November 25, 2025

Silent Muse

3-qism

Katerin KimT ofisi qarshisida turarkan alamzada ekanligi malum. Telefonidan haydovchisini chaqirdi. U óz amakisining óğlidan ilk bor rad javobini olgani alam qildi. Mashinaga jahl bilan ótirdiyu manzilni aytib indamadi.

Janob Kim xonasida yuqori ğazabni jilovlashga harakat qilarkan xonaga qahva kótargancha yangi kotiba kirib keldi. Vaholangki u endigina ishga kirgan va bu boshliq kofedan tashqari hamma ichimlikni ichadi lekin kofeni emas va ayni vaziyat kotiba foydasiga ham hal bóla olmaydi.

- janob qahvangiz

- men ichmayman olib chiqing

- lekin buni siz uchun

- kotiba Chan men kofe ichmayman chiqib keting

Kotiba Chan xonani tark etdi va qahvani chetga qóyib ishchilar oldiga keldi. Tushlik vaqti kirib qolgani uchun hamma bemalol suhbat qurardi. Lekin hamma gaplar ayni shu yerda edi.

- kórdingizmi yordamchi Lin Katerin xonimni qanday olib chiqishganini men hayratdaman qanday qilib shunday inson katta janob Kimning singlisini farzandi bólishi mumkin hayratdaman

- albatta uni kórdingizmi juda yomon ahvolda qoldi aniq janobga u yoqmaydi
Oh kotiba Chan davramizga qóshiling marhamat

- rahmat lekin bu rostmi

- qaysi Katerin xonim janob Kimning qarindoshi ekanimi albatta bu 100% aniq ular har oy yakunidagi dam olish kunida birgalikda yiğilishadi va Katerin xonimning ijtimoiy tarmoqlarida yangi postlar paydo bóladi aytgancha sizni ogohlantirolmadim janob Kim qahvani suymaydi shuning uchun janob Kimga quvvat bóladigan choy yoki suv taklif qiling buni hech qachon unutmang

- yaxshi men buni bilib oldim

- albatta aytgancha siz boshliq rasmi tushurilgan jurnalni kórdingizmi nikoh haqida gap ketdi bu qanchalik rost

- menimcha odamlarga yangilik kerak lekin ósha uzuk yodingizdami men yangi kelgan vaqtlarim ham bu uzuk janob Kimning barmoqlarida edi jurnalistlar endi etibor berishgan menimcha

- ha agar bu rost bólsa boshliqning ózi interviyuv bergan bólardi

- xonimlar tushlik vaqti tugadi ishingizga qayting

- hop bóladi janob Hon

- yaxshi xonimlar omad kotiba Chan sizga ham

- rahmat janob Hon

Chan Insu yangi kotiba lavozimiga tayinlangan shaxs. Aslida u bu kompaniyaga shunchaki ishlash uchun kelgan edi biroq uni hali oldinda nimalar kutayotganini bilmasdi.

Yakshanba tonggi

- óğlim xush kelibsan uyga kir

- albatta oyi ózingizni ahvolingiz yaxshimi

- albatta men yaxshiman xavotirli emas Katerin kelgandi u seni mehmonxonada kutyabdi

- albatta

Taehyung Daeguga tashrifi dam olish edi asabbuzarlik emas. Mehmonxonaga kirarkan Katerinni kórib uni qarshisidan joy oldi. Katerin xuddi otishga tayyor avtomatdek soz edi. Kózlarida ajib ayyorlik lablarida keng bólmagan tavassum jilvalanib turardi. Biroq bu yaxshilikdan emasligi aniq.

