Yesterday

π—˜π—‘π—–π—›π—”π—‘π—§π—˜π—— π—’π—‘π—˜π—¦

Maxluqqa tikansiz atirgul bo'lgan malak qissasi...

{19 episode}

_3 OYDAN SO'NG_
Qorong'u o'rmon. Samodagi kemtik oyning xira nuri. Derazadan kirayotgan shabada esa sochlarimni silkitib uni quloqlarim va bo'ynim bilan o'ynamoqda. O'zim esa xonamning kreslosida qo'limdagi daftar bilan o'tirman. Stoldagi shamning yorug'i xonani yoritar vaqt o'tayotgani sari uning bo'yi ham pastlashib borayotgan edi. Daftarga tushurayotgan so'zlarim...o'tgan uch oy davomida men faqat mana shu kunlarimni qog'ozga tushirdim. Qalbimdagi barcha so'zlarimni unga muhrladim. Jungkook bilan oxirgi suhbatimiz...o'sha kecha, uni kechira olsamda biroq birga yashashni istamaydigan insonim bilan bo'lgan so'zlar...uning o'sha menga termulib turgan oyning nuridagi qora ko'zlari, qo'llarimni tutgan kaftlari haligacha o'z qanoqligini ularda saqlab turibdi. O'sha tun so'nggi bor uning saroyida qolishim ekan. Jungkook hech qanday qarshiliklarsiz meni o'z qasrimga qaytardi. Xizmatchilarni men bilan birga yubormoqchi edi, biroq ko'nmadim. Yolg'izlik kerak edi menga. Lekin u ham oyoq tirab turib olganidan so'ng haftada bir marta xizmatchilar mendan habar olish uchun kelishlarini aniq qilib aytdi. Rozi bo'lganimdan so'ng men qaytdim. Sehrdan qutilish uchun tinmay harakat qilib, vaqtimni asosan o'tkazadigan kutubxonam ham o'sha o'sha edi. Kunlar o'tdi, hafta, oylar...biroq men o'sha tundan keyin qayta uni ko'rmadim. U kelmadi...balki menga qarashni istamas yoki bo'lib o'tgan ishlardan so'ng nima qilarini bilmas? Lekin men ham ojizman. Ba'zida uning yoniga qaytgim keladi lekin bir narsa...yuragimni tikanlar bilan o'rab olgan boshqacha hissiyot bunga yo'l qo'ymaydi. Ko'zlarimni har tunning yarim mahalidan so'ng yumulganida u tushlarimda jonlanadi. Ha, Jungkook bir necha bora tushlarim egasi bo'ldi. Balki, men ham uning kechalari sohibasidirman? Jungkook...hayot sizni menga tasodifan tanishtirdi. Qo'rquv bo'lib kirdingiz bu qalbga. Shundoq ham qora bulutlar bilan o'ralgan olamimga yana qorong'ulik berdingiz. Lekin, hattoki buni o'zim ham bilmayman. Bu uchqunmi yoki quyuq tuman? Balki boshidan hamma voqealar boshqacha boshlanganda sizni yoningizda bo'lar edimmi? Sehrga duchor bo'lgan qiz emas, oddiy insonlardek hayot kechirayotgan inson bo'lganimda bari boshqacha bo'lardimi? Tan olaman...sizni aldadim, qochib qutilishga tirishardim. U paytlar menda siz uchun hech qanday iliqliklar yo'q edi. Saroyingizda o'tgan kechalar...birinchi tun...zo'rlik bilan menga erishganingizni eslasam qalbimdagi zarra bo'lib turgan bir uchqun ham so'nadi. Yana nafrat tuyg'usi bu tanamni