November 25, 2025

Silent Muse

4-qism

- bu rasmlar uchun Kim xonim oilang bilan tahdid qilgani kundek ravshan axir u yerda eshik ortida men ham bor edim tóğri ósha vaqt ojiz edim lekin endi hech kim tenglasha olmaydi ayniqsa menga ósha sevgiling ham

- Katerin buni Kim xonim bilsa meni va oilamni yóq men ketishim kerak

- shoshilma Miso axir Kim xonim jon oluvchi shaxs emas shoshilma deya xonani yugurib tark etgan Misoni ortidan qaragancha qolgan Katerin mayin jilmayib qóydi. U bilardi kimdir uni uyida kutayotganini.

Rewind the day-vaqtni ortga qaytarish.

Tonggi 10

- gapir Katerin

- menga malumotlar bilan qabul qilishingni aytgan eding mana malumot bir papka yetarli bólmasa yana bor uning uyida bu bir qismi emaskuya lekin 50% bularni och va ótmish bilan yuzlash

Taehyung papkani ochdi va ichidan bir talay rasmlar tókildi. Hammasida bir qiz bilan quchoqlashib baxtli Taehyung kórinish berardi.

- bu qiz senga notanish emas Li Miso avtohalokatdan keyin uyğonganingda seni yoningda 5 oy qimirlamagan qiz va uni ózidan kóproq sevuvchi Taehyung. Sen uyğonding va 2 oy uni haydading oxiri Miso qólida rasmlar bilan kelayotgan kunda Kim xonim uni tóxtatdi va bu rasmlarni óğli kórnasligini bordiki qaysidir holatda buni kórib senga biron nima bólsa har qanday holatda ham Li oilasini yóq qilishini aytib tahdid qiladi. Oxiri Misoni haydab solganingdan keyin u Seulga ketdi. Otasi qattiqqól uni har tun savalardi unga kun yóq edi yiğlamagan oyisi uni hadeb ukasidan ortiq kórardi barchasiga chidagan Miso seni adolatsizliginga chiday qolmadi va Seulga qochdi. Keyinchalik yuksalish órniga botqoqqa botdi uni barcha ishlar ortga ketdi. Baletga qiziqishi uni qutqardi keyinchalik mashxurlik chóqqisini zabt eta boshladi uni hozirgi rasmlari ham bor janob Kim
Unutma u sen uchun barcha chegaralarni bosib ótdi lekin sen uni qabul qilmading tóğri ayb hech kimda lekin bu yerda sen onam deb bilguvchi va otam deb ardoqlovchi insonlaring juda katta aybdor umid qilamanki vafot etmaysan kórishguncha shartnomani imzolashni unutma azizim Taehyung

Katerin xonani tark etgach 1 soatdan keyin ğazablangan Kim xonani mutlaqo ağdarib tashladi. Kotiba Chan ham uni tóxtata olmadi. Keyin u ofisni tark etib Daeguga yól oldi.

Tushlik vaqti

Kim xonadoni eshigi shu qadar qattiq taqillardiki hozir buzulish ayni vaqtidek. Kim xonim darhol eshikni ochib óğlining bu yuz chehrasini bildi. Demak Katerin oxiri oğzini yopolmagan u barchasidan xabardor

- óğlim

- Li Miso rostmi bu haqiqatmi shuncha yil men bu uzuk egasini qidirganimda siz buni shunchaki bilib etiborsiz qoldirganingiz bu rostmi

- óğlim T

- bas qiling endi bu safsatalaringiz ortiq meni aldolmaydi men sizni barcha gaplaringizga ishongandim u meni tashlab ketgan menga xiyonat qilgan keyinchalik qaytib kelgan shundaymi sizning yolğon ertaginggiz ssenariysi shundaymi javob bering

- ha shunday yóqsa sen ólarding men bunday bólishini istamasdim eshityabsanmi men buni istamadim

