𝐄𝐍𝐂𝐇𝐀𝐍𝐓𝐄𝐃 𝐎𝐍𝐄𝐒 | 𝐄𝐏-𝟓
Qizning ustiga bosdirib kelgan yigitni qilayotgan harakatlarini qiz sezmadi ham. Belining qattiq urulishi va yig’lagani sababli nafasi ichiga qaytib ketgan Aera qarshisida turgan qiroldan hayiqib ortiga tisarildi. Yuziga shahvatdan ham ko’ra ko’proq g’azabni saqlab qolgan yigit uning ko’ylagiga chang soldi. Bundan oldin yiqilish sabab yengining bir cheti yirtilishi natijasida qizning kiyim oldi tez yechildi. Qichqirgan holda yotoqqa tiralib qolgan qiz ochiq holga kelgan ko’kraklarini berkitish uchun ularni kaftlari bilan to’sti. Bir qo’li bilan yotoqqa suyanib, boshqa kaftlari yordamida kiyimini to’g’irlashga harakat qilayotgan Aeraning ustiga egilgan yigit uning iyagidan ushladi. Tik boqqan qorachiqlar. Ikkisi ham nafrat va qahrga to’la bo’lgan ko’zlar aloqasi. Qiz hozirda qarshisida turgan qirolning asl yuzini ko’rib hayratlanayotgan edi. Jentlmen va oliyjanob qirol deb tan olayotgan bir vaqtda Taehyungning bunday keskin harakati uni anchagina shoshirib quydi. Tez qaror qilish. Balki bu uning yetarlicha himoyalanmagani uchun, yoki bo’lmasa yigitga kerakli bahoni bermaganligidan?! Bir oyog’ini pastelga bosgan holatda qizning jussasini o’zining tanasi bilan to’sayotgan yigit unga hirsga to’lgan ko’zlari bilan qaradi.
Aera: iflos odam ekansiz!
Uning gaplariga parvo qilmay shunchaki qizga tikilib turgan Taehyungga mana shu asli haqoratli so’z ham boshqacha tuyuldi ya’ni qizning har bir so’zi g’ayritabiiy hislatni unda uyg’otmoqda. Ko’z yosh bilan qorishgan qizil rangli dudoqlarga uzoq vaqt tikilishni istagan u xohlayotgan ishini qilish uchun Aeraning yanog’idan tutdi. Iloji boricha qirol hozirda g’azabini bosgan. U faqatgina qarshisidagi qizning yuziga uzoqroq tikilishni istayapti. O’ziga yoqadigan hurkak ohu ko’zlarga…tushunish qiyin bo’lgan titrayotgan tanaga yanada yaqinlashishni xohlaydi. U bilan o’sha qaynoqlik yoki salqinlikni his qilishni istamoqda. Qaltirayotgan lablarga yaqin turgan holatda yutunib qo’ygan Taehyung nigonihini yana o’sha chiroyli ko’zlarga qaratdi. Kipriklarni birlashtirib emas, aksincha, ko’z aloqasini bog’lash yo’li bilan qizni his qilishni istagan yigit labini shishib turgan dudoqlarga bosdi. Cho’chigani yaqqol bilingan va kengaygan qorachiqlardan so’ng silliq, sutdek oq bo’yinni maxkam ushlab olgan qirol boshqa qo’li bilan tanasiga yopishib turgan jussasining nozik bel qismidan ushladi. Qimirlashga yo’l qolmaganligi bois nafasini ushlab turgan Aera lablarida harakatga kelgan tilni sezib seskanib ketdi. Yumshoqlik bilan olinayotgan bo’sa va nigohlarning birlashishi…o’rtadagi qaynoq vujud va g’alati hissiyotdan ko’zlarini yumgan qiz jimidi. Pastki labning erkalab o’pish barobariga uni beozor tishlari orasida o’ynagan yigit tilini uning tanglayigacha olib bordi. Butunlay o’pkasiga havo yutishdan cheklangan Aera uning yoqasidan qattiq ushlab itarishga harakat qilar ekan o’z xohishi ila qizdan ajralgan Taehyung uning iyagida tish izini qoldirishni unutmadi. Kutilmaganda yuziga kelib tushmoqchi bo’lgan yana bir tarsakini oldindan sezgan qirol havoda qotib qolgan qizning qo’lini qattiqroq qisdi. Ko’zlari qisilib, o’ziga yaqin turgan yuzga u egilar ekan asabiy vishillab so’zlarini tiliga ko’chirdi.
