September 16, 2025

LOOM

Ep 6

"Soyadek yaqinlashuvchi hissiyotlar"

Shifoxona

- Sujin birozdan keyin kórishamiz hopmi

- hop Chiyul tushundim kórishguncha

- albatta aytgancha aperatsiyadan keyin senga sovğam bor

- hop

- men kóp gapirib yubordim unga ham navbat kerak deya ortidagi insonni kórsatib chetga ótdi.

- Sujin qórqmayabsanmi

- biroz qórquv bor lekin hammasi yaxshi bólishiga ishonaman

- kórishguncha qórqma

- hop kórishguncha

Aperatsiya boshlandi. Yuz uchun aperatsiya kóngildagidek ótdi. Yuzini bintlar bilan yopilgan holatda palatadan olib chiqishdi...

Oradan ancha vaqt ótdi.

Eshik qónğiroği chalinaverib Sujinni asab tolalarini uzib bólgandi. Eshikni ochib endi gapirmoqchi bólgandi hamki jimib qoldi

- Chiyul seni kórmaganimga ham ancha bólib ketdi ahvollaring qanday

- Sujin men eslab kelmasam kelmaysan seni judayam soğindim oradan juda kóp vaqt ótdi yuzing qoyilmaqom kórinishda xuddi idollarga óxshaysan

- men ham soğindim gaping tóğri oradan ancha vaqt ótib ketibdi mana uyim va endi bemalol kelishing mumkin ancha yaxshi uy shunday emasmi

- albatta ajoyib seni kórganimdan baribir xursandman

- men ham kiraqol endi xósh Janob Chóy oilasi qanday eshitishimcha hali hamon ishlayabsan ekan

- hoy men buni gaplashmoqchi emas edim lekin sen qiziqayotgan ekansan aytaman Janob Chóy hozirda katta biznes bilan shuğullanyabdi va bu yerda emas aytishim mumkinki u chet elda aytgancha Sujin sen Yiyenga nima bólganini bilasanmi

- nima bólibdi

- ha Yiyen seni shifoxonaga olib ketilgandan keyin yóqolgan ekan u haqida hech nima va hech kim yóq shu xolos keyin ishchilar almashdi xósh senchi qanday ishdasan

- yuzim endigina bitdi lekin ishlaydigan joyimda allaqachon maqtovlar eshitdim

- nega kechki oshxonada ishlayabsan dam olyabsanmi juda charchoqli ishku

- yóq menimcha tahdidlardan uzoq hayot

- qaytsang ham bólardi hech kim yóq senga tahdid qiladigan hayotinga xavf soladigan

- bilaman lekin men u uyga qaytib bora olmayman hozir bu yerda ham juda baxtliman qara kulyabman va baxtli yashayabman hech kim yóq bólsada baxtli bólishim mumkinligini his qilyabman

- bu yaxshi eshitiladi lekin ósha dóstingchi unga nima bóldi

- umi u hozir ishda u bilan ancha avval aloqalarni uzganmiz

- nega axir u sabab kulardingku u yoningda bólganida doimo baxtdan kózlaring porlardi ulardan nur taralardi

- Chiyul bas bu shunchaki ótmish edi bular shunchaki ótib ketgan ishlar bularni eslashni endi xojati yóq men yangi hayot boshladim barchasini unutmoqchiman u vaqtlar balki yosh edim shuning uchundir balki u vaqtlarda hech nimani tushunmaydigan inson bólgandirman lekin endi hammasi ózgardi

- Sujin mayli bu seni ishing lekin Texo mendan seni manzilingni sórayverib ishonasanmi juda jonimga tegdi seni nima qiladi hayronman yana xizmatchi qilib olib keladimi

- nega meni sórayabdi men axir

- hech kimga aytmagansan ketishingni malum vaqt ótdiyu ketding seni hech kim topa olmay qoldi va yana ozgina muddatdan sóng aloqaga chiqib hech kim bilmasligini aytding nega bunday qilyabsan ózi

- Chiyul balki insonlardan yashirinish men uchun maqul bólgandir men bu holatga kelishim uchun juda kóp harakat qildim bir tomondan meni ótmishim qandayligim qiynardi lekin ishon men bu holatga kelish uchun juda kóp narsalarni boy berdim va hozir men boy bergan narsalardan judayam xursandman men buni tóğri qildim deb óylayman hech nima meni endi oldingi Sujin qila olmaydi

- Sujin bilaman nega insonlardan uzoqlashganingni ulardan yomon mavjudot yóq aslida lekin birdan yóqolib qolganing uchun hamma sarosimaga tushib qolgandi va men hozir seni kórganimdan xursandman yangi hayoting va yangi ózingni voz kechilgan narsalardan aslo ókinma ular bir kun albatta qaytadi endi óylanma meni mehmon qilmaysanmi axir arang uyinga keldim

- yaxshi

Ikki dugona kulishib oshxonaga borib biror yegulik tayyorlashdi.

