Confidental love
_men buni bilaman endi nonushta qilamiz sóng men uyga ketaman yóqsa Jimin meni aniq haydab yuboradi
_havotirlanma axir 1 haftadan keyin tóyimiz bóladi va senga hech kim bu uyga kelishinga tósqinlik qila olmaydi
_tóydan keyin bu uydan seni chiqishing qiyin bóladi
_nahotki kim meni chiqarmaydi xósh
_yaxshi yaxshi endi tur nonushtani ham sovutasan
Namjoon xonani tark etgach Suzi kulib dushga kirib ketdi. Dushdan chiqqach pastki qavatga tushdi. Allaqachon yoqimli hid mavjud edi. U mehmonxonaga kirib óz órnini egalladi. Namjoon ham shu yerda edi. Ular birgalikda nonushta qilishar ekan Suzi gap boshladi
_nima deb óylaysiz Jimin Yunani xafa qilmadimi
_uni kózidagi ğazabni aniq kórdim bunga ishonchli emasman qolaversa endi menimcha sen ular haqida emas ózing haqingda óylashing kerak
_aysh siz bas qiling men shunchaki qiziqdim siz tóxtang nega jiddiy bólib oldingiz xósh
_hech narsa shunchaki Jimin va Yunaga qayğurishing meni asabiylashtiradi 1 haftadan keyin seni hattoki ularni hayol qilish uchun ham vaqting bólmasligini kafolatlayman
_yaxshi gapirmadim nonushta qiling
_men ham sevaman mening arazchi va rashkchi sevgilim Namjoon
Ular nonushtadan sóng kiyinib kompaniyaga ketishdi. Namjoon Suzini qo'yib yuborishni istamay o'zi bilan kompaniyasiga olib keldi. Namjoonning kompaniyasi ham yetarlicha katta va etiborga sazovor kompaniya. U yerda ham óz aurasiga ega bu yigit Jiminning aniq nusxasi edi. Namjoon avvalo qiz tomon eshikni ochdi. Suzi bilan Namjoon qól ushlashib kompaniyaga kirib kelishdi. Ularning nikohi haqida kópchilik xabardor. Suzi va Namjoon liftga chiqishdi. Suzi telefonini olib kovlashni boshladi. Namjoon esa uning har bir tekis harakatini kuzatib turardi. Nihoyat lift eshiklari ochilib ular Namjoonning xonasiga kirishdi.
_men siz bilan ishlasam bóladimi
_bu muammosiz qanday lavozim istaysan xonang qayerda bólishi
_men boshqa yerda ishlamoqchiman men aynan deya qiz Namjonning ótirgan órniga yaqinlashdida yigitning quchoğiga ótirib tixirlik qilishni boshladi. Ularning bu harakati xuddi yosh bolalardek edi. Sababi hali hamon qiz yosh bola. Ishtiyoqlardan holi va shunchaki pok holdagi sevgi.
_ehh attang nahotki mendek qizni xafa qila olsangiz qarang menda mungli kózlar bor
_senga qancha qaramay baribir tóymayman deya qizni bağriga tortdi. Yigit qiz yuzining har yeridan ópib chiqdi. Lablaridan qisqa bósa olib bóyin qismiga ótib yana yuziga ópichlar qoldirdi. Ceo xonasidan baxtli qizning mayin kulishlar yangrab turardi.
