ππ‘ππππ‘π§ππ π’π‘ππ¦
Qo'l oyoqlarim muzlab qoldi. Ko'zlarimdagi yoshlar allaqachon qurib qolgan. Majolsiz, holsiz edim. Ko'zlarimni bir nuqtaga qadagancha o'tiribman. Hech kimni va hech nimani o'ylashni ham istamayman. Qalbimdagi og'riq shu qadar o'tkir ediki, badanim sovuq bo'lsada, ichim o't bo'lib yonmoqda. Men hammasiga chidadim...xo'rlashganiga, uning bergan azobiga, xiyonat va xattoki tanamni boysundirishigacha tishimni tishimga qo'yib bardosh berib keldim. Bo'lmadi. Yetmadi unga. Ishonmadi, sevmadi. Ahmoq qiz! Qulog'ingga shirin bo'lib tuyulgan yolg'on gaplarga eriganmiding shu vaqtgacha? Sevmayman deysan Jehan, lekin nima uchun har uni eslaganingda yuragingda titroq turaveradi? Aslida hammasiga o'zim sababchiman. Bu yerga kelmasimdan oldin unga o'sha kuniyoq ko'rinmasligim kerak edi. Haligacha eslayman. Qasrimga to'fonli shamol bilan kirib kelgan edi u. Zinalardan pastga tushishim emas, aksincha, undan yuqorilab meni ovlash uchun kelgan ovchidan qochishim lozim bo'lgan ekan. Balki, bunday ahvolga tushmagan bo'lar edimmi? Bilmayman. Ko'zlarim yig'laganim uchun nuqul achishib og'riq berar edi. Kipriklarimni pir-piratib ularni yumdim. Boshimni oyoqlarim ustiga qo'ymoqchi bo'lganimda quloqlarim yonida jaranglab ketgan ovozni deb joyimda qotib qoldim.
Jungkook: Jehan...
Kelgan ovoz mendan bir necha qadam uzoqlikda eshitildi. O'sha tomonga qarashni istamayman. Erkak kishining shivirlab ismimni aytgani yuragimni qalqitib yubordi. Begona inson emas...xohlamasamda yuzimni chap tomonga sekin burdim. Ishonish qiyin. Ko'zimga ko'rinayotgan bo'lishi mumkinmi? Bu Jungkook emas. U hech qachon oldimga endi kelmaydi. Meni ko'rgan yigit zindonning temir eshigini ochishi bilan chindan bu Jungkook ekanligiga amin bo'ldim. Lekin nima uchun u bu yerda? Oyoqlarim o'zidan o'zi harakatga kelib o'rnimdan turishimga undadi. U oldimga sekin qadam bosib yurib kelayotganida qaddim tik edi. Ko'zlarimdan qorachiqlarini uzmagan holda yonimga kelar ekan hech so'z demay qarshimda turib qoldi. Ikkimiz ham jim edik. Nega yonimdasiz Jungkook? Uning qorachiqlari bejo harakatda edi. Goh yuzlarimga, dudoqlarim va ko'zimga qarab og'zidan jumla so'z chiqargani ham yo'q. Nima bo'ldi o'zi? Ikki soat oldingi qirol shumi? Qarshimdagi inson sal avvalgi shavqatsiz maxluq edimi? U yanada oldimga yaqinlashib hech gap aytmay yanog'larimga avval yuzini so'ng labini bosdi. Terimga urilgan issiq nafasni deb bo'shashib ketdim. U esa hali hamon o'sha turishicha jim bo'ldi. Lablari hamon yanog'imda, nuqul boshqacha nafas olib chiqarar edi. Lekin bu safar qo'llari bellarimdan yoki yelkamdan ushlagani yo'q. Shunchaki hech narsa qilmay turgan edi. Quloqlarim oldida titroq tovush bilan aytilgan jumlalarni deb seskanib ketdim.
Jungkook: k..kechir.
Eshitgan gaplarini tahlil qilishga uringan qiz ancha vaqtgacha hech narsani sezmay qoldi. Jungkook undan kechirim so'radi. Demak, baridan xabardor ekanligini endi tushunib yetgan qiz qo'llarini astalik bilan uning ko'ksiga qo'yib o'zidan uzoqlashtirgan bo'ldi. Qarshisidagi yigitning ko'zlari yerda. Jehanniki esa unikida edi. Barchasi yuzaga chiqqanini, qirolning kechirimidan esa qizning bu yerda aybi yo'qligini allaqachon tushunib yetganidan so'ng uning ko'zlari qayta yoshlandi.
