November 26, 2025

Silent Muse

5-qism

Miso kech bólishiga qaramay ósha davlatga chipta sotib oldi va Yunjiga qónğiroq qilib 1 haftalik rejalarni bekor qilishini aytib telefonni óchirdi. Órnidan turib chamadonini yiğishni boshladi. U yerning hozirgi kundagi ob havosi iliq bólgani uchun darhol kiyimlarini saralab chamadonini yiğdi. Barchasini taxt qilib uyini tozaladi. Tongga yaqin ishlarini tugatdi. Tongda nonushtani qildiyu aeroportga ketdi. Afsus u juda erta yólga chiqdi. Aeroportgacha 1 soatlik yólni ham qiyinchiliksiz bosib ótdi. Aeroportga kirib kelarkan hech kim uni model ekanini bilmasdi. Miso biroz aylanish uchun atrofdagi dókonlarga kirdi aylandi va sónggida ayollar xonasoga kirdi. Makiyajini yangilab endi chiqmoqchi bólganda kimdir uni burniga rómolcha bosdi. Shu onda uning kózlari yumildi va zulmatga shónğidi

Efirda Koreya yangiliklari mashxur model hamda balet ustasi Li Miso yóqolib qoldi. U tongda aeroportga kelgan tasvirlari rasmiy saytlarga joylashtirildi biroq undan sóng uni reysi usiz uchib ketgan. Li xonimning yóqolganiga 24 soat tólib bóldi. Umid qilamizki Li xonim albatta topiladi uni kórganlar pastdagi raqamlar bilan boğlaning hayrli kun keyingi yangiliklarga ótamiz

Telefon va televizorlarda tinimsiz Li Miso haqidagi xabarlar juda katta tezlikda tarqala boshladi. Buni hattoki Yon ham eshitti. Kim oilasi bundan xursand bóldi Katerin biroz xavotirlandi lekin u albatta tagiga yetishga harakat qilishni óyladi. Rasmiy saytlar Misoning yóqolgani haqida turli xabarlarni qayta qayta chiqarishardi. Uning muhlislari Misoni topilishini istar hattoki bazilar uni qidirib kóchalarga chiqqan rasmlarni saytlarda ulashgan edi.

Miso tilidan

Kózimni ochdim. Lekin hech nimani kórmadim xona qoronğu va issiq. Oynadan tushayotgan xira yoruğlik u ham qor uyumi sababli xira edi. Lekin xona issiq va yumshoq órindaman qayerdaligim nomalum shoshma reysim Yon chipta chamadonim shoshma men qayerdaman men oxirgi marta ayollar xonasiga kirdim keyin keyin ósha kimsa meni meni yóq shoshma kiyimlarim

Miso shosha pisha yopinchiqni oldi va kiyimlari joyida ekanini kórib biroz ózini bosib oldi. Qattiq qórquvdan qóllari muz kabi bólib qolgandi xona issiq bólsada bu tasir etmasdi. Miso atrofga qararkan yolğiz emasligini kórdi. Qarshisida rasmlar suratlar bor edi. Miso órnidan turib suratlar yaqiniga keldi. U yerda mutlaqo notanish rasmlar bor edi. Miso xona eshigini topolmasdi lekin shu dam ortidan tanish ovoz keldi

- s.siz

- ha men qochib keta olaman deb óyladingmi

- l.lekin bu nimasi bu nima qilganingiz men ketishim kerak edi baribir qaytar edim keyingi hafta men moda haftaligida qatnashishim kerak bu nimasi axir

- menga ham seni shunday holatda kórish yoqimli emas

- unda nega bu yerdaman tinchgina keta olmayman ham

- Miso men barchasini eslaganimdagina seni qóyib yuboraman

- barchasini eslasangiz meni qóyib yubormaysiz buni bilaman yolğon gapirishni tóxtating

