May 6, 2025

Oddiy mójiza

4-qism

Barchasi boshlangan kun aslida eng ortida qoldi. Balki u kunlarga qaytish xatodir lekin har bir qadam har bir qilingan xato kelajak va erta uchun juda katta foyda beradi.

U vaqtlar hali hech kim Lucian Blackwell deb bong urmasdi hech kim yangiliklar ruknida bu kabi ismlarni eshitmasdi hech kim yozuvchi xonimlar haqida jósh urmasdi hammasi tinchlikda edi.

Hiyobonning eng kóp tinchlik bóladigan joyida qiz quloqchinlarini taqib olgancha oq qoğozga nimadirlar yozardi. Bazan unga qarab kular bazan jimgina termulardi. Qizning nozik qóli oq qoğozni harakatga keltirib yana sukunatga chómdirardi. Bir deganda qiz quloqlaridan quloqchinlarni kimdir yulib oldi

- yozuvchi xonim ahvoling qalay

- Lucian bu senmisan meni qóriqitib yubording axir

- ha men emasman quloqchinlarda ótirgan dedi 19 yoshli Lucian 17 yoshli Ameliaga tilini chiqarib ustidan kuldi. Amelia Lucian qólidagi quloqchinlarga qaradida yana gap boshladi

- qaytar endi

- nimani

- quloqchinlarimni bersangchi nega doim meni asabimni buzasan Lucian qayerga

- kerak bólsa ol va yana yetib ol yozuvchi xonim

- Lucian bugun yurib charchadim yaxshilikcha beraqolsangchi

- hech bólmasa turib ol

- Lucian dedim asabimni buzma

- yozuvchini jahli chiqdiku

- xafaman sendan bu quloqchinlar men uchun qadrli ekanini bilasanku

- ha mayli odamni rahmini keltirishni boplayabsan xósh kollej nima bólyabdi u yerda ham yolğiz yuribsanmi

- yuqori sinfga ótib olib menga ğalati gaplarni gapirma yaxshi ham boshqa boshqa joylarda tahsil olamiz

- bilasanmi Emil

- Amelia Lucian ismim Emil emas

- sen kóproq Emil ismiga munosibsan

- sen esa isminga munosib emassan sen sababli asabiy bólib qolganman

- yaxshiku endi yur ketdik bu yerda ótiraverma

- axir charchadim

- opichlab olaman tur endi

- men oğirman

- senmi meni kulgumni keltirma sendek patni endi kórishim emas

- sen esa ayiqsan

- hozir ózing ketasan

- yaxshi dedimku

Amelia sumkasini Lucianga berib uning bóynidan quchdi. Qizning bu vaqtida ham óta nozikligi bois boshqa óquvchilar uni kasal deyishardi shu sababli uni chetlatishardi lekin bu kasallik emasdi uni otasi Amerikalik bólsa onasi Koreyalik edi Loraning ota onasi ham shunday bólganligi sabablimi faqat oqsilli taomlarni istemol qilishgandi.

Lucian Ameliani opichlab uyiga olib keldi. 20 daqiqalik yólda Lucian juda charchagan edi. Vaholangki ular qóshni ham edida.

- rahmat Lucian charchadingmi

- ha charchadim patdek yengilsan lekin sumkangda butun boshli kutubxonani olib yurasan

- kechir

- hechqisi yóq endi uyinga kir

- rahmat Lucian sen ham yaxshi bor

Lucian uyga kirar ekan oyisining ovozini eshitdi

- men keldim

- yana Ameliani opichlab keldingmi

-charchagan ekan shunga oyi

- yaxshi men nima dedim nega asabiylashasan Lucian

- siz shunday gapiryabsizki xuddiki uni sevib qolgandek

- ohh qóysangchi sen uni sevmaysan dedi Caramia xonim ózgacha nigoh bilan baribir bu xonim tan olinmaguncha oxirigacha borardi

