September 26

𝗘𝗻𝗰𝗵𝗮𝗻𝘁𝗲𝗱 𝗼𝗻𝗲𝘀

{8 episode}

Bugungi kunimni biroz bo'lsa ham shodonlik bilan o'tkazgandim. Yona juda aqlli va mehribon qiz ekan. Tez do'stlashib ketdik. Saroy bog'ida bir kichkina soy bor edi. Biz o'sha joyda anchagacha gaplashdik. Shahzoda Yoongining sevimli kanizagi ekan u. Yonaning ko'zlari baxt, lablarida esa tabbasum o'ynardi. Menimcha u shahzodani yoqtiradi va shuning uchun ham doimo yuzida kulgu. Lekin menchi? Bu saroyga Yona ham men ham o'z hohishimiz bilan kelmaganmiz. Bizda bir dona farq bor. U hozir saroyda qolishni istaydi, biroq men emas. Tutqunlikda qolib ketgan mitti qushchadek his qilyapman o'zimni. Menda imkon bor edi. Atirgullarim... Lanati bir dona atirgul yaprog'i yo'q bo'lgani uchun ham hali hamon shu yerdaman. Qirol meni kecha tunda atirgul bilan hayotga qaytargan va o'zimga kelishimdan oldin uni olib qo‘ygan. Kech tushib osmondagi yorqin rangli quyosh hozirda qizarib tog'lar ortiga berkindi. Qo'rqmoqdaman. Uning kechagi aytgan so’zlari ko'ngilimga sovuqlik keltiryapti. Yana xonamga keladi yoki o'z xonasiga chaqirtiradi u. Buni bilaman. Har bir tunim endi mana shunday ayanchli o'tadimi nima? Tanamda ko'karmagan va tish izlari bo'lmagan joyni o'zi yo'q. Bu maxluq meni ne ko'yga solmoqda? Qadamlarimni saroy zinalariga keltirib tepa qavatga chiqishni boshladim. Sekingina qirol Jungkookning xonasi yonidan o'tib, o'z xonam tomon yo'naldim. Agar tezroq bu yerdan ketmasam, bu telba meni yana o'z yotog'iga olib kirib ketadi. Kutilmaganda qo'limni ushlab mani devorga mixlagan yigitdan cho'chib ketdim. Uning metindek changallari meni asirga yana bir bor olar ekan vaqtliroq saroy bog'idan qaytmaganimga afsuslandim. Uning ko'zlarida hech qachon mehr va uchqunlar ko'rmaganman. Doimo iblisino tabassum va shahvatga to'lgan nigohlar. Hozir ham mana shu maxluqning qarshisidaman. Ming lanat. Qo'lga tushdim.
Jungkook: qayerga shunchalar shoshilyapsan go'zalim? Xonanggami? Mayli yur birga kiramiz.
Jehan: yo'q. Qo'yib yuboring.
Undan qo'limni siltalatib olishga harakat qildim. Lekin foyda bermadi.

