Twins
Keng xona va undagi bir nogiron yigit. U 1 yil davomida tuzalish bilan ovora. Ammo sogʻinch uni ich-etini yeb bitiryapti.
Jimin: sizni sogʻindim Yoongi. Sizni va oʻgʻlimizni koʻrgim kelyapti ammo bu axvolda koʻrib battar azoblanmang deyapman xolos. Men tuzalishim bilan qaytaman
Shu payt xonaga X kirdi. Nogironlar aravasidagi yigit uning kimligini bildi. Axir bu xonaga ikki kishi kirardi
X: Qachongacha uni qiynamoqchisan? Bir yilda qanaqa qiynalganini bilasanmi? Muz xonadagi yigitga bir yildan beri dardini aytib yigʻlaydi. Sen uni oldiga qaytishing kerak Jimin. Men oldingi Agust Dni koʻrmayapman. U butunlay soʻlib qolgan
Jm: men bu axvolda uni oldiga borolmayman. Meni ham toʻgʻri tushun. U meni koʻrib battar azoblanadi
X: umuman koʻrmay azoblangandan koʻra shu yaxshi emasmi? Har holda uni oldida boʻlasan! U gʻirt telbaga aylangan. Tinmay oʻzini ayblaydi. Balki oʻshanda seni boshqa xonadaligingni bilib qolmaganimda aniq oʻlarding
Bundan 1 yil oldin. Haemin Jimin va Minhoni oʻgʻirlab ketgan vaqt
Jm: iltimos! Nima qilmoqchi boʻlsang menga qil! Erim va oʻgʻlimga teginma...oʻgʻlim hali kichik
Hm: nega har narsaga oʻzingni otasan, Jimin? Bari eringni aybiku. Mayli...oʻgʻlingga teginmayman ammo ering! U sendan 100 marta kuchli, bilasanmi? Unga beradigan azobimnu senga berishimni istaysanmi?
Jm: Erim meni koʻp xatarlardan qutqargan. Men uni shu narsadan qutqarolmaymanmi?
Haemin unga achindi. Ammo yuragida Yoongini azoblash uchun Jiminga nimadir qilishi kerak edi. Shunday Haemin Jimin bilan boʻyi teng odamini yuziga Jiminnikidek niqob taqdi. Soxta Jiminni esa qorniga pichoq tiqib, qattiq urishdi. Haqiqiy Jiminni esa oyogʻini shikastlashdi. Buning oqibatida Jimin yurolmaydi. Ammo Xning pullari yordamida asta-sekin davolanyapti
X: seni oʻshanda arang qutqarib qolganman. Yoongi esa seni oʻldi deb oʻylab gʻirt jinnidek hayot kechiryapti. Bor etiborini Minhoga qaratgan. Minhi dada oyim qayerda? Qachon keladi desa Yoongi yigʻlashuga bir bahiya qoladi. Sen esa nogiron boʻlib uning koʻziga koʻrinsang uni axvolini battarlashtiman deyapman. Sen ahmoqsan Jeon Jimin! Seni tirikligingni oʻzi Yoongi uchun katta baxt. Shuni bilasanmi? Mana bu aqlingga sigʻyaptimi?
X va Jimin tortishishar ekan Yoongi yana soxta Jiminning oldiga keldi. Soxta Jimin qanday yotqizilgan boʻlsa hali ham shunday yotardi
Yg: hayotim seni juda ham sogʻindim. Bilasanmi oʻgʻlimiz seni juda koʻp soʻrayapti. Ayt! Men nima deb javob beray? Oying oʻlgan deymi? Yoʻq! Men bunday deyolmayman....oʻgʻlimiz xafa boʻladi. Sen menga oʻgʻlimizni omonat qoldirgansanku. Men unday qilolmayman. Sen shu ohu koʻzlaringni ochising uchun nima qilay? Men hamma narsa qilardim. Ammo sen ochmaysan! Bilasan...men qoʻrqardim! Sensiz yashashdan, seni koʻrmaslikdan juda ham qoʻrqardim. Lekin mana qara! Qoʻrqganim sodir boʻldi. Sen yonimdasan ammo ohu koʻzlaringni ochmaysan, menga shiringina boʻlib qaramaysan, menga gapirmaysan! Sening tanang shunchaki menda bor
Yoongi shunday deya yana koʻzlaridan yosh oqdi. Soxta Jiminni sovuq yuzidan oʻpib chiqib ketdi
Yoongu kundan-kunga telba boʻlib borardi. Jiminsiz yashash uni shu koʻyga olib keldi. Yoongi Haeminni oldiga tushdi. Haemin oʻsha axvolda, oʻsha qafasda yotardi
Yg: sen it oʻlaman deb oʻylama! Sen hali beri oʻlmaysan! Men Jiminsiz yashayapman. Sen ham tashqi olamsiz yashaysan!
