Twins
Hammalari baxtli edi ammo Jungkookning yuragi hamon notinch edi. Xuddiki Edvanga 19 yil koʻz qorachigʻidek asrab-avaylab kelgan egizagini bersa bir ish boʻladigandek edi. Yuragi berma derdi, ammo aqli qara u baxtli seni himoyangga muhtoj emas derdi. Jungkook har doim aqliga quloq solgan ammo bu safar yuragiga quloq solyapti
Erta tong hamma uygʻondi. Jungkook yana uygʻonib shu narsa haqida oʻylardi, yonida esa sevgan eri uxlardi. Taehyung uxlaganida hech boʻlmasa Jungkookni qoʻlini ushlab yotardi, Jungkook uning yonida va xavfsiz ekanligini bilish uchun
Jkpov: nega? Nega yuragim gʻash? Axir oradan 1 oy oʻtdi. Junghyung Edvan bilan baxtliku. Nega yuragim tinmay bir yomon narsani sezaveradi? Balki hamma gap uning onasidadir. Agar toʻyi boʻlsa ham Edvan va Junghyung shu yerda yashaydi. Yuragim tinchlan hammasi yaxshi boʻladi
Jungkook shunday deb oʻzini ovutar edi. Jungkook sal boʻlsada oʻzgardi. Kuladigan boʻldi ammo bu kulgu faqat oilasi uchungina bezararga aylandi. Jungkook va Junghyung bir xil yuziga ega ammo Jungkookning kulgisi baribir boshqacha edi. Taehyung koʻzlarini ochdi, qarasa xotini yana nimalarnidir oʻylardi. Taehyung turib Jungkookni quchoqladi va yuzidan oʻpdi
Tae: yana nimalarni oʻylayapsan, koʻzmunchogʻim?
Jk: yuragim hali ham notinch Taehyung. Junghyungni berishni istamayapman.
Tae: tinchlan koʻzmunchogʻim. Hammasi yaxshi boʻladi
Jk: 19 yil koʻzqorachigʻimdek asrab kelgan egizam kimdinidir nazarida oddiy inson ammo men uchun yuragimning bir parchasi. U onamizdan keyin shunday boʻlib qoldi. Bilasanmi hamma uni kamsitaverardi. Men uni juda ham yaxshi koʻraman. Uni kuchsiz va yigʻloqi boʻlgani uchun hamma kamsitib urardi. Men uni hatto oʻz akamdan himoya qilardim. 19 yil men hamma yomon kishilar va yomon narsalardan uni himoya qildim. Endi esa bir kibrli ayolga ukamni berib qoʻyamanmi?
Tae: eh jinnivoyim u ayolga emas Edvanga berasan
Jk: u esa onasi bilan yashaydi. Junghyungga nimadir qilsachi? Uni xafa qilsachi? Nima yolgʻizgina ukamni unga xafa qildirib qoʻyamanmi?
Tae: mayli bir ortiqcha harakat boʻlsa sen darxol Junghyungni qaytarib olasan, hoʻpmi? Ammo hozir asabiylashma
Ular kiyinib ketishdi. Bu payt Junghyung kompaniyada edi. U Edvan bilan suhbat qurar edi. Shu payt Jungkook kelib qoldi
Jh: bu Jungkook men uni shunday chaqiraman
Jk: ha keldim. Keyin gaplashasan. Hozir muhum ish bor
Jungkook shunday deb xonadiga ketdi. Junghyung ham telefonni oʻchirib Jungkookning xonasi tomon bordi. Ular shunday qilib ishga shoʻngʻib ketishdi. Tushlik vaqti boʻldi ular tushlikni kompaniyaga buyurtma qilishdi
Jk: bilaman yaqinda Edvan bilan toʻy qilasizlar. Agar toʻydan keyin nimadir boʻlsa menga darxol ayt, hoʻpmi? Uning onasi, otasi yoki oʻzi xafa qilsa menga ayt! Men seni har doim himoya qilaman. Ammo unga turmushga chiqma! Negadir yuragim 1 oydan beri notinch
Jh: u menga mehribon. Edvan unday qilmaydi. Otasi bilan ham bir marta koʻrishdik. Otasi ham yaxshi inson ekan, ammo oyisi bilan koʻrisholmadik
Jk: mayli. Ammo uning onasini yaxshi deb eshitmadim. Balki turmush qurmassan?!