Jungkook: aybdorman....senga qilgan barcha ishimdan pushaymonman. Hesuga hech narsa qilmaganingni bilaman va u...aslida homlador ham emas ekan.
Yana bir zarba. Aslida, umuman mavjud bo'lmagan bola uchun u shuncha qiynaldimi? Qancha tahdid, tuxmat, o'zining yoridan qancha tarsaki yedi? U nima qilarini bilmay qoldi. Qirolning boshqa joriyasi aslida homlador emasligini bilib sevinsinmi yoki unga nisbatan qilingan ishlar uchun ko'ngli o'ksisinmi? Jehanning ko'zlariga qayta boqqan yigit uning yuzidan sirpanib oqib tushayotgan yoshlarni ko'rib battar o'zini yomon his etdi. Qani endi barchasi ortga qayta? Hech bo'lmasa bir kun avvalga qaytib qolsa-yu, barchasini to'g'irlash uchun imkon yaralsa. Lekin hammasi kech. G'isht qolibdan ko'chib bo'ldi. Ortga qadam qolmadi ham. Qiz unga hech narsa demayotgani yigitni yanada qiyin jarayonga solib qo'ygna edi. To'xtovsiz tomchilayotgan ko'z yoshlar o'rtadagi sokinlik uni azoblardi.
Jungkook: hech narsa demaysanmi? Ur, baqir, mendan nafratlanishingni ayt Jehan! Nega jim turasan?
Uning ikki yelkasidan ushlab siltagan yigitning o'zining ham ko'zlari namiqdi. Lekin undan biror bir sas chiqmadi, aksincha, xuddi avvalgidek hissiz boqib turibdi. Jehan unga bir muddat yana qarab turdi va yuzini eshik tomonga qaratib sekin qadam tashladi. Jungkook temir panjaradan chiqib ketayorgan qizga qarab qoldi xolos. Har bosgan qadami o'ziga bo'ysunmas, nuqul qayergadir bormoqchi bo'layotgandek edi. U zindondan butunlay chiqishi bilan o'zining xonasi tomon zinalardan yuqoriladi. Jungkook uning ortida. Har zinaning balandligiga chiqqani sari ortga yiqilib ketayotgandek tuyular lekin qo'llari bilan ushlab olgan zinaning tutqichlari uni qo'yib yuborishni istamayotgandek edi. O'ziga kerakli qavatga yetib kelgan qiz xonasiga kirishi bilan eshikni berkitdi. Uni yopayotganida so'nggi bor zinalardan chiqib bo'lgan va u tomonga yaqinlashib qolgan yigitni ko'rdi xolos. Lekin qirol ulgurmadi. Kelmasidan oldin yuziga yopilgan naqshli eshikni yonida turib qoldi. Jehan ichkariga kirishi bilan avval har doim vaqtini o'tkazadigan deraza yoniga keldi. Unda hozir uch xissiyot bor. Alam, azob va o'zgacha his. Nuqul tanasi qizib ketib, malla sochlaridan uchqun yaltirar ekan uni oynadagi aksidan bilgan bo'ldi. Jodu uning ruhi bilan o'ynashmoqda. Bu shunchaki parilardan bo'ladigan hol edi. Ya'ni qachonki ular sevgidan yoki alamdan biror azob ko'rsalar sehr ularga emas, aksincha, ular sekrga bo'ysunib qolar edi, albatta ular istamasada, lekin bu jodu. Sehrlangan insonlarda bu kamdan kam uchraydi. Jehanda hozir atirgul yo'qdir lekin uning ko'rgan va hozirda his qilayotgan ichidagi alam buni yuzaga chiqarmoqda edi. U istalgan narsasini yo'q qilib kulga aylantira oladi qachonki qizil atirgul yordamida olovni boshqarsa. Lekin hozirda unda bu gul yo'q. Bundan chiqdiki, u sehrni emas, jodu qizni boshqaradi. Buni esa "lanat" deb atash mumkin. Ichidan toshib kelayotgan alanga qizning tanasini shu qadar jizg'anak qilib kuydirar ediki, yonida turgan stol ustidagi narsalarni qanday qilib yerga uloqtirganini sezmay qoldi. U o'zini qo'lga ololmayotgan edi. Nuqul ko'z oldi qorong'ulashib ketayotgandek tuyular, sochlarini esa qattiq siqimlab bir joyda tebranib qoldi. Miyyasigacha yetib borgan alanga uning tanasini o'tda yoqib yubordi. Sochlaridan taralayotgan uchqunlar uning ko'zini olovli tusga kirgazdi. Barmoqlaridan taralayotgan nur sabab ularni o'zi bilmagan holda boshqarar ekan deraza ustiga ilingan pardalarni bir zumda yondirib, atrofga tutun isini yetkazdi.
