Oddiy mo'jiza
Hayot hamisha katta voqealarni kutish emas. Bazan eng katta mo'jizalar sokin kunlarda hech qanday shovqin suronsiz odatiy nafaslar orasida tug‘iladi.
U o‘sha tongni doimo eslab yuradi.
Osmonda suzib yurgan yengil bulutlar ko‘chalar uzra yoyilgan shirin havo va qalbida asta sekin uyg‘onayotgan yangi umid hammasi oddiy edi. Oddiy lekin unutilmas.
Bugun hech bir ajabtovurliksiz u o‘zining eng katta orzusiga qadam qo‘ymoqda edi. Shunchaki baxtli bo‘lish.
Soyalar ortida yashirinib yurgan eski qo‘rquvlar endi orqada qolgan.
U birinchi marta boshini baland ko‘tardi nafas oldi va yuragiga quloq tutdi.
Bu hayotda hamma narsa kerak emasdi.
Faqat bir toza yurak bir iliq tabassum va bir oddiy moʻ'jiza.
Manhettnning Upper East Side dahasida joylashgan kóp qavatli kvartiralarda shunday iliqlik mavjud. Doimo kulgu yangraydigan oddiy mo'jiza deb atalmish oila istiqomat qiladi. Bu yerda kuchli biznessmen Lucian Blakwell va Amelia Everly yani Blackwell xonim ózlarining kichik oilasi bilan yashaydi. Bu yerda iliqlik va mehr tuyğulari juda gózal tarzda rivojlangan. Elis Lucian bu oilaning ilk farzandi va quvonchi. Qizaloq Elis 5 yoshga tólgan. Lekin uning bazi fikrlari va harakteri otasining ózi. Yana odatiy quyoshli iliq zarrin tong otdi.
Amelia oshxonada doimgidek oilasi uchun nonushta tayyorlayabdi. Odatiy tuxum qovuradi qizaloği uchun pankeyklarni asta sekin bir tomonini qizartirib ikkinchi tomonini tovaga ógiradi. U uchun bu ish odatdir lekin doimo tayyorlaganda har safar yangi hislarni va ózgacha quvonchni tuyadi. Amelia eri Lucian uchun odatiy qahva tayyorlaydi sababi u doimo sport zaldan qaytgach odatiy wahva bilan kunini boshlaydi. Soat millari endigina soat 7 ni kórsatmoqda edi. Amelia endigina 27 yoshni qarshilagan bólsada xuddi 18 yoshli qizdek kórinar hech kim uni yozivchi deb óylamaydi.
Birozdan keyin kvartira eshigi ochilib Lucian qora mayka va keng shimda sochiq ushlagancha kirib keldi. Oshxonada doimgidek ishlayotgan sevgilisini yanoğiga ópich joylab uni quchdi.
- xósh darrov soğinib qoldingizmi
- seni soğinmasdan tura olmayman axir
- yaxshi kiyimlaringizni ózgartirib dush qabul qiling qahvaningiz tayyor
- qizim nega tongdan uyğonib olding dedi Lucian qiziga yaqinlashib uni bağriga bosib kótargancha. Qizaloq Elis kózlarini ishqalagancha dadasining bóynidan quchoqlab unga mungli nigohlarda boqib turardi.
- siz doimo oyimni quchoqlaysiz
- qizaloğim lekin erta tongda seni quchoqlab bólganman endi oyingni navbati edida dedi Lucian kulib
- yóq siz kelib ham meni quchishingiz kerak
- yaxshi general aytganingiz bosh ustiga eshitdingmi sevgilim u meni sendan qizğanyabdi
- albatta avvalo otasi meni qizğangandi endi qizi shundaymi gulim
- oyi siz dadam bilan uxlaysiz men esa ózim uxlayman ayiqcham bilan
-unday demasangchi Elis yolğon gapirish xato axir sen óz xonangda uxlamaysan yagonam
- yaxshi malagim endi seni doimo quchaman qani yuz qólingni yuv boraqol gózalim
Elis xonasiga yugurgilab kirib ketdi. Lucian esa Ameliaga qarab kulib yubordi. Amelianing tabassumi kengayib u ham kula boshladi.