Jh: nega? Sen sevganingga turmushga chiqdingku? Menga mumkin emasmi?
Jk: Junghyung men buni nazarda tutmadim. Bilasan meni yuragim bir narsani oldindan sezadi. Mayli turmush qur agar nimadir boʻlsa menga ayt, maylimi?
Ammo bu gaplar Junghyungni etiboridan chetda qolmadi. U Jungkookni koʻziga qaradi. Koʻzida qattiq xavotir maʼlum edi. Bu koʻzlarni Junghyung onasini oʻlimi oldi xuddi shunday tashvish bilan koʻrgandi. Endi esa yana koʻrib turibdi. Junghyung Edvan bilan turmush qurishdan baxtiyor. U hech kimdan qoʻrqmaydi chunki uni har qaysi vaziyatda himoya qiladigan togʻdek egizagi bor. Birgina qoʻngʻiroq va hammasi tugaydi. Lekin Junghyung ham Edvanni sevadi
Oradan 2 hafta oʻtdi. Bugun Junghyung va Edvanni toʻyi. Bu toʻyga Edvanni oilasi ham keldi. Jungkook shu baxonada Edvanni oyisi Aranni koʻrdi. Jungkook insonlarni bir qarashdayoq qandayligi bilardi. Jungkook Aranga qarar ekan koʻzida yovuzlik, makkoralik va kibr aks etardi. Jungkook buni koʻrib battar xavotirlandi. Jungkook Junghyungni oldiga bordi. Ular Junghyungni tayyorlashayotgandi, Junghyung juda ham chiroyli boʻlib ketgandi
Jk: mening qoyunchagina egizagim qani? Bu senmi? Chiroyli boʻlib ketibsan quyon
Jh: rahmat endi men baxtli boʻlaman. Esingdami oyim sen va baxtli boʻladan dedi
Jk: oyim hech qachon yolgʻon gapirmagan. Mana oʻsha oyim aytgan baxt qani endi yuraqol. Seni hamma kutyapti
Shunday qilib toʻy boshlandi. Edvan oʻzini qoʻyarga joy topmas edi. Shunchalik hayajonda ediku buni tasvirlash qiyin. Toʻy tugadi. Hamma endi ketmoqchi edi Jungkook Aran honimni toʻxtatdi
Jk: salom! Men Jeon Jungkookman
Aran bu sovuq munosabatdan gʻazablana boshladi. Chunki hamma unga xushmomula boʻlgan ammo u ham Jungkookni qandayligini eshitgan
Ar: ha kelinimni egizagi, shundaymi?
Jk: ha. Sizni ogohlantirgani keldim
Jk: meni eshit kampirshoh! Agar ukamni tola sochiga zarar yetkazadigan boʻlsang qasam ichamanki oʻsha sen ishongan oʻgʻling ham meni qoʻlimdan qutqarolmaydi. 19 yil Junghyungni koʻzqorachigʻimdek asraganman. Endi ham asrayman. Sen esa bir joyingni qisib yur! Egizagimni xafa qilganingni eshitsam shunday qilamanki egizagimni koʻrsang qoʻrqadigan boʻlib qolasan! Uqdingmi meni? Hozir esa yoʻqol
Aran bu gaplardan shockka tushib qoldi. Aran yoshligidan boy oilani qizi edi. Hech kim unga bunday gapirmasdi va gapirmagan edi. Ammo Aran tushundiki Jungkook hazil qilmadi. Lekin Aran ham tinchimaydi. Aran Jungkookni qandayligini bilganida edi balki hozir qilishni reja qilgan ishlarini qilmasdi. Ammo nima ham derdik, Aranni oʻzi aybdor. Endi Edvan ham uni qutqarolmaydi