- albatta aslida men aperatsiyadan keyin ancha ózgarganman boshida Katerin gapiga ishonmadim lekin sendagi rasmlar chin haqiqat ekan uyingga ham bordim ósha uzuk seni barmoqlaringda men taqib yurganimda sen nega taqib yurmaysan

- Taehyung meni qórqityabsiz

- yóq yóq qórqma men shunchaki hammasini eslamoqchiman seni óğirlamadim lekin ketishingni ham istamadim

- Taehyung men ketishim kerak mayli hammasiga kónaman lekin men

- hammasiga kónasanmi Miso men bularga ishonmayman

- faqat bu yerda qolmayman agar bu yerdan ketsam hamma aytganingizni qilaman mendan xavotir olishadi tushuning ishim karyeram bular hazil ish emas Taehyung iltimos

- chindan shu gapinga ishonamanmi

- vada beraman men bu yerdan qórqaman men qoronğu va yopiq joylardan qórqaman Taehyung buni eslay olmasligingizni bilaman lekin chiqishim kerak Taehyung

- yaxshi men nima desam shuni qilasan deya Taehyung uni qandaydir surat ortidagi eshikdan olib chiqdi. Keng va yoruğlik tóğri tushgan oynavand xonaga keldi. Bu ósha berk zona edi. KimT boshliği sotib olgan yashil zona yopiq órmon.

- unda sen uyga qaytasan óz uyinga qolganini sen bilan keyin suhbatlashaman

Yangiliklarda mashhur model topilgani haqida hamma yerda gapirildi. Bir haftalik qattiq mehnat va keyingi manzil modalar kórgazmasi edi. Miso kechki vaqtlarda chamadonini yiğishni boshlagan allaqachon bir nechta kiyimlarini solgan edi. Shu dam eshik qónğiroği chalindi. Miso yana uh tortgancha bu kim ekanligini tahmin qilib ulgurgan edi. Biroq u eshikni ochganida qarshisida mutlaqo ózga insonni kórdi.

- Miso

- Yon nahotki keldingmi

- hoy hoy yiğlama men shu yerdaman qani ichkariga kiramiz men keldim xavotirlanma xósh nima bóldi 2 kun qayerda eding nimalar yuz berdi

- Yon u hammasini bilmoqchi hattoki meni óğirlab ketdi

- Miso bu nima deganing axir uni xotirasi qaytishi

- bu yolğon ekan Kim xonimning yolğoni u ataylab meni Taehyungdan ayirish uchun qilgan ekan

- tushunarli demak endi u qaytadi

- lekin bu uchun men óz tinchligimdan voz kechaman

- Miso bu nimasi axir men kórgan edim óshanda nikoh uzugini

- men ham kórgan edim lekin bu uzuk ósha sen bilan sotib olgan uzugimiz ekan u hattoki uyimdan bu uzukni ham topgan Yon juda yomon holatdaman Kim xonim menga qónğiroq qilyabdi biroq bu qónğiroqlarga javob berolmayman u aynan men sababli oilasidan ketgan

- Miso bu nimasi xotirasi qaytgan bólishi mumkinmi

- yóq Yon bunday bólmaydi yodingda yóqmi axir doktr qancha eslashga harakat qilmasin baribir hech nimani eslay olmaydi degan lekin bilmadim hammasi chalkash hammasi men ham bilmayabman

- Miso bóldi hozir u qayerda

- bilmayman lekin men uni oldida soniya qadar qolishni istamayman Yon menga uy topa olasanmi hech kim bilmasin bu yerlarni men yóq bólsam hech kim aziyat chekmaydi

- Miso nimalar qilyabsan axir hop men bir uyni bilaman lekin u yerda aloqa vositalari ishlamaydi hatto tarmoqdan foydalanib bólmaydi

- bir muddat ósha yerda bólaman hammasi tinchlangach bu yerdagi uyimga qaytmayman boshqa uyga kóchib ótaman

