May 6, 2025

Oddiy mójiza

3-qism

Mashina Manhettnning boshqa burchagida tóxtadi. Juftlik qól ushlashib uyga kirib kelishdi. Ularni kelganidan xabardor oila hovliga joy tayyorlashib qóyishgandi.

- bizning mehmonlar keldi Caramia qayerdasan

- men keldim John oh mening farzandlarim xush kelibsizlar

Salomlashuv onlari tugagach sekin asta qadrdon suhbat boshlandi

- Elis qayerda dedi Caramia xonim Ameliaga savolomuz nigoh bilan

- u boxchada oyi birozdan keyin keladi

- men nabiramni juda ham soğindim uning ahvoli yaxshimi

- albatta oyi u sizni doimo sóraydi lekin ishlarimiz bois bunga vaqtimiz bólmayabdi

- tushunaman Amelia sen bu ishlarda hattoki Luciandan ham kóp bosh qotirasan

- oyi siz meni oyimsiz uni emas

- Lucian sen ham yosh bolaga óxshab oyingini qizğanyabsanmi

- aslida dada Elis ham meni undan qizğanadi

- Elis xuddi senga óxshaydi azizim Lucien Amelia ularni 1 kunga yolğiz qoldirsang kech vaqti ikkisi bir biriga teskari bólib oladi men aniq bilaman Elisim kutishni yoqtirmaydi janob ham shunday

- buni mendan ótganini aytadi dedi Amelia hayrat bilan

- yóq azizam Amelia buni u otasidan oladi Lucien bir soniya kechiksa ham yoqtirmasdi qizi ózidan battar bólgani juda qól keldi

Órtada yengil kulgu kótarildi.

- oyi siz yaxshimisiz ahvollaringiz yaxshimi oxirgi paytlarda sizning soğligingiz haqida

- Amelia men yaxshiman bu shunchaki qon bosimi

- havo biroz issiq oyi ózingizni extiyot qiling

- albatta Amelia yozuv ishlaring qanday

- hammasi joyida men yangi kitobni boshladim

- omad tilayman dedi Caramia xonim Amelianing kitobidan iborat kichik kutubxonasini boyitishni óylab. Lucian esa ózi otasi John bilan ózaro suhbat qura boshladi. Suhbatlar avvalo daqiqarni boshdan ótkazdi. Daqiqalarga soatlar ergashib Elisning vaqti bólib qoldi. Lucian yordamchisiga qónğiroq qilib bu yerga olib kelishini aytdi. Amelia qizini mashinadan olish uchun ketdi. U ketishi bilan Lucian yoqasidan kimdir tortdiyu bu onasi ekanini unga yuzma yuz bólganda bilib nafasi ichiga tushdi.

- menga qara bola Ameliani xafa qildingmi gapir nega u horğin xósh agar uni xafa qilgudek bólsang bilib qóy seni haydab solaman

- oyi qóysangizchi qanday qilib óz sevgilimni xafa qila olaman

- yana farzand haqida gapirgan bólsang qara Elis hali yosh uni qara juda ozğin u biroz kuch tóplashi kerak sen ham homiladorlik davri haqida biroz óyla bola qanchalik oğir va vujudida seni zurriyodingni kótarishi bu oğirlik tushundingmi u biroz ózini tiklab olsin meni tushundingmi Lucian

- oyi tovba yer tagida quloğingiz bormi

- ah sen ahmoq bola uni ahvolini qara juda nimjon uni butkul sindirib qóyasanki ózi sening bólmağur xarakteringa chidayotgani yetarli yana senga óxshagan mening gózal nabiram tongdan senga nonushta tayyorlasin majmuaga shoshsin nima u senga yana homilador bólsinmi

- oyi axir men unga gapirganim yóq men ham uni bilaman kóz oldimda yuribdi xavotirlanavermang

- unga nojóya gap qilma u mening bebaho kelinim sendek noshudni odam qilgan ham shu

- yo xudo siz undan kóra uni onasi bóling

- shundoq ham shunaqa
Mening yagonam Elis bu yerga kel

Uzoqdan Elis Amelianing qólida tipirchilab boshladi. Caramia xonim Lucianni turtib turğizib yubordi. Bu turtish manosini anglab Ameliadan Elisni olgancha buvisi oldiga olib bordi.