_yetarli men ishdan bóshayman mening boshliğim meni erim ekani meni noqulay qiladi
_men seni ishga olaman yaxshigina maoshga nima deysan
_meni har doimgi ópichlar bilan siylaysan
_nikoh guvohnomasiga imzo qóyibmanki Kim xonim menda ajralmas qismga aylandi meni ismim bilan chaqiring Suzi
_sizni tuzatib bólmaydi janob Kim endi men ish joyimga boraman axir ishga kirdim aytgancha men oldindan maosh olaman va men kunlik maosh olishni istayman axir juda ham qiyin ishni qilyabman meni qancha harakatlarim ketadi xósh janob Kim bunga qandaysiz
_menimcha chindan ishdan bóshatganim yaxshi
_yaxshi men seni kun tartibing bilan tanishtirishim kerak
_ertalab meni aynan shu xonada kutib olasan va cheksiz ópichlar bilan tushlikni va kechki ovqatni doimo birga qilamiz men menimcha juda yaxshi boshliqman
_aysh siz buni eplay olasizmi men yomon xodimman
_yaxshi Namjoon men endi uyga borishim zarur bu ishga men 1 haftadan keyin kelsam bóladimi
_albatta u vaqtda men seni bu xonaga olib kiraman
_yaxshi Namjoon yaxshi qoling va kotibalardan uzoq yuring bilasiz meni ishonchlilarim bor
_sen ham yaxshi bor yólda extiyot ból
_yaxshi men etiborli bólaman sizni sevaman
Eshik yopilgach Namjoon kulib qóydi
Asta kózlarini ochgan qiz birgina ózi uxlayotgan ulkan yotoqni kórdi. U deyarli sevgilisining tomonini tóliq egallab uxlardi. Qiz sochlarini tóğirladi lekin malham sababli uning bóyin qismida qolgan sochlarini keskin harakat bilan teginib ketdi. Qiz oğriqni his qildiyu yana oddiy holatga qaytdi. Oynaga yaqinlashib biroz qólini tekkizdi. Baribir oğriq bor. Qiz malhamni qóliga biroz surtib uni bóyin qismiga asta tekkizib surta boshladi. Shu payt dush eshiklari ochildi. Doimiy uy kiyimida chiqib kelgan yigit kózgu oldidagi qizni belidan quchib uning oynadagi aksiga qaradi.
_yaxshi faqat extiyot bóling juda achishyabdi
Yigit ishini tugatib qizni yanoğiga mitti ópich qoldirib unga jilmaydi. Qiz ham unga jilmayib u ham dushga kirdi.
_yóq bu boshqa deya yigit qizni lablariga tashlandi. Va bir necha daqiqadan sóng yuvinish xonasini tark etdi. Qiz dush qabul qilgach u ham kiyinib pastki qavatga tushdi.
_Yuna mening muhim majlisim bor unga yetib borishim kerak Dahe xonim uning nonushtasini órab bering
_Jimin ketishingiz mumkin men haydovchi bilan boraman xavotirlanmang
_ózim olib borib qóyaman Dahe xonimdan nonushtani olib tezroq chiq deya qizdan qisqa bósa olib tashqariga chiqdi. Odatiy Rolls Royce yoki Bugatti balki oddiy Audi mashinasi emasdi bu safar qora Benz edi. Yuna mashinani oldi órindiğiga ótirib oldi. Bugun nonushtaga burger tayyorlangandi. Yuna bir tishlam ózi uchun bólsa keyingi tishlamni Jimin tomon olib bordi. Hattoki shugina kichik ish ham asli muhabbat va qayğurish hissi emasmidi. Jimin burgerga qarab biroz oğzini ochdi. Yuna unga yaqinlashtirgach Jimin undan tishlab yeya boshladi. Jimin kóp yemadi sababi Yuna ochiqib qolishini istamadi. Universitet binosi oldida tóxtagan mashinadan doimgi inson kórinish berdi.