Taehyung: yana xato qilyapsan!
Aera: yaqinlashmang menga! Avval o’rmondagi jonzotlarni o’ldirasiz, keyin qiz bolaga qo’l ko’targan holatda uning xohishiga qarshi bo’saga majburlaysiz?! Nimaga erishmoqchisiz o’zi?
O’rtadagi jimlik. Bir-birini ta’qib etayotgan qorachiqlar faqatgina nigohlar bilan so’zlashayotgandek. Qizning savoliga lab uchida kulgan yigit uning bel qismida turgan kaftini yuqorilatib, kiyim choklari yonida to’xtatdi. Birinchi tortilagan ipning sirg’alishi ketidan tetiklashgan Aera mushtini barmoqlari orasida qattiqroq qisdi.
Taehyung: shunchaki o’rmondagi ohu bilan biroz o’ynamoqchiman.
Aera: men bilanmi yoki tanam bilan?
Uning gapiga tikka javob qaytargan qizning qorayib ketayotgan nigohlari yigitni yanada unga bo’lgan qiziqishini orttirmoqda. Hech ikkilanishsiz u kimsan qirolni rad etgan holda unga qarshi ham chiqayotgani Taehyungga ancha avvalgidan ham ko’ra ko’proq xush kelyapti.
Erkak kishining juda ko’p qismi ham aynan qaysar va qo’lga o’rganish qiyin bo’lgan qushchalarni xohlashgani kabi qirol ham aynan Aeraga qiziqish bildiryapti. Yurakni titratadiga g’alati hissiyot qora qalbni egallab olish tenggi kuchli ishtiyoqni ham o’ziga bog’lab oldi. Bu ancha oldin boshlangan bo’lsa-da, bugun barchasi aniq hal bo’ldi. Ya’ni yigit buni tan oldi. Egalik qilish xohishi…astalik bilan, lekin esda qolish shart. Nozik bilakda harakatlangan uzun barmoqlar qizning bo’yniga yetib kelishi bilan uni changalladi. Shundoq ham qizarishga ulgurgan tomog’iga hujum qilingan keyingi harakatdan ko’zlarini og’ir yumgan Aera uni og’riqsiz bo’gib turgan telbaga qaradi. Lablar orasida deyarli masofa qolmagan.
Aera: zo’rlik bilan qiz bolaga qarshi borgan yigitni men erkak sifatida ko’rmayman!
Qulog’iga kirgan so’zlardan so’ng lab chetida jilmaygan yigit kafti ichida turgan qizning bel terisini ezdi.
Taehyung: nima uchun bu qadar senga bog’landim buni bilmayman, biroq bu tanamdagi yonayotgan olov hali ancha vaqtgacha o’z qaynoqligi saqlab qolishiga ishonchim komil.
Qizning kiyim ipini o’ynagan holda oxirgi bir qarorga kelgan Taehyung qo’lini uning iyagiga olib kelib sekin to’nda pichirlashni davom ettirdi.
Taehyung: hali emas kichkintoy - Aeraning yuziga tushib turgan soch tolasini uning quloqlari ortiga o’tkizdi qirol - hali vaqti kelgani yo’q…ammo shuni bilki, o’sha bir kun kelganida hali o’zing o’limingni mendan so’raysan. Balki bu qo’rquvdan yoki qarshilikni davom ettirishing uchun badal bo’ladigan ishlar ortidan yuz beradi, ishonaver. Asta-sekinlik bilan qorong’ulik atrofingni o’rab olganida sen men yuzma-yuz kelamiz.
Har bir aytilayotgan so’zlar ketidan yanada o’zida seskanishni his qilgan qiz labini qimtib nigohlariga taqalib qolgan qorachiqlardan qocha olmadi. Qimir etishga ham qo’rqib qolgani sabab Taehyungga javob qaytarishni ham eplay olamayotgan Aerani ko’rganidan so’ng miyig’ida jilmaygan qirol qaddini ko’tardi. U avval bir nuqtaga qadalib qolgan o’sha chiroyli ko’zlarga boqib xonani tark etishni boshladi. Eshik tutqichini tutish tenggi ortiga so’nggi bor burulib, yotoqqa suyanib qolgan va ranggi quv uchgan qizga qaradi.
