Oddiy mójiza
Lucian Amelianing yuqi qolgan lablariga shóx kulib qaradi. Amelia ham shu damda Lucianga nigohi tushib tushunmagan nigoh tashladi.
- nimadir bóldimi nega kulyabsiz
- lablaring chetida shkalad yuqi qolibdi
Lucian Amelianing har bir harakatini kuzatib jim turar. Uni qanchalar buyuk sevishini har onda anglayotgandi. Ularning shuncha vaqtdan buyon birgaligi kichik tortishuvlar va bazan janjallar ularni ayira olmadi. Kóp insonlar ularni ajrashishlari uchun harakat qilishgandi biroq bunday bólmadi. Ularning sevgilar barchasini asrab qoldi. Kim ham 23 yoshda turmushga chiqib baxtli bóladi kelajakda mahmadona qizi bóladi deb Amelianing. Lucian Amelia uchun olib borgan kurashlarini eslab kulib qóyishi albatta chindan kulguli holatlar mavjlanadi hayolotda...
Basketbol yarim finaldan keyin 2 hafta ótib universitet...
- Lucian nega buncha asabiysan ahvoling chatoq
- Mayk seni sevgan qizing bor edi yodingda bólsa
- ehh Lucian menda 3 tasi bor kimni aytyabsan
- senda kórgazma mavjud anavu ilk kundagi qiz
- ha esladim Lina edi ismi xósh nima qilibdi
- sen u bilan tez til topishgansan va uchrashuvga taklif qilgansan
- yaqin kunlarda uning tuğilgan kuni shu bois unga sovğa bermoqchiman
- mana bu boshqa gap janob Blackwell xósh u nimalarni yoqtiradi bilasanmi buni gulmi yoki suviner
- u gerberalarni yaxshi kóradi u uchun kichik narsalar ham baxt
- eh oshiq-u beqaror janoblari doimgi uchrashadigan joyingga bor gerberalarni unutma shunchaki unga ózi yoqtirgan lekin muhtoj ham bólgan narsasini ber shunda u xursand bóladi
- u nimani xohlaydi otasi tadbirkor unda hech nimaga muhtojlik yóq
- ahmoqsan Lucian qiz bola boy bólsa ham unga nimadir yetmaydi tushundingmi endi yóqol sen ahmoqqa avvalo Xudo aql bersin bu óqish uchun emas hozirgi vaqtlar uchun tónka
- Mayk qayerga ketyabsan hoy tóxtasangchi
- yur oshxonaga ósha uerda bafurja gaplashamiz qolaversa meni hozir qornim och seni muammoying esa och qornimga muammo bólyabdi
Lucian va Mayk oshxonaga kirib borishar ekan ularning jamoalari ularni kutib olishdi. Uning tópga tushirgan ballari hali hamon oğizda qolgandi.
- xósh yigitlar bizda muammo bizda yirik muammo qiz bola gerberalarni yoqtirsa nima bóladi
- gerbera u sevgini yaxshi bilmasada bunga muhtoj bólishi mumkin men gerberalarni turlarini bilaman har biri rangi bilan ajratiladi va ularning alohida manolari mavjud
- gerberalar agarda ulardan 6 donasini sevgilinga sovğa qilsang bu uni sevishingni bildiradi aynan qanday ranglar ekanligi muhim emas agar u chundan gerberalar ishqibozi bólsa demak u buni manosini biladi xósh Lucian
- yaxshi tan olaman bu muammo meniki edi
- ah axir biz dóstlaringmiz bizdan yashirma axir barchamix sevgi degan óyinda óynab kórganmiz axir shunday ekan Lucian bulardan xavotirli bólma yordam kerak bólsa ayt tamom
- aytgancha eshitishimcha Oliver yana kollejga boribdi sizlarda barchasi tinchlikmi
- ha nega buni sórayabsan bu qiz mutlaqo tinchimas ekanda
- seniki ham anoyilardan xavotirlanma
Yigitlar órtasida yengil kulgu kótarildi. Lekin kimdir baribir havotirlangan yurak bilan qoldi.
