Obsession
Jungkook jim va gapirmay qolganiga mana 3 kun boʻldi. Taehyung yana xonaga keldi va Jungkookni oldiga oʻtirib qoʻlini ushlab yuziga olib keldi. Mayus koʻzi bilan qaradi
Tae: hyuung nega gapirmayapsiz? Jim qolib meni jazolamoqchimisiz! Hyuung yetadi~ Axir 3 kun boʻldi. Jinni boʻlib qolaman hyung. Nega jimsiz? Qimirlamaysiz, ovqat yemaysiz, xattoki uxlamayapsiz ham. Hyung ayting sizga nima boʻldi? Biror nima deng? Nima istaysiz? Hammasini muhayyo qilaman. Hyung meni bu jimjitlik bilan tiriklay oʻldiryapsiz. Hyung ovozingizni sogʻindim. Bir marta gapirishingiz uchun hamma narsa qilardim
Taehyung yana ketdi. Ohiri chidolmay doctorlarni chaqirdi. Hamma mutaxasislar Jungkookka qarashar va sababini bila olishmadi. Koʻzi bir nuqtaga qaragan va ancha ozib qolgan. Axiyri 2 soatlik tekshiruvdan soʻng ular sal boʻlsa ham Jungkookning axvolini tushunishdi. Xonaga Taehyung ham kirdi va
Dc; Janob Kim. Bemor nimadandir qattiq stressga tushgan va biror bir muthish voqae sodir boʻlgan boʻlsa shu narsani boʻlganini qabul qilolmayapti. Miyya bunga qattiq qarshi kurashyapti. Bu boʻlmagan deya ishontiryapti. Hozir ham katta ehtimol bilan nimalarnidir eslayapti va shu narsa koʻz oldida oʻtyapti. Qattiq stress va dipressiya tufayli bemor ham gapirishni istamayapti.
Tae: u 3 kundan beri ovqat yemadi. 3 kun oldin qanday yotqizgan boʻlsam hozir ham xuddi shunda oʻtiribdi. Na ovqat yedi, na uxladi, na qimirladi, na gapirdi. Koʻzi bir nuqtaga qaragancha jim oʻtiradi. Oldida oʻtirib soatlab gapirdim baribir oʻsha turish oʻsha turish. Qimir ham etmaydi
Dc: Aytdikku bu qattiq stress va dipressiya. Inson bu narsadan oʻzini-oʻzi olib chiqadi yoki kimdir uni hursand qilish orqali bundan olib chiqadi. Menimcha uning tanasi uyushib qolgan. Chunki 3 kundan beri xarakat qilmadi dedingiz. Insonning qoʻli yoki oyogʻi kamida 30 daqiqa harakat qilmay bir narsaning tagida tursa uyushib qolish ehtimoli katta. Bemor esa 3 kundan beri xarakat qilmagan. Hozir ham u harakat qilolmaydi ammo uni xarakatga keltirish mumkin. Uni yugrizishga harakat qiling va u yurib xarakat qiladi. Ammo gapirishiga kafolat berolmaymiz. Xarakat qilsa oʻz-oʻzidan ovqat yeya boshlaydi
Tae: rahmat dori shart emasmi?
Dc: yoʻq unga dori shart emas. U oʻzi harakat qilishi kerak. Uni asabiylashtirmang yoʻqsa battar boʻladi
Taepov: Doyeonni oʻlimi hyungimni shu axvolga soldimi? Yaramas Doyeon! Oʼlimi ham bir balo, tirigi ham. Hyung sizni bu axvolga solishni istamadim....chin soʻzim. Ammo ikkimizni oramizga Doyeon aralashdi hyung. U boʻlmaganida biz baxtli boʻlardik. Siz baribir oʻzingizga kelasiz. Men sizni qay yoʻl bilan boʻlsa ham tuzataman. Siz bir kun Doyeonni oʻlimi qabul qilasiz va meniki boʻlasiz. Men toʻyimizgacha sizga tegmayman. Men nafsimni jilovlay olaman. Siz tuzalasiz
Jungkook hamon shu xolatda edi. Uxlasa tushida ham shu voqea. Bundan qoʻrqib uygʻonadi ammo yana oʻsha axvol. Koʻz oʻngida Doyeonning qanday oʻlim topgani edi va Taehyung uni qanday qilib vaxshiylarcha oʻldirgani. Bu koʻz oldidan ketmas va hattoki quloqlarida ham jaranglardi. Doyeonning soʻngi soʻzi ham SENI SEVAMAN JUNGKOOK degandi. Jungkookning quloqlarida shu soʻzlar tinmay aks-sado berardi. Shu sababli ham Taehyung qancha gapirsa ham eshitmagan. Jungkook yana Doyeonni koʻrish uchun hamma narsani qilardi. Lekin buni iloji yoʻq. Jungkook Doyeonni yoniga borishni istardi, garchi buning uchun oʻlish kerak boʻlsa ham
Taehyung Jungkookni harakatga keltirish uchun hamma narsa qilardi. Maxsus qurilmalar olib keltirdi. Jungkook uchun doctorlar ham. Jungkook hech harakatga kelay demasdi. Koʻzi koʻr qulogʻi kar insondek edi. Lekin bu 1 haftalik natija edi
Oradan oylar oʻtdi. Qish kirib keldi. Mana bugun Doyeonning oʻlimiga 3 oy boʻldi. Jungkook sal oʻziga keldi. Ammo yana jim. U harakat qilyapti, ovqat yeyapti, eshityapti. Ammo gapirishni istamayapti. U gapira oladi ammo gapirgisi kelmaydi. Nimadir istasa qogʻozchaga yozib beradi. Taehyung u uchun maxsus yon daftarcha olib kelgan. Bu daftarni ham Taehyung oʻzi bezatgan. Jungkook uchub mehr bilan Jungkokka yoqadigan qora rangda
Taehyung Jungkook oʻtirgan bogʻga bordi. Jungkook uy orqasidagi bogʻda edi. Bu yerga Jungkook zeriksa kelar va soatlab oʻtirardi.