Hm: sening rafiqang...oʻgʻlingni onasi Jeon Jimin...oʻlmagan! Sen Jimin deb oʻylayotganing mening odamim!
Yoonging umidi paydo boʻldi. Axir 1 yil deganda. Yoongi uchun 1 yil Jiminsiz 1 asrdek oʻtgandi. Ammo bir tomondan jahli chiqardi. Haemin nega shu paytgacha bu haqida ogʻiz ochmadi? Yoongi Haeminning yoqasidan ushladi va
Yg: gapir! Xotinim qayerda? Sen uni qayerga yashirding?
Hm: Men Jiminning oyogʻini ishdan chiqarganman. U yurolmaydi. Ammo unga kimdir yordam beryapti. U bir oʻzi eplolmaydi. Sen uni hisobidagi pullarni ham muzlatgandursan?! Sening oilangdan kimdir uni davolayapti!? Ammo uni kimligini bilmayman. Lekin bilganim Jungkook va Evan ahmoq emas. Evan har bir yerni albatta tekshiradi, Jungkook ham. Ular Jiminni qayerdaligini bilishadi
Yg: BILGANDA AYTGAN BOʼLARDI! TAEHYUNG YOKI JUNGKOOK MENGA JIMINNING TIRIKLIGINI AYTARDI
Hm: Evanning hisobini tekshirishni maslahat beraman
Yoongi Haemin bekorga bunday demayotganini sezdi. Haeminni yaxshi bilardi. Haemin bir narsani bilmasa gapirmaydi. Haemin esa Jungkook va Evanni yaxshi biladi. Evan omborning har qayerini tekshiradi, Jungkook esa bir izdan hammasini sezadi.
Yoongi hackerlar orqali Evanning va Jungkookning hisobini tekshirdi. Ularning hisobida har oy katta miqdorda pul boshqa bir hisobga oʻtgan. Yoongi Haemin bekordan-bekor bunday demaganini sezdi. Ammo uni oʻylantirayotgan narsa Jungkook va Evan undan nimani yashirishyapti? Nahot oʻz ukasi uni baxtidan ayirdi? Yoʻq! Jungkook akasiga nisbatan unday qilmaydi! Jungkool shavqatsiz boʻlishi mumkin ammo akasiga bunday qilmaydi.
Ygpov: bir gap bor. Jungkook shavqatsizdir lekin menga nisbatan bunday qilmaydi. Jungkookni bilaman. Bekor bu ishni qilmaydi. Bir sabab boʻlishi kerak. Tagiga yetaman
Yoongi tezda Evanning qarorgohiga bordi. Yoongi juda dargʻazab edi. Yoongini kelganini koʻrgan Evan hayron qoldi. Yoongi bunaqa vaqt kelmasdi
Ev: Keling Yoongi. Nega keldingiz? Biror muammo bormi?
Yg: JIMIN ASLIDA TIRIK! SEN YOKI JUNGKOOK UNI QAYERGADIR YASHIRGANSIZLAR?! QANI U? MENING XOTINIM QAYERDA?
Ev: baqirmang Yoongi! Yuring men bilan
Yoongi indamay u bilan keta boshladi. Evan uni bir uyga olib keldi. Bu oʻsha Jungkookning maxfiy uyi edi. Hovlida esa nogironlar aravasida Jimin turardi. U qandaydir kitobni oʻqirdi
Yoongi buni koʻrib koʻzlariga yosh keldi. Axir sevgan xotinini u 1 yildan beri oʻlgan deya hisoblar va oʻsha soxta Jiminga bor dardini aytardi.
Jimin ham bexostan Evan va Yoongini koʻrib qoldi. Yoongi koʻzida yosh va labidan biroz kulgu bilan turardi. Jiminni ham koʻziga yosh keldi. Axir erini 1 yildan beri koʻrmadi. Shu 1 yil ichida Jiminni Yoongini oʻylamagan kuni boʻlmadi. Har kun Yoongini oʻylardi
Yoongi tez yugurib Jiminni oldiga keldi va oʻtirib quchoqladi. Ikkisi ham birga yigʻlashdi. Yoongi shunchalar qattiq quchoqlardiki qoʻyib yuborsa yana ketib qoladigandek, yana kimdir oʻgʻirlab ketadigandek edi. Yoongi Jiminni oʻziga qaratdi va yuzidan ushladi
Yg: sevgilim tirikmisan? Nega menga aytmading? Nega? Meni jinni qilmoqchimiding? Men shusiz ham jinni edimku. Nega kelmading? Seni juda ham sogʻindim sevgilim. Meni tashlab ketma! Sensiz ado boʻlishimni bilasanku. Sevgilim...oʻgʻlimiz har doim seni soʻraganida men nima deb javob berishni bilmadim. Oying keladi derdim. Biroz kasal, tuzalib qaytadi derdim.