Oyoqlarim bilan uni tepmoqchi bo'lib qutulishga harakat qilib ko'rdim. Tezda orqa* qismimni qo'llari bilan ezg'ilagan Jungkook ko'zlarimni moshdek ochib yubordi. Yurish barobariga lablarimga yopishgan bu telba ularni o'pishni boshladi. Uning qattiq qo'llardan xalos bo'lishni istab yelkalariga urishni boshladim. Har doim uning tanasi va qo'llari oldida ojizman. Xonamgacha hali besh oltita eshik bor. Yo'q xoxlamayman. U bilan yana bir kecha qolsam aniq o'zimga bir nima qilib qo'yaman. Qachon tugaydi bu zulm? Bir eshikning yoniga kelganimizda uni o'zimdan bazo'r itardim. Lablarimni qo'lim bilan tosib, to'zg'ib ketgan sochlarimni ortga taradim.
Jungkook: hech bo'lmasa bir marta o'z hohishing bilan menga bo'ysun. Har doim seni majburlashim shartmi?
Jehan: menga umuman teginmang! Hech qachon sizga bosh egmayman.
Jungkook: Jehannnn....
U ikki yanog'imdan ushlab peshonasini meniki bilan birlashtirdi. Tishlarini qattiq bir birga bosib jipslashtirar ekan asabiylashganidan bo'ynidan va yuzimdan ushlab turgan qo'llarining terisidan tomirlar bo'rtib chiqib ketgandi. Uning ko'zlari yumiq. U aniq telba! Qattiq nafas olib chiqargani uchun uning issiq nafasi yuzimni kuydirdi.
Jungkook: nega? Nima uchun aqalli bir marta menga tegina olmaysan? Bu shunchalik qiyinmi?
Jehan: men buni istamayman!
Jungkook: menga sabab keltira olasanmi a? Nima men badbasharamanmi yoki shunchalar sening ko'zingga jirkanch bo'lib ko'rinamanmi? Ayt Jehan! GAPIR DEDIM SENGA!!!
U ikki yelkamdan ushlab meni silatab tashladi.
Jehan:......
Jimman. Nima deyishni bilmay qoldim. Men uni sevmayman. Yoqtirmayman. Qanday qilib unga teginishim mumkin? Jungkook o'tli nigohlarini mendan bir soniya ham uzmadi. Yonimizdagi oq rangga ega bo'lgan eshik sekin ochilar ekan ikkimizning ko'zlarimiz ham o'sha tomon yo'naldi. Hesu....demak bu uning xonasi ekanda. Eshikdan boshini biroz chiqarib qaragan qiz bir menga va bir yonimdagi insonga ko'z tashladi.
Hesu: nimadir bo'ldimi?
Menimcha qattiq shovqin qilib yubordik. Hesu ham shunga bezovtalangan.

Jungkook: Hesu kiyimingni yech!
U bu gaplarni yonimdagi qizga aytgani yo'q. Uning qorachiqlari menda. Xuddi bu gaplarni u Hesuga emas menga aytgandek bo'ldi. Ko'zlari menga qahr va g'azab bilan qarab turar ekan men ham undan nigohlarimni olmadim.
Hesu: nima?
Hech nimaga tushunmay, alanglab qolgan qiz Jungkookka qarab qoldi. Oxiri....Qirol Jungkook mendan qorachiqlarini uzib Hesu tomon qaradi. Bir qo'li bilan eshik dastasini ushlar ekan ikkinchi qo'li bilan yonimizda turgan qizning bo'ynidan ushlab, sal oldin mening lablarimdan bo'sa olgan lablari uning bo'yni bilan tutashdi. Jungkook o'zi bilan birga Hesuni qizning xonasiga olib kirib ketdi. Eshikning yopilgan ovozi. U oxirgi marta menga qarab, boshqa qiz bilan tun o‘tkazish uchun to'shakka kirib ketdi. Xo'sh u boshqa nima qilishi kerak edi? O'zi nima uchun bu haqida o'ylayapman? Jehan asli o'zingga ham shu kerak emasmidi? Ichkari xonadan qizning nolalari va kulishlarini eshitishim bilan ortiq bu yerda qolgim kelamadi. Qadamlarimni sal oldin kirish uchun shoshilgan xonam tomon burdim. Yer yutsin baringni!

*Jungkook xonaga Hesu bilan birga kirib ketar ekan hozirda nima qilganini va qanday harakatlar qilayotganini anglay olmasdi. U qizning lablaridan o'pgani yo'q. Sal oldin o'z malagidan olgan totli tamlarni boshqasiniki bilan alishtirmadi. Jungkook qizning ko'ylagini orqa zamogini yechib yelkalaridan ko'ylakni tushurdi. U hech qachon muloyim bo'lmagan. Qizning tanasini tishlab tortar ekan ora sirada Hesuning nolalaridan battar taranglashayotganini his qilardi. Qizni yotoqga yotqizib uning ko'kragini bir qo'li bilan ezar, ikkinchisi bilan uning dumbasidan ushlar ekan hali hamon hech narsani his qilmayotgani uni yanada asabiylashtirar edi. Hesu bo'lsa, qirolning kiyimining ichiga qo'l urib uning kubiksimon presslarini ushlashni boshladi. U Jungkookni tanasiga teginib, yigitni taranglashtirishga bor kuchini sarf qilmoqda. Lekin qirol....Jungkook hech narsani his qilmayapti. Jehandan olgan oddiygina bo'sa bu qizlar bilan tun o‘tkazishdan ming marotaba totli u uchun. Sekin qaddini ko'tarib kiyimlarini tog'irlayotgan yigit Hesuni havotirga soldi.
Jungkook: yotib uxla Hesu.
Eshikning ochilib qayta yopilishi va xonada qolgan yolg'iz qiz. Jungkook oʻzining xonasiga yetib kelar ekan so'nggi bor uzoqdagi oq rangli eshikka o'yilgan oltin sifat naqshlarga qarab o'z xonasiga kirib ketdi. Eshikning baland yopilish ovozi butun saroy bo'ylab tarqaldi.

