Yesterday

Obsession

12-qism

Mehmonlar kelishiga oz vaqtlar bor. Taehyung oʻzi oddiyroq kiyindi, chunki bu uning oilasi

Oddiyu shu boʻlsa hashamdori qanaqa

Ammo Jungkookni chiroyli qilib kiyintirdi

Tae: ana mening hyungim juda chiroyli boʻldi. Hyung uyimizga dadam, oyim, akam v opam keladi. Ular bilan tanishib olasiz ammo akamdan ehtiyot boʻling. U yaxshi inson emas. Meni oldimdan jilmang hoʻpmi?

Jungkook ham hoʻp degandek boshini silkidi. Uyga qora va oq jiplar keldi va ichidan Taehyungning oilasi tushdi

Kim Jihoon - 28 yoshli bisnesman. Haqiqiy telba ammo Taehyungdan oʻzib keta olmaydi. U katta farzand boʻlgani uchun deyarli koʻp masuliyat uning boʻynida. U bobosiga oʻxshaydi. Bobosi ham oʻzini oʻylaydigan xudbin va egoist boʻlgan. Taehyungni uncha yoqtirmaydi chunki oilasi va qarindoshlari uni koʻp erkalatgan. Sababi Taehyung kenja farzand. Uning oʻzi katta-katta va mashhur 5 yulduzli mehmonxonalar egasi. Uning mol-mulki oʻziga va hattoki bolasiga ham yetadi. Lekin u biladi! Oiladagi eng boy farzand bu Taehyung!

Kim Nayon - 25 yoshli bisneslady. U modalar bilan shugʻullanadi. U onasiga ham otasiga ham oʻxshamaydi. Ammasiga oʻxshagan oʻta ketgan pastkash va yolgʻonchi. Deyarli yaxshi tomoni yoʻq. Ammo ilk marta koʻrgan inson bunaqa demaydi. Bitta yaxshi tomoni u birovning sevgilisiga, buyumiga yoki shunga oʻxshash narsalarga koʻz tikmaydi.

Ular uyga kirib keldi. Mehmonxonada Taehyung va uning yonida bir goʻzallik namunasi turardi. Ular juda ham ideal edi. Jungkook jilmaymadi. Oddiy turaverdi

Jh: oovv ukajonimni koʻradigan kun ham bor ekanku! Men ukamni yoʻq boʻlib qolganiga oʻldimi deb oʻylabman

Jihoon atayin tekkizib gapirdi. Chunki Taehyung 3 oy mobaynida Jungkookni tuzatish bilan ovora boʻlib ishini unutgandi. Koʻplar oʻldiga ham chiqarib yuborgandi. Jungkookka negadir Jihoon yoqmadi. Toʻgʻri u chiroyli, ammo hulqi buning aksi

Tae: meni oʻlishimga hali anchagina vaqt bor akajonim! Meni oʻylamay qoʻyavering...oʻzingiz hali kimnidir uchratmadingiz. Mana men hayotimning mazmunini topib olganimga 4 yil boʻldi

Ny: biram ayyorsana Taehyung. Sendek telbaga bunaqa goʻzali uchraydi deb oʻylamagandim

Tae: ahh opaginam siz ham xudbin boʻlmasangiz uchraydi sizga ham

Jungkook ularni jimgina kuzatar ekan hech ham aka-uka va opa-ukalik alomatini koʻrmadi. Ammo Taehyung sal yumshoqroq edi. Jungkook jigarlar ham shunday boʻladimi deb oʻylab qoldi. Axir uning ham opasi bor va u opasi bilan bunday munosabatda emas

J.k: Bolalar hamma dasturxonga oʻtirsin keyin suhbatlashasizlar

Ular hammasi oʻtirishdi. Taehyung Jungkookni oldiga oʻtqizib olgan va oʻzidan oldin unga ovqat solib berardi. Hamma bunga qarab lol-u hayron edi. Chunki Taehyung ovqatga kelganda oldida oyisi tursa ham oʻziga solgan ammo u hozir Jungkookka solib hattoki kesib beryapti

Tae Jkka steak kesib berdi chunki Jkka steak yoqadi

Tae: hyung oling boʻlmasa sovub qoladi. Sovusa mazali boʻlmaydi hyung qani ogʻzingizni oching

Taehyung oʻzi ovqat berishni boshladi. Kim xonim Jungkookka havas qildi. Toʻgʻri u ham sevilgan ammo bunchalik emas. Janob Kim sevgisini dasturxon ustida bu kabi koʻrsatmagan. U bazan gʻururini ham oʻylagan. Ammo Taehyungga baribir.