- aytganlarimni eshitding va amal qilasan
- qilmasamchi dedi Miya qatiyat bilan
- qilasan aynan shuni qilasan opangni rayiga qarshi chiqmaysan shundaymi dedi Kristina manoli nigohlar bilan Miyani óyib olgidek ohangda
- uni hiyobonga borishiga yól qóyma bugun uni muyulishdagi kóchaga olib kelasan qolganini ózim hal qilaman
- Kris axir hammasi hal bóldi nega aralashasan
- Miya bu sening muammoying emas ishni bajar yoki bu haqida barchaga aytaman biz haqimizda bilishlarini istamasang aytganimni qilaqol
Kristina xavotirsiz va bemalolgina yólida davom etarkan uning bir paytlardagi beğubor sevgisi yodiga tushdi. Axir u ham ózidan ózi yomon insonga aylanib qolmaydi. Bir paytlar tuğilgan eng gózal tuyğular hozirgi aksida juda yomon ahvolda. Bir paytlar puch yonğoqqa tóldirilgan orzular bor edi. Shunchaki Krisning hayolida. Qancha marta nechadir bora rad etilish uni ham jonidan ótdi. Unga bu qadar qilishlari axir sevish sevib qolish ayb emasku. Aslida eng yomon tuyğu ham sevgi unga birla seva olsayu sevila olmasa qadrli bóla olmasa dunyoni kózlar tor kóradi. Krisning ham tuyğulari ayni eng yomon qismida. U endi na sevishni va na sevilishni istaydi. Astrofidagi shuncha shaxslar uni bir bora qosh qoqishiga zor u esa ózgasiga. Hayotning achchiq haqiqatiga kóz yummay desa ham bólmaydigandek. Taqdirni ózgartirish óz qólingda kabi frazalarda u eng nónoq shoira. Ózi uchun alohida qoidasi bilan yashovchi Kris ilk kundan qoidalarga tupurib qóygan.
Muyulishdagi kóchadan ham ótuvchi kichik talabalar topiladi lekin ayni keraklisi emas. Kris bir nechta dugonalari bilan Miya va Ameliani kutishar ekan hech ham ulardan darak bólmadi. Kris ularni ğazabnok holatda kutar bu tomondan qizlar Miyaga qónğiroq qilardi. Miya ham battar qilgandek telefon qónğiroqlarni etiborsiz qoldirib ketardi. Nihoyat kutilgan soniyalar yaqinlashib kech tusha boshladi. Krisning ğazabi qózib taksida uyiga qaytdi. Kirar kirmas Miyani kórdiyu sochini changalladi.
- nima qilyabsan qóyib yubor Kris
- men senga nima degan edim men bilan óynashmoqchimisan
- bu yerda nimalar bólyabdi Kris Miya deya Salli xonim yani Krisning ógay onasi katta mehmonxonaga kirib keldi. Avzoyi buzuq qizlarini kórgach ham ulardan bu sóroqlarni javobsiz qoldirishlarini istamadi. Javob olguvchi nigohini Krisga qadar ekan endi u ham tang ahvolda qolgandi.
- oyi men unga haligi unga muyulishdagi kiyim dókoniga borishimni aytgandim lekin bora olmadim opamni shunga jahli chiqqan qarang nechi bóldi soat ogohlantirib qóya olmagandim shunga deya Miya holatni nazorat ostiga oldi. Salli xonim deyarli ishongan edi albatta kim ham ózi qiziga ishonmaydi. Kris Miyaga yovqarash qilib turar ekan Salli xonim yana gapirishni boshladi.
- yetar Kris men uni zudlik bilan uyga chaqirgan edim senga qónğiroq qildim lekin javob bermading otangning ahvoli oğirlashib qolgani bois senga juda kóp qónğiroq qildim keyin Miyaga u darhol javob berdi.
Krisning miyyasida góyoki bomba portlatilgandek bóldi. Dunyosi bir deganda ostun ustun bólib ketdi. Onasidan keyin yagona suyanchiği otasi janob Oliver bor edi. Kris jağini jağiga qóyib ógay onasiga yuzlandi
- shahar shifoxonasida yaxshi ham kelding endi ketayotgan edik Miya bilan
- sen bilan bafurja keyin gaplashamiz.
Kris hozirda bir narsani istardi. Tezroq otasini kórishni. Otasi qiziga nisbatan juda mehribon lekin Kris hadeb ham ochilavermaydi shu sabablimi ular órtasida kórinmas juda kichik devor mavjud. Katta shifoxonaga kirib kelishar ekan Caramia xonim eshikka yaqinlashayotganini kórishdi.