- bu tabiiy hol qizaloğimiz sizni judayam yaxshi kóradi menga nisbatan sizga mehri kuchliroq
- u meni qizğansin lekin men ikkingizni ham sevaman mening mójizamsizlar
- buni doimo bilamiz endi boring siz ham dush qabul qiling bugun erta qayting ishlaringizni tezroq hal qiling
- aytgancha bu yodimdan kótarilgandi Amelia bugun kompaniyamga kela olasanmi
- balki men óz sevgilimga homiy bólishni istarman
- Lucian qóysangizchi men hali kitobni tugatmadim qolaversa meni hali hayollarim tarqoq shu sababli haligicha yoza olmasam kerak
- lekin baribir yozasan xósh bu safar qanday holatda yozasan insonlarga motivatsiya va faoliyat tóğrisida yozmoqchimisan yoki yana tragedik hikoyalarmi dedi Lucian Amelianing jiğiga tegib
- Lucian bu safar bunday oğir janrlarda yozgim yóq balki óquvchilarim uchun mening hayotim qiziqdir
- albatta men qarshi emasman istaganingdek qil deya Lucian undan mayin bósa oldi. Amelia ham bu bósalarga javob qaytarar ekan 2 daqiqalik sukunatga chómgan bósadan keyin Lucian va Amelia ajralishdi.
- doimgidek aqldan ozdirasan azizam
- yaxshisi kiyimingizni ózgartiring men bugun boraman
Lucian ham óz yotoqxonasiga qaytdi.
Amelia nonushtani stol ustiga joylab bólgach qizaloğining oldiga bordi. U allaqachon kiyinishni boshlab yuborgandi.
- oyijon bugun moviy kóylagimni kiysam bóladimi
- albatta malagim unga moviy boğlamlar qóshamiz kelaqol
Amelia qiziga ózi aytgandek moviy kóylagini kiydirdi oq paypoqlarni kiydirib bólgach mitti va ingichka belchasiga tushgan sochlarini mehr bilan yiğa boshladi.
- bugun qanday qilamiz yiğib qóyaymi yoki
- yaxshi gózalim senga har qanday turmak yarashadi unda sochlaringa tóğnoğichlar taqamiz
Amelia Elisning mayin sochlarini tarab yoydida ikki chekkasiga moviy bandli tóğnoğich taqdi.
- oyijon bilasizmi siz judayam mehribonsiz
- mening órtoğim Nikaning aytishicha uning oyisi unga etibor bermaydi
- yóq qizaloğim onalar bunday bólmaydi balki ishi sababli unga qaray olmas lekin onalar doimo qizaloğini katta etibor ostida ushlaydi ular nazoratini mehri orqali kórsatadi ular doimo mehribon bóladi sababi qizaloqlar malika bóladi
Lucian sevgilisi va mittivoyini suhbatini jimgina tinglarkan bunday baxt aynan unga nasib qilgani uchun asta shukrlar bildirdi. Oshxonaga kirar ekan allaqachon pankeyk hidi oshxonada tarqalib bólgandi. Tost yogurt va meva qovurilgan tuxum bagel va krem pishloq avakado tosti va smoothie tayyorlangandi. Amelia juda kóp sohalarda oldi bólganligi sababli oshpazlikda ham unga yetadigani yóq edi.
Stol atrofidan óz joyini egallagan Luvian qólini uzatib bagel va krem pishloqni olgancha nonushtani boshladi. Maxsus kichik kursida esa Elis pankeyklarni paqqos ura boshladi. Har bir tishlamda ózgacha hissiyot va ózgacha reaksiya bildirib yerdi. Amelia esa qizini kuzatib kulib qóyar u ham sekin tostga qól uzatgandi.