Taehyung: har tun endi ehtiyot chorangni ko’rgan holatda uyquga ketishingni maslahat beraman. Bo’lmasa kechalari qiz bolaning qichqiriq tovushi butun o’rmon bo’ylab tarqalishi mumkin.
Bir ko’zini qisib qo’yib, lab chetida kulgan Taehyung eshikni yopib avval xonadan, so’ng uydan butunlay chiqib ketdi. Oradan soniyalar o’tishidan so’nggina nafasini erkin chiqargan qiz hali hamon eshitgan gaplari tasirida qo’rquv bilan nigohlarini deraza tomonga burdi. Otlarning yugurganda ularning tuyoqlaridan chiqadigan taqalarning ovozi. Demak u ketdi. Oxirgi aytgan gaplar tahdid bo’ldimi yoki qizni atayin qo’rqitish sababmi, hech bilolmagan Aera kiyim yengini to’g’irlab qaddini ko’tardi. U bo’ynidagi taqinchoqni ushlab yonidagi ulkan toshoynaga boqar ekan qo’rquvga to’la nigohi ayyorlik bilan jilmaygan lablar o’rniga almashdi. Yotoqdan ko’tarilgan qiz oyna yoniga yurib kelish tenggi boyagina undan roziliksiz bo’sa olingan lablarini bosh barmog’i bilan artdi. O’zining aksiga qarab mag’rurona boshini ko’targan qiz o’zida hech qanday hayiqishni ham his qilmay qo’liga toshoyna yonida turgan tumba ichidan yashirin xanjarani chiqardi. Uning o’tkir tig’iga ko’z tashlagan Aera qorachiqlarini deraza tomonga ko’chirdi.
Aera: ko’ramiz Qirol Kim Taehyung…kimning qichqiriq ovozi o’rmonga taralar ekan..qiz bolanimi yoki erkak kishiniki?
*
Qo’lidagi mevalarni yuvib, uni likopchalarga solgan qiz haligacha o’ylovda. Kecha tunda yuz bergan voqealar uni kechasi bilan o’ylantirdi, hayollari tinch qo’ymadi. Yuragiga taslim bo’lib bu yerlardan chindan ham ketsinmi yoki aqliga tayanib qilingan xatoni boshqa takrorlamasinmi? Chuqur xo’rsinib qo’ygan Jehan likopchani bog’ tomonga olib chiqqan ko’yi daraxt soyasida joylashgan stullarda o’tirgan dugonasining yoniga bordi. Yuvilgan olmani uning qo’liga berish tenggi o’zi ham stullardan biriga omonatgina cho’kdi u.
Heyi: rahmat holasi.
Jilmayib qizning qo’lidam mevani olgan Heyi uni bir tishlab qornini siladi. Anchagina kattalshib qolgan qizning homlasi va u bir necha haftadan so’ng ko’ziyoriydi. Jehan ham beixtiyor uning qorniga qo’lini tekkizib nim jilmaydi. Esga olinadigan shirin xotiralar. Jihoon va Hanniga homlador bo’lgan vaqtini eslaydi u har safar dugonasiga qaraganda. Shu bilan birga to’rtinchi oyga o’tar vaqti yuz bergan hodisalar va undan keyingi hayot ham. Bir nuqtaga tikilib, jimib qolgan qizning qo’lidan durtgan Heyi uning ko’zlariga qaradi.
Heyi: kechadan buyon parishonsan Jee. Seni nima qiynayotganini menga ayt dugonajon.
Uning kaftini ushlagan qiz sekin barmoqlari ustidan silab qo’ydi. Lablarini qimtib uning qorachiqlariga qaragan Jehan ham kafti ustida turgan qo’llardan tutdi.
Jehan: menda hammasi joyida Heyi. Shunchaki mittivoyingni ko’rib Hanni va Jihoon hayolimga keldi. Ularga homilador bo’lgan vaqtlarim.