_tushlikda qaytaman extiyot ból
_sizga ham omad va extiyotkor bóling
Mashina tez orada kózdan yóqoldi. Yuna biroz oğirlikni his qilib darsga kirib ketdi. Yaqinda qishki tatil va u allaqachon kursni tamomlaydi. Yuna darslarini tugatib universitet binosidan chiqdi. Biroq uni kutadigan mashina bu yerda emasdi. Yuna telefonini olib qónğiroq qildi. Birozdan sóng unga qayta kiruvchi qónğiroq bóldi
_Yuna bugun ishlarim kópayib ketdi 20 daqiqada yetib boraman
_Jimin ishlaringizdan chalğimang men taksida ketaman
_tushunarli omad tilayman ózingizni toliqtirib qóymang
_sizni yaxshi kóraman deya qiz darhol telefonni óchirdi. Yuzidagi bu uyalishlikka moyil tabassum qizni ancha yoqimtoy kórsatadi. Qiz 10 daqiqadan sóng kelgan haydovchi mashinasiga ótirib uyga qaytdi.
Telefon óchishidan oldin aytilgan eng birinchi izhor. Jimin butun boshli majlisda kula olmaydi u rafiqasining izhorini bu holatda eshita olmasdi. Lekin vaziyat taqozosi juda yomon holatni tanladi. Majlisda 10 daqiqa tanaffus elon qilindi. Jimin majlisni tark etib xonasiga bordi. 30 daqiqa avval qónğiroq qilgan rafiqasiga qayta qónğiroq qildi. Bu tomonda esa uni qónğiroğini kutayotgan ikkinchi qalb.
_shunchaki qayta ayt qayta eshitishni istayman
_bu izhorga albatta javob qaytaraman biroq hozir ishdaman
Jimin telefonni óchirib yóqotilmagan aurasi bilan xonani tark etib majlislar xonasiga bordi. Bu vaqtda Heyin Moliya bólimidagi ğiybatchi dugonalari bilan ayni paytda yana bir mavzuni muhokama qilishardi.
_men bilmagandim nikoh shartnomasi chindan ularda yóq
_qóysangizchi xósh Heyin harakatlaringiz qanday
_yóq u yoqib yuborilgan kitobdek men allaqachon yengilaman men tuyğularimni allaqachon iznidan chiqqan
_sen shunchalik harakat qilyabsan balki u bir kun buni payqaydi axir rafiqasi sababli u doimo ishdan kech ketadi buni tunggi xizmatchi aytdi
_siz omadsiz emassiz notóğri odamni sevgansiz
_men nega uni sevib qolaman bunga ózi aybdor inson bu darajada mukammal gózalikka ega bólishi mumkin emas men chindan omadsizman u allaqachon oilali erkak men bólsam unga osilib olgan yengiltakman
_xavotirlanmang lekin siz emas unga oshiq bólganlar ham uni etiborini istashadi biroq ularni ham yengiltak deysizmi
_aysh men yaqinda aqldan ozaman bu qanday holat bóldi men óz boshliğini sevib qolgan yomon xodim
_u hozir majlisda sizlar buni eshitdingizmi Hejin sizning kotibangiz u Ceo xonasini taqillatdi va ichkaridan javob bólmagach muhim hujjatlar ichkariga olib kirdi natijada uning oq tanasini kórgan
_siz meni dushmanimmisiz men buni tóxtatishim kerak axir
_buni qóysangizchi unda allaqachon ulkan tana mavjud uning kubiksimon presslari haqida tólib gapirdi nahotki shunday mukammal inson aysh bu rafiqasida omad mavjud
_yaxshi men sizlarni tinch qóyaman yóqsa men yomon hayollarim bilan bólaman hayrli kun men ketdim
_bizdan kórs siz yaqinsiz shu sababli harakatni keskinlating
Heyin sevgisiga lanatlar aytib liftga chiqdi. Kotibaning yordamchisi bólish unga qimmatga tushdi. Ózining órniga yaqinlashar ekan Kotiba Hejin kórinmasdi. Heyin órniga ótirib bir qancha tahrirlash hujjatlarini kórib chiqa boshladi. Yana lift eshiklari ovozi keldi.
_ular menimcha pastki qavatda biror muammo bormi
_xonamga kechagi shartnoma hujjatlarini olib kiring
Heyin hujjatlarni kótargancha nafs izmiga ótib xonaga yól oldi. Eshikni taqillatib ichkariga kirdi. Ceo stoliga yaqinlashib hujjatlarni qóydi.