Kim korporatsiyasi

- Janob Kim hamkorlarimiz keldi

- yaxshi kirishsin qahvani ham unutmang

- hop janob

Ha demay eshik ochilib hamkorlar kirib keldi.

- marhamat janoblar bu yerga

- Kotiba Chan qahva keltiring xósh janoblar safaringiz ajoyib ótgan deb umid qilaman

- albatta janob Kim Koreyaga kelmaganimga ham ancha vaqt bóldi Koreya juda ózgarib ketibdi

- albatta ózgarishlar judayam kóp keling unda qurilajak binomiz haqida bafurja suhbatlashsak

- albatta Janob Kim boshlaymiz unda

- yaxshi

- bu bino asosan toğli hududlarda barpo etiladi va bu bino uchun eng tóğri joy Koreya va men bu bino eskizini yaratish choğimda shuni angladimki bu yerda chin hayot nafasi bóladi shahar shovqinlaridan holi joy chin kóngildan dam olishni istagan insonlar uchun bazan qariyalar bazan yoshlar qurilajak bino yosh tanlamaydi va eski Koreya uslubida quriladi ósha eski yóğon taxtalar xuddi Koryo davrini eslatgandek ósha davrdagi gózallikni hozirgi vaqtda ham yaratish ilojsiz ish emas vaholangki siz ham bundan xabardorsiz eskizlarni kórib chiqqan ekansiz xósh yangi qurilish binosi qanday

- menga judayam maqul lekin nega aynan toğli hududlarda Koreyada bunday joylar juda ham kóp

- bilaman bunday joylar judayam kóp lekin aynan Koryodek emas men bu bino qurilishida shunday qilmoqchimanki chin Koryo hayotini tasvirlamoqchiman

- tushunarli

Muzokaralar olib borildi. Hamkorlar 2 tomonlama shartnomalarni imzolagach barcha muhim ishlar óz nihoyasiga yetdi. Va nihoyat bósh vaqt topilgach ikki hamkor ham yólgiz qoldi.

- seni kórmaganimga ancha vaqt bólibdi 2 yil ham kóz ochib yumgunga qadar ótib ketibdi

- albatta men ham 2 yildan keyin yana qaytaman deb óylamagan edim

- ha Xitoyda ishlar qanday men beparvo yuraveribman bu esa eskizlarni Xitoydagi memorlarga jónatib oxiri ózi ham ketibdi hozir qandaysan

- hozir mashxur bir kompaniyada memorman bu yerga kelishimdan maqsad esa bu yerda ham óz kompaniyamni ochish

- tushunarli bu judayam yaxshi asosiysi ahvoling joyida oldingi Yoongidan asar qolmabdi faqat jiddiyliging ósha ósha asosiysi óz hayotingga qaytganingdan judayam xursandman qaytib kelganing uchun rahmat

- ha men ham qaytishimni bilmagan edim biroq birdan bunday fikr tuğildi lekin men bu yerda kóp qololmayman yana Xitoyga qaytishim kerak

- tushunarli qancha vaqtga kelding

- bor yógi 2 oyga keyin yana ketaman

- tushunarli 2 oy bor ekanku hali yur menikiga ish vaqti ham tugay deb qolibdi endi qaytsak ham bóladi ótgan 2 yildan oshiq vaqt haqida ham suhbatlashamiz hech nima demay yóq bólib ketgan ósha Yoongi haqida ham

- mayli nima desang shu

- yaxshi qani ketdik

Yigitlar yól bóyi shunchaki ish haqida gaplashib kelishdi va nihoyat uyga kelishgach Yoongi uyning ancha ózgarishga uchraganini kórdi.