- Taehyung xush kelibsan

- xush kórdik yana bir bor

- albatta ahvoling doimgidek qoyilmaqom kiyinish uslubing ham yangilik kiritibsan bu yarashibdi

- gapni aylantirma maqsadga ót

- albatta shartnoma evaziga senga uzuk bilan boğliq haqiqatni aytaman

- bunga ishonadi deb óylaysanmi Katerin

- balki senga ótmishni aytib bersam bu uzuk ózi chiqib kelar nima deysan hattoki egasini ham bilaman

- Katerin agar yolğon gapirayotgan bólsangchi

- ah Taehyung men sen bilan bir uyda yashagan edik avtohalokat kuniga qadar

- nega endi

- chunki seni oying buni istadi agar senga borini aytadigan bólsak bu sen uchun yomon tasir qilishini aytib qattiq ogohlantirgan edi qachonki xotirasi qaytsa lekin seniki umuman yóqolgandek xavotirli emas eslashga urunib kór balki ólmassan

- Katerin men sen bilan yosh bolalar óyinini óynolmayman yoki haqiqatni ayt yoki unut hammasini

- yaxshi ancha yillar avval Kimlar oilasida yagona óğil dunyoga keladi lekin undan sóng uning singlisi ham dunyoga keladi ular ajoyib va hurmatli oilalardan biri edi. Óğli ózining qóshni uydagi qizga ğoyibona oshiq edi lekin hech ham buni u qizga ayta olmasdi kunlar ótib ular maktabga chiqishdi. Kimlar oilasining óğli óqishda ilğor edi keyinchalik u ózidan 5 yosh kichik qóshni qizga óz tuyğusini izhor qila olmaydi. Biroq uning mehribonchiligi men hali hamon orzu qilaman

Yigitning mehribonchiligi shunchalik sevgiga monand ediki buni qiz tushundi va u yigitdan oldin uni yoqtirishini tan oldi. Yigit ham unga tan oldi. Biroq taqdir ularni sevgisini tan olmadi. Sevishganlar bólishiga qaramay 2 oydan sóng yigit avtohalokatga uchradi. Bu tasodifiy emasdi. Bu ikki sevishganni ayirish uchun óylab topilgan eng zór reja edi va nihoyat qiz

- Katerin!
Birdan mehmonxona eshigi yonidan Kim xonimning jahl aralash baqiriği Katerinni jim qilib qóydi. Taehyung ham ósha tomonga qararkan oyisining yuzidagi holat buni haqiqat ekanini aytib turardi. Insonlar yolğonga bunchalik reaksiya bildirmasa ham haqiqatga tub jahl bilan qarashadi.

- davom et

- Katerin balki uyinga ketarsan oying menga xabar yozgandi

- men oyimga bugun qolaman degandim

- Katerin nega bólmağur gaplarni gapiryabsan óğlim yoqtirgan mevalaringni kesdim ularni tatib kór

- hop Katerin oyi men buni bilishga haqqim bor

- yóq!
Kim xonim qattiq qarshilik bildirib Katerinni uydan olib chiqib eshikni qulfladi. Taehyung bunga ishonmagan bólsada Katerinni ertaga ofisida kutishini aytdi. Oddiy qaralayotgan bu ótmishda Kim xonimning anchagina ishlari ótgandi. Nima qilishini bilmay turmush órtoğiga qónğiroq qilib uni uyga chaqirdi. Hattoki qizi Isul ham shu yerga keldi. Baxtli oila ssenariysi ajoyib tuzildi biroq rollar juda sust va yuzaki edi. Taehyung kech vaqti yana Seulga qaytdi. Yarim tundan oğganda uyiga kirarkan bugungi haqiqat deb aytilayotgan safsatalarni óylashni boshladi. Bir muddat bularni yoddan chiqarib iliq dush qabul qilishni istadi va Kateringa yana xabar jónatdi va dushga kirib ketdi
"Ertaga 10 da ofisda ishonchli malumotlar bilan kel"

- aysh Miso ahmoq qiz bu nimasi

- Yon bas qilasanmi bularni yiğishim kerak

- nega yiğasan axir 2 soatdan keyin aeroport sen qiz kecha nima qilding

- óynadim Yon kecha dam olish kuni ham fotosessiyada edim mendan dam olishni kutma menga bu orzu

