Oddiy mo'jiza
Lift kelgach sekingina eshik Amelia uchun ochildi. Amelia ivhkariga kirib uyoq buyoqqa qaradi. Hech kim hozirda liftdan foydalanishni istamas ekan u eng yuqori qavatni bosib eshiklar yopilishini kuta boshladi. Butun boshli 35 qavatli mehmonxona va eng sónggi qavat Lucian xonasiniki. 9 daqiqada ósha qavatga lift ochildi. Bu yer doimgidek tinchlik. Kotiba va shu kabi masul xodimlarning xonalari joylashgandi. Va karidorning eng oxirida oynavand eshik Lucian Blackwell xonasi. Amelia xonaga yaqinlashib kotiba órniga kózi tushdi hech kim yóq. Sekin eshik tomon yónalib eshikni 3 bora taqillatdi. U bostirib kirish kabi ahmoqona ishlardan yiroqda edi. Ichkaridan kiring degan jarangdor ovoz yangradi. Amelia eshikni sekin ochib ichkariga bosh suqib javob sóradi
- kirsam bóladimi janob Blackwell
Lucian sevgilisining ovozidan hujjatlardan boshini kótarib eshik oldiga nigohini qadadi. U yerda unga jilmayib turgan rafiqasini kórib órnidan turdi.
- nega doim taqillatasan kirishing mumkin Ameliam
Amelia xonaga kirib uni xona markazida kutayotgan erining bağriga bordi. Bir birini bağriga olgan juftlik biroz jim turishdi
- men boshqa odamlar singari emasman
- buni bilaman Ameliam xósh yana piyoda sayr qildingmi
- albatta bu soğlom yurishim uchun foydali sizga ham buni tavsiya qilaman
- rahmat bu tavsiyaga amal qilishga harakat qilaman qayrega bording
- kutubxonaga Anna xonim oldiga ilk bólim uchun uning fikri zarurligi bois
- bunday emas mendan ham zórlari bor xósh nega chaqirgan edingiz
- ha bu endi yodimga tushdi meni aqlimni óğirlashda senga yetadigani yóq
- yaxshi yaxshi sevgilim xullas bugun kichik ochilish marosimi bólib ótadi bundan men ham hzoirgina xabar topdim shu sababli bugun Elisni ham olib boramiz
- bu hamkorim bilan 5 yildan buyon birga ishlayabmiz u ózining yangi mehmonxonasini ochilishini ótkazmowda va bugun kelganimda xabar topdim va bu taklifnoma unda Blacwell oilasi taklif etilgan
- Amelia bilasanmi men sen uchun bir nima qilmoqchiman yodingdami men uysiz yozuvchilarni bilaman deganding
- sen uchun ushbu yozuvchilar uchun kichik joy yani nima desam ekan mening sóz boyligim biznesimga yaxshi ishlaydi lejin bu sevgi tóla kózlarga emas
- sizni deyarli tushundim Lucian bundan xursandman lekin ularning kóp qismi erkak kishi
Xonada Amelianing baralla kulgusi yangradi
- siz yozuvchilar uyini tashkil qilmoqchi ekansiz buni tushundim nega erkaklar kóp deganimda xavotirlisiz Lucian men shunchaki hazillashdim keling buning órniga menga uning xarajat mablağini bera qoling
- bilasizmi Lucian kóplab yozuvchilar óz uylarida ilhom parilarini topishadi men ularni shunchaki yozuvchilar uyida mavjud emas dedim ular shunday kitoblar yozishadi biroq muharrirga buni berishmaydi men esa ularni taniyman va ularni kitoblarini bazan Anna xonimga yetkazganman shu sababli ham ularga bu haqida juda kóp bora aytganman ular bundan mustasno men allaqachon kontrakt tuzganman
- obbo tezkor xonimey men syurpriz qilaman desam hammasini tayyorlab qóygan ekansanda hah mayli nima qilishim mumkin sen uchun xósh