Tushungandek boshini qimirlatgan qizlarning ikkisi ham bog’dan unchalik uzoqda bo’lmagan keng dalada bir-birini quvib o’ynayotgan qizcha va bolaga qarashdi ular.
Heyi: ularni qanday dunyoga keltirganingni eslasam hali hamon yuragim ortga tortib ketadi. Juda ko’p azob chekkan eding. Shu bilan birga ular ham.
Jehan: bilaman, ikki farzandim ham qiynalishganini his qilgan edim. O’sha vaqti onalik asli qanday ekanini tushundim men Heyi va keyingi hayotimda ularni ulg’aytirish davomida ham.
Ikkisi ham jimib qolishdi. Hayollariga kelayotgan o’tmishlar qizlarning ikkisini ham sukut saqlashga majburlamoqda. Ko’zlariga kelgan yoshlarni chiqarmaslikka harakat qilgan Jehan kaftlari bilan ularni artib tashladi.
Jehan: chindan qo’rqgan edim. Hayotimda eng ko’p qachon qo’rquvni his qilganman bilasanmi? Sehrdan qutilishga urungan vaqtim u ish bermaganida, tanam osmonga uchib parchalanib ketishga tayyor vaqtida men farzandlarimni hali yuzini ham ko’rmay ulardan butunlay ayrilayotgan vaqtim men butun vujudimda qo’rquvni his qilgan edim. Taqdir izmiga ko’nib o’zim o’lib ketsamda, bolalarim tirik qolishini xohlagan edim men. Lekin qara o’ylaganimdek bo’lmagan ekan…ko’zlarimni ochganimda birinchi qilgan harakatim qornimga qo’limni qo’yib, ularning yuragi uryaptimi yoki yo’q men shuni tekshirganman. Baxtimga ikkisi ham men bilan birga yashashyotgan edi. Tug’ruq vaqti qiynalsamda yonimda sen bo’lding Heyi…men ana o’shanda ikkinchi bor hayotdan butunlay sovudim. Farzandim sehr bilan tug’ildi. Jihoonim…o’g’lim umuman gunohi yo’q bo’lgan chaqaloq holiga juda ko’p azobni ko’rdi. Go’dak u hali…
Yanog’idan sirg’alib tushgan yosh uning harir ko’ylagiga tomgan vaqti Heyi uning ikki qo’li ham qattiq ushladi. Uning yuzini o’ziga qaratdi.
Heyi: Jee…balki Jungkook bilan birga ketarsan - qizning so’zlaridan so’ng tezda uning yuziga qaragan Jehan dugonasining keyingi so’zlarini eshitdi, - farzandlaring ulg’ayishyapti. Ularga ota mehri kerak Jehan…senga ham yordam bo’lmaydimi bu?! Qiynalib ketting axir. Balki vaqt o’tganidan so’ng sehr ham yo’qolib ketar? Lekin Jungkookning ham gaplariga bir tomondan to’g’ri..bolalarga bundan so’ng ota kerak. Ular Jungkookni ko’rishdi, dadasi ekanligini bilishdi endi u ketsa Hanni va Jihoon uni so’rashmaydi deb o’ylayapsanmi?
Jehan: qanday ishona olaman men Heyi unga? Sen barchasini bilasan-ku?!
Heyi: bilaman Jehan, shu bilan birga u seni qanday sog’inganligini ham. Kecha hammasiga guvoh bo’ldim. Senga talpinish xohishi va ko’zlaridagi sog’inchni nahot uqib olmading? - Ikki qo’lini boshiga qo’ygan qiz sochlari bilan uni qattiq qisdi. Qanaqa qarorga kelishni bilmay yuzini pastga egar ekan hayolidagi vaziyatlarni boshqara olmayotgan edi - bolalarni o’yla Jehan…farzandlaring uchun.
Jehan: menga biroz vaqt kerak.