qoplaydi. Undan keyingi ko'rgan kunlarim...azob, tuhmat va ishonchsizlik. Siyoh bilan bezalgan qog'ozga tushgan ko'z yoshimni ko'rishim bilan kaftlarim bilan kipriklarimni artib tashladim. Yig'lamayman. Qo'limni qornim yoniga olib kelib, oq harir halatim ustida ularni mittivoyim yashab turgan joyga bosdim. Birozgina shishib qolgan qornimni har ko'rganimda negadir men hamma onalar singari xursand bo'lmayman. Aksincha, yurak bag'rim ezilib ketaveradi. Men ham istayman, uni tezroq dunyoga keltirib, mitti qo'lchalaridan o'pishni, chaqaloqlardan kelayotgan ifor bilan dimog'imni to'ldirib hidlashni. Biroq kun o'tgani sari qo'rquvim ham u bilan birga kattalashyapti. Tezroq jodudan qutulishim kerak... Stol ustida turib, deyarli tugay deb qolgan shamning miltillab yonib turgan olovini o'chirdim. Uxlash uchun qadamlarimni yotog'im tomon yo'latganimda uning yonidagi tumbaning ustidagi oq atirgullar hayolimni chalg'itdi. Har kuni uyg'onganimda yotog'im yonida bir dona atirgul turgan bo'ladi. Uch oy davomida bu takrorlanib kelyapti. Birisi so'lib ulgurmasindan o'nlab gullar yangidek bo'lib keladi. Barmoqlarim bilan uning yaproqlarini ushladim. Nega qizil emas, oq?! Qasrning atrofida faqat qizil rangdagi bu gul bor. Bu qayerdan kelishi mumkin? Buni olib kelayotgan odamni allaqachon taxmin qilganman. Lekin u shunchaki kelib ketarmidi? Hozir ko'zlarimni yumib, uyquga ketishimdan oldin albatta yana yanog'larimda qaynoqlikni sezaman. Bu qaysi vaqt bo'ladi farqi yo'q. Ko'zlarim yostiqqa tegishi bilan ular yumuldi.

Kipriklarim bir saf bo'lib tizilishi bilan ochiq derazadan kirayotgan shamol yuzlarimga uruldi. Men yana bir narsani kutayotgan edim. Uni....har kuni kechasi ko'zlarim yumulishidan daqiqalar o'tishi bilan xonamda qadam tovushlarini eshitaman. Yanog' va lablarimda issiqlikni sezganimda kipriklarimni bir-biridan ajratib uni ko'rishni shu qadar istaymanki, yonimda turgan erkak kishining atridan mast bo'lib, ularni ocha olmayman. Shu hol bugun ham takrorlanadi, buni bilaman.

*
Tungi oyning yorug' nuri butun "Nargeno" saltanatini yoritib turibdi. O'zining xonasida bir nechta mamlakatlar ishini o'qib ko'rib keyin unga muhr qo'yayotgan qirol bir necha soatlardan beri shu ish bilan shug'ullanyapti. Bo'ynini o'tirgan kursisining ortiga qo'yib chuqur xo'rsinar ekan charchoqda og'rigan yelkasiga qo'lini bosdi. Ko'zlari allaqachon yarim tun bo'lib qolganini ko'rishi bilan o'rnidan turar ekan qadamlarini xonasidagi o'zining ulkan rasmi tomonga yo'latdi. Qaddini tik tutib, savlati va nigohi bilan qarab turgan uning rasmi har doimgidek turibdi. Jungkook bir muddat unga qaraganidan so'ng qorachiqlarini