- Lucian menda hammasi yetarli men moliyaviy tomondan yetarlicha taminlanganman hattoki mehrga ham tóyinyabman hammasi menda juda yetarli holatda lekin bazm uchun kiyimlarga emas
- albatta yozuvchi rafiqam bazm liboslariga nisbatan biroz tóyimsizroq
-albatta men bir martalik kiyim olmayman bilasiz
- albatta xósh ózing yaxshimisan
- menku yaxshiman lekin Lucian men bir narsani judayam xohlayman
- bazm ótgach keling biror bir yerga aylanish uchun boraylik
- shu xolosmi albatta olib boraman lekin bazmdan sóng ota onam biz bilan kórishmoqchi edi bu yodingda tóğrimi
- yaxshi bundan xabarim bor ertaga unda Elis bilan boramizertaga ishlaringizni tezroq yakunlang
- tushlikka borishimizni xabar qilib qóying bu ham yodingizdan chiqmasin
- yaxshi endi Ameliam balki biz yana bir farzand uchun harakat qilarmiz
- nima farzand oh Lucian nega meni chaqirganingiz endi malum
- Elis yaqinda 6 ga kiradi uni yolğiz ósishini istamayman men ham yolğiz farzandligim bois bu qanday ekanligini bilaman
- ha siz bu haqida juda yaxshi bilasiz Lucian yaxshi
- seni doimo va ózgacha sevaman
Qandaydir kompaniga mehmonxona xullas biznes aligarxlari yiğilgan har xil atirlar ifori bir biriga qorishib chidab bólmas bosh oğriğini kelgirib chiqarishi tayin. Ayollarni bóynini bezabgina qolmay bilaklar barmoqlar quloqlar va hattoki oyoq tópiqlariga taqilgan tilla taqinchoqlar ular uchun kórgazma bólayotgandek. Allambalo ochiq sochiq kiyingan ayollarning atir ifori chidab bólmas darajada va feromoni kuchlidek. Har qanday erkak ayollar yonida aylanishi bu atir iforidan kelib chiquvchi qaramlikdir. Amelia atrofni sukinatda kuzatib bu yerlar bu manzilgoh va bu labi davralar uning sokin tinch va sodda hauotiga juda katta burulish va travma ekanini tushunib yetayotgandi. Ataylab oila chaqirilgani bois yosh bolajonlar uchun mehmonxona ortida bolalar maydonchasi tashkil etilgan. Bolalar uchun masul shaxslar bisyor. Lucian esa qandaydir hamkorlari bilanligi bois nmbir necha daqiqaga rafiqasini kóngli bólmay 5 qadam narida unga kóz tashlab turardi.
Amelia yonidan ótayotgan afitsantni tóxtatib undan olchali sharbat sóradi. Afitsant bosh silkigancha yaqin atrofsagi stoldan shunday sharbatni olib keldi. Amelia sharbatni qabul qilib iliqqina rahmat aytib sharbatni lablari orasiga qistirib sekin qultumlab ichdi. 2 qultum yetarli bóldi shekilli bozik oppoq qóllarida qadahni tutib turardi. Uning oddiy va kózga uncha tashlanmaydigan libosi hammasini nazariga tushib bólgandi. Uning oq ramgdagi tórlardan va biroz toshlardan iborat bólgan uzun kóylagi yenglari beozor va oddiy tórlardan iborat bólib nikoh uzugi kichik va olmos ziragi yoyilgan sochlar va nozik bóyniga joylashgan kóylak va yuz tuzilizhiga mos tushgan marvarid uslubisdagi taqinchoq bilan oq poshnali tuflida shunchaki chekkada ham etiborni óziga qaratib turardi. Besabr nigohlar uni taqib qilaverib Amelia nigohini Lucianga qaratdi. Lucian undan kóz uzolmay bir ketin qarab turar uni sevishidan ham rashki kuchli erkak bu yerdagi kuzatuvlarni allaqachon sezgandi. Nihoyat tugagan bu suhbatdan galstugini biroz tortgancha sevgilisini yoniga qaytgan Lucian uning nozik belidan qólini aylantirib oldi.
