Stalk
Jungkook yoʻlda ketar ekan universitetdagi bir boy qiz uni oldiga keldi. Bu oʻsha Kim Jennie edi
Kim Jenni - boy oilani farzandi. Jungkookni anchadan beri sevadi lekin Jungkook uni borligini ham bilmaydi ( xuddi biz singari )
Jn: seni sevaman meni sevgilim boʻl
Jk: qara hozir asabim buzulib turibdi. Bor yoʻqol asabimni buzmay
Jn: menga bu muomulangni qilma!
Jungkookni sabri tugab Jennieni jagʻidan mahkam siqdi. Koʻzidagi gʻazab allaqachon chaqnagan
Bularning barini tepadan kuzatib turgan Taehyung gʻazabda edi. Taehyung ularni suhbatini eshitmadi ammo begona qizni Jungkookka yaqin kelishi unga yoqmadi
Tae: anavi bitch Jungkookimga nima deyapti? Ha ersiramay oʻl. Senga boshqasi yoʻqmidi? Meniki boʻlgan insonga nega hamma yopishaveradi?
Pastda esa Jungkook Jenniega nimadir qilib qoʻymaslik uchun qoʻyib yubordi va ketdi
Jungkook qayoqqa borishga hayron. Jimin yoʻq, pul yoʻq, qorin och, asabi tamom boʻlgan holatda oʻzini uyiga bordi. Otasiga qoʻngʻiroq qilib pul tashlashini aytdi. Otasi ham unga pul tashladi. Jungkook raqsga tusha boshladi. Axir uning yagona muhabbati - bu pul
Jk: vacha vacha vacha ey vacha. Pul tushdi vacha. Eh Jimin kerak boʻlyaptida. Undan oldin hamma narsaga toʻlov qilishim kerak. Oʼzimga pul qolarmikin
Jungkook kamunal xizmatlarning har biriga toʻlov qildi. Xizmatkorlarga ham oylik berdi. Endigi navbat bozorlik qilish edi. Jungkook bu safar oʻzi borgisi keldi. Lekin zerikarli edi bir oʻzi bilan. Kallasiga hech kim kelmadi. Shuning uchun oʻzi borishga qaror qildi. Xizmatkorlar unga roʻyhatni berishdi
Jk: uzum, olma, pishloq, ramyon, banana milk, goʻsht, kartoshka, qoʻziqorin, mandarin, chips, coca-cola, fanta, pepsi, guruch, souslar, gilos, oʻrik, shaftoli, ananas, baliq, makaron, shokolat 4 ta, coffee, tuxum, kimchi. Men toʻy qilyapmanmi buncha narsa olaman?
: janob hammasi siz uchun. Sizga yoqadigan ovqatlar uchun kerak
Jungkook supermarketga bordi. Hammasini toʻlovini qilib qoʻlida 4 ra paket narsa bilan mashinaga bordi
U mashina ichiga paketlarni joylashtirgach o'ylab qoldi.
Jk: Narsalarni o'zim sotib olsam o'zim joylasam unda hizmatkor nega kerak menga? Ex hammasi o'zimga qolib ketdi yana bularga tayyor oylik berib boqishim ham kerak nima pulni yerdan yig'ib olyabmanmi. Odam ozroq pulni qadriga yetishi ham kerakda ( qiynalib pul topayotgan pulni qadriga yetadigan Jkni gaplari🤣🤣)
Real Jk: Nima hayotda rostan ham pulni qiynalib topamanku beling bukulib ishlasang bilasanlar pulni qadrini ee o'lgurdim uylamaysanmi shunday yozishga😒
Jungkook mashinaga o'tirib uni o't oldirdi. Uning yonidagi mashina ichida esa Taehyung Jungkookni maxliyo bo'lib kuzatib turar edi. Jkning gaplarini eshitayotgan Taehyungni be ixtyor kulgusi qistadi.
