September 22

Obsession

14-qism

Taehyung ham uxladi. Jungkook tush koʻra boshladi. Bu safargi tushu umuman boshqacha edi.

Qorongʻu oʻrmon. Jungkookning yonida bir koʻl bor

Shunda koʻldagi suv oʻz-oʻzidan Jungkookni tortib ketmoqchi boʻldi. Jungkook qocholmadi va suv uni tutdi. Shu payt qayerdandir Taehyung keldi. Taehyung oppoq kiyingan va qanotli edi. Xuddiki farishta misoli. Taehyungni koʻrishi bilan xuddiki suv ham qoʻrqgandek ortiga chekindi

Tae: Hyung yaxshimisiz? Nega mendan uzoqqa ketdingiz? Mendan uzoqqa ketmang deb aytamanku doim. Siz boʻlsa doim uzoqqa ketasiz. Ana hozir kelmaganimda sizni boyagi suv mendan olib ketardi. Meni yonimda boʻling hyung! Shunda sizga hech kim va hech narsa tegish tugul qarashga ham botinolmaydi. Xavfsiz boʻlishni istasangiz mendan yiroqqa ketmang. Mendan yiroqda sizni doim kulfat kutadi

Taehyung shunday deb Jungkookni quchoqladi. Shu bilan Jungkook uygʻonib ketdi. Jungkook qorongʻu oʻrmondan qoʻrqardi va shu sababli ham terlab ketgandi

Jk: AAAAAAAAAAAA

Bu ovozdan Taehyung ham uygʻonib ketdi. Ammo Jungkookni qoʻrqib ketganini bilish qiyinmas. Taehyung darrov Jungkookni yuzidan ushladi va oʻziga qaratdi. Taehyung hozir Jungkookdan ham koʻproq qoʻrqgan

Tae: hyung nima boʻldi? Yomon tush koʻrdingizmi?

Jungkook gapirmaydi. U shunchaki yigʻladi va Taehyungni quchogʻiga kirib oldi. Taehyung ham indamay yotdi. Oradan 2 soat oʻtdi. Soat ham tungi 2 boʻldi, Jungkook allaqachon uxlagan ammo Taehyung uxlamadi

Taepov: men uxlamayman boʻlmasa hyung yana yomon tush koʻradi. Menga uyqudan koʻra koʻproq hyungni tinchligi muhum. Bir necha slat kutsam tong otadi. Hech nima qilmaydi uxlab oldimku. Hyung tinchgina uxlasin

Taehyung tonggacha uxlamay chiqdi. Koʻzi yumulib ketar va uyquga chorlardi. Yetmaganiga Jungkookning mayin ifori ham uyqu doridek edi. Axiyri chidolmay koʻzi ilinib uxlab qoldi. Jungkook esa Taehyungni ustida yotgancha uxlayverdi.

Jungkook Taehyungning koʻksida orom olib yomon tush koʻrmay uxladi. Ammo u bildi. Taehyung Jungkook uchun xavfsiz makon. Agarda Taehyung boʻlmasa Jungkook bu vaqtgacha oʻlib ketardi. Chunki u tush tabirini bilardi. Suv uni tortib ketmoqchiligi bu yomon kasallik

Oradan kunlar oʻtdi. Bugun Taehyungning tugʻilgan kuni va bu kunni u toʻy qilib oʻtkazmoqchi. Mehmonlar allaqachon aytilgan, taklifnomalar tarqatilgan hammasi tayyor va Jungkookka aytish qoldi. Taehyung buni Jungkookka surprize boʻlsin deb aytmadi. Lekin Jungkook nima deb javob berarkin?

Erta tong! Jungkook uxlayapti. Muolajalar allaqachon tugagan lekin Jungkookni gapirishidan hamon darak yoʻq. Asli gapiradi ammo boshqalar eshitmaydi

Taehyung kelib Jungkookni uygʻotdi. Jungkook oʻrnidan turdi va uyqusiragan koʻzlari bilan Taehyungga qaradi

Taehyung uni qoʻllaridan ushladi va kulib qaradi. Taehyungni baxtiyor ekanligi malum edi

Tae: hyung bugun toʻyimiz boʻladi. Sen meniki boʻlasiz, men esa sizniki. Shu sizham men sizniki boʻlganman ana endi qonuniy sizniki boʻlaman. Bugun bizning baxtli kunimiz, kulib yuring hyung