- oyi men Elisga sharbat olib kelaman

- yaxshi xósh Elis bugun nimalar qilding

Amelia oshxonaga ketar ekan ortidan Lucian ham kirdi. Muzlatkichdan sharbatni olib stakanga quya boshladi

- azizam

- tinchlikmi sevgilim nimadir kerakmi

- negadir horğin kórinyabsan

- oyim aytdimi

- yóq lekin kelganingdan buyon qandaydir horğinsan

- bu quyosh tufayli menimcha bilaziz quyoshda kóp yurmaganim bois bu men uchun biroz xavfliroq

- unda uyda ótiramiz

- yóq oyim va dadam biz uchun hovliga joy tayyorlashgan bunday desangiz ular qanday tushunadi axir

- ularga seni soğliging muhim bundan xavotirli bólma qolaversa Elis ham quyoshda kóp yura olmaydi

- yaxshi Elis uchunligini ayting

- yaxshi sharbatni menga beraqol sen tepa qavatga chiqib biroz dam ol

- rahmat lekin bu hurmatsizlik boraqoling

- Caramia xonimning gózal kelini sizga eringiz buyruq beryabdi bajarish yoki bajarmaslik kabi variantlar bólmaydi endi bor

- Lucian

- men eshitishni istamayman

- lekin

- nima bólyabdi Lucian Amelia

- oyi men unga dam olishni aytayotgandim

- Amelia horğinsan dam ol qizim quyosh senga aks tasiri bor edi men yodimdan chiqibdi Elis sababli esladim boraqol

- lekin oyi

- kamtarina javoblar ótmaydi boraqol Lucian uni olib chiq

- hop endi yur

Amelia oshxonadan chiqqach Lucian uni ikki qóllab kótarib oldi. Amelia qancha aytmasin yotoqxonagacha uni tushirmadi. Yotoqqa yotqizgach uni ustini yupqa yopinchiq bilan órab sovutgichni yoqdi. Xonaga biroz sovuq yugurgach sekingina óchirib Amelianing peshonasidan ópib xona eshigini yopdi. Pastda hammasi avjida edi. Lucian kelib ótirgach John ham Caramia ham unga dilidagi gaplarni aytishdi

- Lucian óğlim

- eshitaman oyi dedi horğinla javob qildi

- biz otang bilan Maldivga ketyabmiz undan keyin boshqa shaharlarda kezamiz men istardimki Elis ham biz bilan bólsin Amelia biroz dam oladi

- Elis buni istasa men roziman lekin sizlarni qiynab qóymaydimi

- bobosining gavhari bizni qiynaydimi

-yóq bu gulbarg bizni qiynarmidi Elis biz bilan 1 oy bólasanmi

- ha buvijon bólaman bólaman

- ana kórdingmi biz ertaga uchib ketyabmiz shuni uchun uning narsalarini olib kel biz bilan aylanadi biroz u ham uy va boxcha kabi diqqinafaslikdan qutuladi

- yaxshi oyi men unda uyga boray Amelia uxlayabdi

- unga tegma uxlasin dam olsin 4 oy avval onasining ólimi uni qattiq stressga solib qóygandi endi biroz yaxshilansin sen ham uni olib bor

