Mine
Jungkook mashinasini yurgʻirib uyiga keldi. Kirishidan oldin koʻz yoshlarini artdi. Qizi koʻrsa aniq soʻraydi.
Jk: qizalogʻim men keldim....dadajoning keldi malikam
Semmi yugurib kelib Jungkookni quchoqladi. Jungkook uni yuzidan oʻpdi
Jungkook uni koʻrib kulib turgan yuzi ham oʻzgardi
Jk: xush kelibsiz Janob Kim! Nimadir muammo bormi uyimgacha kelibsiz?
Tae: seni koʻrgim keldi. Kelsam qizing shu yerda ekan. Semmi va men senga surprise qilmoqchi boʻldik
Jk: ha ajoyib mana koʻrdingiz ketishingiz mumkin. Sizni olib borib qoʻyishadi
Tae: nega kelganingdan haydaysan
Jk: men charchadim uxlamoqchiman. Qizalogʻim men senga bir narsa olib keldim
Jk: mening eng sevimli shirinligim juda ham mazali. Kettik yeymiz. Bularni olib oshxonaga borib tur malikam men ham boraman. Mehmonni kuzatib olay
Semmi oshxonaga kirib ketdi. Jungkook unga yana oʻqrayib qaradi. Taehyung esa bu qarashlarsan allaqachon charchagan. Jungkook unga kulib qarashini istaydi
Jk: birinchidan men seni sevgiling emasman. Ikkinchidan hadeb oldimga kelaverma! Uchinchidan haddingdan oshyapsan! Xurmat qildimmi xurmatingni bil endi esa yoʻqol
Taehyungga hali hech kim bunchalik qoʻpollik qilmagandi. Ammo hozir Jungkookga kuchi yetmaydi. Jungkook jismonan kuchli
Tae: Ketmayman! Bugun shu yerda qolaman
Jk: yaxshi! Seni joying anavi divanda! Yoqsa huzur yoqmasa uzur!
Jungkook shunday deb oshxonaga ketdi. Semmi bilan shirinlikni yeya boshladi
Ular shirinlikni yep boʻlishdi. Jungkook qizini koʻtarib yuvinish xonasiga olib kirdi va yuvintira boshladi. Ular har xil qiliq qilardi. Bu dunyodagi eng yaxshi ota Jungkook edi. Mafia boʻlsa ham juda ham etiborli inson edi. Jungkook uni qurintirdi va quchoqladi. Toki Semmi uxlab qolgunicha
Ammo pastda Taehyung uxlolmayotgandi. Chunki u hech qachon divanda uxlamagan. Yana bu divan qattiq va tor edi
Taepov: ey hudo qaysi qilgan gunohim uchun? 8 yil badal toʻladim yetmadimi? Endi shu divanda ham uxlaymanmi? Buncha tor va qattiq boʻlmasa bu a. Jungkookni yuragiga oʻxshaydi. Ammo Semmi boshqacha tarifladi
Tae: dadang qattiqqoʻl va yovuz. Sen ham undan qoʻrqasanmi?
S: yoʻq dadam unday emas. Meni har kun oʻzi ovqatlantiradi, yuvintiradi va uxlatadi. Men har kun ertalab ularni uygʻotaman va kiyim tanlayman. Dadam men tanlagan kiyimni kiyadi. Hech qachon menga yoʻq demaydi. Dadam juda ham yaxshi inson. Ammo Melissa ammamdan ehtiyot boʻling! U bazida yuvosh koʻrinadi ammo koʻringani kabi emas. Ularni jahli chiqsa dadan ham tinchlantira olmaydi. Melissa amman dadamga juda ham oʻxshaydi ammo bazida dadamdan battar
Tae: dadangga har kun chiroyli kiyimlarni sen tanlaysanmi? Men dadangni bunchalik mehribon deb oʻylamagdim. Lekin toʻgʻri aytasan ammang rostan ham yomon xuddi dadang kabi
S: dadam aytishicha oyim bizni yuqoridan kuzatib turar ekan ammo biz ularni koʻra olmaymiz
Taehyung Semmiga achindi. Ammo Jungkook unga rostini aytgan. Vincenzo uni otasi ammo buni hech qachon Semmi bilolmaydi
S: bilasizmi dadamni telefoninign galereyasida bir chiroyli erkakni surati bor. Dadam uni mening najot farishtam degan
Taehyungni jahli chiqdi. Chunki sevgani telefonining galereyasida u emas boshqasi bor edi.
Semmi Taehyungni qoʻlidan tortib Jungkookni xonasiga olib kirdi
Semmi tortmadan suratni oldi va koʻrsatdi. Bu Vincenzo Cassani edi
S: mana shu odam. Dadam uni mening najot farishtam derdi. Negaligini soʻraganimda dadam menga dadamni hayotisa uchragan eng yaxshi inson ekanligini aytgan. Dadamni ham shu darajadagi kuchli inson boʻlishiga sababchi boʻlgan ekan
Taepov: bu Vincenzoku! Nega Jungkook uni najot farishtam degan? Nega telefonida uni rasmi bor? Nega men emas? Nega u? Nega Vincenzo? Jungkookni hayotidagi eng yaxshi inson menman u emas! Vincenzo emas!