- tushunarli ertaga birgalikda uchamiz shundaymi meni judayam qórqitding

- men ham judayam qórqdim Yon

- hop men ósha uyni kóraman qachon ketmoqchisan

- tez orada hech kim bilmasligi kerak men biroz tatil olaman va ketaman

- yaxshi tushundim endi men ketishim kerak suratga olish hali yakuniga yetmagan yana qaytishim kerak

- rahmat Yon menga keyinroq manzilini yubor

- yaxshi Miso unda kórishguncha

- yaxshi

Miso chamadonini yopgach issiq qahva ichdi. Ertaga tongda uchib ketadi reys vaqti juda ham erta shu sababli uxlamaslikka harakat qildi. Nihoyat kutilgan vaqt kelganda Miso chamadonini olgancha maxsus mashinaga joylashdi.

- Miso xonim nega birdan bunday qarorga keldingiz

- Yunji qarorim qat'iy u yerda 5 kun bólaman

- xonim chindan istefoga chiqasizmi

- Yunji bu zarur menga keyinchalik ishga qaytsam ham balki bu lavozimda ishlamasman balki boshqa lavozimga qóyishar bu menga hozirchalik qiziq emas shunchaki biroz dam olmoqchiman hech kimsiz hech kimsasiz yerlarda

- hop xonim sizni tushundim

Ceo xonasi

- aqldan ozganmisan Miso

- yóq men 1 oylik dam olish sóramoqchiman

- aynan hozirmi nima sen buyuk shaxsmiding dam olsang yoki davlat ishi kutyabdimi Miso agar hozir tóxtasang barchasi barbod bóladi shuni bilib ol uyingni ham sotuvga qóymoqchi ekansan halittan talabgorlar eshikni sindiraman deyishyabdi

- janob bu menga zarur

- bilganingni qil lekin hozir ayni yulduzlik vaqting buni shunchaki chetlatsang hammasidan ayrilasan hammasidan bor budungdan keyin hech kim senga homiylik qilmaydi tushunyabsanmi

- tushunyabman lekin janob meni ruhiy holatim yaxshi emas doktrlar dam olishimni aytdi sizga soğlom ishchi kerak bólsa shunday qilasiz

- qancha

- 1 oy kóp ham kam ham emas

- yaxshi

- lekin buni 5 kundan keyin elon qilasiz hozir emas

- hop xonim aytganingiz bosh ustiga nima desangiz shu

- janob

- hop hop tushundim lekin qaytgach dam olish kunlarisiz ishlaysan

- yaxshi

Miso ceo xonasidan chiqib tóğri aeroportga ketdi. Reys Koreya Shvetsariya edi. Miso parvozni amalga oshirgach katta mehmonaga kirib keldi. U uchun xonalar band qilingan edi. Ketma ket 3 kun modalar namoyishi uyushtiriladi.

U yerga mehmon sifatida taklif qilingani esa qoyilmaqom. Bu asosan yangi modellarni qóllab quvvatlash uchun katta miqyosda ótkaziluvchi modalar haftaligi bóladi. Miso bu yerlarga bir vaqtlar tashrif buyurganda kichik xonim edi. Endi model sifatida tashrif buyurdi bu ajoyib. Miso barchasini unutib shunchaki 3 kun barchasini ajoyib ótkazdi. 4-kun esa yana Koreyaga qaytdi. Ertaga barcha yerda yangiliklar elon qilinadi. Miso esa chamadonini mashinaga solgancha mashinalar turargohiga keldi. U yerda uni Yon kutib turardi. Yonni mashinasiga darhol ótirib keyingi uzoq manzil tomon yól olishdi. U yerda tarmoq mutlaqo ishlamaydi. Internet balki oddiy xabarlar ham ketmaydi. Bu manzil uzoqroq lekin tabiat qóynida joylashganligi bois hech qanday tarmoq shart emas.

