March 18

Lucifer

26-qism

Namjoon bu gapga javob bermadi. Chunki Jin haq edi. Bu yerda hech kim Yoongi va Jin kabi ovqat qilolmaydi. Jungkookga oshxonaga kirish taqiqlangan sababi 16 yoshida ovqat qilaman deb oshxonani portlatib yuborgan. Jimin eplab suv qaynata oladi, boshqasiga oʻtmaydi. Taehyung esa yillar mobaynida nogiron boʻlgani uchun hali hech nimani bilmaydi. Namjooni esa gapirmasak ham boʻladi. Hoseok esa umuman oshxonaga kirmagan

Hammlari ovqat yeyishni boshlashdi ammo Namjooni koʻzi Suho, Kai va Felixga tushdi. Ular qoʻl va oyogʻi singani tufayli qiynalishyotgan edi. Namjoon ularni oldiga bordi va

Rm: Salom men Kim Namjoonman balki biz bilan ovqatlanarsizlar?!

Fl: yoʻq aytganingiz uchun rahmat oʻzimiz eplaymiz

Rm: menimcha eplolmaysizlar bemalol men bilan yuring

Ular ham Namjoon bilan kelishdi. Ular kelganini koʻrgan Jungkook, Jin va Jimin asabiylashdi. Hoseok esa stul olish uchun ketdi ammo stullar ikkita ekan

Hs: bolalar stullar 2 ekan

Tae: muammo yoʻq. Giloscham joyingni egalla

Taehyung shunday deb tizzasiga ishora qildi. Jungkook bundan uyaldi ammo baribir oʻtirdi

Buni koʻrgan Kai, Suho va Felix Taehyung Jungkookni qanchalik yaxshi koʻrishini bilishdi. Taehyungni oʻzi Jungkookni ovqatlantirar edi

Buni koʻrgan Jimin gap boshladi

Jm: Pochcha oʻrin alishibsizlarmi? Avvallari sizni Jungkook ovqatlantirar edi. Endi esa sizn uni ovqatlantiryapsiz

Tae: ha nima qilibdi? Xotinimku

Jn: pochcha xotinimky deb boshingizga chiqarmang keyin umuman tushurolmay yurasiz

Tae: mayli boshimga chiqsa ham roziman

Hs: agar buni oddiy odamlar koʻrsa Jungkookni kareyerasi tamom boʻladi.

Jk: hech qachon unday boʻlmaydi

Yg: Jungkook?

Jk: ha

Yg: sizlar qanday qilib intertaimentga ossonlikcha kirdinglar? Seni ering bor va buni entertaimentdan yashira olmaysan. Baribir bilishadi ammo qanday qilding? Jin, Jimin va Hoseok ham ossonlikcha kirib olishdi. Qanday qilib? Bu savol meni intervyuda koʻrganimdan beri oʻylantiradi

Jk: gapni qisqasi biz unga kimni oʻgʻillari ekanligimizni aytdik. U ham indamay bizni idol qildi. Meni erim borligini ham aytdim. U bu haqida hech kim bilmasligini talab qildi. Meni erim Mafia olamini yangi qiroli Luciferligini aytdim. U ham indamay bizni idol qildi. Bor yogʻi shu xolos

Rm: sen shunda pul bilan kirganmisan?

Jm: yoʻq biz unga kimning oʻgʻillari ekanligimizni aytib kirganmiz

Tae: mening xotinim va uni doʻstlari shunchalik ayyormi?

Jk: yoʻq ayiqcham ayyor emasmiz

Bu gapni eshitgan Suho, Kai va Felix birdan kulib yuborishdi. Bumi koʻrganlar esa ularga qarashdi

Fl: iltimos Jungkook biz ayyormiz demagin.... hhahahah oʻlib qolaman hozir

Jk: Felix maymun oʻynatyapmanmi?

K: yoʻq ammo juda kulguli...hahhahahahahah

Jm: Kai barmogʻing singani kamlik qildimi?

Jiminni shu gapidan keyin Taehyung va Namjoon hayron qolishdi

Jungkook bir tomogʻini qirdi va Jimin unga qaradi. Ammo hayratlanmagan yana 2 kishi bor edi. Jin va Yoongi. Ular hayron qolishmadi. Yoongi Jimin Kaini barmogʻini sindirganini koʻrgan boʻlsa Jin allaqachon shunday boʻlishini sezgan edi. Chunki yoshlikdan birga oʻsgan va bazan birga tunab qolgan doʻst sifatida bilar edi

Jn: qanday qilib qoʻl va oyoqlaringizni sindirib oldingiz?

Jin oʻlganni ustiga tepgandek qilib shu savolni berdi. Ammo Jungkook ichida ular hech narsani aytasligi uchun duo qilardi. Lekin qanday javob berishlari qoʻrqitardi

Kai: bizni...