oq mato bilan yopilib turgan boshqa suratga qaratdi. Rasm yoniga kelib, uning ustidagi matoni olib tashlar ekan jamoli bilan uni sarxusht qiladigan malakning siymosini ko'rdi. Uning yuragiga yetib borgan olov uchqunini deb kaftlari o'zidan o'zi rasmdagi qizning yanog'lariga kelar ekan uning kulib boqishini ko'rgan qirolning ham lablari biroz yoyildi. Oydek yuzidan nur taralgandek tuyuldi u uchun. Qizsiz o'tgan uch oy u uchun eng qiyin kunlar, soatlar bo'ldi. Bir tarafdan uni qo'yib yuborgani uchun o'zidan jaxli chiqsa, boshqa tomon bu eng to'g'ri qaror bo'lganligini sezib turardi. So'nggi bor ular gaplashishgan kecha. Jungkook haligacha u kunni unutmaydi. U shu vaqt oralig'ida biror bir qiz bilan birga bo'lmadi. O'nlab yangi joriyalar uning kechasi uchun kirishishga urundi. Biroq xonaga kirgan kanizakni eshikdan kirmasi qaytarib yuboradigan bo'ldi. U baribir erkak kishi. Ayol kishida esa albatta erkakni hirsini qo'zg'atuvchi narsa bo'ladi. Jungkook qayta xiyonat qilishni istamaydi. Yoriga, sevimligiga. Zero biladiki, Jehan aynan mana shu narsa uchun ham undan ko'nglini sovutdi. Qirolning xonasi Jehandan boshqa qiz ko'rmadi va Jungkook bir narsani yaxshi biladiki, undan boshqa joriya bu xonaga kirmaydi ham. Qayta rasm chetida turgan oq mato bilan uni yopar ekan qadamlarini deraza yonida turgan oq atirgul tomonga turdi. U avval kaftlariga uni olib har kechasi boradigan joyini eslab, ko'zlarini o'rmon ichidagi qasr tomonga yo'latdi. Tun yarmidan og'gan. Jungkook ustiga qirollik kiyimi ilar ekan qo'liga olgan gulni yaxshilab ushlagan holda avval xonasidan so'ng esa saroydan chiqib ketdi.

*
Qanaqa tush ko'rdim bilmayman. Oppoq joydaman. Atrofimdagi butun hamma joy tuman bilan o'ralgan. Ko'zlarim turgan yerimni har joyiga boqib chiqar ekan o'ng tarafimda paydo bo'lgan qizchani ko'rib qo'rqib ketdim. U uzoqda, mendan o'n metrcha narida turgan edi. U kim? Sochlari qora rangda, ustida esa menikiga o'xshagan oq libos bor. Menga hech qanday so'zsiz boqib turgan qiz yonimga bir qadam yaqinlashganda ortimga qanday tisarilganimni bilmayman. U ham to'xtadi. Menimcha, cho'chiganimni sezdi shekilli, bir qo'lini men tomonga cho'zib, qo'ng'iroq ovozini atrofga jaranglatdi.
-oyi...
N..nima? Bu...u meni oyi dedi?! Lekin qanaqasiga? Tezda qo'llarimni qornimga bosganimda tanamni shu qismi tekis bo'lib qolganini sezdim. Men..nimalar bo'lyapti o'zi? U tomonga yurmoqchi edim lekin oyoqlarim ishlamayapti. Jin ursin! Nega joyimdan jilolmayapman? U tomonga qo'limni cho'zib yonimga kelishini so'rab imladim. Nahotki bu meni qizim? Farzandimmi? Lekin u turgan yeridan qimirlamadi.
Heyi: Jehan...