- ha sevmayman dedi Lucian kózlarini olib qochib

- hada sevma uni qara juda nimjon qolaversa uni kuzatayotganlar kóp endi unga hadeb yaqinlashaverma uni ortidan kollejning eng oldi yigiti yuribdi ekan buni menga Lora aytdi ismi nima ediya

- nima Shon uni ortidan yuribdi ekanmi qachon eshitdingiz oyi nega buni menga oldinroq aytmadingiz kim aytdi Lora xolami

- ha ismi Shon edi yodimdan kótarilibdi bu xabarni ancha avval aytgan edi nega asabiylashasan Lucian axir uni sevmaysanku

- oyi bu boshqa mavzu u haligi

- aralashma ularga baribir uni sevmaysan shunday ekan Shonga yól ber Amelia ham ha demay voyaga yetadi 18 ga kiradi u ham sevilsin sevgi nimaligini bilsin faqat kitoblar orasida qolib ketyabdi nima deysan

Halitdan beri qizarib bózarib gaplarni eshitgan Lucian bu yoshida anchagina tuyğularini tushunmagan va jahldorroq bólib qolgandi. Butun suhbatdan beri jahlini tiyayotgan paytda oyisining gaplari olovga moy sepgandek bóldi.

- bas qiling oyi u hech qanday Shon bilan munosabatda bólmaydi bólmasa Shonni óldiraman unga hech kim yaqin kelmaydi

- axir ózing sevmayman deyabsan yól berda qolganlarga balki Ameliani sevib qolganlar kópdira aytgancha u bilan bir kollejda emassizlarku sen uzoqqa borasan u bólsa tumandagi kollejga mayli qóyaver

- nega oyi uni sevganlarga yól beraman u hech kim bilan munosabat qurmaydi u bu ishlarda juda nónoq u ahmoq qiz nima qilibdi tumandagi kollejda óqisa u 17 va 18 yoshli qizlar uchun kollej men bólsa oyi Univerda óqiyman

- ha bóldida endi uni har bir mavzuga aralashtirma lekin ularga ham halal berma ótir sendwich tayyor dedi óğlining yuqori ğazabini kórib

- hozir kelaman deb telefonni chóntagidan chiqarib Ameliaga sms xabar jónatib uydan chiqdi. Barchasini kuzatib turgan Caramia xonim Lora xonimga qónğiroq qilib sekin shipshitdi. Bu ikki dugonada juda gap kóp edi.

- Cara nima bóldi

- Ameliani kóchaga chiqarmay tur

- ah Cara yana Shonni oraga tiqdingmi sen qizni qara farzanding voyaga yetib katta bólsa ham seni katta odam bólmading Lucianni jahlini bilmaysanmi unga bu safar nima deding senga Shon haqida bekor aytdim bir marta uyga olib kelib qóyganiga nimalar tóqiding

- Lora u qizingni sevadi lekin tan olmaydi qara hozir oynadan u jahl bilan chiqib ketdi

- sen yaramas bilan keyin gaplashaman ahmoqgarchilik qilyabsan yana

- oh bóldi eshigingni qulfla mening kelinimni asragin hopmi

- yaxshi seni adabingni beraman Cara

- yaxshi yaxshi

Lora xonim qizining xonasiga chiqib qarasaki Amelia ustki kiyimlarini kiyib olgandi

- qayerga

- Lucian chaqirdi sms xabar jónatibdi

- bóldi menga yordam berasan chiqmaysan hech qayerga

- oyi axir

-bóldi Amelia yur endi

- hop

Sms xabar
" Seni eshiging oldida kutaman gaplashib oladigan muhim mavzular bor"

Lora xonim eshik taqillagan ovozni eshitdida ózi ochishini aytib pastki qavatga tushdi. Eshik tagida kutilgandek Lucian turardi.

