February 21

Lucifer

2-qism

Jungkook toʻgʻri borib Janob Kim va Kim xonim bilan salomlashdi. Navbat Taehyungga keldi. U kulib unga qoʻl uzatdi

Jk: Salom. Men Jeon Jungkookman

Taehyung unga qoʻl uzata olmadi. Buni tushunga Jungkook uni qoʻlini ushladi

Tae:..sa...sal...salom

Jk: siz Taehyungmisiz?

Tae: haaa

Ularni ota-onasi kuzatar ekan Janob Kim hursand edi

J.J: qani marhamat ovqatlanamiz

Hamma ovqatlanish stoliga bordi. Taehyung va Jungkook qarama-qarshi oʻtirishgandi. Ikkala oila toʻyni hal qilishsa Taehyungni ikki koʻzi Jungkookda edi. Jungkook mazza qilib ovqatlanardi ammo koʻzi unga qarayotgan insonga tushdi. Taehyung darrov ovqatga qaradi. Jungkook unga qarar ekan qorniq ochganligini sezdi. Boshqalarga qarasa ular suxbatdan boʻshamasdi. Jungkook oʻrnidan turib Taehyungni oldiga oʻtirdi va Taehyung qarab turgan ovqatni yedira boshladi.

Bu Janob Kim koʻrib juda ham hursand boʻldi

J.k.pov: men qadron doʻstimni oʻgʻlini oʻgʻlim Taehyungga olib bermoqchi boʻldim. U ham rozi boʻldi. Men bu xabarni oʻgʻlimga aytganimda uni koʻzida quvonch bor edi. Biz Jungwoonni uyiga kechlikka keldik. Ular bizni yaxshi kutib olishdi va men endi Jungkook qani deb soʻragandim zinadan uning oʻzi tushib keldi. Ha tan olaman oʻgʻlim va Jungkook bir-biriga mos. Keyin biz ovqatlanishga oʻtirdik. Men suxbatga berilib ketganimdan oʻgʻlimga etibor ham bermapman. Ammo bir payt qarasam Jungkook Taehyungga oʻz qoʻllari bilan ovqat berardi. Bundan Taehyung ham hursand ham uyalayotgandi. Men kelin tanlashda adamshganimni bildim. Men oʻgʻlimni birinchi marta shu holatda koʻryapman. Balki Jungkookni olib ketarman

Jkpov: biz ovqatlanish stoliga oʻtirdik. Men indamay ovqatimni yeya boshladim ammo koʻzim ovqatga qarab turgan Taehyungga tushdi. U harakat qila olmay ovqatga qarab turardi. Boshqalar esa suxbatga berilib ketgandi. Men oʻrnimdan turib uni yoniga bordim va qarab turgan ovqatini idishga solib unga bera boshladim.

J.K: agar qarshi boʻlmasang doʻstim kelinimni bugun olib ketaman. Menimcha ular bir-biriga yoqdi. Men oʻgʻlimni avval bunday koʻrmaganman

J.J: men qarshi emasman ammo oʻgʻlimdan ham soʻrash kerak

Jk: nimani dada?

J.K: Jungkook biz seni bugunoq olib ketmoqchimiz

Jk: ha yaxshi....NIMA? BUGUN?...a haligi uzur. Ammo juda ham erta emasmi?

J.K: yoʻq sen Taehyungga moslashishing uchun

J.J: oʻgʻlim boraqol

Jungkook noiloj ular bilan ketadigan boʻldi. Uning narsalarini xizmatkorlar chemadaniga joylashdi

Jungkookni chemadanlari

J.K: endi doʻstim kelinimni olib ketaman u bilan xayrlashib ol, oʻgʻlimni rashki kuchli...seni oldingga yubormasligi ham mumkin

Bu gapdan keyin hamma kuldi ammo bu gap rost edi. Taehyung juda ham rashkchi edi. Xizmatkorlar Jungkookni narsasini yigʻayotganda ham rashki tutib qolgandi. " Nega meni xotinimni kiyimi allaqanday xizmatkor chemadanga solyapti? Ahir unda Jungkookni hidi bor" deb rashk qilgandi.