Yonma-yon o'tib borayotgan alanga butun xonani qoblab olib, qizni butkul olov ichida qolib ketishiga sabab bo'ldi. Ichkaridan kelgan ovozlar va yoqimsiz kuygan hidni sezgan qirol hali hamon eshik oldida turgandi. Qoshlari chimirilib ketar ekan bir zumda yuzida havotirli nigoh aks etdi.
Jungkook: JEHAN!!!
Yigit eshikni urib baqirar ekan uning qulfini ochish uchun eshik dastasidan itarib ko'rdi. Quloqlariga eshitilgan o'zining ismidan telba bo'layotgan qiz aynan eshitgan so'zlari kimga tegishli ekanligini bilib unga zarar berib qo'yishidan cho'chidi. Atrofda alanga olib borayotgan har xil xona buyumlari sabab atrofdagu tutin isi birpasta qizni nafassiz qoldirdi.
Jungkook: och eshikni! Jehan meni eshityapsanmi?
Jehan: keting!
Entikib-entikib nafas olayotgan qiz sekin astalik bilan yerga cho'kar ekan birinchi marta sehr unga qarshi ishlayotgan edi. U qattiq yutalib o'zini olov ichiga tashladi. Balki shu bilan birga barchasidan qutilar? U olovni boshqara olmadi. Eshikni ochib, uning ortidagi yigitning bag'riga otilgisi keldi, biroq unga ziyon yetkazishdan qo'rqib joyida o'tirgancha qoldi. Taqdirning o'zi qiziq! Bir vaqtlar qiz unga qarshi sehr qo'llab, butunlay bu saroyni va uning qirolini yo'q qilib yuborishga tayyor edi. Lekin hozirchi? O'sha maqsad hali hamon yuragida bormi? U hattoki yigitga zarar yetishidan qo'rqib sehr ichida o'zi qolib ketmadimi? O'ziga undan nafratlanishini aytsada u qirolni yoqtirgan edi. Nafratlanib sevdi va hali ham yomon ko'rish bilan birga yaxshi ham ko'radi. Jehanning ko'zlaridagi alanga son'di. Holsiz bo'lib qolib, o'zini yerga tashlab yubordi. Ko'zlari yumilib qorong'ulikka ketar ekan qarsillab singan eshik ovozini elas yonidida edi. Eshikni yelkasi bilan urib buzgan yigit xonaga kirishi bilan olov uni yuziga urildi. Qadam qo'yib yerda yotgan qizning oldiga bormoqchi edi biroq xonani yondirib yuborgan alanga uni Jehanning yoniga yo'latmayotgan edi. "Olovda ham jon bor". Xuddi u shu yo'l bilan hozirgina kelgan yigitni qizning yoniga yo'latmayotgan edi. Aslida ham hammasiga sababchi qirol emasmi? U qizni bu maxluqdan qutqarish uchun ham qizni atrofini o'rab oldi. Jehanni olib ketmoqchi. Dugonasining yoniga. Bora bora qizga yaqinlashib borayotgan alangani ko'rgan yigit olov va issiqlikka qaramasdan qizning qo'llaridan tutdi. Avval yelkasidan qo'lini aylantirib, so'ng narigisi bilan oyog'idan ko'tarib oldi. Hech narsaga qaramasdan o'zini qayta eshikka urar ekan qadamini to'g'ri saroy tabibxonasiga yo'latdi.