S: yiqilib tushdik

Kai Suhoga yomon qaradi. Bizni Jungkookni buyrugʻi bilan Jimin shunday qildi demoqchi edi ammo Suho bu gapni aytib turibdi. Jungkook yengillashdi. Taehyung esa hamon bir qoʻli Jungkookni belida ikkinchisida esa ovqat bor

Hs: ha keyingi safar ehtiyot boʻlinglar. Bu juda ham ogʻriqli boshimdan oʻtgan

Kai: sizni ham barmoqlaringizni sindirishganmi?

Suho va Felix yashirishga urunsa Kai buni aksini qilardi. Suho Jungkookdan qoʻrqadi. Felix esa doʻstim deb Jungkookni himoya qilyapti. Kai esa Taehyungni oldida Jungkookning asl yuzini ochmoqchi. " agar shunday qilsam Jungkook sevgan eri bilan ajrashadi. Jungkook erini qanchalik yaxshi koʻrishini bilaman. Eri boʻlmasa yasholmaydi. Taehyung bilan ajrashsa oʻzini bir nima qilib qoʻyadi. Keyin menda raqobatchi qolmaydi" deb oʻylardi. Lekin Taehyung Jungkook boʻlmasa jinni boʻlib qolishini bilmas edi. Taehyung har qaysi holatda Jungkookni kechiradi hattoki xiyonat qilsa ham. Agar Taehyung Jungkookga xiyonat qilsa Jungkook uni tashlab ketadi, lekin Jungkook Taehyungga xiyonat qilsa ham Taehyung undan vos kecholmaydi. Axir Jungkook Taehyung uchun hayot demakdir. Taehyung esa hayotidan kecholmaydi

Jm: seni kimdir qoʻling yoki oyogʻingni sindirganmi Kai?

Jimin ham oʻlganni ustiga tepgandek qilib savol berdi. Kai esa buyoqda asabiylashib ketardi

K: ha!

Jm: ov yomon boʻlibdi qattiq ogʻrigandir?!

K: ha sen va Jungkook qoʻlimni sindirasan ammo ogʻrimaydimi?

Kai shu gapidan keyin Jimin ham Jungkook ham oʻrnidan turdi. Buni koʻrgan Taehyung va Yoongi ham. Taehyung Jungkookni qoʻlidan ushlab oʻziga qaratdi va

Tae: U nima deyapti?

Jk: Taehyung meni eshiting! Siz xonamizni boring men keyin hammasini tushuntiraman

Taehyung indmaay xonaga ketdi. Chunki Jungkook yana undan xafa boʻlib gapirmay yurishini istamadi. Kai bu voqeani koʻrib koʻzlari kattalashib ketdi

Jk: sen iflos nima deding?

Jm: ana endi belingni sindiraman

Jungkook va Jimin gʻazab bilan borishyotgan edi ammo Jiminni Yoongi quchoqlab olib toʻxtatdi

Jm: Qoʻyvor meni qoʻyvor dedim! Kai seni belingni sindiraman

Jungkookni yoʻlini Felix toʻsdi. U hozir Kaiga biror nima boʻlishini istamay Jungkookni yoʻlini toʻsdi

Jk: yoʻldan qoch Felix

F: Jungkook iltimos tinchlan. Kai uchun men kechirin soʻrayman. Ering kutyapti

Jungkook ham bu ishni keyinroq hal qilaman deb ichida aytdi va Taehyungni yoniga ketdi. Jimin buni sezdi va

Jm: qutuldim deb oʻylama Kai. Jungkook shunchaki keyinroq hal qilish uchun indamadi. Sen yaxshisi bugun eshik va derazalarni quflab uxla. Yoningda kimdir boʻlsin. Kim biladi ertaga seni sogʻ koʻramizmi yoki yoʻq. Yoki yaxshisi Koreyadan koʻchib ket. Boʻlmasa aniq beling sinadi

K: Jungkook hech narsa qilolmaydi

Jin bu gapdan keyin kuldi. Unga qoʻshilib Jimin ham. Kai esa asabiylashardi

Jn: sen bu gapga oʻzing ishonasanmi? Meni eshit Kai! Pochcham Jungkook boʻlmasa jinni boʻlib qoladi. Buni oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Agar bir tun yonida boʻlmasa koʻziga uyqu kelmaydi. Sen esa Jungkookga tuxmat qilsang ham, asl yuzini koʻrsatsang ham pochcham aslo voz kecholmaydi. Shuni unutma. Agar seni Jungkook oʻldirsa ham buni pochcham hal qiladi. Jungkookni nomiga hech qanday putur yetmaydi. Anglagandirsan?!

Jin rost gapni aytdi. Jungkook oʻz qoʻllari bilan oʻldirsa ham Taehyung bu ishni hal qiladi va Jungkook suvdan quruq chiqadi