bu yerda bo‘lmasdim. — Taehyung ko‘zlarini yumadi, yuragidagi shubhalar tarqamagandek.
— Kessy uchun sen kimsan?
— hech kim. Mening kimligim ahamiyatsiz. Ayni damda sen u uchun kimliging ko'proq muhim. — Taehyung og'ir tabassum bilan yon tomonga qaradi.
— begona
— begona??? — Sunxo hayrat ifodasi bilan so'radi. Ha u bunday bo'lishini kutmagan edi. Eng boshidan beri Taehyungdagi xotirjamlik uni tashvishga solayotgan edi. — qanaqasiga
— bilasanmi bizning shartnomamiz yakunlangan vaqt men unga sevishimni u esa Liyaning qotili ekanligini aytdi. — Taehyung go'yo ko'chadagi bir begona kabi juda sokin gapirardi unga bularning hech birining aloqasi yo'q insondek. Sunxoning hayrati yanada ortgan ammo u bunga ishona olmasdi.
— Sen nima debsan. Kessy bunday qilolmaydi. Sen uning bir og'iz so'ziga ishonib undan voz kechdingmi. —Taehyung labi chetida tabassum qildi.
— Albatta yo'q. Bu haqida barcha bilarkan otam, oyim Kes, Hwan Jin.... Faqat.. Mendan tashqari. Hech kimning so'ziga ishonmadim. Ammo u Liyani mashinada urib qochib ketgan videoni ko'rgach.. — uning tomog'ziga nimadir tiqildiyu so'zsiz qoldi. Sunxo bo'lsa nimalar bo'lganini tushunib bo'ldi. Ehtimol bu Kessy doim tilga oladigan mudxish qotilligidir.
— Og'ayni endi nima qilmoqchisan
— nimayam qilardim. Voz kechdim men undan yuragimdan voz kechdim. Men uni sevish bilan birga unga bo'lgan nafrat bilan yashay olmayman.. Men u darajada kuchli emasman. Men qo'rqaman Sunxo...... Hozir uni qo'lidan shunchaki hech narsa bo'lmagandek tutib, bir kun singlimning o'limi uchun qasos olishni istabqolsamchi.... O'sha... O'sha... payt............. uni o'ldirib qoysamchi.
— Og'ayni —Sunxo Taehyungni yelkasiga qo'lini qo'ydi.
— eng yomon anovi yaramas unga ozor berishiga qanday jim qarab turaman. Men shunchaki bu yerlardan ketmoqchiman. Sevgi men uchun emas ekan.
Yang qo'rg'oniga kelgan mashinadan dastlab Sunxo birinchi tushdi. Soyu endi eshikni ochmoqchi bo'lganida Sunxo undan avval eshikni ochib uning tushishishiga ko'maklashdi. Bunday mulozamatdan Soyu biroz hayron qolsada bildirmadi. Sunxoning yuzidan hech ham muloyim tabassum arimas edi. Kutilmaganda Sunxo Soyuni kelinlik uslubida ko'tarib ichkariga odimladi. Soyuning ko'zlari hayratdan kattarib ketti.
—Bu nima qilganing. — Jim. Qara bizni qancha ko'zlar kuzatib turibdi. Unutma endi biz er xotinmiz. Bu kabi harakatlarga organ. Eng asosiysi rol o'ynashni esdan chiqarma. — Soyu atrofga boqarkan ularni kuzatib turgan qorovullar, xizmatkorlar va Yang oilasini ko'rib Sunxo nima demoqchiligini tushundi. Ohista qo'llarini Sunxoning bo'ynidan o'tkazib ko'zlarini yerga qaratdi.
Ular uchinchi qavatdagi ancha keng va hashamdor xonaga kirishar ekan Sunxo Soyuni yerga qoydiyu xonadagi katta javonga borib o'zi uchun kiyimlar olib Soyuni qarshisiga keldi.
— men kiyim olgan javobni Nargi tomonida Sen uchun ham kiyimlar bor agar ular yoqmasa anovi kichik eshik garderob u yerdan istagan kiyimingni olishing mumkin uni oldidagi oynali eshik bo'lsa yuvinish xonasi menimcha bu kiyimlardan qutulgan yaxshi. Men boshqa yuvinish xonasiga boraman negadir bu kiyimda bo'g'ilib ketyapman. — Soyu nima qilishni bilmay shunchaki boshini qimirlatib qo'ydi. Ayni damda nimalar bo'layotganini hech tushuna olmasdi.