- Elis
Gap boshladi Lucian qiziga qarab biroz jiddiy ohangda
- yagonam boxchada hech kim senga yomon munosabatda bólmayabdimi
- yóq dada tarbiyachi xonim judayam yaxshi u meni yaxshi kóradi aytishicha men moviy kózli farishta ekanman
- u tóğri gapirgan shundaymi Ameliam
- ha xuddi shunday u nafaqat farishta va yana ilhom pariyim shundaymi
- albatta aytganimdek onalar óz hayotida ilhom parilari bóladi va bu sendek aqlli qizaloqlar bóladi
- malikam meni ham yaxshi kórasizmi
- ha dadajon sizni ham yaxshi kóraman
- men yagonamni sevgisidan bóğilib qolyabman dedi Lucian hazil ohangda. Yengil kulgudan sóng ular nonushtani tugatishdi. Amelia esa kiyinish uchun xonaga qaytdi. Lucian ortiqcha idishlarni idish yuvadigan mashinaga joylashni boshladi. Elis esa kichik idishlarni Lucianga uzatib turdi. 5 daqiqalik kichik ishdan keyin Elis xonasini tóğirlash uchun qaytdi. Yotoqchasi ustini biroz tóğirlagan qizaloq ózicha shkafini ochib kiyimini tahlamsiz joylay boshladi. Buni kórgan Lucian qiziga yaqinlashdi
- qizaloğim ularni bunday joylama ularni óz joyida qoldir hopmi gózalim
- men oyimga yordamlashmoqchi edim
-mening malikam judayam aqlli bular kichik kiyimlar shunday ekan bu unchalik oğir emas buroz ulğayganingdan keyin ózing tahlashni bilib olasan hopmi
- mening yerdagi jannatimsan qizaloğim
- bilaman siz buni juda kóp aytasiz
- yana aytaman buni doimo aytaman chunki bu haqiqat endi ketdik oying ham tayyor bólgandir
Amelia birozdan keyin ular qarshisiga chiqdi. Bugun xuddi qizaloği kabi moviy kóylak kiyib uzun sochlarini yoyib Chanel atiridan foydalangandi.
Lucian qayta qayta sevuchi va oshiq bóluvchi qarshisidagi sevgilisi edi. Lucian ham qora katyumini kiygancha uy eshigi oldida tóxtashdi. Shu vaqt eshik taqilladi.
- Amelia xonim biroz kechikdim
- hechqisi yóq Elisning xonasini biroz tartiblash kerak xolos bugun kechlikni restoranda qilamiz ertaroq ketishingiz mumkin
- yaxshi Janob Blackwell yaxshi boringlar
Ular liftdan pastki qavatga tushishdi. Mashinalar turargohiga kelishar ekan ayni bahs avjida edi.
- Lucian bugun biroz ishlarim bor Elisni boxchaga siz olib borasiz
-yaxshi yaxshi olib boraman boraqol yagonam mashinaga
Elis uzoqlashib mashinaga yaqinlashar ekan Lucian Ameliani nozik belidan ushlab óziga tortgancha yuzini yaqin olib keldi
- bugun kechga vaqtingiz bormi Everly xonim sizni kechlik bilan mehmon qilmoqchiman xósh
- janob Blackwell bu kutilmagan taklifdan tóğrisi biroz hayajondaman yaxshi bu taklifingizga kónmay nailoj men roziman
- unda sizni kechki 19:00 da ishxonangiz eshigini tagidan óğrilab ketsam bóladi óylaymanki ósha vaqtda siz aynan manzilda bólasiz
Lucian qizning ohu kózlariga boqqancha yana qisqagina bósa oldiyu peshonasiga ham ópich qóygancha unga qarab kulib qóydi
- boraqoling Elis kutishni yoqtirmaydi
- albatta qadrli turmush órtoğim yaxshi kun tilayman