- Lora xonim hayrli kun

- senga ham Lucian xósh nima bóldi Caraning ahvoli yaxshimi

- yaxshi haligi Ameliani chaqirib bera olasizmi

- ha lekin Amelia uyda emas uni Shon chaqirgan edi shu sababli ketgan edi

- nima

- mayli Lucian yaxshi qol Caraga salom ayt

Lora ham eshikni yopgancha uyga qaytib kirib keldi. Barchasini oynadan kuzatayotgan Caramia xonim ham bir kulgancha xotirjam sendwich bólagini tishladi. Órniga xotirjam chókib ótirarkan eshik zarb bilan ochildi.

- Lucian senmisan óğlim kel ovqatlanib ol

- qornim tóq

Tepa qavatga zarda bilan chiqayotgan oğir qadamlar oshxonaga qadar yetardi. Caramia xonim mirqib kulgancha sendwichni muzlatkichga joylab qóydi.

Lucian xonasiga chiqib Ameliaga sms jónatdi.

- Shon bilan maroqli sayr tilayman Amelia Everly

Amelia bu xabarni kórgach hayratda qoldi

- qanaqa Shon Lucian aqldan ozdingmi men uydaman

- yolğon gapirishni órgandingmi

- alqdan ozdingmi chindan uydaman hozir pardani ochsang kórasan

Lucian xabarga ishonmay pardaga yopishdiyu uni tezda ochib tashladi. Qarshisidagi oynada Amelia yotoqqa ótirgancha oyoqlarini likillatib nimadir yeb ótirar bir qólida esa telefoni turardi. Shu vaqt ortidan ovoz keldi

- yana sevmayman deysan

Cara xonim ortidan eshikni yopdi.

- Amelia oynangni och

- nima qilasan

- Lora xonim uyinga kiritmadi

- oynadan kirasanmi aqling joyidami hozir chiqaman

- yaxshi bólaqol

- aqldan ozgan telba

Amelia bu safar tashqariga chiqqancha Lucianni kuta boshladi. Lucian ham uydan chiqar ekan Ameliani kórib uni qólidan tortqilagancha hiyobonga olib ketdi.

- Lucian qólim oğriyabdi axir qóyib yubor

- sabr qil

Ular yana ósha yerga qaytib kelishdi.

- Shon bilan qachon uchrashding xósh

- 2 kun avval yomğir yoğdiku soyabonimni unutgan ekanman u mashinasida uyim oldiga tashlab ketdi sen univerdan hali qaytmagan eding

- nega uni mashinasiga chiqasan

- nega jahl qilyabsan Lucian

- qaytib uni seni yoningda kórmay men aytgan joyda meni kut qor yoğadimi jala quyadimi men aytganimda meni kutasan

- yóq kutmayman qolaversa sen umuman kelmading ósha kuni menga jahl qilishga haqqing yóq sen univerga ótgansan nima sen haqingda hech nimani bilmaymanmi menga yaqinlashma

Kristina Oliver menga hammasini aytib berdi unga sevishingni tan ol meni esa tinch qóy tushundingmi sen allaqachon katta yigitsan mendek yosh bolani nima qilasan aldaysanmi men bunaqa óyinchoq qilinib ôynalishi mumkin bólgan duch kelgan odam emasman tushundingmi sen menga umuman yaqinlashma

- bu nima deganing qanaqa Kristina Oliver haqida gapiryabsan men unday qizni mutlaqo tanimayman aralashmaymi yaxshi unda bilganingni qil

Lucian ortiga qaramy ketib qoldi. Shu kun ham negadir yana yomğir yoğishni boshladi. Órindiqda qolib ketgan Amelia órnidan siljimadi. Yuragida u uchun dóstlik tuyğusi barq urayotgan bólsa sevgi nihollari allaqachon unib chiqqandi. Ikkisi ham bir biriga tan olishni istamagan sevgi tarixi bor. Buyuklik ila yozilayotgan ushbu sevgi qissasi hali tugamagandi. Bu safar yozuvchi ularning baxtli hayotini yana qayta yozishni istadimi ularning uchrashuvini yana qayta belgiladi.

Yomğir sharros quyardi. Amelia órindiqda 15 daqiqadan beri ótirar ichidagi olovini mutlaqo óchira olmas indamay qaltiragan qóllari bilan kókargan lablarini ishqalab yiğlardi. Boshini ham asta egib olgancha yomğir uning yuzini silab ótishiga imkon bergandi.