— biron kim ko'rib qolmaydimi
— Yo'q bugun hech kim bu qavatga chiqmaydi xavotirlanma.— Sunxo ketgach Soyu javondan ko'ziga yaxshi ko'ringan kiyimni oldi yu qornini quchdi. — Bolajonim qara biz endi shu yerda seni otang bilan yashaymiz. —"otang" Soyuning ko'zlariga yosh keldi. Alamidan kuldi — u kelmadi. Men ahmoq bo'lib uni kutdim. Kelishiga ishongandim ammo kelmadi. Endi seni otang Yang Sunxo meni erim.
Yuvinish xonasidan chiqqan Soyu nima qilishini bilmay xonani kuzatarkan. Dastlab xonada Sunxoning katta portretlari, bir nechta gitara va bir qancha basketbol bo'yicha sovrinlarni tomosha qildi. Uning e'tiborini tortgan narsa xonaning atay yosh kelin kuyov uchun romantik uslubda bezatilgan shamlar va yotoq ustidagi atirgul yaproqlari ko'rib yutunib qo'ydi. Shu payt Sunxo xonaga yengil sport shimi va futbolkada kirdi. Noqulay sukunat ayni damda ikkisi ham suhbatni nimadan boshlashni bilmasdi.
Sunxo nima deyishni bilmay xonaga ko'z yugurtirarkan yotoqdagi atirgul yaproqlarini ko'rgach asta shivirladi
— Jin ursin — Sunxo darhol borib yotoqdagi ko'rpani olib ustidagi yaproqlarni qoqib ko'rpani qayta toshadi. Ayni damda endi gap topilgandek gapirdi.
— sen yotoqda uxlashing mumkin men anovi divanda uxlayman. — xonadagi kichik divanga ishora qildi.
— senga noqulay bo'lmaydimi, yaxshisi unda men uxpaganim ma'qul. Har xolda seni xonang, Seni uying bo'lsa. — Soyu noqulay tarzda jilmayib qo'ydi. Chindan ham bu yer u uchun begona. Sunxo ko'zlarini yumdida borib Sunxoni qo'lidan tutib yotoqqa o'tirg'izdiyu shartta qo'lini tortib oldi.
— qurbaqa malika Sen yana esdan chiqaryapsan. Biz sen bilan turmush qurdik. Biz soxta nikohdan o'tmadi biz chindan turmush qurdik garchi shartli bo'lsada biz chinakam oilamiz soxta emas. Toki bu nikoh davom etib ajrashmagunimizga qadar Endi seniki yoki meniki bo'lmaydi endi faqat bizniki deyishni o'rganishing kerak. Menga tegishli nimayki bo'lsa bu sizlarniki ham— Sunxo Soyuning vujudidagi bolaga ishora qildi. Soyu bu kabi munosabatni umuman kutmagan edi.
— bilaman sen Sojunning bolasi uchun shunday qilyapsanbu uchun rahmat
— Soyu.. — Sunxo qat'iy ovozda— Sojunning hech qanday bolasi yo'q u faqat meni farzandim. Sendan bir narsani iltimos qilaman shu xonadan tashqarida va odamlar ko'z oldida sen bilan men baxtli juftlikmiz ammo har qanday holatda ham vujudingdagi bola meniki. Agar sen har safar Sojun bolasi desang uning kelajagi nima bo'ladi.
— Yaxshi. — Sunxo yostiqni olib cgiroqlarni o'chirib divanga borib yotdi. Soyu ham asta joyiga joylashgach xonani faqat derazadan tushayotgan yorug'lik yoritar edi.
— Sunxo
— ha
— hech kimnidir sevganmisan.,..
Ya'ni ilk muhabbating bo'lganmi
— bolgan
— Ho'sh unga nima bo'lgan
— bu haqida gapirishni istamayman.— Sunxo yostiqni quchog'iga oldi. Soyu bo'lsa xuddi aytilishi kerak bo'lgan insonni eslatkani uchun hijolat bo'ldi
— kechir. Nazarimda yomon xotirlarni esga solib yubordi.
— Yo'q undaymas. Men uni hech qachon yomon xotira sifatida esga olmayman aksincha u mening hayotimdagi eng baxtli xotira. Uni bu hayotda uchratganim mening eng katta omadim. Shunday ekan havotirlanishga o'rin yo'q.
— tushunarli. Sunxo hammasi uchun senga rahmat. Sen barchasini bu bola uchun qilding hatto men undan voz kechganimda ham sen undan voz kechmading. Shunday ekan kelajakda nima bo'lishini bilmayman ammo u doim seniki bo'lib qoladi. So'z beraman.
— Sunxo indamadi. Chindan ham Sunxo bu bolani shunchalik istagan edi.