Lucian qora Porsche 911 Turbo S mashinasiga ótirgancha parkofkani tark eta boshladi. Amelia esa BMW 2 Series mashinasiga ótirib u ham Lucian ortidan keta boshladi. Ikki tomonga keta boshlashdi. Lucian qizini boxchaga tashlab mehmonxonaga ketdi. Unin gasosiy ishi mehmonxona biznesi turizm luks kurortlar va shu kabi ishlar edi. Unda sohalarning keng qóllanmasi mavjud. U Manhettnda ham 5 yulduzli mehmonxonani boshqarardi va kóplab toğli hududlarda golf maydonchalarining luks variantini yaratgandi kruiz va kurortlar u uchun va uning biznesining bir qismi edi. U nafaqat Manhettn balki jahon miqyosida ham mehmonxonani shakllantirgandi. U ushbu yillarning biznesdagi eng omadli shaxsi bólib har tong yangiliklar qismida alohida etirof etiluvchi shaxga aylangan. Amelia Blackwell esa kichik yozivchi u hech qanday kameralar qarshisida bólishni istamaydigan óz dunyosiga óralgan shaxs. Shu vaqtgacha bir qancha kitoblar vhiqargan va ularning 90% kitoblari janrlari tragediya janrlarda bólgan. Birgina bu janrda cheklanmay ushbu kitoblarga komediya abyuzerlik melodramma psixologik triller kabi oğir janrlarni kiritgandi va shu sababli ham uni faqatgina negativ yozivchi sifatida tanishadi. Lekin u bir bira Huquq hawida yozgan kitobi qolganlarga nisbatan ommalashib ketdi. U Manhettnning uncha mashxur bólgan The Library kutubxonasida ish yuritadi u yerda kitoblar yaratadi va shunday bólim ham borki bu kitob ishi yaniki bu yerda kitob yaratishdagi har bir qadam haqida chuqur ishlaniladi.
- xush kelibsiz Blackwell xonim
- xush kórdik menga Anna Temric oldoga keldim biz 3 kun avval uchrashuv belgilagan edik
- tushunarli xonim iltimos biroz kutsangiz hozir majlisda 5 daqiqada tugaydi
Amelia biroz kutgach Anna xonim kórinish berdi
- ohh Blackwell xonim sizni bu qadar uzoq middatda kóraman deb óylamagan edim ochiği juda xursandman sizni kórganimdan bilasizmi sizsiz bu yerlar biroz tinchib qoldi
- rahmat Anna xonim ochiği men ham qaytishim nomalum deb óylagan edim lekin men bu borada biroz uzoqroq ekanman shu sababli siz bilan suhbatlashmoqchi bólgan mavzular mavjud
- yaxshi unda keling xonaga qaytamiz
Yuka bizga 2 ta choy olib kirsangiz
- xósh Amelia sizda qanday yangiliklar
- Anna xonim hozircha men bu borada biroz óylanyabman lekin bilasiz yozuvchi bir bora qalamni qólga olsa yozadi har doim bu qalamni tashlashi mumkin lekin yozuvchilikda u buni eplay olmaydi
- oh Amelia sizning bu kabi gaplaringiz xuddi yozuvchi Markdek yangradi xósh bu safar qanday mavzuda
- ochiği bu mavzuda yozaman deb óylamagan edim
- qanday tragedik janrlardan charchadingizmi
- unchalik emaskuya lekin men bu safar sof tuyğular haqida yozishni istayabman men bir bólimni tayyorladim buni baribir sizdek ustozga olib kelmasam men ózimni yozganlarimni qabul qila olmayman
- Amelia siz bu borada juda ajoyibsiz siz ichki tuyğular va hislarni juda yaxshi yorita olasiz men sizga doimo ishonganman
Anna oq varaqqa "Oddiy mo'jiza" deb nomlangan bandni óqidi. U uchun ilk bora oddiy nom va yanglish hisni boshdan ótkazdi. Nihoyat ilk varaqqa duch kelib boshlanishni óqiy boshladi.