- Jin nima siz yolğizmisiz

- ha nimadir bóldimi

- menimcha sizning hayotingizda biri bor edi

- ha bu yodimda biri bor edi lekin ósha biri dunyolarni boshimga qulatib ketdi uni eslamaylik endi axir ancha vaqt ótdi

- nimalar sodir bóldi aytishing mumkin

- nima deyishni ham bilmayman Minari bilan 1 yila avval ajralishdik uning aytishicha biz bir birimizga tóğri kelmaymiz va men u bilan emas kóproq kompaniyam bilan ekanman unga vaqt ajratmaganman

- tushunarli

- va u bu gaplarni bir tentakni qólidan tutgan holatda aytdi lekin men xursandman mendan kóra kóproq sevgadiganini topibdi baxtli bólsin men esa qaytib uni eslamaslikka ózimga vada berdim va shu bilan hayotim keyin oğirlashdi juda yomon holatga tushdim deya olaman sababi sevganimni yóqotdim keyin asta sekin meni bu yolğizlik yutib yubormasligi uchun bor vaqtimni ishga jalb qildim bazan kechalari ham kompaniyada qoldim juda kóp vaqtim kompaniyamga ketdi va mana men hozir juda yaxshiman

- hali hammasi yaxshi bóladi Jin

- shuni ishontirib aytamanki biron nimani yóqotsang buni hech qachon yomon dema yóqotilish ortida juda kóp yaxshilikning barpolari bor ekan

- endi faylasufman degin ajoyib

- ha shunaqa endi sen ham kompaniya ochyabsan va meni tushunib qolarsan

- ha albatta hali bu faylasufona fikrlaring menga juda kerak bóladi vaholangki yóqotgan yagona inson sen emassan

- bilaman xósh endi shu haqida gaplasharmiz Sujin haqida unga indamay ketib qolding

- bilaman

- ketishinga sabab bu yerda qola olmasliging emasdi shundaymi

- ochiğini aytsam ósha kundan 3 kun ótib oyim qónğiroq qildi ahvoli yomonlashganini aytdi keyin esa zudlik bilan ketdim sizga esa buni malum qilolmadim shifoxonaga yetib borganimda esa oyim narsalarini yiğayotganiga kózim tushdi ular zudlik bilan Xitoyga ketishini va men uchun ham chipta buyurtirganini aytdi sóng biz ketdik. U yerda men eskizlarimni yuboruvchi memor bilan uchrashdim u bilan ancha ishladim órgandim va oxir oqibat ishga kirdim uning yordamchisi bólib va mana u tan olgan haqiqiy memor bóldim endi yana keldim bor yóği shu

- umid qilamanki meni soğinib yiğlamagansan

- ha menimcha rost gapirding seni soğinib ólay dedim

- hah umid qilmagandim ham sendek sovuqdan xósh uni aperatsiya bólgandan sóng kórdingmi

- Sujin mayli men ketdim

- yana biroz qolsang yaxshi bólardi Chiyul seni endigina kórgandim endigina uchrashgandik

- xafa bólma keyinroq yana uchrashamiz men qaytishim kerak yaxshi qol Sujin yóq bólib ketma hopmi qónğiroq qil doimo javob beraman

- hop yaxshi bor seni soğinaman

Sujin eshikni yopdi. Yopdiyu eshikka suyandi. Kózlarida mavjlangan yoshni artishni istardi biroq bir harakat ham unga juda kóplik qilardi. Shuncha vaqtdan buyon ovozsiz yiğlagan kózlar bugun hayqirmoqda edi. Qalbi kun sayin parchalanib tókilib borardi. Yurakdan chiqqan nido qaysidir toğni qulatishga qodir. Lekin bu nido tashqariga chiqsa hammasini yer bilan bitta qiladi.

- janob Chóy kirishga mumkinmi

- kel yangilik bormi

- menimcha ha shuncha izlanganlarim nihoyat natija berdi bu shaharning eng chekka joylari deyarli qishloq desak ham bóladi Texo ósha yerda yangi sotib olganlar bor

- tushunarli qishloq nomini yozib qoldir men keyinroq boraman hozir biznes hamkorlarim bilan uchrashuvim bor

- yaxshi men senga buni yozib qoldiraman aytgancha yóllar juda yomon lekin u yer haqida judayam kóp yaxshi xabarlar eshitdim judayam ajoyib joylar ekan suratlarini kórganimdayoq bu yer oshno qildi meni judayam ajoyib joylar bor ekan ayniqsa toğ uyingni orqasida turgandek judayam yaqin

- ajoyib iltimos yozib qoldir men ketishim kerak yaxshi qol Sunhon

- yaxshi bor Texo

Ertasi kun...

