LOOM
"Soaydek yaqinlashuvchi hissiyotlar"
Shu vaqt bexosdan eshik taqilladi. Hali tokchaga oyoq qóyishga ulgurmagan Sujin eshik tomonga ógirildi. Kim kirishini kutdi. Lekin kutilgandanda kutilmagan inson kirib keldi.
Sujin yuzini ortga ógirib olib kelgan Yoongiga unga qaramaslikni uqtirdi. Lekin Yoongi u tomon qadam tashlashda davom etdi.
- yóq meni bunday holatda kórishingizni istamayman
- Sujin yuzing baribir bint bilan boğlangan nimani kórmasligim kerakligini tushunmadim
Yoongi Sujinni ikki yelkasidan tutib óziga qaratdi. Bir yuzi bintlar bilan óralgan lab chetlarida ham kuyish jarayoni davom etmoqda. Kuyish maydoni shunchalar kengki deyarli kózning yarmini berkitgandi.
Sujin kózlarida yoshlar ila boqib turarkan Yoongi shunchaki jimlikni saqlardi.
- buni kim qilganini ayta olasanmi
- ayt ishonching komil bólsin bu inson hayotini eng sónggi damlarini yashayabdi
- ayt yoki bu ósha kichik xonimingni ishimi shundaymi demak tushunarli
- Yoongi meni dóst deb bilsangiz bunday qilmang
- Sujin bu oğriqlar bu holating u shunga arziydimi
- arzimas lekin buni ham sababi bor buni ayta olmayman
- Sujin bunchalar sabr toqatni qayerdan olganing menga nomalum lekin
Sujin ortiq eshitishni ham sózlashishni ham istamadi. Yoshlari yanoqlarini bezagancha jimlikda suyanib qoldi. Piqqillagan yiği sadosi sukutga chómgan palatani larzaga keltirdi.
Yoongi kóksida piqqillayotgan qizni qóllari bilan óradi. Uni yiğlashiga kómak bergandek góyo. Bazan shunday vaziyatlarda ming sózdan shunchaki quchoq afzal. Sózlar ishtirok etmaydigan bu lahza qalbdan mehrni kórsatgandek. Bazan shunday vaqtlarda sózlardan foydalanish ahmoqlik. Biroq quchish yiğlash uchun sharoit barchasini normallashtiradi.
10 daqiqacha shunday holatda turishgach yana eshikning bexosdan ochilishi palatani yana larzaga soldi.
Eshikdan kirgan Texo palatada kórgan holatidan joyida qotdi. Yoongi eshik sekin ochilgan bólsada uning eshitish qobiliyatiga bemalol tasir ótkaza oldi. Yoongi ham notanish kimsaga qararkan shunchaki jim edi. Sujin ham birozdan keyin boshini kótarib Yoongiga qaradi
- Yoongi rahmat haddimdan oshgan bólsam meni mazur tuting men chegaralarni unutdim
- hechqisi yóq bazan shunisi yaxshi aytgancha senga mehmon keldi
- Sujin menimcha men bemavrid keldim yaxshisi keyinroq kelaman
- ha janob shunday keyinroq kelsangiz rahmat
- yetarlicha tik oyoqda turding endi dam ol ana u ham eshikni yopib ketdi aytgancha senga bu shirinliklarni olgandim
- mm bilmadim senga qanday tamlisi yoqadi duch kelganidan olaverdim dedi Yoongi aslida shirinlik rastasida 1 soatdan oshiqcha vaqt davomida shirinlik tanlolmay sotuvchini ham boshini oğritib yuborganini yashirib.