" Hayot shunday nematki uni 2 xil turdagi insonlar bunday lazzatni ham tushuna ham tushuna olmaydi. Biri yashayotganlar biri óliklar dunyosi. Lekin shunday damlar bóladiki inson hech qanday shovqinsiz mójizalarga duch kela oladi. Mójiza inson hayotida kutilishi lekin kelishi nomalum bólgan holat. Aytib bermoqchi va balki kórsatmoqchi bólgan kitobim "Oddiy mo'jiza" nega oddiy nega bu yerda yagona yoki ózgacha manodagi sóz emas dersiz. Lekin men hayotimda bu mójizani shunchaki oddiy deyman. Men yozuvchi darajasiga yeta olmasmam lekin men barcha insonlar yetisha oladigan lekin har xil manzillarga eltuvchi yóllardagi bir insonman. Men oddiy yóldan yurib mójizaga erishdim. Bu mójiza meni hayotimdagi óchmas iz qoldirgan holatlarda biri bólgan. Men bu kitob nomini shunchaki oddiy deb qóya qoldim. Sababini esa mening hayotimdagi oddiy kunlar va yurib borgan mójiza deya atalmish manzilgohimdir..."
Anna sozlardagi chuqur baxtni his qilib nurlanuvchi nigohda Ameliaga qaradi. Uning nigohlari doimgidek sukunat bilan tólgandi. Lekin bu nigohkar ortida nimalar yashirib turganini hech kim tahmin qila olmasdi. U boshlanishni doimo kam yozganligi bois bu holatda ham ushbu ish kuchida edi
- Amelia siz óz hayotingizni yoritmoqchimisiz
- nahotki chindan bu sizni mutolaachilaringiz uchun chindan adrenalin bólardi shaxsan men uchun ham juda qiziq hozirda kuchli biznessmenni rafiqasi bólish haqidagi kitob men uchun juda qiziq sizni bilaman shu sababli ham juda qiziqyabman ochiği bu qism men uchun yaxshi
- albatta Anna xonim hamma bunda juda qiziqarli deydi balki shuning uchunmi men bu haqida yozmoqchiman
- ochiği menga kirish qismlarida xato kórmadim hissiyotlar tólqini biroz ifodalangan keyinchalik bu haqida tóxtalish xullas Amelia aqllilik qilishni yoqtirmayman lekin siz bu haqida bu borada juda mukammalsiz ayniqsa sizdek yoshlar bu borada kitob chiqarishi aqlga siğmaydi siz bu yilning eng omadli yozuvchisisiz nazarimda
- rahmat Anna xonim men shunchaki yozuvchiman buni kókka kótarishingiz shart emas
- unchalik emas avvalambor menga vaqt ajratganingiz uchun katta rahmat men endi boraqolay
- albatta Amelia sizni yana kutaman bir kun albatta tushlikni meni hisobimdan qilamiz
Amelia Annani xonasini tark etdi. Anna Amelianing óziga bólgan ishonchidan doimo hayratda qolardi va góyatda kamtarinligi barcha yozuvchiga tekkan illatdek edi. Biroq Ameliada bu illat haddan tashqari ortiq.
Amelia yana mashinaga ótirib erining mehmonxonaga yól oldi. Uning mashinasi model raqami hattoki rangigacha tanib olgan eshik oldidagi qóriqchilar Ameliani 50 metr naridan taniy olishardi. Amelia mashinani uzoq bólsada parkofkaga qóyib qóydi. Bu mehmonxonaning ortidagi joy bólsa ham burulishlar bisyor va mashinada bu 5 daqiqalik yól edi. Lekin Amelia bu yóldan yana piyoda qaytardi va bu yurishda u mehmonxonaga 10 daqiqadan oshiq vaqtda yetib kelardi. Amelia mashinani óchirgach mashinadan tushdi. Sumkasini qoldirgancha telefonini ushlab ortga qaytdi. Burulishlardan burilib yana iziga qaytardi. U piyoda yurishdan zavqlanar va atrofni kuzatib ketardi. Nihoyat 15 daqiqa deganda mehmonxona eshigi oldoda kórinish berdi. Uni tanigan xizmatchilar unga salom berib hayrli kun tilashdi. Reception xodimlari allaqachon boshliq rafiqasi kelganini kórishdi. Tóğri liftga yónalgan Amelia lift tugmasini bosib kuta boshladi.