Ortimdan kelgan tovush sabab sekinlik bilan ismimni aytib, meni chaqirgan qiz tomonga qaradim. Heyi? Sen...u qayerdan keldi? Ming lanat! Nega hech narsa deya olmayapman? Og'zimdan bir jumla ham chiqara olmayapman. Kutilmaganda birdan qattiq shamol turishi meni vahimaga soldi. Tebranayotgan baland daraxtlarning barglari shitirlab, shamol bilan birga qo'shilgan holda kuchli uvullar edi. O'ng va chap tarafimga tez-tez qarar ekanman qulog'imga kirgan qizning qichqirishi meni kar qilib qo'ydi. Ko'z oldimda haligina meni oyi deb chaqirgan qizchaning tanasi olovda yonayotganini ko'rib daxshatga tushib qoldim. Yo'q, yo'q. Nimalar bo'lyapti? U tinmay qichqirar ekan tanasi olovda yonib, kuyayotgani ko'rib chiday olmadim. Baqirib, oldiga intilaman desam joyimda qimirlay olmayapman. Yo'q. Qizim. Yuragimni kimdir yulib olgudek bo'ldi. Ko'zlarimdagi yoshlar bilan qolib ketdim. Yana bir qichqiriq...bu safar u boshqa tomondan keldi. Yuzimni burishim bilan ko'rgan narsam tanamni seskantirib tashladi. Heyi...biror bir kuchdan parchalanib ketayotgan dugonamning azobiga chiday olmay bor ovozda chinqirdim. Bu nima bo'ldi? Ikki qo'lim bilan quloqlarimni yaxshilab berkitib barchasi o'tib ketishini kutar ekanman borgan sari ro'y berayotgan vaziyat va har tomondan kelayotgan baqirishlar meni jinni qilib qo'yay dedi. Soniyalar ichida ko'zlarimni qayta ochar ekanman bu safar faqatgina qorong'ulikdan iborat bo'lgan o'rmon menga ko'rindi. Hech kim yo'q. Hozirgina sodir bo'lgan voqealar nima edi? Yon atrofimga alanglab har bir qarichga nazar tashlar ekanman ortimdan kelgan erkak kishining yo'g'on va xirillab aytgan tovushi qulog'imni teshib yubordi.
Jungkook: kechir...

*Ko'zlarini qo'rquvdan ochgan qiz o'rnidan turib ketar ekan hozirgina ko'rgan daxshatli tushni deb hansirab nafas olayotgan edi. Xona derazasining pardasi xirpilagani va barglarning shitirlashini eshitishi bilan u tezda o'rnidan turdi. Hali tong yorishmagan. Uzoqdan chiqmoqchi bo'lgan quyosh endigina tog'lar orasidan ko'tarilayotgan edi. Qasr darvozasi yonida ko'ringan sharpa uning diqqatini tortar ekan qiz qayta yotog'i yoniga kelib, o'zi yotgan joyning yonini ushlab kordi. Iliq. Hali sovushga ulgurmagan to'shak. Har doimgidek yotoqning yonidagi tumbaning ustida oq atirgul. Jehan uni qo'liga olishi bilan avval iforidan chuqur hidlar ekan atirgul isi bilan birga u uchun ancha tanish bo'lgan hid dimog'igacha uruldi. U esladi. Yodiga olishi bilan birga yuzida tabassum aks etar ekan qo'lida turgan atirguldan yana to'yib hidladi.

~
Saroy bog'i. Daraxtning yo'g'on shoxiga zichlab bog'langan arqonlardan hosil bo'lgan arg'imchoq shamolning esishi bilan bir me'yorda tebranmoqda. Mana shu daraxtning tanasiga suyanib o'tirgan yigit va uning bag'ridagi qiz. Bahorning birinchi oyi. Quyosh inson tanasini qizitmaydi. Osmondagi bulutlar biror joyga intilgandek unda suzib borishar ekan havoning salqinligi odam dimog'iga yoqadi. Shahzodasining keng quchog'ida mitti jussasini havfsiz sezgandek unga suyangan qiz atrofga qarab mayin jilmaydi. O'tgan voqealar. Uch