- Yoongi sen tanlagan manzil biroz uzoqlik qilar ekan mayli axir rozi bóldim endi qaytolmayman

- yaxshi

- xósh qanday dam olding eski xotiralar chulğab olmadi shundaymi

- yóq unchalik ham ishonchli emas eskilikdan va ótmishdan kechib bólganman

- qarshimda mukammallik turibdi seni doimo shunday kórmoqchiman

-2 yil avvalgi Yoongi yóq u uzoqqa ketdi shunday emasmi

- bu gaping hazil bólmadi yoki ohangi chiqmadi mayli bu mavzuni yopaylik menga chizmalarni kórsata olasanmi yana bir bor

- ishga qaytganimiz uchun rahmat Jin

- ha albatta

- Texo shoshmasangchi nega buncha shoshilasan mashinani ağdarib tashlama sen bilan ketishga hali yoshlik qilaman buncha shoshilma yólni qara judayam yomon holatda extiyot bólsangchi Texo

- 2 yil eshityabsanmi 2 yil atiga 2 yil 4 oy 3 hafta 4 kun men uni shuncha vaqt izladim men óyladim mutlaqo shu vaqtlar mobaynida uni unuta olmadim unutaman dedim lekin bu yechim emasligini tushunib yetdim endi ortiq sabr qila olmayman

- Texo bilaman bu uzoq muddat lekin ózingni qólga olsangchi buncha hovliqmasang sekin yur mashina ağdarilaman deyabdi axir Texo dedim meni ham ózingga qóshib óldirib yubormoqchimisan

- endi qayerga

- óngga shu tevarak bóylab yuraver oxiridagi uy menimcha ana kórindi

- shu uymi aniqmi

- ha shu uy hayajonlanma boraqol

- hop kórinishim

- joyida hovliqishdan hayajonga juda tez ótib qolibsanmi mayli boraqol men mashinada bólaman

- hop

Texo ertalabdan hali kun óz yoruğini kórsatmay Sunhon bilan yólga tushgandi. Shahardan naqt 2 soat uzoqlikda qolaversa qishloq yóli transport vositalari uchun emasdi. Qishloqda kecha sharros quygan yomğir tongga yaqin tóxtab yólni abgorini chiqargandi. Texo shunga qaramay ótgan kunlarni eslab mashinani tezroq haydab keldi. Sunhonning ogohlantirishlariyu gap sózlari quloğiga kirmasdi faqatgina Sujinning hozirgi holatini bilmoqchi edi. Ahvoli qanday yaxshimi tirikmi xursandmi baxtlimi hozirgi hayotidna mamnunmi soğlommi yolğizmi. Uning savollari to eshik qónğiroğini chalgunga qadar davom etdi. Lekin ilk chalingan qónğiroqdan keyin javob berildi. Eshik qulfidan shunchalar tez ochildiki eshik ortidagi inson asta kórinish berdi.

- kim

Sujinning sózi oxirigacha chiqmay qoldi. Ózini ózga inson bağrida kórganidan sóng mutlaqo karaxt bólib qoldi.

- Sujin seni topdim nihoyat topdim

- Janob Chóy

- ha men seni juda kóp izladim

- Janob qóyib yuboring

- yana biroz

- qóyib yuboring dedim

Sujin Texoni itarib uni ózidan uzoqlashtirishga harakat qilarkan Texo ham axiyri undan ajraldi. Yuzida nihoyat malum darajadagi mamnunlik bilan Sujinga qaragancha yana gapirmoqchi bóldi lekin hech nima deya olmadi. Shu kózlarni kórishga qancha oshiqdi endi shunchaki sózlashish ham ahmoqonadek

- meni qanday topdingiz Chiyul aytdimi

- izladim juda kóp izladim va nihoyat topdim Chiyulga kelsak qancha siquvga olsam ham aytmagan edi

- keting janob Chóy sizlarning hayotingizdan uzoqlashdim va meni tinch qóying

- bu bilan nima demoqchisan

- qaytib kelmang yóqsa bu yerdan ham meni topolmaysiz

- ketolmaysan bordiki shunday bólsa ham seni qayta qayta topib olaman

- maqsadingiz nima yana ósha uyingizga olib ketishmi meni hayotim hozir judayam yaxshi tinch qóying iltimos men qayta xizmat qilmayman

- kim seni xizmatkor bólasan dedi

- unda nima qilasiz meni javob bering yana singlizga óyinchoq qilib berasizmi yuzimni kuygani kam edi shundaymi endi oyoq qóllarimni sindirasizmi yoki tilimni kuydirasizmi nima qilasiz parchalanmagan shu tanam qoldi singlingizdan eshitmagan biror gapim qolib ketibdimi yetim tamğasini ham singlingizdan oldim yana nima qoldi yana qanday qasdingiz bor menda

- sen bu gaplarni qayerdan olding Sujin Yiyen ketgan un qayerga ketgani ham nomalum seni u uyga xizmatchi qilib olib borish niyyatida emasman

- janob Chóy yetarli men u yerga qaytmayman iltimos bu yerga qaytmang

- Sujin tóxta Sujin men buni uchun kelmadim

- keting dedim

- menga turmushga chiq!