*

Chiroyli qilib turmaklangan sochlar va qizning boshidagi billur taqinchoq. Yelka qismidan ingichka ip o'tgan oq rangdagi ko'ylak. Yuzidagi oddiy pardoz va shunda ham mukammal ko'rinayotgan Yona shahzodasning xonasida uni kutib o'tiribdi. U ham oz bo'lsada Yoongiga mehr qo'ya oldi. Eshikni ochib kirgan shahzodani sezgan qiz biroz lablarini qimtib qo'ydi. Yotoq ustida oʻtirgan Yonani ko'rgan shahzoda yuziga tabassum olib u tomonga keldi. Qiz biroz surilib unga joy berar ekan sevgilising bunday harakati yigitga moydek yoqib tushdi. Yotoqqa oʻtirgan Yoongi qizning silliq va mayin qo'llarini ushlab uning kafti ustiga o'z lablarini bosdi. Tanasida issiqlik sezgan Yona ko'zlarini yonidagi yigitga qaratar ekan bu safar kaftdagi lablar yanog'larga ko'chdi.
Yoongi: sen bilan bugun uzoq gaplashmoqchiman moychechagim. Savollarim juda koʻp. Menga o'zing haqida aytib ber.
Yona: o'zim haqimdami? Mmm Asli Daroye mamlakatidaman buni bilasiz. Avval ham buni sizga aytgan edim. Oila a'zolarimdan faqatgina singlim qolgan edi. Ota onam esa yoshligimizda yo'qolib ketishgan. Singlim bo'lsa meni bu yerga majburlab asir qilishganida u qo'shnimizning uyida edi. Bilmayman u hozir qayerda. Tirikmi, ust-boshi yaxshimi, qorni och emasmi? Hech narsadan xabardor emasman.
Yonaning ko'ziga kelayotgan yoshlarni ko'rgan shahzoda uning peshonasidan o'pdi va sochlaridan siladi. Hozir yig'ini vaqti emasligini bilgan qiz ko'ziga kelgan tomchilarini tez-tez artib yuziga tabassum olgan holda shahzodasiga qaradi.

Yona: shahzodam...sizga bir haqiqatni aytaymi? Buni faqatgina men va oilam bilar edi. Hattoki do'stlarimga ham aytmaganman. Mening asl ismim Theodora - Yona gaplariga hayrat bilan qaragan Yoongi uning keyingi gaplariga quloq soldi - bilaman hayratga tushdingiz. Theodora....bu ismni ota-onam tug'ilganimda qo'yishgan. Ma’nosi "Yaratganning sovg'asi" degani. Otam bilan onam turmush qurishganiga o'n yil o'tib ham farzand ko'ra olishmagan. Ularning aytishicha juda ko'p qiynalishgan ekan. Mana shu turmushlarining o'n birinchi yiliga o'tar kechasi onam menga homlador bo'lgan ekanlar. Shuning uchun ham ismim Theodora ya'ni Yaratganning ota-onamga tuhfa qilgan o'sha sovg'asi menman. Mendan keyin yana bir qizaloq kelib davramizni to'ldirdi. Bu esa bizni yanada xursand qilgan.
Yoongi: lekin nima uchun ismingni o'zgartirgansan?
Yona: ota-onam domdaraksiz yo'qolib ketishgandan so'ng bizni himoya qiladigan insonimiz qolmadi. U mamlakatning qiroli bo'lsa bunday no odatiy ismlarni qo'yishni taqiqladi. Hech kimda menga o'xshagan ismlar yo'q edi. Shuning uchun o'zgartirishga majbur bo'ldim. Shunchaki Yona....