oy ichida bo'lgan ishlar uni juda toliqtirdi. Min xonim...Yoongining onasi baribir aytgan ishini qildi ya'ni u o'g'liga Yonani qarshilatdi. Avval u o'g'liga bunday tagipast oiladan chiqqan qiz shahzoda uchun mos emasligi tayin qilib aytdi. Biroq Yoongi bunga boshida rozi bo'lmadi va hech qachon bo'lmasligini ham onasiga uqtirdi. O'g'lining gaplarini ahamiyatsizlikka olgan ayol u uchun baland martabali oqsuyak malikani unga tavsiya qildi. Xattoki shahzodaning roziligisiz o'zga mamlakat podshosining qizi bilan uchrashtirdi. Shahzoda albatta, odobsizlik qilmay va qolaversa, obro'sini to'kishni istamay qiz bilan ko'rishdi. Oradan haftalar o'tmay shahzodaning onasi to'y masalasini o'g'liga aytdi biroq Yoongi bunga qattiq qarshilik qilib turib oldi. U Yonadan boshqasini tasavvur qilmaydi va hech qachon bunday bo'lmasligiga u ishonadi ham. Bu oralarda Min xonim qizga qirolni yo'q qilishni yana takror buyurdi. Lekin Yonachi? U hammasiga to'laligicha amin bo'ldi ya'ni shahzoda undan hech qachon vos kechmasligini tushundi. Bu safar ham ayol rad javobini olar ekan albatta, bundan ichidagi ayovsiz alam yondi. Yona bir narsadan ko'nglini taskin toptirdi. Eng asosiy narsa...aka-uka o'rtasiga hech qanday nizo tushmadi. Uning eng qo'rqqani ham aynan shu edi. Agar Min xonim o'g'lini taxtga o'tirishi uchun boshqa yo'l bilan bo'lsada Jungkookni oyog'idan chalsa, lekin qirol bundan ham omon chiqsa-chi? Barchasidan habar topsa?! U albatta, xattoki Min xonimni shahzodaning onasi ekanligiga ham qarab o'tirmasdi.
Yoongi: Theodora...
Quloqlariga chalingan jarangdor tovushdan hayratga tushgan qiz ortida uni bag'riga olib o'tirgan yigit tomonga qaradi. Birinchi marta. Shahzoda uni birinchi marotaba qizning asl ismi bilan chaqirdi. Ko'zlari porlab ketgan qizga qaragan yigit ham lablarini keng yoyib uning yanog'idan o'pib qo'ydi.
Yona: eshitaman qalbim shahzodasi.
Qiz unga o'zining qo'ng'iroq ovozlari bilan erkalab javob qaytarar ekan shahzoda Yoongi bu safar uning burnidan chimchilab qo'ydi.
Yoongi: senga bir taklifim bor edi...
Yona: qulog'im sizda.
Yuzini yerga qaratib chuqur nafas chiqargan yigit bag'ridagi qizni yanada o'ziga tortib, uning ko'zlariga boqdi.
Yoongi: bu saroydan ketamiz nima deysan? - chinakamiga taajjubga tushib qolgan qiz tuahunmagan holda uning yuziga tikilib qoldi - sen va men. Emeryni ham olib ketamiz. O'zimizning saroyimizga ketsak...bu yerlar "Nargeno" saltanati akamga tegishli ya'ni Jungkookka. Bilasanmi, dadam yoshligimizda biz uchun merosni bo'lib qo'ygan edi. Jungkook bu saroyga qirol etib tayinlanishini men bilar edim. Chunki u katta farzand. Dadam qirol bo'lgan vaqtlari men uchun ham qasr barpo ettirgan. To'g'ri, bu saroychalik katta emasdir lekin bekamiko'st qilib bitkazilgan. Nima deysan? Yangi hayot boshlash uchun qadam tashlaymizmi?
Yigit qiz tomon bir qo'lini uzatar ekan allaqachon ko'zlari yoshga to'lib ketgan qiz ikki qo'lini uning bo'ynidan o'rab tasdiq ma'nosida boshini tez-tez qimirlatar edi. Yigit ham uning harakatlariga kulib, qizning yelkasidan quchib o'ziga tortdi.