Lucian uyga yugurib keldida xonasiga chiqib ketdi. U yerni ham ivirsitishni boshladi. Kitoblar gitara musiqa asbobi notbuk sichqoncha protsessor kabi qurilmalarni yerga ota boshladi. 5 daqiqadan keyin unga Lora xonim qónğiroq qildi.

- Lucian qaytdingizmi

- nima

- qaytdingizmi dedim Amelia bilan chiqib ketgan edingizku axir

- ha ha qaytyabmiz xavotir olmang Lora xonim

- yaxshi tezroq keling yomğir ha demay dóldek yoğishni boshlaydi bólaqolinglar

- hop xonim

Lucian uydan soyabon olgancha yugurib ketdi. Cara xonim esa allaqachon uyquni berib uxlab yotardi.

Lucian ósha hiyobonga bordi ósha órindiqda tashlab ketilgan holatda qolgan qiz ótirardi. Boshini egib olgan hech nimani his qilmas ólikdek ótiribdi. Xuddi turtsa yerga ağanab barchasini yóqotib qóyadigandek. Lucian unga yaqinlashib soyabonni tutdi. Amelia bir muddat unga yomğir tomchilari tushmayotganini anglab sekin boshini kótardi. Asta sekin yuzlar kózlari mitti burun va kókargan lablar kórinish berdi. Amelianing kózlari Lucianga boqdi

- nega kelding

- órningdan tur Lora xonim menga qónğiroq qildi sen borishing kerak ekan

-ózim keta olaman ortimdan qaytib kelma

- gapimni tingla

- kerak emas men ózimga yarashasini tinglab qabul qildim

- tóxta

- yaqinlashma Lucian yetarli endi ortingga qayt soyabonni ózinga ol xayr

Amelia soyabonni chetga olgancha yugurib ketdi. Lucian uning bu qaysar felini bilgani bois ortidan yugurdi. Amelia xól kiyimlarda yugurar shamol bilan birgalikda yomğir uni yanada yugurishga halaqit berardi. Lucian uni quvib yetib olgan bólsada indamasdi

- ket yonimdan dedi Amelia birdan tóxtab

- yóq ortimdan yur

- yurmayman

- unda ketaver ózing

Shu bilan janjallashishga holi qolmagan juftlik yóllari shu yerda ayro qolgandi. Ikkisi shu bóyicha qancha arazlab yurishadi bunisi nomalum.

Amelia uyga kiriboq xonasiga yugurdi. Kiyimlaridan tezda xalos bólib dush qabul qilib yotoğiga chózilib oldi. Ularning arazlari qancha davom etadi qachon tugaydi qanday yakun ularni kutadi. Hozircha ularning ertaklari sevgi haqida osmonda uchgan orzulari bir muddat tóxtab qolgandir lekin bu hali yakun emas. Bu endigina ilk qadam boshlanish. Hammasining eng boshi shu sababli.

Tongning yana yomğir bilan siylashi ikki tomonning ham kayfiyatini bezovta qildi. Yóllar ayro emasdi bir yól ammo muhit ózgacha

Amelia yólidan keta boshladi. Hiyobonning yóli eng tóğri yól ham qisqa ham aylana yóllarsiz. Amelia quloqchinlarni taqib olgancha mayin musiqa hamrohligida kollejga kirib keldi. Kollejda uni kópchilik yoqtirmaganligi bois unda dóstlik deb atalgan hayollar mutlaqo yóq edi. Katta xonaga kirib borar ekan uni kelganini hamma gapirishni boshladi.