- arzimas ish
Qay birini istaysan bananli vanilli va shkaladli va yana
- bu yerdan qadoqni olasiz va asta bóshatasiz sóng ochiladi xósh tatib kórishni istaysizmi
Sujin kichik qoshiqcha yordamida shirinlikdan bahra oldi. Har bir qoshiqdagi tam ózgachadek Sujinning yuzidagi tuslanish esa hayratlanarli tarzda ózgarardi. Yoongi uning sózlarini tinglar kulishlari va hissiyotlarini kuzatardi. Balki shudir jimlikning eng gózal tarifi. Balki shudir jimlikning oshiqligi. Balki shudir gulning eng chiroyli ochilgan vaqti va balki iforidan bahra olishlikdir.
- sen yuzingdan kóngling tóqligini va balki insonlardan yiroqlashishning eng yaxshi yóli va ularning kózlarida jirkanchdek namoyish bólishing ularning jirkanch óyinlaridan qochishingni aytding
- qoyil shuncha gapimniya Yoongi
- lekin Sujin buni toğirlash mumkin insonlardan yiroqlashish yaxshi lekin yuzing tufayli emas tóğri tashqi kórinish nimalarnidir hal qilar lekin tashqi kórinish emas balki xuddi ózing kabi sevilganlarni bu kórinishing bilan ham alday olmaysan
Chin kóngilli insonlar seni sen bólganing uchun qadrlaydi
- Yoongi lekin insoniyat allaqachon buni qabul qilgan men inkor eta olmayman
- yaxshi unda yuzingni tóğirlash mumkin
- nima ham derdim men hozircha oğriqlardan qutulishni istayman
- yaxshi aytgancha Yoongi ketasizmi
- ha uyğonguningcha shu yerda bólaman
- bugun javob olgan edim shunday ekan bemalol uxlashing mumkin
Ha demay Sujin ham uxlab qoldi. Yoongi shirinliklarni olib muzlatkichga soldi. Oynani yopdi. Sujin ustiga yanada qalinroq yopinchiq yopib qóydi.
Soatlar bir birini quvib borardi. Lekin palatada hali hamon jimlik hukm surardi. Birozdan keyin sekin harakatlar bilan kózini ochgan Sujin stulga suyanib uxlab qolgan Yoongiga kózi tushdi. Xuddi mushukka óxshab uxlardi. Sujin u tomon qólini chózib sochini tóğirlagandek silab qóydi. Lekin kózini bir zumda ochgan Yoongi Sujinning qól harakatini allaqachon bilgandi.
- meni mazur tutasiz shunchaki sochingiz
- ha menimcha juda kóp uxladim
- unchalik emas mayli men taom olib kelaman
Yoongi palatadan chiqib oshxona tomonga yónaldi va karidor oxirida esa 4 soat avval eshikni bexosdan ochgan notanish kimsa u tomon yurib kelardi. Masofalar qisqarib nigohlar bepisand tóqnashdi.
- sizga notanish ekanman bu borada hisob bermayman
- lekin bu qadar yaqinligingiz bu holatda ekanini bilmagandim
- hisob bermayman agar Sujinni kórgani kelgan bólsang qaytib ket u hozir uxlayabdi
- yóq javob yetarli bólsa endi ket
Texo uyga kirib borarkan Janob Chóyga duch keldi.
- nima bóldi uni ahvoli qanday
- dam olyabdi ekan dada men charchadim biroz dam olsam
Texo xonasiga chiqib ketgach Janob Chóy yordamchisiga qónğiroq qildi
- Janob Lim Texo shifoxonaga bordimi
- ha janob keldi lekin palataga uni bir yigit kiritmadi menimcha bu yigitcha xizmatchi qizning yigit dósti
- tushunarli aloqada bóling nimadir yuz bersa darxol xabar bering
Palatada quyosh nurini botishini tomosha qilib ótirgan Sujin yoniga Chiyul bir qancha xaltalar bilan kirib keldi. Salom alikdan keyin shifoxona hayotini bólishishga qarshilik qilmagan Sujin aynan Yoongi bandini tashlab ótdi. Biroq bu shaxs haqida yetarli malumoti borligidan xabarsiz Sujin Chiyulning savollariga javob bera boshladi. Chiyul eshik tomonga qaragancha jim ótirar bazan savollari ila kulguli jihatlarini ham eslatib turardi. Sujin bólsa oynadan quyosh botishini tomosha qilib eshik tomonni kórmasdi. Chiyul qiziquvchanlik qilgandek ózini qiziqtirgan savollarni bera boshladi.
