Mine
Jk: agar oʻgʻil boʻlsa Sehun qoʻyamiz
Ular uyga yetib kelishdi. Oradab 1 hafta oʻtib Melisse va Semmi ham kelishdi. Taehyung Jungkookga shunchalar mehribon ediki hattoki ovqatini ham oʻz qoʻllari bilan yedirar edi. Ammo Jungkook umuman dorilarini ichmasdi. Axvoli kundan-kunga yomonlashar ammo buni sezdirmas edi. Oradan 9 oy oʻtdi
Taehyung ish boʻyicha Seouldan tashqariga chiqib ketgan edi. Semmi bogʻchada, Melisse va Jungkook uyda edi. Birdaniga Jungkookni toʻlgʻoq jarayoni boshlandi
Melisse bu ovozni eshitib yugurib tushdi va mashinani haydab tezda kasalxonaga kelishdi. Qoʻriqchilar Taehyungga xabar berdi. Taehyung majlisini ham unutib yoʻlga tushdi
Melisse yoʻlaklarda akasini tezroq chiqishini kutar ekan doctor chiqdi
M: doctor akamni axvoli yaxshimi?
Dc: unga donor kerak. Yuragini alishtirmasak akangizdan ham uni bolasidan ham ayrilamiz
Melisse turgan joyida qotib qoldi. Axir endigina baxtga erishgan akasi oʻlolmaydi
M: qanchada yurakni alishtirish kerak
M: doctor..akam men uchun umrini xavfli ishlar bilan oʻtkazdi... endi men ham akamdan qarzimni uzay
Melisse bundan oldin akasiga xat yozib qoldirdi
M: doctor! Akam oʻziga kelganidan keyin bu xatni bering. Bunda meni vasiyatim bor. Iltimos
Doctor ham rozi boʻldi. Operatsiya muvoffaqiyatli tugadi. Taehyung ham yetib keldi. Doctor unga operatsiya yaxshi tugaganini aytdi
Dc: Janob opefatsiya yaxshi oʻtdi. Yurakni oʻz vaqtida alishtirdik
Dc: Melisse Cassano. 16 yoshda. U Janob Jungkook uchun donor boʻldi
Taehyung eshitgan gaplariga ishonmas edi. Naxot singlisi oʻgay akasi uchun donor boʻldi. Endi buni Jungkook bilsa qay holatga tushadi?
Dc: ha aytgancha mana bu xatni Janob Jungkookga berishimni iltimos qildi. Siz bering
Taehyung yigʻlaganicha Jungkookni oldiga kirdi. Jungkook uxlab yotar edi. Yonida esa ikkita bola bor edi. Biri qiz biri oʻgʻil edi.
Taehyung chaqaloqni ehtiyotkorlik bilan koʻtardi va hidladi. Juda ham shirin ifor, ammo hech biri Jungkookchalik shirin emas edi
Ertasi kun Jungkook uygʻondi va bolalarini koʻtarib turgan eriga qaradi
Taehyung bolani qoʻyib Jungkookni qoʻlidan ushladi
Taehyung nima deyishni bilmas edi. Taehyungni koʻzi asta sekin yoshlandi
Jk: nega yigʻlaysiz? Nimadir boʻldimi? Semmi yaxshimi? Melisse, u ham yaxshimi?
Tae: lolam meni eshit. Seni yuraging kasal edi. Uni almashtirish kerak edi. Biz sen bilan doctorga borganimizni eslaysanmi? Doctor 1 yil ichida seni yuragingni alishtirish kerakligini aytdi. Dorixonadan olgan dorilarim ham seni tuzatish uchun edi
Jk: ammo men u dorilarni umuman ichmadim
Jk: men dori ichishni yomon koʻraman. Melisse qani?