*
Qora bulutlarning hammasi bir joyga yig'ilganidan so'ng ancha vaqtgacha yomg'ir sharros bo'lib yog'di. Qasrning temir darvozasi yonida turgan yigit o'zini daraxt panasiga olib uzoqda, ochiq holda turgan derazaning yonidagi qizga uzoq muddat qarab qoldi. Har doimgidek o'ziga yarashib, qomatini chiroyli qilib turadigan qizning oq rangdagi tungi kiyimi. Yigit uning deraza oldida turing avval sochlarini qurutayotganini ko'z uzmay kuzatdi. So'ng stulga o'tirgan holda qog'ozga bir nimalarni yozayotgan Jehanga jimgina qarab o'tirar ekan qo'lida turgan oq atirgulni yanada yaxshilab ushlab oldi. Uning kutgan vaqti keldi. Har doimgidek qiz derazadan uzoqlashib xona ichidagi sham o'chdimi, demak, u uxlash uchun yotganini tushunib yetadi u. Qadamlarini qasrning ichkarisi tomon yo'latar ekan avval ulkan eshikdan kirib, zinalardan ikkinchi qavatga yuqoriladi. O'ziga kerakli xonaga yetib kelgan yigit sekinlik bilan eshikni ochdi. Xona ichi nim qorong'u va havosi salqin. Asta va ehtiyotkorlik bilan qadam tashlagan yigit nafasini ham bazo'r chiqargan holda yotoq tomon yurib bordi. Ko'zlari yotoq yonidagi tumbaning ustida turgan guldon ichidagi oq atirgullarni ko'rar ekan qalbi mana shu hodisadan yayrab ketdi. U har kechasi kelganida mana shu o'zi olib kelgan gullarni ko'rganda quvonadi. Qiz ularni tashlab yubormagani va aksincha, avaylab ularni birlashtirganini ko'rib xursand bo'ladi. Hozir esa u bir narsadan qo'rqar edi. Qizni uyg'otib yuborishdan...yotoq oldiga yetib kelganidan so'ng uning ustidagi ko'rpani ochar ekan to'shakda yotgan qizni emas, aksincha bir nechta yostiqlarni ko'rdi u. Qoshlari chimirilgan yigit hech narsaga tushunmay qolar ekan ortidan kelgan ovoz sabab yuragi shirin titrab ketdi.
Jehan: bu yerdaman.
Yuzini tezda deraza tomonga burgan Jungkook unga ikki qo'lini qo'ygan holda suyanib turgan qizni ko'rdi. Sokinlik...ikkisi ham jim. Necha kun, hafta, oylardan so'ng ikkisi ham bir-birining qorachiqlarini ortidan quvishyapti. Jungkook u tomonga qadam tashlagan edihamki, qiz ko'zlarini tezda uning oyog'iga qaratib ortiga yanada suyandi. Ko'zlari qisilib yana va yana qadamlarini tashlab uning yoniga yetib kelgan Jungkook qizning durdek charaqlab turgan ikki ko'zlariga qaradi. Anordek qip-qizil lablar va o'z o'zidan qizning tanasi qaltirashi
U mana shularni qumsagan. Jehan undan ko'zlarini olib qochishlarini...qizning ko'zlari uning qo'lidagi oq atirgulni ko'rishi bilan taxminlari allaqachon to'g'ri chiqqanini tushunib shirin entikib ketdi. Qarshida turgan qizning qorachiqlari kaftlarida turgan gulga qaratilganini ko'rgan yigit uni Jehanning yuzi tomon olib kelgan holda yanog'lariga tekkizdi. Kipriklarini birlashtirgan qiz chuqur nafas olib, deraza oldini ushlab turgan qo'lini qattiq qisdi.
Jehan: nega aynan oq? - qizning birdan bergan savoliga tushunmagan yigit jim turar ekan uning sukutini tushungan qiz ko'zlarini ochgan holda savolni takrorladi. - nega aynan oq atirgullar?
Uning ko'zlaridan o'zinikini bir soniya bo'lsada uzmagan yigit javob berdi.
Jungkook: ko'ngling va qalbing sofligi kabi oq atirgullar. Ular senga o'xshaydi...tikanlari bor lekin chiroyli. Senda ham mana shunday tikan bor, bu seni jodulagan sehr. Bu oq atirgul o'zi xohlamaydi ya'ni biror kishiga zarar berib qo'yishni yoki umuman mana shunday o'tkir tikanlari bo'lishini. Sendek Jehan. Gulni tikanlaridan halos qilish mumkin, xuddi seni sehrdan qutqarish kabi. Ular qizil ranglisiga qaraganda ancha go'zal va sof. Xuddi sendek...sen meni tikansiz atirgulimsan...tikansiz malagim.