O’tirgan stulimdan turib kettim. Qadamlarim qayerga ketayotgani ma’lum ham emas menga. Shunchaki yurib ketyapman. Ortimdan Heyi qarab qolgani aniq. Uning hozirgi aytgan gaplari meni yanada o’ylantirmoqda. Chigal vaziyatda qolib ketganman. Nigohim bir-biri bilan hali hamon o’yin o’ynashayotgan farzandlarimga qaratilganidan so’ng qadamimni o’rmon ichkarisi tomonga burdim. Menga hozir chindan ham yolg’izlik kerak. Kecha aytilgan Jungkookning gaplari va mana bugun Heyi ham bu so’zlarga qo’shilmoqda. Nima qilay? Yana unga imkon beraymi? Uning oqibati men uchun hammasidan muhim. U o’zgarmagan bo’lsa-chi? Balki barchasi soxtadur? Kechadan buyon shu savollar boshimni og’ritib yuborishdi. Quyuq o’rmon ichkarisiga kirib borar ekanman oyoqlarimga botgan toshlarga ahamiyat ham bermay yo’limni davom ettirdim. Yana bir qalin majnuntol daraxtidan so’ng keng ko’lga duch kelgan vaqtim yengil nafas chiqardim. Men uchun har doim qulay bo’lgan maskan aynan shu yer. Uzun ko’l va unda suzib yuradigan oqqushlar..ayni men xohlaydigan muhit yaratilgan. Barchasi go’zal edi bu yerda. Ko’lga yaqin borib o’tlar ustiga o’tirdim. Doimgidek suzib yuradigan oqqushlar galasi hali hamon shu joyda o’rin topishgan. Mayin shabada sochlarimni uchirar ekan ularni ortimga tashlab o’zim shamolga bag’rimni ochdim. Ko’zlarim yumiq. Oradan qancha vaqt o’tganini aniq bilmayman biroq men haligacha hayollarim ichida edim. Yelkamning achishishi sabab ko’ylagimning harir halatini biroz tushurdim. Kapalak va oy rasmi tushurilgan o’sha tatu yana qizarib kelishni boshlamoqda. Bu yerda hech kim yo’qligi ayni mudduo. Kiyimimning o’zida yagona o’tkazilgan bitta ip bor edi. Uning ustidan egnimga harir halat tashlab olganim uchun mana hozir yelkam sabab uni butunlay yechib tashladim. Endi esa oyoq uchimgacha uzunlikda bo’lgan libosdaman. Suvga borib unda jilovlanayotgan quyoshning nurlariga qaradim. Aksim suv yuzasida ko’rinar ekan yerga qayta o’tirmoqchi bo’lganimda ortimdan g’ichirlagan tovush eshitildi. Boshimni burib qaradim..hech kim yo’q! Yana yuzimni ko’lga burdim. Suvdagi aksimga qarab turgan vaqtim yonimda yana bir kishining yuzi ko’rina boshladi. Tinqlashgan oqimdan so’ng aniq ko’ringan tanish yuzdan taajjubda qolib ortimga o’girildim. Menga juda ham yaqin turganligi bois yuzimni uning ko’ksiga urib olar ekanman ko’lga qarab qadam tashlaganim u belimdan qo’llarini o’tkazdi.
Jungkook: suvga yiqilasan hozir.
Bo’ynimni ortimga qaratganimda chindan ham qadam bosganimda yiqilib tushishim mumkinligini bildim. Menga tikilayotgan qorachiqlar tomon ko’zlarimni yo’latar ekanman bo’yi mendan anchagina baland bo’lgan yigitning ko’ksi tenggi boshim turganini his qildim. U menga yuzini menga yaqinlashtirgan. Belimni tutgan qo’llardan noqulay bo’lib undan uzoqlashmoqchi bo’lganimda u ikki qo’lini ham menga tekkiztirib, butunlay ketishimga to’sqinlik qildi. Jin ursin* mening kiyimim! Oldi va ortki qismi juda ham ochiq bu ko’ylakni. Qaynoq kaft ochiq yelkamga teginganida sovuq badanim bu harakatdan seskanib ketdi.
Jehan: haligi…
Jungkook: nima?
Yuzini yanada menga yaqinlashtirgan yigit o’ynoqi ko’zlarini avval menga qaratib so’ng u ko’zlarini pastlashtirdi. Tobora pastlashib borayotgan qorachiqlar ko’ksimga kelganida to’xtar ekan qarshimdagi Jungkook pastki labini tishlab keyingi harakati jussamni tanasiga jipslashtirish bo’ldi. Ko’zlarim moshdek ochilib bu uyatsiz yigitning yelkasiga tarsakiladim.
Jehan: qo’yib yuboring.
