February 26

Lucifer

10-qism

Hamma dasturxon atrofida ovqatlanardi. Shu payt Janob Park Janob Kim va Janon Jeonga qarab gap boshladi

J.P: Doʻstimlarim men oʻgʻlimni JSSV kompaniyasi boshligʻi Janob Cho Sunghoonga turmushga beryapman

Bu gapni eshitib Yoongi, Jimin,Jin va Jungkook yeyayotgan ovqatiga tiqilib qoldi. Yoongi bir tomondan xafa boʻlsa Jimin bir tomondan boyagina bosilgan gʻazabi ikki barovar boʻlib uygʻondi. Buni Jin va Jungkook sezdi va Jiminni oldiga turib olishdi

Jimin avvalliga oʻzini bosin muhokamani boshladi

Jm: Kimdan soʻradingiz dada?

J.P: kimdandir soʻrashim shart emas! Men shuni istadim qolaversa Sunghoon ham yaxshi bola. Sen unga turmushga chiqasan

Jm: Onamni taqdiri menda takrorlanmasligiga kafolat berasizmi?

Jiminni shu gapidan keyin Janob Park tilini yutdi. Buni bilganlar esa Jiminga achinishdi. Ammo Rm, Yoongi va Taehyung hech narsadan xabari yoʻq edi

Jm: gapiring tilingizni yutdingizmi? Onamni taqdiri menda boʻlmasa, men roziman

Janon Park yana jim qoldi. Chunki xotini taqdiri uni deb nimalar boʻlganini bilardi

J.P: oʻgʻlim u bola yaxshi bola qolaversa seni sevadi

Jm: siz ham onamni sevgansiz! Ammo keyinchi? Keyin nima boʻlganini bu dasturxonda oʻtirgan hamma biladi.

Yoongi, Namjoon va Taehyung nima boʻlyotganini tushunmay jimgina suhbatni tomosha qilardi. Yoongi Jimin nimaga tekkizib gapiryotganini tushuna olmasdi. Ammo Jimin gʻazabini ushlab turgandi. Yoongi Jiminni holatino sezib negadir ichidan qoʻrqa boshladi. Bir omega ham shunchalik gʻazablo boʻlishi mumkinligi uni hayratga soldi

Jimin gʻazabda stolga ikki qoʻli bilan urib oʻrnidan turdi. Bu zarbda suv ichayotgan Jungkook sakrab tushdi. Taehyung esa uni ustini tozalab boshladi. Jinni esa qoʻlidagi sanchqi pastga tushdi. Bu voqeani koʻrgan Namjoon Jimin gʻazablanganda Jin ham Jungkook ham undan qoʻrqishini tushundi. Jimindagi eng kuchli tuygʻu sevgi emasdi. Bu gʻazab edi.

Jm: NEGA JIMSIZ? GAPIRING! ONAMNO TAQDIRI MENGA TAKRORLANMASLIGIGA SIZ KAFOLAT BERASIZMI? SIZ HAM ONAMNI SEVGANSIZ AMMO KEYIN ONAMHA NIMA QILDINGIZ? AAA AYTING! ONAMNI ENG QOʼRQGAN ISHINI QILDINGIZ! MEN HECH QACHON TURMUSH QURMAYMAN! HECH QACHON!

Jimin shunday deya ketib qoldi

Jk: JIMIN SHOSHMA!

Jn: HOY TOʼXTA!

Jin va Jungkook ham ketib qolishdi. Jimin gʻazab bilan katta-katta qadam bosib motosikliga minib ketib qoldi. Bir tomondan esa Jin va Jungkook ulgurmadi. Ammo hozir Jiminni yolgʻiz qoldirmaslik kerak. Hattoki u KET desa ham. Jimin gʻazablangan payt uni oldida kimdir ovutishi kerak boʻlmasa Jimin battar boʻlib qoladi va kimgadir zarar bermagunicha tinchimaydi. Jungkook ham motosikliga oʻtirib Jiminni ortidan ketdi. Jin esa ichkariga qaytdi va Janob Parkga qaradi. Rm Jinda ham gʻazab borligini sezdi

Jn: Hursandmisiz amaki? Jiminni yarasini yangilab koʻngilgiz joyiga tushdimi?