_Chan xonim moliya bólimi boshliği Yon Sunani chaqiring oxirgi 1 oy hisobot bilan
_hop janob Park sizga boshqa narsalar kerak emasmi
Eshik yopildi. Jimin hayollarini allaqachon jamlab olgan lekin shu payt eshik taqilladi. Bir zumda shu yerda bólgan moliya bólimi boshliği xonaga kirishidan avval uning ótkir atir hidi taraldi. Bu oddiy atir xididan mutlaqo farqli edi. Bu ishtiyoqni qózğatuvchi atir edi. Suna xonim ham bu oshiqlik safining eng yuqori órinlarida edi. Jimin atir iforini bir muddat tuydi. Suna xonimning ğarazli niyyati nafs qurboni ekanligini isbotlab turibdi. Lekin Jimin oddiy inson emas. Hisobotlarni stol ustiga joylagan Suna xonim noz karashmani davomli harakatini boshladi. Doimgidek yigitni boshini aylantirish uchun u har qanday ishni qiladi. Ğarazli niyyati eng boshidan mavjudligi sir emasdi.
_chiqishingiz mumkin Yon xonim
_men ularni ózim tekshira olaman moliya bólimini boshliği sifatida xodimlaringizga etiborli bóling sónggi haftada xodimlaringizni ketma ket qilgan xatolari tufayli kompanoya yaqinda katta qarzni paydo qilar edi
_meni mazur tuting janob Park bunday xodimlarni ishdan bóshataman va yangilarini olaman darhol bu holat qaytarilmaydi
_yaxshi endi ketishingiz mumkin
_Yon xonim men boshqa tilda gapirmadim shekilli
_mazur tuting janob Park deya Suna xonim sharmandali holatda xonani tark etdi. Jimin esa yana ishida davom etdi. U kuchli va nazoratli boshliq. U bu paytgacha bir qancha iforlarni tuygan. Unda bular uchun aslo qiziqsh uyğonmaydi. U faqat bir insonga qiziqish va muhabbat bilan boqadi.
Kech tushdi. Jimin xonasidan chiqar ekan bugun ishi kópayib ketganini bildi. Bir nechta qónğiroqlar sababli. Jimin xonasidan chiqib liftga yaqinlashdi u yerdagi soyani ham kórdi.
_Chan xonim ish vaqti allaqachon tugagan edi
_ha janob Park menda tugallanmagan hujjatlar bor edi shu sababli marhamat
_tushunarli
Ular liftda pastga tusha boshladilar. Jiminga keyingi qónğiroq amalga oshirildi. Jimin kichik vibratsiyadan sóng telefonini kótardi.
_Jimin qayerdasiz soat allaqachon jud kech
_men 20 daqiqada uyda bólaman bugun ishlarim kóp edi
_ózingizni qiynamang tezroq keling Suzi ham uyda
Lift eshiklari tepasidagi qora mitti ekranda qavatlar soni qizil rangda kórsatilardi. Lift endigina 20-qavatga tushgandi. Asta sekinlik bilan lift ham pastki qavatga tushdi. Ikkisi ham liftdan chiqishdi. Heyin aftobus bekatiga ketdi. Jimin esa uni kutayotgan mashinaga. 20 daqiqaga qolmay uy eshiklari taqilladi. Yuna eshikni borib ochdi.