- Blackwell xonim deya Kris unga peshvoz chiqdi. Caramia xonim bu oilani endigina taniy boshlaganlardan emasdi. Har holda kim ham óğlining univeridagi dóstlarini taniy olmasa
- ohh Oliver xonim salom qizlar ahvollaringiz qanday
- janob Oliverning ahvoli mótadil hozircha lekin umid qilamiz ahvoli normallashishiga
- dadamni ahvoli yaxshimi deya órtaga Kris tushdi. Krisning otasi haqida qayğurishi yaxshi kórinadi lekin Miya otasi uchun xuddi Kris kabi qayğura olmasdi. Sababi u kichik farzand va kam etiborlangan ham edi.
- Kristina havotirlanma hali otang oyoqqa turadi shunchaki unga hozir tinchlik kerak hozir sizlarni kiritmaydi shu sababli ortga qaytinglar
- 3 kundan sóng biz shunga umid qilyabmiz 3 kunda ahvoli yana normallashsa albatta yoniga kirishingizga ruxsat beraman
Kristina va Miya uyga qaytishar ekan oyisini gaplari mutlaqo eshitilmasdi. Salli xonim uberda ham tinmay qizlariga tanbeh berib ketayotgandi. Lekin ikkisida ham hayolot olamida sayrlar ózgacha biri tan olinmagan lekin sevilgan biroq sevilmagan sevgisiga kuysa biri vijdonini azobini tinchlantira olmay halak edi.
- eshitdingizmi ikkimgiz ham dedi Salli xonim asabiylashib ortga qaradi. Ikkisi ham eshitmayotganini anglagan Salli indamay qóya qoldi. Sallining ham ahvoli tang u ham erining bunday holatini kótara olmaydi lekin taqdirning kutilmagan onlari mavjud edida. Ular uyga kirishgach Kris hech kimga va hech nimaga qaramay xonasiga kirib ketdi. Miya esa oyisiga xayrli tun tilab xonasiga ketdi. Salli oshxonada biroz ótirib keyin u ham xonasiga ravona bóldi...
Eshik taqillab kotiba kirishga izn sórab qoldi.
- janob muhbirlar shu yerda interviyuv uchun kelishdi
- buni unutgandim kirishlari mumkin
Kotiba eshikni sekingina yopib qóydi. Lucian órnidan turib Ameliaga qaradi. Xuddi u qaragandek
- bazm vaqti bilgandim va yodimdan kótarilibdi
- hechqisi yóq bu unchalik ham qórqinchili emas
- ha kel bu yerga endi bu qulupnay tamli lablaringda shkalat yuqini olib tashlay deya salfetkani qóliga oldi. Mehr bilan artib qóyib yanoğiga ópich joylab kreslodan joy olishdi. Hademay xonaga muhbirlar va yana bir nechta kamerachilar kirib kelishdi.
- hayrli kun janob Blackwell va Blackwell xonim men muhbir Jorjina Denlin American Newsdan
- unday bólsa hozir tóğridan tóğri jonli efirga chiqamiz sababi sizning vaqtingizga bizning sonimiz tóğr kelmay qoldi vaqt esa ayamay ótdi bu xato boshqa takrorlanmaydi savollar esa onlayn yuboriladi
- yaxshi bu senga noqulay emasmi Lucian Ameliaga qarata savol berdi
- yóq chegaradan ótmasa bólgani
- tushunmadim muhbir qiz ğalati nigoh tashladi
- u aytmoqchiki bazo savollarni nazarda tutyabdi u hayotini ochib berishni istamaydi shu sababli
- yaxshi Blackwell xonim men bu turdagi savollarni etiborsiz qoldiraman xavotirli emas unaqada 10 daqiqadan keyin boshlaymiz marhamat mikrofonlarni taqishingiz mumkin men ungacha sizlar uchun taqribiy savollarni aytib ótaman
Lucian va Ameliaga mikrofonlar tutqazildi. Lucian uni kastyumining yoqasiga taqib oldi. Amelia ham. Ular taqribiy savollarni eshitib 10 daqiqani ótkazishdi. Mana va nihoyat ular efirga chiqishdi. Salomlashish va kunlik bólmağur hazillardan keyin savollarga ótishdi. Bir necha soniya va bir xil savollar ypğila boshladi. Jorjina bir xil savollarni kórib ilk savolni órtga tashladi.