Qiz gaplarini tugatib bo'lganidan so'ng uning ko'zlariga bir muddati qarab turgan Yoongi uning yuzini kaftlari orasiga oldi.
Yoongi: Theodora...bu isming menga yoqdi moychechagim. Mening Theodoram...
Shahzoda gaplarini aytib bo'lgandan so'ng sekin lablarini Yonaniki bilan birlashtirdi. Qizning egnidagi mayda toshli tungi kiyimni yechar ekan uni o'zi bilan birga yotoqqa yotqizdi. Ko'ylagining bir yelka qismini tushurib unga lablaridagi namliklar bilan xo'lladi va Yonaning bo'yniga qo'l urib uni aqldan ozdirayotgan harakatlarni bajardi. Qiz shahzodaning sochlariga barmoqlarini suqib uni erkalar ekan shirin ovozi bilan nolasini asta sekin chiqarishni boshladi. Ko'kragiga tekkan o‘tkir tishlar va issiq lablar uni yanada hayojonlatirar ekan bu saroyning mana shu xonasida yigit va qiz bugungi tunini boshlashmoqda....

*
Ertasi kuni.
Quyosh botish mahali

Xonasing kursisida oʻtirgan qirol yonidagi sharobidan oz-ozdan simirar ekan yonida oʻtirgan insonning gaplariga quloq turgan edi. U hech qaysi gapni eshitmay qolgani yo'q. Hamma gapni va har savoliga olayotgan javoblarni eshitib, uni o'z hayollarida joylashtirmoqda.
- qirolim parilar albatta yaxshi. Lekin yovuzlik izlaydiganlari ham mavjud. Siz aytgan o'sha sohibjamol zulmatlikka tushib qolgan va uning yashashi uchun yagona chora bu atirgullar. Buni sizga o'tgan safar ham aytib bergan edim. Lekin uning tatirovkasi qanday va nima uchun tanada borligi men uchun mavhum. Balki bu ham sehrning bir belgisidir, balki u qizning tanasida yoshligidan beri mavjud. Qiz holsiz bo'lib qolganida esa albatta unga atirgul yaprog'ini tutqazing. Yo'qsa, bora-bora uni yo'qotsiz.
Jungkookning yonida o'tirgan inson ham olim, ham tabiatning sir asrorini biladigan oqil bir kishi. Qirol necha marotalab bu insonni gaplarini eshitdi, tingladi, xulosa qildi.
Jungkook: menga aytchi? Parilar boshqalar bilan munosabat o'rnata olishadimi?
- umuman olib qaraganda yo'q qirolim. Parilar tozalik timsoli. Ular boshqa kishi hattoki parilar bilan ham munosabat o'rnata olishmaydi. Lekin siz havotir olmang. Siz aytayotgan qiz ya'ni sehrlangan qizda bunday asoratlar yo'q. U bilan yaqinlik* qilishingiz mumkin. Chunki bunday hislatlar faqatgina parilarda bor va ular boshqa kishini sehrlagan taqdirda ham bu asror ularga o'tmaydi.
Eshitgan gaplaridan ko'zlariga olov uchqunlari kelgan Jungkook qo'llarini musht holatga keltirib, tishlarini bir biriga qattiq bosdi. Uning ko'zining oldiga faqatgina Jehanni siymosi keldi. Uni aldagani uchun hozir qizni shu qadar azoblamoqchiki, endi rahm qilib kutishni o’ziga ep ko'rmay, shaht bilan o'rnidan turdi. Oyoqlarini tez harakatlantirib eshik oldida turgan soqchilarga qarata buyurdi.
Jungkook: qaytgunimcha hech kim xonada bo'lmasin.