~
Qorong'u o'rmon. Atrofda quyuq tuman va o'lik sukunat. Goh gohida shamoldan tebranayotgan daraxt shoxlaridan ovoz kelib turadi. Keng zulmatga o'rab olingan o'rmonning havosi achchiq sovuq va muzdek edi. Mana shu yerda turib qolgan qiz qayerga kelganiligini bilmay atrofga nazar tashlar ekan usti yupun bo'lganligi uchun sovuqqotganini his etdi. Sochlari esayotgan shamolga silkinar, lekin negadir yuragida og'riq mavjud edi. O'rmonning har bir joyiga qarab chiqqan qizning ko'ngliga qo'rquv kelaverar ekan ortidan kelgan ovoz sabab joyida qimirlamay qoldi.
Heyi: Jehanim.
Ancha vaqtdan buyon eshitmagan tanish ovoz uning miyyasini o'qdek teshib o'tgan bo'ldi. Ko'zlari yoshlanib ketgan qiz sekinlik bilan ortiga o'girilar ekan nechchi yillar oldin yo'qotgan dugonasini ko'rishi bilan taajjubga tushib qoldi.
Jehan: Heyi?...
Heyi: menman.
Yuziga iliq tabassum olgan qiz qo'lini dugonasi tomonga yo'naltirishi bilan Jehan uning bag'riga qattiq otildi. Yuzidan oqib tushayotgan tomchilar soni ko'payar ekan haligacha o'ziga ishonmay dugonasining ko'zlariga qarab qoldi.
Jehan: bu sensan....
Kulib turgan dugonasining yuzini birdan xomush tortdi. Kengaygan lablar titrab ketar ekan Heyining yoshlangan ko'zlarini ko'rgan qiz uning yoniga yaqinlashmoqchi bo'ldi, biroq o'zini ortga olib qochgan uning do'sti Jehandan uzoqlashdi.
Heyi: meni unutib qo'yding Jee.
Vahimali tarzda tezda qizning qo'llaridan tutgan Jehan uning ketib qolishidan qo'rqqandek maxkam kaftlari ichiga unikini oldi.
Jehan: unday emas Heyi...seni unutganim yo'q.
Heyi: unutding...meni qutqarish uchun harakat ham qilmayapsan.
Jehan: unday emas....men..men sen aytgan ikkita savolning javobini topdim. Biri oy va biri ikkimiz taqib yuradigan taqinchoq ekan. Yana ozgina, birozgina vaqt bo'lsa bo'ldi. Seni bu lanatdan qutqaraman.
Jonjahti bilan kuyib gapirayotgan qiz qanchalik ro'y rost qilib so'zlamasin sekinlik bilan qo'lini unikidan ajratgan Heyi ortiga qadam tashladi.
Heyi: unutding meni....
*
Ko'zlarimni ochganimda avvaliga qayerda ekanligimni bilmadim. Qo'rqinchli tush. Birinchi marotaba bugun Heyi tushimga kirdi. Uni unutganimni takrorladi. Chindan men uni unutdimmi? Boshim nuqul og'rir, hali ham hamma narsa hira bo'lib ko'rinayotgan edi. Oxirgi eslagan narsam xonamni yoqib yuborganim va o'zimni boshqara olmaganiligim uchun yerga o'zimni tashlab yuborganim edi. Eslagan yana bir voqea kimdir meni ko'tarib toza havoga olib chiqqanini eslayman. Yo'q kim emas, bu Jungkook edi. Avval yaralab, so'ng davolaydi u. Boshim aylanib ko'nglim negadir aynirdi. Nima uchunligini bilmayman tezroq o'rnimdan turishim kerak. Qaddimni ko'tarayotganimda ko'z oldim tumanlashib ketgandek bo'ldi. Men qayerdaman o'zi? Shoshma...atirgul. Yotgan o'rnimni yonidagi tumbaning ustida atirgul bor edi. Qizil rangdagi gul. Buni Jungkook olib keldimi? To'xta! Hushimdan ketganligimda meni qayta uyg'otish uchun bundan sinab ko'rgan. Eshikni ochib kirib kelgan tabib ayolni ko'rishim bilan o'sha atirgulning bir yarog'ini yulib oldim va kaftlarim orasiga yashirdim. Uning ortidan esa ismini aytishimga ham arzimaydigan inson kirib keldi. Nafratlangan insonim. Bu tabib ayol Hesuni tekshiradigan o'sha xizmatchi deb o'ylagan edim. Yo'q. Bu umuman boshqa tabib edi. Nega kuladi bu ayol. Tavba! U yonimga kelib avval qandaydir suv ichirdi. Buncha taxir bu. Istamaganimdan so'ng qo'limdagi idishni atilgul bor bo'lgan tumba ustiga qo'ydi. Yotoqning bu tomonidan o'tgan yigit mendan ko'zini uzgani yo'q. Lekin men unga qarashni istamayman. Tabib ayol yana bir nimalarni hidlatganidan so'ng battar ko'nglim ozib qo'lim bilan ularni nari surdim. Nimaga buncha kuladi bu xotin? Negadir qornimni bosib ko'rib, o'sha bosgan joyiga qarab qoldi. U o'rnidan turib bir menga jilmayib qaragnidan so'ng nigohlarini qirolga tikdi.