- Sujin yuzing haqida hech gapirmading nima qilmoqchisan Yiyen seni bu holatga soldi balki yuzingni aperatsiya qildirarsan bu ancha yaxshi bóladi
- Sujin axir bu keyingi hayoting uchun ham kerak janob Chóy menga seni qaroringni aytishing uchun yubordi u shundoq ham seni bu holatingda tashlab qóymaydi u hozirda bir qancha ishlar bilan band bólsada mendan seni holatingni ham sórab turibdi
- tushundim menam shu haqida óylayabman keyinroq deb qoldirganim sari oynadagi aksim meni parchalayabdi
- bunga rozi bólsang yaxshi bólardi yuzing shunday qoladigan bólsa bu holatni tasavvur qila olmayman bu seni hayoting lekin ertaga qanday insonlar qarshisiga chiqasan seni hech kim bu yuzing va kórinishing bilan ishga olmaydi va shuni ham bilki qayta Yiyenga xizmat qila olmaysan u sendan judayam qattiq nafratlanadi
- bilaman hammasini bilaman Chiyul lekin yashirinib yashirib yuribman barchasini shunchakiga yóyish ham oson deb óylaysanmi
- tóxta mayli bularni óylama agar sen Janob Chóy bilan suhbatlashsang u hattoki seni umringni oxirigacha taminlashga ham rozi ishonasanmi kuni kecha janob Texoga aytayotgan gaplarini eshitdim tóğri bu bexosdan bóldi men gap poylamadim
- hechqisi yóq bu yomon ish emas yani seni bexosdan eshitib qolishing lekin ortiq gap poylama Chiyul shu qiliqlaring kun kelib boshinga yetadi keyin men bunchalik yomon inson emasman umrimni oxirigacha birov meni pul bilan taminlashi kerak ham emas aytgancha Chiyul menga pullarimni olib kelib bera olasanmi
-pullar olib kelaman xavotirlanma ha aytgancha Sujin dedi Chiyul eshik ortida kóringan Yoongini kórib
- yigit dósting haqida nima deya olasan
- qaysi kim haqida gapiryabsan
- anavu yigit borku ismi Yoongi ediya
- u haqida ochiği bilmadim biz dóstmizmi yoki undan oshiq chegaradamizmi bilmay qoldim uning mehribonchiligi bazan óylab qolaman bular dóstlikmi yoki undan oshiği
- balki u seni yoqtirib qolgandir
- qani edi lekin men unga mos emasman u mendan ham yaxshisiga loyiq deb bilaman men hattoki ota onasi yóq yetimman men bir baxtiqaro omadsizman bólmasa shu holatga tusharmidim Chiyul
- hadeb hayotning faqat qora tomonini óylaverma ózi hayotimiz ham filmdan farqsiz bólmayabdi sen dunyoga ózgacha kózlar bilan boq yanikim Yoongining kózlarida óz aksinga boq menimcha u senga dóst emas u seni yoqtirishi ham mumkin unutma yigit va qiz órtasiz dóstlik bólmaydi alal oqibat kimdir sevib qoladi yoki yoqtirib qoladi buni unutma tasodifiy tanishuvlar ham hayotimizdagi oddiy tasodif emas bunday bólishida ham bir ish bor
- chindan meni yoqtiradimi shu holatimda meni qabul qiladimi Chiyul bu bemano gaplarni qóysangchi men unga mos emasman qolaversa uni yoqtirgani bor har doim uchrashsak uni doim chaqirib oladi
- uni ovozini eshitganmisan qandaydir tarzdagi ishonch bilan nima demoqchisan
- shuni aytmoqchimanki u menga qiziqmaydi va bizda shunchaki dóstlik bir tomonlama lekin afsuski men allaqachon uni yoqtirib qoldim
- tan olding lekin qachon iqror bólasan
- bu iqror meni toabad tark etmaydi
- hali kórasan baxtli bólasan mayli bu mavzuni yopaylik tashqariga chiqasanmi ob havo ajoyib
Yoongi eshik ortidan eshitgan gaplarini shunchaki óylab qoldi. Yoqtirish yaxshi kórish sevilish u faqatgina onasi tomonidan sevilgan edida kimdirni ochiqchasiga yaxshi kórmagan va kimnidir yoqtirib qolganini ham bilmaydi. Yoongining miyyasida Sujinning sózlari aylanarkan palata eshigi ochildi.