Jungkook: qachondan buyon tutishni xoxlagan belimdan ushlab turibman. Va shu bilan ancha vaqtdan buyon ko’rishni istayotgan bu ikki narsa* ham hozir qarshimda. Nega men endi seni qo’yib yuborishim kerak?
Bu ochidan ochiqchasiga tarbiyasizlik-ku?! Hayratdan og’zimni ochib qoldim. Heyi ham adashgan bu yolg’onchi ham meni aldagan! Jungkook hali hamon o’sha-o’sha! Umuman o’zgarmagan-ku?! Qattiqroq qisilgan tanamdan so’ng uning oyog’ini bosib oldim. Qoyil! Bunga bu xattoki ta’sir ham qilgani yo’q.
Jehan: uyatsiz! Qo’yib yuborsangizchi Jungkook!
Jungkook: uyatsiz? Menmi? Men sening ikki narsa deganda ko’zlaringni nazarda tutdim. Sen nimani tushunding?
Sharmanda! Yo’q bu yigit men bilan o’ynashmoqchimi nimani nazarda tutganini o’zi ham men ham yaxshi bilib turibman-ku?! Bu atayin qilyapti! Meni shunaqa holatta tushushimni istagani aniq. Lablarini qimtab kulishiga qaraganda aslida men haq ekanman. Yuzimni jiyirib uning yelkasiga yana bir bor urdim. Harakatimdan so’ng yana nigohlarini lablarimga ko’chirgan qirolning keyingi maqsadi nima bo’lishini hozirdan tahmin qilyapman. Biroq lablarimda emas aksincha bo’ynimda qaynoqlikni sezdim. O’zimni ortga olmoqchi bo’lganimda esa uning shivirlab aytgan gaplarini quloqlarim eshitdi.
Jungkook: jim tur…ozgina Jee, hech bo’lmasa besh soniya.
Butunlay tanam joyida qotib qolgan edi. U yanada meni o’ziga tortar, belimni qattiq quchib olgan. Xuddi boshqa qo’yib yuborishni istamagandek. Bo’ynimda sayr qilayotgan lablar tomog’imdan pastroqda to’xtaganida yoyilgan sochlarimga yuzini ko’mgan Jungkookni chuqur xo’rsinganini eshitdim. Javoban uning ham yelkasidan qo’limni aylantiraymi yoki yo’q? Men shundan ikkilanyapman.
Jungkook: ketaylik Jehan…saroyimizga qaytaylik. Yana birga yashaylik…sen, men, Jihoon va Hanni. Barcha tashvishlardan birgalikda o’taylik faqat men bilan ket…3 yarim yildan ziyod sensizlikda yashadim. Boshqa meni bu bilan qiynama o’tinaman.
Og’zimdan bir jumlani ham chiqara olmadim. Men chindan u bilan ketishim kerakmi? Hamon jimman ming lanat! U belimni qo’yib yubormagan holatda yuzini ko’ksimga bosgani hayratlandim. Biroq terimda achishish sezganimda tishning botirilgan og’rig’ini ko’kragim teparog’ida his qilib undan yulqunib chiqdim.
Jungkook: yana qochyapsan
Jehan: shunaqami? Haligina ikki narsa deb faqatgina ko’zlarimni nazarda tutgan esli yigit qani? Mana yetarlicha qarab bo’ldingiz ko’zimga, endi esa hayr sizga Qirol Jungkook.
Tilimni chiqarib ortimga burulgan edimhamki yonimga qayta yaqinlashgan yigitga amallab chap berib qoldim. Birdan meni quvib ketgan Jungkookdan qochar ekanman mening va uning kulgu ovozi butun o’rmon va ko’l atrofiga yoyildi. Daraxt panasiga o’tganimda qo’lini u men tomonga cho’zdi. Biroq yana ayyorlik bilan uni chetlab o’tib kiyimim halatini qo’ygan tosh tomonga qarab yugurdim. Borgan sari nafasim qisilib qolayotgan bo’lsa-da, bu quvlashish menga yoqayotgan edi. Qo’limni toshdagi matoga cho’zishimdan oldin kafti bilan qattiq bilagimni ushlab olgan yigit meni tutib olgandi.
Jungkook: buyoqqa kelchi.