Taehyung: Ex meni malikam seni hatto nolishing ham juda yoqimli. Qanday qilib odam bunchalik yoqimtoy bo'lishi mumkin. Lekin sen haqsan bunday ishlarni bajarish sening ishing emas sen o'zingni bunday qiynashing mumkin emas. Sening yagona qilishing kerak bo'lgan ish bu yonimda bo'lib meni sevish qolganini esa sen uchun men bajaraman sevgilim
Jungkook uyiga yetib kelgach uning hizmatkorlari mashinadagi narsalarni tushurib olushdi. Jungkook esa Jimindan habar olish uchun uning uyiga ketdi. Jungkook kelganida Jimin endigina uyg'ongan va miyyasida kechadan buyon sodir bo'lgan voqealarni taxlil qilayotgan edi. Jungkook to'g'ridan to'g'ri uni xonasiga kirib keldi.
Jk: oʻlikdek yotmasdan tur oʻrningdan. Erta tursang barakali Jimin
Jm: hamma shu gapni aytsayam sen aytma, maylimi? Sen umuman erta turish haqida ogʻiz ochma. Seni kutaman deb darvozangni tagida tushlik qilganman xoromi
Jk: soʻkinma tugʻib boqib qoʻyganmisan?
Jm: senga qolsa tuqqan onangga ham shu muomulani qilasan. Yaxshiyam chet elga ketishgan. Boʻlmasa seni koʻrmasdim
Jk: mendek doʻsting borligi hayotdagi baxting
Jn: tur yoʻqol koʻzimga koʻrinmada. Baxtmush. Sen kulfatsan, kulfat
Jk: senga bir gap aytsam ishonmaysan
Jm: sen aytsang aniq ishonmaymanda. Nima boʻldi?
Jk: kecha tunda meni uyimga olib borgan Taehyung ekan. Telefonimni quvvatlagichga ham u qoʻyibdi. Eng qizigʻi uyinga kamera ham oʻrnatdi. U kameralar qimmat turadi. Bugun hisobini oldim. Senga nimadir boʻlsa meni ayblashlaridan qoʻrqdim dedi. Lekin kim uni ayblaydi? Kameraga pulni qayerdan olding desam qarzga oldim dedi. Kamerani egasi aslo qarzga bermaydi
Jm: Taehyungda gap koʻp. Biz sezmaganmiz xolos.
Jk: u meni koʻtarib olib kirdi ishonasanmi?
Jm: uni bunga kuchi yetmaydi. Sen undan anchagina ogʻirsan
Jk: kameradan oʻzim koʻrdim Jimin. Bilaklari baquvvat edi. Yengi kalta kiyim kiygandi. Bilaklarini oʻzim koʻrdim. Mendan ancha kuchli ekanligi aniq
Jm: unda bunday qilamiz. Menda reja bor. Bilasan oshiqlaring koʻp. Ular orasida Taehyung boʻlishi mumkin. Sen kollejdan ket. Yani 2 haftaga dekandan javob soʻra va qayergadir ket. Menga qayoqqa ketganingni aytasan. Ketishingdan oldin esa barga bor va ich. Ammo koʻp emas. Eslab qolishing kerak. Taehyungni uchratsang oʻzingni mastdek koʻrsat va meni sevasanmi deya savol ber
Jm: gapimni eshit avval. Men bunaqa usulni koʻp qilganman. Ish beradi va uni aslida kim ekanini bilib ol. Unga yopish xuddi mast inson kabi. Bilaman Jungkook aktyorsan. Bu mahoratangni oʻshanda koʻrsatasan. Men ham oʻzimni mastdek koʻrsataman. Menga nima qilishini koʻramiz. Agar seni rostan sevsa nima qilishni oʻzim hal qilasan
Jk: ish bersaku yaxshi. Hozir hal qilaman
Jungkook shunday deb Taehyungga qoʻngʻiroq qila boshladi. Bu payt Taehyung oʻz roʻlini ijro etib cafeda ishlardi. Shu payt una Jungkook qoʻngʻiroq qildi. Xursand holda koʻtardi ammo ovozi avvalgidek
Tae: J..Jungkook nima boʻldi? Jimin to..topilmadimi?