- hozir keldim mehmoning bor ekan bezovta qilmay dedim
- yaxshi bu meni yaqin dugonam Chiyul
Chiyul bu Yoongi
- tanishganimdan xursandman qayerga ketyabsan
- yaxshi yordamlashib yuboraman
- shart emas janob deb Chiyul uni lift tomon olib ketdi va soniya ótmay iziga qaytib keldi.
- janob Yoongi agar Sujinni yoqtirsangiz harakatlaning sababi uni yóqotib qóyishingiz mumkin u judayam yaxshi qiz yaxshi qoling janob Yoongi
Chiyul shunday deya ortga qaytdi
- bóldi Sujin ózimda ekan telefonim topdim endi ketdik
Yoongi eshitgan gaplariga qóshimcha bólgan Chiyulning gaplari uni mutlaqo tushunmovchilik ichiga solib qóydi. Katta muddat biroq kamsonli uchrashuvlar. Shular yetarlimi yoqtirib qolishga yaxshi kórishga shu vaqt yetarlimi. Uncha ham kóp emas biroq vaqt ayab ótirmaydi. Yoongi shunchaki ortga qaytmoqchi ham bóldi lekin bu holat uni biroz esankiratib qóydi va baribir ketdi.
- kim bunchali shovqin solyabdi lanati kim bu deya Jin uxlash kiyimida yani pijamada zinalardan tushib eshik tomon borib eshikni ochdi. Qarshisida hovliqib kelgan Yoongini kórdi. Nimadir bóldi degan óy uni ham chetlab ótmadi.
- Yoongi ahvoling yaxshimi nima bóldi senga
- menga qara Jin ahvolim juda yomonmi
- nimadir bóldimi nega hovliqib kelding seni kimdir quvladimi yoki
- men yoqtirib qolgan insonga óxshaymanmi
Bir deganda Jinning barcha óylovlariga chek qóyildi. Yoongiga qarab turib uni yaxshilab urushni óyladikuya lekin uni bu orqali emas balki savoliga ajoyib javob berish orqali savalamoqchi bóldi
- ha kimnidir yoqtirib qoldingmi kózingdan nur taralyabdi
- yóq men Sujinni yoqtirib qoldimmi bu qanday bóldi men hech qachon yoqtirib qolmayman
- nima Sujin nihoyat kimdir Janob Sovuqni hayotida bor tabriklayman xósh u qanday qiz tasvirlab ber
- u chiroyli lekin chiroyi boshqa qizlardek emas tabassumi ham kulgusi bu dunyoda eshitgan eng yoqimli musiqam uning kórinishi ajoyib ayniqsa uzun sochlari betakror
- kózlaringdan menimcha inson sevsa avvalo kózlar porlaydi harakatlar sekin asta ózgaradi biroq kózlar hech qachon aldamaydi hamma gap bu kózlarda sen uni tariflaganingda ulardan góyo nur sochildi
- shuncha vaqt qanday tikilib turding
- ha seni bu buzuq aftinga arang bardosh berdim agar u ham seni yoqtirsa harakat qil sevgingni tan ol isbotla uni hech kim senchalik seva olmasligini isbotla
- buncha tushunishing qiyin sen bolani qaytadan katta qilamanmi seni menga qara masalan u bilan poyezdda qayergadir ketyabsan deylik va shu dam juda quyoshli kun u oynaga suyangancha uxlab qoldi va yuziga quyosh nuri tushyabdi sen nima qilasan bu holatda uni quyoshda kuyishiga yordam berib hech narsa qilmaysanmi yoki isbot talab qilmaydigan sevgingni kórsatasanmi