Tae: Hyung yuring uyga. Tashqari sovuq shamollab qolasiz. Axir endi tuzaldingiz
Jungkook yoʻq deya ishora qildi. Bu uning ketishni istamasligidan dalolat berardi. Taehyung uh tortdida Jungkookning yoniga oʻtirdi. Shubasiga ham Jungkookni oʻrab oldi. Toʻgʻri Jungkook qalin kiyingan ammo Taehyung shunchaki quchoqlashni istadi
Tae: hyung iltimos taqdirga tan berib men bilan boʻling. Doyeon endi yoʻq...faqat men borman. Nega qabul qilmaysiz? Bilasizmi bu vaqtgacha biz turmush qurardik. Ammo hammasiga siz aybdorsiz. Meni aldamaganingizda siz bu axvolda boʻlmasdingiz. Bilasizmi idollik vaqtlarim har tun sizni quchoqlardim, oʻzimni uxlaganmikka solib yarim tungacha oʻtirardim. Keyin esa sizga yomon tush koʻrdim deb baxona qilib quchoqlab olardim. Men oʻsha davrlarni sogʻindim hyung. Siz oʻsha vaqtlar meni aldamasdingiz, koʻzingizda mehr aks etib turardi, mehribon edingiz. Siz soʻngi 2 yilda anchagina oʻzgardingiz. Sizni taniy olmay qolaman bazan
Taehyung deyarli koʻp marta Jungkookning boshidan va yonogʻidan oʻpdi. Jungkook qimir etmay turaverardi.
Qor yogʻa boshladi. Taehyung Jungkookka nimadir boʻlmasin deb koʻtarib uyga olib kirdi. Telefoni oshxonada qolib ketgandi. Oshxonaga suv ichish uchun kirgandi va esidan chiqarib qoldirib ketgandi.
Uyda yangi bir xizmatchi bor edi. U Taehyungga oshiq edi. Ammo Taehyung Jungkookdan oʻzgasini demasdi. Xizmatchi qiz oshxonaga kirdi, qarasa Taehyungni telefoni stol ustida edi. Bir koʻrmoqchi boʻldi va yoqdi.
Qarasaki telefonida Jungkookning surati bor edi. Jungkook juda ham yoqimtoy boʻlib tushgandi. Ichini ochmoqchi edi ammo parolni bilmaydi. Xizmatchining rashk qaynab ketdi
Xpov: bekorga oʻsha soqovga sevgilim gʻamxoʻrlik qilmayotgan ekanda. Mayli hech qisi yoʻq. Taehyung meniki boʻladi atigi bir tun va men bu uyning bekasi boʻlaman
Lekin xizmatkorning aqli kaltalik qildi. Taehyung ikki dunyo bir boʻlsa ham Jungkookdan kechmaydi. Hattoki boshiga oʻlim kelsa ham u Jungkookdan kechmaydi. Kerak boʻlsa oʻladi lekin Jungkookdan kechish yoʻq, unga xiyonat qilish yoʻq garchi Jungkook xiyonat qilsa ham
Bugun kechga Jungkookni koʻrish uchun Taehyungning oilasi kelishadi. Qani u? Kim ekanki Taehyungni bittada oʻzoga boʻysundirgan? Kim u oʻziga oʻrgatib qoʻygan? Kim uning yagonasi? Kim uning yakku-yu yagona muhabbati? Nima u shunchalar chiroylimi? Shunchalar oʻzgachami? Unga oʻxshagani hali yoʻqmi degan savol Taehyungni oyisidan boshqa hammani qiynardi. Chunki yillar oldin Kim xonim Jungkookning suratini koʻrgan
Taehyung Jungkookni xonaga olib kirdi va divanga oʻtkizdi, oʻzi esa uning qarshisiga tiz choʻkib qoʻllaridan ushladi va qaradi
Tae: hyung bugun bizni koʻrgani oilam keladi. Ular siz bilan tanishishmoqchi. Iltimos asabiylashmang hoʻpmi? Men ham sizni asabiylashtirmaslikka harakat qilaman
Kech tusha boshladi. Hamma mehmon kelishiga tayyorgarlik koʻrardi. Dasturxon taxt boʻlgan va hammasi aʼlo darajada