Hamma ularga qaraganini sezgan Jungkook oʻzi ovqatlanishni boshladi. Taehyung ham keyin oʻziga ovqat solib yeya boshladi

Jh: dada ukam biram mehribona?! Qarang sevgilisiga qanaqa mehribon! Men oldingi Taehyungni koʻrmayapman

J.k: Mayli muhumi Taehyung baxtli! Seni isming nima?

K.x: uni ismi Jungkook! Jeon Jungkook

J.k: nega u gapirmayapti? Soqovmi?

Tae: yoʻq dada u gapira oladi. Faqat uyalyapti

Ny: hoy u uyalmasa ham boʻladi. Biz begonamasmizku. Jungkook men Nayonman! Kim Nayon! Taehyungni opasi. Bu akam! Jihoon! Bu esa dadam Kim Minho. Bu esa oyim! Kim Hyuna va bizning oilamiz

Jungkook shunchaki bosh silkib qoʻydi. Nayonning koʻzi Jungkookning boʻynidagi oqqush taqinchoqqa, chap qoʻlidagi olmosh bilakuzukka va oʻng qoʻlidagi moviy rangli olmosga tushdi. Bular Jungkookka yarashgandi. Lekin tan oldi! Moviy olmos unda yoʻq

Jhpov: Manavi telba oʻziga eng chiroylisidan topipdimi? Qaysi jonidan toʻygan uning sevgilisi boʻldi? Jungkook ham ahmoq ekan. Lekin Taehyungni muomilasi umuman boshqa. Jungkook meniki boʻlsa yoʻq demasdim. Qanday ofatijon bu naqadar goʻzal va nafis

Nypov: Taehyung rostan ham sevib qolibdi. Avvalgi Taehyung yoʻq ammo Jungkook haligacha gapirmagani meni oʻylantiryapti. Taehyung aldamaydi. Demak u soqov emas ammo kamgap. Jungkookdan foydalansa boʻladi. Taehyungning nozik joyi Jungkook

Jkpov: bular umuman oilaga oʻxshamaydiku. Bir-birini chaqishga urunadi. Ota-ona yaxshi ammo Taehyungni
akasi va opasi mutlaqo boshqa odam. Men bularni bir oila deyishga qiynalaman

Taepov: Akamga hyungni bekor koʻrsatdim. Hyungni xonaga olib borishim kerak. Uni niyati yaxshimas

Tae: Hyung yuring charchagandirsiz. Uxlab dam olasiz

Jh: oʻzi hozir oʻtirdikku. Indama biz uni koʻrishga kelganmiz

Ny: Jihoon toʻgʻri aytdi yeb qoʻymaymizku Taehyung.

Tae: Yoʻq! Hyungni dorisini ichib uxlash vaqti boʻldi

Jungkook ham indamay ketdi. Taehyung uni xonaga olib chiqdi va dorisini berdi. Jungkook haligacha tushunmasdi. Ohiri daftarchaga yozib berdi

Xat: Tae nega meni xonaga olib chiqding? Ular meni koʻrish uchun kelgan. Bu odobsizlik boʻladi

Tae: Hyung! Akamni qandayligini bilmaysiz. U sizga yaxshi nigoh bilan qaramadi. Shuning uchun olib chiqdim. Agar toʻymagan boʻlsangiz ukar tez orada ketishadi. Shunda tushib yeb olasiz hoʻpmi? Toʻgʻri opam birovning mulkiga koʻz tikmaydi ammo akam unday inson emas. Mendan xafa boʻlmang. Yana bu odobsizlikka kirmaydi

Jungkook ham tushunib indamadi va bosh silkib qoʻydi. Taehyung xonadan chiqdi va oilasini oldiga bordi

K.x: oʻgʻlim Jungkook oldingidan ham ancha chiroyli boʻlib ketibdimi? 2 yil oldin ham chiroyli edi ammo katta boʻlgano sayin chiroy ochib boryapti

Tae: ha oyi meni sevgilim shunaqa

J.k: azizam sen ham yillar oʻtgan sayin chiroy ochib borgansan. 48 yoshinggacha sendan chiroyli ayolni koʻrmaganman

K.x: siz boshqa ayollarni ham bilasizmi?

Janob Kim tilini yutdi. Tilidan tutilganini bildi. Chunki uning hamkorlarini ayollarini ham tanirdi. U aslida koʻp ayollarni tanirdi ammo kam xolatda suhbatlashardi. Sababi bu Kim xonim edi. U xotinini sevardi