- ortiq bu uyga qaytmayman

Taehyung bu uyni shunchaki tashlab ketdi. Kim xonim tóqigan yolğon juda ishonarli edi shu sababli ham endi u bu yerga qaytmaydi. Yól yólakay ósha model uyini topdi. Vaholangki bu hayratlanarli tomoni ediki u bilan bir mahallada yashahotgani shunchaki uning uyi mahallaning oldi tomonida modelning uyi esa ortda edi. Taehyung 3 soatlik yólni 2 soatda bosib ótdi va óz uyidan ótib ósha mashxur model uyi qarshisida mashinani tóxtatdi. Eshiklar qulflangan chiroqlar óchirilgan edi. Taehyung qónğiroqni bosgan bólsa ham hech qanday ovoz va harakat kórinmadi. Taehyung mashinaga ótirib uni kutishni óyladi mashinada kutarkan 1 soatdan ótdi kun allaqachon tunga óz órnini bóshatgan edi lekin Taehyung bu yerdan ketishni istamasdi. Yana 30 daqiqa va uyga qarshi katta tezlikda begona qora mashina Miso uyi oldida tóxtadi. Undan Miso tushib kelib darhol uyga yugurdi. Eshikni ochar ochmas ichkariga otildi eshikni esa yopmadi. Uni ortidan ergashayotgan odam esa jim edi. Miso ikkinchi qavatga kótarilib darhol xonasiga kirib maxfiy tortmani ochib rasmlarni oldi va ortga ógirildi.

Biroq yura olmadi. Qarshisida mashxur biznessmen eski sevgilisi janob Kim Taehyung turardi. U ğazabnok jahldor yuz bilan qarab turardi. Miso qólidagilarni darhol ortga yashirdi.

- s.siz k.kimsiz bu yerda n.nima q.qilyabsiz b.bu m.meni u.yim

- Miso nimani yashiryabsan

- b.bumi b.bu k.keraksiz n.narsalar shunday

- shunday degin deya Taehyung u tomon yaqinlasha boshladi va Miso qochish uchun yonga yugurganda Taehyung uni qólidagilarni olib Misoni xonadan chiqarib eshikni qulflab oldi. Miso bir zum aqldan ozdi. Kózlaridan yoshlari tóxtamay eshikni ura boshladi

- iltimos Taehyung iltimos qilaman ularga tegmang iltimos sizdan yolvoraman eshikni oching bu sizga tegishli emas eshikni oching

Taehyung eshik ortidagi ovozlarga etiborsiz qoğoz jildni ochib ichidagi butunlay boshqa rasmlarni kórdi. Eski kundalik ham bor edi. Muqovasi ajib dasxat va qisqartmalar bor edi

"Thv§Miso"

Taehyung uni chetga oldi va rasmlarni kórdi. U yerda tongdagi rasmlar emas balki ikki baxtli shaxslarning bir biriga uzuk taqishi qandaydir yashil zonada uzuklar rasmi ularning ilk bósasi qól ushlashgan damlari hattoki rangi bir xil kiyimlarda olingan suratlar bir dunyo edi va uzuk rasmi tushirilgan suratning ortida shunday yozikgan edi

"Kun kelib ólsam ham shu uzuk sevgimiz ramzi aslo yechmayman bu uzukni sevgimiz kuchi sen taqqan uzukda jo bólgan"
"Thv"

Taehyung barchasini qoğoz xaltaga qayta soldi va kundalikni olib eshikni ochdi. Miso uni bağriga tóğri yiqildi. Darrov ózini ortga olib qoğoz xaltani olib tekshirdi biroq ichida tanish kundalik yóq edi.