- janob Blackwell bu siz uchun yóllangan savol Blackwell xonimni ilk bora qachon va qayerda uchratgansiz shu haqida biroz aytib ótsangiz
- biz u bilan qóshni bólganmiz va u bilan dóstlik rishtalarimiz ham bólgan
- demak dóstlik sevgiga aylanibdida
- aslida uni ilk kórganimdaylq yoqtirib qolganman boshida albatta har xil tuyğular aldaydi lekin bu vaqtlar ótsa hamki ózgarmadi va 6 yildan sóng tan oldim uni sevishimni
- bu qanday bólganini ham ayta olasizmi Blackwell xonim
- albatta u basketboll jamoasining lideri edi va yarim final óyinida tan olgan
- demak janob Blackwell yoshligida ham mashxur bólgan yaxshi unda keyingi savolga ótsam hozirda Elis ismli qizingiz borligi haqida bilamiz va bu haqida ijtimoiy tarmoqlarga joylanib borilayotgan rasmlardan bilamiz Elis oilada kimni kóproq yaxshi kóradi yoki qizğanadi
- u ikkimizni ham yaxshi kóradi qush qaysi qanort bilan yaxshi ucha oladi óng yoki chap qushga ikki qanot ham kerak u ikkimizni ham cheksiz sevadi lekin istisno qilgan tarzda u Lucianni doimo qizğanadi
- aytgancha Blackwell xonim javobingiz uchun rahmat eshitishimizga qaraganda yangi kitob haqida bosh qotiryotgan ekansiz bu haqida tóxtalib óta olasizmi har safar Blackwell xonimdan tragedik kriminal detektiv janrdagi kitoblarni qabul qilamiz ular chinakkam ajoyib inson his tuyğulari haqida chuqur va teran óylangan holatda yozilgan bu safarchi bu safarda qanday janr sizni qiziqtiryabdi yaniki yangilik sifatida boshqa janrlarchi
- albatta bu safargi janr biroz boshqacharoq lekin hozirdan bu haqida donği chiqara olmayman bu qiziqarli bólishi uchun ham biroz kutilishi kerak menimcha
- tushunarli javobingiz uchun rahmat janob Blackwell hzoirda sizning yangi loyihangiz yani kruiz haqida nima deya olasiz
- kruiz albatta endi dengizga ham yónalishlar mavjud va hozirda shu borada hamkorlar bilan hujjat imzolash bilan bandmiz kruiz bu dengiz va okeaniyani sevuchi insonlar uchun yana bir taklif. Kópchilikning fikricha qolgan kruizlar unchalik yaxshi emasligini takidlashadi. Bir qarasa xizmat kórsatish bir qarasa xona xizmati lekin bular har bir boshliq uchun etiborli ishlar chunki insonlar doimo komfort holatni istaydi Blackwell kruiz esa bu komfortni yaratadi albatta har bir detalgacha alohida etiborli bólinadi
- demak aytishingiz bóyicha yaqinda kruiz ishga tushiriladi
- aniq emas demayman lekin albatta yaqin kunlarda kruiz dengizga tushiriladi
- tabriklayman janob Blakwell endilikda bir xillikdagi kóp kelayotgan savollarga yana qaytsak janob Blackwell qachondir Blackwell xonim bilan
janjallashgan holatingiz bólganmi
Lucian bu savolga hech óylanmadi va shunchaki normal holatda javob berdi.
- mebincha har bur baxtli juftliklar hayotida janjal bólgan lekin men yana qayta ayta olaman u hammasini tushunadi sabrli va qanoatli biz shuncha yillik hayotimiz mobaynida biron marta janjallashmaganmiz albatta turmush qurmasimizdan avval undan sóng doimo hamfikr bólganmiz
- judayam baxtli oilasiz umid qilamiz oxirigacha shunday baxtli hayotda yashashingizni
Judyaam bir xil savollar kóp mazur tutasizlar
- Blalckwell xonim bu safar sizga savol beraman va bu kitobingiz haqida kóplab insonlar uni qisam syujetini aytishingizni iltimos qilyabdi
- xósh buni oldinroq aytishni istamayotgandim lekin yaxshi hmm men bu kitobdagi syujetni o'z hayotimdan oldim yaniki bu yerda men óz hayotimni yozaman
- nahotki bu kutilmagan burulish bólganga óxshaydi qoyil qoldim Blackwell xonim unday bólsa tezroq bu kitob ustida ishlang va yakunlang bu kitobni biz kutamiz intiqlik bilan