*
Iliq dushdan so'ng sochlarimni quritib, xona derazasi yoniga bordim. Quyosh uzoqdagi tog'lar orasiga yashirib bo'lgan. Osmonda halicha ko'p yulduzlar yo'q. Faqatgina atrofdagi shafaqning qizg'ish rangi va bilinar bilinmas ko‘zga tashlandigan oy ko'rinmoqda. Bu yerga kelganimga qancha boldi o'zi?

Ancha kun o'tdi oradan. Bu yerda faqatgina tutqunlikda hayot kechiryapman. Sehrchi? Undan esa umuman qutila olmasam kerak. Mening sho'r peshonamga mana shu taqdir o'yilib yozilgan. Xonaning eshigi qattiq va tezda ochilishidan yuzimni o'sha tomonga burdim. Yana o'sha... Boshimni balosi. Nega u bunchalar g'alati qarayati menga? Avvalgidek ko'zlarida shahvat va o'ynoqi tabassumlar emas. Eshikdan kirib uni ikki qo'li bilan qayta yolar ekan ortimga biroz yurdim. U menimcha yana men bilan o'ynash* uchun kelgan. Jonimga tegib kettiku bu zo'ravonlik. Sekin qadamlarini men tomonga bosar ekan men ham ortimga chekinaverdim.
Jehan: Jungkook...
Jungkook: demak, shu yo'l bilan meni o'zingga yaqinlashtirmagan ekansanda? Shunchalar ham tentak bo'lasanmi Jehan? Kimsan Qirol Jungkookni laqillatmoqchi bo'ldingmi? Nima uchun yolg'on gapirding?
Ming lanat. U hammasini bilib qolibdi. Lekin qanday qilib? Qanday qilib endi undan qutila olaman. Bu maxluq meni yeb tashlaydiku. Ortimda yo'l qolmadi. Devorga yelkam urulishi bilan qo'rquvim yanada ortdi. U esa mendan ko'zlarini uzmagan holda yonimga kelib to'xtadi. Uning qattiq nafas olib chiqarishini eshitar ekanman, jahli chiqganini sezdim. Yolg'onim boshimga yetdi.

Jungkook: gapir Jehan. Nimaga yolg'on gapirding. Shu yolg'oning kerak bo'lsa hayotingni tugatishi mumkin ekanligini tushunmadingmi?
Jehan:....
U ikki yelkamni qo'llari bilan qisib meni siltalab tashladi. Devorga borib urilgan tanamning og'riga ingrar ekanman, ko'zlarimni qattiq yumib oldim. U bo'lsa mendan uzoqlashgani yo'q. Hali ham yonimda turibdi.
Jungkook: jim turma Jehannn....biror nima de. Tilingni yutib yuborganimisan gapir deyapman sengaaa! HOZIR SENI O'LDIRIB QO'YAMAN. GAPIR JEHAN.
Bir qo'li bilan ortimdagi devorni mushtlagan yigit bu safar meni xonaning o‘rtasiga irg'itib yubordi. Qo'rqmoqdaman. Chindan ham undan juda qo'rqyapman.
Jungkook: gapir dedim.
Jehan: nima qilishim kerak edi. Sizga aloqa uchun kerak bo'ladigan kanizak bo'laymi? Bo'y sunib bir umr faqat kecha*ngiz uchun tayyorgarlik ko'rishim kerak edimi? Shu lanati saroyingizga kelganimdan beri shundoq ham zulmat hayotimga yanada qorong'ulik kirdi. Hech qachon sizniki bo'lmayman. Eshityapsizmi aslo meni o'zingizniki qila olmaysiz.
Jungkook: sen shunday deb o'ylaysan. Yolg'on gapirsang nima qilishimni aytgan edim shundaymi!? Osting yirtilmagunicha bu azo ichingdan chiqmaydi. Erta tonggacha sen meniki bo'lib bo'lasan.
U meni bu safar yotoqqa itarib yubordi. Qo'pol harakatlari bilan lablarimni o'pib, ko'ylagimni yechar ekan uni o'zimdan itarish uchun bor kuchimni yig'ib itardim. Men har doim bu qo'llar ostida ojizman. Mana shu safar ham harakatlarim behuda ketyapti. Bo'ynimga tishlarini botirib azob berayotgan yigit mendan bir zum ham uzoqlashmadi. Ko'ylagimning orqa zamogini yechar ekan bu safar ko'zarimdagi yoshlarni qo'yib yubordim. Men tamomman. Endi undan qutila olmasam kerak. Eshikning taqillashi. Jungkook shundagina harakatlarini to'xtatib jahl bilan o'sha tomonga qaradi.
Jungkook: nima deysan?
-qirolim muhim ish chiqib qoldi. Bu Ryeon edi. Uning ovozi. O'tinaman....uni olib ket
Jungkook: keyin!
- qirolim lekin bu jiddiy masala
Hafsala bilan o'rnidan turgan yigit eshik tomon yurib ketdi. Xonadan chiqishidan oldin menga "qaytib kelgunimcha xonangdan tashqariga chiqa ko'rma" degan so'zlarini aytib bu yerdan g'oyib bo'ldi. Endi nima qilaman? U hozir qaytib keladi. Qochib ketishim kerak. Lekin qanday qilib? Xonam deyarli besh qavatdek balandlikda joylashgan bo'lsa. Tezda javon oldiga borib uni ochdim va ko'pgina matolarga ko'zim tushdi. Bular bilan bu yerda chiqib keta olaman. Qo'llarimga ularni olib bir biriga bog'lar ekanman qo'rqganim uchun qo'llarim qaltirab titrar edi. Uddaladim. Ularni xona derazasidan tashqariga chiqarib yergacha masofasini ko'rdim. Yetadi. Birinchi o'ng oyog‘imni chiqarib qo'llarim bilan matolarni ushlab pastga tushishni boshladim. Tushish barobariga qo'rqib harakatlar qilar ekanman Jungkook kelib qolishidan cho'chir edim. Vanihoyat.