- Taehyung uni menga qaytaring u sizniki emas u meniki u meniki

- seniki bólsa bu nima nega imzoyim bu yerda nega ismim qisqartmasi bu yerda qachongacha bularni yashirib kelmoqchiding agarda Katerin menga barchasini aytmaganda shunchaki jim ketarmiding sevgi sen uchun shumi javob ber men mana shu uzukni miyyamdagi ósha mayin ovoz sababli yecholmadim xuddiki bu uzukni yechsam unga xiyonat qilgandek bólardim bu his meni chulğab olgandi kimdir qóllarimdan tutsa xiyonat qilgandek qalbim oğrirdi sen shularga qaramay shunchaki kóz yumishni istadingmi javob ber

- Taehyung iltimos meni tushuning iltimos hozir ğazabdasiz biroz ózingizni

- aslo hech qachon hozir hammasini aytasan hammasini hoziroq kim meni senga haqiqatni bilib óladi dedi kim aytdi bu gapni men soğlomman hech qanday ólim xavfi yóq ming lanat bólsin barchasiga nega menga shularni kórsatmading men sevgilingman ósha uzuk egasiman lanati demading

- Taehyung

- hammasi boshlangan kuniga lanatlar ming lanatlar bólsin hammasiga lanat nega ósha vaqtda shuncha chegaralarni bosib ótib bunisiga yengilding nega ortga qaytding nega javob ber nega dedim

- nega nega nega oying menga ota onamni va ukamni óldirishi bilan tahdid qildi u vaqtlari kichkina qiz edim bularga laqqa ishondim ukamning hayotini oilamni hayotini shunchaki meni eslay olmagan inson sababli yóqotishim mumkin edimi ha buni kórsatmadim shuncha yil ularga termulib yashadim ósha lanati kundalikka sensiz ótgan kunlarimni yozib charchadim menga hech kim achinmadi hattoki butunlay barcha haqiqatni bilgan Katerin ham otamku meni yomon kórishi ochiq oydin edi oyim esa meni farzand órnida kórmaydi kimga borishim kerak edi kim qolgan edi yonimda birdan butun dunyo menga dushman bóldi bir tomondan sen meni haydading qandaydir xiyonat sababli sendan ketibman bu bu seni oldingda komadan chiqishingni 5 oy kutgan insonga adolatsizlik edi endi men ham lanatlar aytishim kerakmi hammasiga kutgan yiğlagan baxtsiz onlarimga lekin men unday emasman bir kun eslar deb kutdim bir kun qaytadi dedim lekin endi kutishni istamayman istamayman men yashashni istayman seni hadeb tunggi osmonga sózlash oson deb óylaysanmi nima uchun bu yerdaman sen sababli Taehyung sen sababli mayli meni kórmasin men kóray dedim bu yerga ham sen sababli keldim sen sababli

Miso oxirgi kuchi ham qolmadi yerga holsiz yiqilgancha yiğlay boshladi. Ammo birdan uni quchdi. Issiqlik lekin shu bilan birga sovuqlik ham bor edi. Miso uni quchishni ham quchmaslikni ham bilmasdi

Jimgina yiğlash u uchun yaxshi deb bildi. Shuncha yil yashirgan kózyoshlar alamlar soğinchlar kulgular shu yiğida jamlangangan misoli.

Miso qancha vaqt yiğladi oradan qancha vaqt ótdi lekin birdan u hali ham ósha kimsani bağrida ekanini tushunib yetib birdan ortga qaytdi.

- keting Taehyung men ortiq yóqotishlarga chiday olmayman shunchaki keting siz meni bilmagandek yashang turmush quring va baxtli bóling men men ketaman yóqsa

- Miso bas qil safsatani endi seni topdim deganda xaydashing nimasi

- Taehyung men ilojsizman keting men ista

- men buni sóramadim buni istaysanmi yoki yóq ketmayman ketishni istasang ham qóyib yubormayman menga ósha vaqtlardgai ikki baxtli shaxslarni aytmaguningcha men barchasini bilmagunimcha hech qayerga ketmayman aslo istasang baqir istasang politsiyaga xabar ber men baribir ketmayman

- nima ketmaysiz axir Kim xonim

- oyim endi aralashmaydi

- Taehyung meni ikki olov órtasida qoldirmang keting

- Miso ayt

- ketmaysiz shundaymi

- javobimni aytdim bir sózni takrorlamayman

- tushunarli

Miso xonadan chiqib pastki qavatga tushib telefon orqali politsiya chaqirdi. U ancha munchasini politsiya hal qiladi degan tóxtamga kelgan edi. Biroq barchasi 20 daqiqadan keyin aqlbovar qilmas darajaga keldi.