- Miso u seni topolmaydi xavotirlanma

- bu emas Kim xonim u menga tóxtovsiz qónğiroqlar qilyabdi Yon

- raqamingni ózgartir Miso bu eng osoni

- Yon men bu dunyodan yóq bólishni istayman nima bóldi uyim u sotuvga qóyildimi

- ertaga Miso hali buni rasmiy xabar qilinmadi lekin yozuvlar mavjud halittan uyga judayam kóp davogarlar chiqyabdi

- buni shunchaki aytganim uchun ham efirda juda kóplar sotib olishi aytgan edi buni tezroq qil

- yaxshi xavotirlanma hammasi yaxshi bóladi

- umid qilaman lekin ishonmayman Kim xonim u juda kuchli men bardosh bera olmayman u shavqatsiz

- men ósha ayolni bilaman lekin nega seni uzoqlashtirmoqchi shunga hayronman óğlining sevgilisi past tabaqali emas aksincha model balet sohasida ham yutuqlarga erishgan shaxs nima jin urgan ekan

- aslida hammasi boshqacha Yon hammasi boshqacha biz oq deb bilgan narsalar suratda qolgan ular allaqachon yuksak ğazab egalariga aylanib bólgan ular shunday ajoyib óynashadiki sen bunga ishonmay qolmaysan shunday buyuk ğazab qilishadiki sen bu dunyoda tuğilganinga ishonmaysan Yon agar sendan bu manzil haqida sórashsa shunchaki jim ból meni sevishing hurmati barchasini shunchaki yashir

- Miso sen nega Kim xonimdan juda qórqasan

- Yon bu bu nima deyishga ham hayronman

- menga aytishing mumkin Miso axir dóstlarmiz

- men u vaqtlari juda yosh edim unda shunchaki qólida bir uyum rasmlarni kótarib ketayotgan yiğloqi qiz edim Kim xonim meni tóxtatib unga bu ishni qilsam u ólishini aytgan edi. Ótmishdagi har qanday voqeani eslashga harakat qilsa u bunga bardosh bera olmas ekan uni yonida bólishimni ham istamadi u meni kórishni istamasligini aytganida ishonmagan edim keyinchalik Kim xonim meni xullas bu yerda sen va men bilmagan ishlar judayam kóp Yon ularni birma bir ochish uchun esa butun umr ham yetmaydi Kim xonim juda kóp sirlarni biluvchi kitob hattoki turmush órtoği undan hadiksiraydi Isul u ham bu filmda qandaydir rolni ijro etyabdi lekin qoyilmaqom men shunchaki ishonsam hammasi juda yomon darajada bóladi

- Miso yaxshisi biroz dam ol 1 oy faqat dam ol men ishonchli odamlarim bor ular seni doimo qóriqlaydi ósha yigiting seni topa olmaydi ishonchim komil

- umid qilamanki ota onam va ukam juda yaxshi holatda ulardan xabar ham olmadim

- endi kech Miso bu juda kech agar ular mendan sórasa ularga ham aytolmaymiz Miso shunchaki ular haqida senga xabar berib turaman

- rahmat Yon eng yaxshi dóstsan

- bilaman lekin endi extiyot ból Kim xonim har qadamimizni poylab yuradi

- qóysangchi Yon sen maktab vaqtlarida ham shunday qitmir eding asabimni buzishdan boshqasiga ótmasding

- chindan men ham Kim xonimni qanday ekanligini bilaman shu sababli jimgina yashayman agar unga kimdir qarshi chiqa oladigan bólsa men butun dunyo politsiyasini yiğib bólsa ham qarshi chiqaman

- bu kulguli emas ózing qarshi chiqolmaysan Yon

- tan olmayman sababi ha mayli

- aytgancha singling yaxshimi Ronaning ahvoli qanday hattoki uni unutdim

- aynan men seni Ronaning yoniga olib ketyabman aslida bu uy haqida hech kim bilmaydi men bu uyni ommadan charchaganimda shu yerda hordiq chiqaraman deb sotib olganman lekin juda katta pulga xullas Ronaga kóproq tabiat bağrida bólish yoqadi shu sababli sotib olganman hozir Rona va xizmatchi bor.