Taehyung hursand boʻlsa Jungkook esankirab qoldi. Taehyung hozirgina toʻy dedimi? U kimdan soʻradi? Jungkook unga rozilik bermadiku? Ahh Jungkookni esidan chiqibdi. Taehyungda mumkin degan spravka bor

Jungkook reaksiya bildirmadi. Ammo u shu toʻyni Doyeon bilan istagandi. Doyeondan soʻng yuragi biror-bir tuygʻuni his etmay qoʻygandi. Faqat sogʻinch bor edi. Na qoʻrquv, na baxt, na sevgi, na ehtiros, na qiziqish! Jungkookda hech biri qoolmadi. Faqat sogʻinch doimo u bilan edi

Jkpov: Taehyung bilan bugun toʻyim boʻladi. Men uniki boʻlaman. Doyeon nega meni olib ketging kelmayapti? Menga u yerda joy yoʻqmikin?

Toʻy vaqti ham keldi. Ikkisi ham bir-biriga mos. Taehyungni yuzidan kulgu arimaydi, Jungkook esa teskarisi. Hech kulmaydi. Hattoki oilasining shu yerda ekanligi ham unga zigʻirchalik tasir qilmadi. Jungkookning oilasi hayron edi. Jungkook nega kelmaydi?

Toʻy ham tugadi. Ikkisi ham qaytishdi. Jungkook avvalgidek hissiz bir qogʻirchoqqa oʻxshardi. Koʻzi bir nuqtaga tikilgan va jim.

Tae: hyung toʻyimiz ajoyib boʻldi, shundaymi? Sizni oilangiz va doʻstlaringiz ham keldi. Bundan hursand emasmisiz? Bilaman hursand boʻlgansiz. Endi siz menikisiz. Bilasizmi men bu kunni qanchalik kutdim?! Bugun 19 ga toʻldim va toʻyim boʻldi. Hayotimning mazmuni bilan toʻyim boʻldi

Taehyung xuddiki oʻziga-oʻzi gapiryotgandek edi. Telba inson yonida hech kim boʻlmasa ham gapirib oʻtirgani kabi Taehyung eshitmasa ham Jungkookka oʻz hissiyotini gapirib berardi. Biroq bularning bari qiziq emasdi Jungkookka.

Ular uyga yetib kelishdi. Jungkook hissizlarcha yurardi, xuddiki Taehyungni ham bu toʻyni ham u uchun ahamiyati yoʻqdek. Lekin Jungkook bir narsani aniq biladi. Taehyungdan uzoqlashish unga baxt ham xavfsizlik ham keltirmaydi, aksincha yolgʻizlik va xavf-xatar uni kuzatib yurgandek boʻlaveradi. Aslida ham shundaydir

Ular xonada edi. Taehyung kostyumi yechib tashlagan, koʻylagining tugmalari esa butunlayga ochiq

Barmoq ignore

Jungkook vannadan chiqdi va qarasa Taehyung bu axvolda. Jungkook unga nega bunday axvoldasan degandek qaradi. Taehyung oʻrnidan turib Jungkookka yaqin keldi va shartda quchoqlab oldi. Taehyungning quchogʻida Jungkook mittigina edi va hayrat ilar qarardi

Tae: Hyung bilasizmi nima? Men bu onlarni qanchalar kutdim. Ikkimizning nikoh toʻyimizni qanchalar kutdim. Bilaman gapira olasiz ammo gapirgingiz kelmaydi. Meni shu yoʻl bilan jazolamoqchiligingizni ham bilaman. Ammo bu tun siz gapirib boshlaysiz. Negaligini aytaymi? Chunki ikkimiz rohatlanamiz.

Taehyungni gapidan qoʻrqgan Jungkookni tili aylanmay qoldi. Jungkook bu tun nimalar boʻlishini oʻylab tili kalimaga kelmasdi. Taehyung esa tanasini Jungkookni ustiga tashladi va ikkisi ham yotoqga yiqildi

Jungkook tez-tez ga chuqur-chuqur nafas olardi. Taehyung esa Jungkookni qoʻllarini tepaga koʻtarib mashkam ushladi va labidak oʻpishni boshladi.

Teskarisi

Jungkook bu yoqda qoʻlini chiqarolmay sarson edi. Jungkook bilardi, bu qoʻllardan chiqib boʻlmaydi. Ayniqsa bunaqa vaqtda, lekin harakatdan toʻxtamaydi