Ular mashinada ketar ekan Janob Kim va Kim xonim alohida mashinada, Jungkook va Taehyung esa alohida mashinada ketayotgandi. Ammo Taehyung oʻzini Jungkookni quchogʻiga tashladi. Yani boshini uni tizzasiga qoʻyib oldi va koʻzini yumdi

Jungkookni tizzasida yotibdi va mashinada

Jungkook uni uxlayapti deb oʻyladi va boshini silab ketdi. Taehyung nogiron boʻlsa ham sezadi. Ammo harakat qila olmaydi. Taehyung juda ham hursand edi chunki uni kimdir ilk bora boshini silayatgan edi. Ular uyga yetib kelishdi. Qoʻriqchilar Taehyungni aravaga oʻtqazishdi va Jungkook uni uyga olib kirdi. Xizmatkor unga Taehyungni xonasini koʻrsatdi. Xonasi eng tepa qavatda va kattagina edi.

Xonasi

Jk: demak bu sizni xonangiz ammo menikichi?

Tae:...senn...menn...bi...bilan...uxlay....uxlaysan

Jk: ammo...ha mayli sizga halaqit bermaymanmi?

Tae:yoqq

Jungkook kiyimini almashtirib chiqdi va Taehyungga qaradi. U hali ham oʻsha koystumida edi

Jk: sizni kiyimingizni kim alishtiradi?

Tae:....sseeennnn....

Jk: a lekin nega men?

Tae: xo...xoti...nimsan!

Jungkook Taehyungni qaysar ekanligini bildi va yana erini tanasini boshqa koʻrishiga rozi boʻlmadi

Jungkook Taehyungni kiyimini yecha boshladi. Tanasiga qarar ekan tana hiyoyatda ajoyib edi. Modelda yoʻq tana Taehyungda bor edi. Terisi qordek oppoq va tirnalgan joyi yoʻq edi

Faqat oʻtirgan

Jungkook Taehyungga uy kiyimini kiydirdi va yotoqga qarasa yotoq bir kishilik ekan

Yotoq

Jk: siz yotoqda yoting men yerda yoki boshqa xonada yotaman

Tae: seenn....ham...yo..yot

Jk: ammo sigʻmaymiz

Tae: yot...de...dedim

Jungkook Taehyungni yoniga yotdi ammo joy tor edi. U Taehyung uxlashini kutdi va uxlagandan keyin boshqa xonaga chiqib ketdi

Taehyung tongda uygʻondi ammo Jungkook yonida yoʻq edi. Taehyung " u ham mendan jirkanib tashlab ketdi " deb yigʻlardi

Ammo shu payt xonaga Jungkook kulib kirib keldi va Taehyungni yigʻlayotganini koʻrib uni oldiga bordi

Jk: Nega yigʻlayapsiz? Qayeringiz ogʻriyapti? Nimadur boʻldimi?

Taehyung hursand boʻldi chunki sevgan insoni u haqida qaygʻuryapti. Jungkook Taehyungni quchoqladi. Taehyung qotib qoldi. Uni hech kim quchoqlamagandi. U ham xotinini quchoqlashni istadi ammo qoʻli harakatga kelmadi

Tae:..qoʻr...qoʻrib...ketdim

Jk: nega qoʻrqasiz?

Tae: sen...me..meni..tashlab..ketding...deb..oʻy.... oʻyladim

Jk: yoʻq ketmayman. Sizni tashlab ketmayman

Tae: va...vada ber

Jk: vada beraman sizni tashlab ketmayman. Qorningiz ochmi? Yuring nonushta qilamiz. Sizga oʻzim ninushta tayyorladim

Jungkook Taehyungni yuz va qoʻllarini yuvib nonushtaga olib chiqdi. Jungkook nonushtaga ajoyib ovqat tayyorlagandi

Jk: keling ogʻzingizni oching

Taehyung bundan hursand edi. U haqida qaygʻuradigan odami boʻlishi uni 7 osmonlarga uchirdi. U Jungkookni jonidan ortiq sevadi va uni tark etishini istamaydi. 13 yil deganda Taehyung oʻzi istagan insonni topdi. Mehribon, chiroyli va undan jirkanmaydigan. Jungkook ana shunday inson edi. U Taehyungdan jirkanmadi