Jk: yoʻq uyida ekan. Senga ish bor. Bugun barga boraman, boshim ogʻriyapti. Sen meni uyimga borib meni darsliklarimni qilib qoʻy. Xizmatkorlarga aytib qoʻyaman. Kech qaytaman. Dekan boʻlmasa oʻqishdan xaydaydi
Taehyung Jungkook ketishini istamagni uchun ham vazifani tayyorlashi kerak
Tae: hh.hoʻp ishdan chiqib boraman
Jk: yaxshi hamma fanni qilib qoʻy
Qoʻngʻiroq tugadi. Taehyung Jungkookni rejasidan bexabar edi. Jungkookning rejasi ajoyib ketayotgandi. Rejasiga koʻra Taehyung 10 daqiqadan keyin ishdan chiqadi
Jungkook shu payti ayni Taehyung yuradigan koʻchadan oʻzini mast qilib koʻrsatib oʻtayotgandi. Taehyung uni koʻrib qoldi va oldiga borib quchoqladi
Jk: iye sen koʻzimga issiq koʻrinyapsan
Tae: yoʻgʻe shunaqami sevgilim?
Jk: senn....meni sevasanmi? Sen kimsan....hiq eslolmadim
Tae: seni sevgani uchun barcha qulliklaringni qiladigan Taehyungman. Seni juda sevaman muhabbatim
Jkpov: Jimin haq ekan. U meni sevarkan
Tae: kim u? Uni yoʻq qilaman. Sen meniki boʻlasan
Jk: u kim emas hiq nima. U pul😌
Jkpov: endi oʻzingdan koʻr Kim Taehyung. Sevganingga pushaymon qildiraman
Taehyung hech narsa demay Jungkookni koʻtarib keta boshladi.
Ular Jungkookning shohona uyiga yetib kelishdi.
Taehyung shunday deb Jungkooning orqasini siladi. Orqamacha yotganda Jungkookning keti chiroyli koʻrinardi
Taehyung Jungkookni ichkariga olib kirdi va yotqizdi. Jungkook oʻzini uxlayotgandek qilib koʻrsatdi
Jkpov: koʻzingga koʻrsataman doʻmboqvoyingni. Figuramni qara Luiza Rasulovada yoʻq bunaqa qomat
Taehyung Jungkookni uyqusiga xalaqit bermasin deb bazi kiyimlarini yechdi. Yani paypoy, vetrovka va kepkasini
Jkpov: ov xoromi tegma menga uyalmaysanmi birovni yechintirishga
Jkpov: a manabu boshqa gap. Chiroyliligimni tan olsa boʻlarkanku. Jimin har doim patirbet derdi
Taehyung oʻtirib dars qila boshladi. Jungkook ovozsiz harakat qilib qoʻliga guldonni oldi va Taehyung tomon harakat qila boshladi
Jungkook qoʻlidagi vaza bilan Taehyungni urmoqchi edi. Ammo atirining hidi tobora Taehyungga yaqinlashib bordi. Taehyung Jungkook orqasida ekanligini sezib turardi. Jungkook endi uraman deganda Taehyung oʻrnidan turib qoldi. Vaza sindi. Taehyung qarshisida gʻazab bilan turgan Jungkookni koʻrdi
Tae: Jungkook nima boʻldi? Nega unday qilyapsan?
Jk: sen hech narsani bekorga qilmagansan. Sen meni sevasan, shundaymi? Shu paytgacha men nima istasam qilganingni sababi shu edimi? AAAA GAPIR SHUMIDI SABABI?
Tae: Jungkook adashyapsan. Oʼzing bilasanku biz bir-birimizga mos emasligimizni. Nega unday deyapsan?