- oyi biz ham shuni reja qilayotgandik

- yaxshi endi boraqol
yagonam yuraqol sen bilan pastki qavatda óynaymiz

Lucian óz uyiga kirib borar ekan Amelianing holatida u juda qattiq óylovda edi. 2 oy stressli vaqt edi. Amelia arang stressdan qutulib birozgina yaxshilandi oldinlari kóp jilmayar va Lucian bilan juda kóp suhbat qurardi. Hozir esa aksi suhbat quriladi biroq 10 daqiqaga bormaydi holsiz va nimjonlashib bormoqda. Kóp kulmaydigan bóldi. Lucianning quyoshi uncha munchaga porlashni istamayotgandi. Lucian Elisning xonasidan kichik chamadonini olib u uchun 1 oylik kiyimlarni tahlay boshladi. Maldiv albatta issiq shu sababli yupqa va ipak matoli kiyimlardan soldi. Chamadonni yopgach uni eshik yoniga olib bordi. Amelia uchun ham qulay kiyim olishni xohlab yotoqxonaga yól oldi. Amelianing qulay kiyimlarini olgach chamadon bilan uyni tark etdi. Soat allaqachon kechki vaqtlarda chiqillab turibdi. Lucian kechki 11 lardan uyga kirib keldi. Ota onasiga chamadonni topshirgach ózi Amelianing yoniga chiqdi. Keng yotoqda ğujanak bólib uxlayotgan sevgilisini yoniga yaqinlashdi. Kóz atroflarida bemavrid kezayotgan sochlarini chetga surib quloği ortiga ótqazib qóydi. Kamondek qoshlarni kózdan kechirdi. Moviy va kulrang aralashgan xuddiki siniq billurni tóplagan kóyi kórinuvchi kózlarni yopib turgan qovoqlarga tikildi. Uzun bir tekisdagi kipriklar oğir makiyaj ham qilinmagani bois terilib turibdi. Yanoqlar óz vazifasidan chiqqaniga ancha bóldi. Ular na qizarishni istaydi va na yonishni. Qizarish ohangidan butkul voz kechgandi. Yanoqlarga qól yugurtirgan Lucian mayin silashni boshladi.

- kechir 4 oy avval yoningda bóla olmaganim uchun ósha uchrashuv uchun Londonga ketganim uchun meni mazur tut Ameliam

Qóllarini tortib olgan Lucian xonani tark etdi. Pastgi qavatdan esa tinchlik sadosi kelardi. Qarasaki Elis buvisining oyoqlariga bosh qóygancha uxlab qolgandi. John va Caramia Lucian tomon qarab turishardi.

- kelaqol ótir

- men Elisni yotqizib chiqaman

- endi uxladi bezovta qilma xósh Amelia ahvoli joyidami

- ha uxlayabdi menimcha juda qattiq charchagan oxirgi kunlarda u kitobi uchun anchagina uyqusiz tunlarni boshdan ótkazdi qolaversa Loraning ólimi u uchun stressni olib keldi hattoki Elisga ham shu holatda yaxshi qaray oldi

- Amelia tirishqoq va kamtarin rostgóy va aqlli qiz uning bu hislatlari bois uni juda yaxshi kóraman oddiy va shu bilan birga zamonaviy fikrlarga tayanuvchi

Lekin bir vaqtda bulardan voz kechib yuruvchi oğir tabiatli qiz uning oğir bosiq hislati ham juda yoqadi lekin uning onasi Lora bilan juda qalin dugona bólgandik lekin baribir u ona bola shu sababli u shunday holatda tushib qoldi. Sen ham uni yonida vaqtincha bólmaganing bois u yolğiz kurashdi. Uni hech qachon tashlab qóyma doimo yonida ból bilasan otasi bilan uning munosabati yaqin emas lekin u uchun hattoki jonini ham beradi Maykl biroq Amelia faqat onasi bağrida bólgani bois undan ajralolmasdi shu sababli ham keyin stressga tushdi

- uning holatida nimadir qila olaman kuchliman deb óylagan edim lekin kuchli psixologlar ham u bilan ishlashda katta qiyinchilikka duch kelishdi bilasiz Amelia dardini ichiga yutadi tashqi olamga tabassumi bilan boqadi u hammasini ichiga yutgan va hech kimga aytmaydi

- buni bilganim uchun ham uni yaxshi kóraman uni avaylayman extiyot qilishni istayman menga doimo mehribonlik qilgan uni eslab qolganman va bu hali hamon yodimda

- shunaqa oyi

- Lucian bizning reysimiz tonggi 4 da shu sababli biz ham tayyorlanishimiz kerak bizni elitib qóyasanmi