- bazmda toliqish aniq senchi poshnalar qiynamayabdimi
- unchalik emas qachob ketamiz
- yana sabr qil endigina boshlandi
- yaxshi unda keling hozir ovqatlar tortiladi taomlanamiz
- albatta ochiği bugun ishda ham charchagan edim
- yuzingiz aytib turibdi deya Amelia uning qiyshaygan galstugini tóğirlab qóydi. Lucian unga tikilib tirarkan birozdan keyin yaqinlashib yanoqlariga lablarini bosdi
- bu mehrdan erib ketsam kerak
Shunday damni beliga tepib janob Carlin yaniki mehmonxona boshliği ularni yoniga óz rafiqasi bilan keldi. Rafiqasi kórinishidan Ameliani mensimagandek kórinardi. Buni oshkora yuz ifodasidan bilsa bólardi.
- oh bu mening rafiqam Amelia Blackwell
- tanishganimdan xursandman xonim bu mening rafiqam Joanna Carlin
- tanishganimda xursandman Carlin xonim
Amelia uzatgan qóllar havoda muallaq qolib ketdi. Lekin bu vaziyatdan u mutlaqo bezovta bólmadi aksincha u qólini tortib olib jimgina keyingi harakatlarni kuzatdi
- azizim bu sening ósha hamkoringmi dedi Joanna gapni boshqa joyga burish uchun oli qochib
- ha bu senga doimo aytadigan ósha Blackwell Lucian
-tanishganimdan xursandman deya Joanna qól uzatdi biroq uning qóli endi muallaq qoldi.
- Janob Carlin men rafiqamga bólgan hurmatsizlik haqida unutaman va siz ham buni unuting dedi Lucian mavzuni butunlay yopib
- Lucian mazur tuting lekin bu Joanna kechirim sóra
- nima menmi meni mazur tut sevgilim lekin men bunday qilmayman
Janob Carlin Joannaga ğazab bilan olayib qarar ekan Joanna bulardan mustasno jim edi. Amelia bu jimlikni boisini sezib ózi gapga aralashdi
- avvalmbor meni mazur tuting men bunday bazmlarda bólmaganim bois valki dress kodni bilmagandirman men bunday bazmlarni xushlamayman har xil brend kiyimlar modalar namoyishi nechadir million tiradigan taqinchoqlar maqtanadigan brend atirlarning maqtovi bóladi joyga kelaman deb óylamagan edim men bu ochilishda bir insonning oğir mehnati va keyingi poğonalarda shunchaki uning ğalabasini qóllab quvvatlash uchun keldik deb bildim va men buni unutdim Carlin xonim mening odma kiyimlarim sizni etiboringizga loyiqmasdir buni tushunaman va hurmat qilaman
- Blackwell xonim aslida siz mening ayolimni mazur tuting uni bunday qilmishi uchun men sizdan kechirim sórayman
- nima sen bu oddiydan kechirim sóraysanmi dedi Joanna qarshisida kim turganini bilmay ğazab bilan Carlinga olayib qarab
- Joanna xonim men rafiqamni xafa qildirib qóymayman shunday ekan tilingizni yiğishtirib oling sizdek molu davlatga mejr qóygan róyolarni ushalishini kutmay buyruqlarga kómilgan chirkin hayotingizda faqat sizdeklar yashasin sizning bu kórligingiz kun kelib butunlay sizni yóq qiladi janob Carlin sizning kechirimingizni qabul qilarmiz lekin endi biz ketishimiz kerak mazur tuting
Lucian Amelianing qóllaridan tutgancha bazmni tark etishdi
- sen bilan bazmdan keyin suhbatlashaman Joanna dedi Carlin jahli bilan. Joanna bu jahlga etiborsiz bóldida bashang kiyingan xonimlarga shoshdi.