- meni kuzatib qóyish shunchalik qiyinmi Miso sen nega halittan jamadoningni tayyorlayabsan

- men haftalik rejalarim bilan tanishdim va bósh kun hattoki soat topolmadim bugun bóshligim bois shuni qilishimni tushundim

- ah boshqasi qiladi yursangchi

- meni nima qilasan ózing ketaver

- kuzatib qóyaman deb vada bergabding axir yagona dóstingni shunday qilib yaxshi kórasanmi shuni shunday yól bilan kórsatasanmi

- hop hadeb qari chollardek vaysama tushundim

13-dekabr Dushanba tongi aeroport soat 8:45

- yaxshi bor Yon

- ochiği Italiyaga ketgim yóq

- axir mashxur aktyorsan demak film uchun ketishing kerak

- umid qilamanki 1 oydan keyin kórishamiz

- umid qilma men 1 oydan keyin boshqa davlatga uchib ketaman

- bu ish bóyicha bóladimi

- balki endi mashinamdan tush seniki u yerda turibdi qani ketaqol

- yaxshi dóstim kórishguncha meni eslab tur

- kórishguncha

Miso Yonni entertainment mashinasiga yaqin joyda tóxtatib uni tushirib ózi yana uyiga qaytdi. Uyiga kirishi bilan telefon qónğiroği keldi

- eshitaman Yunji

- xonim bugungi kun uchun boshqa rejalar paydo bóldi jurnal muqovalari uchun

- tushunarli

- 20 daqiqada yetib boramiz xonim

- yaxshi Yunji kelishing mumkin

- hop xonim

Miso ming dashnomlar aytib kiyimini ózgartirib mashina kelishini kuta boshladi. Mashina kelgach manzil tomon ketishdi. Manzil uzoqlik qilardi

- Yunji qayerga ketyabmiz

- Miso fotosessiya órmon ichida olinadi shu sababli

- Yunji men dam olishim kerak

- shu hafta Miso xonim axir bu hafta juda kóp ishlar bor yulduzlar olami kutib turmaydi axir

- albatta lekin judayam charchadim bazida bu ishni tashlab baletga qaytsammikin deb óylab qolaman

- Miso xonim baletda oyoqlaringiz shikastlanadi modellik esa unchalik qiyin emas mashxur jurnallar muqovasida sizni rasmingiz bóladi bu ajoyib emasmi hozirda hattoki filmlar uchun ham talabgor sifatida qaralayotgan model hamda balerinasiz

- bular jonimga tegdi bemalol sayr qila olmayman oddiy odam bólishni istayman oddiy shaxs

- xonim nolimang axir bu hayotda yashaydiganlar ham juda kóp yaxshisi sizni bugun ajoyib va ğaroyib massajga yozdiraman nima deysiz men ajoyib joyni bilaman u yerda shaxsni mutlaqo farqi yóq shunchaki pulni tólash va rohatlanish uncha tanilmagan bólsada mashxurlar ósha yerda hordiq chiqaradi men ham bir paytlar mashxurlar uchun ósha yerga borganman

- yaxshi Yunji yaxshi yetib keldikmi bu yól buncha uzoq

- deyarli xonim muyulishga yetdik marhamat sizga studiya xonim keldik

Miso mashinadan tushishi bilan makiyaj ustalari uni furgonga olib ketishdi. Bu yerda bir emas bir nechta modellar bor edi qolaversa Yongsa ham shu yerda edi. Miso tayyorlanib chiqqach Yongsa manzaradan uzoqlashib óz órnini Misoga bóshatib berdi.