- ha dada elitib qóyaman men Elisni yotqizib chiqaman unda

- ha boraqol John siz narsalaringizni kecha joylamagan edingizmi

- yodimdan kótarilgandi

- ah yaxshi

Lucian Elisni kótarib Amelianing yoniga kirdi. Yotoqning narigi tomoniga Elisni yotqizdi. Ona bola uxlash vaqtida ham bir birini topadi degani shu bólsa kerak. Amelia biroz oldinga surulib Elis ortga ógirilib oldi. Va qarasaki ona bola bir birini bağrida yana xotirjamlikni aytgandek mayin nola ham qilib qóyishdi. Lucian ularga halal bermaslik uchun pastga tushib ketadi. Oshxonaga borib muzlatkichdan biror nima olib yeyishni istab yólini ósha manzil tomon burdi. Muzlatkichda doimo u yoqtirgan ikra bólganligi sabab hozir och qorniga bu yaxshi ketadi. Soat millari aylanib borib 3 ni kórsatib sekingina bong urdi. Oila allaqachon tayyorlanib bólgandi. 1 oylik sayohatga barcha narsalarini joylab endi ketish uchun kiyimlarni tanlashardi.

- Lucian uxlamadingmi

- yóq uyqim kelmadi

- Elis uchun ham kiyim olib kelding shundaymi

- barchasi chamadonda oyi

- yaxshi biroz yengilroq kiyimlar kiysa yaxshi bólgan bólardi men Elisni olib tushay

- yaxshi

Nihoyat mana ular ketadigan vaqt bóldi. Elis oyisi yotgan yotoqxonaga sekingina kirib ketishni reja qilib oila oldidan sekin ótdi. Lekin barcha nigohlar unga qaratilgani bois Caramia xonim Lucianni imladi. Qizaloği ortidan sekingina chiqayotgan Lucian oxiri qizning yotoqxona bólgan yólini bildi.
Elis oyisining sumkasidan doimiy ishlatadigan atirini oldi u uchun deb olib kelingan qoğozli xaltadan oyisining ustki kiyimini olib atirga tóyintirdi. Atirni ham ustki kóylakni ham stol ustiga qóyib oyisiga yaqinlashdi. Oyisining yuzidan va ikki yanoğidan ópgancha undan uzoqlashib boya qoldirgan narsalarni oldida ortiga qaytdi. Lucian uni bunday ishlaridan zavqlangancha kuzatsada qizaloq allaqachon oyisini soğinchini bostirish yólini qilardi. Pastki qavatda uni hamma kutib turibdi u esa sokingina tushib keldi. Aeroportga oilasini yetqazgan Lucian qizi va ota onasi bilan xayrlashib ularni keyingi manzillari bólmish Maldivga kuzatib yubordi. Kuchli charchoq birla uyqu uni endi yengishni boshladi. Amallab uyga kelgan Lucian katta divanga ózini tashlagancha uxlab qoldi.

Soat 9 ga bong urib yana jimib qoldi. Bu vaqtda ham uy tinchlik oğushida edi. Manhettnning bu qismi hatto qush sayrashi uchun ham tinchlilik qiladi shu qadar tinchki bu yerlar yoki bunga shovqin ótkazmas yuqori darajadi oynalar sababmi

Lucian erinib kózlarini ochdi. Soat millarining aylanishiga tushunmay bir muddat ularga qarab turdi. Keyingina tushundi soat 9:48 ekanini. Kózini ishqalab telefonini topdi. Elisning boxcha mudiri unga qónğiroq qilganini kórdi. Qayta qónğiroqda u barchasini aytib ogohlantirib endi órnidan turdi. Mehmonxonadan kelgan qónğiroqlarni etiborsiz qoldirib yotoqxonaga kirdi. U yerda katta yotoqda ótirgan sevgilisini kórib iliq tabassum qildi.

- sevgilim hayrli tong

- sizga ham azizim

- yaxshi dam oldingmi

- albatta juda kóp uxlabman aytgancha qolganlar qani

- ha senga aytishni unutmay ota onam va Elis 1 oyga dam olgani ketishdi ular Elisni olib ketishdi

- nima axir ular

- ular seni bezovta qilishimni ózi istashmadi shu sababli

- ular emas siz istamagansiz

- bu tóğri gapimni bólmay eshit u nima qildi bilasanmi

- hop nima qilibdi

- qizimiz seni atiringni va kiyimingni olib ketdi ketayotganda esa seni yanoqlaringdan ópdi xósh men endi farzandli bólishni istamay qoldim agar farzandimiz óğil bólsa u seni mendan qizğanadimi yóq men istamayman óz rafiqamga yaqin bóla olmayman men esa buni istamayman