Lucian qizini bolalar maydonchasidan olib chiqqancha mashinaga ótirdi.
- men tóğri qildim Ameliam seni hech kim bunday oddiyliging uchun haqoratlashiga qaramayman
- Lucian baribir mendan ham ayb ótgandi men ham tilimni tiyishim kerak edi
- sendan xato ótmadim Ameliam sen ular kabi emassan men seni oddiyliging bilan sevaman
Mashina harakatlanar ekan Elis uxlab qolganiga 5 daqiqa ótdi. Lucian yaqin atrofdagi kafe oldida tóxtadi. Amelia unga tushunmay qarar ekan Lucian bu qiziqish nigohlariga qarab gap boshladi
- xósh nima yeymiz baribir ovqatlana olmadik
- men tovuqli burger va gazli ichimli istayman sizchi
- pitsa yeyishni istayabman yaxshi hozir olib chiqaman
- yana nimadir kerak bólsa ayt
30 daqiqada qaytgan Lucian qólida markali qoğoz paketlar mavjud edi. Mashinaga hammasini joylashtirgan Lucian yana óz órnini egalladi. Soat millari kechki 11 ni kórsatib turardi. Lucian mashinani ochiq parkka tóxtatib ehikni ochdi. Amelia tomondagi eshikni ham ochib qizi ustiga óz kastyumini tashlab qóydi. Ikkisi ochiq va yulduzli osmon ostida biri burger chaynalsa biri pitsaning chóziluvchan sirining tamini his qilib tortib turardi.
- mazalimi sóradi Lucian burgerni ishtaha bilan yeyotgan Ameliaga qarab
- mazali tatib kóring deb Amelia qólidagi burgerni Lucianga uzatdi. Bir tishlamda yarim qilgan burgerni chaynab undagi chindan mazani his qilib boshini silkidi. Burger tugab pitsaga ótishdi. Gazlangan ichimliklar oxirlandi muzqaymoqlar faqatgina yarmigacha istemol qilingach biroz ochiq havoda qolishni istashdi. Lucian yukxonadan 36 ólchamli oddiy shippakni olib Ameliaga yaqinlashdi. Bir oyoğiga tayanib uni oyoqlaridagi poshnalardan xalos qildi. Shippaklarni kiydirib poshnalarni ósha herda qoldirdi. Amelia shippaklarda anchagina qulayliklarni his qilib ózini Lucianni bağriga intildi. Juftlik tólin oyga termulgancha jim turishardi. Bir birining ritmini shundoq ham his qilib turar iliqlik tanalar aro kezardi.
- nega sotib olmading
Dab durustdan Lucian chiqqan savolga Amelia kulib yubordi
- men keyin esladim menda oq kóylak bor ekanini va hech ham kiymaganimni
- tushunarli lekin ranjimadingmi
- Lucian men oddiyligimdan ranjiganmanmi qolaversa men ham uni bopladim shundaymi
- oh uni qizargan yuzi hamon esimda kulguli
Ularning suhbatlari juda gózal tarzda davom etdi. Birozdan keyin yana mashinaga ótirib uylariga yól oldi. Mashina kóp qavatli uy oldida tóxtadi. Lucian qizini kótargancha liftga kirishdi. Amelia biroz toliqqani bois Lucianga suyanib qolgandi. Boshi bilan ham unga mejr kórsatgan Lucian uni juda qattiq sevardi har kun har tong umuman boshqacha va ózgacha oshiq bólguvchi shaxs. Hech kim uni bunday oddiy insonga oshiq bóladi deb óylamagandi.
