Tanxo qirolicha
Jungkook motosiklini minib oʻrmonga ketdi. U oʻrmonga borishni yoqtirardi, oʻzi bilan bir necha kiyimlarini, har ehtimolga qarshi deb qurolini, pichogʻoni, elektroshopperini va oʻzining maxsus mushtalashishda ishlatiladigan temir narsasini olgandi. Chunki oʻtgan safar yirtqich hayvonga duch kelgandi va biroz yaralangandi.
Ammo uning ortidan malaylaridan biri Taemin keldi
Kim Taemin - Jungkookning malayi. U boy ammo Jungkookdan pogʻonasi pas va uning oilasi Jungkookning oilasiga xizmat qiladi. Jungkook bilan tengdosh
Tm: ha bugun yakshanba boʻlganiga men ham oʻrmonga dam olgani kelgandim
Jk: yaxshi yur oldin oʻtin teraylik. Sen qurol oldingmi?
Jungkook oʻzining barcha qurolini oldi. Ular oʻrmonning ichkarisiga qarab kirib ketishyotgandi. Jungkook shunchaki yurar Taemin esa oʻtin olardi. Ammo birdan otliq qoʻshin Jungkook va Taeminni oʻrab olishdi. Ular hayron edi
Q: Qirolicham iltimos biz bilan tinchgina yuring. Qirol bilsa sizga yomon boʻladi
Jk: nima? Hammangiz nega bunday kiyimdasiz? Drama suratga olinyaptimi? Kamera qani? Menga rejissorni chaqiring. Dramangizni sahnasini buzipmiz
Tm: Jungkook menimcha bu hazil emas
Jk: Taemin jinnimisan? Qirollar allaqachon oʻlib ketganku. Ular senga aytyapti bor ular bilan
Tm: Qirolicham deb senga aytyapti Jungkook
Jk: qayerda koʻrding meni qirolichaligimni? Bu prankmi? Boʻldi hammangiz yigʻishtiring maynavoschilikni
Shu payt undan katta otliq qoʻshin keldi. Unda qandaydir qirollik ramzi bor edi. Jungkook va Taemin hayron. Chunki umrida bunday vaziyatga tushishmagan
Ular ichidan viqor bilan toj kiygan bir erkak tushib keldi. Erkak juda ham kelishgan edi. Kelishi bilan Jungkookni quchoqladi
Tae: qirolicham qayerga ketib qolding? Boshqa unday qilma men qoʻrqib ketdim
Jungkook Taehyungni oʻzidan itardi va pistalet chiqardida boshqalarga oʻqtala boshladi. Taemin uning orqasiga oʻtib oldi
Jk: kimsizlar? Men sizlarni tanimayman! Ketinglar boʻlmasa bittama- bitta hammangni oʻldiraman
Tm; Jungkook bu hazil emas. Menimcha biz oʻtmishga tushib qoldik
Tae: sochlaringni kesdingmi qirolicham? Men senga buni taqiqlagandimku. Bu nima kiyim?
Jk: sochimni kesganim yoʻq va bu meni kiyimim. Janob men sizni tanimayman. Prank qilishga boshqa odam toping. Taemin kettik....bular meni kimgadir oʻxshatishyapti
Tae: tanxo qirolicham mening.....tez yonimga kel. Haziling oshib ketyapti
Jk: sen kimsanki menga buyruq berasan? Men senga seni tanimayman deyapman. Qulogʻing eshityaptimi? Men sen izlayotgan odam emasman. Men boshqaman.....xullas biz ketamiz
Tae: haddingdan oshding qirolicham
Shu soʻzni aytishi bilan askarlar Jungkook va Taeminga yaqin kela boshlashdi. Jungkook qurol bilan hammasini otaverdi. Quroldagi oʻq 20 ta ammo askarlar 40 ta edi. Qurolning oʻqi qolmadi, otmay qoldi. Taehyung va boshqalar bundan hayron qoldi. Chunki ular bunday narsani endi koʻrib turishibdi
Jungkook shunday deyishi bilan ikkisi ham yugurishni boshlashdi. Taehyung Jungkookning ortidan quvdi, qolganlar esa Taeminni. Jungkookning oyoq kiyimi oʻrmonda yugurishga mos boʻlgani va qulay kiyim kiygani uchun u tez yugurardi.