- oh Lucian bizni faqatgina Elis ismli qizimiz bor xolos bunday drammatik bólmasangizchi hayolot olamingiz judayam kuchli shu sababli nimalarni óylab yurasiza qoyil qolaman bazida bu óylovlar meni miyyamga kelmaydiya

- ha men ham bazan hayratda qolyabman

- qóysangizchi

- yaxshi unda turib tayyorlan Elis sening kiyimingni olib ketdi aytgancha senga kecha kiyim olib kelgandim

- bunchalar mehribonsiza azizim

- ha men shunaqaman sevgilimga ğamxórlik qilishni istayman u buni istamasa ham

- nega istamas ekanman istayman

- unda yaxshi deya Lucian Ameliani yotoğidan kótarib olib aylantira boshladi. Amelianing shóx kulgusi xonani tóldirdi.

- bóldi Lucian boshim aylanib ketdi meni tushuring

- yóq sevishingni eshitmoqchiman azizam

- Lucian sizni sevaman bóldi endi tóxtating

- qanchalik sevasan

- juda kóp endi tushuring

- yaxshi mana tóxtatdim chindan juda nimjon bólib qolgansan qara hattoki seni bemalol kótarib turibman

- maqtanishingizni qaranggu

- yaxshi yur endi

Ular birgalikda óz uylariga qaytishdi. Birgalikda qabul qilingan dushdan keyin tayyorlanib kóchaga otlanishdi. Bugun dam olish kuniligi bois ham ular bemalol holatda hiyobonlarga va ovqatlanish joylaridan foydalanishdi. Navbat endigina restoranga kelgandi. Bir deganda atrofni muhbirlar qurshab olib ularni har tomondan suratga ola boshladilar bir tomondan mislsiz savollar yoğdirishardi. Lucian ularni yorib ótib keta olmasdek tuyuldi lekin uning shaxdam qadamlari barchasini ózgartirib yubordi. Amelia bilan bazór restoranga kirishdi. Órinlarga joylashgach Amelianing qiziqishi ustunlik qilib ijtimoiy tarmoqqa kirdi. U yerda bir deganda xabarlar tarqab bólgandi. U yerda Lucian va Amelia qól ushlashib ketayotgan on tasvirlangan edi.

- nimani bunchalik qiziqish bilan kóryabsan

- bizni suratlarimizni qarang chiroylikmi

-albatta judayam gózalsan

- mhm bilaman

- bu yaxshi nima yeymiz bu muhbirlar bazan juda asabimni buzadi

- men emas siz mashxursiz azizim

- azizam sening ering mashxur shaxs axir

- ha endi maqtanishni boshladingizmi

- unchali emaskuya lekin ha

Bugungi kun juda esda qolarli bólib ótdi. Barchasi ózgacha va ózgarmas edi. Juda yorqin hislarga ega bólgan va guvoh bólgan ushbu kun. Elis bilan ham 1 soat tinmay gaplashgan Amelia uni soğinib qolganini darrovda tushunib yetdi. Lucian uni yonida doimo bóladi va hattoki ólgunga qadar balki undan keyin ham. Sevgisi yuragida shundayin iz qoldirganki bu iz uni miyyasigacha óz tasirini ótkazgan. Caramia xonim Lucianga oila nemati haqida yoshligidan uqtirib kelgan anchagina gaplari mavjud shu sabablimi xiyonat chegarasida Lucian kórinmaydi. Ayol kishi unga bólgan mehrsiz onlardan va unga bólmagan etibordan ózgaga ketadi vaholangki bu gaplar unga yod bólib qolgan Lucian Ameliaga doimo etibor va mehr berardi. U uchun Amelia kattagina baxt va tuganmas orzular maskani kabi edi. Baxtini bir unda kórib bir unda baxtli bóldi ózgasi bunday tókis baxtni shunchaki parchalaydi. Órnini tóldirishmi yóq bu órinni faqatgina Amelia tóldira oladi undan ózgasi hattoki buni qila olmaydi ham.

Kunni tunga ulagan shirin suhbatlar oxirida shunchaki uxlash bilan tamom bóldi.