Jk: Taehyung sabrimni sinama! Men hammasini bilaman. Men mast emasdim
Taehyung bo'layotgan vaziyatni to'la anglab yetgandi. Jungkookni hozir undan qattiq jaxli chiqgan. Shuning uchun Taehyung uni tinchilantirishga uruna boshladi.
Taehyung: Kechir Jungkook barcha ayib menda faqat iltimos tinchilan.
Jungkook: Tinchilanay? Tinchilanaymi? Shuncha ishingdan keyina nega bunday telbasan.
Jungkook Taehyungni oynali shkafga itarib yubordi Taehyung juda qattiq uruldi lekin u yana Jungkookning oldiga qaytdi.
Taehyng: Bilaman seni aldashim kerak emasdi ammo men seni yo'qotishdan qattiq qo'rqdim.
Jungkook kinoya bilan kulib: Nima hali senda bo'lmagan insonni yo'qotishdan qo'rqdingmi? Sen chindan ham telbasan Kim Taehyung seni biror nima qilib qo'ymasimdan avval ko'zimdan yo'qol.
Jungkook shunday deb shkaf oldiga yaqin kelib unga suyalib oldi. Shu payit birdaniga kuchli zil zila bo'la boshladi Jungkookning ortidagi shkaf pastga og'ib uni bosib qo'yishiga oz qoldi. Lekin Taehyung uni o'ziga tortib bag'riga yashirdi va shkafning singan oynalari uning ortiga sanchilib qonay boshladi. Lekin u shunday vaziyatda ham Jungkookni qo'yib yuborishni istamadi. Taehyung tufayli Jungkookga hech qanday ziyon yetmadi ammo Taehyungning o'zi...
Jk: TAEHYUNG QOCH QOʼYIB YUBOR MENI
Taepov: yoʻq seni qoʻyib yubormayman. Senga zarar yetadi. Joning ogʻriydi men buni istamayman
Taehyungning bagʻrida Jungkook hech qanday ziyon koʻrmasdan turardi. Taehyungning boshiga hamma narsa quladi. Taehyung Jungkook burchakka olib borib oʻtirgʻizdi va oʻzi devolga ikki qoʻlini qoʻyib yana himoya qila boshladi. Jungkook ilk marotaba vijdon azobidan yigʻladi. U qanday qilib uni bunchalik sevgan insonga jahl qilishi mumkin?
Tae: Jungkook yigʻlama! Hozir oʻtib ketadi, qoʻrqma! Men yoningdaman
Zilzila ham 1 daqiqadan soʻng toʻxtadi. Ungacha Taehyungning tepasida turgan lampochkalar ham uning orqasida sindi va sogʻ joyi qolmadi
Taehyung orqasi qonayotgani uchun emas balki Jungkook yigʻlagani uchun xafa boʻlyotgandi. Chunki Jungkookni yigʻisini koʻrmagan
Taepov: u men haqimda qaygʻurdi. Bu juda yoqimli
Jungkook Taehyungni yelkasidan ushlab pastga olib tushdi. Hamma pastda xavotirda edi. Xizmatkorlar Jungkookka nimadir boʻlmadimi deb qoʻrqishardi. Axir hozirda ish yoʻq. Jungkookka nimadir boʻlsa ular ishsiz qolishadi
Xz: Janob Jeon tuzukmisiz? Axvolingiz yaxshimi?
Xizmatkor oyogʻi kuygan tovuqdek yugurib borib kalitni topib berdi
Jk: kelgunimcha uyni tozalanglar, singan narsalarni olib chiqib tashlanglar va oʻrniga boshqasini qoʻyinglar
Jungkook Taehyungni mashinasiga mindirdi va oʻzi ham minib kasalxonaga ketdi
Taehyungning koʻzi Jungkookning shimiga tushdi. Shimi juda kalta edi, yani shortik edi