- quyosh poyezd haligi poyezd tezligini va tekisligini hisobida uni boshini yelkamga qóyardim va uni yuzini tósardim quyoshdan
- tóğri sevgi shu unga nimadir bólishini istamaysan u yiğlasa sen ham qiynalasan unda minglab holatlar bólishi mumkin lekin qizlar ha qizlar sirtiga uncha muncha gapni chiqarishmaydi shu sababli kamchilik insonlar oila qurishadi
- qizlar bardosh timsoli buni bilasanmi ular sevib qolmaslik uchun bardoshli ular bu hayotda bu vaqtlarda barchasiga chidash uchun bardoshli tushunarlimi ularga ozgina mehr kórsatsang ular buni senga juda kóp qilib qaytaradi ularning tabiati shunday
- u shifoxonada u ishlaydigan uyning xonimi uni yuzini jarohatladi
- nima yuzini u qanday inson bu qanday bóldi
- uni yuziga juda yaqindan issiq suv sepilgan
- vaxshiy xonimcha sen qiz qólimga tushsang soğ chiqmaysan u haqida bilasanmi
- shoshma u seni kimligingni biladimi
- nega ózing haqingda aytmaganmisan
- yóq balki men hali ham hayotimni tóğirlay olmagan insondirman hali hamon ishonolmayman insonlarga lekin Sujinga kelganda barchasini aytgim keladi men bunday emasman men boshqa insonman men bunday inson bólishimga otam sababchi deb aytishni istayman lekin qilmayman
- buni keyin tushuntirsang ham bóladi avvalo uni yonida ból sen sevgingni shunday isbotla u buni shunchaki jimlikda ham tushunadi endi dam ol qayerlarda kunlab yóqolib qolishing malum
- arziman axir men eng yaxshisiman endi dam ol men ham uxlayman ertaga yana ósha spektakl va ósha dialoglar boshlanadi
- bilaman senga ishonaman buni
Tongning nurlari asta sekin butun shaharni yorita boshladi. Iliqlik ham malum darajada mavjud. Palatalar aro aylanib yurgan hamshira bemorlarga bazi dorilarni berib chiqishni ham boshlagan. Nonushta uchun esa allaqachon ajratilgan vaqt ham tugagandi.
Sujin yuzidagi bintni olishar ekan doktr unga bu yuzda qolish yoki aperatsiyani tanlashi haqida erkin fikrini sóradi. Lekin hali hamon nimadir deyishga óylangan Sujin jim edi. Yuzining yomon holatini óz kózi bilan kórgach bu yuz endi u uchun juda yomon ekanligini angladi va aperatsiyaga rozilik bildirdi. Bu haqida Janob Chóyga xabar berildi. Muolajalarni darhol boshlab yuborishdi.
Janob Chóy shifoxonaga yetib keldi. Palata raqamlarini tekshirib keraklisini topdi.
- janob Chóy hayrli kun deya Sujin tazim qildi. Janob Chóy ham bosh silkib qóydi.
- demak yuzingni ózgartirishga qarshi emassan bu uchun Yiyen nomidan uzur sórayman
- Janob Chóy men aperatsiya amalini ótkazganimdan sóng ketmoqchiman
- qayerga ketmoqchisan istagan davlating uchun chipta
- mazur tuting menga sizning pulingiz kerak emas yuzim uchun ham endi kech men endi ketmoqchiman
- yaxshi unda men shifokorlar bilan suhbatlashaman aperatsiyani tóliq qoplayman soğayib ket