Yerga oyoqlarimni qo'yishim bilan mayin maysalarni his qildim. Oyoq kiyimim yo'q ekanini esa endi payqapman. Lekin ortga yo'l yo'q. Ortimga qaramay yugurishni boshladim. Oyoqlarimga tosh va tikanlar botib, yara qilib tashlasa ham tishimni tishimga bosib yugurishdan to'xtamadim. Ortimdan ismimni baqirib aytayotgan yigitning yugurayotganini sezdim. U meni quvlamoqda. Lekin bu shunchaki o'yin emas, o'rmondagi kiyik arslonga yem bo'lmaslik uchun yugurgan kabi men ham undan qochmoqdaman. Ortimga bir marta ham o'girilmadim. Lekin uni yaqinlashib qolganini his qilyapman.
Jungkook: Jehan to'xta!
Aslo! Endi qutilgan bu do'zaxga hech qachon qaytib bormayman. Istamayman. Chap oyog'im ulkan toshga tegib qayirilib ketdi. Yerga o'tirib qoldim. O'rnimdan qayta turib yugurmoqchi bo'ldim lekin uddalay olmayapman. So'nggi qadam va yelkamdan ushlab meni o’ziga tortgan yigit ikki qo'li bilan meni asirga oldi. Tamom bo'ldim. Yana shu maxluqning changalidaman.
Jungkook: qochib qutilaman deb o'ylagan edingmi? Jahannamga yana bir bor xush kelibsan Kim Jehan!

( Yorobunieee siz kutgan daqiqalar keyingi qismda😆 hot oqiymiz bu qism😌 (uch list qib yozaman Ozi ham hot joyini deyimi🤣) hoshhh shuning uchun tezroq reaksiyani yigizla hopmi😌 keyin man fikr kutaman albatta manga "zor" "davomini kutamiz yaxshi yozibsiz" degan gap qimezla. Fikr depman man fikr. Yozgan wunca narsamga hech bomasa ikki qator gap yozsezla mani ham ko'nglim kotarirar edi🦧)
110 reaksiya va ko'pgina fikrlar kutaman💗🎀

Yoqimli mutolaa
By: Jehan