Taajjubda qolgan qizga qaragan yigit lablariga nim tabassum olar ekan qo'lidagi gulni deraza yoniga qo'yib ikki qo'li bilan unga suyandi. Yuzini qizning yuziga yaqin olib kelar ekan Jehan butunlay uning tanasining asirasiga aylanib bo'lgan edi. Shundagina qiz yigit sarxusht ekanini payqadi. O'tkir sharob hidi uni dimog'iga uruldi. Jungkook har doimgidek tik oyoqda. U hech qachon ichkilik ta'sirida o'zini yo'qotib qo'ymasligini qiz yaxshi biladi. Qiz uning ko'zlariga qarab turar ekan bir urinishda uning xipcha belidan ko'tarib derazaning oldiga uni o'tkazib qo'ydi. Ikki qo'lini qizning belidan bo'shatmas ekan yigit har doimgidek ko'zlaridan qochayotgan ikki juft qorachiqlarga tikildi.
Jungkook: ketgan kuning qanday ahvolga kelganimni bilasanmi? Men har kunni, soatni, daqiqalar vaqtga soldim. O'ylamasdim, eshityapsanmi bir kun mendan ketishing mumkinligini hech o'ylab ko'rmagan ekanman. Yo'llarimni yoritar eding qorong'u kechalari...sen g'oyib bo'lganingdan so'ng yana meni shu zulmatli yo'l o'z domiga tortdi. Balki taqdir menga shunday g'amni loyiq ko'rdimi Jee? Senga qilganlarimni uchun hayot meni sen bilan sinashga qaror qildimi? Sog'indim ishon...yurgan izlaring-u atrofimni qamrab olgan iforinggacha qumsadim...
Jehan uni ko'zlariga uyulib kelmoqchi bo'lgan yoshlarni ko'rishi bilan bo'shashib ketdi. Jungkook qo'lini uning belidan sirpantirib qizning qorni tomon olib kelar ekan uning biroz ishgan qorin qismiga kelganidan so'ng o'zi bilan birga qizni seskantirdi. Yurak urishi tezlashgan qiz entikib-entikib nafas olar ekan qorin qismiga egilgan yigitni beixtiyor yelkasiga qo'lini qo'ydi. Jungkook avval his etib ko'rmagan shirin hissiyotni sezib qizning qornini sekin siladi.
Jungkook: qizalog'im...Jehan u qiz bola, bunga ishonchim komil.
Birdan qizning hayoliga bugun ko'rgan tushi tasvirlanar ekan kichik jussasi o'zi bilmagan holda qaltirab ketdi. Qizni tanasi seskanganini bilgan Jungkook boshini qayta ko'tarib uning ikki yanog'idan ushladi. Qo'rquvga to'la ko'zlariga qaraganidan so'ng esa o'zining ham yuragida titroq turdi. Jehan o'zini bo'sh qo'yib, ko'zlarini chuqur yumar ekan sabri chiday olmagan yigit uning tungi kiyimidan tortib lablarini qizniki bilan birlashtirdi. Ancha vaqtlardan buyon totmagan bu dudoqlardan chanqoqlik hissi bilan bo'sa olayotgan yigitga bu safar qiz ham jo'r bo'ldi. Birinchi marotaba lablarini erkalagan qizdan rostakamiga hayratlangan yigit taajjubga qolish barobariga ichidan toshib kelayotgan hirsini boshqa ushlab turishni xohlamadi. Qizning son qismidan yaxshilab ushlab olib o'ziga tortar ekan lablarida harakatga kelgan o'zga lablarni yutib yuborgudek bo'sani davom ettirgan bo'ldi.

~
Yoqimli mutolaa
Author: Jehan