- suyunchi qirolim. Jehan xonim to'rt haftalik homlador.
Quloqlarimga kirgan gaplarni anglay olmay qoldim. Bola? Homla? Tushunmayapman. Bunday bo'lishi mumkin emas. Qanaqasiga axir? Ko'zlarimni birinchi bor yonimda tik turgan yigitga qaratar ekanman u avval menga o'xshab hayratlanganini va so'ng shodlikdan charaqlab ketgan ko'zlarini ko'rdim.
- olib kelgan boshqa joriyangizni tekshirganimda uni homlador emasligini birdan bildim. Biroq bu qizning vujudida bola borligi aniq va ravshan. Xonim hech ko'nglingiz aynimadimi?
O'tgan kunlarimni eslab qo'rqib ketdim. Tanam muzlab ketdi. Yo'q, yo'q, yo'q. Men istamayman. Bu...bu qo'rqinchli tush. Shunchaki yomon tush. Uyg'on Jehan! Sochlarimga tekkan barmoqlarni sezib tanam seskanib ketdi. Boshimni ko'tarib qarasam bu Jungkook ekanligini bildim. Bu maxluqdan bo'lgan bola menga kerak emas. Xohlamayman. Sehr bilan birga bo'lgan bola....yo'q istamayman. Bu..bu eng xatarlisi. O'rnimdan qanday qilib turib ketganimni bilmayman. Telba insondek harakat qilayotgandek edim. Kuchli zahar ichgandek tanam qaltirardi. Eshikka o'zimni urib xonadan otilib chiqdim. Yuguryapman. Qayerga ketayotganligimni bilmayman lekin to'xtashni istamayotgan edim. Zinalardan eng yuqori bo'lgan qavatga chiqdim. Qo'limga qarasam barmoqlarim orasida turgan atirgul yarog'ini endi ko'rdim. Uni tezda ko'ksimga olib bosganimda sochlarim qayta jilovlanganini sezdim. Ko'zlarim yumiq edi. Men bu bolani istamayman. Yo'q qilishim kerak. Bari tugab bitmasidan vos kechishim zarur. Sehri bor bo'lgan tanadagi bolani olov bilan yo'q qilish mumkin. Men qanaqa insonman o'zi? Nimalar qilyapman? Menga qarab yurib kelayotgan yigitni ko'rishim bilan atrofimni olov bilan o'radim. Nima ish qilayotganligimni bilmayman. Lekin negadir undan qo'rqqandek o'zimni ortga olib, qo'limdagi yarog'ni qattiq ushladim.
Jungkook: Jehan.
Jehan: yaqinlashmang Jungkook!
Qo'limdagi guldan yetarlicha kuch olib uni olovga tashladim. Yonib kul bo'lib ketgan yaproqqa men bilan birdek qaragan yigit oldimga yaqinlashmoqchi bo'ldi. Lekin uning to'xtashiga ishora qilib, ushlab turgan nafasimni chiqarib yubordim. Unga qo'shib yoshlarni ham. Qo'limni sekin qaltiratib qornim oldiga olib kelganimda esa uning ko'ziga ham o'tinch ham charasiz insondek tikildim.
Jehan: men uni istamayman.
Jungkook nigohlarini kaftim ostida turgan qornimga qaratishi bilan qo'rqib ketganini yuzidan bildim. Oldinga qaratib bir qadam tashlaganda men ham ortimga huddi udek yurdim. Qo'rqyapman. Yosh to'la ko'zlarimga qarab qolgan yigit yurishdan to'xtadi. Menda boshqa chora yo'q. Bolani yo'q qilishim kerak, garchi o'zim halok bo'lsa ham.