- Amelia sen keldingmi sen haqingda gaplashib ótirgandik

- nima haqida

- kecha hiyobonda sen va anavu univerdagi alochi óquvchini kórdim lekin bilmassan uni Kristina ismli sevgilisi bor eshitishimcha u bilan ham uchrashishga ulgurgan ekansan

- Miya mening hayotim haqida juda yaxshi bilar ekansan u mening yon qóshnim ekanligini ham unutma men jim turishim mumkindir lekin bu meni istaganingcha haqorat qilishingni yoki dóstona deb atalmagan keraksiz maslahat berganingni keragi yóq menga bunday ahmoqona gaplarni gapirma va meni hayotimga burningni suqishni bas qil

Amelia órnini egallab yana tashqaridagi yomğirga tikilib ótirishni boshladi

- menga qara Amelia menga sening hayotingni qiziği yóq shunday ekan osmonlarda uchma seni ósha yon qóshning univerda juda donği chiqqan talaba ekanini ham yodingdan chiqarma

- men bilan nega hadeb gap talashasan Miya jonimga tegding axir meni hayotimga burningni suqasan qayerdagi Kristinani kollejga nega olib kelasan nima ishing bor meni hayotim bilan óz hayoting yóqmi nega hadeb meni ortimdan qolmaysan jonimga tegding

- nima men shunday qilibmanmi a men shunday qilamanmi menga sening hayotingni qiziği yóq

- unda qiziqish bildirishni bas qil hadeb gap kópaytirishdan maqsading nima nega har dam meni yólimdasan óz yóling yóqmi shunday bólsa ayt men senga ósha yólni topib beraman hadeb aralashishni va suqulishni bas qil

Amelianing ohanggida biroz baland kótarilish paydo bóldiyu lekin gaplar tugagach bu ham óchdi. Miya nimadir demoqchi bóldi lekin indamadi. Biron gap aytish hozir janjalni katta bólishiga olib keladi va bunga óqituvchilar ham aralashuvi ham kelib chiqadi. Eng munosibi darsdan keyin kollejdan uzoqda lekin bu yerlar Amelianing uyiga yaqin manzil. Miya telefonini olib sekingina qizlar chatiga yozib qóydi. Keyin xotirjam darslarini qilishni boshladi.

Bugun boryóği 3 paralik dars bor edi. Lekin ular órtasidagi katta tanaffuslar har qanday ishning maqsadini rejalashtirishda yordam berardi. Kechki 4 larda kollej sekin asta bóshashni boshladi. Amelia ham yana hiyobon yóliga qaytishni boshlab keta boshladi. Miya va uning 3 ta qizdan tashkil topgan chat azolari ham uning ortidan keta boshlashdi. Amelia quloqchinlarda bólganligi sabab ularning ovozlarini ham eshitmasdi. Shunchaki yana tomchilayotgan yomğir keng hudud yolğizlik va musiqa ohangi. Unga yordam beruvchi eng kichik holatlar. Ósha tanish órindiq yonidan ótar ekan biroz tin olishni istadi. Sumkasini yechib órindiqqa ótirdi lekin yana quloqchinlarini yulib olishdi.

- bu

- ha Amelia

- yana senmi

- nima oh meni kutganmiding juda yaxshi unda kollejda tiling uzunlab qolganiga guvoh bólgan edim endi buni biroz qisqartirishni istayman

- men esa istamayman meni tinch qóy hayotimni ham

- nega hayotingga qiziqishimni bilishni istamaysanmi

- istamayman

- no no gózalim sen menga yoqmaysan seni yoqtirmayman kollejga kelgan kuningdanoq menga yoqmagansan

- unda meni kórmaganlikka ol menga ham yoqmaysan

- nima senga etibor bermaganim shunday holatlarga olib keldimi ahh Amelia ózinga tilab olasan qizlar marhamat

Amelia qarshisiga ósha qizlar kelar ekan Amelia jimgina ótirardi. Birinchi qiz unga qól kótarmoqchi bólganda qólini ushlab olib tortdiyu yelkasidan oshirib yerga qulatdi. Keyingi qizning ham yerga qulashidan keyin uchinchi qiz va Miya ózi qoldi

- ooo sen sportga ham qatnaysanmi

- men bilan óynashma kóringanim kabi sodda va ahmoq emasman