Tongning zarriq nurlari bulutlarga tasir ótkazib yerga iliqligini sochdi. Erta tongdan sayrab charchamagan qushlar ovozi yopiq oynalardan birozgina eshitilib turardi. Mayin esayotgan shaboda ham iliqlikni yanada erkin his qilishga yordam berardi. Tunning zulmatidan keyin keluvchi zarrin va issiq nurlar doimo yoqimli bólgan.
Bir birini bağriga kirib olgancha uxlayotgan juftlik sekin asta uyğona boshladi
- uyquga tóymadingmi deyman mayli dam ol men Elisni ózim boxchaga olib boraman
Yanoğida peshonasida va yuzi bóylab ópichlar joylagan Lucian chuqur nafas olgancha tonggi energiyani olib oshxonaga bordi. Yuz qólini yuvgancha fartuk taqib muzlatkichga yaqinlashdi. Muzlatkichdan avakado banan mandarin apelsin kivi kabi mevalarni olib stolga.yoydi yana muzlatkichga qaytib yogurt va sutni oldi. Shkaflardan birini ochib u yerda yorma mahsulotini oldi. Bugun tonggi retsepda yorma va mevalar edi. Shu bois ham bugungi nonushta juda oson. Gazga sut tóla idishni qóyib sóng yormani solib biroz aralashtirib qóydi. Mevalarni yuvib tóğragach idishga tartib bilan terib chiqdi. Bu vaqtda yorma ham pishib ulgurgandi. Maxsus silikon idishga yormani solgach mevalarni terib chiqdi. Stolga uni qóygach yogurt sut va bananni olib blenerga joyladi. Birozdan keyin kokteyl paydo bólgach qulupnayli stakanga qóyib kapalakli chóp soldida qizini oldiga bordi. Elis kecha tunda vaqtli uxlagani bois bugun anchagina kayfiyati choğ uyğondi. Qizini yuvintirib bólgach birga kiyim tanlashdi. Bugungi kunda ular pushti yoqimli keng shim va oq futbolka bóldi. Oyowlariga esa oq krasfkachani tanlab eshik yoniga qóyishdi. Nonushtada ota bola mirqib vaqt ótkazgach Elisni eshik tagida tóxtatdi. Oppoqqina oyoq kiyimini kiygan Elis otasiga savol nazari bilan qaradi
- albatta gulim hozir deya Lucian qizining sochlarini tarab yiğishtirib qóydi.
- Jack Elisni boxchaga olib bora olasanmi
- ha janob men yaqin atrofdaman
- yaxshi biz seni kutib turamiz
Lucian qizini qóllaridan tutgancha pastga olib tushdi. Jack ularni kutar ekan xayrlashib boxchaga yól olishdi. Uyiga qaytgan Lucian yotoqxonaga qaradi. Amelia hali ham uxlardi. Yana oshxonaga qaytib romantik nonushta uchun tayyorlandi. Oq atirgul kichik xushbóy sham olchali sharbat sariyoğ va tost avakado mevalar jamlanmasi qulupnayli yogurt va shirinlik. Patnisga bir tekisda joylagach uni yotoqxonaga olib kirib qóydi. Ameliani yoniga borib sekin uni uyğotdi
- sevgilim uyğon nonushtang seni kutib qoldi
Ikkisi birgalikda quvonibgina nonushta qilishdi. Soat 10 dan oğganda ular buyurtmalar ilovasiga kirib bir nimalar buyurtma qilishdi. Uzoği 1 soatda yetib kelgan buyurtmalarni alohida yorliqli qoğoz xaltalarga joylab olishdi. Amelia va Lucian ham birgalikda bu ishlarni qilishdi. Hash pash deguncha soat millari aylanib tushlikka yaqinlashib qoldi. Ikkisi ham kiyinish xonalariga ravona bólishdi
(Xohlaselar kunlik looklarini ham qóyib boraman. Lekin har kunlik looklarini qóyishni endi yoqtiryabman sizlarga qanaqa bilmadim)