_ha uning tóyiga 6 kun vaqt qoldi unda ancha kamchiliklar mavjud
_tushunarli bu ishlarda unga yordam ber
_va siz men uchun universitet darsligimni hal etasizmi
_albatta bu muhim emas xavotirlanma
_rahmat yuraqoling u mehmonxonada aytgancha Namjoon ham shu yerda siz bilan gaplashib olmoqchi menimcha
_hech qanday muammo yóq senga boshqa ish bilan kelgan edim Suzi sen oshxonaga bora olasanmi
_xósh endi gapiring nima bóldi
_u yana oyoq ostida qoladi bu politsiya meni yetarlicha ğazablantiradi
_Han Sohyokni nazarda tutdingizmi
_u yana laychalarini ovga chiqaribdi bu qanday politsiya xodimi qandaydir qora doriga aloqadir kompaniya
_bu nima degan gap u qayerda bunday hujjatlarga kózi tushgan bu haqida men malumot olaman va ósha politsiyani unvonidan ozod etilishiga ishonchli bólaman tóyingiz yaxshi ótadi
_Bu Sohyok nima istashi óylantiradi har tomonlama qonunan ish yuritish ham xato edimi
_Namjoon xavotirli bólmang men bu muammoni tóyga qadar hal qilaman
_bu uchun sizni bezovta qilganimdan chuqur hijolatdaman chunki politsiya allaqachon meni kompaniyamda va hujjatlar shartnoma hamkorlik ular barcha qoğozni tekshiruv uchun olib ketishdi
_bu ahmoq politsiya men buni uzoği 2 kunda aniqlayman siz óz ishingizni davom ettiring
_yaxshi Jin haqida eshitdingizmi Jimin
_u haqida hali hech qanday xabar yóq
_u Misrga ketdi bugun tushlikdan sóng
_aytishicha muhim hamkorlik uni Misrga chorlabdi bu inson sizdan ham kuchli va boy lekin u endi bizness hamkorlarini ancha uzoqdan qidirmoqda
_u bu ishda eng ilğori meni ham yólda qoldira oladi
_tan olding ana endi men ketishim kerak
_Suziga bu haqida aytishni keragi yóq
_Jimin rahmat men ayni paytda sizning yordamingizga muhtojman mening har qanday harakatim kuzatuv ostida yóqsa men bu ishlarni óz bóynimga olaman
_xijolat chekmang bu ishlarda doimo mavjud bólganmiz bu xavotirli emas ketishingiz mumkin
Uy deyarli jim jit. Oshxonada esa qandaydir ovozlar eshitiladi. Suzi va Yuna suhbatlashib bir nimalar qilishardi. Jimin ular yoniga yaqinlashib stolga ótirdi.
_Jimin hammasi joyidami Namjoon ketdimi
_kesatishni bas qil unda hammasi yaxshi shundaymi
_uni qutqarishim kerakligini aytdi u sendek pul qadrini bilmaydigan qiz bilan yashashni istamasligini va tóyni bekor qilishi haqida óylashini aytdi
_sen ahmoq bola yolğon gapiryabsan u bunday qilmaydi
_Jimin unga bunday hazil qilmang u buni kótara olmaydi
_yaxshi yaxshi u hech nima demadi bu kompaniya ishlari bilan boğliq lekin u aniq tóy haqida óylanmoqda deya Jimin órnidan turib Yunani yoniga keldi. Yuna tovaga joylayotgan issiq kechki ovqatga butun etiborini qaratgandi. Jimin yoniga yaqinlashganda esa unga bir bólak berdi.
_Suzi Jimin yolğon gapirdi uni mendan kóra siz yaxshi bilasiz bu qanday araz bóldi yana
_bu qadar ishonch ha sen odam bólmaysan Suzi
_senda esa insoniylik mavjud emas aqldan ozgan telba
Suzi oshxonadan chiqib ketdi. Jimin esa Yunani ishlarini kuzatar ekan unga yaqinlashib belidan quchoqladi. Yuna shunchaki ishini davom ettirar edi.
_xósh bugun qanday ish bilan band edingiz
_bu moliya bólimiga tegishli muammo ular uquvsiz xodim
_asabiylashmang ularni unuting siz uchun sharbat tayyorladim u muzlatkichda
_yaxshi lekin hozir juda ham ochman