Jm: men ham sizni juda ham sogʻindim. Kechiring ammo shunday qilishga majbur edim. Men nogironman. Siz va oʻgʻlimizga bunday koʻrinishni istamadim.
Yg: muhumi tiriksanku. Shuni oʻzi ham men uchun katta baxt. Yur kettik sevgilim...oʻgʻlimiz koʻrsa hursand boʻladi. Qara men qanday baxtliman
Yoongi Jiminni koʻtarib olib ketdi. Aravachani esa yilib mashinaning yukxonasiga joylashdi. Yoongi va Jimin ketishdi. Evan esa qoldi
Ev: eh Jimin sen Yoongini shu xolga olib kelding. Qaniydi bilsang u qanday manyakka alyanganini. Ammo Yoongi senga zarar yetkazmaydi degan umiddaman
Yoongi hursand holida Jiminni olib ketdi. Yoʻlda Jiminni yuzidan tinmay oʻpar va quchogʻidan qoʻymasdi.
Yg: seni qanchalik sogʻinganimni bilsayding. Nega unday qilding sevgilim? Nega oldimga kelmading?
Jm: meni nogironligimni koʻrib azoblanmang dedim. Tuzalib qaytmoqchi edim. Jungkook va Taehyung men uchun doctorlarni topib har kun muolaja olib borishdi. Hozir sal boʻlsada yaxshiman. Minhoyimchi? U yaxshimi? Kasal boʻlmadimi? Unga yaxshi qaradingizmi?
Yg: sen men haqimda qaygʻur! Bolamiz yaxshi!
Yoongini birdan jahli chiqganiga Jimin hayron qoldi. Odatda Yoongi bunday emasdi. Jimin mittigina qoʻllari bilan Yoongini yuzini ushladi va
Jm: sizga nima boʻldi? Nega oʻgʻlimiz haqida qaygʻursam jahlingiz chiqyapti? Axir u bizning bolamizku
Yg: men bor joyda men haqimda qaygʻur! Bolamiz bor joyda emas bolamiz haqida! Uqdingmi?
Jmpov: Yoongi oʻzgarib ketibdi. 1 yil boʻlmaganimga shu axvolmi?
Jimin sekin erini quchoqladi va jim qoldi. Ular Minhoni olish uchun maktabga kelishdi. Hozir Minhoni darsi tugashi kerak edi. Jimin aravachaga oʻtirdi va orqasida Yoongi turdi. Minho maktab binosidan chiqarkan onasini koʻrib qanday yugurib borganini bilmay qoldi
Minho tezda Jiminni quchoqladi. Jimin ham oʻgʻlini sogʻingani uchun u ham mahkam quchoqladi. Minho ham, Jimin ham koʻzyosh toʻkib bir-birini quchoqlab oʻpishdi.
Mh: oyi sizni sogʻindim. Boshqa ketin qolmang
Jm: ketmayman oʻgʻlim...endi hech qayerga seni tashlab ketmayman
Mh: oyi nega bunda oʻtiribsiz? Turing
Yg: oʻgʻlim oying biroz shunda oʻtirishi kerak. Hali toʻliq tuzalmadi
Ular ketishdi. Uyga yetib kelishganda hamma Jiminni koʻrib tili kalimaga kelmay qoldi. Axir u 1 yil oldin oʻlgan! Yokida oʻlmagan! Ammo hamma unga birdek bosh egdi. Ayrimlar hursand ham boʻldi. Beka qaytdi balki boss telbaligini yigʻishtirar deb
Ammo unday boʻlmadi. Kunlar ketidigan kunlar, haftalar ketidan haftalar, yillar ketidan yillat oʻtdi. Jimin 2 yilda yurib ketdi. Ammo Yoongi oʻzgarmadi. Telbaligicha qoldi. Ammo ular baxtli edi. Yoongi bu telbaligini xotini va oʻgʻlini oldida koʻrsatmasdi.