- xush kelibsiz Li xonim

- xush kórdik janob Oh

- ajoyibsiz yana bir rasm xonim eshitishim bóyicha siz yana baletga qaytishingiz mumkin ekan

- unchalik emas janob Oh lekin qaytishim mumkin

- ajoyib modelsiz talabgorlar bisyor

- bazan chiroqlardan ham odam charchaydi

- qoyilman sizga porloq yulduz biroq juda beğubor
Rahmat Li xonim keyingisi Yongsa xonim biroz belingizni buka olasizmi yaxshi ajoyib qoyilmaqom

- janob Oh

- eshitaman Li xonim biror muammo bormi

- u yer nega berk

- ha xonim u yer KimT ning shaxsiy yer mulki u yerga ruxsat yóq xonim

- tushunarli lekin adashmasam bu yerga 4 oy avval kelganimda tósiq yóq edi

- ha bu yerlarni mashxur biznessmen Kim sotib olgan aytishlaricha u tabiat bağrida yurishni yoqtirar ekan juda katta hududni sotib olgan edi

- tushunarli ishingizga omad janob Oh

- rahmat xonim

Suratga olish ishlari nihoyat yakunlanib hamma birin ketin tarqala boshladi. Yunji va Miso esa ósha massaj uchun ketishdi. Yunji ózi ham shu yerda massaj olishini yól bóyi aytib kelib Misoni zeriktirmadi. Ular nihoyat yetib kelishdi va maxsus xonalarga kirishdi. Massaj jonni rohatidek Misoning kun davomidagi charchoqlari bir deganda chiqib ketdi. Mirqib massaj olar ekan yana kimdir kelib yotib oldi. Miso unchalik etibor bermagan bólsada birdan tanish ovoz yangradi. Bu ovoz unga juda yaxshi tanish hattoki oradan ancha yil ótgan bólsa ham unutmagandi. Birdan Misoning rangi óchib ketdi. Endi yuz uchun massajga kelganda Miso ming qórquv bilan yuz ógirdi va ósha shaxs unga ismi bilan murojaat etganda yuragi tovonida urgandek bóldi.

- Miso qanday kutilmagan uchrashuv men seni bu yerda kóraman deb óylamagan edim yoki sen ham har dushanba kuni bu yerga kelasanmi men har dushanba kelaman bu yerdagilar ajoyib ular shunchaki mójiza Miso nega gapirmaysan meni tanimadingmi axir men Katerinman

- t.tanidim Katerin xonim ahvolingiz qanday men bu yerga ilk bora kelishim

- ajoyib xósh ózingchi mashxur yulduz Miso judayam havasim keladi senga

- nima uchun Katerin

- shunday yulduzsan ajoyib insonsan bir deganda hammani kónglini erita olasan faqat bir insondan ózga

- Katerin balki bu haqida

- men Taehyunga hammasini aytib berdim

Birdan Miso órnidan turdi qórquv va hayrat tóla yuzi bilan Kateringa qaradi va massaj hodimlariga ularni 15 daqiqaga tinch qóyishini aytdi.

- nimalar qildim dedingiz

- Miso men hammasini aytdim Taehyunga hammasini endi yashirinib yurishing shart emas

- Katerin aqldan ozganmisiz bu nima qilganingiz axir unga ótmishni eslatish ólim bilan bir xil agar u buni eslashga harakat qilsa miyyasi

- ah Miso bu safsataga qachongacha ishonasan Li Miso bu ancha yil avval edi endi hammasi ózgargan bu nima deganing Taehyungni mana necha yildirki sevasan hech kim bilan ishqiy munosabatda emasliging ham ósha esi past yigit sababli buni bilmaydi deb óylasang adashasan senga yaxshilik qildim bilasanmi buni men isbotlashim juda qiyin bóldi sevgiling ishonishni istamadi biroq men rasmlar bilan ishontirdim

- nima r.rasmlar q.qanday r.rasmlar bu yoshlik haqidagi iltimos Katerin faqat bular sizda ham borligini aytmang Katerin yolvoraman bu rasmlarni u kórishi mumkin emas u bularni kórishi Katerin nimalar qilib qóydingiz bu axir aqlbovar qilmas ish Kim xonim

- bilaman ózingni qólga ol Miso