Qiqirlab kulgan holatda yana uning bag’ridan joy olar ekanman lablarimda sezgan qaynoqlikdan so’ng oyoqlarim bo’shashib ketdi. U bir qo’lini belimga qo’yib ikkinchisi bilan yuzimgan ushladi. Lablarimda harakatlanayotgan o’zga lab meni shu qadar seskantirib tashladiki, ichimdagi g’alati hissiyot butun tanamni qoplab oldi. Ancha vaqtdan buyon teginilgan birinchi yumshoqlik. Jungkook lablarimni chuqur so’rib tishlari bilan ularni erkalaganida biroz ingroq ovoz og’zimdan chiqdi. Men hamon jim edim. Havo yutishga qiynalganimni u ham sezdimi bilmayman mendan ajralganida chuqur nafas oldim. Yana labimga bosilgan lablar bu safar uzoq bo’sa olmadi. Nima deyishni ham uning ko’ziga qanday qarashni ham bilmayotgan edim. Peshonamizni birlashtirgan yigit ikki yanog’imdan tutdi.
Jungkook: bugun kechqurun yo’lga chiqamiz va erta tongda o’z saroyimizda bo’lamiz…kelishdikmi?
Qarshimda turgan bir juft qorachiqlar menga sevgi bilan boqyaptimi? Ko’zimga kelgan yoshlarni chiqarmaslikka harakat qilib boshimni biroz qimirlatdim. Ko’zini yumgan holatda kulayotgan yigit meni qattiq bag’riga bosdi. Men sog’ingan o’sha issiq quchoq…uning qaynoq tafti…men chindan ham uni sog’ingan ekanman.
*
Kechqurungi iliq dushdan so’ng sochlarimni qurutish uchun xonamning derazasini ochdim. Qo’limdagi sochiq bilan xo’l soch tolalarimni artar ekanman javondan tungi kiyimni olib uxlash uchun yotishga qaror qildim. Bugungi kun meni yetarlicha chatchatdi. Ertalabdan buyon hayolim tarqoq. Biroq men o’zini hafa qildirib qo’yadigan va osongina yengiladigan qiz emasligimni u bilmaydi. Qo’limdagi taroq bilan sochlarimni tarash ko’yi aksimga qarab bo’layotgan voqealarni yodga olib chiqyapman. Qo’pol va hissiz to’nka u. Jentlmen deb o’ylagan erkak shunday bo’lsa, boshqa yigitlardan nimani kutish mumkin?! Biz chindan ham boshqa boshqa odamlarmiz. Xuddi bir-biridan qasos olish uchun yashayotgan juftlikka o’shash! U ham ortiga chekinmagan kabi mem ham taslim bo’lishni istamayman. Asabiy sochlarimni taraganimda biror bir narsaning shitirlash ovozi qulog’imga chalindi. Harakatdan to’xtab ortimga o’girilarkanman bu shunchaki shamoldan deb tahmin qildim. U bo’lishi mumkin emas edi. Taehyung bugun yoki erta indin keladi deb o’ylamayman. U bugun shundoq ham ko’p asabiylashdi. Kelmasin ham! Yuzini ham ko’rishni istamayman uni. Yotoqqa tomonga qarab yurmoqchi bo’lganimda baribir ko’nglim notinch bo’laverdi. Hali hech narsa bo’lgani yo’q nega bunchalik oyoq qo’lim qaltiryapti? Bu sovuqdan bo’lishi mumkinmi? O’zimga o’zim tasalli berib har ehtimolga qarshi oynani yopib qo’ydim. Tungi kiyimim halatini kiyishni istamay uni xonam ichidagi krelosga qo’ydim. Atrofda qandaydir ovoz kelayotgani aniq edi lekin. Yana bir bor derazaga yoniga borib atrofni kuzatdim. Jimjitlik. Biroq yuragim g’ash. Bosilayotgan qadam ovozlari qulog’imga chalinganida butun oyoqlarim bo’shashib ketdi. Tumba ustidagi kichik xanjarni qo’limga yashirdim. Kutilmaganda g’ichirlab ochilgan eshik tomonga butun gavdamni burib, qo’rquv bilan deraza chetini ushladim. Hayolimga kelgan birinchi inson aynan u bo’ldi. Yuragimni vahm bosib xonam eshigi tomon yurar ekanman qo’limni uning dastagiga olib borib uni ochdim. Yana sokinlik. Jimjitlik quloqni teshib yuboradigan darajada yoqimsiz holatni yuzaga keltirdi. Atrofimda erkak kishining iforini sezsamda biror bir insonning soyasini haligacha ilg’amadim. Tungi oy nuri ostida paydo bo’lgan toshoynadagi aksim tomon qadam tashlanimni bilamanhamki, bo’ynimga kelib tiralgan sovuq metal meni seskantirib yubordi. Jussam ortidan paydo bo’lgan ulkan tana. Tomog’imga tiralgan yoyning o’qi va uning olayotgan nafasi. Jin ursin!