Lekin toshni koʻrmay unga qoqolib ketdi, boshi boshqa tishga tegib hushdan ketdi. Taehyung uni izidan kelganida Jungkook allaqachon bexush holatda edi
Taehyung uni quchogʻiga oldi va yuzidan oʻpdi
Tae: qayerga qochmoqchi eding tanxo qirolicham? Men seni hatto nargi dunyoga ketsang ham topaman. Sen menikisan. Sensizlikda qoldirib meni telba qilmoqchimiding? Mayli yana oʻsha qafasga qaytasan qirolicham
Taehyung Jungkookni koʻtarib oldi va chiroyli aravaga soldi. Taeminni ham allaqachon tutishgandi. Taemin allaqachon ular oʻtmishga tushib qolishganini, Jungkook esa oʻsha tarixdagi hammaga mashhur TANXO QIROLICHA ekanligini sezgandi. Ammo endi kech edi
Ular saroyga yetib kelishdi. Taeminni zindonga Jungkookni esa hashamatli xonaga olib kirishdi. Taehyungning oʻzi Jungkookning kiyimlarini yechdi va oʻrniga boshqasini kiydirdi. Tabib kelib Jungkookni axvolini tekshirdi va tez orada uygʻonishini aytdi
U Jungkookning sumkasini ochdi. Ichida har xil gʻalati narsalar bor edi. Bari 21 asrniki edi, biroq bularni nima ekanligini Taehyung tushunmasdi
Tae: mening taxnoyimda bular nima qilyapti? Bular nima oʻzi?
Jungkook sekin koʻzini ochdi. Tepasida unga qarab turgan bir juft koʻz bor edi. Jungkook qoʻrqib ketdi
Jungkook oʻrnidan sapchib turdi, oyogʻi qayrilgani uchun ogʻridi ammo koʻrsatkigi kelmadi
Tae: tanxoyim nega baqirasan? Ering senga tikilib yotibdi. Yomon tomoni yoʻqku
Jk: hoy sen kimsan? Xudo haqqi seni tanimayman. Qoʻyib yubor...meni va Taeminni
Taehyung oʻrnidan turib Jungkookka yaqinlashdi va sochlaridan qattiq tortdi. Jungkook esa uning qoʻlidan ushladi
Tae: senga sochlaringga teginma degandim. Sen esa menga yoqadigan sochlaringni kesib tashladingmi? Senga bu sochlaringni menga bagʻishlaysan degandim. Meni ruhsatimsiz sochlaringga teginmaysan degandim. Sen nima qilding? Uzun va men uchun dor boʻlgan sochlaringni kesding. Ayt tanxoyim qaysi qoʻling bilan kesding?
Jungkookni sabri yetmay Taehyungni yuziga bir musht tushurdi. Taehyung bundan esankirab qoldi. Axir u bilgan Jungkook unga hattoki tik qaray olmasdi, bu kabi urushlarni bilmasdi. Bu kabi kuchli emasdi.
Jk: hey it sen kimsanki menga buyruq berasan? Menga hatto otam buyruq bermagan....oʻzingni kimman deb oʻylayapsan? Shunday qilamanki oʻlingni itlar ham topolmaydi, tushundingmi?
Taehyungni figʻoni falakka chiqdi. Axir unga hech bunday muamola qilinmagan. Ammo uni oʻylantiradigan narsa bor edi. Jungkookka nima boʻldi? Nega u birdan bunchalik oʻzgardi? Bunday urushishlarni u qayerdan biladi? Jungkook juda ham oʻzgarib qolgandi
Tae: senga qancha yaxshi gapirsam shunchalik boshimga chiqasanmi?
Taehyung endi uni urmoqchi edi ammo Jungkook sport ustadi. Taehyungni qoʻlini qattiq qayirdi va tashqariga sudray boshladi. Taehyung esa hech narsa qilolmadi. Jungkook eshikni ochib tashqariga chiqdi. Hamma bu vaziyatni koʻrib hayron edi. Kimsan Qirolni qoʻlini qayirgan....kim deyishsa qirolicha! Uning telbalarcha sevgan va tanxo qirolichasi!
Jungkook Taehyungni tashqariga olib chiqdi. Bu vaziyatni soqchikar koʻrib qirolni qutqarmoqchi boʻlishdi. Ammo Jungkook pichogʻini olib Taehyungni boʻyniga tiradi
Jk: hech biring yaqinlashma! Yoʻqsa mana buni oʻldiraman. Taeminni olib chiq! BOʼL TEZ
Soqchilar Qirol uchun Taeminni olib chiqishdi. Taemin Jungkookni oldiga yugurdi