- janob Kim
Xonaga bostirib kirgan politsiya xodimlari mashxur biznessmen modelning xonasida ekanini kórib hayratda qolishdi. Lekin Taehyung buni oddiy qabul qildi. Baribir politsiya chaqirganiga ishonch hosil qildi

- ofitser

- Janob Kim siz bu yerda nima qilyabsiz fuqaro Li xonim bu yerda bezori bor degan edi

- ha u bezori mening uyimga kirib olib endi ketmayabdi u meni narsalarimga tegingan hattoki ularni óğirlamoqchi edi ham ana u

- yóq unchalik emas bemalol qarashingiz mumkin rasmlar baribir ikkimizniki qolaversa bu mening sevgilimni uyi uni yoniga kelgandim vaholangki u ózi uy eshigini ochib berdi istasangiz kamera yozuvlarini kórishingiz mumkin

- Li xonim menimcha siz yigitingiz bilan bafurja suhbat qurishingiz kerak yolğon chaqiruvni esa

- ofitser buni bólmagan deb bilsak deya Taehyung ofitserni eshikdan kuzatdi. Ortiga ógirilib zinada qotib qolgan Miso tomon bordi va bilagidan ushlab bir tortgandi qarshisiga keldi.

- Miso hech biri ish bermaydi men uchun barchasini aytishga majbursan

- nega nega meni qiynayverasiz xotirangiz yóqolgan qaytmagan bólsa ham meni tinch qóymaysiz

- tinch qóymayman barchasini bilaman keyin ketaman

- yaxshi nimani bilmoqchisiz lekin oldindan ogohlantiraman oilamni xavfsizligi

- ular xavfsiz deb bil va hammasini ayt

Miso unga ularning baxtli ótmishini aytib berdi xuddi Katerinning boshlovchi hikoyasidek. Katerinning aytgan gaplari ham rost edi. Taehyung ózining ótmishini eshitarkan jimlikda eslashga urundi shunda miyyasida yana mayin ovoz jarangladi. U uni ismini xuddi Misodek aytib chaqirar órmonda yugurib yurgandek edi ovoz. Taehyung yarim tunga qadar eshitdi. Miso barchasini aytdi uni bir muddat sevgilisi deb qabul qildi va muddat tugagach yana óz holiga qaytdi.

- bóldi men bilganlarim shu

- Miso

- Taehyung bildingiz endi keting va qaytmang men bu yerdan ketaman

- qayerga

- uzoqlarga oilam bilan ketaman va qaytmayman sizni va oilangizni tinch qóyaman siz ham tinch qóying

- shuncha haqiqat shuncha yolğon shuncha gap sózlar shuncha tuhmatlar Miso qayergacha qochmoqchisan qayerga borma sónggi manziling ózim bólaman

Taehyung oxirgi gapini aytib uydan chiqib ketdi. Miso esa turgan yerida yana yiğlay boshladi. Telefonini olib Yonga qónğiroq qildi.

- eshitaman gózalim

- Yon

- Miso nimaga yiğlayabsan

- men muammoga duch keldim yordam ber

- xósh

- men kórgazmaga qadar boshqa yerga ketmoqchiman

- yana Kim xonimmi seni unga zararing tegmasa ham tahdidi sen bilan yaxshi men biron bir davlatni kóraman keyingi manzil qayerdaligini surishtiraman va senga manzil yuboraman kelasanmi

- boraman

- yaxshi Miso men senga 2 soatdan keyin albatta qónğiroq qilaman

- rahmat Yon

- axir eng yaqin dóstimsan kórishguncha

2 soatdan keyin davlat nomi xabari keldi.