Taehyung: uningni chiqarsang, tomog'ingdagi tig' bilan chiroyli teringni nimtalab tashlayman.
Nafas olishni ham unutgandek havoni o’pkamda ushlab turibman. Qimir ham eta olmadim. Oynada bir-birimizga tik qarab turar ekanmiz hissizlikka to’lgan qorachig’ini ko’zlarimdan uzmadi u. Demak men yanglishdim. U kechasi tashrif buyurishi aniq ekan. Qo’limdagi narsani oshkor qilib qo’ymaslikka harakat qilib iloji boricha oyoqlarimni undan uzoqda saqladim. Ochiq bo’lgan yelkamga urulayotgan issiq nafas oqimini sezganimda u masofani yanada qisqartirdi.
Taehyung: nega titramayapsan kichkintoy? Hurkak ohucham nahotki shu bo’lsa?
Boshimni tik tutib unga ham xuddi udek qarab turganim uchun aytilgan gapmi bular? Tomog’imga qattiqroq botirilgan tig’dan cho’chib bo’ynimni o’pmoqchi bo’lgan yigitning chalg’iganidan foydalangan holatda o’rnimni u bilan almashtirdim. O’sha yoyning o’qi bor bo’lgan qo’lini pastka qarata siltalab xanjarni uning bo’yniga taqadim. Bu harakatim unga chindan ham kutulmagan bo’lsa kerakki, lab uchida kulib boshini pastga qaratdi u.
Aera: haligacha menga yetarlicha baho bermagan ko’rinasiz. Oddiy qo’rqoq qizlardek ko’rinyapmanmi ko’zingizga qirol Kim?!
Yuziga yaqin borgan ko’yi shivirlab aytgan so’zlarimdan so’ng belimdan tutgan kaftni ilg’ay olmay tig’ni uning kekirdagiga chuqurroq botirdim.
Aera: qo’lingizni yig’ishtiring!
Taehyung: bu qiliqlaring bilan faqatgina menga hali hamon qarshi borishingdan aqling yaxshi ishlamaganini bilyapman va oxirida baribir mag’lub bo’lishingdan esa kulgim kelyapti to’g’risi.
Aera: bir harakatim bilan umringizga so’nggi nuqtani qo’yishim mumkin!
Taehyung: axx Aeram, kichkintoy - jin ursin bu telbani! Umuman o’zini boshqacha tutayotgan Taehyung qo’lini belimdan pastlatib, ortimdan* ezganini his qilib ko’zlarim moshdek ochilib ketdi. Bu…bu qanaqa qiliq bo’ldi yana? Jaxlim chiqib ketib xanjarni tortgan edim uning bo’ynining bir cheti tirnalib, tig’ning uchi qonga bo’yaldi. Uning yuziga qarab yana xanjarni tiragan edimhamki bilagimdan ushlab meni yerga irg’itvorgan Taehyung bo’ynining jarohatini qo’li bilan artdi. Yerga yiqilganligim bois xanjarim xonaning allaqaysi burchagiga uchib ketdi. Yerdagi yoyning o’qini qo’liga olgan yigit menga shu qadar tund qaradiki uning bu qiyofasidagi jilmayish haqiqiy telbani eslatar edi. Orqamga tisarilib undan qochishga harakat qilmoqchi bo’ldim. Endi chindan ham qo’rqyapman. Ming lanat! Ustimga qarab yurib kelishni boshlagan yigit so’zlarini qadam bosish bilan birga aytdi.
Taehyung: mana bu mening qo’rqoq ohucham.