Jungkookni tomogʻiga nimadir tiqilgandek boʻldi. Koʻzlari yoshlandi va
Tae: sendagi bu yurak Melisseniki. Melisse yuragini senga berib boʻlganida men yetib kelgan edim. U senga bu xatni berishni iltimos qilibdi doctordan. Bu xatda uni vasiyati bor ekan. Sen oʻqi
Taehyung Jungkookga Melisse yozib ketgan xatni berdi. Jungkook uni olib oʻqiy boshladi
Xat
Salom akajon. Agar bu xatni oʻqiyotgan boʻlsangiz demak men siz bilan emasman. Mendan xafa boʻlmang. Men qarzimni uzdim. Siz hayotingizni men va Semmiga bagʻishladingiz, yomon koʻz bilan qaramadingiz, oʻz nafsingiz yoʻlida foydalanmadingiz. Buning uchun sizga rahmat. Ilk uchrashgan kunimizni eslaysizmi? Siz oʻshanda men bilam urushgan edingiz. Keyin Vincenzo akam bizni ajratgan edi. Biz oʻsha voqeadan soʻng yaqin boʻldik. Sizni menga bergan mehringiz, etiboringiz, sovgʻalaringizni juda ham qadrladim. Har kuni muammo chiqarib sizni yuzingizni yerga qaratgan boʻlsam meni kechiring. Men bu gaplarni qogʻozda emas tilim bilan aytmoqchi edim ammo nasib qilmadi. Meni taqdirimda sizni kechirim soʻrash yozilmagan ekan. Akajon hech qachon pochcham bilan urushmang. Mana endi sizni quchoqlamayman, oʻpmayman. Pochcham ham hursand boʻlsin endi sizga faqat u, Semmi va bolangiz tegina oladi. Men qarzimni uzdim aka. Sizdan koʻp qarzim bor edi, men yuragim bilan toʻladim. Bu xatni oʻqiganda yigʻlamang. Men har doim muammoga duch kelsam va politsiya mahkamasiga tushib qolsam " akam keladi " derdim. Men nima yomon ishlar qilgan boʻlsam hammasini sizga ishonib qildim. Akam bor meni qutqaradi deya hohlaganimni qildim. Ana endi qilmayman. Meni oʻrnimga bolalaringiz yoki Semmi qiladi. Bir narsani unutmang. Men har doim sizni yaxshi koʻraman
Jungkook xatni oʻqib yigʻlab yubordi
Jk: nega unday qilding ahmoq qiz? Vincenzoga nima deyman? Axir sen menga undan omonat edingku. Taehyung nega u bunday qiladi? Nega? Nega?
Taehyung ham uni yigʻlab ovutdi. Jungkook shifoxonadan chiqishi bilan Melisseni qabriga bordi.
Jk: ha palakat. Sen nega unday qilasan? Kim senga yuragingni ber dedi? Seni yomon koʻraman. Har doim aytardim mendan soʻrab ish qil deb. Nega mendan soʻramay yuragingni berding? Sen ahmoqsan
Jungkook yigʻlab yubordi. Nega yigʻlamasin? Yigʻlaydida. Melisse uni shodligi edi. Birgina kulgusi Jungkookni hursand qilar edi. Qanchalik koʻp muammo chiqarmasin baribir yaxshi koʻrar edi. Jungkook yoshligidan singlisi boʻlishini hohlar edi. Singlisi ham boʻldi ammo koʻpga choʻzilmadi. Melisse har kun ishkal chiqarishi mumkin, odamlarni urushi mumkin. Lekin koʻngli toza qiz edi. Melisse hech kimni sevmadi, hayotda kulib, oʻynadi. Lazzatli hayoti 16 yoshga toʻlish arafasida oʻz poyoniga yetdi
Jk: hoy senga 16 ga kirganingda koʻpgina toj sovgʻa qilaman degan edim ammo...
Jungkook ortiq chidolmadi. Taehyung uni koʻtarib olib ketdi. Jungkook, Taehyung va Semmi Melisseni hayoti evaziga baxtli yashadi
Jungkook oʻgʻliga Sehun deb ism qoʻydi, qiziga esa oʻgay singlisini ismini qoʻydi. Melisse. Kim Sehun va Kim Melisse. Melisse katta boʻlgani sari Marhuma Melisse Cassanoga oʻxshab borar edi. Ularni orasidagi farq faqat familiyada edi
Jungkook baxtli hayot kechirdi. Taehyung esa Semmiga aslo oʻgay ekanligini eslatmadi. Semmini oʻz qizidek koʻrdi, mehr va etibor berdi. Sehun oilasi yoʻlidan ketmadi. U bosh direktor boʻldi. Melisse esa otasini izidsn ketib " Mafia Queen " nomiga erishgan birinchi va yagona qiz boʻldi. Jungkook mafialikni tashlamadi. Kimlar oilasi Koreyadagi eng kuchli va eng katta mafiaga ega edi. Ular Koreyadagi eng boy oilalardan biri boʻlishdi
Chumpslarim X bu Melisse edi. Men soʻrovnoma qilganimda hamma Xga ovoz berishdi. Bunda meni aybdor qilmanglar😁