J.P: menga aql oʻrgatma Jin! Men hammasini oʻgʻlim uchun qildim

Jin shu payt kuldi. Istezholi kuldi

Jn: Hammasini oʻgʻlingiz uchun qildingiz ammo siz qilgan shu ishlar Jiminni nafratiga va qoʻrquviga sababchi boʻldi. Kelinoyim ham sizdan nafratlanganlar! Amaki siz yolgʻiz qoldingiz. Kelinoyim endi yoʻq. Jiminni eda sizni koʻrishga koʻzi yoʻq! Siz keraksiz boʻlib qoldingiz!

Jinni gaplari Janob Parkga qattiq botdi ammo ming afsuslar boʻlsinkim bu achchiq haqiqat edi. Janob Park butunlayga yolgʻiz qoldi. Birgina ishi yani nafsini jilovlay olmagani uni yolgʻizlikka duchor qildi. Janob Parkning koʻzidan yosh oqdi.

Hamma ketdi. Ammo Jin qoldi. Rm, Taehyung vaYoongi ham. Ular nima boʻlyotganini bilmoqchi edi. Jin Jungkook kelishini kutardi

Y: Jin Jiminga nima boʻlgan?

Jn: nima demoqchisiz?

Y: Jiminni hayotida nima boʻlganki u turmushni yomon koʻradi?

Jn: Jiminning oyisi yani kelinoyim Jiminni koʻz oldida oʻzini tomdan tahslab oʻldirgan. Jimin uni qutqara olmagan

Rm: Nima?

Jn: Bundan yillar oldin, biz 12 yosh edik. Amakim kelinoyimga xiyonat qilardi. Toʻgʻri amakim kelinoyimni sevgan ammo nafsiga yengilgan. Kelinoyim hamma narsani kechirsa ham xiyonatni aslo kechirmagan. Kelinoyim doim yigʻlab "meni taqdirim senda boʻlmasin oʻgʻlim"qilardi. Jimin otasini hiyonatidan keyin sevgiga ishonmagan. Turmushdan esa shunaqangi nafratlanganki butun umr yolgʻiz oʻtsa ham u rozi boʻlardi. Jimin ham xiyonatni kechirmaydi. Jimin tashqi tomondan yomon koʻrinishi mumkin ammo xarakteri juda ham ajoyib. Jimin qoʻrqadi. Onasini taqdiri unda boʻlishidan qoʻrqadi. 13 yosh toʻlganimizda kelinoyom oʻzini tomdan tashladi. Jimin yugurib bordi ammo kech edi. U har doim oʻzini aybladi. "Onamni qutqara olmadim. Men qanday farzandman" deb oʻzini ayblardi. Biz shu voqeadan keyin turmush mavzusida Jiminga hazil qilmadik. Qilsak ham Jimin "gapirma!" deb aytdardi. Ammo bazida oʻzi hazil qilardi. Jiminning ojoz nutqasi bu turmushga aylandi. Hattoki oʻlimdan qoʻrqmadi ammo turmush qurishdan qoʻrqdi. Kimdir unga sevgi ishor qilsa ham u ishonmay rad qilardi

Taehyung, Rm va Yoongi bu gapni eshitar ekan Jimin uchun achinishdi. Yoongi endi tushundi nega Jimin hushomadni yoqtirmasligini va boyagi janjal sababini. Shu jumladan Rm va Taehyung ham

Y: Jiminni istagan odam qanday boʻlishi kerak?

Jn: Xiyonat qilmaydigan, uni xafa qiladigan ish qilmaydigan va mehribon

Y: boy, chiroyli?

Jn: Jimin bu narsalarga tupurgan. Unga boymi, chiroylimi farqi yoʻq asosiysi xiyonat qilmadigan inson xoxlaydi.